20.10.1995 yildagi PF-1280-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘ZBEKISTONDA TEATR VA MUSIQA SAN’ATINI YANADA RIVOJLANTIRIShNI QO‘LLAB-QUVVATLASh VA RAG‘BATLANTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Teatr va musiqa san’ati yutuqlarini mustahkamlash va yanada yuksaltirish, madaniyatning ushbu sohasi ijodiy xodimlari mehnatini rag‘batlantirish va ularni ijtimoiy himoya qilishni ta’minlash maqsadida, shuningdek respublika teatr va musiqa jamoatchiligining istaklarini e’tiborga olib:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 1995-yil 1-noyabrdan boshlab teatr-konsert tashkilotlari artistlari va badiiy xodimlari, teatr va musiqa san’ati ijodiy kadrlarini tayyorlovchi o‘quv muassasalarining professor-o‘qituvchilari va konsertmeysterlari uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uzoq muddat xizmat qilganligi uchun lavozim maoshiga nisbatan har oylik taqdirlash puli miqdorlari 1-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pensiyaga chiqishda — amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq hisoblab chiqilgan asosiy pensiyaga respublikada belgilangan pensiyani hisoblashning bazaviy miqdoriga nisbatan har oylik ustama miqdorlari 2-ilovaga muvofiq belgilansin.
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-dekabrdagi PF-5894-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikada teatr va musiqa san’atini yanada rivojlantirishning istiqbol dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik opera va balet katta teatri huzurida 15 kishidan iborat stajorlar guruhi tashkil etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy investorlarni jalb etgan holda teatr va musiqa san’ati uchun maxsus buyumlar ishlab chiqarish bo‘yicha korxonalar tashkil etish to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Musiqa san’ati sohasida kadrlar tayyorlash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Toshkent shahrida konservatoriyaning yangi kompleksini qurish maqsadga muvofiq deb hisoblansin. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi, Moliya vazirligi va “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi bilan birgalikda bir oy muddatda ushbu masala bo‘yicha Hukumat qarori loyihasini tayyorlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda teatr-konsert tashkilotlari va ko‘rsatib o‘tilgan o‘quv muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun 1996-1997-yillarda budjetdan mablag‘ ajratishni nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi mazkur Farmonning joriy etilishiga aloqador xarajatlarni mablag‘ bilan ta’minlash manbalarini aniqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi 20 kun muddatda amaldagi qonunchilik va normativ hujjatlarga qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflar tayyorlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Vazirlar Mahkamasi mazkur Farmonni bajarish yuzasidan ikki hafta muddatda qaror qabul qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1995-yil 20-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-1280-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 1995-yil 20-oktabrdagi
PF-1280-sonli Farmoniga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Teatr-konsert tashkilotlari artistlari va badiiy xodimlari, teatr va musiqa san’ati bo‘yicha ijodiy xodimlar tayyorlovchi o‘quv muassasalari professor-o‘qituvchilariga va konsertmeysterlariga uzoq muddat xizmat qilganligi uchun har oylik taqdirlash puli
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MIQDORLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Xizmat muddatlari‎

Lavozim maoshiga nisbatan foizlardagi har oylik taqdirlash puli miqdorlari ‎

‎‎
‎I. Yoshidan qat’i nazar imtiyozli pensiyaga chiqish huquqiga ega bo‘lgan teatr-konsert tashkilotlari artistlari
1 yildan 3 yilgacha ‎

10‎

3 yildan 5 yilgacha ‎

20‎

5 yildan 10 yilgacha ‎

40‎

10 yildan 15 yilgacha ‎

45‎

15 yildan ortiq‎

50‎


‎‎‎II. Teatr-konsert tashkilotlarining artistlari va badiiy xodimlari
3 yildan 5 yilgacha ‎

10‎

5 yildan 10 yilgacha ‎

20‎

10 yildan 15 yilgacha ‎

35‎

15 yildan 20 yilgacha ‎

40‎

20 yildan 25 yilgacha ‎

45‎

25 yildan ortiq‎

50‎

‎‎
‎III. O‘quv muassasalarining professor-o‘qituvchilari va konsertmeysterlari
3 yildan 5 yilgacha ‎

10‎

5 yildan 10 yilgacha ‎

15‎

10 yildan 15 yilgacha ‎

20‎

15 yildan 20 yilgacha ‎

30‎

20 yildan 25 yilgacha ‎

40‎

25 yildan ortiq ‎

50‎

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 1995-yil 20-oktabrdagi
PF-1280-sonli Farmoniga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Teatr-konsert tashkilotlari artistlari va badiiy xodimlari, teatr va musiqa san’ati ijodiy xodimlari tayyorlovchi o‘quv muassasalari professor-o‘qituvchilarining va konsertmeysterlarining asosiy pensiyalariga har oylik ustamalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MIQDORLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Guruhlar‎

Pensiyani hisoblashning bazaviy miqdoriga nisbatan foizlardagi har oylik ustama miqdori‎

1. Yoshidan qat’i nazar imtiyozli pensiyaga chiqish huquqiga ega bo‘lgan artistlar‎

75‎

2. Teatr-konsert tashkilotlari artistlari va badiiy xodimlari, o‘quv muassasalarining professor-o‘qituvchilari va konsertmeysterlari‎

50‎

(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-dekabrdagi PF-5894-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son)
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 10-11-son, 231-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son)