26.08.1998 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 483
ONLINE TRANSLATE
Mazkur Buxgalteriya hisobining milliy standarti (BHMS) “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga asosan ishlab chiqilgan va O‘zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobini normativ tartibga solish elementi bo‘lib hisoblanadi.
Lekin, agar xo‘jalik yurituvchi subyekt — sindikatlashtirish ishtirokchisi sindikatlashtirishning boshqa ishtirokchilari oladigan daromadga nisbatan kam bo‘lgan qiyosiy tavakkalchilik uchun real daromad olgan holda ssuda paketining ma’lum bir qismini saqlab qolsa, unda sindikatlashtirish uchun olingan to‘lovlarning bir qismi saqlab qolingan tavakkalchilik bilan o‘zaro munosabatda bo‘ladi. To‘lovlarning tegishli qismi kechiktiriladi va 14(a)-bandda ko‘rsatilganidek investitsiyadan olinadigan real daromadga tuzatishlar kiritish shaklida daromad sifatida tan olinadi. Aksincha, xo‘jalik yurituvchi subyekt — sindikatlashtirish ishtirokchisi sindikatlashtirishning boshqa ishtirokchilari tomonidan ishlab topilgan daromadga nisbatan juda yuqori bo‘lgan tavakkalchilikning qiyosiy darajasi bilan real daromad olgan holda ssuda paketining ma’lum bir qismini saqlab qolsa, unda real daromadning bir qismi sindikatlashtirilgan kredit uchun to‘lov bilan o‘zaro munosabatda bo‘ladi.