O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq va respublikada pasport tizimini takomillashtirish, xorijiy fuqarolar hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirishi va hududida bo‘lishini tartibga solish maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-apreldagi PF-112-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.04.2022-y., 06/22/112/0326-son)
MDHga a’zo davlatlarning O‘zbekiston Respublikasi hududida uch kundan ortiq bo‘ladigan fuqarolari istiqomat joyida vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishi shart;
O‘zbekiston Respublikasiga kirish vizasi bilan kelgan xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar vizada ko‘rsatilgan muddat bilan vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinadi.
(1-bandning ikkinchi — to‘rtinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-yanvardagi PF-6146-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.01.2021-y., 06/21/6146/0065-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi to‘g‘risida Nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-apreldagi PF-112-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.04.2022-y., 06/22/112/0326-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-apreldagi PF-112-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.04.2022-y., 06/22/112/0326-son)
Oldingi tahrirga qarang.
4. Pasport tizimi qoidalariga, xorijiy fuqarolarning, jumladan, MDHga a’zo davlatlar fuqarolarining va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirishi, chiqishi hamda respublikada bo‘lishi tartibiga qat’iy amal qilinishi uchun shaxsiy javobgarlik O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, Davlat xavfsizlik xizmati raisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari zimmasiga yuklatilsin.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi PF-5456-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 06/18/5456/1316-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
6. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Ichki ishlar vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan hamkorlikda mazkur Farmondan kelib chiqqan holda qonunchilik hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi takliflarni bir oy muddat ichida Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
7. Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda ushbu Farmonni amalga oshirish yuzasidan qaror qabul qilsin.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 27-fevraldagi 91-sonli “O‘zbekiston Respublikasida pasport tizimini takomillashtirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi va 1999-yil 27-fevraldagi 92-sonli “Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasida uy-joy sotib olinishini hamda doimiy yashash uchun Toshkent shahriga kelishni tartibga solish to‘g‘risida”gi qarorlari.
LexUZ sharhi
Mazkur nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 5-yanvardagi PF-4262-sonli “O‘zbekiston Respublikasida pasport tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan 2016-yil 1-yanvardan amalda o‘z ahamiyatini yo‘qotgan.
1. O‘zbekiston Respublikasida pasport tizimi to‘g‘risidagi Nizom pasport berish va undan foydalanish, qayd etish, ro‘yxatdan chiqarish tartibini, shuningdek pasport tizimi qoidalarini buzganlik uchun javobgarlikni belgilaydi.
2. O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini va uning egasi shaxsini tasdiqlovchi asosiy hujjatdir.
O‘zbekiston Respublikasining 16 yoshga to‘lgan barcha fuqarolari O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi pasportiga ega bo‘lishlari shart. Harbiy xizmatchilar bunday pasportsiz yashaydilar. Harbiy qismlar va harbiy muassasalar qo‘mondonligi tomonidan beriladigan shaxsiy guvohnomalar yoki harbiy biletlar harbiy xizmatchi shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar hisoblanadi.
Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi hududida O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan hujjatlar asosida yashaydilar. Ushbu Nizom normalari xorijiy fuqarolar, diplomatik, konsullik vakolatxonalari va ularga tenglashtirilgan vakolatxonalarning xodimlariga hamda ularning oila a’zolariga tadbiq etilmaydi, ularning O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lishi xalqaro huquq normalari va O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 21-noyabrdagi 408-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasida bo‘lishlari qoidalari”.
3. Pasport xorijga jo‘nab ketish chog‘ida ham amal qiladi. Xorijga jo‘nab ketayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi pasporti O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 6-yanvardagi 8-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining chet elga borishlari tartibi” va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2002-yil 25-maydagi 181-sonli “Chet elga borish uchun ruxsat berish yozuvining yopishtiriladigan stikerini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori.
4. “O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi pasporti:
“O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni kuchga kirguniga qadar O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashab turgan shaxslarga;
“O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini olgan shaxslarga beriladi.
5. O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi pasportini O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari beradi.
O‘zbekiston Respublikasining xorijda doimiy yashaydigan fuqarolariga, shuningdek “O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini olgan shaxslarga O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi pasporti O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatiya vakolatxonasi yoki konsullik muassasasi tomonidan beriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: “O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga pasportlar berish va almashtirish tartibi to‘g‘risida”gi yo‘riqnoma (ro‘yxat № 726, 11.05.1999-y.)
6. O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi pasporti butun O‘zbekiston Respublikasida yagona namunada o‘zbek, rus va ingliz tillarida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi uchun esa, qoraqalpoq, o‘zbek, rus va ingliz tillarida tayyorlanadi va 32 betdan iborat bo‘ladi.
7. Pasportga o‘zbek, rus va ingliz tillarida (Qoraqalpog‘iston Respublikasida esa — qoraqalpoq tilida ham) fuqaroning shaxsi to‘g‘risida quyidagi ma’lumotlar yoziladi:
Pasportga fuqaroning millati to‘g‘risidagi yozuv uning ota-onasi millatiga qarab kiritiladi. Agar fuqaroning ota-onasi turli millatga mansub bo‘lsa, birinchi marta pasport berilayotganda pasport oluvchining istagiga ko‘ra otasi yoki onasining millati yoziladi. Keyinchalik millat to‘g‘risidagi yozuv fuqaroning yozma arizasiga muvofiq otasi yoki onasining millatiga almashtirilishi mumkin, ammo faqat bir marta o‘zgartiriladi.
Pasportda uning egasining imzosi, pasport bergan mas’ul shaxs imzosi bo‘lishi, shuningdek pasport berilgan vaqt va amal qilish muddati ko‘rsatilishi lozim. Shuningdek pasportga:
Fuqarolarning roziligi bilan ularning pasportiga pasport egalarining qoni guruhi va rezusi to‘g‘risidagi belgilar qo‘yiladi. Fuqaroning pasportiga ushbu Nizomda ko‘zda tutilmagan yozuvlarni kiritish taqiqlanadi.
— ushbu Nizomning 7-bandida ko‘rsatilgan ma’lumotlarni — ichki ishlar organlari (xorijiy davlatlarga kirish uchun vizalar haqidagi yozuvdan hamda pasport egalarining koni guruhi va rezusi to‘g‘risidagi belgilardan tashqari);
— harbiy xizmatga munosabati haqidagi ma’lumotlarni — mudofaa ishlari organlari, pasport almashtirilgan hollarda esa — ichki ishlar organlari ham;
— nikohni qayd etish va nikohni bekor qilish to‘g‘risidagi yozuvlarni — fuqarolik holatini qayd etish organlari, pasport almashtirilgan hollarda esa — ichki ishlar organlari ham;
— pasportning amal qilish muddati, shuningdek pasport egasi bilan birga jo‘nab ketayotgan uning balog‘atga yetmagan bolalari to‘g‘risidagi yozuvlarni — O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatiya vakolatxonasi yoki konsullik muassasalari;
— xorijiy davlatlarga kirish uchun vizalar to‘g‘risidagi yozuvni — xorijiy mamlakatlarning diplomatiya vakolatxonalari va konsullik muassasalari;
9. 16 yoshga to‘lgan shaxsga ichki ishlar organlari tomonidan pasport beriladi va u 25 yoshga to‘lguniga qadar haqiqiy hisoblanadi.
Fuqarolar 25 yoshga va 45 yoshga to‘lganda ichki ishlar organlari ularga yangi pasport beradi, unga oldingi pasportdagi ma’lumotlarning yangi pasport berish vaqtida haqiqiy bo‘lganlarining hammasi kiritiladi.
— tashkilotlar, korxonalar, muassasalar va o‘quv yurtlarining, mehmonxonalar, sanatoriylar, pansionatlarning, qariyalar va nogironlar uylari va boshqa shunday muassasalarning, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining rahbarlari;
11. Pasport tizimi qoidalari bajarilishini ichki ishlar organlari va mahalliy hokimiyat organlari nazorat qiladilar.
12. Pasport olish uchun fuqaro istiqomat joyidagi ichki ishlar organiga yoxud O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatiya vakolatxonasi yoki konsullik muassasasiga quyidagilarni taqdim etadi:
— O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi yoki O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan belgilangan shakl bo‘yicha ariza;
13. O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining pasportini olish chog‘ida ilgari olgan pasportini doimiy istiqomat joyidagi ichki ishlar organiga, xorijda doimiy yashaydigan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi esa O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatiya vakolatxonasiga yoki konsullik muassasasiga topshirishga majburdir.
Pasportni fuqarolar istiqomat joyidagi ichki ishlar organlari, yoxud O‘zbekiston Respublikasining shaxs borgan xorijdagi diplomatiya vakolatxonalari yoki konsullik muassasalari beradi va almashtiradi.
14. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlaridan bo‘shatilgan harbiy xizmatchilarga pasport harbiy bilet va shaxsiy guvohnoma asosida berilishi mumkin.
15. O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilingan shaxslarga pasportlar ichki ishlar organlari tomonidan yoxud O‘zbekiston Respublikasining diplomatiya vakolatxonalari yoki konsullik muassasalari tomonidan beriladi.
Familiyasi, ismi, otasining ismini o‘zgartirish, millatini, tug‘ilgan yilini o‘zgartish yoki yozuvdagi chalkashlikka aniqlik kiritish maqsadida pasportni almashtirish uchun shu holatlarni tasdiqlovchi hujjatlar ham taqdim etiladi.
17. Fuqaro tegishli yoshga to‘lgandan so‘ng yoki familiyasi, ismi, otasining ismini, tug‘ilgan yili va millatini o‘zgartirgan, yozuvdagi chalkashlik aniqlangan va pasport foydalanish uchun yaroqsiz bo‘lgandan so‘ng bir oy muddatdan kechiktirmay, pasport aniq muddatga berilgan hollarda esa — pasportning amal qilish muddati tugagan paytdan boshlab uch kun muddatda pasport olish yoki uni almashtirish uchun hujjatlarni va fotosuratlarni taqdim etishi kerak. O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi xorijga jo‘nab ketadigan taqdirda, agar pasportning amal qilish muddati olti oydan kamroqni yoki kirish vizasidagi muddatni tashkil etsa, pasport almashtirilishi mumkin.
18. Ichki ishlar organlari yoki O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatiya vakolatxonasi yoxud konsullik muassasasi tomonidan almashtirish tarzida yoki yo‘qolgan pasport o‘rniga beriladigan pasportga ushbu Nizomning 7-bandida ko‘rsatilgan ma’lumotlar kiritilishi kerak.
19. Pasport berish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan miqdorda davlat poshlinasi (boj) olinadi. To‘la davlat ta’minotida bo‘lgan shaxslar poshlina to‘lashdan ozod qilinadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 3-noyabrdagi 533-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boji stavkalarining 6-bandi.
20. Fuqaro pasportni avaylab asrashi shart. Pasport yo‘qolgani haqida fuqaro doimiy qayd etilgan joyidagi ichki ishlar organlariga yoki O‘zbekiston Respublikasining shaxs borgan xorijdagi diplomatiya vakolatxonasiga yoxud konsullik muassasasiga darhol xabar qilishi lozim. Ular esa fuqaroning arizasiga binoan belgilangan namunadagi ma’lumotnoma beradi. Ma’lumotnoma shaklini O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi yoki Tashqi ishlar vazirligi belgilaydi.
Fuqaro pasportini yo‘qotgan taqdirda unga ushbu Nizomda belgilangan tartibda pasport yo‘qolgani haqida ariza bergan kundan boshlab bir oy ichida yangi pasport beriladi.
21. O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqqan shaxs pasportini ichki ishlar organlariga yoki O‘zbekiston Respublikasining shaxs borgan xorijdagi diplomatiya vakolatxonasiga yoxud konsullik muassasasiga topshirishi shart.
Fuqarolar harbiy xizmatga chaqirilganda ularning pasportlari xizmatni o‘tash davrida saqlash uchun xizmatga chaqirilish joyidagi mudofaa ishlari organlariga, harbiy o‘quv yurtlariga qabul qilinganda esa, keyin ichki ishlar organlariga yo‘q qilishga yuborish uchun shu o‘quv yurtiga topshiriladi.
Vafot etganlarning pasportlari fuqarolik holatini qayd etish organlariga yoxud O‘zbekiston Respublikasining marhum borgan xorijdagi diplomatiya vakolatxonasiga yoxud konsullik muassasasiga topshiriladi, ular esa o‘lim ro‘yxatga olinganidan so‘ng bir oy muddatdan kechiktirmay marhumning O‘zbekiston Respublikasi hududida oxirgi istiqomat joyidagi ichki ishlar organlariga belgilangan tartibda yo‘q qilish uchun yuboradi.
Topib olingan pasport ichki ishlar organlariga yoki O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatiya vakolatxonasiga yoxud konsullik muassasasiga topshirilishi lozim.
22. Qamoqqa olingan, shuningdek ozodlikdan mahrumlikka, qamoq jazosiga mahkum etilgan shaxslar pasporti surishtiruv, dastlabki tergov organlari yoki sud tomonidan olib qo‘yiladi. Qamoqdan ozod qilingandan yoki jazoni o‘tab bo‘lganidan so‘ng pasport egasiga qaytariladi.
23. Ushbu Nizomning 22-bandida ko‘zda tutilgan hollardan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining pasportini olib qo‘yish, shuningdek pasportni garovga yoki boshqa majburiyatlarni ta’minlash maqsadida qoldirish va olib qolish taqiqlanadi.
24. O‘zbekiston Respublikasida pasport tizimi to‘g‘risidagi Nizomni amalga oshirish uchun zarur shtamplar va blankalarning namunalari O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Tashqi ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasida pasport tizimini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi Yo‘riqnoma (ro‘yxat. № 698, 09.04.1999-y.).
25. Pasport olishga ariza blankalari va O‘zbekiston Respublikasida pasport tizimi to‘g‘risidagi Nizomni amalga oshirishda zarur bo‘lgan boshqa blankalar uchun davlat poshlinasi olinmaydi.
26. Fuqarolarni qayd etish — O‘zbekiston Respublikasi hududidagi muayyan istiqomat joyida shaxsning doimiy yoki vaqtincha yashab turishi faktini ichki ishlar organlari tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda ro‘yxatga olishdir.
27. Shaxs muayyan istiqomat joyida doimiy yashash niyatida bo‘lgan hollarda doimiy qayd etish amalga oshiriladi.
— xorijiy fuqarolar, shu jumladan MDHga a’zo davlatlarning fuqarolari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, agar ushbu toifadagi shaxslarda O‘zbekiston Respublikasining ichki ishlar organlari tomonidan belgilangan tartibda yashash uchun berilgan guvohnomalari mavjud bo‘lgan taqdirda.
28. Vaqtincha qayd etish shaxsning o‘zi belgilagan istiqomat joyida bo‘lishi davrida amalga oshiriladi. Uch kundan olti oygacha davrdagi vaqtincha qayd etish fuqaroni doimiy istiqomat joyidagi ro‘yxatdan chiqarmasdan amalga oshiriladi. 6 oydan ko‘proq muddatga vaqtincha qayd etish shaxsni doimiy istiqomat joyidagi ro‘yxatdan chiqargan holda amalga oshiriladi.
— O‘zbekiston Respublikasi hududidagi bir joydan ikkinchi joyga vaqtincha yashash uchun kelgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari;
— MDHga a’zo davlatlardan fuqaroligi to‘g‘risida belgisi bo‘lmagan sobiq SSSR pasportlari bilan kelgan shaxslar;
— O‘zbekiston Respublikasiga kirish vizalari bilan kelgan xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar.
29. O‘zbekiston Respublikasi hududining bir joyidan ikkinchi joyiga olti oygacha muddat bilan vaqtincha yashash uchun kelgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari doimiy istiqomat joyidagi ro‘yxatdan chiqishni rasmiylashtirmagan holda vaqtincha qayd etiladilar va bunda pasportlarga qayd etish shtampi qo‘yiladi.
30. O‘zbekiston Respublikasi hududidagi boshqa joyga olti oydan ko‘proq muddatga vaqtincha yashash uchun jo‘nab ketadigan (xizmat safarlariga, ta’tillarga, dala hovliga, dam olish yoki davolanishga ketadiganlardan tashqari) O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ro‘yxatdan chiqishlari va vaqtincha turadigan joyda qayd etilishlari shart.
Oldingi tahrirga qarang.
31. Qayd etish va ro‘yxatdan chiqarish ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshiriladi, bu organ har haftada odamlarning jo‘nab ketishi va kelishi to‘g‘risidagi varaqlarni hudud bo‘yicha Manzil-ma’lumotnoma byurosiga yuborib turishi shart. Mulkchilik shaklidan qat’i nazar mehmonxonalarning, davolash muassasalarining, sanatoriylar va dam olish uylarining mas’ul shaxslari qayd etilishi lozim bo‘lgan joylashgan shaxslarning so‘rovnoma-arizalarini hisobga olish uchun har haftada o‘zi joylashgan hudud bo‘yicha Manzil-ma’lumotnoma byurosiga yuborishlari shart.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 3-oktabrdagi PF-4473-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 40-son, 466-modda)
32. Doimiy va vaqtincha qayd ettirish uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari doimiy yoki vaqtincha istiqomat joyida quyidagilarni taqdim etadilar:
— tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma — 16 yoshga to‘lmagan, ota-onalaridan (vasiylar va homiylardan) alohida yashovchi shaxslar uchun;
— harbiy bilet yoki shaxsiy guvohnoma — kazarmalardan, kemalardan tashqarida yashovchi harbiy xizmatchilar uchun;
16 yoshga to‘lmagan, ota-onalari (vasiylari, homiylari) bilan birga yashaydigan bolalarni qayd etish tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomalar bo‘yicha, ular to‘g‘risidagi ma’lumotlarni uy daftarlariga (qayd etish varaqchalariga) kiritish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
MDHga a’zo davlatlarning fuqarolari va O‘zbekiston Respublikasiga vaqtincha yashash uchun MDHga a’zo davlatlardan kelgan shaxslar ichki ishlar organlariga quyidagilarni taqdim etadilar:
Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar vaqtincha qayd etish uchun quyidagilarni taqdim etadilar:
Xorijiy fuqarolar, shu jumladan MDHga a’zo davlatlarning fuqarolari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, MDHga a’zo davlatlardan kelgan shaxslar doimiy qayd etish uchun:
Chegara hududida joylashgan aholi punktlarida qayd etish uchun ushbu hududga kirish to‘g‘risida chegara hududiga jo‘nab ketgunga qadar istiqomat joyida ichki ishlar organidan belgilangan tartibda olingan ruxsatnoma ham taqdim etiladi.
33. Qayd etilishi lozim bo‘lgan shaxslar kelgan kundan boshlab uch kun muddat ichida hujjatlarni qayd etish uchun ichki ishlar organlariga topshirishlari shart.
Ro‘yxatdan chiqish uchun hujjatlar doimiy istiqomat joyidagi ichki ishlar organlari tomonidan rasmiylashtiriladi.
34. O‘zbekiston Respublikasining quyidagi fuqarolari, shuningdek belgilangan tartibda berilgan O‘zbekiston Respublikasi hududida yashash guvohnomasiga ega bo‘lgan xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uy-joy maydonining qanchaligidan qat’i nazar doimiy qayd ettirish huquqiga egadirlar:
— o‘z oilalariga ega bo‘lmagan yoki balog‘atga yetmagan bolalari bo‘lgan, ammo nikohdan o‘tmagan balog‘atga yetgan farzandlar — ota-onalarining uy-joy maydoniga;
— balog‘atga yetmagan, ota-onasi bo‘lmagan tug‘ishgan aka-ukalar, opa-singillar, shuningdek mehnatga layoqatsiz tug‘ishgan aka-ukalar, opa-singillar, agar ularning o‘z oilalari bo‘lmasa, yoshidan qat’i nazar — akasi, ukasi, opasi, singlisining uy-joy maydoniga;
— ilgari mazkur aholi punktida yashagan, mehnat shartnomasi bilan ishlash uchun vaqtincha boshqa joyga ketgan shaxslar, shuningdek amaldagi qonunchilikka muvofiq vaqtincha boshqa joyga ketganda uy-joydan foydalanish huquqi saqlanib qoladigan fuqarolar — oldingi istiqomat joyiga yoki qarindoshlarining uy-joy maydoniga;
— ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod qilingan shaxslar — oldingi istiqomat joyiga, o‘z oila a’zolarining, qarindoshlari yoki hukm qilingunga qadar yashab turgan boshqa shaxslarning uy-joy maydoniga;
— muddatli xizmat tugagandan so‘ng Qurolli Kuchlar safidan bo‘shatilgan harbiy xizmatchilar — oldingi istiqomat joyiga, yoki ota-onasi, yoxud boshqa qarindoshlarining uy-joy maydoniga;
Oldingi tahrirga qarang.
— ofitserlar tarkibidan zaxiraga yoki iste’foga bo‘shatilgan shaxslar, Qurolli Kuchlarning va Milliy xavfsizlik xizmatining kontrakt bo‘yicha xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilari, Ichki ishlar vazirligining boshliqlar va oddiy xodimlari safida bo‘lgan shaxslar (oila a’zolari bilan) — belgilangan tartibda uy-joy olgunga (sotib olingunga) qadar qarindoshlari yoki boshqa shaxslarning uy-joy maydoniga.
(34-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 4-iyundagi PF-3441-son Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 22-23-son, 259-modda)
Ushbu bandda ko‘rsatilgan toifadagi shaxslar bilan bir qatorda quyidagilar ham uy-joy maydoni qanchaligidan qat’i nazar vaqtincha qayd ettirish huquqiga ega:
Oldingi tahrirga qarang.
— haqiqiy harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilar oila a’zolari bilan birga — belgilangan tartibda uy-joy olgunga (sotib olingunga) qadar muddatga boshqa shaxslar yoki harbiy qismning uy-joy maydoniga yoxud harbiy qism, harbiy o‘quv yurti yoki Mudofaa vazirligining, Milliy xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar vazirligining o‘zga tashkiloti joylashgan erga;
(34-bandning o‘n ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 4-iyundagi PF-3441-son Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 22-23-son, 259-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
— akademik litseylarning, kasb-hunar kollejlarining o‘quvchilari, o‘quv yurtlarining talabalari, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar, ordinatorlari, kadrlarni tayyorlash yoki qayta tayyorlash yoxud malakasini oshirish kurslarining tinglovchilari, shuningdek ularning oila a’zolari — o‘qish davrida o‘quv yurtlari va idoralarning, qarindoshlari yoki boshqa shaxslarning uy-joy maydoniga;
(34-bandning o‘n uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 24-iyuldagi PF-4635-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 30-son, 365-modda)
— faoliyati doimiy harakat bilan bog‘liq shaxslar (kemalar ekipajlarining a’zolari, geologiya va qidiruv partiyalarining, ekspeditsiyalarning xodimlari va shu kabilar) — ish davrida tegishli paroxodchiliklar, boshqarmalar, geologiya, qidiruv partiyalari va ekspeditsiyalarning asosiy bazalari, qurilish-montaj, ishga tushirish-sozlash tashkilotlari va boshqa tashkilotlar joylashgan manzilga.
35. Qayd etish va ro‘yxatdan chiqarish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan miqdorda davlat poshlinasi olinadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 3-noyabrdagi 533-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boji stavkalarining 7-bandi.
36. MDHga a’zo davlatlarning fuqarolari ularning shaxsini yoki fuqaroligini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lgan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi hududiga vizasiz kirish va unda harakat qilib yurish huquqiga egadirlar.
37. Chegara hududida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining, xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning istiqomat joyini tanlashida cheklashlar belgilab qo‘yiladi. Ushbu bandda ko‘zda tutilgan cheklash amal qiladigan joylarda qayd etish ruxsat berilmagan shaxslar shu yerlarda joylashgan korxonalarga, muassasa va tashkilotlarga ishga qabul qilinishi mumkin emas hamda ular shu joyni yetti kun mobaynida tark etishlari lozim. Ular chiqib ketishdan bo‘yin tovlagan hollarda ichki ishlar organlari tomonidan qonunda belgilangan tartibda chiqarib yuboriladilar. Mazkur joylarda vaqtincha bo‘lish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq respublikaning boshqa ayrim mintaqalarida aholi sog‘lig‘ini saqlash va xavfsizligini ta’minlash maqsadida shu joylarda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining, xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning bo‘lishi vaqtincha cheklab qo‘yilishi mumkin.
38. Xususiy uy-joy egasi uy-joy maydoni qanchaligidan qat’i nazar oila a’zolarini va O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi hududida yashash uchun belgilangan tartibda berilgan guvohnomaga ega bo‘lgan xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni qayd ettirish huquqiga egadir.
Xususiy mulk tarzida o‘ziga tegishli bir qancha uyning egasi ulardan faqat bittasiga qayd etilishi mumkin.
39. Sudning O‘zbekiston Respublikasi fuqarosini, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi hududida yashash uchun belgilangan tartibda berilgan guvohnomaga ega bo‘lgan xorijiy fuqarolarni va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni yashab turgan uyidan ko‘chirib yuborish yoki bunday uylardan foydalanish huquqi o‘z kuchini yo‘qotgani haqidagi qarori qonuniy kuchga kirishi munosabati bilan ularning yashash joyiga qayd etilishi bekor qilinishi lozim.
40. Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar mazkur shaxslarga nisbatan chiqarilgan hukmlar qonuniy kuchga kirganidan so‘ng ro‘yxatdan chiqariladi.
42. Qayd etish (ro‘yxatdan chiqish) uchun lozim bo‘lgan arizalar, uy daftarlari, manzil varaqalarining hamda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini qayd etish va ro‘yxatdan chiqarishga taalluqli boshqa hujjatlarning shakllari O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasida pasport tizimini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi Yo‘riqnoma (ro‘yxat. № 698, 09.04.1999-y.).
— pasportsiz yoki haqiqiy bo‘lmagan pasport bilan qayd ettirmay yashaganlik uchun, pasportni ataylab yaroqsiz holga keltirganlik hamda pasportlardan g‘arazli maqsadlarda foydalanganlik, pasportni avaylab saqlamay uni yo‘qotganlik uchun;
— pasport tizimi qoidalariga rioya qilinishiga mas’ul bo‘lgan shaxslar fuqarolarning pasportsiz yoki haqiqiy bo‘lmagan pasport bilan, yoxud qayd etmay yashashiga yo‘l qo‘ygani uchun, shuningdek fuqarolar o‘zlari egallab turgan uy-joy binolarida pasportsiz shaxslarning qaydsiz yashashiga yo‘l qo‘ygani uchun;
— mansabdor shaxslar pasportsiz yoki pasporti haqiqiy bo‘lmagan fuqarolarni, shuningdek qaydsiz yashayotgan fuqarolarni ishga qabul qilgani uchun;
— mansabdor shaxslar fuqarolarning pasportini qonunsiz olib qo‘ygani yoki pasportni garovga olib qolgani uchun;
— chegara zonasiga, shuningdek fuqarolarning kirishi va bo‘lishi vaqtincha, cheklangan joylarga kirish yoki unda yashash qoidalarini buzganlik uchun O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 223 va 224-moddalari.
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Nizom chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasidan (keyingi o‘rinlarda — yashash guvohnomasi) foydalanish tartibini belgilaydi.
2. Yashash guvohnomasi unda ko‘rsatilgan amal qilish muddati tugagunga qadar, 60 yoshga to‘lgandan keyin olingan yashash guvohnomasi esa 2030-yil 31-dekabrgacha chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning identifikatsiyalovchi ID-kartasi (keyingi o‘rinlarda — ID-karta) bilan bir qatorda chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashash huquqini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashab turgan, O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi bo‘lmagan va o‘zining chet el fuqaroligiga mansubligiga doir dalilga ega bo‘lmagan shaxs uchun yashash guvohnomasi qo‘shimcha ravishda uning shaxsini tasdiqlovchi hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning huquqiy maqomini belgilab beruvchi hujjat hisoblanadi. Yashash guvohnomasi O‘zbekiston Respublikasi doirasida haqiqiydir.
3. Yashash guvohnomasi ichki ishlar organlari tomonidan davlat, rus, ingliz tillarida to‘ldirilgan hamda unga quyidagi ma’lumotlar kiritilgan:
4. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini olish uchun jismoniy shaxs yashash joyidagi ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limiga murojaat qilishi kerak.
Shaxsning roziligi bilan yashash guvohnomasida sog‘liqni saqlash muassasasi tomonidan yashash guvohnomasi egasining qon guruhi va rezus mansubligi (faktori) to‘g‘risidagi belgilar qo‘yiladi.
5. Yashash guvohnomalarida kattaligi 35x45 millimetrli qora-oq yoki rangli fotosuratlar, hujjat egasining va uni bergan mas’ul shaxsning imzolari bo‘lishi lozim.
Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar yashash guvohnomasi amal qilish muddati tugagandan so‘ng yoki familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan yili va millati o‘zgargandan so‘ng yashash guvohnomasi bir oy muddatda ID-kartaga almashtirishi lozim.
7. Yashash guvohnomasi yo‘qotilganda, chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxs u yo‘qotilgan joydagi ichki ishlar organiga darhol ma’lum qilishi shart.
Bunday hollarda ichki ishlar organi chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va muddatlarda yangi ID-karta rasmiylashtirib beradi.
8. Chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxs uchun yashash guvohnomalari, shuningdek fuqaroligi bo‘lmagan shaxs guvohnomasi quyidagi hollarda o‘z kuchini yo‘qotadi:
fuqaroligi bo‘lmagan shaxs chet elga ketganida — fuqaroligi bo‘lmagan shaxs guvohnomasining amal qilish muddatini uzrli sabablarsiz uzaytirmagan yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs guvohnomasining amal qilish muddatini uzaytirishdan voz kechgan hollarda;
chet el fuqarosi O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini qabul qilganida yoki o‘z mamlakati fuqaroligidan chiqqanida;
yashash guvohnomasini yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs guvohnomasini olish uchun yolg‘on ma’lumotlar yoxud soxta hujjatlar taqdim qilinganda.
9. Chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs vafot etgan hollarda yashash guvohnomalari mavjud bo‘lgan taqdirda eksterritorial tamoyil asosida istalgan fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlariga, chet davlatlarda esa — O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari yoki konsullik muassasalariga topshiriladi, ular guvohnomani o‘lim ro‘yxatga olingandan keyin doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish joyidagi ichki ishlar organlariga yuboradi.
10. Hibsga olingan yoki ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxsning yashash guvohnomasi tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, tergov organlari yoki sud tomonidan olib qo‘yiladi. Agar shaxs sudning hukmi bilan ozodlikdan mahrum etilsa, uning yashash guvohnomasi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish departamentiga yuboriladi.
Shaxs hibsdan ozod qilinganda yoki jazoni ijro etish muassasasidan ozod etilganida, unga yashash guvohnomasi tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, tergov organlari, sud yoxud jazoni ijro etish muassasasining ma’muriyati tomonidan qaytariladi.
11. Yashash guvohnomasi o‘g‘irlangan hollarda bu haqidagi arizalar jinoyat sodir etilgan joydagi yoki shaxsning yashash joyidagi hududiy ichki ishlar organlarining navbatchilik qismlari xodimlari tomonidan qabul qilinadi. Bunday arizalar qabul qilinganligi haqida shaxslarga ma’lumotnomalar beriladi va ular javobgarlikka tortilmaydi.
Jazoni ijro etish muassasasida jazoni o‘tab chiqqan, tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar, shu jumladan maishiy tusdagi ofatlar (turar joylarning yoki yashash uchun mo‘ljallanmagan joylarning yong‘ini, qulashi, transport vositalarining yonishi) yuz berganligi oqibatida yashash guvohnomasi yo‘qolganligi yoki yaroqsiz holga kelganligi to‘g‘risida ariza bilan murojaat etgan shaxslar ham javobgarlikka tortilmaydi.
Bunda, jazoni ijro etish muassasasida jazoni o‘tab chiqqan shaxs bu holatni tasdiqlovchi tegishli hujjatni arizaga ilova qiladi, tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar, shu jumladan maishiy tusdagi ofatlar (turar joylarning yoki yashash uchun mo‘ljallanmagan joylarning yong‘ini, qulashi, transport vositalarining yonishi) yuz berganligi holatini tasdiqlash zarurati bo‘lganda, ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlari tomonidan so‘rov asosida qonunchilikda belgilangan vakolatli idoralardan ma’lumotnoma olinadi.
13. Yashash guvohnomasini olib qo‘yish man etiladi (O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno), shuningdek, garovga olib turish va boshqa shaxsga berish taqiqlanadi.
15. Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ushbu Nizomning talablarini buzganliklari uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
16. Ushbu Nizomning bajarilishi ichki ishlar organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan nazorat qilinadi.
(2-ilova matni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-apreldagi PF-112-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.04.2022-y., 06/22/112/0326-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-martdagi PF-6185-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.03.2021-y., 06/21/6185/0197-son)