|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 19.04.2019
|
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining
Qarori
Tovar va transport vositalarining bojxona ko‘zdan kechiruvi hamda ularni bojxona ko‘rigidan o‘tkazish bo‘yicha yo‘riqnomani tasdiqlash haqida
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2016-yil 1-apreldagi 01-02/12-14-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2714-1, 14.04.2016-y.) tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 15-son, 158-modda)
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 11-sentabrda 2714-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2019-yil 20-fevraldagi 01-02/12-6-sonli “Tovar va transport vositalarining bojxona ko‘zdan kechiruvi xamda ularni bojxona ko‘rigidan o‘tkazish bo‘yicha yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek, unga o‘zgartirish va qo‘shimchalarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 2714-2, 19.04.2019-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi “Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining 6-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi qaror qiladi:
1. Tovar va transport vositalarining bojxona ko‘zdan kechiruvi hamda ularni bojxona ko‘rigidan o‘tkazish bo‘yicha yo‘riqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2016-yil 1-apreldagi 01-02/12-14-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2714-1, 14.04.2016-y.) tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 15-son, 158-modda)
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.
Davlat bojxona qo‘mitasi raisi Z. DUSANOV
Toshkent sh.,
2015-yil 5-avgust,
01-02/12-34-son
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2015-yil 5-avgustdagi 01-02/12-34-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Tovar va transport vositalarining bojxona ko‘zdan kechiruvi hamda ularni bojxona ko‘rigidan o‘tkazish bo‘yicha
YO‘RIQNOMA
(ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2016-yil 1-apreldagi 01-02/12-14-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2714-1, 14.04.2016-y.) tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 15-son, 158-modda)
Ushbu Yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksiga muvofiq tovar va transport vositalarini bojxona ko‘zdan kechiruvidan hamda bojxona ko‘rigidan o‘tkazish tartibini belgilaydi.
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2016-yil 1-apreldagi 01-02/12-14-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2714-1, 14.04.2016-y.) tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 15-son, 158-modda)
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Yo‘riqnomada quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
bojxona ko‘zdan kechiruvi — bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan transport vositalarining bo‘limlarini, tovarlarning o‘rov-idishini ochmagan, ko‘zdan kechirilayotgan obyektlarni va ularning qismlarini bo‘laklarga ajratmagan va boshqa yo‘llar bilan ularning butligini buzmagan holda tovarlarning va (yoki) transport vositalarining, xalqaro pochta va kuryerlik jo‘natmalarining hamda jismoniy shaxslar bagajining, shuningdek yuk ortilgan idishlarni, konteynyerlarni, bojxona identifikatsiyalash vositalarining tashqi ko‘rinishini ko‘zdan kechirish orqali amalga oshiriladigan bojxona nazoratining shakli;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2016-yil 1-apreldagi 01-02/12-14-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2714-1, 14.04.2016-y.) tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 15-son, 158-modda)
bojxona ko‘rigi — qo‘yilgan plombalarni, muhrlarni yoki bojxona identifikatsiyalashining boshqa vositalarini buzgan xolda, tekshirilayotgan obyektlarni va ularning qismlarini bo‘laklarga ajratib, demontaj qilib yoki boshqa yo‘llar bilan ularning butligini buzib, tovarlarning o‘ramini yoki transport vositasining yuk joylanadigan bo‘limini yoxud idishlarini, konteynyerlarni va tovarlar bo‘lgan yoki bo‘lishi ehtimoli bo‘lgan boshqa joylarni ochish orqali amalga oshiriladigan bojxona nazoratining shakli;
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2016-yil 1-apreldagi 01-02/12-14-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2714-1, 14.04.2016-y.) tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 15-son, 158-modda)
“Bojxona ko‘rigi” AAT — mazkur Yo‘riqnomaning ilovasida belgilangan shakldagi bojxona ko‘rigi dalolatnomalarini rasmiylashtirish va ular to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qayta ishlashga mo‘ljallangan Davlat bojxona qo‘mitasining avtomatlashtirilgan axborot tizimi;
tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti — bojxona yuk deklaratsiyalari asosida tovar va transport vositalarining bojxona nazorati va rasmiylashtiruvi amalga oshiriladigan bojxona posti;
chegara bojxona posti — O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktlarida yoki chegaradan o‘tgandan keyingi transport vositalari to‘xtaydigan birinchi (oxirgi) manzilda joylashgan, davlat chegarasi orqali harakatlanayotgan tovarlar va transport vositalarining bojxona nazorati va rasmiylashtiruvi amalga oshiriladigan bojxona posti.
2. Bojxona ko‘zdan kechiruvi bojxona nazorati ostidagi tovarlar va (yoki) transport vositalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, tovarlarda, yuk ortilgan idishlarda, transport vositalarida va transport vositalarining bo‘limlarida plombalar, muhrlar va boshqa bojxona identifikatsiyalash vositalari mavjudligini tasdiqlash maqsadida amalga oshiriladi.
Bojxona ko‘rigi tovarlar, transport vositalarini bojxona chegarasi orqali olib o‘tishning qonuniyligini aniqlash, ularni hisobga olish, boj, soliqlar, yig‘imlar undirish, shuningdek olib kirish, olib chiqish hamda tranzit qilish taqiqlangan tovarlarni bojxona chegarasi orqali o‘tishining oldini olish uchun amalga oshiriladi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2016-yil 1-apreldagi 01-02/12-14-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2714-1, 14.04.2016-y.) tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 15-son, 158-modda)
21. Bojxona ko‘zdan kechiruvi vakolatli shaxslar ishtirokisiz o‘tkazilishi mumkin, bundan mazkur shaxslar bojxona ko‘zdan kechiruvida hozir bo‘lish istagini bildirgan hollar mustasno.
Bojxona organi xodimining talabiga ko‘ra vakolatli shaxslar tovarlarning va transport vositalarining bojxona ko‘rigi o‘tkazilayotganda hozir bo‘lishi va ularga zarur ko‘mak ko‘rsatishi shart. Vakolatli shaxslar bo‘lmaganda ko‘rikdan o‘tkazilayotgan transport vositasini boshqarayotgan jismoniy shaxs vakolatli shaxs hisoblanadi.
Bojxona organi xodimi bojxona ko‘rigini Bojxona kodeksining 195-moddasi to‘rtinchi qismida nazarda tutilgan holatlarda vakolatli shaxslar ishtirokisiz, ikki nafar xolis hozirligida o‘tkazishga haqli.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2016-yil 1-apreldagi 01-02/12-14-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2714-1, 14.04.2016-y.) asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2016-y., 15-son, 158-modda)
3. Bojxona ko‘zdan kechiruvi va bojxona ko‘rigini amalga oshirishda inson, hayvonot va o‘simliklar hayoti va sog‘lig‘i uchun xavfsiz bo‘lgan hamda tovarlar va transport vositalariga ziyon yetkazmaydigan texnikaviy va boshqa vositalar qo‘llanilishi mumkin.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2016-yil 1-apreldagi 01-02/12-14-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2714-1, 14.04.2016-y.) tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 15-son, 158-modda)
4. Bojxona ko‘zdan kechiruvi va bojxona ko‘rigini amalga oshirishda bojxona organi xodimi Bojxona kodeksining 202-moddasiga muvofiq yordam ko‘rsatish uchun mutaxassislar va ekspertlarni jalb etishi mumkin.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2016-yil 1-apreldagi 01-02/12-14-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2714-1, 14.04.2016-y.) tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 15-son, 158-modda)
41. Bojxona ko‘zdan kechiruvi natijalariga ko‘ra:
to‘g‘ri deklaratsiyalangan taqdirda — tegishli tovarning kuzatuv hujjatlari rasmiylashtiriladi;
tovarning noto‘g‘ri deklaratsiyalanganligi fakti aniqlangan taqdirda — bojxona ko‘rigi amalga oshiriladi.
(41-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2016-yil 1-apreldagi 01-02/12-14-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2714-1, 14.04.2016-y.) asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2016-y., 15-son, 158-modda)
5. Bojxona ko‘rigi natijalari bo‘yicha mazkur Yo‘riqnomaning ilovasiga muvofiq belgilangan shaklda bojxona ko‘rigi dalolatnomasi rasmiylashtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2016-yil 1-apreldagi 01-02/12-14-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2714-1, 14.04.2016-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2016-y., 15-son, 158-modda)
7. Bitta transport vositasidan boshqa transport vositasiga tovarlar yuklanayotganda yoki ushbu transport vositasiga tovarlar qayta yuklanayotganda bojxona ko‘zdan kechiruvi va bojxona ko‘rigi qayta yuklash jarayonini nazorat qiluvchi tashqi iqtisodiy faoliyat yoki chegara bojxona posti xodimlari tomonidan amalga oshiriladi. Bunday hollarda bojxona ko‘rigini amalga oshirish uchun bojxona organi xodimining bildirgisi hamda bojxona posti boshlig‘ining yoxud uning vazifasini bajaruvchi shaxsning yozma ruxsati talab etilmaydi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2016-yil 1-apreldagi 01-02/12-14-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2714-1, 14.04.2016-y.) tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 15-son, 158-modda)
2-bob. Chegara bojxona postlarida bojxona ko‘zdan kechiruvi va bojxona ko‘rigini amalga oshirish
(2-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2016-yil 1-apreldagi 01-02/12-14-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2714-1, 14.04.2016-y.) tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 15-son, 158-modda)
8. Chegara bojxona postlarida bojxona ko‘rigi:
(8-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2016-yil 1-apreldagi 01-02/12-14-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2714-1, 14.04.2016-y.) tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 15-son, 158-modda)
olib kirilayotgan (olib chiqilayotgan) tovar va transport vositalarida O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish (olib chiqish) taqiqlangan tovarlarning mavjudligini;
olib kirilayotgan (olib chiqilayotgan) tovar va transport vositalarida olib kirishga (olib chiqishga) ruxsat beruvchi hujjatga ega bo‘lmagan O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish (olib chiqish) cheklangan tovarlarning mavjudligini;
olib kirilayotgan (olib chiqilayotgan) tovarlarning taqdim qilingan hujjatlardagi ma’lumotlar bilan miqdorining mosligini hamda olib chiqilayotgan tovarlarning hujjatlarda ko‘rsatilgan ma’lumotlarga tur jihatdan mosligini;
tranzit olib o‘tishda O‘zbekiston Respublikasi hududidan tranzit olib o‘tish taqiqlangan yoki tranzit olib o‘tishga ruxsat beruvchi hujjatga ega bo‘lmagan, O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit olib o‘tish cheklangan tovarlarning mavjudligini aniqlash maqsadida amalga oshiriladi.
9. Chegara bojxona postlari orqali harakatlanayotgan barcha tovarlar va transport vositalari bojxona ko‘zdan kechiruvidan o‘tkazilishi lozim.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2016-yil 1-apreldagi 01-02/12-14-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2714-1, 14.04.2016-y.) tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 15-son, 158-modda)
10. Bojxona chegarasi orqali olib o‘tilayotgan tovar va transport vositalari quyidagi hollarda:
tovarga ilova qilingan hujjatlardagi ma’lumotlar o‘zaro bir-biriga muvofiq bo‘lmagan yoxud tashilayotgan tovarlarning to‘liq nomi va kodlari Tovarlarni tavsiflash va kodlashning uyg‘unlashtirilgan tizimiga muvofiq kamida 6 ta belgi darajasida ko‘rsatilmaganda;
bojxona nazoratining texnik vositalarini qo‘llash yakunlari bo‘yicha amaldagi ma’lumotlarning tovarga ilova qilingan hujjatlardagi ma’lumotlarga nomuvofiqligi aniqlanganda;
transport vositasining yuk bo‘lmasiga bevosita (erkin) kirish imkoniyati mavjud bo‘lganda;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasiga Respublikaning boshqa huquqni muhofaza qilish organlari yoki Respublika davlat boshqaruvi boshqa organlaridan tushgan materiallar, shuningdek xorijiy davlatlarning bojxona va boshqa davlat organlaridan hamda xalqaro tashkilotlardan olingan bojxona ko‘rigini amalga oshirish zarurligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar mavjud bo‘lganda;
bojxona organi xodimlarida bojxona qonun hujjatlari buzilganligi to‘g‘risida asosli gumoni mavjud bo‘lganda majburiy tartibda bojxona ko‘rigi amalga oshiriladi.
Bunda bojxona ko‘rigi davlat bojxona xizmati organi xodimining bildirgisi asosida hamda bojxona posti boshlig‘ining yoxud uning vazifasini bajaruvchi shaxsning yozma ruxsati bilan amalga oshiriladi.
(10-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2016-yil 1-apreldagi 01-02/12-14-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2714-1, 14.04.2016-y.) tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 15-son, 158-modda)
Tashilayotgan tovarlarning to‘liq nomi va kodlari Tovarlarni tavsiflash va kodlashning uyg‘unlashtirilgan tizimiga muvofiq kamida 6 ta belgi darajasida ko‘rsatilmagan hollarda transport vositasiga nisbatan vakolatli shaxs ushbu ma’lumotlarni hujjatlar taqdim qilingan paytdan boshlab yigirma to‘rt soat ichida taqdim qilsa chegara bojxona postida bojxona ko‘rigini o‘tkazish talab qilinmaydi.
Mazkur bandning uchinchi xatboshisida ko‘rsatilgan hollarda texnik vositalar qo‘llash natijasini aks ettiruvchi ma’lumotlar bojxona organi xodimining bildirgisiga ilova qilinadi va bojxona postida saqlanadi.
11. Bojxona ko‘zdan kechiruvi hamda bojxona ko‘rigi tovar va transport vositalariga tegishli hujjatlar taqdim qilingandan so‘ng bevosita chegara bojxona postida amalga oshiriladi.
(11-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2016-yil 1-apreldagi 01-02/12-14-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2714-1, 14.04.2016-y.) tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 15-son, 158-modda)
Chegara bojxona postida tovarlarni bojxona ko‘rigidan o‘tkazish uchun yetarli sharoit bo‘lmagan hollarda bojxona ko‘rigi tovarlarni tushirish, ortish, joylashtirish, sanash, o‘lchash, taqdim qilingan hujjatlardagi ma’lumotlarga amalda mos kelishini aniqlash imkoniyati mavjud bo‘lgan boshqa joylarda o‘tkazilishi mumkin.
12. Transport vositalarining bojxona chegarasi orqali harakatlanishida bojxona ko‘zdan kechiruvi hamkorlikdagi texnologik sxemalarda belgilangan vaqtdan oshmasligi lozim.
Fuqarolar qo‘l yuklari va bagajlarining bojxona ko‘zdan kechiruvi ularga tegishli hujjatlar bojxona organi xodimiga taqdim qilingan vaqtda o‘tkaziladi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2016-yil 1-apreldagi 01-02/12-14-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2714-1, 14.04.2016-y.) tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 15-son, 158-modda)
13. Transport vositalarini bojxona ko‘zdan kechiruvidan o‘tkazishda transport vositasining tashqi tomoni hamda yuk joylashtirilishi mumkin bo‘lgan bo‘limlari va qismlari bojxona ko‘zdan kechiruvidan o‘tkaziladi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2016-yil 1-apreldagi 01-02/12-14-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2714-1, 14.04.2016-y.) tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 15-son, 158-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2016-yil 1-apreldagi 01-02/12-14-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2714-1, 14.04.2016-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2016-y., 15-son, 158-modda)
15. Chegara bojxona postlarida bitta transport vositasida olib o‘tilayotgan tovarlar bo‘yicha bitta bojxona ko‘rigi dalolatnomasi rasmiylashtiriladi.
16. Bojxona ko‘rigi natijalari bo‘yicha mazkur Yo‘riqnomaning 8-bandida ko‘rsatilgan holatlar aniqlanmasa transport vositasining harakatini davom ettirish uchun tovarni yetkazib berishning nazorat hujjati rasmiylashtiriladi (nazoratdan chiqariladi).
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2016-yil 1-apreldagi 01-02/12-14-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2714-1, 14.04.2016-y.) tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 15-son, 158-modda)
17. Chegara bojxona postida bojxona ko‘zdan kechiruvi va bojxona ko‘rigi natijalari bo‘yicha mazkur Yo‘riqnomaning 8-bandida ko‘rsatilgan holatlar bilan bog‘liq bojxona qoidabuzarligi aniqlangan taqdirda qonun hujjatlarida belgilangan choralar ko‘riladi. Boshqa holatlarda bojxona ko‘zdan kechiruvidan yoki bojxona ko‘rigidan o‘tkazilgan tovarlar va transport vositalari manzil bojxona postiga yuboriladi.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2016-yil 1-apreldagi 01-02/12-14-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2714-1, 14.04.2016-y.) tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 15-son, 158-modda)
18. Davlat bojxona qo‘mitasining “Temir yo‘l” yoki “Avto” yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimiga tovarni yetkazib berishning nazorat hujjatini rasmiylashtirgan bojxona xodimi tomonidan transport vositasini bojxona ko‘zdan kechiruvidan o‘tkazgan bojxona organi xodimining familiyasi, ismi va otasining ismi to‘g‘risidagi ma’lumotlar kiritiladi.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2016-yil 1-apreldagi 01-02/12-14-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2714-1, 14.04.2016-y.) tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 15-son, 158-modda)
3-bob. Tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postlarida ko‘zdan kechirish va bojxona ko‘rigini amalga oshirish
19. Tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postlarida bojxona organi xodimi tomonidan bojxona ko‘rigi quyidagi maqsadlarda amalga oshiriladi:
bojxona ko‘rigidan o‘tkazilayotgan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi jarayonida taqdim qilingan hujjatlarga amalda mosligini tekshirish;
tovarlarni hisobga olish;
tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solishning tarif va notarif boshqaruv usullarini qo‘llash;
bojxona qonunchiligi buzilishi to‘g‘risida mavjud bo‘lgan axborotni tekshirish;
bojxona nazoratini tanlab o‘tkazish prinsipiga rioya etib, xavfni boshqarish tizimi asosida bojxona nazoratini o‘tkazish.
20. Tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postlarida bojxona ko‘rigi tovarlarga nisbatan bojxona yuk deklaratsiyasi ro‘yxatga olingandan so‘ng amalga oshiriladi.
21. Bojxona yuk deklaratsiyasi bojxona organiga taqdim qilingunga qadar bojxona organi xodimi ishtirokida deklarant tomonidan ko‘zdan kechirilishi mumkin.
Deklarant tomonidan ko‘zdan kechirish jarayonida bojxona organi xodimi:
qiyoslash vositalarining butligini va yo‘l yuk hujjatlari bilan mos kelishini tekshiradi;
qiyoslash vositalarini olib tashlanishi va transport vositasining yukxonasini ochilishida ishtirok etadi;
ortiqcha tovarlar qo‘shib qo‘yilishi yoki tovarlarni olib qo‘yilmasligini nazorat qiladi;
tovar va transport hujjatlariga “deklarant tomonidan ko‘zdan kechirildi” — degan yozuvlarni hamda sanani qayd qiladi, imzo qo‘yadi va shaxsiy muhri bilan tasdiqlaydi;
tovar va transport vositalarini bojxona organining ruxsatisiz chiqib ketmasligini nazorat qiladi.
Deklarant tovarlarni ko‘zdan kechirganligi to‘g‘risida tovar va transport hujjatlariga ismi, familiyasini yozib, imzo qo‘yadi.
22. Tovarlar deklarant tomonidan ko‘zdan kechirishdan o‘tkazilgandan so‘ng, bojxona ko‘rigi amalga oshirilgunga qadar bojxona nazorati ostida saqlanishini ta’minlash uchun:
ko‘zdan kechirish bojxona omborida amalga oshirilganda bojxona ombori egasi;
ko‘zdan kechirish bojxona ombori maqomiga ega bo‘lmagan binolar va (yoki) ochiq maydonchalarda amalga oshirilganda deklarant;
tovarlar ko‘zdan kechirilgandan so‘ng transport vositasiga yuklanib, bojxona nazoratining qiyoslash vositasi o‘rnatilganda, tashuvchi javobgar hisoblanadi.
23. Bojxona ko‘rigi bojxona omborlarida deklarant va bojxona omborining mas’ul xodimi ishtirokida o‘tkaziladi.
Bojxona omborlarida tovarlarni tushirish, ortish, joylashtirish, sanash, o‘lchash, taqdim qilingan hujjatlardagi ma’lumotlarga amalda mos kelishini aniqlash imkoniyati mavjud bo‘lmaganda, bojxona ko‘rigi bojxona ombori maqomiga ega bo‘lmagan binolar va (yoki) ochiq maydonchalarda ham o‘tkazilishi mumkin.
24. Tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postlarida bitta bojxona yuk deklaratsiyasi taqdim qilingan tovarlar bo‘yicha bitta bojxona ko‘rigi dalolatnomasi rasmiylashtiriladi.
25. Bojxona yuk deklaratsiyasi bojxona ko‘rigi dalolatnomasi rasmiylashtirilgandan so‘ng rasmiylashtiriladi.
4-bob. Bojxona ko‘rigi dalolatnomasini rasmiylashtirish
26. Bojxona ko‘rigi dalolatnomasi “Bojxona ko‘rigi” AATda bojxona ko‘rigini amalga oshirgan bojxona organi xodimining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlash yo‘li bilan rasmiylashtiriladi.
27. Bojxona ko‘rigi natijasida bojxona qoidalari buzilishi holati aniqlangan taqdirda yoki deklarantning talabiga ko‘ra, bojxona ko‘rigi dalolatnomasi A4 formatdagi qog‘ozga chop etiladi va bojxona ko‘rigini amalga oshirgan bojxona organi xodimining imzosi va shaxsiy muhri bilan tasdiqlanadi.
28. Taqdim qilingan hujjatlardagi ma’lumotlar bilan bojxona ko‘rigi natijasida aniqlangan ma’lumotlar o‘rtasida tafovut aniqlanmagan taqdirda bojxona ko‘rigi dalolatnomasining 10 va 12-bandlari to‘ldirilmaydi.
29. Bojxona ko‘rigi dalolatnomasi qog‘ozga chop etilgan taqdirda, unga bojxona ko‘rigida ishtirok etgan shaxslar tomonidan imzo qo‘yiladi.
30. Bojxona ko‘rigi dalolatnomasi uch yil mobaynida saqlanadi. Bojxona ko‘rigi dalolatnomasini saqlash muddati rasmiylashtirilgan yildan keyingi yilning 1-yanvar kunidan hisoblanadi.
5-bob. Yakuniy qoida
31. Mazkur Yo‘riqnoma talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
Tovar va transport vositalarining bojxona ko‘zdan kechiruvi hamda ularni bojxona ko‘rigidan o‘tkazish bo‘yicha yo‘riqnomaga
ILOVA
ILOVA
(ilova belgisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2016-yil 1-apreldagi 01-02/12-14-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2714-1, 14.04.2016-y.) tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 15-son, 158-modda)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015-y., 36-son, 482-modda; 2016-y., 15-son, 158-modda)