03.03.2011 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2203
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining qarori, 03.03.2011 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2203
Кучга кириш санаси
13.03.2011
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.02.2019
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 52 (I)-son), O‘zbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 232-modda) 7-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 24-dekabrdagi PQ-1449-son “O‘zbekiston Respublikasining 2011-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 52-son, 513-modda) muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi qaror qiladilar:
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 52 (I)-son), O‘zbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 232-modda) 7-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 24-dekabrdagi PQ-1449-son “O‘zbekiston Respublikasining 2011-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 52-son, 513-modda) muvofiq xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan yagona soliq to‘lovining (keyingi o‘rinlarda YST deb yuritiladi) eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan YSTni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibini belgilaydi.
a) YSTni Yagona soliq to‘lovining eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan chakana savdo korxonalari tomonidan yagona soliq to‘lovini hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 2449, 2013-yil 4-aprel) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 14-son, 196-modda) muvofiq chakana savdoni amalga oshirayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan to‘lanadigan qat’iy belgilangan soliq miqdoridan kam bo‘lmagan miqdorda to‘laydigan chakana savdo korxonalariga;
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2013-yil 6-martdagi 24, 27, 2013-17-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2203-2, 11.04.2013-y.) asosan “v” kichik band bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2013-y., 15-son, 212-modda)
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2015-yil 10-fevraldagi 9, 90, 2015-4-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2203-4, 19.02.2015-y.) asosan “d” kichik band bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2015-y., 7-son, 87-modda)
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2018-yil 19-apreldagi 83, 13, 2018-32-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2203-6, 01.05.2018-y.) asosan “e”, “j” va “z” kichik bandlar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.05.2018-y., 10/18/2203-6/1141-son)
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi 280-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq soliq solish obyekti sifatida qaralmaydigan yer uchastkalari;
4. Ushbu Nizomning amal qilishi tatbiq etiladigan YST to‘lovchilari har yili 1-fevralgacha, 2011-yilda esa — 1-aprelgacha soliq bo‘yicha hisobga qo‘yilgan joydagi davlat soliq xizmati organiga ushbu Nizom 2-ilovasiga muvofiq shakl bo‘yicha Ma’lumotnoma-yagona soliq to‘lovining eng kam miqdorining hisob-kitobini (keyingi o‘rinda Ma’lumotnoma deb yuritiladi) taqdim etadilar.
Ushbu Nizomning 1-bandida ko‘rsatilgan YSTning eng kam miqdorini hisobga olgan holda YSTni to‘lashga yil mobaynida o‘tgan yuridik shaxslar (jumladan yangidan tashkil etilgan kichik tadbirkorlik subyektlari) Ma’lumotnomani soliq bo‘yicha hisobga qo‘yilgan joydagi davlat soliq xizmati organiga hisobot davri uchun YST hisob-kitobini taqdim etish muddatlaridan kechiktirmay taqdim etadilar.
Agar ushbu Nizom 2-bandining “g” kichik bandida ko‘rsatilgan yuridik shaxs hisobot choragi mobaynida ushbu Nizomning 1-bandida belgilangan YSTning eng kam miqdorini hisobga olgan holda YSTni to‘lashni boshlagan bo‘lsa, yer solig‘i ushbu yuridik shaxsga YSTning eng kam miqdorini hisobga olgan holda YSTni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi tatbiq etilgan hisobot choragidagi oylarni inobatga olib hisoblab chiqiladi (yer uchastkasi va (yoki) ijaraga olingan xona maydoni) x belgilangan stavka) / 12 x YSTning eng kam miqdorini hisobga olgan holda YST hisoblab chiqarilgan va to‘langan hisobot choragidagi oylar soni).
9. Hisoblangan YST summasini ushbu Nizomning 7 va 8-bandlariga muvofiq hisoblab chiqarilgan YST summasi bilan taqqoslash uchun YSTning hisob-kitob summasi butun korxona bo‘yicha aniqlanadi.
YSTning hisob-kitob summasi butun korxona bo‘yicha ushbu Nizomning 3-ilovasida keltirilgan shakldagi Ma’lumotnoma-hisob-kitob (keyingi o‘rinlarda Ma’lumotnoma-hisob-kitob deb yuritiladi) asosida aniqlanadi.
Agar ushbu Nizom 2-bandining “g” kichik bandida ko‘rsatilgan yuridik shaxs hisobot choragi mobaynida ushbu Nizomning 1-bandida belgilangan YSTning eng kam miqdorini hisobga olgan holda YSTni to‘lashni boshlagan bo‘lsa, YSTning hisob-kitob summasi ushbu yuridik shaxsga YSTning eng kam miqdorini hisobga olgan holda YSTni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi tatbiq etilgan hisobot choragidagi oylarni inobatga olib aniqlanadi (YSTning hisob-kitob summasi / 3 × YSTning eng kam miqdorini hisobga olgan holda YST hisoblab chiqarilgan va to‘langan hisobot choragidagi oylar soni).
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2015-yil 10-fevraldagi 9, 90, 2015-4-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2203-4, 19.02.2015-y.) asosan xatboshilar bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2015-y., 7-son, 87-modda)
12. Yangi tashkil etilgan mikrofirma va kichik korxonalarga yagona soliq to‘lovini to‘lash muddatini kechiktirish huquqini berish tartibi to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat raqami 1502, 2005-yil 2-avgust) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 30-31-son, 240-modda) bilan belgilangan tartibda YSTni to‘lash muddatini kechiktirish huquqi berilgan yangi tashkil etilgan mikrofirma va kichik korxonalar qo‘shimcha hisoblangan YST summasini yagona soliq to‘lovining kechiktirilgan summalarini to‘lash bilan bir vaqtda to‘laydilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.

To‘lovchilar

Koeffitsiyent

Amalga oshirayotgan faoliyat turiga bog‘liq holda (K1)

1. Asosiy faoliyat turi tovar ishlab chiqarish (sanoat sohasi) bo‘lgan mikrofirma va kichik korxonalar0,5
2. Asosiy faoliyat turi quyidagilar bo‘lgan tashkilotlar:
ulgurji savdo (o‘zining yoki ijaraga olgan omborxonalari mavjud bo‘lgan taqdirda);
avtomobil transportida yo‘lovchilarni va yuklarni tashish bo‘yicha xizmatlar (avtotransportni saqlash uchun yer uchastkalari
mavjud bo‘lgan taqdirda) ko‘rsatish;
avtotransportni ta’mirlash va unga texnik xizmat ko‘rsatish (avtotransportni saqlash uchun yer uchastkalari mavjud bo‘lgan
taqdirda);
bojxona nazorati ostida bojxona omborlarida tovarlarni saqlash bo‘yicha xizmatlar (o‘zining yoki ijaraga olgan
omborxonalari mavjud bo‘lgan taqdirda) ko‘rsatish
0,35
3. Mashina-traktor parklari0,35
4. Ulgurji, ulgurji-chakana va chakana dorixona tashkilotlariga0,2
5. Yangi sexlarni qurishni, ularning modernizatsiyasini, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlashni amalga o�iruvchi, shu jumladan, investitsiya majburiyatlariga muvofiq investitsiyalarni amalga oshiruvchi, ushbu ishlarni amalga oshirish davrida tovarlar ishlab chiqarishni amalga oshirmayotgan mikrofirma va kichik korxonalar — ushbu ishlarni amalga oshirish davriga, biroq ushbu ishlarni amalga oshirishni boshlash sanasidan boshlab 24 oydan oshmagan davrga0,35
6. Qurilish uchun ajratilgan yerlarda uy-joy qurishni amalga oshiruvchi mikrofirma va kichik korxonalar — normativ qurilish davri (u mavjud bo‘lmaganda — 1 yil) uchun0,35
7. Kon va karyerlarni obodonlashtirishni, shu jumladan, ularning rekultivatsiyasini amalga oshiruvchi mikrofirma va kichik korxonalar0,1
8. Avtovokzallar, avtostansiyalarni tashkil etadigan yuridik shaxslar0,35

Yuridik shaxsning joylashgan yeriga bog‘liq holda (K2)

Amalga oshirayotgan faoliyat turidan qat’i nazar, borish qiyin bo‘lgan va tog‘li hududlarda joylashgan tashkilotlar uchun 0,7