21.02.2012 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2329
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining qarori, 21.02.2012 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2329
Кучга кириш санаси
02.03.2012
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaxslar (uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan abonent raqamidan foydalanganlik uchun toʻlovlarni hisoblash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 21-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2329]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 30-dekabrdagi PQ-1675-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-yil, 52-son, 561-modda) muvofiq, Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi qaror qiladilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaxslar (uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan abonent raqamidan foydalanganlik uchun toʻlovlarni hisoblash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Bosh direktori X. MUXITDINOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2012-yil 1-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-yu-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vaziri R. AZIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2012-yil 1-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2012-yil 1-fevral 2-yu-son, 7-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaxslar (uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan abonent raqamidan foydalanganlik uchun toʻlovlarni hisoblash va toʻlash tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nizom
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaxslar(uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan abonent raqamidan foydalanganlik uchun toʻlovlarni hisoblash va toʻlash tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2026-yil 5-fevraldagi 285-mh-son hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2026-yil 30-yanvardagi 325-son qarori (roʻyxat raqami 2329-9, 13.02.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.02.2026-y., 10/26/2329-9/0141)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 30-dekabrdagi PQ-1675-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq 2012-yil 1-yanvardan mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaxslar (uyali aloqa kompaniyalari) abonent raqamidan foydalanganlik uchun toʻlovni (bundan buyon matnda toʻlov deb yuritiladi) mazkur Nizomda belgilangan tartibda toʻlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
abonent raqami — abonentga mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomaning amal qilish davrida uyali aloqa kompaniyasi tomonidan ajratiladigan raqam;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mobil aloqa abonenti — uyali aloqa kompaniyasi bilan mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomani tuzgan jismoniy yoki yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mobil aloqa xizmatlari — mobil aloqa tarmoqlari orqali signallarni va axborotning boshqa turlarini qabul qilish, uzatish, ularga ishlov berish boʻyicha mobil aloqa operatori faoliyatining mahsuloti.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
energoresurslarni nazorat qilish va hisobga olish tizimida foydalaniladigan raqamlar — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan belgilanadigan energoresurslarni nazorat qilish va hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy qilish boʻyicha loyihalarni amalga oshirish doirasidagi elektr energiya, tabiiy gaz va boshqa kommunal xizmatlarni hisobga olish asboblarini ulashni taʼminlash uchun uyali aloqa kompaniyalari tomonidan ajratilgan raqamlar.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Moliya vazirligining 2017-yil 22-sentabrdagi 154-mh, 134-son qaroriga (roʻyxat raqami 2329-5, 06.11.2017-y.) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.11.2017-y., 10/17/2329-5/0223-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Toʻlovchi va toʻlov obyekti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Toʻlovlarni toʻlovchilari mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaxslar (uyali aloqa kompaniyalari) hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Toʻlovning obyekti boʻlib uyali aloqa kompaniyalari tomonidan mobil aloqa abonentlariga ajratilgan abonent raqamlari hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Energoresurslarni nazorat qilish va hisobga olish tizimida foydalaniladigan raqamlar toʻlov obyekti hisoblanmaydi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Moliya vazirligining 2017-yil 19-iyuldagi 155-mh, 105-son qaroriga (roʻyxat raqami 2329-5, 06.11.2017-y.) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.11.2017-y., 10/17/2329-5/0223-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Toʻlov miqdori va uni hisoblash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Toʻlov miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Toʻlov har bir abonent raqami uchun amalga oshiriladi. Abonent raqamlarining soni toʻlov amalga oshiriladigan oydagi oʻrtacha abonentlar soniga (kunlik abonentlar sonining yigʻindisi/oy kunlari) asosan aniqlanadi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Moliya vazirligining 2019-yil 15-oktabrdagi 204, 104-sonli qarori (roʻyxat raqami 2329-6, 10.01.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2020-y., 10/20/2329-6/0044-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Abonent raqamidan foydalanganlik uchun toʻlov summasi foyda soligʻi boʻyicha soliq solinadigan foydani aniqlashda Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 305-moddasiga muvofiq chegirib tashlanadi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021-yil 22-apreldagi 210-mh-sonli qarori (roʻyxat raqami 2329-7, 10.05.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2021-y., 10/21/2329-7/0448-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Hisob-kitoblarni taqdim etish va toʻlovni amalga oshirish muddatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Hisobot davri boʻlib bir oy hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Toʻlovning hisob-kitobi (bundan keyin matnda Hisob-kitob deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligiga har oyda (oʻsib bormaydigan yakun boʻyicha) mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shakl boʻyicha hisobot oyidan keyingi oyning 10-sanasidan kechiktirmay toʻlovchi (kompaniyaning bosh tashkiloti) tomonidan taqdim etiladi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2023-yil 11-iyuldagi 254-mh-son hamda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-yil 10-iyuldagi 55-sonli qarori (roʻyxat raqami 2329-8, 21.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2023-y., 10/23/2329-8/0515-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Toʻlovni amalga oshirish toʻlovchi (kompaniyaning bosh tashkiloti) tomonidan Hisob-kitobni taqdim etish muddatidan kechiktirmay amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Toʻlov summasi Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti, Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamgʻarmasi, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi Ilmiy-innovatsion rivojlantirish jamgʻarmasi va Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi huzuridagi Axborot-kutubxona muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari bilan belgilangan normativlar boʻyicha taqsimlanadi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2026-yil 5-fevraldagi 285-mh-son hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2026-yil 30-yanvardagi 325-son qarori (roʻyxat raqami 2329-9, 13.02.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.02.2026-y., 10/26/2329-9/0141)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
111. Hisobot oyi uchun toʻlov summasi Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga kelib tushadi hamda belgilangan tartibda taqsimlanadi.
(111-band Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2026-yil 5-fevraldagi 285-mh-son hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2026-yil 30-yanvardagi 325-son qarori (roʻyxat raqami 2329-9, 13.02.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.02.2026-y., 10/26/2329-9/0141)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamgʻarmasiga toʻlovdan kelib tushgan mablagʻlardan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini hamda axborotlashtirish va telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish dasturlarini moliyalashtirish uchun qatʼiy foydalaniladi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2023-yil 11-iyuldagi 254-mh-son hamda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-yil 10-iyuldagi 55-sonli qarori (roʻyxat raqami 2329-8, 21.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2023-y., 10/23/2329-8/0515-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
121. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi Ilmiy-innovatsion rivojlantirish jamgʻarmasiga toʻlovdan kelib tushgan mablagʻlardan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-iyundagi 350-son “Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti qoshidagi Ilmiy-innovatsion rivojlantirish jamgʻarmasi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarorida belgilangan yoʻnalishlar boʻyicha qatʼiy foydalanadi.
(121-band Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Moliya vazirligining 2019-yil 15-oktabrdagi 204, 104-sonli qarori (roʻyxat raqami 2329-6, 10.01.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2020-y., 10/20/2329-6/0044-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(122-band Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2026-yil 5-fevraldagi 285-mh-son hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2026-yil 30-yanvardagi 325-son qaroriga (roʻyxat raqami 2329-9, 13.02.2026-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.02.2026-y., 10/26/2329-9/0141)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi abonent raqamidan foydalanganlik uchun toʻlovning hisoblangan va toʻlangan summalari toʻgʻrisidagi yigʻma axborotni har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 15-sanasidan kechiktirmay mazkur Nizomning 2-ilovasida keltirilgan shakl boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etadi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2023-yil 11-iyuldagi 254-mh-son hamda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-yil 10-iyuldagi 55-sonli qarori (roʻyxat raqami 2329-8, 21.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2023-y., 10/23/2329-8/0515-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Toʻlovni toʻgʻri hisoblab chiqish va toʻlash uchun javobgarlik hamda uning nazorati
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Toʻlovchilar toʻlovning toʻgʻri hisoblab chiqilishi va toʻlanishi uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Toʻlovni oʻz vaqtida amalga oshirmaganlik uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan miqdorda Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan penya hisoblanadi hamda toʻliq miqdorda Davlat budjetiga undiriladi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2023-yil 11-iyuldagi 254-mh-son hamda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-yil 10-iyuldagi 55-sonli qarori (roʻyxat raqami 2329-8, 21.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2023-y., 10/23/2329-8/0515-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Davlat soliq xizmati organlari soliq tekshiruvlarini oʻtkazish davomida abonent raqamlarining miqdorini kamaytirish holatlari aniqlanganda ularning haqiqiy miqdoridan kelib chiqqan holda qoʻshimcha toʻlov va penya hisoblashga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Yakuniy qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. Parpiyev
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2012-yil 25-yanvar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatadigan yuridik shaxslar (uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan abonent raqamidan foydalanganlik uchun toʻlovni hisoblash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

‎‎_______________________________________________________________
‎(yuridik shaxsning nomi)

‎‎20___ yil ____________ oyi uchun abonent
‎raqamidan foydalanganlik uchun
‎TOʻLOV HISOB-KITOBI

Roʻyxatdan oʻtkazilgan joy
‎(manzil) boʻyicha abonent
‎ raqamlarining
‎ soni (birl.)* ‎

Belgilangan toʻlov
‎ miqdori (soʻm) ‎

Toʻlov summasi
‎ (ming soʻm) ‎

Jami
shu jumladan:‎
Qoraqalpogʻiston Respublikasi‎
Andijon viloyati‎
Buxoro viloyati‎
Jizzax viloyati‎
Qashqadaryo viloyati‎
Navoiy viloyati‎
Namangan viloyati‎
Samarqand viloyati‎
Surxondaryo viloyati‎
Sirdaryo viloyati‎
Toshkent viloyati‎
Fargʻona viloyati‎
Xorazm viloyati‎
Toshkent shahar‎

‎* Abonent raqamlarining soni toʻlov amalga oshiriladigan oydagi oʻrtacha abonentlar soniga (kunlik abonentlar sonining yigʻindisi/oy kunlari) asosan aniqlanadi.

Rahbar ‎

____________________________‎‎

(imzo)‎‎ ‎

Bosh buxgalter‎

‎‎____________________________

‎‎(imzo) ‎

M.Oʻ.‎

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Moliya vazirligining 2019-yil 15-oktabrdagi 204, 104-sonli qarori (roʻyxat raqami 2329-6, 10.01.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2020-y., 10/20/2329-6/0044-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatadigan yuridik shaxslar (uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan abonent raqamidan foydalanganlik uchun toʻlovni hisoblash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

‎‎20___ yil _______________ oyi uchun abonent
‎raqamidan foydalanganlik uchun toʻlovning
‎ hisoblangan va toʻlangan summalari toʻgʻrisida
‎ YIGʻMA AXBOROT

T/r‎‏

Regionlar nomi‎‏‎

Yuridik shaxsning nomi

Yuridik shaxsning nomi

Abonent raqamlarining soni
‎(birl.) ‎‏

Toʻlov summasi
‎ (ming soʻm.) ‎‎

Abonent raqamlarining soni
‎(birl.) ‎‏

Toʻlov summasi
‎ (ming soʻm.) ‎‎

hisoblangan‎

Haqiqatan toʻlangan‎

hisoblangan‎

Haqiqatan toʻlangan‎

Jami‎
shu jumladan:‎
Qoraqalpogʻiston Respublikasi‎
Andijon viloyati‎
Buxoro viloyati‎
Jizzax viloyati‎
Qashqadaryo viloyati‎
Navoiy viloyati‎
Namangan viloyati‎
Samarqand viloyati‎
Surxondaryo viloyati‎
Sirdaryo viloyati‎
Toshkent viloyati‎
Fargʻona viloyati‎
Xorazm viloyati‎
Toshkent shahar‎
Rahbar‎ ‎‎_________________________________

‎‎(imzo)

M.Oʻ.‎
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi va Moliya vazirligining 2014-yil 29-dekabrdagi 93-mh, 89-sonli qarori (roʻyxat raqami 2329-2, 05.01.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 1-son, 11-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 8-9-son, 89-modda; 2013-y., 51-son, 676-modda; 2015-y., 1-son, 11-modda; 19-son 246-modda; 2017-y., 30-son, 762-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.11.2017-y., 10/17/2329-5/0223-son; 10.01.2020-y., 10/20/2329-6/0044-son; 10.05.2021-y., 10/21/2329-7/0448-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son; 24.07.2023-y., 10/23/2329-8/0515-son; 16.02.2026-y., 10/26/2329-9/0141-son)