Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 22.04.2016
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING BOJXONA KODEKSI
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 548-I-sonli “O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qonuni O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 20-yanvardagi O‘RQ-401-sonli “O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotganligi munosabati bilan mazkur Kodeks ham o‘z kuchini yo‘qotgan.
I BO‘LIM. UMUMIY QOIDALAR
1-modda. Bojxona siyosati
O‘zbekiston Respublikasida O‘zbekiston Respublikasi ichki va tashqi siyosatining tarkibiy qismi hisoblanuvchi yagona bojxona siyosati amalga oshiriladi.
Bojxona siyosatining asosiy maqsadlari O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududida samarali bojxona nazoratini hamda tovar ayirboshlashni tartibga solishni ta’minlashdan, iqtisodiyotning rivojlanishini rag‘batlantirishdan, ichki bozorni himoyalashdan iborat.
2-modda. Bojxona ishi
Bojxona ishi O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlar va transport vositalarini olib o‘tish, boj to‘lovlarini undirish, bojxona rasmiylashtiruvi, bojxona nazoratini amalga oshirish tartibi va shartlaridan hamda bojxona siyosatini amalga oshirishning boshqa vositalaridan iboratdir.
Bojxona ishi O‘zbekiston Respublikasi bojxona organlari tomonidan amalga oshiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining 3-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 30-iyuldagi 374-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida”gi qarori.
3-modda. O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududi va bojxona chegarasi
O‘zbekiston Respublikasining quruqlikdagi hududi, hududiy va ichki suvlari hamda ular ustidagi havo bo‘shlig‘i bojxona hududini tashkil etadi.
O‘zbekiston Respublikasi hududida erkin bojxona zonalari va erkin omborlar bo‘lishi mumkin, ularning hududlari, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqarida joylashgan deb qaraladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 27-moddasi, O‘zbekiston Respublikasining “Erkin iqtisodiy zonalar to‘g‘risida”gi Qonuni, “Erkin ombor” bojxona rejimi to‘g‘risida”gi nizom (ro‘yxat raqami 1309, 09.02.2004-y.).
Bojxona hududi sarhadlari, shuningdek erkin bojxona zonalari va erkin omborlarning tegralari O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi hisoblanadi.
4-modda. Bojxona ishi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari
O‘zbekiston Respublikasining bojxona ishi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Kodeksdan hamda boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Bojxona ishida O‘zbekiston Respublikasining bojxona organi bojxona deklaratsiyasini va boshqa hujjatlarni qabul qilib olayotgan kuni amalda bo‘lgan qonun hujjatlari qo‘llaniladi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Bojxona chegarasi orqali tovarlar va transport vositalari qonunga xilof ravishda olib o‘tilgan taqdirda, tovarlar va transport vositalari bojxona chegarasi orqali olib o‘tilgan kuni amalda bo‘lgan qonun hujjatlari qo‘llaniladi.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida bojxona haqidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
5-modda. Bojxona organlarining boshqa organlar va tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorligi
Bojxona organlari bojxona ishi vazifalarini hal etish maqsadida huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organlar hamda davlatning o‘zga organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi Qonuni 7-moddasining birinchi, ikkinchi, uchinchi va beshinchi qismlari.
Davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari bojxona organlari zimmasiga yuklangan vazifalarni hal etishda ko‘maklashishlari, shu jumladan bu vazifalarni hal etish uchun zarur sharoitlarni yaratib berish orqali ularga ko‘maklashishlari shart.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi Qonuni 7-moddasining birinchi qismi.
Bojxona organlari qonun hujjatlariga muvofiq o‘z vakolatlariga taalluqli ayrim harakatlar o‘z nazoratlari ostida davlatning boshqa organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan bajarilishiga ruxsat berishga haqlidir.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi Qonuni 7-moddasning to‘rtinchi qismi.
6-modda. Bojxona organlarining bayrog‘i va farqlash belgisi
O‘zbekiston Respublikasining bojxona organlari va ular ixtiyoridagi daryo kemalari o‘z bayrog‘iga ega bo‘ladi. Bojxona organlarining avtotransport vositalari hamda havo kemalari farqlash belgisiga ega bo‘ladi.
Bayroq hamda farqlash belgisi to‘g‘risidagi Nizomni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydi.
7-modda. Asosiy tushunchalar
Ushbu Kodeksda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
Oldingi tahrirga qarang.
1) tovarlar — har qanday ko‘char mol-mulk, shu jumladan valyuta va valyuta boyliklari, elektr, issiqlik energiyalari va energiyaning boshqa turlari, ushbu moddaning 4-bandida qayd etilgan transport vositalaridan boshqa transport vositalari, intellektual mulk obyektlari;
(7-moddaning 1-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 40-moddasi, O‘zbeksiton Respublikasi Fuqarolik kodeksining 83, 94, 95, 1031-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi Qonuni 3-moddasining uchinchi xatboshisi, O‘zbekiston Respublikasi “Avtomobil transporti to‘g‘risida”gi Qonuni 2-moddasining uchinchi xatboshisi.
2) O‘zbekiston tovarlari — O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan tovarlar yoki O‘zbekiston Respublikasi hududida erkin muomalaga chiqarilgan tovarlar;
3) chet el tovarlari — ushbu moddaning 2-bandida ko‘rsatilmagan tovarlar;
4) transport vositalari — yo‘lovchilar va tovarlarni tashish uchun foydalaniladigan vositalar, shu jumladan konteynerlar va boshqa transport uskunalari;
5) tovarlar va transport vositalarini olib o‘tuvchi shaxslar — tovarlar va transport vositalarining mulkdorlari, ularning sotib oluvchilari, egalari yoxud ular bilan ushbu Kodeksda nazarda tutilgan harakatlarni o‘z nomidan amalga oshirish uchun qonun hujjatlariga muvofiq yetarli bo‘lgan boshqacha tarzda ishtirok etuvchi shaxslar;
6) tashuvchi — tovarlarni amalda olib o‘tuvchi yoxud transport vositasidan foydalanish uchun mas’ul shaxs;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 60 — 64-moddalari.
7) deklarant — tovarlarni olib o‘tuvchi, tovarlar va transport vositalarini o‘z nomidan deklaratsiyalovchi, ko‘rsatuvchi va taqdim etuvchi shaxs yoki tovar olib o‘tuvchi shaxs nomidan ish olib borayotgan bojxona brokeri;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 99-moddasi.
8) bojxona chegarasidan olib o‘tish — tovarlar yoki transport vositalarini har qanday usulda, shu jumladan xalqaro pochta jo‘natmalarini yuborish, quvur transportidan hamda elektr uzatish liniyalaridan foydalanish yo‘li bilan bojxona hududiga olib kirish yoki olib chiqish harakatlarini amalga oshirish. Shunday harakatlar jumlasiga quyidagilar kiradi:
tovarlar yoki transport vositalari bojxona hududiga olib kirilganda, shu jumladan erkin bojxona zonalari va erkin omborlar hududidan olib kirilganda — bojxona chegarasidan amalda o‘tish;
tovarlar yoki transport vositalari bojxona hududidan olib chiqilganda, shu jumladan erkin bojxona zonalari va erkin omborlar hududiga olib chiqilganda — bojxona deklaratsiyasini taqdim etish yoki tovar yoxud transport vositalarini olib chiqish maqsadini amalga oshirishga bevosita qaratilgan o‘zga harakatni bajarish;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning II bo‘limi (“Tovarlar va trasport vositalarini O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasidan olib o‘tish”).
9) bojxona nazorati — qonun hujjatlari va xalqaro shartnomalarga rioya etilishini ta’minlash maqsadida bojxona organlari amalga oshiradigan tadbirlar majmui;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 39-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi “Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining 2-moddasi.
10) bojxona ta’minlovi — bojxona organlari plombalar, muhrlar bosish, raqamli, harfli va boshqa markalar, qiyoslash belgilari qo‘yish, shtamplar bosish yo‘li bilan amalga oshiradigan tovarlar va transport vositalarini, binolar va boshqa joylarni qiyoslash vositasi;
11) bojxona rasmiylashtiruvi — tovarlar va transport vositalari ustidan bojxona nazoratini ta’minlash maqsadida bojxona organlarining mansabdor shaxslari amalga oshiradigan operatsiyalar majmui;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning IV bo‘limi (“Bojxona rasmiylashtiruvi”).
12) bojxona rejimi — O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali olib o‘tiladigan tovarlar va transport vositalarining maqomini bojxona maqsadlari uchun belgilovchi qoidalar majmui;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks II bo‘limining 2-bobi (“Bojxona rejimlari”).
13) chiqishga ruxsat berish — bojxona organlarining bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tgan tovarlar yoki transport vositalarini shaxsning to‘la ixtiyoriga berishi;
14) shartli chiqarib yuborish — shaxsning belgilangan cheklashlar, talablar yoki shartlarga rioya qilish majburiyatlarini o‘z zimmasiga olishi bilan bog‘liq holda tovarlar va transport vositalarini chiqarib yuborish;
15) iqtisodiy siyosat choralari — tovarlar va transport vositalarini O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish hamda O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqishga doir cheklovlar bo‘lib, ular kvota belgilashni, litsenziyalashni, shuningdek respublika iqtisodiyotining jahon xo‘jaligi bilan o‘zaro hamkorligini tartibga solib turuvchi boshqa choralarni o‘z ichiga oladi;
16) dastlabki qaror — tovarning tasnifi, uning boj qiymati, qaysi mamlakatda tayyorlanganligi, bojxona to‘lovlarining miqdoriga hamda bojxona ishiga oid boshqa masalalarga taalluqli bo‘lgan bojxona organi chiqargan qaror.
71-modda. Tadbirkorlik subyekti huquqlarining ustuvorligi prinsipi
Bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq holda yuzaga keladigan barcha bartaraf etib bo‘lmaydigan ziddiyatlar va noaniqliklar tadbirkorlik subyektining foydasiga talqin etiladi.
(71-modda O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 7-oktabrdagi O‘RQ-355-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2013-y., 41-son, 543-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunining 11-moddasi.
II BO‘LIM. TOVARLAR VA TRASPORT VOSITALARINI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING BOJXONA ChEGARASIDAN OLIB O‘TISh
1-bob. ASOSIY QOIDALAR
8-modda. Tovarlar va transport vositalarini O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish va O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqish huquqi
Barcha shaxslar, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, tovarlar va transport vositalarini O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish va O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqishda teng huquqlarga egadirlar.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Chiqindilar to‘g‘risida”gi Qonuni 21-moddasining ikkinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasi “Qishloq xo‘jalik o‘simliklarini zararkunandalar, kasalliklar va begona o‘tlardan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni 11-moddasining birinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasi “O‘simliklar karantini to‘g‘risida”gi Qonuni 11-moddasining ikkinchi qismi va 12-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to‘g‘risida”gi Qonuni 12-moddasining birinchi va ikkinchi qismlari, O‘zbekiston Respublikasi “Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 15-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi “Arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonunining 19-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 16-iyuldagi 315-sonli “Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada bo‘lishi bilan bog‘liq faoliyatni litsenziyalash to‘g‘risida”gi qarorining 3-bandi.
Tovarlar va transport vositalarini olib kirish va olib chiqish tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning II — VIII bo‘limlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 10-oktabrdagi PF-1871-sonli “Tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksportini rag‘batlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 11-noyabrdagi 247-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ozonni buzuvchi moddalarni va tarkibida ular mavjud bo‘lgan mahsulotlarni O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish va O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqish tartibi to‘g‘risida”gi nizom, “Jismoniy shaxslar tomonidan naqd chet el valyutasini O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish va O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqish tartibi to‘g‘risida”gi yo‘riqnoma (ro‘yxat raqami 716, 07.05.1999-y.) va “O‘zbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasini olib kirish va olib chiqish tartibi to‘g‘risida”gi nizom (ro‘yxat raqami 1326, 16.03.2004-y.).
9-modda. Tovarlar va transport vositalarini olib kirish va olib chiqishni taqiqlash
Davlat xavfsizligini ta’minlash, jamoat tartibini saqlash, ma’naviyat, inson hayoti va salomatligini saqlash, atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, O‘zbekiston Respublikasi hamda boshqa mamlakatlar xalqlarining badiiy, tarixiy va arxeologik boyliklarini, mulk huquqini, shu jumladan intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqni, olib kirilayotgan tovarlarni iste’mol qiluvchilarning manfaatlarini himoya qilish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining boshqa manfaatlaridan kelib chiqqan holda O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari hamda xalqaro shartnomalariga muvofiq ayrim tovarlar va transport vositalarini O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish va O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqish taqiqlanishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Chiqindilar to‘g‘risida”gi Qonuni 21-moddasining birinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasi “Qishloq xo‘jalik o‘simliklarini zararkunandalar, kasalliklar va begona o‘tlardan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni 11-moddasining to‘rtinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasi “O‘simliklar karantini to‘g‘risida”gi Qonuni 11-moddasining yettinchi va sakkizinchi qismlari, 12-moddasining birinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasi “Veterinariya to‘g‘risida”gi Qonunining 24-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to‘g‘risida”gi Qonunining 12-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni 24-moddasining ikkinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasi “Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 15-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi “Madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi to‘g‘risida”gi Qonunining 15-moddasi, 16-moddasining birinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasi “Arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonunining 19-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 10-oktabrdagi PF-1871-sonli “Tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksportini rag‘batlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 11-noyabrdagi 247-sonli “Ozonni buzuvchi moddalarni va tarkibida ular mavjud bo‘lgan mahsulotlarni O‘zbekiston Respublikasiga olib kirishni va O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqishni tartibga solishni takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarorining 2-bandi.
Bojxona chegarasi orqali olib o‘tish taqiqlangan tovarlar va transport vositalari, agar O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida yoki xalqaro shartnomalarida bu tovarlar va transport vositalarini musodara qilish nazarda tutilmagan bo‘lsa, darhol O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqib ketilishi yoxud O‘zbekiston Respublikasi hududiga qaytarilishi shart.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to‘g‘risida”gi Qonuni 12-moddasining uchinchi qismi.
Tovarlar va transport vositalarini olib chiqib ketishni yoki qaytarishni olib o‘tayotgan shaxs yoxud tashuvchi o‘z hisobidan amalga oshiradi. Tovarlar va transport vositalari darhol olib chiqib ketilmagan yoki qaytarilmagan taqdirda ular bojxona organiga qarashli bo‘lgan omborga vaqtincha saqlash rejimi ostida joylashtiriladi. Saqlash muddati uch sutka bo‘ladi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
 LexUZ sharhi
Qarang: “Vaqtincha saqlash bojxona rejimi haqida”gi nizomning (ro‘yxat raqami 447, 17.06.1998-y.) 3.4-bandi.
 LexUZ sharhi
Shuningdek, qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Muhofaza choralari, antidemping va kompensatsiya bojlari to‘g‘risida”gi Qonuni.
10-modda. O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan tovarlar va transport vositalarini olib o‘tishdagi cheklovlar
Tovarlar va transport vositalarini bojxona chegarasidan olib o‘tishdagi cheklovlar xalqaro majburiyatlardan, ichki bozorni himoya qilish zarurligidan kelib chiqqan holda, shuningdek chet davlatlar va ular ittifoqlarining huquqni kamsituvchi yoki O‘zbekiston Respublikasining manfaatlarini kamsituvchi boshqa harakatlariga javob chorasi tariqasida qonun hujjatlariga muvofiq belgilanishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: “Bojxona tranzit rejimi to‘g‘risida”gi nizom (ro‘yxat raqami 577, 23.12.1998-y.).
Ko‘rsatib o‘tilgan cheklovlar joriy etilishi munosabati bilan tovarlarni olib o‘tayotgan shaxs yoxud tashuvchi qiladigan xarajatlar bojxona organlari tomonidan to‘lanmaydi.
 LexUZ sharhi
Shuningdek, qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Muhofaza choralari, antidemping va kompensatsiya bojlari to‘g‘risida”gi Qonuni.
11-modda. Bojxona chegarasi orqali olib o‘tish joyi va vaqti
Tovarlar va transport vositalarini O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib o‘tish joyi va vaqti bojxona organlari tomonidan belgilanadi.
12-modda. Transport vositalarini olib o‘tish
O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali olib o‘tiladigan, shu jumladan tovar sifatida olib o‘tiladigan transport vositalari bojxona organlari belgilaydigan joylarda to‘xtatiladi. Bu talab bajarilmagan taqdirda, bojxona organlari transport vositalarini qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda majburlab to‘xtatishga haqli.
Transport vositalarini to‘xtatib turish muddati va joyi bojxona organlari tomonidan tashuvchi bilan birgalikda aniqlanadi. Transport vositalarini to‘xtatib turish muddati bojxona nazorati va bojxona rasmiylashtiruvi manfaatlariga zid tarzda qisqartirilishi mumkin emas.
Transport vositalarini to‘xtatib turish joylaridan jo‘natib yuborish bojxona organining ruxsati bilan amalga oshiriladi.
Transport vositalarining O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan o‘tish joyi va vaqti tashuvchi tomonidan tegishli bojxona organi bilan kelishib olinadi.
13-modda. Valyutani va valyuta boyliklarini olib o‘tish
O‘zbekiston Respublikasi valyutasini va valyuta boyliklarini bojxona chegarasi orqali olib o‘tish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi Qonunining 19-moddasi, “Jismoniy shaxslar tomonidan naqd chet el valyutasini O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish va O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqish tartibi to‘g‘risida”gi yo‘riqnoma (ro‘yxat raqami 716, 07.05.1999-y.) va “O‘zbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasini olib kirish va olib chiqish tartibi to‘g‘risida”gi nizom (ro‘yxat raqami 1326, 16.03.2004-y.).
14-modda. Jismoniy shaxslar tomonidan tovarlarni notijorat maqsadlarida olib o‘tish
Jismoniy shaxslar notijorat maqsadlari uchun mo‘ljallangan tovarlarni bojxona chegarasi orqali qonun hujjatlarida nazarda tutilgan soddalashtirilgan, imtiyozli tartibda olib o‘tishlari mumkin.
Tovarlarning nimaga mo‘ljallanganligi ularning xususiyatlari va miqdoriga, tovarlarni olib o‘tish takrorlanib turishiga qarab, jismoniy shaxsning safari qanday vaziyatda kechayotganligini hisobga olib belgilanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: “Jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib kelinishi maqsadini aniqlash tartibi to‘g‘risida”gi nizom (ro‘yxat raqami 1147, 04.06.2002-y).
15-modda. Bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar berilib, shartli chiqarib yuborilgan tovarlar hamda transport vositalaridan foydalanish va ularni tasarruf etish
Bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar berilib, bu imtiyozlar nima munosabat bilan berilgan bo‘lsa, shartli chiqarib yuborilgan tovarlar va transport vositalaridan faqat shu maqsadda foydalanishga va ularni tasarruf etishga yo‘l qo‘yiladi. Boshqa maqsadda ulardan foydalanishga va ularni tasarruf etishga bojxona to‘lovlari to‘langan hamda ushbu Kodeksda va boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa talablar bajarilgan taqdirda yo‘l qo‘yiladi.
(15-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi O‘RQ-352-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: “Erkin muomalaga chiqarish bojxona rejimiga muvofiq shartli chiqarib yuborilayotgan tovarlarni bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga (ro‘yxat raqami 1404, 09.09.2004-y.).
2-bob. BOJXONA REJIMLARI
16-modda. Bojxona rejimlarining turlari
Tovarlar va transport vositalarini bojxona chegarasi orqali olib o‘tish ularning bojxona rejimlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Quyidagi turdagi bojxona rejimlari (bundan buyon matnda rejim) belgilanadi:
1) erkin muomalaga chiqarish (import);
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 17-moddasi.
2) reimport;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 18-moddasi.
3) eksport;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 19-moddasi.
4) reeksport;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 20-moddasi.
5) tranzit;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 21-moddasi.
6) vaqtincha olib kirish (olib chiqish);
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 22 va 23-moddalari.
7) vaqtincha saqlash;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 24-moddasi.
8) bojxona ombori;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 25 va 26-moddalari.
9) erkin bojxona zonasi;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 27 va 28-moddalari.
10) erkin ombor;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 27 va 28-moddalari.
11) boj olinmaydigan savdo do‘koni;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 29-moddasi.
12) bojxona hududida qayta ishlash;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 30, 31 va 32-moddalari.
Oldingi tahrirga qarang.
(16-modda ikkinchi qismining 13-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-son Qonuniga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda)
14) bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 33 — 361-moddalari.
15) yo‘q qilish;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 37-moddasi.
16) davlat foydasiga voz kechish.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 38-moddasi.
Shaxs, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, tovarlar va transport vositalarining xususiyati, miqdori, qaysi mamlakatda ishlab chiqarilgani yoki qaysi maqsadga mo‘ljallanganligidan qat’i nazar, istalgan rejimni tanlashga yoki uni boshqasiga o‘zgartirishga haqli.
Oldingi tahrirga qarang.
Rejimlarning qo‘llanish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan belgilanadi.
 LexUZ sharhi
Rejimlarning qo‘llanish tartibini nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlar mazkur Kodeksning 17 — 38-moddalarida ko‘rsatilgan.
(16-modda O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-son Qonuni asosida to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda)
17-modda. Erkin muomalaga chiqarish
Erkin muomalaga chiqarish shunday rejimki, bunda bojxona hududiga olib kirilgan tovarlar ularni ushbu hududdan olib chiqib ketish majburiyatisiz bu erda doimiy qoladi.
Rejim import bojlarini, soliqlarni va boshqa boj to‘lovlarini to‘lashni, iqtisodiy siyosat choralariga hamda boshqa chora-tadbirlarga rioya etishni nazarda tutadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: “Erkin muomalaga chiqarish bojxona rejimiga muvofiq shartli chiqarib yuborilayotgan tovarlarni bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizom (ro‘yxat raqami 1404, 09.09.2004-y.).
18-modda. Reimport
Reimport shunday rejimki, bunda eksport rejimida bojxona hududidan olib chiqilgan O‘zbekiston tovarlari import bojlarini, soliqlarni to‘lamasdan, shuningdek ularga nisbatan iqtisodiy siyosat choralari qo‘llanilmagan holda ushbu moddaning ikkinchi qismida belgilangan muddatlarda qayta olib kiriladi.
Olib chiqilgan paytdan boshlab o‘n yil ichida bojxona hududiga qaytarib olib kirilgan, tabiiy eskirish yoxud normal tashish va saqlash sharoitlarida kamayish oqibatidagi o‘zgarishlar hamda qonun hujjatlarida belgilanadigan boshqa hollarni istisno etganda, olib chiqilgan paytda qanday bo‘lsa, shunday holatda turgan tovarlar reimport rejimiga joylashtiriladi.
Tovarlarni eksport rejimida olib chiqilayotganda to‘langan eksport boji va soliqlar summasi, bu tovarlar olib chiqilgan paytdan boshlab uch yil ichida reimport rejimida qaytarib olib kirilgan taqdirda, bojxona organining taqdimnomasi bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilanadigan tartibda qaytariladi.
Tovarlar reimport qilinganda tovarlarni olib o‘tayotgan shaxs tovarlarni olib chiqish chog‘ida to‘lov tarzida yoki boshqa imtiyozlar tufayli olgan summalarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qaytaradi.
 LexUZ sharhi
Qarang: “Reimport bojxona rejimi to‘g‘risida”gi nizom (ro‘yxat raqami 818, 12.08.1999-y.).
19-modda. Eksport
Oldingi tahrirga qarang.
Eksport shunday rejimki, bunda tovarlar bojxona hududidan tashqariga ularni ushbu hududga qaytarib olib kirish majburiyatisiz olib chiqiladi. Eksport rejimiga joylashtirilgan tovarlar O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududida ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda bu hududdan tashqariga amalda olib chiqib ketilmagan holda turishi mumkin.
(19-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda)
Tovarlarni eksport rejimida olib chiqish eksport boji va boshqa bojxona to‘lovlari to‘langan, iqtisodiy siyosat choralariga rioya etilgan va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa talablar bajarilgan taqdirda amalga oshiriladi.
Eksport rejimida olib chiqilayotganda tovarlar soliqlardan ozod etiladi yoxud to‘langan soliqlar summasi qonun hujjatlariga muvofiq qaytarilishi lozim.
Tovarlar eksport rejimida chiqarilayotganda tovarlar bojxona hududidan tashqariga, tovarlar holatining tabiiy eskirish yoki normal tashish va saqlash sharoitlarida kamayish oqibatidagi o‘zgarishlarni istisno etganda, bojxona deklaratsiyasi qabul qilingan kunda qanday bo‘lsa, shunday holatda olib chiqilishi lozim.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risida”gi Qonuni 11-moddasining ikkinchi va to‘rtinchi qismlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 20-iyuldagi 197-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishda davlat bojxona xizmati organlariga taqdim etiladigan hujjatlar Ro‘yxati”, “Pudrat ishlar va xizmatlarni eksport qilish tartibi to‘g‘risida”gi nizom (ro‘yxat raqami 505, 20.10.1998-y.), “Erkin almashtiriladigan valyutaga eksport qilishda imtiyozlar va preferensiyalarni qo‘llash maqsadida o‘zi ishlab chiqargan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) aniqlash qoidalari” (ro‘yxat raqami 2195, 16.02.2011-y.).
20-modda. Reeksport
Reeksport shunday rejimki, bunda chet el tovarlari bojxona hududidan olib chiqiladi.
Agar tovarlar bojxona organiga keyinchalik reeksport rejimida olib chiqib ketishga mo‘ljallangan tovar sifatidagina ma’lum qilingan bo‘lsa, ular bojxona hududiga olib kirilayotganda import bojlari, soliqlar hamda iqtisodiy siyosat choralari qo‘llanilmaydi. Bunday tovarlarni amalda olib chiqish bojxona deklaratsiyasi qabul qilingan kundan boshlab olti oydan kechiktirmay amalga oshiriladi. Amalda olib chiqib ketilmagan taqdirda import bojlari, soliqlar, shuningdek ular yuzasidan foizlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda to‘lanadi.
Tovarlar reeksport rejimida olib chiqilayotganda eksport bojlari, soliqlar undirilmaydi, olib chiqish chog‘ida amal qilib turgan iqtisodiy siyosat choralari qo‘llanilmaydi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Tovarlar reeksport rejimida olib chiqilayotganda to‘langan import bojlari va soliqlar qaytarilishi va ayni bir paytda quyidagi talablarga rioya etilishi lozim:
reeksport qilinayotgan tovarlar olib kirilgan paytda qanday bo‘lsa, shunday holatda bo‘lsa, tabiiy eskirish yoki normal tashish va saqlash sharoitlarida kamayish oqibatidagi o‘zgarishlar bundan mustasno;
reeksport rejimida tovarlarni olib chiqish ular olib kirilgan paytdan boshlab ikki yil ichida amalga oshirilayotgan bo‘lsa;
reeksport qilinayotgan tovarlardan daromad olish maqsadida foydalanilmagan bo‘lsa.
 LexUZ sharhi
Qarang: “Reeksport bojxona rejimi to‘g‘risida”gi nizom (ro‘yxat raqami 1134, 02.05.2002-y.).
21-modda. Tranzit
Tranzit shunday rejimki, bunda tovarlar O‘zbekiston Respublikasining ikki bojxona organi o‘rtasida, shu jumladan chet davlat hududi orqali, boj, soliqlar undirilmasdan, shuningdek tovarlarga nisbatan iqtisodiy siyosat choralarini qo‘llanmasdan bojxona nazorati ostida olib o‘tiladi.
Tovarlarni tranzit rejimida O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali olib o‘tish bojxona organining ruxsati bilan istalgan yo‘llar va yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshiriladi, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida va xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
 LexUZ sharhi
Qarang: “Bojxona tranzit rejimi to‘g‘risida”gi nizom (ro‘yxat raqami 577, 23.12.1998-y.)
22-modda. Vaqtincha olib kirish (olib chiqish)
Vaqtincha olib kirish (olib chiqish) shunday rejimki, bunda bojxona hududida yoki undan tashqarida tovarlardan bojdan, soliqlardan to‘la yoki qisman ozod etilgan holda va tovarlarga nisbatan iqtisodiy siyosat choralari qo‘llanilmasdan foydalanishga yo‘l qo‘yiladi.
Vaqtincha olib kirish (olib chiqish) rejimiga joylashtiriladigan tovarlar o‘zgartirmasdan qaytarilishi lozim, tabiiy eskirish yoxud normal tashish va saqlash sharoitlarida kamayish oqibatidagi o‘zgarishlar bundan mustasno.
Vaqtincha olib kirish (olib chiqish) rejimiga joylashtiriladigan tovarlarni boj va soliqlar to‘lashdan to‘la yoki qisman ozod qilish qonun hujjatlarida belgilanadi.
Tovarlarni vaqtincha olib kirish (olib chiqish) rejimiga joylashtirishga, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, ularni qayta olib chiqish yoki qayta olib kirish majburiyati taqdim etilgan, bojxona to‘lovlari to‘lanishi ta’minlangan, tovarlarning aynanligi ta’minlangan taqdirda bojxona organining ruxsati bilan yo‘l qo‘yiladi.
Vaqtincha olib kirish (olib chiqish) rejimiga joylashtirilmaydigan tovarlarning ro‘yxati qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 13-apreldagi 106-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Tovarlar va transport vositalarini vaqtinchalik chetdan olib kelish (chetga olib chiqish) bojxona rejimiga qo‘yish qoidalari”.
23-modda. Tovarlarni vaqtincha olib kirish (olib chiqish) rejimiga joylashtirish mumkin bo‘lgan muddat
Tovarlarni vaqtincha olib kirish (olib chiqish) rejimiga joylashtirish mumkin bo‘lgan muddat bojxona organlari tomonidan bunday olib kirish (olib chiqish)ning maqsadlari va holatlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi va uzaytiriladi, biroq tovarlar bunday rejimda turishining umumiy muddati ikki yildan oshmasligi kerak. Tovarlarning ayrim toifalari uchun qonun hujjatlariga muvofiq ancha uzoqroq muddatlar belgilanishi mumkin.
Tovar belgilangan muddat tugagunga qadar unga nisbatan vakolati bo‘lgan shaxs tomonidan bojxona hududidan tashqariga olib chiqilishi yoki u erga olib kirilishi yoxud boshqa bojxona rejimiga joylashtirilishi lozim. Bu talablarga rioya etilmagan taqdirda tovar bojxona organi egalik qiladigan bojxona omboriga vaqtincha saqlash rejimiga joylashtiriladi.
Agar tovarlar halokat oqibatida yoki yengib bo‘lmas kuch ta’sirida yo‘q bo‘lganligi yoki mutlaqo yo‘qolganligi, tabiiy eskirishi yoki normal tashish va saqlash sharoitida kamayishi tufayli yetishmasligi yoxud chet davlat organlari yoki mansabdor shaxslarining O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga xilof xatti-harakatlari natijasida shaxsning egaligidan chiqib ketganligi O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatiya vakolatxonalari yoki konsullik muassasalari tomonidan tasdiqlansa, tovarlarni vaqtincha olib chiqqan va ularni belgilangan muddatda qaytarib olib kirmagan shaxs bojxona organlari oldida javobgar bo‘lmaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 13-apreldagi 106-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Tovarlar va transport vositalarini vaqtinchalik chetdan olib kelish (chetga olib chiqish) bojxona rejimiga qo‘yish qoidalari”.
24-modda. Vaqtincha saqlash
Vaqtincha saqlash shunday rejimki, bunda olib kirilgan tovarlar va transport vositalari bojxona organiga taqdim etilgan paytdan boshlab chiqarishga ruxsat berilgunga qadar tanlangan rejimga muvofiq bojxona omborida boj, soliqlar va iqtisodiy siyosat choralari qo‘llanilmasdan vaqtincha saqlanadi. Ushbu Kodeksga muvofiq vaqtincha saqlash rejimiga boshqa tovarlar va transport vositalari ham joylashtirilishi mumkin.
Tovarlar va transport vositalarini vaqtincha saqlash rejimiga joylashtirishda qisqa deklaratsiya qo‘llaniladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Tovarlarning vaqtincha saqlash rejimida turish muddati ikki oydan oshmasligi lozim, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
(24-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 15-dekabrdagi 175-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 23-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: “Vaqtincha saqlash bojxona rejimi haqida”gi nizom (ro‘yxat raqami 447, 17.06.1998-y.).
Vaqtincha saqlash rejimiga joylashtirilgan tovarlar bilan qilinadigan operatsiyalar ro‘yxati va ularni amalga oshirish tartibi ushbu Kodeksda belgilanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 57-moddasi.
25-modda. Bojxona ombori
Bojxona ombori shunday rejimki, bunda olib kirilgan tovarlar saqlash davrida import boji, soliqlar va iqtisodiy siyosat choralari qo‘llanilmasdan bojxona nazorati ostida saqlanadi, eksport rejimida olib chiqishga mo‘ljallangan tovarlar esa bojxona nazorati ostida ushbu Kodeksning 26-moddasida nazarda tutilgan imtiyozlar berilgan holda saqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish, O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqish, O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit olib o‘tish man etilgan tovarlar hamda ro‘yxati qonun hujjatlari bilan belgilanadigan boshqa tovarlar bojxona ombori rejimiga joylashtirilishi mumkin emas.
Tovarlar bojxona ombori rejimida uch yil mobaynida turishi mumkin. Ushbu muddat tovarlarning ayrim toifalari va ayrim shaxslar uchun qonun hujjatlari bilan cheklanishi mumkin, lekin u bir yildan kam bo‘lmasligi kerak.
Belgilangan muddat tugagunga qadar tovarga nisbatan vakolatga ega bo‘lgan shaxs tomonidan tovarni boshqa bojxona rejimiga joylashtirish so‘ralishi kerak. Bu talablarga rioya etilmagan taqdirda, tovar bojxona organiga qarashli bojxona omboriga vaqtincha saqlash rejimiga joylashtiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: “Bojxona ombori” bojxona rejimi to‘g‘risida”gi nizom (ro‘yxat raqami 1318, 27.02.2004-y.).
Bojxona ombori rejimiga joylashtirilgan tovarlar bilan qilinadigan operatsiyalar ro‘yxati va ularni amalga oshirish tartibi ushbu Kodeksda belgilanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 57-moddasi.
26-modda. Bojxona ombori rejimiga joylashtirilgan va eksport rejimiga ko‘ra olib chiqishga mo‘ljallangan tovarlarni bojdan, soliqlardan ozod qilish yoki to‘langan summalarni qaytarish
Agar tovarlarni amalda chetga olib chiqish vaqtida to‘lovlardan ozod qilish yoki to‘langan summani qaytarish nazarda tutilgan bo‘lsa, bojxona ombori rejimiga joylashtirilgan va eksport rejimiga ko‘ra olib chiqishga mo‘ljallangan tovarlar bojdan, soliqlardan ozod qilinadi yoxud to‘langan summalar qaytariladi. Bu tovarlar bojxona ombori rejimiga joylashtirilgan kundan boshlab uch oydan kechikmay olib chiqilishi lozim.
Tovarlar belgilangan muddatlarda amalda olib chiqilmagan taqdirda boj, soliqlar, shuningdek ularning foizlari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda to‘lanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: “Bojxona ombori” bojxona rejimi to‘g‘risida”gi nizom (ro‘yxat raqami 1318, 27.02.2004-y.).
27-modda. Erkin bojxona zonasi va erkin ombor
Erkin bojxona zonasi va erkin ombor shunday rejimlarki, bunda chet el tovarlari muayyan hududlar va joylarda boj, soliqlar va iqtisodiy siyosat choralari qo‘llanilmasdan joylashtiriladi va ishlatiladi, O‘zbekiston tovarlari esa eksport rejimiga muvofiq olib chiqishda qo‘llaniladigan shartlarga ko‘ra joylashtiriladi va ishlatiladi.
Erkin bojxona zonasi va erkin ombor rejimlari qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
Tovarlar erkin bojxona zonasi va erkin ombor rejimlarida cheklanmagan muddatlargacha turishi mumkin.
Erkin bojxona zonalari va erkin omborlarda, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, tovarlar bilan ishlab chiqarish va tijorat operatsiyalarini bajarishga yo‘l qo‘yiladi, ularning chakana savdosi bundan mustasno.
Ushbu Kodeksning va boshqa qonun hujjatlarining qoidalariga rioya etmayotgan ayrim shaxslarga bojxona organlari tovarlar bilan operatsiyalarni amalga oshirishni taqiqlab qo‘yishi hamda erkin bojxona zonalari va erkin omborlarga moneliksiz kirib chiqishni rad etishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
(27-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi O‘RQ-352-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Erkin iqtisodiy zonalar to‘g‘risida”gi Qonuni va “Erkin ombor” bojxona rejimi to‘g‘risida”gi nizom (ro‘yxat raqami 1309, 09.02.2004-y.).
28-modda. Erkin bojxona zonasi yoki erkin ombor rejimlariga joylashtiriladigan tovarlarga nisbatan boj, soliqlar va iqtisodiy siyosat choralarini qo‘llanish
Erkin bojxona zonasi va erkin ombor rejimlarida turgan tovarlarni erkin muomalaga yoki eksportga chiqarish rejimlariga joylashtirganda, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, boj, soliqlar hamda iqtisodiy siyosat choralari tovarlarning kelib chiqishiga qarab qo‘llaniladi.
Tovarning kelib chiqishi to‘g‘risidagi sertifikat bo‘lmagan taqdirda tovarga: olib chiqilayotganda eksport boji, soliqlar va iqtisodiy siyosat choralarini qo‘llanish maqsadlarida O‘zbekiston tovari deb, boshqa maqsadlarda esa chet el tovari deb qaraladi.
Erkin bojxona zonasi yoki erkin ombor rejimlariga joylashtirilayotgan va eksport rejimida O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqishga mo‘ljallangan tovarlar, agar tovarlarni amalda olib chiqishda eksport boji va soliqlardan ozod qilish yoki to‘langan summalarni qaytarish nazarda tutilgan bo‘lsa, eksport bojidan, soliqlardan ozod qilinadi yoxud to‘langan summalar qaytariladi. Bunday tovarlarni amalda olib chiqish boj, soliqlar qaytarilgan yoki ulardan ozod qilingan kundan boshlab olti oydan kechiktirmay amalga oshirilishi lozim.
O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqilishi lozim bo‘lgan tovarlar erkin bojxona zonalari hududidan va erkin omborlardan bojxona hududiga qaytarilganda yoxud belgilangan muddatlarda ular amalda olib chiqib ketilmagan taqdirda, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda boj, soliqlar, shuningdek ularning foizlari to‘lanadi.
29-modda. Boj olinmaydigan savdo do‘koni
Boj olinmaydigan savdo do‘koni shunday rejimki, bunda tovarlar bojxona hududining bojxona organlari ushbu Kodeksga muvofiq belgilaydigan joylarida boj, soliqlar va iqtisodiy siyosat choralari qo‘llanilmasdan bojxona nazorati ostida turadi hamda realizatsiya qilinadi.
Boj olinmaydigan savdo do‘koni rejimiga bojxona hududiga olib kirish hamda undan olib chiqish va O‘zbekiston Respublikasi hududida realizatsiya qilish taqiqlangan tovarlar joylashtirilishi mumkin emas.
O‘zbekiston Respublikasi hududida realizatsiya qilinishi cheklangan tovarlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda boj olinmaydigan savdo do‘koni rejimida realizatsiya qilinishi mumkin.
Boj olinmaydigan savdo do‘koni rejimiga joylashtirilgan tovarlar boj olinmaydigan maxsus savdo do‘konlarida realizatsiya qilinadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: “Boj olinmaydigan savdo do‘koni bojxona rejimi to‘g‘risida”gi nizom (ro‘yxat raqami 1317, 27.02.2004-y.).
30-modda. Tovarlarni qayta ishlash
Tovarlarni qayta ishlashga quyidagilar kiradi:
tovarlarni bevosita qayta ishlash yoki ularga ishlov berish, shu tovarlarning va foydalanilayotgan boshqa tovarlarning yo‘qoladigan o‘ziga xos xususiyatlarini qayta ishlash mahsulotlarida saqlab qolgan holda;
yangi tovarlarni tayyorlash, shu jumladan tovarlarni ularning asosiy xususiyatlarini qayta ishlash mahsulotlarida saqlab qolgan holda montaj qilish, yig‘ish yoki qismlarga ajratish;
tovarlarni ta’mirlash, shu jumladan ularni tiklash, yangilash va tartibga keltirish, ularning shikastlangan yoki eskirib qolgan tarkibiy qismlarini (elementlarini) almashtirish yoki tiklash, shuningdek nuqsonlarini bartaraf etish;
tovarlarni qayta ishlashga yordam beradigan yoxud bunday ishni yengillashtiradigan boshqa tovarlardan to‘liq yoki qisman foydalanish.
Ayrim tovarlarga nisbatan qayta ishlash rejimidan foydalanishga doir cheklovlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(30-modda O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda)
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 17 avgusdagi 398-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining tovarlarni qayta ishlash bilan bog‘liq qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining 1-bandiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishgan holda Vazirlar Mahkamasiga ayrim tovarlarga nisbatan qayta ishlashning bojxona rejimidan foydalanishga cheklovlarga doir takliflar kiritishga vakil qilingan.
31-modda. Tovarlarni qayta ishlash shartlari
Tovarlarni qayta ishlash uchun ruxsatnoma ariza beruvchining yozma murojaatiga asosan bojxona organi tomonidan quyidagi hollarda beriladi:
tovarlarni ularning qayta ishlash mahsulotlarida qiyoslash mumkin bo‘lsa, qonun hujjatlarida belgilanadigan hollar bundan mustasno;
ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi bo‘lgan korxonalar uchun — qayta ishlash jarayonining texnik-iqtisodiy asoslari vakolatli organ bilan kelishilgan bo‘lsa, qonun hujjatlarida belgilangan hollar bundan mustasno;
(31-moddaning birinchi qismi uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 11-dekabrdagi O‘RQ-381-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 50-son, 588-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: “Tovarlarni qayta ishlash jarayonining texnik-iqtisodiy asoslarini kelishish va bojxona hududidan tashqarida tovarlarni qayta ishlashning O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy manfaatlariga muvofiqligi to‘g‘risida xulosalar berish tartibi to‘g‘risida”gi nizom (ro‘yxat raqami 1634, 31.10.2006-y.).
ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi bo‘lgan korxonalar uchun — tovarlarni bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlariga zarar yetkazmasligi haqida vakolatli organning xulosasi mavjud bo‘lsa;
(31-moddaning birinchi qismi to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 11-dekabrdagi O‘RQ-381-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 50-son, 588-modda)
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 17-avgustdagi 398-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining tovarlarni qayta ishlash bilan bog‘liq qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining 1-bandiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishgan holda Vazirlar Mahkamasiga ayrim tovarlarga nisbatan qayta ishlashning bojxona rejimidan foydalanishga cheklovlarga doir takliflar kiritishga vakil qilingan.
alohida xususiyatga ega bo‘lgan tovarlar ro‘yxatiga kiritilgan tovar yoki qayta ishlash mahsulotini olib kirish va olib chiqish uchun vakolatli organning maxsus ruxsatnomasi bo‘lsa;
bojxona ishi haqidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlashga doir boshqa talablar bajarilgan bo‘lsa.
Tovarlarni qayta ishlash uchun ruxsatnoma berish yoki bunday ruxsatnoma berishni rad etish haqidagi qaror uni qabul qilish uchun barcha zarur hujjatlar olingan kundan e’tiboran o‘ttiz kun ichida bojxona organi tomonidan qabul qilinib, ariza beruvchi bu haqda yozma ravishda xabardor etiladi.
Tovarlarni qayta ishlash uchun ruxsatnoma berish, agar ariza beruvchi tomonidan lozim darajada rasmiylashtirilmagan hujjatlar taqdim etilgan bo‘lsa yoki taqdim etilgan hujjatlarda noto‘g‘ri yoxud buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlar bo‘lsa, shuningdek ushbu Kodeks talablariga rioya etilmagan boshqa hollarda rad etilishi mumkin.
Tovarlarni qayta ishlash uchun ruxsatnoma berish rad etilgan taqdirda, bojxona organi bu haqda ariza beruvchini rad etish sabablarini hamda ariza beruvchi ko‘rsatilgan sabablarni bartaraf etib, hujjatlarni takroriy ko‘rib chiqish uchun taqdim etishi mumkin bo‘lgan muddatni ko‘rsatgan holda yozma ravishda xabardor qiladi.
Tovarlarni qayta ishlash uchun ruxsatnoma berish rad etilishiga asos bo‘lgan sabablarni ariza beruvchi bartaraf etgan bo‘lsa, hujjatlarni takroriy ko‘rib chiqish ariza va barcha zarur hujjatlar olingan kundan e’tiboran o‘n kundan oshmaydigan muddat ichida bojxona organi tomonidan amalga oshiriladi.
(31-modda O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda)
Tovarlarni qayta ishlash uchun ruxsatnoma berish to‘g‘risidagi arizani takroran ko‘rib chiqishda tovarlarni qayta ishlash uchun ruxsatnoma berishni rad etish to‘g‘risidagi xabarnomada ilgari ko‘rsatilmagan yangi asoslar bo‘yicha mazkur ruxsatnomani berishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
(31-modda O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi O‘RQ-352-sonli Qonuniga asosan oltinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 15-avgustdagi 225-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar ro‘yxati”ning 55-bandi.
32-modda. Bojxona hududida qayta ishlash
Bojxona xududida qayta ishlash shunday rejimki, bunda tovarlar O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga import bojlari, soliqlar to‘lanmagan va iqtisodiy siyosat choralari qo‘llanmagan holda bojxona nazorati ostida qayta ishlash uchun olib kirilib, keyinchalik qayta ishlash mahsulotlari olib chiqiladi yoki ular o‘zga rejim ostida joylashtiriladi.
Bojxona hududida qayta ishlash rejimi ostida har qanday tovarlar joylashtirilishi mumkin, ana shunday rejim ostida joylashtirilishi qonun hujjatlari bilan taqiqlangan tovarlar bundan mustasno.
Chet ellik yuridik yoki jismoniy shaxs tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududida olingan O‘zbekiston tovarlari bojxona hududida qayta ishlash rejimi ostida joylashtirilishi mumkin. Mazkur tovarlar O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga amalda olib chiqib ketilmagan holda eksport rejimi ostida joylashtirilib, keyinchalik bojxona hududida qayta ishlash rejimida deklaratsiyalanadi.
O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kirilgan tovarlar va qayta ishlash mahsulotlari ularni olib chiqish paytida eksport bojlari va soliqlardan ozod qilinadi. Mazkur tovarlar va qayta ishlash mahsulotlariga nisbatan iqtisodiy siyosat choralari qo‘llanilmaydi.
Qayta ishlash mahsulotlari erkin muomalaga chiqarilganda import bojlari va soliqlar qayta ishlash uchun foydalanilgan tovarlarning qiymati hamda ularga nisbatan qo‘llanilgan to‘lovlar stavkalariga qarab to‘lanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 215-moddasi.
Qayta ishlash mahsulotlarini O‘zbekiston tovarlari bilan almashtirishga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda yo‘l qo‘yiladi.
(32-modda O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi hududida qayta ishlash (tolling) bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat raqami 987, 29.11.2000-y.).
33-modda. Bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash
Bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash shunday rejimki, bunda tovarlar eksport bojlari, soliqlar to‘lanmagan va iqtisodiy siyosat choralari qo‘llanmagan holda qayta ishlash uchun olib chiqilib, keyinchalik qayta ishlash mahsulotlari erkin muomalaga chiqarish rejimida olib kiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududida erkin muomalada bo‘lgan har qanday tovarlar bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash rejimi ostida joylashtirilishi mumkin, olib kirilishi (olib chiqilishi) qonun hujjatlari bilan taqiqlangan tovarlar bundan mustasno.
Bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash rejimidan quyidagi hollarda foydalanish mumkin emas:
agar tovarlarni olib chiqish import bojlari va soliqlarning to‘langan summalarini qaytarishni, import bojlari va soliqlardan ozod qilishni yoki olib chiqish chog‘ida to‘lovlar olishni talab qilish uchun asos bo‘lsa;
import bojlari va soliqlardan ozod etishning amal qilib turgan vaqti mobaynida, agar uning amal qilishi tovarlarni erkin muomalaga chiqarishda ularni qayta ishlash uchun olib chiqilgunga qadar foydalanilgan bo‘lsa;
qonun hujjatlarida belgilangan boshqa hollarda.
Qayta ishlash mahsulotlarini chet el tovarlari bilan almashtirishga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yo‘l qo‘yiladi.
Olib kirilayotgan qayta ishlash mahsulotlarini erkin muomalaga chiqarish rejimida bojxona rasmiylashtiruvi chog‘ida import bojlari va soliqlar qayta ishlash qiymatiga hamda qayta ishlash mahsulotlariga nisbatan qo‘llaniladigan bojlar va soliqlar stavkalariga qarab to‘lanadi.
Qayta ishlash uchun olib chiqilgan tovarlar qaytarib olib kirilganda import bojlari va soliqlar to‘lanmaydi.
Qayta ishlash mahsulotlari, agar qayta ishlashdan maqsad olib chiqilgan tovarlarni qonun hujjatlari yoki shartnomaga binoan beg‘araz ta’mirlashdan iborat bo‘lganligiga bojxona organi belgilangan tartibda ishonch hosil qilsa, import bojlari va soliqlardan ozod qilinadi, tovarlarni erkin muomalaga dastlabki chiqarishda nuqsoni mavjudligi hisobga olingan hollar bundan mustasno.
Tovarlarni qayta ishlash uchun olib chiqqan va tovarlarni qaytarmagan yoki qayta ishlash mahsulotlarini belgilangan muddatda olib kirmagan shaxs ushbu Kodeks 23-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan hollarda javobgar bo‘lmaydi.
(33-modda O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: “Tovarlarni qayta ishlash jarayonining texnik-iqtisodiy asoslarini kelishish va bojxona hududidan tashqarida tovarlarni qayta ishlashning O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy manfaatlariga muvofiqligi to‘g‘risida xulosalar berish tartibi to‘g‘risida”gi nizom (ro‘yxat raqami 1634, 31.10.2006-y.).
34-modda. Tovarlarni qayta ishlash muddatlari
Tovarlarni qayta ishlash muddati bojxona organi tomonidan belgilanadi va bu muddat ikki yildan ortiq bo‘lishi mumkin emas. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi tovarlarning ayrim toifalariga nisbatan qayta ishlashning bir muncha uzaytirilgan muddatlarini belgilashi mumkin.
Tovarlarni qayta ishlash muddatini belgilashda tovarlarni qayta ishlash jarayoni qancha davom etishi va qayta ishlash mahsulotlarini tasarruf etish hisobga olinadi.
Tovarlarni qayta ishlash muddati tovarlarni bojxona hududida qayta ishlash rejimi ostida yoki bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash rejimi ostida joylashtirilgan kundan e’tiboran, tovarlar alohida tovar turkumlari qilib olib kirilganda (olib chiqilganda) esa tovarlarning birinchi turkumi tegishli rejim ostida joylashtirilgan kundan e’tiboran o‘ta boshlaydi.
(34-modda O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda)
35-modda. Tovarlarni qayta ishlash mahsulotlarida qiyoslash
Tovarlarni qayta ishlash mahsulotlarida bojxona maqsadlari uchun qiyoslash ishlab chiqarishda foydalaniladigan xomashyo, materiallar va butlovchi buyumlar haqidagi, shuningdek qayta ishlash mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi texnologiyalar haqidagi mufassal ma’lumotlarni taqdim etish yo‘li bilan yoki qayta ishlash vaqtida bojxona nazoratini olib borish orqali amalga oshirilishi mumkin. Bojxona hududida tovarlarni qayta ishlash mahsulotlarida qiyoslashga nisbatan qo‘yiladigan talablar O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan belgilanadi.
Tovarlarni qayta ishlash mahsulotlarida qiyoslash quyidagi hollarda talab etilmaydi:
qayta ishlash chog‘ida ishlab chiqarishning uzluksiz turkumlariga taalluqli texnologiya jarayonidan foydalanilayotgan bo‘lsa;
qayta ishlash chog‘ida qayta ishlash amalga oshirilayotgan mamlakatdan boshqa mamlakatlarning bojxona hududida xuddi shunday va (yoki) ayni bir xil qayta ishlash mahsuloti ishlab chiqarilishini istisno etuvchi noyob texnologiya jarayonidan foydalanilayotgan bo‘lsa.
Olib kirilayotgan qayta ishlash mahsulotlarini qiyoslash uchun bojxona organlari tovarlarning ishlab chiqarilgan joyi haqidagi sertifikatlardan, shuningdek mazkur tovarlarni O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqarida qayta ishlashga taalluqli boshqa hujjatlardan foydalanishlari mumkin.
(35-modda O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda)
36-modda. Bojxona maqsadlarida qayta ishlash mahsulotlarining chiqishi normalari
Qayta ishlash mahsulotlarining chiqishi normasi muayyan miqdordagi tovarlarni qayta ishlash natijasida hosil bo‘ladigan qayta ishlash mahsulotlarining miqdori yoki ularning foizdagi ifodasidir. Qayta ishlash mahsulotlarining chiqishi normasi qayta ishlash uchun ruxsatnoma berilayotganda qayta ishlash amalga oshiriladigan sharoitlarni hisobga olgan holda bojxona organlari tomonidan belgilanadi yoki ular bilan kelishib olinadi. Qayta ishlash mahsulotlarini tavsiflash, ularning sifati va miqdori qayta ishlash mahsulotlarining chiqishi normalari asosida belgilanadi.
Ekspert tashkilotlarining xulosalari asosida bojxona organlari qayta ishlash mahsulotlari chiqishining majburiy normalarini, agar bu bojxona maqsadlarida zarur bo‘ladigan bo‘lsa yoki tovarlarni qayta ishlashni amalga oshirishga yordam beradigan bo‘lsa, belgilashga haqli.
Qayta ishlash mahsulotlarining chiqishi normalari qayta ishlash uchun beriladigan ruxsatnomada ko‘rsatiladi.
(36-modda O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
361-modda. Tovarlarni qayta ishlashni tugallash
Tovarlarni qayta ishlashga ruxsatnoma olgan shaxs tovarlarni qayta ishlashni ushbu Kodeksning 34-moddasiga muvofiq belgilangan muddat tugaydigan kundan kechiktirmasdan:
bojxona hududida qayta ishlash rejimidan foydalangan taqdirda — qayta ishlash mahsulotlarini, qayta ishlanmagan tovarlar qoldiqlari va tovarlarni qayta ishlash natijasida hosil bo‘lgan chiqindilarni O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqariga olib chiqqan holda;
bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash rejimidan foydalangan taqdirda — qayta ishlash mahsulotlarini, qayta ishlanmagan tovarlar qoldiqlari va tovarlarni qayta ishlash natijasida hosil bo‘lgan chiqindilarni O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kirgan holda tugallashi shart.
Qayta ishlash olib kirilgan tovarlar, ularni qayta ishlash mahsulotlari va chiqindilarni erkin muomalaga chiqarish rejimida, olib chiqilgan tovarlar, ularni qayta ishlash mahsulotlari va chiqindilarni esa, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, ushbu Kodeksda belgilangan shartlar asosida eksport rejimida joylashtirish bilan tugallanishi ham mumkin. Tovarlarni qayta ishlashga ruxsatnoma olgan shaxsning arizasiga binoan bojxona organi tovarlar, ularni qayta ishlash mahsulotlari va chiqindilarni bojxona hududida qayta ishlash rejimining yoki bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash rejimining amal qilishini tugallashga, agar buning uchun sabablar asosli deb topilgan bo‘lsa hamda basharti ayni shu rejimlar talablariga rioya etiladigan bo‘lsa, ruxsat berishi mumkin. Bunday holda qayta ishlash rejimlarining amal qilishi yangi rejimlarning amal qilishi muddatiga to‘xtatib qo‘yiladi.
Qayta ishlash mahsulotlarini bojxona chegarasi orqali bir necha turkum qilib olib o‘tishda qayta ishlash mahsulotlari miqdorining ruxsatnomada ko‘rsatilganiga muvofiqligini tekshirib turish vaqti-vaqti bilan, ammo uch oyda kamida bir marta va qayta ishlash mahsulotlarining oxirgi turkumi bojxona chegarasi orqali olib o‘tilgan kundan e’tiboran o‘ttiz kundan kechiktirmay amalga oshirilishi mumkin. Agar ana shunday tekshirib ko‘rish natijasida qayta ishlashga ruxsatnoma olgan shaxs bojxona to‘lovlarini to‘lashi shart bo‘lsa, bunda mazkur to‘lovlarning summasiga, basharti bu summalar ularni to‘lash zarurligi haqida bojxona organi tomonidan qaror qabul qilingan kundan e’tiboran o‘n kun ichida to‘lanadigan bo‘lsa, penya hisoblab chiqarilmaydi.
(361-modda O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-son Qonuni bilan kiritilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda)
37-modda. Yo‘q qilish
Yo‘q qilish shunday rejimki, bunda chet el tovarlari boj, soliqlar va iqtisodiy siyosat choralari qo‘llanilmagan holda bojxona nazorati ostida yo‘q qilinadi, shu jumladan ular foydalanish uchun yaroqsiz holga keltiriladi.
Tovarlarni yo‘q qilishga bojxona organining ruxsati bilan yo‘l qo‘yiladi. Ruxsatnoma qonun hujjatlarida belgilangan tartibda beriladi.
Tovarlarni yo‘q qilish manfaatdor shaxs tomonidan o‘z hisobidan amalga oshiriladi.
Tovarlarni yo‘q qilish natijasida hosil bo‘lgan chiqindilar bojxona nazorati ostida turgan chet el tovarlari sifatida tegishli rejimga joylashtiriladi.
Yo‘q qilib tashlash uchun ruxsatnoma berish rad etilgan taqdirda tovarlar ularni olib kirgan shaxs hisobidan O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqib ketiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: “Yo‘q qilish bojxona rejimi to‘g‘risida”gi nizom (ro‘yxat raqami 584, 30.12.1998-y.).
38-modda. Davlat foydasiga voz kechish
Davlat foydasiga voz kechish shunday rejimki, bunda shaxs tovarlarga nisbatan boj, soliqlar va iqtisodiy siyosat choralari qo‘llanilmagan holda ulardan davlat foydasiga voz kechadi.
Tovarlarni davlat foydasiga voz kechish rejimiga joylashtirishga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda bojxona organining ruxsati bilan yo‘l qo‘yiladi.
Tovarlardan davlat foydasiga voz kechish davlatning xarajatlar qilishiga sabab bo‘lmaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: “Davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimi to‘g‘risida”gi nizom (ro‘yxat raqami 695, 08.04.1999-y.).
III BO‘LIM. BOJXONA NAZORATI
3-bob. UMUMIY QOIDALAR
39-modda. Bojxona nazorati shakllari
Bojxona nazorati bojxona organlarining mansabdor shaxslari tomonidan quyidagi yo‘llar bilan o‘tkaziladi:
bojxona maqsadlari uchun zarur bo‘lgan hujjatlar va ma’lumotlarni tekshirish;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 43-moddasi.
jismoniy va mansabdor shaxslarni og‘zaki so‘rab-surishtirish;
bojxona ko‘rigidan o‘tkazish;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 44 va 45-moddalari.
tovarlar, transport vositalari, binolar va boshqa joylarni bojxona tomonidan qiyoslash;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 46-moddasi.
tovarlar va transport vositalarini hisobga olish;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 47-moddasi.
hisobga olish va hisobot tizimini tekshirish;
bojxona nazoratidan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan tovarlar va transport vositalari turishi mumkin bo‘lgan yoxud nazorat qilish bojxona organlari zimmasiga yuklatilgan faoliyat amalga oshirilayotgan hududlar, binolar va boshqa joylarni tekshirish;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 48-moddasi.
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa shakllarda.
Bojxona nazorati o‘tkazilayotganida inson, hayvonot va o‘simliklar hayoti va sog‘ligi uchun xavfsiz bo‘lgan hamda tovarlar va transport vositalariga ziyon yetkazmaydigan texnikaviy va boshqa vositalar qo‘llanilishi mumkin.
Bojxona nazoratini o‘tkazish qoidalari qonun hujjatlarida belgilanadi.
40-modda. Bojxona nazoratidan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan tovarlar va transport vositalari
O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali olib o‘tiladigan hamda shartli chiqarib yuborilgan tovarlar va transport vositalari bojxona nazoratidan o‘tkazilishi lozim, ushbu Kodeksning 49, 50, 117126-moddalarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Bojxona organlari erkin bojxona zonalari va erkin omborlarda turgan tovarlar ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bojxona nazoratini amalga oshirishga haqlidir.
 LexUZ sharhi
Qarang: “Erkin ombor” bojxona rejimi to‘g‘risida”gi nizomning (ro‘yxat raqami 1309, 2004-yil 9-fevral) 8, 16, 17, 19-bandlari.
Bojxona organlari bojxona hududidan bojxona organining ruxsatisiz chiqib ketgan transport vositalarini majburiy ravishda to‘xtatish, dengiz, daryo va havo kemalarini majburiy ravishda orqaga qaytarishga haqlidir, chet el kemalari va boshqa davlatlarning hududida turgan kemalar bundan mustasno.
41-modda. Bojxona nazorati ostida bo‘lish vaqti
Bojxona nazorati:
bojxona hududiga olib kirishda — tovarlar va transport vositalari bojxona chegarasini kesib o‘tgan paytdan e’tiboran;
bojxona hududidan tovarlar va transport vositalarini olib chiqishda — bojxona deklaratsiyasi qabul qilib olingan paytdan e’tiboran boshlanadi.
Bojxona nazorati, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, tovarlar va transport vositalari saqlangan bojxona rejimiga muvofiq chiqishga ruxsat berilgan paytdan e’tiboran yoxud ular bojxona chegarasini kesib o‘tgan paytdan e’tiboran tugallanadi.
42-modda. Bojxona nazorati zonalari
Bojxona nazorati zonalari bojxona chegaralari bo‘ylab, bojxona rasmiylashtiruvi joylarida, bojxona organlari joylashgan yerlarda va bojxona organlari tomonidan belgilanadigan boshqa joylarda tuziladi.
Bojxona nazorati zonalarini tuzish va belgilash tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: “Bojxona nazorati zonalarini tashkil qilish tartibi” (ro‘yxat raqami 470, 08.08.1998-y.).
Bojxona nazorati zonalarida ishlab chiqarish, tijorat faoliyatini va boshqa faoliyatni amalga oshirishga, shuningdek ularning chegaralari orqali transport vositalari, tovarlar va shaxslarni olib o‘tishga bojxona organlarining ruxsati bilan va nazorati ostida yo‘l qo‘yiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 227-moddasi.
43-modda. Bojxona nazorati uchun zarur bo‘lgan hujjatlar va ma’lumotlar
Bojxona chegarasi orqali tovarlar va transport vositalarini olib o‘tuvchi yoki nazorat qilish bojxona organlari zimmasiga yuklatilgan faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslar bu organlarga ro‘yxati va taqdim etish tartibi qonun hujjatlarida belgilanadigan hujjatlar va ma’lumotlarni topshiradilar.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 20-iyuldagi 197-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishda davlat bojxona xizmati organlariga taqdim etiladigan hujjatlar Ro‘yxati”.
Bojxona nazoratini amalga oshirish uchun bojxona organlari banklardan, boshqa moliya-kredit muassasalaridan va xo‘jalik yurituvchi subyektlardan eksport-import operatsiyalari hamda nazorat qilish bojxona organlari zimmasiga yuklatilgan faoliyatning boshqa turlariga doir ma’lumotlarni olishga haqlidir.
Bojxona nazorati uchun zarur bo‘lgan hujjatlar shaxslar tomonidan kamida uch yil saqlanishi lozim.
44-modda. Bojxona ko‘rigidan o‘tkazish
Tovarlar va transport vositalarini bojxona ko‘rigidan o‘tkazish tovarlar va transport vositalarini bojxona chegarasi orqali olib o‘tishning qonuniyligini aniqlash, ularni hisobga olish, boj, soliqlar, yig‘imlar olish, shuningdek olib kirish, olib chiqish va tranzit qilish taqiqlangan tovarlar bojxona chegarasi orqali o‘tishining hamda bojxona hududi orqali tranzit tartibida o‘tishining oldini olish uchun bojxona organlarining mansabdor shaxslari tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: “Tovar va transport vositalarini davlat bojxona xizmati organi xodimlari tomonidan ko‘zdan kechirish hamda bojxona ko‘rigidan o‘tkazish bo‘yicha yo‘riqnoma” (ro‘yxat raqami 2714, 11.09.2015-y.).
Tovarlar va transport vositalariga nisbatan vakolatlarga ega bo‘lgan shaxslar tovarlar va transport vositalarini ko‘zdan kechirish paytida hozir bo‘lishga haqlidir, bojxona organlari mansabdor shaxslarining talabiga ko‘ra esa tekshirish paytida hozir bo‘lishlari va bojxona organlarining mansabdor shaxslariga zarur yordam ko‘rsatishlari shart.
 LexUZ sharhi
Qarang: “Xorijiy avtotashuvchilarning O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirishi, shu erda bo‘lishi, tranziti va chiqishi tartibi to‘g‘risida”gi yo‘riqnoma (ro‘yxat raqami 701, 13.04.1999-y.).
Tovarlar va transport vositalariga nisbatan vakolatlarga ega shaxs bo‘lmagan taqdirda, transport vositasini boshqaruvchi shaxs bojxona maqsadlari uchun vakolatli shaxs deb hisoblanadi.
Tovarlar va transport vositalariga nisbatan vakolatlarga ega bo‘lgan shaxslar yo‘qligida bojxona organlari quyidagi hollarda tovarlar va transport vositalarini ko‘zdan kechirishga haqli:
ular tovarlar va transport vositalari taqdim etilganidan so‘ng o‘n kun o‘tganidan keyin kelmagan bo‘lsa;
davlat xavfsizligi, jamoat tartibiga, inson hayoti va sog‘lig‘iga, hayvonot va o‘simliklar, atrof tabiiy muhitga, O‘zbekiston Respublikasining badiiy, tarixiy va arxeologik boyliklari saqlanishiga xavf mavjud bo‘lganda va kechiktirib bo‘lmaydigan boshqa holatlarda;
tovarlar xalqaro pochta jo‘natmalari orqali yuborilgan bo‘lsa;
 LexUZ sharhi
tovarlar va transport vositalari ular joylashtirilgan bojxona rejimini buzgan holda bojxona hududida qoldirilgan bo‘lsa.
45-modda. Shaxsni ko‘zdan kechirish
Shaxsni ko‘zdan kechirish bojxona chegarasi orqali o‘tayotgan yoxud bojxona nazorati zonasida yoki xalqaro aloqa uchun ochiq aeroportning tranzit zonasida turgan jismoniy shaxs qonun hujjatlarini buzish obyektlari hisoblanuvchi tovarlarni o‘z yonida yashiryapti va ko‘rsatmayapti deb hisoblashga asoslar bo‘lgan taqdirda, bojxona organi mansabdor shaxsining qaroriga binoan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda o‘tkaziladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 29-apreldagi 219-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi MXX-MXXB aviatsiya xavfsizligi bo‘linmalari tomonidan qo‘lda olib yuriladigan yukni, bagajni ko‘zdan kechirish va yo‘lovchilarni, fuqaro havo kemalari ekipaji a’zolarini, aeroportlar xodimlari va boshqa mansabdor shaxslarni shaxsan tekshirib chiqishni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida”gi yo‘riqnoma, “O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan o‘tayotgan shaxslarni ko‘zdan kechirish tartibi to‘g‘risida”gi yo‘riqnoma (ro‘yxat raqami 1307, 02.02.2004-y.), “Bojxona qonunchiligini buzgan shaxslarni ma’muriy ushlab turish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning (ro‘yxat raqami 717, 07.05.1999-y.) 3.4-bandi, “Temir yo‘l transportida yuruvchi yo‘lovchilar qo‘l yuki, yuki, valyuta va valyuta qimmatliklarining bojxona nazorati va rasmiylashtirish tartibi”ning (ro‘yxat raqami 619, 05.02.1999-y.) 17-bandi.
46-modda. Tovarlar, transport vositalari, binolar va boshqa joylarni bojxona qiyoslashidan o‘tkazish
Bojxona nazorati ostida bo‘lgan hujjatlar, tovarlar, transport vositalari, binolar va boshqa joylarni bojxona qiyoslashidan o‘tkazish ularga plombalar, muhrlar qo‘yish, raqamli, harfiy va boshqa markalar bosish, qiyoslash belgilarini qo‘yish, shtamplar bosish, namunalar va nusxalar olish, tovarlar va transport vositalarini ta’riflash, ularning chizmalarini tayyorlash, masshtabli tasvirlar, fotosuratlar, illyustratsiyalar tayyorlash, tovarlarga ilova qilingan va boshqa hujjatlardan hamda o‘zga qiyoslash vositalaridan foydalanish orqali ta’minlanadi.
Qiyoslash vositalari faqat bojxona organlari tomonidan yoki ularning ruxsati bilan o‘zgartirilishi, olib tashlanishi yoki yo‘q qilinishi mumkin, tovarlar va transport vositalarining yo‘q bo‘lib ketishi, ularga qayta tiklab bo‘lmaydigan darajada putur yetkazilishi yoki ularning jiddiy buzilishi xavfi tug‘ilgan hollar bundan mustasno. Qiyoslash vositalari o‘zgartirilganligi, olib tashlanganligi yoki yo‘q qilinganligi to‘g‘risida bojxona organlariga darhol ma’lum qilinadi va bunday xavf mavjud bo‘lganligini isbotlovchi dalillar taqdim etiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 13-apreldagi 106-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Tovarlar va transport vositalarini vaqtinchalik chetdan olib kelish (chetga olib chiqish) bojxona rejimiga qo‘yish qoidalari”ning 11, 12-bandlari, “O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali magistral gaz o‘tkazish quvurlarida olib o‘tilayotgan tabiiy gazni bojxona nazorati va bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazish tartibi haqida”gi nizomning (ro‘yxat raqami 1609, 10.08.2006-y.) III bo‘limi, “O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan elektr uzatish tarmoqlari orqali o‘tkazilayotgan elektroenergiyani bojxona nazorati va bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning (ro‘yxat raqami 1433, 17.12.2004-y.) III bo‘limi.
47-modda. Bojxona nazorati ostida turgan tovarlar va transport vositalarini inventarizatsiyalash
Bojxona organlari bojxona nazorati ostida turgan tovarlar va transport vositalarini, shuningdek boj to‘lovlari to‘lanmagan yoki boj to‘lovlari yuzasidan bojxona imtiyozlari berilgan tovarlarni inventarizatsiyadan o‘tkazishga haqlidir.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 30-iyuldagi 374-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi to‘g‘risida”gi nizom 9-bandining yigirma birinchi xatboshisi, “Erkin ombor” bojxona rejimi to‘g‘risida”gi nizomning (ro‘yxat raqami 1309, 09.02.2004-y.) 19-bandi, “Bojxona ombori” bojxona rejimi to‘g‘risida”gi nizomning (ro‘yxat raqami 1318, 27.02.2004-y.) 24-bandi, “Boj olinmaydigan savdo do‘koni bojxona rejimi to‘g‘risida”gi nizomning (ro‘yxat raqami 1317, 27.02.2004-y.) 29-bandi, “Vaqtincha saqlash bojxona rejimi haqida”gi nizomning (ro‘yxat raqami 447, 17.06.1998-y.) 5.7-bandi.
48-modda. Nazorat qilish bojxona organlari zimmasiga yuklatilgan faoliyatni tekshirish
Bojxona organlari qonun hujjatlariga muvofiq shaxslarning nazorat qilish bojxona organlari zimmasiga yuklatilgan faoliyatini tekshirishga haqlidir.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 30-iyuldagi 374-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi to‘g‘risida”gi nizom 9-bandining o‘n birinchi xatboshisi.
49-modda. Bojxona nazoratini tanlab o‘tkazish
Bojxona organlari bojxona nazoratini o‘tkazishda, qoida tariqasida, nazoratning qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash uchun yetarli bo‘lgan shakllarini qo‘llaydilar.
Bojxona nazoratining ayrim shakllarini qo‘llamaslik yoki ulardan ozod qilish shaxslar qonun hujjatlariga rioya etish majburiyatidan ozod qilinishini bildirmaydi.
Zarurat bo‘lganda bojxona organlari, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, bojxona nazoratining ushbu Kodeksda belgilangan barcha shakllaridan foydalanishlari mumkin.
50-modda. Bojxona nazoratining muayyan shakllaridan ozod qilish
Bojxona nazoratining muayyan shakllaridan ozod qilish O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari va xalqaro shartnomalariga muvofiq amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari, Senati a’zolarining, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi a’zolarining shaxsiy bagaji, agar mazkur shaxslar xizmat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq holda O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan o‘tayotgan bo‘lsalar, bojxona tekshiruvidan ozod qilinadi.
(50-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 10-apreldagi O‘RQ-209-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 15-son, 179-modda)
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati a’zosining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunining 13-moddasiga muvofiq deputatni, senatorni majburiy keltirishga, shuningdek uning uy-joyi, xizmat xonasini, yuki, shaxsiy va xizmat transporti vositalarini, yozishmalarini, u foydalanayotgan aloqa vositalarini, shuningdek unga tegishli hujjatlarni ko‘zdan kechirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) to‘g‘risida”gi Qonuni 18-moddasining uchinchi qismi.
 LexUZ sharhi
Qarang: “O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan o‘tayotgan shaxslarni ko‘zdan kechirish tartibi to‘g‘risida”gi yo‘riqnoma (ro‘yxat raqami 1307, 02.02.2004-y.) 3-bandining ikkinchi — beshinchi xatboshilari.
Chet el harbiy kemalari, jangovar va harbiy-transport havo kemalari, shuningdek o‘zi yurib kelayotgan harbiy texnikasi bojxona tekshiruvidan ozod qilinadi.
51-modda. Tovarlar chiqishiga ruxsat berilganidan keyingi bojxona nazorati
Bojxona organlari tovarlar chiqishiga ruxsat berilganidan keyin, agar qonun hujjatlari buzilganligi haqida taxmin qilish uchun yetarli va tasdiqlangan asoslar mavjud bo‘lsa, bojxona nazoratini amalga oshirishga haqli.
Tovarlar chiqishiga ruxsat berilganidan keyingi bojxona nazoratini amalga oshirishda bojxona organlari tovarlar mavjudligini tekshirishga, ularni takroran bojxona tekshiruvidan o‘tkazishga, bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilgan ma’lumotlarni qayta tekshirishga, ushbu tovarlar bilan amalga oshiriladigan tashqi iqtisodiy va keyingi tijorat operatsiyalariga daxldor hujjatlar va boshqa ma’lumotlarni tekshirishga haqli. Tekshirish deklarant turgan joyda, ko‘rsatib o‘tilgan operatsiyalarga bevosita yoki bilvosita aloqasi bo‘lgan yoki zarur hujjatlarga ega bo‘lgan har qanday boshqa shaxs turgan joyda o‘tkazilishi mumkin. Huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
Tovarlar chiqishiga ruxsat berilganidan keyingi bojxona nazorati tovarlar chiqishiga ruxsat berilgan paytdan e’tiboran uch yil mobaynida, bojxona to‘lovlarini qo‘shib hisoblash esa tovarlar chiqishiga ruxsat berilgan paytdan e’tiboran bir yil mobaynida amalga oshirilishi mumkin.
Tovarlar chiqishiga ruxsat berilganidan keyingi bojxona nazorati ayni bir bitim bo‘yicha ko‘pi bilan bir marta amalga oshirilishi mumkin.
(51-modda O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 7-oktabrdagi O‘RQ-355-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 41-son, 543-modda)
52-modda. Bojxona organlari mansabdor shaxslarining bojxona nazoratini o‘tkazish uchun hududga va binolarga kira olishi
Bojxona organlarining mansabdor shaxslari xizmat guvohnomasi asosida bojxona nazoratidan o‘tkazilishi kerak bo‘lgan tovarlar va transport vositalari, bojxona nazorati uchun zarur bo‘lgan hujjatlar mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lgan yoxud nazorat qilish bojxona organlari zimmasiga yuklangan faoliyat amalga oshirilayotgan hudud va binolarga kira olish huquqiga ega, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida yoki xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 30-iyuldagi 374-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi to‘g‘risida”gi nizom 9-bandining o‘n birinchi xatboshisi.
53-modda. Bojxona nazoratini o‘tkazishda yordam ko‘rsatish uchun mutaxassislar va ekspertlarni jalb etish
Bojxona organlari bojxona nazoratini o‘tkazishda yordam ko‘rsatish uchun qonun hujjatlariga muvofiq mutaxassislar va ekspertlarni jalb etishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 30-iyuldagi 374-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi to‘g‘risida”gi nizom 9-bandining yigirmanchi xatboshisi.
4-bob. TOVARLARNI BOJXONA NAZORATI OSTIDA SAQLASh VA REALIZATSIYA QILISh
54-modda. Bojxona omborlari va erkin omborlar
Bojxona omborlari va erkin omborlar — tovarlarni bojxona nazorati ostida saqlashga mo‘ljallangan, maxsus ajratilgan va jihozlangan binolar yoki boshqa joylardir. Boshqa tovarlarga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan yoki alohida shart-sharoitlarda saqlanishi talab etiladigan tovarlar faqat maxsus moslashtirilgan omborlarga joylashtirilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Bojxona ombori O‘zbekiston Respublikasining yuridik shaxsi yoxud bojxona organi tomonidan ta’sis etiladi.
(54-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Erkin ombor O‘zbekiston Respublikasining yuridik shaxsi tomonidan ta’sis etiladi.
(54-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda)
Bojxona omborlari saqlash sharoitlariga ko‘ra tovarlarni vaqtincha saqlash va (yoki) bojxona ombori rejimlarida saqlash uchun mo‘ljallangan bo‘ladi.
Bojxona omborlari foydalanish mumkinligi jihatidan har qanday shaxslar foydalanishi uchun ochiq bo‘lishi hamda muayyan shaxslar, qoida tariqasida, ombor egalari foydalanishi uchun mo‘ljallangan yopiq omborlar bo‘lishi mumkin.
Bojxona omborlari va erkin omborlarni ochish tartibi hamda ularga qo‘yiladigan talablar qonun hujjatlarida belgilanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 20-noyabrdagi 523-sonli “Bojxona ombori, erkin ombor va boj olinmaydigan savdo do‘koni faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qarori, “Bojxona ombori” bojxona rejimi to‘g‘risida”gi nizom (ro‘yxat raqami 1318, 27.02.2004-y) va “Erkin ombor” bojxona rejimi to‘g‘risida”gi nizom (ro‘yxat raqami 1309, 09.02.2004-y.).
55-modda. Bojxona ombori va erkin ombor, boj olinmaydigan savdo do‘koni egalarining majburiyatlari
Bojxona omborlari va erkin omborlarning egalari quyidagilarga majburdirlar:
1) omborlarni bojxona nazoratini ta’minlash maqsadida jihozlash;
2) tovarlarning asralishini ta’minlash;
3) saqlashga qo‘yilgan tovarlar va transport vositalarini olish imkoniyatini istisno etish, bojxona nazorati bundan mustasno;
4) bojxona nazorati amalga oshirilishiga to‘sqinlik qilmaslik;
5) hisob-kitob ishlarini yuritish hamda saqlab turilgan tovarlar va transport vositalari to‘g‘risida bojxona organlariga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda hisobotlar taqdim etish;
6) litsenziya shartlariga rioya etish;
7) bojxona organlarining qonuniy talablarini bajarish va qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarni ado etish.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 20-noyabrdagi 523-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Bojxona ombori faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida”gi nizomning 31-bandi, “Erkin ombor faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida”gi nizomning 28-bandi.
Boj olinmaydigan savdo do‘konining egasi ushbu modda birinchi qismining 3, 6, 7-bandlarida nazarda tutilgan talablarga rioya etishi, shuningdek kelayotgan va sotilayotgan tovarlar hisobini yuritishi, bu tovarlar to‘g‘risida bojxona organlariga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda hisobotlar taqdim etishi shart.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 20-noyabrdagi 523-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Boj olinmaydigan savdo do‘koni faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida”gi nizomning 17-bandi.
56-modda. Bojxona omborlari va erkin omborlar egalarining omborga tovarlar va transport vositalarini joylashtiruvchi shaxslar bilan o‘zaro munosabatlari
Bojxona omborlari va erkin omborlar egalarining omborga tovarlar va transport vositalarini joylashtiruvchi shaxslar bilan o‘zaro munosabatlari shartnoma asosida quriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 20-noyabrdagi 523-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Bojxona ombori faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida”gi nizomning 33-bandi, “Erkin ombor faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida”gi nizomning 30-bandi.
Bojxona omborlarining egalari bo‘lgan bojxona organlarining bojxona omborlariga tovarlar va transport vositalarini joylashtiruvchi shaxslar bilan o‘zaro munosabatlari qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
57-modda. Bojxona ombori yoki erkin omborda turgan tovarlar bilan qilinadigan operatsiyalar
Vaqtincha saqlash rejimiga joylashtirilgan tovarlar:
ombor egasi tomonidan, tovarlarga nisbatan vakolatlarga ega bo‘lgan boshqa shaxs va ularning vakillari tomonidan ko‘zdan kechirilishi va o‘lchab chiqilishi mumkin. Bojxona organining ruxsati bilan tekshirish va qiyoslash uchun tovarlardan namunalar hamda nusxalar olinishi mumkin;
ularning o‘zgarmas holatda saqlanishini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan operatsiyalar amalga oshirilishi, shu jumladan shikastlangan o‘rovi tuzatilishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: “Vaqtincha saqlash bojxona rejimi haqida”gi nizomning (ro‘yxat raqami 447, 17.06.1998-y.) 2.10-bandi.
Bojxona ombori rejimiga joylashtirilgan tovarlar ustida ularning asralishini ta’minlash, bojxona organining ruxsati bilan sotishga va tashishga tayyorlash bo‘yicha operatsiyalar amalga oshirilishi mumkin. Operatsiyalarning ro‘yxati hamda ularni amalga oshirish tartibi qonun hujjatlarida belgilab qo‘yiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: “Bojxona ombori” bojxona rejimi to‘g‘risida”gi nizomning (ro‘yxat raqami 1318, 2004-yil 27-fevral) III bo‘limi.
Erkin omborga joylashtirilgan tovarlar bilan ishlab chiqarish va tijorat operatsiyalarini ushbu Kodeksga muvofiq amalga oshirishga yo‘l qo‘yiladi, ularni chakana sotish bundan mustasno. Ushbu tovarlar uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ayrim taqiq va cheklovlar belgilab qo‘yilishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: “Erkin ombor” bojxona rejimi to‘g‘risida”gi nizomning (ro‘yxat raqami 1309, 2004-yil 9-fevral) II bo‘limi.
Bojxona organlari ushbu Kodeks va boshqa qonun hujjatlarining qoidalariga rioya etmagan ayrim shaxslarga tovarlar bilan operatsiyalar o‘tkazishni taqiqlab qo‘yishlari va ularning tovarlardan foydalanishini rad etishlari mumkin.
58-modda. Bojxona to‘lovlarini to‘lash uchun javobgarlik
Bojxona ombori va boj olinmaydigan savdo do‘koni egalari omborda saqlanayotgan va do‘konda realizatsiya qilinayotgan tovarlar hamda transport vositalarining boj to‘lovlari to‘lanishi uchun javobgar bo‘ladilar, ushbu moddada nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Agar bojxona ombori egasi bilan tovarlar va transport vositalarini vaqtincha saqlash rejimiga joylashtiruvchi shaxs o‘rtasidagi shartnomada ushbu shaxsning boj to‘lovlarini to‘lash uchun javobgarligi nazarda tutilgan bo‘lsa, ular solidar javobgar bo‘ladilar.
Bojxona organining roziligi bilan boj to‘lovlarini to‘lash uchun javobgarlik tovarlarni bojxona ombori rejimida saqlash uchun joylashtirgan shaxs zimmasiga yuklanishi mumkin.
Agar bojxona organi bojxona omborining egasi bo‘lsa, tovarlar va transport vositalarini shu omborga joylashtirgan shaxs boj to‘lovlarini to‘lash uchun javobgar bo‘ladi, bunday shaxs bo‘lmagan taqdirda — ularning mulkdori yoki egasi hisoblanuvchi shaxs javobgar bo‘ladi.
Agar erkin omborga joylashtirilgan tovarlardan boj to‘lovlari undirilsa, to‘lovlar to‘lanishi uchun ularni omborga joylashtirgan shaxs javobgar bo‘ladi.
59-modda. Bojxona ombori va erkin omborni, boj olinmaydigan savdo do‘konini tugatish hamda ularga doir litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish
Bojxona ombori va erkin ombor, shuningdek boj olinmaydigan savdo do‘koni quyidagi hollarda tugatiladi:
egalarining xohishiga ko‘ra;
litsenziyalarning amal qilish muddati o‘tganida;
Oldingi tahrirga qarang.
litsenziyalar bekor qilinganida yoki ularning amal qilishi tugatilganida;
(59-modda birinchi qismi to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 15-dekabrdagi 175-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 23-modda)
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda.
Tugatish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran bojxona omborida yoki erkin omborda yoxud boj olinmaydigan savdo do‘konida turgan tovarlarni saqlash vaqtincha saqlash rejimiga muvofiq amalga oshiriladi.
Litsenziya bekor qilinganida tovarlar bojxona ombori yoki erkin ombor yoxud boj olinmaydigan savdo do‘koniga joylashtirilgan sanadan e’tiboran qayta bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazilishi lozim, ularning egalaridan esa, saqlab turganlik evaziga bojxona organlari tomonidan ta’sis etilgan bojxona omborlari uchun belgilangan miqdorda tovarlarning tugatilayotgan omborda yoki magazinda turgan butun davri uchun bojxona yig‘imlari undiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Litsenziya chaqirib olinganida litsenziyaning amal qilishini tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran tovarlar qayta bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazilishi lozim, ularning egalaridan esa, saqlab turganlik evaziga bojxona organlari tomonidan ta’sis etilgan bojxona omborlari uchun belgilangan bojxona yig‘imlari undirila boshlaydi.
(59-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 15-dekabrdagi 175-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 23-modda)
Bojxona ombori va erkin ombor, boj olinmaydigan savdo do‘koni tugatilganda, shuningdek bojxona ombori, boj olinmaydigan savdo do‘koniga berilgan litsenziyaning amal qilishi to‘xtatib turilganda tovarlarni saqlashga joylashtirishga hamda ularni realizatsiya qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. Bunday hollarda tovarlarni bojxona ombori va erkin ombordan, shuningdek boj olinmaydigan savdo do‘konidan chiqarish ushbu Kodeksga muvofiq amalga oshiriladi.
Erkin omborga berilgan litsenziyaning amal qilishi to‘xtatib turilganda chet el tovarlarini omborga joylashtirish boj, soliqlar to‘langan va iqtisodiy siyosat choralari qo‘llanilgan holda amalga oshiriladi, boj, soliqlardan ozod qilish yoxud ularni qaytarish esa O‘zbekiston tovarlariga nisbatan qo‘llanilmaydi.
Tugatilayotgan bojxona ombori va boj olinmaydigan savdo do‘konida bo‘lgan tovarlar va transport vositalari vaqtincha saqlash rejimida turishining umumiy muddati uni tugatish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran ikki oydan, erkin omborda esa — olti oydan oshmasligi lozim.
5-bob. TOVARLAR VA TRANSPORT VOSITALARINI BOJXONA NAZORATI OSTIDA TAShISh
60-modda. Tovarlar va transport vositalarini tashish
Bojxona nazorati ostida turgan, shu jumladan bojxona hududi orqali tranzit rejimida olib o‘tilayotgan tovarlar va transport vositalari yuk jo‘natuvchi bojxona organidan yuk kelib tushuvchi bojxona organiga ushbu tovarlar va transport vositalarini tashish uchun qabul qilgan yuk tashuvchining javobgarligi ostida tashilishi mumkin.
Yuk kelib tushuvchi bojxona organiga topshirilishi lozim bo‘lgan hujjatlar qaysi tovarlar va transport vositalariga tegishli bo‘lsa, o‘sha tovarlar va transport vositalari bilan bir xil tartibda yetkaziladi.
61-modda. Tashuvchining huquqlari va majburiyatlari
Tashuvchi quyidagi hollarda tovarlar va transport vositalarini tashish uchun qabul qilmaslikka haqli:
bojxona va transport hujjatlari belgilangan tartibni buzgan holda rasmiylashtirilgan bo‘lsa;
bojxona tomonidan transport vositasiga va tovarlar joylangan o‘rov-idishlarga qo‘yilgan ta’minlov choralari tashilayotgan tovarlarga ana shu ta’minlov choralarini buzmasdan tegish imkoniyatini istisno etmasa.
Tovarlar, transport vositalari va ularga oid hujjatlarni tashish uchun qabul qilib olgan tashuvchi:
ularni jo‘natuvchi bojxona organi tomonidan belgilangan manzilga, yo‘nalishda va muddatda, tabiiy eskirish yoxud normal tashish va saqlash sharoitlaridagi kamayish oqibatidagi o‘zgarishlarni istisno etganda, ularning o‘rov-idishlari yoki holatini o‘zgartirmasdan, eltib berishdan boshqa maqsadda foydalanmasdan yetkazib berishi;
tovarlar, transport vositalari va ularga oid hujjatlarni yuk kelib tushadigan bojxona organida ko‘rsatishi, bu organ mansabdor shaxslarining talabiga binoan esa — tovarlar va transport vositalarini amalda taqdim etishi;
bojxona nazorati ostida turgan tovarlar bilan bir vaqtda boshqa tovarlarni tashimasligi shart.
Yuk eltib beriladigan joyiga yetib kelganidan keyin tashuvchi bojxona organining ruxsatisiz tovarlar va transport vositasini to‘xtash joyida qarovsiz qoldirish, to‘xtash joyini o‘zgartirish, yo‘lovchilarni tushirish,tovarlar bilan biron-bir ortish-tushirish va o‘rash-joylash operatsiyalarini o‘tkazish, qiyoslash vositalarini o‘zgartirish, olib tashlash yoki yo‘q qilish huquqiga ega emas.
Agar tashuvchi, yo‘lovchilarning va transport vositasi ekipajining hayoti hamda sog‘lig‘i chinakam xavf ostida qolganligini, tovarlar va transport vositasining yo‘q qilinishi, qaytarib bo‘lmaydigan tarzda qo‘ldan ketishi yoki jiddiy buzilishi xavfi mavjud bo‘lganligini isbotlasa, ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismlaridagi talablarni buzganlik uchun javobgarlik yuzaga kelmaydi. Ko‘rsatilgan talablar buzilishiga sabab bo‘lgan holatlar to‘g‘risida tashuvchi darhol bojxona organini xabardor qilishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Agar tashuvchi yoxud uning transport vositasi ushbu Kodeksning talablariga rioya etilishini kafolatlay olmasa, bojxona organi transport vositasi faqat tegishlicha jihozlangan yoki bojxona kuzatuviga olingan yoxud bojxona to‘lovlari to‘lanishini ta’minlovchi garov summalari kiritilgan yoki tovarlar bojxona tashuvchisi tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tashilgan taqdirdagina tovarlarning bojxona nazorati ostida olib o‘tilishiga yo‘l qo‘yishga haqli.
(61-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 20-maydagi 239-sonli “O‘zbekiston Respublikasi hududida tashilayotgan tovarlarni bojxona tomonidan nazorat qilishni kuchaytirish to‘g‘risida”gi qarori, “Avtomobil yo‘llari orqali tashiladigan tovarlarning bojxona kuzatuvi tartibi to‘g‘risida”gi nizom (ro‘yxat raqami 1278, 27.09.2003-y.), “Tovarlarni avtomobil transportida bojxona nazorati ostida yetkazish qoidalari” (ro‘yxat raqami 875, 19.01.2000-y.).
Ayrim toifadagi tovarlarni tashuvchilar uchun qonun hujjatlarida boshqacha talablar belgilanishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 16-fevraldagi 35-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida xavfli yuklarni avtomobil transportida tashish qoidalari”.
62-modda. Tashuvchining javobgarligi
O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali olib o‘tilayotgan tovarlar va transport vositalarining but saqlanishi uchun tashuvchi javobgar bo‘ladi.
Tovarlar bojxona organining ruxsatisiz berib yuborilgan, yo‘qotilgan yoki yuk kelib tushadigan bojxona organiga eltib berilmagan taqdirda, tashuvchi, tegishli ravishda erkin muomalaga yoki eksportga chiqarish rejimlarida to‘lanishi lozim bo‘lgan boj to‘lovlarini to‘lashi shart, tovarlar halokat yoki yengib bo‘lmas kuch ta’siri oqibatida yo‘q bo‘lgan yoxud qaytarib bo‘lmaydigan tarzda qo‘ldan ketgan, yoxud kamomad tabiiy eskirish yoki normal tashish va saqlash sharoitida kamayish tufayli yuzaga kelgan yoxud organlar yoki mansabdor shaxslarning qonunga xilof xatti-harakatlari natijasida egalikdan chiqib ketgan hollar bundan mustasno. O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida ro‘y bergan bunday hollar O‘zbekiston Respublikasining diplomatiya vakolatxonalari yoki konsullik muassasalari tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlanishi lozim.
63-modda. Falokat yuz bergan yoki yengib bo‘lmas kuch ta’sir etgan taqdirda ko‘riladigan chora-tadbirlar
Falokat yuz bergan yoki yengib bo‘lmas kuch ta’sir etgan taqdirda tashilayotgan tovarlar transport vositasidan tushirilishi mumkin. Bu holda tashuvchi tovarlarning but saqlanishini ta’minlash va ulardan biron-bir tarzda foydalanilishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun zarur choralarni ko‘rishi, ishning holatlarini, tovarlar va transport vositalarining qayerda ekanligini eng yaqin bojxona organiga darhol xabar qilishi, tovarlarning eng yaqin bojxona organiga tashib keltirilishini yoki bojxona organining mansabdor shaxslari tovarlar turgan joyga olib kelinishini ta’minlashi shart.
Bojxona organi bunday hollarda bojxona nazoratini ta’minlash uchun ko‘riladigan chora-tadbirlarni belgilaydi.
Ushbu moddada nazarda tutilgan chora-tadbirlar ko‘rilishi munosabati bilan tashuvchining qilgan xarajatlari bojxona organi tomonidan qoplanmaydi.
Ushbu modda qoidalari ushbu Kodeks 84-moddasining uchinchi qismida ko‘rsatilgan dengiz, daryo yoki havo kemalari O‘zbekiston Respublikasi hududida noiloj to‘xtash yoki qo‘nishga majbur bo‘lgan hollarda ham qo‘llaniladi.
64-modda. Bojxona tashuvchisi
Bojxona tashuvchisi tovarlar tashishni bojxona kuzatuvini qo‘llamagan va bojxona to‘lovlari to‘lanishini ta’minlovchi garov summalarini kiritmagan holda bojxona nazorati ostida amalga oshiruvchi O‘zbekiston Respublikasining yuridik shaxsidir.
Bojxona tashuvchisi ushbu Kodeks asosida tashuvchiga nisbatan qo‘yiladigan talablarga rioya etishi, shuningdek:
bojxona tashuvchisini ro‘yxatga olgan bojxona organining faoliyat zonasidagi bojxona rasmiylashtiruvi joyiga juda bo‘lmaganda bitta transport vositasi 24 soat ichida yetib kelishini ta’minlay oladigan zarur miqdordagi maxsus jihozlangan transport vositalariga ega bo‘lishi;
ushbu Kodeks 62-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollarda fuqarolik javobgarligini sug‘urtalash haqida shartnoma tuzishi;
bojxona nazorati ostida tashishlarning hisobini yuritishi shart.
(64-moddaning ikkinchi qismi to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi O‘RQ-352-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
Bojxona tashuvchisining tovarlarni jo‘natuvchi bilan o‘zaro munosabatlari shartnoma asosida yo‘lga qo‘yiladi.
Yuridik shaxslarning bojxona tashuvchisi sifatidagi faoliyati ustidan nazorat olib borish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan belgilanadi.
(64-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda)
6-bob. AMALGA OShIRILIShINI NAZORAT QILISh BOJXONA ORGANLARIGA YuKLATILGAN FAOLIYAT TURLARI BILAN ShUG‘ULLANISh HUQUQINI BERUVChI RUXSATNOMALAR
65-modda. Bojxona organining litsenziyasi
Oldingi tahrirga qarang.
Bojxona organi O‘zbekiston Respublikasining yuridik shaxslariga bojxona ombori, boj olinmaydigan savdo do‘koni, erkin omborni ta’sis etish uchun besh yil muddatga litsenziya beradi.
(65-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 4-apreldagi O‘RQ-28-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 14-son, 110-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2001-yil 12-maydagi 222-II-son “Amalga oshirilishi uchun litsenziyalar talab qilinadigan faoliyat turlarining ro‘yxati to‘g‘risida”gi qarori.
Agar bojxona ombori bojxona organlari tomonidan ta’sis etilsa, litsenziya olish talab qilinmaydi.
Bojxona ombori, boj olinmaydigan savdo do‘koni, erkin omborni ta’sis etish uchun berilgan litsenziya bojxona organi yoki sud tomonidan bekor qilinishi, uning amal qilishi esa to‘xtatib turilishi yoki tugatilishi mumkin.
Bojxona ombori, boj olinmaydigan savdo do‘koni, erkin omborni ta’sis etish uchun litsenziya berish, uni qayta rasmiylashtirish, litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish, amal qilishini to‘xtatib turish va tugatish, shuningdek litsenziyani bekor qilish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(65-modda O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(66-modda O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-son Qonuniga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(67-modda O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-son Qonuniga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(68-modda O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-son Qonuniga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 20-noyabrdagi 523-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Bojxona ombori faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida”gi nizom, “Erkin ombor faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida”gi nizom, “Boj olinmaydigan savdo do‘koni faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida”gi nizom.
69-modda. Litsenziyani bekor qilish
Agar litsenziya belgilangan tartibni buzgan holda yoki litsenziya to‘liq bo‘lmagan yoxud noto‘g‘ri ma’lumotlar asosida berilgan bo‘lib, ular litsenziya berish to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan bo‘lsa, litsenziya sud tomonidan, boshqa hollarda esa bojxona organi qarori asosida bekor qilinadi. Litsenziyani bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, litsenziya u berilgan sanadan e’tiboran bekor qilingan deb hisoblanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi Qonunining 24-moddasi.
Bojxona organining litsenziyani bekor qilish to‘g‘risidagi qarori litsenziatga yozma shaklda, qaror qabul qilingan kundan e’tiboran uch kundan kechiktirmay yetkaziladi. Litsenziyani bekor qilish to‘g‘risidagi sud qarori litsenziatga va bojxona organiga qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda yetkaziladi. Litsenziat litsenziyani bekor qilish to‘g‘risidagi qarorni olgan kundan e’tiboran o‘n kun ichida litsenziya bojxona organiga qaytarilishi va yo‘q qilinishi kerak.
(69-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi O‘RQ-59-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 41-son, 405-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 20-noyabrdagi 523-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Bojxona ombori faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida”gi nizomning 64, 65, 66 va 68-bandlari, “Erkin ombor faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida”gi nizomning 59 — 62, 64-bandlari, “Boj olinmaydigan savdo do‘koni faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida”gi nizomning 51-bandi.
70-modda. Litsenziyaning amal qilishini tugatish
Litsenziyaning amal qilishi quyidagi hollarda tugatilishi mumkin:
litsenziat litsenziyaning amal qilishini tugatish to‘g‘risida ariza bilan murojaat qilganda;
yuridik shaxs tugatilganda u tugatilgan paytdan e’tiboran yoki uning faoliyati qayta tashkil etish natijasida tugatilganda esa, qayta tashkil etilgan paytdan e’tiboran, uning o‘zgartirilishi bundan mustasno;
yakka tartibdagi tadbirkor davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishi tugatilganda;
yakka tartibdagi tadbirkorning muomala layoqati belgilangan tartibda cheklanganda yoki u muomalaga layoqatsiz deb topilganda;
litsenziat litsenziya talablari va shartlarini muntazam ravishda yoki bir marotaba qo‘pol ravishda buzganda;
litsenziat litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turishga olib kelgan holatlarni sud yoki bojxona organi belgilagan muddatda bartaraf etmaganda;
bojxona organining litsenziya berish to‘g‘risidagi qarorining g‘ayriqonuniyligi aniqlanganda;
litsenziyaning amal qilish muddati tugaganda.
Litsenziyaning amal qilishini tugatish ushbu modda birinchi qismining oltinchi, yettinchi va sakkizinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda sud qaroriga, boshqa hollarda esa, bojxona organining qaroriga binoan amalga oshiriladi.
Bojxona organining litsenziyaning amal qilishini tugatish to‘g‘risidagi qarori litsenziatga yozma shaklda, qaror qabul qilingan kundan e’tiboran uch kundan kechiktirmay yetkaziladi. Litsenziyaning amal qilishini tugatish to‘g‘risidagi sud qarori litsenziatga va bojxona organiga qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda yetkaziladi. Litsenziat litsenziyaning amal qilishini tugatish to‘g‘risidagi qarorni olgan kundan e’tiboran o‘n kun ichida litsenziya bojxona organiga qaytarilishi va yo‘q qilinishi kerak.
Litsenziyaning amal qilishini tugatish to‘g‘risidagi ma’lumot ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinishi kerak.
Litsenziyaning amal qilishi uning amal qilishini tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran tugatiladi.
Bojxona organining litsenziyaning amal qilishini tugatish to‘g‘risidagi qarori ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Litsenziya amal qilishining tugatilishi sud tomonidan asossiz deb topilgan taqdirda, bojxona organi litsenziat oldida unga yetkazilgan zarar miqdorida javobgar bo‘ladi.
(70-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi O‘RQ-59-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 41-son, 405-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi Qonunining 23-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 20-noyabrdagi 523-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Bojxona ombori faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida”gi nizomning 63, 64, 65, 68-bandlari, “Erkin ombor faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida”gi nizomning 59, 60, 61, 64-bandlari, “Boj olinmaydigan savdo do‘koni faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida”gi nizomning 50-bandi.
71-modda. Litseziyaning amal qilishini to‘xtatib turish
Litsenziyaning amal qilishi quyidagi hollarda to‘xtatib turilishi mumkin:
litsenziat litsenziya talablari va shartlarini buzganligi aniqlanganda;
bojxona organining aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish majburiyatini litsenziat zimmasiga yuklovchi qarorlari litsenziat tomonidan bajarilmaganda.
Litsenziyaning amal qilishini o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lgan muddatga to‘xtatib turish sud qaroriga, litsenziyaning amal qilishini o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatga to‘xtatib turish hollarida esa, bojxona organi qaroriga binoan amalga oshiriladi.
Bojxona organining litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qarori litsenziatga yozma shaklda, qaror qabul qilingan kundan e’tiboran uch kundan kechiktirmay yetkaziladi. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi sud qarori litsenziatga va bojxona organiga qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda yetkaziladi.
Bojxona organi yoki sud litsenziat litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turishga olib kelgan holatlarni bartaraf etishi uchun muddat belgilashi shart. Bunda litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turishga olib kelgan holatlarni bartaraf etishi uchun sud qarorida belgilangan muddat olti oydan ko‘p bo‘lishi mumkin emas.
Litsenziat litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turishga olib kelgan holatlarni bartaraf etgan taqdirda, litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risida qaror qabul qilgan bojxona organi yoki sud ko‘rsatilgan holatlar bartaraf etilganligi to‘g‘risidagi tasdiqnomani olgan kundan e’tiboran litsenziyaning amal qilishini tiklash to‘g‘risida o‘n kun muddat ichida qaror qabul qilishi shart”;
(71-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi O‘RQ-59-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 41-son, 405-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi Qonunining 22-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 20-noyabrdagi 523-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Bojxona ombori faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida”gi nizom, “Erkin ombor faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida”gi nizom, “Boj olinmaydigan savdo do‘koni faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida”gi nizom.
72-modda. Qaytadan litsenziya berish
Oldingi tahrirga qarang.
Litsenziya berish to‘g‘risidagi takroriy ariza litsenziyani bekor qilish yoki litsenziyaning amal qilishini tugatish to‘g‘risida qaror chiqarilgan kundan e’tiboran ikki yil o‘tganidan keyin buning uchun asos bo‘lgan sabablar bartaraf etilgan taqdirda ko‘rib chiqilishi mumkin.
(72-modda O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 15-dekabrdagi 175-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 23-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 20-noyabrdagi 523-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Bojxona ombori faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida”gi nizom, “Erkin ombor faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida”gi nizom, “Boj olinmaydigan savdo do‘koni faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida”gi nizom.
73-modda. Bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha mutaxassisning malaka attestati
Bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha mutaxassisning malaka attestati besh yilga beriladi.
Bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha mutaxassisning malaka attestati bojxona organi tomonidan bekor qilinishi yoki uning amal qilishi to‘xtatib turilishi yoxud tugatilishi mumkin.
Bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha mutaxassisning malaka attestati, agar bunday attestat belgilangan tartibni buzgan holda berilgan bo‘lsa yoki attestat uni berish to‘g‘risidagi qarorning qabul qilinishida muhim ahamiyat kasb etgan, biroq to‘liq bo‘lmagan yoxud noto‘g‘ri ma’lumotlar asosida berilgan bo‘lsa, bekor qilinadi. Bekor qilish to‘g‘risidagi qaror malaka attestati berilgan sanadan e’tiboran amal qiladi.
Bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha mutaxassisning malaka attestati amal qilishi bojxona organi tomonidan:
bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha mutaxassisga nisbatan bojxona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik to‘g‘risida qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi mavjud bo‘lgan taqdirda olti oygacha bo‘lgan muddatga;
bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha mutaxassis o‘z majburiyatlarini insof bilan bajarganligiga shubha qilish uchun yetarli asoslar bo‘lgan taqdirda ikki oygacha bo‘lgan muddatga to‘xtatib turilishi mumkin.
Bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha mutaxassisning malaka attestati amal qilishi quyidagi hollarda ham to‘xtatib turiladi:
bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha mutaxassis sifatida foydalanish uchun u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinganda;
bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha mutaxassis bilan mehnat shartnomasi tuzgan bojxona brokeri tomonidan bojxona brokeri sifatida faoliyat yuritish shartlariga rioya etilmaganda;
bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha mutaxassis bilan mehnat shartnomasi tuzgan yuridik shaxs tugatilgan yoki qayta tashkil etilganda.
Bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha mutaxassisning malaka attestati amal qilishi to‘xtatib turilishiga sabab bo‘lgan holatlar bartaraf etilgan taqdirda malaka attestatining amal qilishini to‘xtatib turgan bojxona organi mazkur holatlar bartaraf etilganligi to‘g‘risida tasdiq olingan kundan e’tiboran uch kunlik muddat ichida attestatning amal qilishini tiklash to‘g‘risida qaror qabul qilishi shart.
Bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha mutaxassisning malaka attestati amal qilishi quyidagi hollarda tugatiladi:
bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha mutaxassis o‘zining malaka attestati amal qilishini tugatish to‘g‘risida ariza bilan murojaat qilganda;
bojxona organi tomonidan belgilangan muddat ichida bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha mutaxassisning malaka attestati amal qilishi to‘xtatib turilishiga sabab bo‘lgan holatlar bartaraf etilmaganda;
bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha mutaxassis ushbu Kodeksning 164, 167 va 168-moddalarida javobgarlik belgilangan bojxona haqidagi qonun hujjatlarini bir necha bor buzganda;
(73-moddaning yettinchi qismi to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 7-oktabrdagi O‘RQ-355-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 41-son, 543-modda)
bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha mutaxassis O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 182, 184 va 246-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarni buzganlik uchun javobgarlikka tortilganda;
(73-moddaning yettinchi qismi beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 7-oktabrdagi O‘RQ-355-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 41-son, 543-modda)
bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha mutaxassisning malaka attestati amal qilishi muddati tugaganda.
Bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha mutaxassisning malaka attestati amal qilishini tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran bunday attestatning amal qilishi tugatiladi.
Sudning qaroriga binoan ham bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha mutaxassisning malaka attestati bekor qilinishi yoki uning amal qilishi tugatilishi mumkin.
Malaka attestati berish to‘g‘risidagi takroriy ariza malaka attestati bekor qilingan, uning amal qilishi tugatilgan kundan e’tiboran olti oy o‘tganidan keyin, buning uchun asos bo‘lgan sabablar bartaraf etilgan taqdirda yoki sud belgilagan muddat o‘tganidan keyin ko‘rib chiqilishi mumkin.
Bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha mutaxassisning malaka attestatini berish, attestatni bekor qilish, uning amal qilishini to‘xtatib turish yoki tugatish tartibi, shuningdek bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha mutaxassislarga qo‘yiladigan talablar qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
(73-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(74-modda O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-son Qonuniga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: “Bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha mutaxassis to‘g‘risida”gi nizomning (ro‘yxat raqami 1272, 15.09.2003-y.) III bo‘limi.
IV BO‘LIM. BOJXONA RASMIYLAShTIRUVI
7-bob. UMUMIY QOIDALAR
75-modda. Bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish joyi va vaqti
Bojxona rasmiylashtiruvi bojxona organi faoliyat ko‘rsatadigan zonadagi shu maqsad uchun ajratilgan, tovarlarni jo‘natuvchi yoki oluvchi yoxud ularning tarkibiy bo‘linmasi joylashgan yerlarda bojxona organining ish vaqtida amalga oshiriladi.
Manfaatdor shaxsning yozma iltimosnomasiga binoan uning hisobidan va bojxona organining roziligi bilan bojxona rasmiylashtiruvi boshqa joylarda va bojxona organining ish vaqtidan tashqari vaqtda amalga oshirilishi mumkin.
Bojxona organlari joylashgan yerlarda emas, bevosita o‘z hududlarida yoki binolarida bojxona rasmiylashtiruvini o‘tkazishdan manfaatdor bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar bu organlarga xizmat va maishiy binolarini, uskunalar hamda aloqa vositalarini bepul berib qo‘yadilar.
76-modda. Bojxona rasmiylashtiruvi muddati
Tovarlar va transport vositalarining bojxona rasmiylashtiruvi bojxona deklaratsiyasi qabul qilingan hamda barcha zarur hujjatlar va ma’lumotlar taqdim etilgan paytdan boshlab uch ish kuni ichida bojxona organi tomonidan amalga oshiriladi. Mazkur muddat boshqa davlat organlari tomonidan tovarlar va transport vositalari nazoratini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan vaqtni o‘z ichiga olmaydi.
(76-modda O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-345-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 1-son, 1-modda)
77-modda. Bojxona rasmiylashtiruvi vaqtida vakolatli shaxslarning hozir bo‘lishi
Bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan tovarlar va transport vositalariga nisbatan vakolatlarga ega bo‘lgan shaxslar bojxona rasmiylashtiruvi vaqtida ishtirok etishga haqlidir, bojxona organi mansabdor shaxslarining talabiga binoan esa, bojxona rasmiylashtiruvi vaqtida hozir bo‘lishlari va rasmiylashtirishni amalga oshirishda ularga zarur yordam ko‘rsatishlari shart.
78-modda. Tovarlar va transport vositalari bilan bojxona rasmiylashtiruvi uchun zarur bo‘lgan operatsiyalarni o‘tkazish
Bojxona chegarasi orqali tovarlar olib o‘tuvchi shaxs, tashuvchi, ombor egasi yoki tovarlar va transport vositalariga nisbatan vakolatlarga ega bo‘lgan boshqa shaxs bojxona organining talabiga binoan bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan tovarlarni transportda tashish, tortishni yoki ularning miqdorini boshqacha tarzda aniqlashni, ortish, tushirish, qayta ortish, buzilgan o‘rovlarni tuzatish, o‘rovlarni ochish, tovarlar va transport vositalarini o‘rash yoki qayta o‘rashni, shuningdek bunday tovarlar va transport vositalari turishi mumkin bo‘lgan binolar, idishlar va boshqa joylarni ochishni o‘z hisobidan amalga oshirishi shart.
Agar tovarlar va transport vositalariga nisbatan bojxona rasmiylashtiruvi tugallanmagan bo‘lsa, ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan operatsiyalar bojxona organining ruxsati bilan amalga oshiriladi.
79-modda. Bojxona rasmiylashtiruvini o‘tkazish uchun namunalar va nusxalar olish
Bojxona rasmiylashtiruvini o‘tkazish uchun bojxona organlari, ularning ruxsati bilan esa tovarlarga nisbatan vakolatlarga ega bo‘lgan shaxslar va davlat nazoratini amalga oshiruvchi boshqa organlar bojxona nazorati ostida turgan tovarlardan ularni tekshirish (ekspertiza qilish) uchun namunalar va nusxalar olishga haqlidirlar.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining 5-moddasi.
Tovarlarga nisbatan vakolatlarga ega bo‘lgan shaxslar namunalar va nusxalar olish vaqtida hozir bo‘ladilar va bojxona organlarining mansabdor shaxslariga yordam ko‘rsatadilar, shuningdek namunalar va nusxalarni tekshirish natijalari bilan tanishadilar.
Tovarlarga nisbatan vakolatlarga ega bo‘lgan shaxsning tashabbusi bilan bojxona organlari tomonidan tovarlardan namunalar va nusxalar olish, shuningdek namunalar va nusxalarni tekshirish natijasida yuzaga kelgan xarajatlarni ana shu shaxs to‘laydi.
Namunalar va nusxalar olish tartibi, ularni tekshirish va tasarruf etish muddatlari, shuningdek tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: “O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan o‘tkazilayotgan tovarlarning namunalari va nusxalari bilan bojxona organlari tizimida muomala qilish tartibi to‘g‘risida”gi yo‘riqnoma (ro‘yxat raqami 1269, 29.08.2003-y.).
80-modda. Bojxona rasmiylashtiruvi va davlatning boshqa organlari nazorati
Bojxona chegarasi orqali olib o‘tiladigan tovarlar va transport vositalarining bojxona rasmiylashtiruvi veterinariya, fitosanitariya, ekologiya nazorati va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda davlat nazoratining boshqa turlari amalga oshirilganidan keyin tugaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “O‘simliklar karantini to‘g‘risida”gi Qonunining 11, 12-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 23-martdagi 131-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi tartibi to‘g‘risida”gi nizomning III bo‘limi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 19-apreldagi 151-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan mahsulotlarni ekologik sertifikatsiyadan o‘tkazish va ekologik xavfli mahsulotlar hamda chiqindilarni uning hududiga olib kirish va uning hududidan olib chiqishni boshqarish tartibi”, “Davlat veterinariya nazorati ostidagi yuklarni eksporti, importi hamda tranzitida veterinariya hujjatlarini rasmiylashtirish va ularni tashish qoidalari” (ro‘yxat raqami 1302, 22.01.2004-y.), “O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktlarida meditsina (sanitariya) nazorati to‘g‘risida”gi nizom (ro‘yxat raqami 927, 22.05.2000-y.), “Erkin ombor” bojxona rejimi to‘g‘risida”gi nizomning (ro‘yxat raqami 1309, 09.02.2004-y.) 8-bandi.
81-modda. Bojxona rasmiylashtiruvining soddalashtirilgan tartibi
Tabiiy ofatlar, falokatlar, halokatlar yuz berganda zarur bo‘ladigan tovarlarni, tirik hayvonlar, tez buziladigan tovarlar, radioaktiv materiallar, ommaviy axborot uchun zarur xabarlar va boshqa materiallarni, O‘zbekiston Respublikasining qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatining oliy organlari nomiga yuborilayotgan tovarlarni, shuningdek insonparvarlik yordami sifatida yuborilayotgan tovarlarni va boshqa shunga o‘xshash tovarlarni O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali olib o‘tishda ularning bojxona rasmiylashtiruvi soddalashtirilgan tartibda va birinchi o‘rinda amalga oshiriladi.
Erkin bojxona zonalari va erkin omborlarga olib kirilayotgan, shuningdek ularning hududidan olib chiqilayotgan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi soddalashtirilgan tartibda amalga oshirilishi mumkin.
Bojxona rasmiylashtiruvining soddalashtirilgan tartibini qo‘llanish shartlari qonun hujjatlarida belgilanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1995-yil 2-iyundagi PF-1162-sonli “Buyuk ipak yo‘lini qayta tiklashda O‘zbekiston Respublikasining ishtirokini avj oldirish va respublikada xalqaro turizmni rivojlantirish borasidagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 23-maydagi 172-son “Elektr energiyasini deklaratsiyalashni soddalashtirish to‘g‘risida”gi qarori.
82-modda. Bojxona rasmiylashtiruvi tugallanmagan tovarlar va transport vositalaridan foydalanish hamda ularni tasarruf etish
Bojxona rasmiylashtiruvi tugallanmagan tovarlar va transport vositalaridan foydalanishga hamda ularni tasarruf etishga yo‘l qo‘yilmaydi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 2278-moddasi.
8-bob. DASTLABKI OPERATSIYALAR
83-modda. Bojxona rasmiylashtiruvi boshlanishidan oldingi harakatlar
Bojxona rasmiylashtiruvi boshlangunga va tovarlar hamda transport vositalari muayyan bojxona rejimiga joylashtirilgunga qadar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda dastlabki operatsiyalar o‘tkaziladi.
84-modda. Bojxona chegarasini kesib o‘tish to‘g‘risida yoki tovarlar va transport vositalarini bojxona hududidan tashqariga olib chiqish niyati to‘g‘risida bojxona organlarini xabardor qilish
Bojxona hududiga tovarlar va transport vositalarini olib kirishda, shu jumladan erkin bojxona zonalari va erkin omborlar hududidan tovarlar va transport vositalarini olib kirishda tashuvchi bojxona chegarasini kesib o‘tish to‘g‘risida bojxona organini xabardor qiladi.
Tovarlar va transport vositalari bojxona hududidan tashqariga olib chiqilayotganda tovarlar va transport vositalarini olib o‘tuvchi shaxs bu tovarlar va transport vositalarini olib chiqish niyati to‘g‘risida bojxona organlarini oldindan xabardor qiladi. Bojxona organi xabarnomani qayd etadi va bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish uchun tovarlar hamda transport vositalari keltirilishi lozim bo‘lgan vaqt va joyni tayin qiladi. Agar tovarlarni olib o‘tuvchi shaxs ushbu xabarni yetkazmasa, bu vazifa tashuvchi zimmasiga yuklatiladi.
Ushbu moddaning talablari O‘zbekiston Respublikasining hududida joylashgan port yoki aeroportda to‘xtamay bojxona hududini kesib o‘tadigan dengiz, daryo va havo kemalariga nisbatan qo‘llanilmaydi.
85-modda. Tovarlar, transport vositalari va ularga tegishli hujjatlarni bojxona organi belgilaydigan joyga keltirish
84-moddada nazarda tutilgan xabarnoma berilganidan keyin tashuvchi ushbu Kodeksning talablariga rioya etgan holda tovarlar, transport vositalari va ularga tegishli hujjatlarni bojxona organi belgilagan joyga yetkazib keltirishi va kelganidan keyin shu joyda turishi shart.
86-modda. Etib kelganlik to‘g‘risida xabar berish hamda tovarlar va transport vositalarini yetkazib keltirilgan joyda ko‘rsatish
Tovarlar va transport vositalari yetkazib keltirilgan joyda bojxona organiga ko‘rsatiladi, ularga tegishli hujjatlar esa, topshiriladi. Ko‘rsatish tovarlar va transport vositalari keltirilganidan keyin kechi bilan 30 minut ichida, tovarlar va transport vositalari bojxona organining ish vaqtidan tashqari paytda yetkazib keltirilgan taqdirda, bojxona organining ish vaqti boshlanganidan keyin ko‘pi bilan 30 minut ichida ular keltirilganligi haqida xabar qilishdan iboratdir.
Bojxona organining talabiga binoan ko‘rsatilgan tovarlar va transport vositalari amalda ana shu organga taqdim etiladi.
Tovarlar ko‘rsatilganidan keyin tovarlarga nisbatan vakolatlarga ega bo‘lgan shaxslar tovarlarni bojxona rejimiga joylashtirish maqsadida bojxona organining ruxsati bilan ulardan namunalar va nusxalar olishlari mumkin.
Tayin qilingan joyga bojxona organining ish vaqtidan tashqari paytda keltirilgan tovarlar va transport vositalari bojxona nazorati zonasida joylashtiriladi.
Ushbu moddaning talablarida nazarda tutilgan harakatlar yoki holatlar oqibatida vujudga kelgan xarajatlar tashuvchining o‘z hisobiga yoziladi va bojxona organlari tomonidan qoplanmaydi.
87-modda. Qisqa deklaratsiya
Tovarlar va transport vositalari muayyan bojxona rejimiga joylashtirilguniga qadar qisqa deklaratsiya qo‘llanilishi mumkin.
Bojxona organining ruxsati bilan qisqa deklaratsiya sifatida transport, tijorat hujjatlari va boshqa hujjatlardan, shu jumladan xalqaro tashishlarni amalga oshirish chog‘ida qo‘llaniladigan, chet tillarda tuzilgan hujjatlardan foydalanilishi mumkin.
Qisqa deklaratsiya tashuvchi tomonidan tovarlar va transport vositalarini ko‘rsatish bilan bir vaqtda yoki bojxona organining ruxsati bilan tovarlar va transport vositalari ko‘rsatilganidan keyin yigirma to‘rt soat ichida topshiriladi.
Agar tovarlar ko‘rsatilgan muddat ichida muayyan bojxona rejimiga joylashtirilsa, qisqa deklaratsiya topshirilmaydi.
Tashuvchi tomonidan qisqa deklaratsiya topshirish vakolati berilgan shaxs bo‘lmasa, kapitan, haydovchi yoki transport vositasini boshqaruvchi boshqa shaxs bojxona organlari uchun shunday shaxs deb hisoblanadi.
Tashuvchining vakili qisqa deklaratsiyani rasmiylashtirishda bojxona organlariga yordam ko‘rsatishi shart.
Qisqa deklaratsiyaning shakli va unda ko‘rsatilishi lozim bo‘lgan ma’lumotlarning ro‘yxati va uni berish tartibi bojxona organlari tomonidan belgilanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: “Import qilinadigan tovarlarni bojxonada rasmiylashtirishda davriy bojxona deklaratsiyasini taqdim etish tartibi to‘g‘risida”gi nizom (ro‘yxat raqami 2419, 30.01.2013-y.).
88-modda. Dastlabki operatsiyalar paytida bojxona organlari oldidagi javobgarlik
Olib kirilgan tovarlar va transport vositalari muayyan bojxona rejimiga joylashtirilguniga qadar ular uchun, shu jumladan boj to‘lovlari to‘lanishi uchun bojxona organlari oldida tashuvchi javobgar bo‘ladi, ushbu Kodeks 84-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan hol bundan mustasno.
9-bob. DEKLARATSIYALASh
89-modda. Tovarlar va transport vositalarini deklaratsiyalash
O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan olib o‘tilayotgan yoki bojxona rejimi o‘zgartirilayotgan tovarlar va transport vositalari, shuningdek boshqa tovarlar va transport vositalari uchun qonun hujjatlarida belgilangan hollarda bojxona organiga deklaratsiya topshirilishi lozim.
 LexUZ sharhi
Qarang: “Bojxona yuk deklaratsiyasini to‘ldirish tartibi to‘g‘risida”gi yo‘riqnoma (ro‘yxat raqami 834, 03.11.1999-y.), “Bojxona chegarasidan olib o‘tilayotgan avtotransport vositalarini bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizom (ro‘yxat raqami 2156, 19.11.2010-y.).
90-modda. Deklaratsiyalash shakllari
Deklaratsiyalash tovarlar va transport vositalari to‘g‘risidagi, ular joylashtiriladigan bojxona rejimlari haqidagi aniq ma’lumotlarni, bojxona maqsadlari uchun zarur bo‘lgan boshqa ma’lumotlarni belgilangan shaklda (yozma, og‘zaki, elektron) bayon etish orqali amalga oshiriladi.
(90-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi O‘RQ-352-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
Deklaratsiyalashning shakli va tartibi, shuningdek bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatiladigan ma’lumotlarning ro‘yxati qonun hujjatlarida belgilanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: “Bojxona yuk deklaratsiyasini to‘ldirish tartibi to‘g‘risida”gi yo‘riqnomaga (ro‘yxat raqami 834, 03.11.1999-y.).
91-modda. Deklaratsiyalash joyi
Tovarlar uchun bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazilayotgan bojxona organiga deklaratsiya topshiriladi.
Tovarlar tashiydigan transport vositalari tovarlar bilan bir vaqtda deklaratsiyalanadi.
Yuksiz transport vositalari va yo‘lovchilar tashiyotgan transport vositalari O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasini kesib o‘tish vaqtida deklaratsiyalanadi.
Dengiz, daryo va havo kemalari o‘zi yetib kelgan O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududidagi port yoki aeroportda yoxud o‘zi jo‘nab ketgan O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududidagi port yoki aeroportda deklaratsiyalanadi.
92-modda. Bojxona deklaratsiyasini topshirish muddatlari
Bojxona deklaratsiyasi bojxona organlari tomonidan belgilangan muddatlarda topshiriladi. Bu muddatlar tovarlar va transport vositalari ko‘rsatilgan kundan e’tiboran o‘n besh kundan oshmasligi lozim.
Jismoniy shaxslar tomonidan notijorat maqsadlardagi tovarlarni qo‘l yuki va bagaj holida bojxona chegarasidan olib o‘tishda bojxona deklaratsiyasi tovarlarni ko‘rsatish bilan bir vaqtda topshiriladi.
Bojxona hududiga kirib kelayotgan transport vositalari O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasini kesib o‘tganidan keyin ko‘pi bilan uch soat, bojxona hududidan chiqib ketayotgan transport vositalari esa O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasini kesib o‘tishiga ko‘pi bilan uch soat qolganida deklaratsiyalanadi.
Ushbu moddada ko‘rsatilgan muddatlar bojxona organlari belgilaydigan tartibda va shartlarda uzaytirilishi mumkin.
93-modda. Bojxona deklaratsiyasini qabul qilish
Bojxona organi bojxona deklaratsiyasini qabul qilishni rad etishga haqli emas.
Bojxona deklaratsiyasi qabul qilinganligi rasmiylashtirilgan paytdan boshlab u yuridik ahamiyatga molik faktlardan dalolat beruvchi hujjatga aylanadi.
94-modda. Bojxona rasmiylashtiruvi uchun zarur bo‘lgan hujjatlar va qo‘shimcha ma’lumotlar
Bojxona deklaratsiyasini taqdim etish bilan bir vaqtda bojxona organiga boshqa zarur hujjatlar ham topshiriladi. Bojxona organi bojxona deklaratsiyasi va taqdim etilgan hujjatlarda bayon etilgan ma’lumotlarni tekshirish uchun qo‘shimcha ma’lumotlarni so‘rab olishga haqli. Ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlar va qo‘shimcha ma’lumotlar ro‘yxati qonun hujjatlarida belgilanadi.
Bojxona organi yetishmayotgan hujjatlar va ma’lumotlarni taqdim etish muddatlarini belgilashga haqli.
 LexUZ sharhi
Qarang: “Bojxona yuk deklaratsiyasini to‘ldirish tartibi to‘g‘risida”gi yo‘riqnoma (ro‘yxat raqami 834, 03.11.1999-y.).
Bojxona organiga xalqaro tashishlarda qo‘llaniladigan chet tillarda tuzilgan hujjatlar taqdim etilishi mumkin.
(94-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi O‘RQ-352-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
95-modda. Bojxona deklaratsiyasini o‘zgartirish, to‘ldirish va qaytarib olish
Bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilgan ma’lumotlar deklarant tomonidan o‘zgartirilishi yoki to‘ldirilishi, topshirilgan bojxona deklaratsiyasi esa qaytarib olinishi mumkin.
(95-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi O‘RQ-352-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
O‘zgartirish, to‘ldirish yoki qaytarib olish faqatgina:
bojxona deklaratsiyasini tekshirish boshlanguniga qadar;
tovarlar va transport vositalarini ko‘zdan kechirish boshlanguniga qadar;
ko‘rsatilgan ma’lumotlarning noto‘g‘ri ekanligi bojxona organi tomonidan aniqlanguniga qadar amalga oshirilishi mumkin.
Bojxona deklaratsiyasini o‘zgartirish yoki to‘ldirish uning amal qilish doirasini kengaytirishi yoki toraytirishi mumkin emas.
Bojxona organlarining mansabdor shaxslari o‘z tashabbusi bilan, shaxsning topshirig‘i yoki iltimosiga binoan yozma bojxona deklaratsiyasini to‘ldirishga, bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilgan ma’lumotlarni o‘zgartirish yoki to‘ldirishga haqli emas, bojxona organlarining vakolatiga kiritilgan ma’lumotlarni bojxona deklaratsiyasiga kiritish hollari, shuningdek agar mashinada ishlov berish uchun foydalaniladigan kodli ma’lumotlar bojxona deklaratsiyasida kodsiz ko‘rinishda mavjud bo‘lsa, kodli ma’lumotlarni o‘zgartirish yoki to‘ldirish bundan mustasno.
96-modda. Muvaqqat va to‘liq bo‘lmagan bojxona deklaratsiyasi
(96-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi O‘RQ-352-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
Agar deklarant alohida sabablar tufayli batafsil bojxona deklaratsiyasini taqdim eta olmasa, bojxona organi qonun hujjatlarida belgilanadigan tartibda muvaqqat yoki to‘liq bo‘lmagan bojxona deklaratsiyasini taqdim etish uchun ruxsat berishga haqli, bunda muvaqqat yoki to‘liq bo‘lmagan bojxona deklaratsiyasida bojxona maqsadlari uchun zarur bo‘lgan asosiy ma’lumotlar bayon etilishi va yetishmayotgan ma’lumotlar bojxona organi belgilaydigan muddatlarda taqdim etilishi shart qilib qo‘yiladi.
961-modda. Dastlabki deklaratsiyalash
Tovarlarni dastlabki deklaratsiyalash ularni bojxona hududiga yetib kelguniga qadar deklaratsiyalash bo‘lib, u deklarantning xohishiga ko‘ra qo‘llanilishi mumkin.
Agar bojxona maqsadlari uchun tovarning kuzatuv hujjatlaridan foydalanilishi kerak bo‘lsa, dastlabki bojxona deklaratsiyasiga ushbu hujjatlarning deklarant tomonidan tasdiqlangan ko‘chirma nusxalari ilova qilinadi va, zarurat bo‘lganda, bojxona organi tovarlar bojxona hududiga yetib kelganidan keyin ko‘chirma nusxalarda ko‘rsatilgan ma’lumotlarni hujjatlarning aslidagi ma’lumotlar bilan taqqoslaydi.
Tovarlar bojxona hududiga yetib kelguniga qadar ularni tekshirish tugatilganidan va hisoblangan bojxona to‘lovlari to‘langanidan keyin, dastlabki bojxona deklaratsiyasidan bojxona operatsiyalari tovarlariga qo‘llash uchun zarur bo‘lgan yagona hujjat sifatida foydalaniladi, bundan deklaratsiya bojxona rasmiylashtiruvi uchun barcha zarur ma’lumotlarni o‘z ichiga olmagan va (yoki) hujjatlar to‘liq hajmda taqdim etilmagan hollar mustasno.
Dastlabki bojxona deklaratsiyasi, agar ushbu deklaratsiyada ko‘rsatilgan tovarlar deklaratsiyani qabul qilgan bojxona organiga deklaratsiya qabul qilingan kundan e’tiboran o‘ttiz kalendar kun ichida taqdim etilmasa, u topshirilmagan deb hisoblanadi.
(961-modda O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi O‘RQ-352-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: “Tovarlar O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga amalda olib kelinishi paytigacha bojxona organlariga dastlabki bojxona deklaratsiyasini taqdim etish tartibi to‘g‘risida”gi nizom (ro‘yxat raqami 2418, 30.01.2013-y.).
97-modda. Davriy bojxona deklaratsiyasi
Ayni bir shaxs tomonidan ayni bir xil tovarlar va transport vositalari muntazam ravishda olib o‘tilsa, bojxona organi muayyan davr mobaynida O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali olib o‘tiladigan barcha tovarlar va transport vositalariga bitta bojxona deklaratsiyasi berilishiga ruxsat etishi mumkin.
Davriy bojxona deklaratsiyasini topshirish hollari va tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: “Import qilinadigan tovarlarni bojxonada rasmiylashtirishda davriy bojxona deklaratsiyasini taqdim etish tartibi to‘g‘risida”gi nizom (ro‘yxat raqami 2419, 30.01.2013-y.).
98-modda. Tovarlar va transport vositalarini deklaratsiyalashning soddalashtirilgan tartibi
Bojxona organlari tovarlar va transport vositalarini deklaratsiyalashning soddalashtirilgan tartibini belgilab qo‘yishga haqli.
99-modda. Deklarant
Tovarlar va transport vositalarini olib o‘tuvchi shaxs yoki bojxona brokeri deklarant bo‘lishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaxsi deklarant bo‘lishi mumkin, jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali notijorat maqsadlarida tovarlar olib o‘tish hollari va bojxona organlari belgilaydigan boshqa hollar bundan mustasno.
Deklarant, u bojxona chegarasi orqali tovarlar va transport vositalarini olib o‘tuvchi shaxs yoki bojxona brokeri bo‘lishidan qat’i nazar, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan barcha vazifalarni bajaradi va to‘liq javobgar bo‘ladi.
100-modda. Deklarantning huquqlari va majburiyatlari
Deklarant bojxona deklaratsiyasini topshirgunga qadar bojxona nazorati ostida tovarlar va transport vositalarini ko‘zdan kechirishga, bojxona organining ruxsati bilan namunalar va nusxalar olishga haqli. Agar tovarlarga doir bojxona deklaratsiyasida hisobga olingan bo‘lsa, namunalar va nusxalar olinganida ular haqida alohida bojxona deklaratsiyasi taqdim etilmaydi.
Tovarlar va transport vositalarini deklaratsiyalash chog‘ida deklarant:
ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tartibga muvofiq tovarlar va transport vositalarini deklaratsiyalashga va bojxona organiga bojxona deklaratsiyasini topshirishga;
bojxona organining talabiga binoan deklaratsiyalanayotgan tovarlar va transport vositalarini ko‘rsatishga;
bojxona organiga bojxona rasmiylashtiruvi uchun zarur bo‘lgan hujjatlar va qo‘shimcha ma’lumotlarni taqdim etishga;
bojxona to‘lovlarini to‘lashga;
bojxona organlariga bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirishda yordam berishga majburdir.
Qonun hujjatlarida deklarantning boshqa huquq va majburiyatlari ham nazarda tutilgan bo‘lishi mumkin.
101-modda. Bojxona brokeri
Bojxona brokeri o‘zini vakil qilgan shaxs hisobidan va uning topshirig‘iga binoan bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha operatsiyalarni o‘z nomidan o‘tkazuvchi hamda bojxona ishi sohasida boshqa vositachilik vazifalarini bajaruvchi O‘zbekiston Respublikasining yuridik shaxsidir.
Bojxona brokeri bilan uni vakil qilgan shaxsning o‘zaro munosabatlari shartnoma asosida yo‘lga qo‘yiladi.
Bojxona brokerining bojxona organlari oldidagi huquqlari va majburiyatlari uni vakil qilgan shaxs bilan tuzilgan shartnomada cheklab qo‘yilishi mumkin emas.
Yuridik shaxs bojxona brokeri sifatida faoliyat olib borish uchun:
xodimlar shtatida bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha mutaxassisga ega bo‘lishi;
ushbu Kodeks 100-moddasi ikkinchi qismining beshinchi xatboshisida nazarda tutilgan hollarda fuqarolik javobgarligini sug‘urtalash haqida shartnoma tuzishi shart.
Yuridik shaxslarning bojxona brokeri sifatidagi faoliyati ustidan nazorat olib borish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan belgilanadi.
(101-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: “Bojxona brokeri to‘g‘risida”gi nizom (ro‘yxat raqami 1271, 15.09.2003-y.).
102-modda. Bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha mutaxassis
Oldingi tahrirga qarang.
Bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha mutaxassis bojxona organi tomonidan berilgan bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha mutaxassisning malaka attestati bo‘lgan, O‘zbekiston Respublikasining yuridik shaxsi — deklarant bilan mehnat shartnomasi tuzgan va shu deklarant nomidan bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha harakatlarni amalga oshiradigan O‘zbekiston Respublikasining jismoniy shaxsidir.
(102-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda)
Deklarant bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha mutaxassisning bojxona organlari oldidagi majburiyatlarini cheklab qo‘yishi mumkin emas.
 LexUZ sharhi
Qarang: “Bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha mutaxassis to‘g‘risida”gi nizom (ro‘yxat raqami 1272, 15.09.2003-y.).
V BO‘LIM. BOJXONA TO‘LOVLARI
10-bob. ASOSIY QOIDALAR
103-modda. Bojxona to‘lovlarining turlari
Tovarlar va transport vositalarini bojxona chegarasi orqali olib o‘tishda va ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa hollarda quyidagi bojxona to‘lovlari to‘lanadi:
boj;
qo‘shilgan qiymat solig‘i;
aksiz solig‘i;
Oldingi tahrirga qarang.
bojxona hududida qayta ishlash rejimidan va bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash rejimidan foydalanish bilan bog‘liq ruxsatnomalarni berganlik uchun yig‘imlar;
(103-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha mutaxassisning malaka attestatini berganlik, bunday attestatni qayta rasmiylashtirganlik va uning amal qilish muddatini uzaytirganlik uchun yig‘imlar;
(103-modda birinchi qismining oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda)
bojxona rasmiylashtiruvi uchun bojxona yig‘imi;
tovarlarni saqlaganlik uchun bojxona yig‘imi;
tovarlarni bojxona kuzatuviga olganlik uchun bojxona yig‘imi;
dastlabki qarorni qabul qilganlik uchun haq.
Qonun hujjatlarida boshqa bojxona to‘lovlari ham belgilanishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1999-yil 30-apreldagi 204-sonli “Bojxona yig‘imlari stavkalari to‘g‘risida”gi qarori.
104-modda. Boj, qo‘shilgan qiymat solig‘i va aksiz solig‘i
Bojxona chegarasi orqali olib o‘tiladigan tovarlarga qonun hujjatlariga muvofiq boj, qo‘shilgan qiymat solig‘i va aksiz solig‘i solinadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining VII, VIII, XVIII bo‘limlari, O‘zbekiston Respublikasi “Boj tarifi to‘g‘risida”gi Qonunining 3-moddasi.
Tovarlar qaytarib olib chiqilgan taqdirda ilgari to‘langan boj, qo‘shilgan qiymat solig‘i va aksiz solig‘i summalari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda qaytarilishi lozim.
105-modda. Bojxona yig‘imlari
Quyidagi harakatlar uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan miqdorlarda bojxona yig‘imlari undiriladi:
tovarlar va transport vositalarini, shu jumladan kuzatuvchisiz bagajda, xalqaro pochta jo‘natmalari va yuklarda olib o‘tilayotgan notijorat maqsadlaridagi tovarlarni bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazganlik uchun;
tovarlar va transport vositalarini belgilangan joylardan tashqarida va bojxona organlarining belgilangan ish vaqtidan tashqari vaqtda bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazganlik uchun;
tovarlar va transport vositalarini bojxona organlari egaligidagi bojxona omborlari va vaqtincha saqlash omborlarida saqlaganlik uchun;
 LexUZ sharhi
Qarang: “Bojxona ombori” bojxona rejimi to‘g‘risida”gi nizomning (ro‘yxat raqami 1318, 27.02.2004-y.) IV bo‘limi.
tovarlarni bojxona kuzatuviga olganlik uchun.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 30-apreldagi 204-son “Bojxona yig‘imlari stavkalari to‘g‘risida”gi qarori va “Avtomobil yo‘llari orqali tashiladigan tovarlarning bojxona kuzatuvi tartibi to‘g‘risida”gi nizomning (ro‘yxat raqami 1278, 27.09.2003-y.) 4 bo‘limi.
11-bob. BOJXONA TO‘LOVLARINI HISOBLAB ChIQARISh VA TO‘LASh
106-modda. Bojxona to‘lovlarini hisoblab chiqarish uchun asoslar
Tovarlar va transport vositalarining qonun hujjatlarida belgilanadigan bojxona qiymati bojni, aksiz solig‘ini va tegishli boj yig‘imlarini hisoblab chiqarish uchun asos bo‘ladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Boj tarifi to‘g‘risida”gi Qonunining 12-moddasi.
Qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblab chiqarish uchun tovarning bojxona qiymati asos bo‘lib, unga to‘lanishi lozim bo‘lgan boj, aksizga tortiladigan tovar bo‘yicha esa, aksiz solig‘ining summasi ham qo‘shiladi.
107-modda. Bojxona to‘lovlarini to‘lovchilar
Bojxona to‘lovlari deklarant tomonidan to‘lanadi. Har qanday manfaatdor shaxs, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, to‘lovchining o‘rniga bojxona to‘lovlarini to‘lashga haqli.
108-modda. Bojxona to‘lovlarini to‘lash muddatlari
Bojxona to‘lovlari bojxona deklaratsiyasi qabul qilingunga qadar yoki qabul qilinishi bilan bir vaqtda to‘lanadi. Tovarlar notijorat maqsadlari uchun olib o‘tilayotganda bojxona to‘lovlari bojxona deklaratsiyasini qabul qilish bilan bir vaqtda to‘lanadi.
Bojxona to‘lovlarini to‘lash muddatining o‘tishi bojxona deklaratsiyasini topshirish muddati tugaganidan keyingi kundan boshlanadi.
109-modda. Bojxona to‘lovlarini to‘lash tartibi
Bojxona to‘lovlari bojxona organiga, xalqaro pochta jo‘natmalarida yuborilayotgan tovarlarga nisbatan esa, — aloqa korxonalariga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan tartibda to‘lanadi.
Bojxona to‘lovlari, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoidalar nazarda tutilgan bo‘lmasa, O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasida to‘lanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(109-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 7-apreldagi O‘RQ-142-sonli Qonuniga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2008-y., 14-15-son, 85-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: “Import bojini hisoblash va undirish tartibi” (ro‘yxat raqami 782, 27.07.1999-y.).
110-modda. Bojxona to‘lovlarini to‘lashni kechiktirish va bo‘lib-bo‘lib to‘lash
To‘lovchiga bojxona organining qaroriga asosan to‘lovlarni kechiktirib yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati, bojxona to‘lovlarining to‘lanishi ushbu Kodeksning 111-moddasida nazarda tutilgan tartibda ta’minlangan taqdirda, berilishi mumkin.
Bojxona to‘lovlarini to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash bojxona deklaratsiyasi qabul qilingan kundan boshlab ikki oydan oshmasligi lozim.
Kechiktirish va bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati berilgan taqdirda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda foizlar undiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ishlab chiqaruvchi korxonalarga eksport mahsuloti ishlab chiqarish maqsadida foydalaniladigan import qilinayotgan moddiy-texnika resurslari uchun qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha uni to‘lashni foiz undirilmagan holda to‘qson kunlik muddatga kechiktirish imkoniyati beriladi.
(110-modda O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustdagi 832-I-son Qonuniga asosan to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 229-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Moddiy ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasidagi mikrofirmalar va kichik korxonalarga, fermer xo‘jaliklariga, shuningdek yuridik shaxs maqomidagi dehqon xo‘jaliklariga o‘z ehtiyojlari uchun import qilayotgan uskunalar, xomashyo va moddiy resurslar uchun bojxona to‘lovlari to‘lashni (bojxona rasmiylashtiruvi uchun bojxona yig‘imlari bundan mustasno) foiz undirilmagan holda to‘qson kunlik muddatga kechiktirish imkoniyati beriladi.
(110-modda O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 7-dekabrdagi 320-II-son Qonuniga asosan beshinchi qism bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 1-son, 20-modda)
Bojxona to‘lovlarini to‘lashdan bo‘yin tovlayotgan shaxslarga bojxona to‘lovlarini kechiktirib yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati berilmaydi.
111-modda. Bojxona to‘lovlari to‘lanishini ta’minlash
Bojxona to‘lovlarini to‘lash tovarlar va transport vositalarini garovga qo‘yish, uchinchi shaxsning kafolati yoxud tegishli summalarni bojxona organining depozit hisobvarag‘iga o‘tkazish yo‘li bilan ta’minlanadi.
Garovga qo‘yuvchi garov shartnomasiga muvofiq garov narsasini tasarruf etishga haqli.
(111-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi O‘RQ-352-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
Garovga qo‘yilgan tovarlar va transport vositalari, agar garov shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, garovga qo‘yuvchining egaligida qoladi.
(111-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi O‘RQ-352-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
Garovni rasmiylashtirish va undiruvni garov narsasiga qaratish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 22-bobining 2 paragrafi, O‘zbekiston Respublikasining “Garov to‘g‘risida”gi Qonuni, “Bojxona to‘lovlarini to‘lash muddatlarini uzaytirish va ularni bo‘lib to‘lashga imkon berish bo‘yicha yo‘riqnoma”ning (ro‘yxat raqami 697, 08.04.1999-y.) V bo‘limi.
Bojxona to‘lovlari to‘lanishini ta’minlovchi omil sifatida bankning yoki O‘zbekiston Respublikasida bank operatsiyalarini o‘tkazish huquqiga ega bo‘lgan boshqa moliya-kredit muassasasining kafolatidan foydalanish mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 22-bobining 5 paragrafi va “Bojxona to‘lovlarini to‘lash muddatlarini uzaytirish va ularni bo‘lib to‘lashga imkon berish bo‘yicha yo‘riqnoma”ning (ro‘yxat raqami 697, 08.04.1999-y.) IV bo‘limi.
Tovarlar erkin muomala yoki eksport uchun bojxonaning chiqarish rejimlariga muvofiq chiqariladigan hollarda to‘lanishi lozim bo‘lgan bojxona to‘lovlarining summasi bojxona organining depozit hisobvarag‘iga o‘tkaziladi. Summalar depozit hisobvarag‘ida saqlangan vaqt uchun foizlar qo‘shilmaydi. Tegishli summalarni depozit hisobvarag‘iga o‘tkazish va ularni qaytarish tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: “Bojxona to‘lovlarini to‘lash muddatlarini uzaytirish va ularni bo‘lib to‘lashga imkon berish bo‘yicha yo‘riqnoma”ning (ro‘yxat raqami 697, 08.04.1999-y.) VI bo‘limi.
112-modda. Bojxona to‘lovlarini undirish va javobgarlik choralari
Ushbu Kodeksga muvofiq to‘lanmagan bojxona to‘lovlari bojxona organi tomonidan so‘zsiz tartibda undiriladi, tovarlarni notijorat maqsadlarida olib o‘tadigan jismoniy shaxslardan undiriladigan to‘lovlar bundan mustasno bo‘lib, ular qonun hujjatlarida belgilangan tartibda undiriladi.
Bojxona to‘lovlarini qo‘shib hisoblash tovarlar chiqishiga ruxsat berilgan paytdan e’tiboran bir yil mobaynida amalga oshirilishi mumkin. Bunda yuridik shaxslar bojxona organiga xabarnoma yuborib, tekshiruvlar natijalari bo‘yicha qo‘shimcha hisoblangan bojxona to‘lovlari summalarini, shuningdek moliyaviy sanksiyalar summalarini to‘lashni undirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan e’tiboran olti oy mobaynida teng ulushlarda amalga oshirishga haqli.
(112-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 7-oktabrdagi O‘RQ-355-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 41-son, 543-modda)
Qarzdorlik vaqti uchun o‘tkazib yuborilgan har bir kun uchun boqimanda summasining 0,033 foizi miqdorida so‘zsiz tartibda penya undiriladi. Tadbirkorlik subyekti tomonidan ortiqcha to‘langan summalarga teng bo‘lgan qarzdorlik summasiga penya hisoblab chiqarilmaydi. Penya miqdori tadbirkorlik subyektining bojxona to‘lovlari bo‘yicha qarzdorlik summasidan ko‘p bo‘lishi mumkin emas
(112-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 7-oktabrdagi O‘RQ-355-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 41-son, 543-modda)
Bojxona to‘lovlarini to‘lashdan bo‘yin tovlangan yoki to‘lovchida pul mablag‘lari bo‘lmagan taqdirda undiruv qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
113-modda. Ortiqcha to‘langan yoki undirilgan bojxona to‘lovlarini qaytarish
Ortiqcha to‘langan yoki undirilgan bojxona to‘lovlarining summalari bunday to‘lovlar to‘langan yoki undirilgan paytdan e’tiboran bir yil ichida to‘lovchining talabnomasi bo‘yicha qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda qaytarilishi yoxud bo‘lg‘usi to‘lovlar hisobiga o‘tkazilishi lozim.
(113-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi O‘RQ-352-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: “Ortiqcha to‘langan va undirilgan bojxona to‘lovlarini qaytarish to‘g‘risida”gi yo‘riqnoma (ro‘yxat raqami 947, 17.07.2000-y.).
Bojxona rejimlariga muvofiq qaytarilishi kerak bo‘lgan bojxona to‘lovlari bojxona rejimlari bilan belgilangan muddatlarda qaytarilishi lozim.
(113-modda O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi O‘RQ-352-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
Bojxona to‘lovlari qaytarilganda ular uchun foizlar to‘lanmaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2009-yil 24-apreldagi 197-son “Xo‘jalik sudlari tomonidan bojxona haqidagi qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 14.1 — 16.2-bandlari.
VI BO‘LIM. DASTLABKI QARORLAR
114-modda. Dastlabki qarorni qabul qilish
Bojxona organlari tovarlarning tasnifi, ularning bojxona qiymati va qaysi mamlakatda tayyorlangani, bojxona to‘lovlari miqdori va bojxona ishining boshqa masalalari yuzasidan dastlabki tarzda qaror qabul qilishi mumkin. Dastlabki qarorni qabul qilganlik uchun uni so‘rayotgan shaxsdan qonun hujjatlarida belgilangan miqdorlarda haq undiriladi. Dastlabki qarorni qabul qilish tartibi va shartlari qonun hujjatlarida belgilanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: “Bojxona organlari tomonidan tovarlarning O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat nomenklaturasiga muvofiqligini tasniflash to‘g‘risidagi dastlabki qaror qabul qilish tartibi to‘g‘risida”gi nizom (ro‘yxat raqami 1190, 20.11.2002-y).
Dastlabki qaror bojxona organlari uchun majburiy bo‘lib, qabul qilingan paytdan boshlab bir yil mobaynida amal qiladi.
115-modda. Dastlabki qarorni qabul qilish to‘g‘risida so‘rov
Dastlabki qarorning qabul qilinishidan manfaatdor bo‘lgan shaxs bojxona organlariga yozma so‘rov yuboradi.
So‘rovda dastlabki qarorni qabul qilish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar bo‘lishi kerak. So‘rovga tovarlarning namunalari va nusxalari, ularning tavsifi, fotosuratlari, rasmlari, chizmalari, tijorat hujjatlari va boshqa hujjatlar, so‘ralayotgan dastlabki qaror xususiyatiga qarab boshqa har qanday zarur ma’lumotlar ilova qilinishi lozim.
Agar dastlabki qarorni qabul qilishning iloji bo‘lmasa, so‘rov rad etiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: “Bojxona organlari tomonidan tovarlarning O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat nomenklaturasiga muvofiqligini tasniflash to‘g‘risidagi dastlabki qaror qabul qilish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning (ro‘yxat raqami 1190, 20.11.2002-y.) II bo‘limi.
116-modda. Dastlabki qarorni bekor qilish, o‘zgartirish yoki chaqirib olish
Bojxona organlari o‘zlari qabul qilgan dastlabki qarorni bekor qilishi, o‘zgartirishi yoki chaqirib olishi mumkin.
Agar dastlabki qaror arizachi tomonidan taqdim etilgan chala yoki noto‘g‘ri axborot asosida qabul qilingan bo‘lsa, shuningdek dastlabki qarorga daxldor bo‘lgan qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritilgan taqdirda, dastlabki qaror bekor qilinadi yoki o‘zgartiriladi.
Dastlabki qarorning shartlariga rioya etilmagan taqdirda u chaqirib olinishi mumkin.
Dastlabki qarorni bekor qilish, chaqirib olish yoki o‘zgartirish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Dastlabki qaror bekor qilingan, chaqirib olingan yoki o‘zgartirilgan taqdirda uni qabul qilganlik uchun olingan haq qaytarilmaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: “Bojxona organlari tomonidan tovarlarning O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat nomenklaturasiga muvofiqligini tasniflash to‘g‘risidagi dastlabki qaror qabul qilish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning (ro‘yxat raqami 1190, 20.11.2002-y.) V bo‘limi.
VII BO‘LIM. ChET ELLIK ShAXSLARNING AYRIM TOIFALARI UChUN BOJ IMTIYOZLARI
12-bob. ChET DAVLATLARNING VAKOLATXONALARI VA ULARNING XODIMLARI UChUN BOJ IMTIYOZLARI
117-modda. Chet davlatlarning diplomatiya vakolatxonalari uchun boj imtiyozlari
Chet davlatlarning O‘zbekiston Respublikasi hududidagi diplomatiya vakolatxonalari bojxona chegarasidan olib o‘tishning belgilangan tartibiga rioya etgan taqdirda vakolatxonalar va muassasalarning rasmiy foydalanishi uchun mo‘ljallangan tovarlarni bojxona to‘lovlaridan ozod etilgan holda O‘zbekiston Respublikasiga olib kirishlari va O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqishlari mumkin, saqlaganlik uchun, belgilangan joylardan tashqarida yoki bojxona organlarining belgilangan ish vaqtidan tashqari vaqtda bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazganlik uchun olinadigan to‘lovlar bundan mustasno.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 8-maydagi 207-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Xorijiy davlatlarning O‘zbekiston Respublikasidagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari to‘g‘risida”gi nizom.
118-modda. Chet davlat diplomatiya vakolatxonasining diplomatiya agenti uchun boj imtiyozlari
Diplomatiya vakolatxonasining diplomatiya agentlari (diplomatiya jamoasining boshlig‘i va a’zolari), shuningdek ular bilan birga yashaydigan va O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi bo‘lmagan oila a’zolari o‘zlarining shaxsiy foydalanishiga mo‘ljallangan tovarlarni, shu jumladan ro‘zg‘orni bir qadar butlab olishga kerakli tovarlarni bojxona chegarasidan bojxona to‘lovlaridan ozod etilgan holda olib o‘tishning belgilangan tartibiga rioya qilib O‘zbekiston Respublikasiga olib kirishlari va O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqishlari mumkin, saqlaganlik uchun, belgilangan joylardan tashqarida va bojxona organlarining belgilangan ish vaqtidan tashqari vaqtda bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazganlik uchun olinadigan to‘lovlar bundan mustasno.
Ko‘rsatilgan shaxslarning shaxsiy yuki unda shaxsiy foydalanish uchun mo‘ljallanmagan tovarlar yoki olib kirish va olib chiqish qonun hujjatlarida yoki xalqaro shartnomalarda taqiqlangan yoxud karantin va boshqa maxsus qoidalar bilan tartibga solinadigan tovarlar bor deb taxmin qilishga yetarli asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda bojxona ko‘rigidan o‘tkazishdan ozod qilinmaydi. Bunday tekshiruv faqat diplomatiya agenti yoki uning vakolatli vakili ishtirokida o‘tkaziladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 8-maydagi 207-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Xorijiy davlatlarning O‘zbekiston Respublikasidagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari to‘g‘risida”gi nizom va “Bojxona chegarasidan olib o‘tilayotgan avtotransport vositalarini bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizom (ro‘yxat raqami 2156, 19.11.2010-y.).
119-modda. Chet davlat diplomatiya vakolatxonasining ma’muriy-texnik xodimlari uchun boj imtiyozlari
Chet davlat diplomatiya vakolatxonasining ma’muriy-texnik xodimlari va ularning o‘zlari bilan birga yashaydigan oila a’zolari, agar ular O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi bo‘lmasalar yoki O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashamasalar, ro‘zg‘orni bir qadar butlab olishga kerakli tovarlarni bojxona to‘lovlaridan ozod qilingan holda O‘zbekiston Respublikasiga olib kirishlari mumkin, saqlaganlik uchun, belgilangan joylardan tashqarida va bojxona organlarining belgilangan ish vaqtidan tashqari vaqtda bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazganlik uchun olinadigan to‘lovlar bundan mustasno.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 8-maydagi 207-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Xorijiy davlatlarning O‘zbekiston Respublikasidagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari to‘g‘risida”gi nizom.
120-modda. Diplomatiya agentlariga beriladigan boj imtiyozlarini chet davlat diplomatiya vakolatxonasining ma’muriy-texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlariga tatbiq etish
Chet davlat diplomatiya vakolatxonasining ma’muriy-texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlariga, shuningdek ularning O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmagan hamda O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashamaydigan oila a’zolariga ushbu Kodeksning 118-moddasiga muvofiq diplomatiya agentlariga beriladigan bojxona imtiyozlari har bir chet davlat bilan tuzilgan maxsus bitim asosida va ular bilan munosabatlardagi hamjihatlik prinsipidan kelib chiqib, tatbiq etilishi mumkin.
121-modda. Chet davlatlarning konsullik muassasalari va ularning jamoa a’zolari uchun boj imtiyozlari
Chet davlatning konsullik muassasalariga va konsullik muassasalarining mansabdor shaxslariga, shuningdek ularning oila a’zolariga chet davlatning diplomatiya vakolatxonalari va diplomatiya vakolatxonalarining diplomatiya agentlari uchun ushbu bobda nazarda tutilgan boj imtiyozlari beriladi.
Chet davlat konsullik muassasasining boshqa xodimlariga (konsullik xizmatchilari, xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarga), shuningdek ularning O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashamaydigan oila a’zolariga har bir chet davlat bilan tuzilgan maxsus bitim asosida va ular bilan munosabatlardagi hamjihatlik prinsipidan kelib chiqib, chet davlat diplomatiya vakolatxonasining tegishli xodimlariga (ma’muriy-texnik xodimlar va xizmat ko‘rsatuvchi jamoa a’zolariga) beriladigan boj imtiyozlari tatbiq etilishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 8-maydagi 207-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Xorijiy davlatlarning O‘zbekiston Respublikasidagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari to‘g‘risida”gi nizom.
122-modda. Chet davlatlarning diplomatiya pochtasi va konsullik pochta qoplarini bojxona chegarasi orqali olib o‘tish
Diplomatiya pochtasi va konsullik pochta qoplaridan iborat yuk donalari yaqqol ko‘zga tashlanadigan tashqi belgilarga ega bo‘lib, ushbu yuk donalarining xususiyatini aks ettirmog‘i lozim.
Chet davlatlarning O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib o‘tiladigan diplomatiya pochtasi va konsullik pochta qoplari ochilishi ham, ushlab turilishi ham mumkin emas. Konsullik pochta qopida ushbu moddaning uchinchi qismida ko‘rsatilmagan narsalar bor deb gumon qilish uchun jiddiy asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi bojxona organining mansabdor shaxslari ishtirokida tegishli chet davlatning vakolatli shaxslaridan konsullik pochta qopini ochishni bojxona organi talab qilishga haqli. Pochta qopini ochishdan bosh tortilgan taqdirda konsullik pochta qopi jo‘natilgan joyiga qaytarib yuboriladi.
Diplomatiya pochtasida faqat diplomatiya hujjatlari va rasmiy foydalanish uchun mo‘ljallangan tovarlar, konsullik pochta qopida esa faqat rasmiy xat-xabarlar va faqat rasmiy foydalanish uchun mo‘ljallangan hujjatlar yoki tovarlar bo‘lishi lozim.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 8-maydagi 207-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Xorijiy davlatlarning O‘zbekiston Respublikasidagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari to‘g‘risida”gi nizom va “Toshkent” aeroportida diplomatik pochta (yuk)ni qabul qilib olish (jo‘natish) tartibi to‘g‘risida”gi nizom (ro‘yxat raqami 838, 19.11.1999-y.).
13-bob. ChET ELLIK BOShQA ShAXSLAR UChUN BOJ IMTIYOZLARI
123-modda. Chet davlatlarning diplomatiya va konsullik kuryerlari uchun boj imtiyozlari
Chet davlatlarning diplomatiya va konsullik kuryerlari o‘zlarining shaxsiy foydalanishlari uchun mo‘ljallangan tovarlarni o‘zaro kelishuv asosida bojxona ko‘rigidan o‘tkazishdan va boj to‘lovlaridan ozod etilgan holda O‘zbekiston Respublikasiga olib kirishlari va undan olib chiqishlari mumkin, saqlaganlik uchun, belgilangan joylardan tashqarida va bojxona organlarining belgilangan ish vaqtidan tashqari vaqtda tovarlarni bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazganlik uchun to‘lovlar bundan mustasno.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 8-maydagi 207-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Xorijiy davlatlarning O‘zbekiston Respublikasidagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari to‘g‘risida”gi nizom.
124 modda. Chet davlatlar vakillari va delegatsiyalarining a’zolari uchun boj imtiyozlari
Davlatlararo muzokaralarda, xalqaro konferensiyalar va kengashlarda qatnashish uchun yoki boshqa rasmiy topshiriqlar bilan O‘zbekiston Respublikasiga kelayotgan chet davlat vakillariga, parlament va hukumat delegatsiyalari a’zolariga, shuningdek o‘zaro kelishuv asosida chet davlat delegatsiyalarining xodimlariga chet davlat diplomatiya vakolatxonasining diplomatiya agentlari uchun ushbu bo‘limda nazarda tutilgan boj imtiyozlari beriladi. Xuddi shunday imtiyozlar ko‘rsatilgan shaxslarga hamroh bo‘lib kelgan oila a’zolariga ham beriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 8-maydagi 207-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Xorijiy davlatlarning O‘zbekiston Respublikasidagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari to‘g‘risida”gi nizom.
125-modda. Bojxona hududi orqali tranzit bo‘lib o‘tadigan diplomatiya agentlari, konsullik mansabdor shaxslari, chet davlatlarning vakillari va delegatsiya a’zolari uchun boj imtiyozlari
Chet davlatning diplomatiya agentlariga va konsullik mansabdor shaxslariga, ularning oila a’zolariga, shuningdek ushbu Kodeksning 124-moddasida ko‘rsatilgan shaxslarga O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududidan tranzit bo‘lib o‘tayotganda chet davlatlar diplomatiya vakolatxonalarining diplomatiya agentlari uchun nazarda tutilgan boj imtiyozlari beriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 8-maydagi 207-son qarori bilan tasdiqlangan “Xorijiy davlatlarning O‘zbekiston Respublikasidagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari to‘g‘risida”gi nizom.
126-modda. Xalqaro, hukumatlararo va hukumatga qarashli bo‘lmagan tashkilotlar, ular huzuridagi chet davlat vakolatxonalari, shuningdek ularning xodimlari uchun boj imtiyozlari
Xalqaro, hukumatlararo va hukumatga qarashli bo‘lmagan tashkilotlar, ular huzuridagi chet davlatlar vakolatxonalari, shuningdek ushbu tashkilotlar hamda vakolatxonalarning xodimlari va ularning oila a’zolari uchun boj imtiyozlari O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida belgilanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 8-maydagi 207-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Xorijiy davlatlarning O‘zbekiston Respublikasidagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari to‘g‘risida”gi nizom.
VIII BO‘LIM. NAZORAT OSTIDA TOVAR YETKAZIB BERISh
127-modda. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va boshqa ashyolarni nazorat ostida yetkazib berish
Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar xalqaro g‘ayriqonuniy muomalada bo‘lishining oldini olish hamda bunday muomalada ishtirok etayotgan shaxslarni aniqlash maqsadida bojxona organlari har bir alohida holda chet davlatlarning bojxona organlari va boshqa vakolatli organlari bilan kelishuvga ko‘ra yoki O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari asosida nazorat ostida tovar yetkazib berish usulidan foydalanadi, ya’ni noqonuniy muomalaga kiritilgan giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning o‘z nazoratlari ostida bojxona hududiga olib kirilishiga, bojxona hududidan olib chiqilishiga yoki bojxona hududi orqali tranzit olib o‘tilishiga yo‘l qo‘yadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 12-noyabrdagi 330-sonli “Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, undan olib chiqish va tranzit tarzida o‘tkazish tartibini, shuningdek ularning muomalada bo‘lishi yuzasidan nazoratni takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori.
Nazorat ostida tovar yetkazib berish usulini jinoyat sodir etish quroli yoki vositasi bo‘lgan boshqa ashyolarga yoxud jinoiy yo‘l bilan topilgan ashyolarga yoki kontrabanda hisoblanuvchi qonunga xilof xatti-harakatlarning vositasi bo‘lgan ashyolarga nisbatan ham qo‘llash mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 246-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2013-yil 6-sentabrdagi 18-sonli “Bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish va kontrabandaga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori.
Nazorat ostida tovar yetkazib berish usulidan foydalanish to‘g‘risidagi qaror qonun hujjatlarida belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan qabul qilinadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 30-iyuldagi 374-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi to‘g‘risida”gi nizom 8-bandining o‘n oltinchi xatboshisi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi qabul qilingan qarordan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorini xabardor qiladi.
128-modda. Nazorat ostida tovar yetkazib berish usuli qo‘llanilganda musodara qilingan pul mablag‘lari va mol-mulkni tasarruf etish
O‘zbekiston Respublikasi va chet davlatlarning sudlari tomonidan ochish va chek qo‘yish paytida nazorat ostida tovar yetkazib berish usuli qo‘llanilgan jinoyatlar to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha musodara qilingan pul mablag‘lari, shuningdek bunda musodara qilingan mol-mulkni sotishdan tushgan pul mablag‘lari bojxona organlari va boshqa vakolatli organlari mazkur usulni qo‘llashda ishtirok etgan davlatlar o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi va chet davlatlarning vakolatli idoralari o‘rtasidagi kelishuvga muvofiq taqsimlanadi.
IX BO‘LIM. BOJXONA XAQIDAGI QONUN HUJJATLARINI BUZGANLIK UChUN JAVOBGARLIK
14-bob. UMUMIY QOIDALAR
129-modda. Bojxona haqidagi qonun hujjatlarining buzilishi
Ushbu Kodeksda va boshqa qonun hujjatlarida belgilangan bojxona qoidalariga aybli g‘ayrihuquqiy rioya etmaslik bojxona haqidagi qonun hujjatlarining buzilishi deb hisoblanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 227-22727-moddalari va O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 182 va 246-moddalari.
130-modda. Fuqarolar va mansabdor shaxslarning javobgarligi
Bojxona haqidagi qonun hujjatlarini buzgan fuqarolar va mansabdor shaxslar ma’muriy javobgar bo‘ladilar, ularning qilmishlarida jinoyat alomatlari bo‘lgan taqdirda esa, jinoiy javobgar bo‘ladilar.
Oldingi tahrirga qarang.
(130-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-son Qonuniga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda)
131-modda. Yuridik shaxslarning javobgarligi
Yuridik shaxslar va yuridik shaxs tashkil etmagan holda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan shaxslarga nisbatan ushbu Kodeksning 161 — 169-moddalarida nazarda tutilgan qonunbuzarliklar uchun ushbu Kodeksning 132-moddasida nazarda tutilgan jarimalar (iqtisodiy jazo choralari) va boshqa jazolar qo‘llaniladi.
(131-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 7-oktabrdagi O‘RQ-355-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 41-son, 543-modda)
Yuridik shaxslarni javobgarlikka tortish ularning mansabdor shaxslari va boshqa xodimlarini ular bojxona haqidagi qonun hujjatlarini buzganligi uchun javobgarlikdan ozod etmaydi.
Yuridik shaxsning mansabdor shaxslari va boshqa xodimlarini kontrabanda uchun hamda bojxona ishi sohasida boshqa jinoyatlarni sodir etganlik uchun jinoiy javobgarlikka tortish yuridik shaxsni bojxonaga oid qonun hujjatlarida nazarda tutilgan javobgarlikdan ozod etmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Tadbirkorlik subyekti bojxona to‘lovlarini to‘lamaganlik natijasida sodir etilgan huquqbuzarlik tufayli yetkazilgan zararning o‘rnini materiallar sudga topshirilgan kundan e’tiboran bir oy ichida ixtiyoriy ravishda qoplagan va uning oqibatlarini bartaraf etgan, shu jumladan penya to‘lagan taqdirda, tadbirkorlik subyekti unga nisbatan iqtisodiy jazo choralari qo‘llanilishidan ozod qilinadi
(131-modda O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi O‘RQ-59-sonli Qonuni asosida to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2006-y., 41-son, 405-modda)
132-modda. Bojxona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun beriladigan jazo turlari
Bojxona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun quyidagi jazolar beriladi:
1) jarima;
Oldingi tahrirga qarang.
(132-modda birinchi qismining 2-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-son Qonuniga muvofiq chiqarilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 25-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 44-moddasi.
3) bojxona haqidagi qonun hujjatlari buzilishini sodir etish quroli yoki bevosita ashyosi hisoblangan tovarlar va transport vositalarini musodara qilish.
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu modda birinchi qismining 1-bandida nazarda tutilgan jazo asosiy jazo sifatida qo‘llaniladi, ushbu modda birinchi qismining 3-bandida nazarda tutilgan jazo esa ham asosiy, ham qo‘shimcha jazo sifatida qo‘llanilishi mumkin.
(132-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda)
Tovarlar va transport vositalarining qiymatidan kelib chiqqan holda hisoblab chiqiladigan jarima miqdorini aniqlash chog‘ida, bunday qiymat deb ularning huquqbuzarlik aniqlangan kundagi erkin (bozor) narxi tushuniladi.
Yuridik shaxs yoki yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan shaxs bojxona haqidagi qonun hujjatlarini bir necha bor buzgan taqdirda, har bir huquqbuzarlik uchun alohida-alohida jarima solinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Bojxona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun tadbirkorlik subyektining oxirgi hisobot sanasidagi joriy aktivlari summasining jami yigirma foizidan ortiq miqdordagi to‘lanmagan bojxona to‘lovlarini va qo‘llanilgan iqtisodiy jazo choralarini undirish unga undiriladigan summani undirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan e’tiboran olti oy mobaynida oyma-oy bo‘lib to‘lash imkoni berilgan holda amalga oshiriladi.
(132-modda O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi O‘RQ-59-sonli Qonuni asosida beshinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2006-y., 41-son, 405-modda)
Bojxona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun jazo berilishi javobgarlikka tortilayotgan shaxslarni boj to‘lovlarini to‘lash va ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa talablarni bajarish majburiyatidan ozod etmaydi.
133-modda. Bojxona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun jazo berish muddatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu Kodeks 132-moddasi birinchi qismining 1-bandida nazarda tutilgan jazo bojxona haqidagi qonun hujjatlarining buzilganligi aniqlangan kundan e’tiboran olti oydan kechiktirmay, lekin qonunbuzarlik sodir etilgan kundan e’tiboran uch yildan kechiktirmay, davlat budjetiga boj to‘lovlari to‘lanmaganligi bilan bog‘liq ishlar bo‘yicha esa besh yildan kechiktirmay qo‘llanilishi mumkin.
(133-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda)
Ushbu Kodeks 132-moddasi birinchi qismining 3-bandida nazarda tutilgan jazo bojxona haqidagi qonun hujjatlari buzilgan yoki buzilganligi aniqlangan vaqtdan qat’i nazar va u asosiy yoki qo‘shimcha jazo bo‘lishidan qat’i nazar berilaveradi.
15-bob. BOJXONA XAQIDAGI QONUN HUJJATLARINI BUZIShNING AYRIM TURLARI UChUN YuRIDIK ShAXSLARNING VA YuRIDIK ShAXS TAShKIL ETMASDAN TADBIRKORLIK FAOLIYATI BILAN ShUG‘ULLANAYOTGAN ShAXSLARNING JAVOBGARLIGI
Oldingi tahrirga qarang.
(134 — 136-moddalar O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi O‘RQ-59-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2006-y., 41-son, 405-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(137-modda O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 7-oktabrdagi O‘RQ-355-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2013-y., 41-son, 543-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(138-modda O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi O‘RQ-59-sonli Qonuniga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2006-y., 41-son, 405-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(139-modda O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 7-oktabrdagi O‘RQ-355-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2013-y., 41-son, 543-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(140 — 143-moddalar O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi O‘RQ-59-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2006-y., 41-son, 405-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(144 — 146-moddalar O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 7-oktabrdagi O‘RQ-355-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2013-y., 41-son, 543-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(147—150-moddalar O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi O‘RQ-59-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2006-y., 41-son, 405-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(151 — 154-moddalar O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 7-oktabrdagi O‘RQ-355-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2013-y., 41-son, 543-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(155-modda O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi O‘RQ-59-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2006-y., 41-son, 405-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(156-modda O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 7-oktabrdagi O‘RQ-355-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2013-y., 41-son, 543-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(157-158-moddalar O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 7-oktabrdagi O‘RQ-355-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2013-y., 41-son, 543-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(159-modda O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 7-oktabrdagi O‘RQ-355-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2013-y., 41-son, 543-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(160-modda O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi O‘RQ-59-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2006-y., 41-son, 405-modda)
161-modda. Tovarlar va transport vositalarini O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali bojxona nazoratini chetlab olib o‘tish
Tovarlar va transport vositalarini O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali bojxona nazoratini chetlab, ya’ni bojxona organlari tomonidan belgilangan joylarni chetlab yoki bojxona rasmiylashtiruvining belgilangan vaqtidan tashqari paytda olib o‘tish, agar jinoyat alomatlari yo‘q bo‘lsa —
tovarlar va transport vositalarini musodara qilib, ular qiymatining yuz foizidan ikki yuz foizigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
162-modda. O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali olib o‘tilayotgan tovarlarni bojxona nazoratidan yashirish
O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali olib o‘tilayotgan tovarlarni bojxona nazoratidan yashirish, ya’ni xufyadonlardan yoki tovarlarni topishni qiyinlashtiradigan boshqa usullardan foydalanish yoxud bir tovarni boshqa tovarga o‘xshash qilib qo‘yish, agar jinoyat alomatlari yo‘q bo‘lsa —
tovarlarni musodara qilib, ular qiymatining yuz foizidan ikki yuz foizigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
163-modda. Hujjatlardan yoki qiyoslash vositalaridan aldov yo‘li bilan foydalangan holda O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib o‘tish
Hujjatlardan yoki qiyoslash vositalaridan aldov yo‘li bilan foydalangan holda O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib o‘tish, ushbu Kodeksning 164 va 167-moddalarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno, agar jinoyat alomatlari yo‘q bo‘lsa —
tovarlarni musodara qilib, ular qiymatining yuz foizidan ikki yuz foizigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(163-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi O‘RQ-59-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 41-son, 405-modda)
164-modda. Tovarlarni deklaratsiyalamaslik yoki ularni noto‘g‘ri deklaratsiyalash
O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali olib o‘tilayotgan tovarlarni deklaratsiyalamaslik yoki ularni noto‘g‘ri deklaratsiyalash, ya’ni tovarlar, ularning bojxona rejimi va boshqalar haqida bojxona maqsadlari uchun kerakli bo‘lgan belgilangan yozma, og‘zaki yoki boshqa shakldagi to‘g‘ri ma’lumotlarni bermaslik yoxud noto‘g‘ri ma’lumotlar berish, ushbu Kodeksning 161—163 va 167-moddalarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno, agar jinoyat alomatlari bo‘lmasa, —
(164-moddaning birinchi qismi dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 7-oktabrdagi O‘RQ-355-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 41-son, 543-modda)
tovarlarni musodara qilib, ular qiymatining ellik foizidan yuz foizigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Noto‘g‘ri ma’lumotlarni ko‘rsatish, bu ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib o‘tish, ularni talab etilayotgan bojxona rejimiga joylashtirish, bojxona to‘lovlari miqdori to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi bojxona organi tomonidan qaror qabul qilinishiga ta’sir etmasa, —
eng kam ish haqining o‘n besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(164-modda O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi O‘RQ-59-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 41-son, 405-modda)
165-modda. O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga bojxona qoidalarini buzgan holda olib kirilgan tovarlar va transport vositalarini tashish, saqlash, sotib olish, ulardan foydalanish yoki ularni tasarruf etish
O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga bojxona nazoratini chetlab o‘tib yoxud bojxona nazoratidan yashirib, yoxud hujjatlar yoki qiyoslash vositalaridan aldov yo‘li bilan foydalanib olib kirilgan yoxud deklaratsiyalanmagan yoki noto‘g‘ri deklaratsiyalangan tovarlar va transport vositalarini tashish, saqlash, sotib olish, ushbu tovarlar va transport vositalaridan foydalanish yoki ularni tasarruf etish, xuddi shuningdek boj to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar berilgan, bunday imtiyozlar berilishiga sabab bo‘lganidan boshqa maqsadlarda foydalanilayotgan yoxud tasarrufdan chiqarilayotgan tovarlar va transport vositalarini bojxona organining ruxsatisiz tashish, saqlash va sotib olish, —
Oldingi tahrirga qarang.
tovarlar va transport vositalarini musodara qilib, ular qiymatining ellik foizidan yuz foizigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(165-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda)
166-modda. Bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar berilgan, shartli ravishda chiqarilgan tovarlar va transport vositalaridan foydalanish va ularni tasarruf etish tartibini buzish
Bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar berilgan, shartli ravishda chiqarilgan tovarlar va transport vositalaridan imtiyozlar berilishiga sabab bo‘lganidan boshqa maqsadlarda foydalanish va ularni tasarruf etish, ushbu Kodeksning 15-moddasida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno, —
(166-moddaning dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi O‘RQ-352-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
litsenziyani chaqirib olib yoki chaqirib olmay, boj imtiyozlari berilishi munosabati bilan to‘lanmagan bojxona to‘lovlari summasining ellik foizidan yuz ellik foizigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(166-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi O‘RQ-59-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 41-son, 405-modda)
167-modda. Bojxona to‘lovlaridan g‘ayriqonuniy ozod qilishga yoki ularni kamaytirishga qaratilgan xatti-harakatlar
Oldingi tahrirga qarang.
Bojxona deklaratsiyasi va boshqa hujjatlarda bojxona to‘lovlaridan ozod qilish yoki ularning miqdorini kamaytirish uchun asos bo‘ladigan noto‘g‘ri ma’lumotlarni ko‘rsatish, ushbu Kodeksning 163-moddasida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno, agar jinoyat alomatlari yo‘q bo‘lsa —
(167-moddaning dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi O‘RQ-59-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 41-son, 405-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
to‘lanishi lozim bo‘lgan bojxona to‘lovlari summasining ellik foizidan yuz ellik foizigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(167-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi O‘RQ-59-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 41-son, 405-modda)
168-modda. To‘langan bojxona to‘lovlarini qaytarib olish, to‘lovlar va boshqa haqlarni olishga qaratilgan xatti-harakatlar yoxud yetarli asoslarsiz ularni qaytarmaslik
To‘langan bojxona to‘lovlarini qaytarib olish, to‘lovlarni va boshqa haqlarni olish huquqini beradigan noto‘g‘ri ma’lumotlardan iborat hujjatlarni bojxona organiga taqdim etish yoki yetarli asoslarsiz ularni qaytarmaslik yoxud to‘liq hajmda qaytarmaslik, agar jinoyat alomatlari yo‘q bo‘lsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
talab qilingan, olingan yoki qaytarilmagan bojxona to‘lovlari, to‘lovlar va boshqa haqlar summasining ellik foizidan yuz ellik foizigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(168-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi O‘RQ-59-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 41-son, 405-modda)
169-modda. Bojxona to‘lovlarini to‘lash muddatlarini buzish
Bojxona to‘lovlarini belgilangan muddatlarda to‘lamaslik, agar jinoyat alomatlari yo‘q bo‘lsa, —
Oldingi tahrirga qarang.
to‘lanmagan bojxona to‘lovlari summasining yigirma foizidan ellik foizigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
(169 -moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi O‘RQ-59-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 41-son, 405-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(170-modda O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi O‘RQ-59-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2006-y., 41-son, 405-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(171-modda O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 7-oktabrdagi O‘RQ-355-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2013-y., 41-son, 543-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(172-modda O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 7-oktabrdagi O‘RQ-355-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2013-y., 41-son, 543-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 108-moddasi.
X BO‘LIM. BOJXONA XAQIDAGI QONUN HUJJATLARINI BUZGANLIK TO‘G‘RISIDAGI IShLARNI YURITISh
16-bob. UMUMIY QOIDALAR
173-modda. Bojxona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik to‘g‘risidagi ishlarni yuritish tartibi
Bojxona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik to‘g‘risidagi ishlarni yuritish bojxona organlarining mansabdor shaxslari tomonidan ushbu Kodeksga muvofiq, Kodeksda tartibga solinmagan hollarda esa ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
174-modda. Bojxona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik to‘g‘risidagi ishni yuritish joyi
Bojxona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik to‘g‘risidagi ishni bojxona organining mansabdor shaxsi huquqbuzarlik aniqlangan joyda yoki yuqori bojxona organining ruxsati bilan — huquqbuzarlik sodir etilgan joyda yuritadi.
175. Bojxona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik to‘g‘risidagi ishlarni yuritish muddatlari
Bojxona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik to‘g‘risidagi ishni yuritish u boshlangan kundan e’tiboran bir oy muddatdan kechikmay tugallanishi lozim.
Bojxona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik to‘g‘risidagi ishlarni yuritish muddati zarur hollarda bojxona organining boshlig‘i tomonidan yuridik shaxslarga va yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan shaxslarga nisbatan to‘rt oygacha uzaytirilishi mumkin.
176-modda. Bojxona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik to‘g‘risidagi ish materiallarini oshkor qilishga yo‘l qo‘yilmasligi
Bojxona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik to‘g‘risidagi ish materiallarida mavjud bo‘lgan ma’lumotlar ish ko‘rib chiqilgunga qadar oshkor qilinmaydi.
177-modda. Bojxona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha bayonnomalar
Bojxona haqidagi qonun hujjatlari buzilganligi fakti bo‘yicha hamda zarur harakatlarni sodir etish paytida bojxona organining mansabdor shaxsi qonun hujjatlarida belgilanadigan shaklda bayonnomalar tuzadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 280-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi “Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining 6-moddasi.
Bojxona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha bayonnomalarga to‘plangan dalillar qo‘shib qo‘yiladi. Bojxona organining mansabdor shaxsi ish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda uzil-kesil hal etilgunga qadar dalillarning saqlanishini ta’minlash choralarini ko‘rishi shart.
17-bob. BOJXONA XAQIDAGI QONUN HUJJATLARINI BUZGANLIK TO‘G‘RISIDAGI IShNING YuRITILIShINI TA’MINLASh
178-modda. Tovarlar, transport vositalari, hujjatlar va boshqa buyumlarni olib qo‘yish
Bojxona nazorati, ko‘zdan kechiruvi paytida topilgan huquqbuzarlik quroli yoki bevosita buyumi bo‘lgan tovarlar, transport vositalari, hujjatlar va boshqa buyumlar bojxona organlarining mansabdor shaxslari tomonidan xolislar hozirligida olib qo‘yiladi.
Olib qo‘yilgan tovarlar, transport vositalari, hujjatlar va boshqa buyumlar ish ko‘rib chiqilgunga qadar bojxona organlari belgilagan joylarda saqlanadi.
Bojxona haqidagi qonun hujjatlari buzilgan taqdirda jarima hamda tovarlar va transport vositalarining qiymati undirilishini ta’minlash uchun huquqbuzardan, agar u O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashash joyiga ega bo‘lmasa va yuridik shaxsdan — agar u O‘zbekiston Respublikasi hududida filial yoki vakolatxonaga ega bo‘lmasa, tovarlar va transport vositalari, O‘zbekiston Respublikasi valyutasi va valyuta boyliklari olib qo‘yilishiga yo‘l qo‘yiladi.
Tovarlar, transport vositalari va boshqa ashyolarni olib qo‘yishning imkoni bo‘lmagan taqdirda ulardan foydalanish va ularni tasarruf etish taqiqlanadi, ularning saqlanishi esa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda ta’minlanadi.
179-modda. Olib qo‘yilgan tovarlar, transport vositalari va boshqa buyumlarni baholash
Bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan olib qo‘yilgan tovarlar, transport vositalari va boshqa buyumlarni baholash baholovchi tashkilot, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ayrim hollarda esa bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan bozor qiymati bo‘yicha amalga oshiriladi.
(179-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 17-sentabrdagi O‘RQ-257-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 37-son, 315-modda)
Pul, obligatsiyalar, cheklar, aksiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlar nominal qiymati bo‘yicha hisobga olinadi.
180-modda. Bojxona tekshiruvi
Bojxona organining mansabdor shaxsi bojxona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik to‘g‘risidagi ishni yuritish jarayonida dalillarni aniqlash va ularni qayd etish, ishga ahamiyati bo‘lgan boshqa holatlarni aniqlash uchun joyni, hududlarni, binolarni, transport vositalarini, ashyolarni va hujjatlarni bojxona tekshiruvidan o‘tkazishga haqli.
Bojxona tomonidan ko‘zdan kechirish hududi, binosi, transport vositasi, ashyolari va hujjatlari ko‘zdan kechirilayotgan shaxs (uning vakili), kamida ikki xolis, zarur hollarda esa — mutaxassislar ishtirokida o‘tkaziladi.
Bojxona tomonidan ko‘zdan kechirishni o‘tkazishda ishtirok etayotgan shaxslarga ularning huquqlari va majburiyatlari tushuntiriladi.
181-modda. Ekspertiza
Bojxona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik to‘g‘risidagi ishni yuritish paytida bojxona organi mansabdor shaxsining qarori bilan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ekspertiza tayinlanishi mumkin.
182-modda. Ekspertiza o‘tkazish uchun namunalar va nusxalar olish
Bojxona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik to‘g‘risidagi ishni yuritayotgan bojxona organining mansabdor shaxsi qaror asosida va xolislar oldida, zarur hollarda esa mutaxassislar ishtirokida tovarlar va boshqa buyumlardan ekspertiza o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan namuna va nusxalarni, shuningdek imzoning, yozuvning nusxalarini olishga haqli.
 LexUZ sharhi
Qarang: “O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan o‘tkazilayotgan tovarlarning namunalarini va nusxalarini bojxona organlari tizimida muomalada bo‘lishi tartibi to‘g‘risida”gi yo‘riqnoma (ro‘yxat raqami 1269, 29.08.2003-y.).
183-modda. Bojxona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik to‘g‘risidagi ishni yuritishda ishtirok etuvchi shaxslar
Bojxona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik to‘g‘risidagi ishni yuritishda javobgarlikka tortilayotgan shaxsdan tashqari uning vakili, advokat, ekspert, mutaxassis, tarjimon, guvoh, xolislar ishtirok etishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining XXII bobi.
184-modda. Bojxona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik to‘g‘risidagi ishni yuritishda shaxslarning ishtirok etishini istisno qiluvchi holatlar
Agar ishning natijasidan shaxsan, bevosita yoki bilvosita manfaatdor bo‘lsalar, bojxona organining mansabdor shaxsi bojxona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik to‘g‘risidagi ishni yuritishi, ekspert, mutaxassis, tarjimon, xolis esa ishni yuritishda ishtirok etishi mumkin emas. Bu holda bojxona organining mansabdor shaxsi, ekspert, mutaxassis, tarjimon, xolis o‘zini o‘zi rad etishi shart, javobgarlikka tortilayotgan shaxs, uning vakili yoki advokat esa bu shaxslarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rad qilishlari mumkin.
Ekspert, mutaxassis, tarjimonning o‘z kasbiga noloyiqligi ayon bo‘lib qolsa ham, ular rad qilinishi lozim.
Rad qilish to‘g‘risida ariza berish ishni yuritishni to‘xtatib qo‘ymaydi.
185-modda. Bojxona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha chiqimlar
Bojxona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha chiqimlar quyidagilardan iborat bo‘ladi:
guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar, xolislarga to‘lanadigan summalar;
tekshiruv va inventarizatsiya o‘tkazish munosabati bilan sarflangan summalar;
dalillarni saqlash, tashish (jo‘natish) va tekshirish uchun sarflangan summalar;
ishni yuritish va ko‘rish munosabati bilan bojxona organi qilgan boshqa xarajatlar.
Bojxona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha chiqimlar jazo berish to‘g‘risidagi qaror kimga nisbatan chiqarilgan bo‘lsa, shu shaxs zimmasiga yuklanadi. Agar bojxona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha bir nechta shaxsga jazo berilgan bo‘lsa, ishni ko‘rayotgan bojxona organining mansabdor shaxsi ularning har biri zimmasiga yuklanadigan chiqimlar miqdorini aniqlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Mol-mulkni davlat daromadiga o‘tkazish bilan bog‘liq chiqimlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanadi.
(185-modda O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-son Qonuni asosida uchinchi qism bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 15-iyuldagi 200-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat daromadiga o‘tkaziladigan mol-mulkni olib qo‘yish, sotish yoki yo‘q qilib tashlash tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 55-bandi.
Bojxona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik to‘g‘risidagi ishni yuritish to‘xtatilgan taqdirda, yuzaga kelgan chiqimlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda undirilishi lozim.
18-bob. BOJXONA XAQIDAGI QONUN HUJJATLARINI BUZGANLIK TO‘G‘RISIDAGI IShLARNI KO‘RIB ChIQISh
186-modda. Bojxona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik to‘g‘risidagi ishlarning ko‘rishga taalluqliligi
Bojxona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik to‘g‘risidagi ishlar:
Oldingi tahrirga qarang.
agar jazo chorasi sifatida jarima, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda tovarlarni musodara qilish chorasi qo‘llanilsa, bojxona organi tomonidan ko‘riladi. Tadbirkorlik subyektlariga nisbatan jarima qo‘llash sud tartibida amalga oshiriladi, ularning sodir etilgan huquqbuzarlikdagi aybiga iqror bo‘lganligi va jarimani ixtiyoriy ravishda to‘laganligi hollari bundan mustasno. Tadbirkorlik subyektlariga nisbatan tovarlarni musodara qilish chorasini qo‘llash sud tartibida amalga oshiriladi.
(186-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi O‘RQ-59-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 41-son, 405-modda)
agar asosiy yoki qo‘shimcha jazo chorasi tariqasida tovarlarni va transport vositalarini musodara qilish nazarda tutilsa, tegishli bojxona organi joylashgan erdagi sud tomonidan ko‘riladi.
Bojxona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rish va bojxona organlari nomidan jazolarni qo‘llashga bojxona organlarining boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari haqlidir.
Yuqori turuvchi bojxona organi bojxona organlariga taalluqli har qanday ishni o‘zi ko‘rish uchun qabul qilib olishga yoki uni istalgan quyi bojxona organlariga topshirishga haqlidir.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 262-moddasi.
187-modda. Javobgarlikka tortilayotgan shaxsning bojxona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rishda ishtirok etishi
Bojxona organi bojxona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlikka tortilayotgan shaxsni ishni ko‘rish joyi va vaqti to‘g‘risida xabardor qiladi.
Bojxona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik to‘g‘risidagi ish, qoida tariqasida, javobgarlikka tortilayotgan shaxs ishtirokida ko‘riladi.
Javobgarlikka tortilayotgan shaxs ishni ko‘rish joyi va vaqti to‘g‘risida o‘z vaqtida xabardor qilingani haqida ma’lumotlar mavjud bo‘lgan yoxud ish ko‘rilayotgan vaqtda shaxs O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida bo‘lgan hollarda va agar undan ishni kechiktirib turish to‘g‘risida iltimosnoma tushmagan bo‘lsa, ish javobgarlikka tortilayotgan shaxs ishtirokisiz ko‘rilishi mumkin.
188-modda. Bojxona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha bojxona organining qarori
Bojxona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqib, bojxona organining mansabdor shaxsi quyidagi qarorlardan birini chiqaradi:
jarima solish to‘g‘risida;
ish yuritishni tugatish to‘g‘risida;
jinoyat ishini qo‘zg‘atish va surishtiruv o‘tkazish to‘g‘risida;
huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi materiallarni tegishliligiga ko‘ra yuborish to‘g‘risida;
ishni qo‘shimcha ravishda yuritish uchun qaytarish to‘g‘risida.
Bojxona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha qarorda quyidagilar bo‘lishi kerak: qaror chiqargan bojxona organining nomi (mansabdor shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi); ish ko‘riladigan sana va joy; ishi ko‘rilayotgan shaxsga doir ma’lumotlar; ishni ko‘rish vaqtida aniqlangan holatlar bayoni; ushbu Kodeksning bojxona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlikni nazarda tutadigan moddasi; ish bo‘yicha qabul qilingan qaror; qaror ustidan shikoyat qilish muddatlari va tartibiga doir ma’lumotlar.
19-bob. BOJXONA ORGANINING QARORI USTIDAN ShIKOYAT QILISh (PROTEST KELTIRISh)
189-modda. Bojxona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha qaror ustidan shikoyat qilish (protest keltirish)
Bojxona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha qaror ustidan shikoyat qaror kimga nisbatan chiqarilgan bo‘lsa, shu shaxs tomonidan, uning vakili yoki advokat tomonidan yuqori turuvchi bojxona organiga (mansabdor shaxsga) yoki bojxona organi joylashgan erdagi sudga qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda berilishi mumkin.
Bojxona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha qaror chiqargan bojxona organi orqali berilgan shikoyat uch sutka ichida tegishlicha yuqori turuvchi bojxona organiga yoki sudga yuboriladi.
Bojxona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha bojxona organi mansabdor shaxsining qarori ustidan qonun hujjatlariga muvofiq nazorat tartibida prokuror protest keltirishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 317-moddasi.
Belgilangan muddatda shikoyat berish yoki protest keltirish jazoni qo‘llanish to‘g‘risidagi qarorning ijrosini, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, shikoyat yoki protest ko‘rib chiqilgunga qadar to‘xtatib qo‘yadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 318-moddasi.
190-modda. Bojxona organining hal qiluv qarori
Bojxona organi bojxona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha chiqarilgan qaror ustidan berilgan shikoyatni yoki prokurorning protestini ko‘rish vaqtida quyidagi hal qiluv qarorlaridan birini qabul qiladi:
qarorni o‘zgarishsiz qoldiradi, shikoyat yoki protestni esa qanoatlantirmaydi;
qarorni bekor qiladi va ishni yangidan ko‘rish uchun yuboradi;
qarorni bekor qiladi va ish yuritishni tugatadi;
bojxona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun jazo chorasini kuchaytirmagan holda uni ushbu Kodeksda nazarda tutilgan doirada o‘zgartiradi.
Bojxona organining hal qiluv qarori qaror shaklida rasmiylashtiriladi. Qaror nusxasi uch kun ichida ustidan qaror chiqarilgan shaxsga yuboriladi. Protestni ko‘rish natijalari to‘g‘risida qonunda belgilangan muddatda prokurorga ma’lum qilinadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Prokuratura to‘g‘risida”gi Qonunining 38-moddasi.
191-modda. Bojxona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha chiqarilgan qarorni bekor qilish yoki o‘zgartirish asoslari
Bojxona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha chiqarilgan qarorni bekor qilish yoki o‘zgartirishga quyidagilar asos bo‘ladi:
uning to‘liq ko‘rilmaganligi;
qarorda bayon etilgan xulosalar ishning haqiqiy holatlariga muvofiq kelmasligi;
jazoni qo‘llanishning qonun hujjatlarida belgilab qo‘yilgan tartibi uzilganligi.
192-modda. Bojxona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha chiqarilgan qarorni bekor qilib, ish yuritishni tugatish oqibatlari
Bojxona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha chiqarilgan qarorni bekor qilib, ish yuritishning tugatilishi undirilgan pul summalarining, olib qo‘yilgan va musodara qilingan ashyolarning qaytarilishiga, shuningdek avval qabul qilingan qaror bilan bog‘liq boshqa cheklashlar bekor qilinishiga olib keladi. Buyumni qaytarishning imkoni bo‘lmagan taqdirda, uning qiymati qoplanadi. Etkazilgan zararni qoplash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
XI BO‘LIM. JAZOLAR BERISh TO‘G‘RISIDAGI QARORLARNI IJRO ETISh
193-modda. Bojxona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun jazo berish to‘g‘risidagi qarorni ijroga qaratish
Jazo berish to‘g‘risidagi qaror barcha yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ijro etilishi majburiydir hamda agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib belgilanmagan bo‘lsa, u chiqarilgan paytdan e’tiboran ijro etilishi lozim.
Jazo berish to‘g‘risidagi qaror ustidan shikoyat qilingan yoki protest keltirilgan taqdirda, qaror, shikoyat yoki protest qanoatlantirmay qoldirilganidan keyin ijro etilishi lozim.
Jazo berish to‘g‘risidagi qaror uni ixtiyoriy ravishda ijro etish uchun ushbu Kodeksda belgilangan muddat o‘tganidan keyin majburiy ijro ettirilishi lozim.
Jazo berish to‘g‘risida qaror chiqargan bojxona organi uni mustaqil ravishda yoxud moliya organi, banklar yoki boshqa kredit muassasalariga qarorni ijroga qaratish to‘g‘risida xabarnoma yuborish orqali yoki qonun hujjatlarida belgilangan tartibda majburiy tarzda ijroga qaratadi. Jazo berish to‘g‘risidagi qaror bo‘yicha undirish to‘liq amalga oshirilgach, u ijro etilgani haqida belgi qo‘yilib, bojxona organiga qaytariladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonuni.
Agar yuridik shaxslarga va yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan shaxslarga jazo berish to‘g‘risidagi qaror chiqarilgan kunidan e’tiboran bir yil ichida ijroga qaratilmagan bo‘lsa, u ijro etilmaydi.
Shikoyat berilishi yoki protest keltirilishi munosabati bilan qarorning ijrosi to‘xtatib turilgan taqdirda, muddatning o‘tishi ular ko‘rib chiqilguniga qadar to‘xtatib turiladi.
194-modda. Jarima solish to‘g‘risidagi qarorni ijro etish
Jarima bojxona haqidagi qonun hujjatlarini buzgan shaxs tomonidan unga qaror topshirilgan kundan e’tiboran ko‘pi bilan o‘n besh kun ichida, qaror ustidan shikoyat berilgan yoki protest keltirilgan taqdirda esa — shikoyat yoki protest qanoatlantirmay qoldirilganligi to‘g‘risida xabar qilingan kundan e’tiboran ko‘pi bilan o‘n besh kun ichida to‘lanishi lozim.
Agar jarima O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxs yoxud O‘zbekiston Respublikasi hududida filiali yoki vakolatxonasi bo‘lmagan yuridik shaxs tomonidan belgilangan muddatlarda to‘lanmasa, u ushbu Kodeks 178-moddasining uchinchi qismiga muvofiq ana shu jazoni ta’minlash uchun olib qo‘yilgan tovarlar, transport vositalari va boshqa buyumlarni sotishdan olingan summalardan undiriladi.
Shaxsning jarima to‘lash uchun yetarli pul mablag‘lari bo‘lmasa, bu summani undirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sud qaroriga asosan amalga oshiriladi.
(194-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi O‘RQ-59-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 41-son, 405-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining IV bo‘limi va O‘zbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonuni.
195-modda. Musodara qilish to‘g‘risidagi qarorni ijro etish
Oldingi tahrirga qarang.
Musodara qilish to‘g‘risida qaror chiqarilgan tovarlar, transport vositalari va boshqa buyumlar qaror ustidan shikoyat qilish muddati o‘tganidan keyin qonun hujjatlarida belgilangan tartibda musodara qilinadi. Musodara qilish buyumning bojxona haqidagi qonun hujjatlarini buzgan shaxs mulki yoki mulki emasligidan, shuningdek bu shaxsning turgan joyi aniqlangan yoki aniqlanmaganidan qat’i nazar amalga oshiriladi.
(195-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 13-dekabrdagi 447–II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 1-son, 8-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 337-moddasi.
Tovarlar va transport vositalarini musodara qilishning imkoni bo‘lmagan taqdirda, ularning qiymati qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda bojxona haqidagi qonun hujjatlarini buzgan shaxslardan undirib olinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(196-modda O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-son Qonuni asosida o‘z kuchini yo‘qotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda)
197-modda. O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida yashaydigan yoki O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida bo‘lgan shaxslarga jazo berish to‘g‘risidagi qarorni ijro etish
O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida yashaydigan yoki O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida bo‘lgan va O‘zbekiston Respublikasi hududida mol-mulkka ega bo‘lmagan shaxslarga jazo berish to‘g‘risidagi qarorlarning ijrosi O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari va xalqaro shartnomalari bilan belgilanadi.
198-modda. Tovarlar va transport vositalarini davlat mulkiga aylantirish
Ushbu Kodeksga muvofiq musodara qilingan tovarlar, transport vositalari va boshqa ashyolar, shuningdek shaxs davlat foydasiga voz kechgan tovarlar va transport vositalari davlat mulkiga aylantiriladi va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sotilishi yoki yo‘q qilinishi lozim.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 15-iyuldagi 200-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat daromadiga o‘tkaziladigan mol-mulkni olib qo‘yish, sotish yoki yo‘q qilib tashlash tartibi to‘g‘risida”gi nizom.
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 2-son, 36-modda; 1999-y., 9-son, 229-modda; 2001-y., 1-2-son, 23-modda; 2002-y., 1-son, 20-modda, 9-son, 165-modda; 2003-y., 1-son, 8-modda, 5-son, 67-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 51-son, 514-modda; 2006-y., 14-son, 110-modda, 41-son, 405-modda; 2008-y., 14-15-son, 85-modda; 2009-y., 15-son, 179-modda; 2010-y., 37-son, 315-modda; 2013-y., 1-son, 1-modda, 18-son, 233-modda, 41-son, 543-modda; 2014-y., 50-son, 588-modda)