Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.07.2024 03.12.1998 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 562
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.07.2024
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

“TASDIQLANGAN”

Oʻzbekiston Respublikasi

Moliya vazirligi

vazirning oʻrinbosari

E.F. GADOYEV

1998-yil 19-oktabr, 52-son

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DAVLAT SUBSIDIYALARINING HISOBI VA DAVLAT YORDAMI BOʻYICHA KOʻRSATILADIGAN MAʼLUMOTLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BUXGALTERIYA HISOBIning MILLIY STANDARTI
10-SON BHMS
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1998-yil 3-dekabr, 562-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
 LexUZ sharhi
Mazkur standart Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2024-yil 14-iyundagi 136-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (10-sonli BHMS) “Davlat yordamining hisobi va u toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yoritib berish”ni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3534, 24.07.2024-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
UMUMIY QOIDALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Buxgalteriya hisobi milliy standarti (BHMS) Oʻzbekiston Respublikasining “Buxgalterlik hisob-kitobi toʻgʻrisida”gi Qonuni asosida ishlab chiqilgan boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobini meʼyoriy tartibga solish tizimining bir qismidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAQSADI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu standartning maqsadi buxgalteriya hisob-kitobi tamoyillarini belgilab olishdan va xoʻjalik yurituvchi subyektlar olgan davlat subsidiyalarini yoxud boshqa turdagi davlat yordamini moliyaviy hisobotda aks ettirishdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
AMAL QILISH SOHASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu standart xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan davlat subsidiyalarini hisob-kitob qilish va boshqa turdagi davlat yordamini ochish maqsadida qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu standart quyidagilarga nisbatan qoʻllanilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.1. Oʻzgarib turuvchi narxlarni aks ettiruvchi moliyaviy hisobotlarda davlat subsidiyalarini hisob-kitob qilishda va shu turdagi qoʻshimcha axborotlarda yuzaga keladigan oʻziga xos muammolar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.2. Soliqqa tortiladigan daromadni aniqlashda, daromad soligʻi boʻyicha majburiyatlar asosida belgilangan yoki cheklangan foyda va yengilliklar tarzda korxonaga taqdim etiladigan davlat yordamiga (soliqdan vaqtinchalik ozod qilish, soliq krediti va daromad (foyda) soligʻi stavkasini kamaytirish) berilgan davlat yordami.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.3. Xoʻjalik yurituvchi subyektning mulkida davlatning qatnashishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TUSHUNCHALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu Standartda foydalaniladigan tushunchalar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat subsidiyalari — xoʻjalik yurituvchi subyektning operatsiya faoliyatiga taalluqli muayyan sharoitlarda xoʻjalik yurituvchi subyektga resurslarni berish tarzida hukumat tomonidan beriladigan yordam.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat yordami — muayyan mezonlar bilan qanoatlantiruvchi bitta yoki bir qator xoʻjalik yurituvchi subyektlar iqtisodiy yordam berish uchun davlat koʻrilgan aksiya. Ushbu standart maqsadlari uchun davlat yordami faqat bevosita, rivojlanib borayotgan sektorlarda infratuzilmalarni vujudga keltirish yoki raqobatchilarga savdo cheklashlarini joriy etish singari umumiy savdo shartlariga taʼsir etuvchi xatti-harakatlar vositasida beriladigan imtiyozlarni oʻz ichiga olmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aktivlarga kiritiladigan subsidiyalar — bu uzoq muddatli aktivlarni muayyan qurilish loyihalari uchun sotib olish yoki qurish maqsadida xoʻjalik subyektlari ajratadigan davlat subsidiyalaridir, ishga tushirish yoki xarid qilish muddatlari, ushbu aktivlarning muayyan joylashishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daromadga kiritiladigan subsidiyalar — bu aktivlarga kiritiladiganlaridan tashqari, davlatning har qanday boshqa subsidiyalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaytarmaslik asosidagi ssudalar — bu kreditor qaytarishni talab qilmagan holda, muayyan shartlarga rioya qilib beradigan ssudalardir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Xoʻjalik yurituvchi subyektning davlat yordamini olishi ikkita sababga koʻra moliyaviy hisobotni tayyorlashdagi jiddiy holdir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.1. Agar resurslar oʻtkazib boʻlingan boʻlsa, ularni buxgalterlik hisob-kitobida toʻgʻri aks ettirish kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.2. Hisobot davri davomida xoʻjalik subyekti uchun bunday yordamni olishning ahamiyatini koʻrsatgan maʼqul.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bu esa xoʻjalik subyektlarining moliyaviy hisobotlarini avvalgi davrlardagi hisobotlar va boshqa subyektlarning hisobotlari bilan taqqoslashga koʻmaklashadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DAVLAT SUBSIDIYALARI BUXGALTERLIK HISOB-KITOBI USLUBIYATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Korxona belgilangan talablarga mos ekanligiga va subsidiya olinishiga yetarlicha ishonch boʻlmagunicha davlat yordami tan olinmaydi. Subsidiya olish oʻz-oʻzidan subsidiyalar berish bilan bogʻliq shartlar bajarib boʻlingan yoki bajariladi, degan maʼnoni anglatmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Subsidiyalarni olish shakli uni hisobotlarda aks ettirish usuliga taʼsir qilmaydi. Masalan, subsidiya, u naqd shaklda olindimi yoki davlatga nisbatan majburiyatlarni kamaytirish shaklida olindimi, bundan qatʼi nazar, hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Qaytarmaslik asosida muayyan shartlar bilan berilayotgan davlat ssudasiga xoʻjalik subyekti ana shu shartlarni bajarishiga yetarlicha kafolat mavjud boʻlgan taqdirda davlat subsidiyasi deb qaraladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Davlat subsidiyalari ular bilan bogʻliq chiqimlarga kiritish uchun zarur boʻlgan davrlar mobaynida ular qoplaydigan joriy operatsiyalar boʻyicha muntazam asosda daromad deb hisoblanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Daromad (foyda) soligʻi va boshqa soliqlar daromaddan kelib chiqib hisoblanishini nazarda tutib, moliyaviy-budjet siyosatining davomi boʻlmish davlat subsidiyalarini moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobotda (q: “Moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobot” Buxgalteriya hisobi milliy standarti) koʻrib chiqish zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Davlat subsidiyalarining maqsadli mablagʻlar sifatida tan olinishi hisoblash usuliga koʻra amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat subsidiyalari moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi Hisobotda ular bilan bogʻliq chiqimlar (xarajatlar) bilan nisbatini belgilash uchun zarur boʻlgan hisobot davrlari mobaynida daromadlar deb eʼtirof etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Amortizatsiya qilinadigan aktivlar bilan bogʻliq subsidiyalar odatda ana shu aktivlar boʻyicha amortizatsiya hisoblanadigan hisobot davrlari mobaynida va nisbatlarda daromad deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muayyan shartlar va majburiyatlar bilan berilgan amortizatsiya qilinmaydigan aktivlar bilan bogʻliq subsidiyalar mazkur majburiyatlarni bajarish bilan bogʻliq xarajatlar amalga oshiriladigan davrlar mobaynida daromad deb eʼtirof etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Qilingan xarajatlar yoki koʻrilgan zararlar uchun kompensatsiya sifatida olinishi lozim boʻlgan yoki xoʻjalik subyektiga, kelgusida u bilan hech qanday xarajatlarga bormagan holda, darhol moliyaviy yordam koʻrsatish maqsadida ajratiladigan davlat subsidiyasi u olinishi kerak boʻlgan davrda daromad sifatida, shuningdek favqulodda modda (q: “Moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobot” Buxgalteriya hisobi milliy standarti) sifatida eʼtirof etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Davlat subsidiyasi xoʻjalik subyekti tomonidan avvalgi davrda qilingan xarajatlar yoki koʻrilgan zararlar uchun kompensatsiya sifatida olinishi mumkin. Bunday subsidiya u olinishi kerak boʻlgan davrda daromad sifatida, keyinchalik uning taʼsirini belgilash uchun ochish bilan favqulodda modda sifatida eʼtirof etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DAVLATNING NOLIKVID SUBSIDIYALARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Davlat subsidiyasi xoʻjalik subyekti tomonidan foydalaniladigan nolikvid aktiv shaklini olishi mumkin. Mazkur holatlarda odatda nolikvid aktivning amaldagi qiymati belgilanadi, aktiv ham, subsidiya ham ana shu amaldagi qiymat boʻyicha hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
AKTIVLARGA KIRITILADIGAN SUBSIDIYALARNI HISOB-KITOB QILISH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Aktivlarga kiritiladigan davlat subsidiyalari, shu jumladan nolikvid subsidiyalar maqsadli tushumlar deb aks ettiriladi va ular aktivning foydali xizmat muddati davomida daromad sifatida muntazam asosda eʼtirof etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqa usullarga koʻra davlat subsidiyasi tushgan aktivning balans qiymatini kamaytiradi va hisoblanadigan eskirishni qisqartirish yoʻli bilan amortizatsiya qilinadigan aktivning foydali xizmat qilishi muddati davomida moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobotlarda aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DAROMADLARGA KIRITILADIGAN SUBSIDIYALAR HISOBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobotlarda daromadga kiritiladigan subsidiyalar quyidagi tarzda aks ettiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18.1. “Boshqa daromadlar” moddasiga koʻra;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18.2. Ular bilan bogʻliq xarajatlarni aks ettirishda chegirib tashlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Daromadga kiritiladigan subsidiyalarni hisob-kitob qilish uchun ikkala usul ham maqbul hisoblanadi. Subsidiyalarni ochish moliyaviy hisobotlarni toʻgʻri tushunish uchun zarurdir. Subsidiyalarning alohida ochish zarur boʻlgan daromadlar va xarajatlarning har qanday moddasiga taʼsirini ochish oʻrinli hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DAVLAT SUBSIDIYALARINI QAYTARISH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Xoʻjalik subyekti muayyan shartlarni bajarmagan taqdirda davlat subsidiyalarini qaytarib berishi kerak. Bunday holatda subsidiyalarning qaytarilishi bilan avvalgi hisobot davriga tuzatish kiritilmaydi, balki buxgalterlik smetalaridagi hisob-kitob maʼlumotlari qayta koʻrib chiqiladi. Daromadga kiritiladigan subsidiyalarni qaytarish quyidagicha amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20.1. Balans passivida aks ettirilgan subsidiyalar qoldiqlari hisobiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20.2. Agar qaytarilayotgan subsidiya qoldiqdan oshib ketsa, u holda oshgan summa xarajat sifatida eʼtirof etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20.3. Aktivlarga kiritiladigan subsidiyalar maqsadli tushumlar hisobvaragʻidagi qoldiqni qaytarilayotgan summa miqdorida kamaytirish yoʻli bilan yoki aktivning balans qiymatini qaytarilayotgan summa miqdorida hisoblanishi mumkin boʻlgan amortizatsiyaning “Foyda va zararlar” schyotiga kiritish orqali aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YORITIB BERISH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Quyidagi masalalar yoritilib berilishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21.1. Davlat subsidiyalariga nisbatan qoʻllaniladigan hisob-kitob siyosati, shu jumladan moliyaviy hisobotlarda qabul qilinadigan axborotlarni berish uslubi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21.2. Moliyaviy hisobotlarda eʼtirof etilgan davlat subsidiyalarining mohiyati va miqdori hamda xoʻjalik subyekti bevosita foyda olgan davlat yordamining boshqa shakllarini koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21.3. Shartlarni bajarmaslik va eʼtirof etilgan davlat yordami bilan bogʻliq koʻzda tutilmagan majburiyatlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻTISH QOIDALARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Xoʻjalik subyekti:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22.1. Yoritib berish talablariga amal qilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22.2. Oʻzining moliyaviy hisobotlarini “Moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobot” BHMSga muvofiq hisob-kitob siyosatidagi oʻzgarishlarni eʼtiborga olgan holda tuzatishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22.3. Ushbu standartning buxgalteriya hisobi uslubiyatini faqat mazkur standart kuchga kiritilgan sanadan keyin olinadigan yoki qaytariladigan subsidiyalarga yoki subsidiyalarning qismlariga nisbatan qoʻllashi kerak.