Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.11.2019 02.10.2012 yildagi 281-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.11.2019
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAHALLIY DAVLAT HOKIMIYATI ORGANLARI TOMONIDAN AYRIM TOIFADAGI YuRIDIK ShAXSLARGA MOL-MULK SOLIGʻI, YER SOLIGʻI, YAGONA YER SOLIGʻI BOʻYIChA IMTIYOZLAR BERISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-maydagi 384-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2018-y., 09/18/384/1266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-noyabrdagi 951-sonli “Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq, yer soligʻi va yagona yer soligʻi boʻyicha toʻlash muddatini uzaytirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 30-moddasini amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ayrim toifadagi yuridik shaxslarga mol-mulk soligʻi, yer soligʻi, yagona yer soligʻi boʻyicha imtiyozlar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-maydagi 384-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2018-y., 09/18/384/1266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirliklar va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari bir oy muddatda oʻz idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2012-yil 2-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
281-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 2-oktabrdagi 281-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ayrim toifadagi yuridik shaxslarga mol-mulk soligʻi, yer soligʻi, yagona yer soligʻi boʻyicha imtiyozlar berish tartibi toʻgʻrisida
(ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-maydagi 384-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2018-y., 09/18/384/1266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I.Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 30-moddasiga va “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ayrim toifadagi yuridik shaxslarga mol-mulk soligʻi, yer soligʻi, yagona yer soligʻi boʻyicha imtiyozlar berish tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-maydagi 384-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2018-y., 09/18/384/1266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mahalliy davlat hokimiyati organlari mol-mulk soligʻi, yer soligʻi, yagona yer soligʻi boʻyicha imtiyozlarni (keyingi oʻrinlarda soliqlar boʻyicha imtiyozlar deb ataladi) soliqlardan toʻliq yoki qisman ozod qilish tarzida berishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda mahalliy davlat hokimiyati organlari soliqlar boʻyicha belgilangan stavkalarga hududlarning hamda faoliyatni amalga oshirish joyining xususiyatlarini inobatga olgan holda jismoniy shaxslarning mol-mulkidan olinadigan soliq va jismoniy shaxslarning yer soligʻi boʻyicha belgilangan stavkalarga nisbatan 0,7 dan 1,3 gacha pasaytiruvchi va oshib boruvchi koeffitsiyentlarni kiritish vakolatiga ega.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-maydagi 384-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2018-y., 09/18/384/1266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Soliqlar boʻyicha imtiyozlar quyidagi hollarda beriladi, agar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-maydagi 384-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2018-y., 09/18/384/1266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli hududning mahalliy budjeti xarajatlari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining alohida qarorlarida nazarda tutilgan tadbirlar moliyalashtirilishi toʻliq taʼminlanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muayyan soliq boʻyicha imtiyozlar berish natijasida tegishli budjetga tushum tushmasligi mumkin boʻlgan daromadlar (yoʻqotishlar) summasi boshqa manbalar boʻyicha qoʻshimcha tushumlar hisobiga qoplanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mol-mulk soligʻi, yer soligʻi, yagona yer soligʻi boʻyicha imtiyozlar berilgan obyektlar koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organlarda hamda yer uchastkasiga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarda koʻrsatilgan yer uchastkalari maydoni doirasida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq toʻlovchida budjetga va davlat maqsadli jamgʻarmalariga toʻlovlar boʻyicha qarzdorlik mavjud boʻlmaganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Soliqlar boʻyicha imtiyozlar birinchi navbatda quyidagi toifadagi soliq toʻlovchilarga beriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlashni amalga oshirayotganlarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Oʻzbekiston Respublikasi rivojlanish davlat dasturiga kiritilganlarga;
(4-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-maydagi 384-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2018-y., 09/18/384/1266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) hududning infratuzilmasini rivojlantirishda qatnashuvchilarga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Soliqlar boʻyicha imtiyozlar soliqning bitta turi boʻyicha, shuningdek bir nechta turi boʻyicha bir yoʻla berilishi mumkin. Soliq boʻyicha imtiyozlar dastlab 12 oygacha boʻlgan muddatga beriladi. Bunda tegishli hududiy moliya organlarining, davlat soliq xizmati organlarining, iqtisodiyot va adliya organlarining xulosasiga koʻra soliqlar boʻyicha imtiyozlarning amal qilishi 12 oygacha boʻlgan muddatga uzaytirilishi mumkin. Keyinchalik ushbu toifadagi soliq toʻlovchilarga soliq boʻyicha imtiyoz kamida besh yil oʻtgandan keyin berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Soliqlar boʻyicha imtiyozlar berilishi munosabati bilan boʻshaydigan mablagʻlar yuridik shaxslar tomonidan ishlab chiqarish hajmlarini koʻpaytirish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar (ishlar,xizmatlar)ning turlarini kengaytirish va raqobatbardoshligini oshirish bilan bogʻliq tadbirlarga yoʻnaltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliqlar boʻyicha imtiyozlar berilishi natijasida boʻshaydigan mablagʻlardan belgilangan maqsadda foydalanilmagan taqdirda, ushbu mablagʻlar toʻliq hajmda, belgilangan tartibda penya hisoblagan holda tegishli mahalliy budjetga undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Soliqlar boʻyicha imtiyozlarni rasmiylashtirish va buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan soliqlar boʻyicha imtiyozlar berish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Soliqlar boʻyicha imtiyozlarni berish Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashining tegishli qarorlari asosida hamda ushbu Nizomga ilovadagi sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Xalq deputatlari tuman va shahar Kengashining soliqlar boʻyicha imtiyozlar berish toʻgʻrisidagi qarorlari loyihalari tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari bilan majburiy tartibda kelishilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashining soliqlar boʻyicha imtiyozlar berish toʻgʻrisidagi qarorlari loyihalari (keyingi oʻrinlarda soliqlar boʻyicha imtiyozlar berish toʻgʻrisidagi qarorlar loyihasi deb ataladi) tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimliklari tomonidan tayyorlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq toʻlovchilarning murojaatlari yoki Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatlarining takliflari qarorlar loyihasini tayyorlash uchun asos hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Soliqlar boʻyicha imtiyozlar berish toʻgʻrisida ishlab chiqilgan qarorlar loyihalari tegishli hududiy moliya organlari, davlat soliq xizmati organlari, iqtisodiyot va adliya organlari bilan kelishiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda yuqorida koʻrsatilgan organlar soliqlar boʻyicha imtiyozlar berish toʻgʻrisidagi qaror loyihasi taqdim etilgan kundan boshlab oʻttiz kun muddatda ushbu loyiha boʻyicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliya va soliq organlari — tegishli budjetning olinmay qoladigan daromadlarini hamda soliqlar boʻyicha berilayotgan imtiyozlarni kutilayotgan xarajatlar bilan taqqoslagan holda mahalliy budjet daromadlariga kutilayotgan taʼsirini baholash yuzasidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyot organlari — soliqlar boʻyicha imtiyozlar berishning hudud iqtisodiyotiga taʼsiri toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
adliya organlari — soliqlar boʻyicha imtiyozlar berish toʻgʻrisidagi qarorlar loyihalarini yuridik ekspertizadan oʻtkazish natijalari boʻyicha tegishli xulosalar taqdim etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Soliqlar boʻyicha imtiyozlar berish toʻgʻrisidagi qarorlar loyihalarida quyidagilar majburiy tartibda koʻrsatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) soliqlar boʻyicha imtiyoz berilayotgan yuridik shaxslarning toifasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) imtiyoz berilayotgan soliq turi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) soliqlar boʻyicha imtiyoz berilayotgan muddat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) soliq solishdan boʻshaydigan mablagʻlarning maqsadli yoʻnaltirilishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Soliqlar boʻyicha imtiyozlar berish toʻgʻrisidagi kelishilgan qarorlar loyihalari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashiga koʻrib chiqish uchun quyidagi materiallar ilova qilingan holda kiritiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyat, tuman va shahar hokimining oʻrinbosari imzolagan soliqlar boʻyicha imtiyozlar berish maqsadga muvofiqligini asoslovchi tushuntirish xati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliqlar boʻyicha imtiyozlar berishning hudud iqtisodiyoti uchun oqibatlarini baholagan holda zarur hisob-kitoblar va koʻrib chiqish materiallari, shu jumladan soliqlar boʻyicha berilayotgan imtiyozlarning mahalliy budjet daromadlari tushishiga taʼsiri, shuningdek ularga soliq imtiyozlarining budjet va ijtimoiy samaradorligini asoslovchi hisob-kitoblar ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Soliqlar boʻyicha imtiyozlar berish va ularning amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi qarorlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashining raisi tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Soliqlar boʻyicha imtiyozlar berish toʻgʻrisidagi qaror u qabul qilingan oydan keyingi oyning 1-kunidan boshlab kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining javobgarligi va davlat soliq xizmati organlarining nazorati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Mahalliy davlat hokimiyati organlari ushbu Nizom talablariga rioya etilishi yuzasidan javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Soliqlar boʻyicha imtiyozlarni qoʻllanishning toʻgʻriligini va imtiyozlarning berilishi munosabati bilan boʻshaydigan mablagʻlardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish, qonun hujjatlariga muvofiq, davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Davlat soliq xizmati hududiy organlari taqdim etilgan hisob-kitoblar asosida, ushbu Nizomga muvofiq soliqlar boʻyicha imtiyozlar berilgan soliq toʻlovchilarning Yigʻma reyestrini yuritadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi davlat soliq xizmati quyi organlarining maʼlumotlari asosida, soliqlar boʻyicha imtiyozlar berilgan soliq toʻlovchilarning Yigʻma reyestrini yuritadi va har yili uni hisobot yilidan keyingi yilning 15-apreligacha boʻlgan muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nizomga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan soliqlar boʻyicha imtiyozlar berish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sxemasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 40-son, 467-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2018-y., 09/18/384/1266-son)