02.12.2004 yildagi 702-II-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FUQAROLARNING JAMGʻARIB BORILADIGAN PENSIYA TAʼMINOTI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunning maqsadi fuqarolarning jamgʻarib boriladigan pensiya taʼminoti sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Fuqarolarning jamgʻarib boriladigan pensiya taʼminoti toʻgʻrisidagi qonunchilik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning jamgʻarib boriladigan pensiya taʼminoti toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolarning jamgʻarib boriladigan pensiya taʼminoti toʻgʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
(2-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Asosiy tushunchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamgʻarib boriladigan ixtiyoriy pensiya badallari — shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaragʻiga ixtiyoriylik asosida kiritiladigan pul mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamgʻarib boriladigan majburiy pensiya badallari — shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaragʻiga majburiy tartibda kiritiladigan pul mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamgʻarib boriladigan pensiya badallarini kirituvchi (badal kirituvchi) — jamgʻarib boriladigan pensiya toʻlovlarini oluvchining foydasiga badallar kiritayotgan jismoniy shaxs yoki ish beruvchi yuridik shaxs (bundan buyon matnda ish beruvchi deb yuritiladi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamgʻarib boriladigan pensiya taʼminoti — fuqarolarni shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlaridagi mablagʻlardan davlat pensiyasiga qoʻshimcha ravishda pul mablagʻlari bilan taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaragʻi — fuqaroning Xalq bankidagi egasi yozilgan shaxsiy hisobvaragʻi boʻlib, badal kirituvchilarning jamgʻarib boriladigan pensiya badallari va shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaragʻidagi mablagʻlarga hisoblab qoʻshilgan foizlar ana shu hisobvaraqqa kelib tushadi hamda unda hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Jamgʻarib boriladigan pensiya taʼminoti olish huquqi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar jamgʻarib boriladigan pensiya taʼminoti olish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda. Jamgʻarib boriladigan pensiya taʼminoti boʻyicha davlat kafolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat jamgʻarib boriladigan pensiya tizimida ishtirok etuvchi fuqarolarga shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlarida jamgʻarilgan mablagʻlari saqlanishi hamda toʻlanishini kafolatlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Jamgʻarib boriladigan pensiya tizimini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda. Jamgʻarib boriladigan pensiya tizimida ishtirok etish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish beruvchilarning, shuningdek mehnat faoliyatini mehnat shartnomasi asosida amalga oshiruvchi fuqarolarning jamgʻarib boriladigan pensiya tizimida ishtirok etishi, agar qonunchilikda boshqacha qoidalar nazarda tutilmagan boʻlsa, majburiydir.
(6-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yakka tartibdagi tadbirkorlar, yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi dehqon xoʻjaliklarining aʼzolari, shuningdek boshqa fuqarolar jamgʻarib boriladigan pensiya tizimida ixtiyoriylik asosida ishtirok etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda. Fuqarolarni jamgʻarib boriladigan pensiya tizimida hisobga olish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarib boriladigan pensiya tizimida 16 yoshga toʻlgan fuqarolarni hisobga qoʻyish ularga identifikatsiyalovchi ID-kartalarni berish bilan bir vaqtda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarib boriladigan pensiya tizimida 2021-yil 1-iyunga qadar hisobga qoʻyilmagan fuqarolarni hisobga qoʻyish ularning yashash joyidagi Xalq banki filiali tomonidan jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamidan foydalanilgan holda amalga oshiriladi.
(7-moddaning birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 7-fevraldagi OʻRQ-905-sonli Qonuniga asosan birinchi va ikkinchi qismlar bilan almashtirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2024-y., 03/24/905/0106-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarib boriladigan pensiya tizimida hisobga olish quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlari ochish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamgʻarib boriladigan pensiya daftarchasini berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq banki jamgʻarib boriladigan pensiya tizimida fuqarolarning shaxsiy hisobini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda yuritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarib boriladigan pensiya tizimida fuqarolarning shaxsiy hisobini yuritishga doir hamda shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga taalluqli maʼlumotlar Xalq bankining yagona maʼlumotlar elektron bazasida shakllantiriladi va saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda. Shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlari ochish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarib boriladigan pensiya tizimida hisobga olinayotganda fuqarolarga Xalq banki umrbod qilib belgilanadigan, doimiy shaxsiy tartib raqamli shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlari ochadi. Shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga tartib raqami berish fuqarolarning pasportiga yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasiga oid maʼlumotlar asosida amalga oshiriladi.
(8-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 14-martdagi OʻRQ-759-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2022-y., 03/22/759/0213-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning yashash yoki ish joyi yoxud pasportiga yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasiga oid maʼlumotlar oʻzgargan taqdirda shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaragʻi tartib raqami oʻzgarishsiz qoladi va yangi shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaragʻi ochish talab etilmaydi.
(8-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 14-martdagi OʻRQ-759-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2022-y., 03/22/759/0213-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda. Jamgʻarib boriladigan pensiya daftarchasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaroning jamgʻarib boriladigan pensiya toʻlovlarini olish huquqini tasdiqlovchi jamgʻarib boriladigan pensiya daftarchasi fuqaroga shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaragʻi ochilganidan keyin Xalq banki tomonidan beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarib boriladigan pensiya daftarchasida hisobga olingan sana, fuqaroning shaxsiga oid maʼlumotlar, shu jumladan shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaragʻining tartib raqami, shuningdek boshqa zarur maʼlumotlar koʻrsatiladi. Jamgʻarib boriladigan pensiya daftarchasini berish tartibi va bunday daftarcha shakli Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarib boriladigan pensiya daftarchasi yoʻqotib qoʻyilgan (yoʻqolgan) taqdirda uning dublikati shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaragʻining oʻsha tartib raqami qoʻyilgan holda beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda. Shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlarida mablagʻlarning shakllantirilishi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy shaxslarning qonunchilikka muvofiq hisoblab chiqarilgan daromad soligʻining tegishlicha kamaytirilgan summasi hisobiga jamgʻarib boriladigan majburiy pensiya badallarini ish beruvchi har oyda toʻlab boradi.
(10-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarib boriladigan majburiy pensiya badallarining miqdori xodimlarning, shu jumladan ishlayotgan pensionerlarning ish haqi va boshqa daromadi summasi asosida hisoblab chiqariladi hamda har yili Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan navbatdagi yilga moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetini shakllantirish vaqtida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish beruvchiga oʻzining mablagʻlari hisobidan oʻz xodimlarining shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga qoʻshimcha badallar toʻlash huquqi beriladi. Qoʻshimcha badallarning miqdori va ularni kiritish muddatlari jamoa shartnomasida, agar bunday shartnoma tuzilmagan boʻlsa, ish beruvchi tomonidan xodimlarning vakillik organi bilan kelishib belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish beruvchining jamgʻarib boriladigan majburiy pensiya badallarini toʻlashi uchinchi shaxslarning foydasiga amalga oshirilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarib boriladigan pensiya tizimida majburiy tartibda ishtirok etuvchi fuqarolar oʻz shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga, shuningdek uchinchi shaxslar foydasiga oʻzlari mustaqil ravishda belgilaydigan miqdorlar va muddatlarda qoʻshimcha badallar kiritishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarib boriladigan pensiya tizimida ixtiyoriylik asosida ishtirok etuvchi fuqarolar oʻz shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga, shu jumladan uchinchi shaxslar foydasiga kiritiladigan badallar miqdori va muddatlarini oʻzlari mustaqil ravishda belgilaydilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq banki shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlaridagi mablagʻlarga pul qadrsizlanishiga nisbatan yuqori surʼatlardagi stavkalar boʻyicha foizlarni qonunchilikda belgilangan tartibda hisoblab qoʻshadi. Foiz stavkasi Xalq banki tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan kelishib, jamgʻarib boriladigan pensiya tizimining mablagʻlarini joylashtirishdan olingan daromadlar hisobga olingan holda belgilanadi.
(10-moddaning yettinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda. Shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya tizimi mablagʻlarini shakllantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarib boriladigan pensiya tizimi mablagʻlari Xalq bankida shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlarida mablagʻlarni jamlash yoʻli bilan shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlarida mablagʻlarni shakllantirish manbalari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamgʻarib boriladigan majburiy pensiya badallari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamgʻarib boriladigan ixtiyoriy pensiya badallari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlari mablagʻlariga hisoblab chiqarilgan foizlar;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikka zid boʻlmagan boshqa mablagʻlar.
(11-modda ikkinchi qismining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda. Jamgʻarib boriladigan pensiya tizimi mablagʻlaridan foydalanish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarib boriladigan pensiya tizimi mablagʻlaridan jamgʻarib boriladigan pensiya toʻlovlari toʻlash uchun foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarib boriladigan pensiya tizimi mablagʻlaridan jamgʻarib boriladigan pensiya tizimi bilan bogʻliq boʻlmagan majburiyatlarni bajarish uchun foydalanish mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq banki jamgʻarib boriladigan pensiya tizimi mablagʻlarining alohida hisobini yuritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarib boriladigan pensiya tizimi mablagʻlarini koʻpaytirish hamda ularni pul qadrsizlanishidan himoya etish maqsadida bunday mablagʻlardan investitsiya va kredit resurslari sifatida, shuningdek moliyaviy vositalarga joylashtirish uchun foydalanilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarib boriladigan pensiya tizimi mablagʻlaridan investitsiya va kredit resurslari sifatida foydalanish Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda Xalq banki tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarib boriladigan pensiya tizimi mablagʻlarini moliyaviy vositalarga joylashtirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda. Shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga mablagʻlarning kelib tushishi va ulardan foydalanilishi ustidan nazorat
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlari ochish hamda ularni yuritish tartibiga rioya etilishi, shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga jamgʻarib boriladigan majburiy pensiya badallarining toʻgʻri va toʻliq hisoblab chiqarilishi hamda oʻz vaqtida toʻlanishi ustidan nazorat qonunchilikda belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi organlari, davlat soliq xizmati organlari va Xalq banki tomonidan amalga oshiriladi.
(13-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlaridagi mablagʻlardan belgilangan maqsadda foydalanilishi hamda foizlar toʻgʻri hisoblab chiqarilishi ustidan nazorat Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan, shuningdek Xalq bankining shu maqsad uchun maxsus tashkil etilgan boʻlinmasi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda. Jamgʻarib boriladigan pensiya tizimi mablagʻlarini soliq solishdan ozod qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarib boriladigan majburiy pensiya badallaridan, shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlaridagi mablagʻlarga hisoblab chiqarilgan foizlardan hamda bunday mablagʻlar foydalanilishidan fuqarolar va Xalq banki oladigan boshqa daromadlardan, jamgʻarib boriladigan pensiya toʻlovlaridan, shuningdek jamgʻarib boriladigan pensiya tizimi mablagʻlari aylanmasidan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar olinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda. Jamgʻarib boriladigan pensiya badallari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarib boriladigan pensiya badallari kiritilganligi toʻgʻrisidagi toʻlov hujjati nusxasini, shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlari tartib raqami, familiyalar, har bir xodimning hisoblab chiqarilgan ish haqi summasi, boshqa daromadlari va jamgʻarib boriladigan pensiya badallari summasi koʻrsatilgan xodimlar reyestrini ish beruvchi oʻzi turgan joydagi Xalq banki filialiga har oyda taqdim etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq banki ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan toʻlov hujjati va reyestr asosida mablagʻlarni shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga oʻtkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Jamgʻarib boriladigan pensiya toʻlovlarini olish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda. Jamgʻarib boriladigan pensiya toʻlovlarini olish huquqi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarib boriladigan pensiya tizimida ishtirok etuvchi fuqarolar pensiya toʻlovlari oluvchi sifatida jamgʻarib boriladigan pensiya toʻlovlarini qonunchilikka muvofiq davlat pensiyasini olish huquqi yuzaga kelgan taqdirda olish huquqiga ega.
(16-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda. Jamgʻarib boriladigan pensiya toʻlovlarini ayrim hollarda olish huquqi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaro vafot etgan taqdirda, shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaragʻida jamgʻarilgan mablagʻlar qonunchilikda belgilangan tartibda merosga oʻtadi va merosxoʻrga bir yoʻla toʻla hajmda toʻlanadi.
(17-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining V-boʻlimi .
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaro Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga doimiy yashash joyiga chiqib ketayotgan boʻlsa, shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaragʻida jamgʻarilgan mablagʻlar bir yoʻla toʻla hajmda toʻlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-modda. Jamgʻarib boriladigan pensiya toʻlovlarini olish uchun asos
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining axborot tizimi orqali elektron shaklda yuboriladigan fuqaroda davlat pensiyasini olish huquqi yuzaga kelganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar fuqaroning jamgʻarib boriladigan pensiya toʻlovlarini olishi uchun asos boʻladi.
(18-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 18-martdagi OʻRQ-922-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2024-y., 03/24/922/0224-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-modda. Jamgʻarib boriladigan pensiya toʻlovlarini olishda tanlash huquqi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻlovlarni oluvchilar oʻzlari mustaqil ravishda belgilaydigan muddat mobaynida har oylik jamgʻarib boriladigan pensiya toʻlovlarini olishni yoki jamgʻarib boriladigan pensiya toʻlovlarini bir yoʻla olishni tanlash huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-modda. Jamgʻarib boriladigan pensiya toʻlovlarini toʻlash
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarib boriladigan pensiya toʻlovlari Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining axborot tizimi orqali elektron shaklda yuboriladigan fuqaroda davlat pensiyasini olish huquqi yuzaga kelganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga asosan bunday toʻlovlarni oluvchining yashash joyidagi Xalq banki filiali tomonidan toʻlanadi.
(20-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 18-martdagi OʻRQ-922-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2024-y., 03/24/922/0224-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarib boriladigan pensiya toʻlovlari ularni olish uchun murojaat etilgan oydan keyingi oydan eʼtiboran, lekin bunday toʻlovlarni oluvchida davlat pensiyasini olish huquqi yuzaga kelgach, toʻlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday toʻlovlarni oluvchilar shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlaridan mablagʻlarni qonunchilikka muvofiq berilgan hujjatlar asosida ishonchli shaxslar orqali olishlari mumkin.
(20-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-modda. Jamgʻarib boriladigan pensiya toʻlovlarini oluvchining huquqlari va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarib boriladigan pensiya toʻlovlarini oluvchi quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaragʻidan toʻlovlarni belgilangan tartibda olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaragʻidagi jamgʻarmalarining holati toʻgʻrisida, shuningdek shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaragʻidagi mablagʻlarga hisoblab chiqarilgan foizlar haqida axborot olish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaragʻidagi jamgʻarmalarini qonunchilikka muvofiq vasiyat qilib qoldirish.
(21-moddaning birinchi qismi toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarib boriladigan pensiya toʻlovlarini oluvchi Xalq bankining mazkur toʻlovchi oldidagi majburiyatlarini bajarishiga taʼsir qiluvchi oʻzgarishlar toʻgʻrisida Xalq banki filialiga xabar qilishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilikka muvofiq, jamgʻarib boriladigan pensiya toʻlovlarini oluvchi boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi va uning zimmasida boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
(21-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-modda. Jamgʻarib boriladigan pensiya badallarini kirituvchilarning majburiyatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarib boriladigan pensiya badallarini kirituvchilar Xalq banki filialiga jamgʻarib boriladigan pensiya tizimida hisobga olish uchun zarur maʼlumotlarni taqdim etishlari hamda fuqarolarning shaxsiga oid maʼlumotlar bilan bogʻliq barcha oʻzgarishlar (mehnat shartnomasi tuzilganligi yoki bekor qilinganligi, pasportga yoki identifikatsiyalovchi ID-kartaga oid maʼlumotlar hamda shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlarini yuritish uchun zarur boshqa maʼlumotlar oʻzgarganligi) toʻgʻrisida xabar qilishlari shart.
(22-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 14-martdagi OʻRQ-759-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2022-y., 03/22/759/0213-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish beruvchilar shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga badallarni oʻz vaqtida kiritishlari hamda fuqarolarga hisoblab chiqarilgan va kiritilgan jamgʻarib boriladigan pensiya badallari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ularning talabiga muvofiq berishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23-modda. Xalq bankining huquqlari va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq banki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamgʻarib boriladigan pensiya badallarini kirituvchilardan shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlari ochish va ularni yuritish uchun zarur maʼlumotlarni olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamgʻarib boriladigan pensiya tizimining mablagʻlarini investitsiyalashdan olingan daromaddan marja olish huquqiga ega. Marja miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq banki:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlari ochishi va yuritishi;
(23-moddaning ikkinchi qismi ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga kiritilayotgan badallar va hisoblab chiqarilgan foizlarni shaxslar boʻyicha hisobga olib borishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamgʻarib boriladigan pensiya badallarining hamda shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlaridagi mablagʻlarga hisoblab chiqarilgan foizlarning oʻz vaqtida va toʻla hajmda oʻtkazilishini taʼminlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamgʻarib boriladigan pensiya toʻlovlarining miqdori oʻz vaqtida va toʻgʻri tayinlanishini, shuningdek ular bunday toʻlovlarni oluvchilarga toʻliq berilishini taʼminlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamgʻarib boriladigan pensiya tizimining mablagʻlarini moliyaviy vositalarga joylashtirish hamda bunday mablagʻlardan investitsiya va kredit resurslari sifatida foydalanish yoʻli bilan shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlaridagi mablagʻlarning saqlanishini, koʻpaytirilishini va pul qadrsizlanishidan himoya qilinishini taʼminlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlari holati toʻgʻrisida fuqarolarni har yili, shuningdek ularning murojaatiga asosan xabardor qilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga aloqador hujjatlar hamda yozuvlarning saqlanishini taʼminlashi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilikka muvofiq, Xalq banki boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi va uning zimmasida boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
(23-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24-modda. Jamgʻarib boriladigan pensiya toʻlovlari toʻlashni tugatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarib boriladigan pensiya toʻlovlarini toʻlash quyidagi hollarda tugatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaragʻida jamgʻarilgan mablagʻlar batamom tugaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bunday toʻlovlarni oluvchi shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaragʻida jamgʻarilgan jami summani merosga oʻtkazish maqsadida toʻlovlarni olishdan yozma ravishda notarial tasdiqlangan tartibda voz kechganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat pensiyasini olish huquqini yoʻqotganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25-modda. Jamgʻarib boriladigan pensiya toʻlovlarini ushlab qolish yoki toʻxtatib turish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarib boriladigan pensiya toʻlovlarini ushlab qolish yoki toʻxtatib turish sud qarorlari va boshqa organlarning qonunchilikka muvofiq ijro etiladigan hujjatlari asosida amalga oshirilishi mumkin.
(25-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26-modda. Nizolarni hal qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning jamgʻarib boriladigan pensiya taʼminoti sohasidagi nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal qilinadi.
(26-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27-modda. Fuqarolarning jamgʻarib boriladigan pensiya taʼminoti toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning jamgʻarib boriladigan pensiya taʼminoti toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
(27-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2004-yil 2-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
702-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 51-son, 512-modda; 2010-y., 35-36-son, 300-modda; 2015-y., 33-son, 439-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son, 14.03.2022-y., 03/22/759/0213-son; 07.02.2024-y., 03/24/905/0106-son; 19.03.2024-y., 03/24/922/0224-son)