

<!DOCTYPE html>

<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>

</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />

    <style type="text/css">
        /*.contents-caption DIV {
            float: right;
        }*/

        /*.mobilnav TD {
            height: 32px;
        }*/

        /*.mobilnav {
            border: 0px;
            padding: 0;
            background: url('/image/h-menu.gif') repeat-x scroll left top transparent;
        }*/

        body {
            margin: 0;
        }

        td {
            min-height: 22px;
        }

        /*#userComments {
            position: fixed;
            top: 0;
            left: 200px;
            width: 279px;
            height: 18px;
            background-color: Black;
            color: White;
            z-index: 2000;
            padding: 3px;
            display: none;
        }*/

        /*#fancybox_div {
            display: none;
        }*/

        /*#divContextRasporka {
            width: 270px;
        }*/

        /*#tddivContext {
            background-color: White;
        }*/

        /*#backButton {
            color: White;
            font-weight: bold;
            text-decoration: none;
        }*/

        /*#divCont {
            padding-top: 35px;
        }*/

        /*.main_menu ul .checkboxArea, .main_menu ul .checkboxAreaChecked {
            padding-top: 12px;
        }*/

        /*#item3 > ul > li {
            white-space: nowrap;
        }*/

        /*header > nav > ul > li > a {
            font-family: Arial;
            font-size: 11px;
        }*/

        /*#actContent a {
            font-size: 14px;
            font-family: Arial;
        }*/

        /*#selected_div {
            height: 250px;
            overflow: auto;
            padding: 6px 1px 1px 9px;
        }*/

        /*.enter_submit {
            background: url("/images/bg/search_button_bg.jpg") repeat-x scroll 0 0 transparent;
            border: 1px solid #7190EE;
            border-radius: 6px 6px 6px 6px;
            float: right;
            margin-right: 2px;
            cursor: pointer;
        }*/

        /*.enter_submit > div {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_left.png") no-repeat scroll 4px 7px transparent;
                float: left;
                width: 100%;
                cursor: pointer;
            }*/

        /*.enter_submit input[type="button"] {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_right.png") no-repeat scroll right 7px transparent;
                border: medium none;
                border-radius: 6px 6px 6px 6px;
                color: #FFFFFF;
                float: left;
                font-size: 12px;
                font-weight: bold;
                height: 21px;
                margin-left: 22px;
                margin-right: 4px;
                padding: 0 22px 3px 0;
                cursor: pointer;
            }*/

        .show_context {
            background-color: #FFFF00;
            color: inherit;
        }
    </style>
    <style id="tree_style" type="text/css">
        #divAct a, #divAct DIV, #divAct font, div#theDefCssID table td, th {
            font-size: 12pt;
        }
    </style>

    <script type="text/javascript" charset="utf-8">
        //window.onbeforeunload = function () {
        //    //document.getElementById("main_container").innerHTML = "";
        //    //window.body.style.background = "red";  //css("background", "red");
        //    //window.scrollTo(0, 0);
        //}

        window.onload = function () {
            setTimeout(function () { scrolPage(); }, 100);
        }

        function scrolPage() {
            var hash = location.hash.toString();
            if (hash.length > 2) {
                var elem = document.getElementById(location.hash.toString().substring(1));
                if (elem === null || elem === undefined) {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
                }
                else {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = elem.offsetTop - 10;
                }
            }
            else {
                document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
            }
        }
    </script>
</head>
<body>
    
    <a href="#DynContent" id="DynContentBtn"></a>
    <div style="display: none;">
        <div id="DynContent" style="width: 350px;">
            <table>
                <tr>
                    <td><span id="dynText"></span></td>
                </tr>
            </table>
        </div>
    </div>
    <div id="headcont">
        
        <header style="z-index: 2000;" id="headermenu">
            <div class='logo' style="padding: 0px 0px 0px 8px">
                <a href='/'><span></span></a>
            </div>
        </header>
        
    </div>
    <div id='main_container'>
        
        <section class='main_text'>
            <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
                <tr>
                    <td style="width: 50%">
                        
                            <div class="act_warning">
                                Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 17.06.2016
                            </div>
                        
                        
                        
                    </td>
                    <td style="width: 50%; text-align: right">
                        
                        
                    </td>
                </tr>
            </table>
            <div id="divAct" style="margin: 0px; padding: 0px 5px 0px 5px; background: white;">
                
                <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-1950893" id="-1950893">Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-1950894" id="-1950894">Qarori</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-1950895" id="-1950895">Xoʻjalik sudlari tomonidan bojxona haqidagi qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1950946" id="-1950946"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif" /> LexUZ sharhi</div><div name="-3010531" id="-3010531">Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Xoʻjalik sudi Plenumining 2016-yil 17-iyundagi 299-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining ayrim qarorlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish hamda baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi <a href="/acts/-3009969?ONDATE=17.06.2016 00#-3010171">qaroriga </a>asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1950947" id="-1950947">Sud amaliyotida ayrim masalalar vujudga kelayotganligi munosabati bilan hamda xoʻjalik sudlari tomonidan bojxona haqidagi qonun hujjatlarini toʻgʻri va bir xilda qoʻllanilishini taʼminlash maqsadida “Sudlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining <a href="/acts/-68532#-70985">47-moddasiga</a> asoslanib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumi qaror qiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1950948" id="-1950948">1. Xoʻjalik sudlarining eʼtibori Oʻzbekiston Respublikasining bojxona haqidagi qonun hujjatlari Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona <a href="/acts/-184746#-184748">kodeksi</a> (bundan buyon matnda BK deb yuritiladi) hamda boshqa qonun hujjatlaridan iboratligiga qaratilsin. Ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasining davlat bojxona xizmati organi (bundan buyon matnda bojxona organi deb yuritiladi) bojxona deklaratsiyasini va boshqa hujjatlarni qabul qilib olayotgan kuni amalda boʻlgan BK va boshqa qonun hujjatlari qoʻllaniladi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1950949" id="-1950949">Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida bojxona haqidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1950950" id="-1950950">Normativ-huquqiy hujjatlardagi barcha bartaraf etib boʻlmaydigan qarama-qarshiliklar va noaniqliklar xoʻjalik yurituvchi subyekt foydasiga talqin qilinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1950951" id="-1950951">2. “Boj tarifi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni (bundan buyon matnda Qonun deb yuritiladi) 17-moddasining <a href="/acts/-46631#-47890">birinchi qismiga</a> muvofiq olib kirilayotgan tovar yuzasidan tuzilgan bitimning qiymatiga qarab baholash tovarning bojxona bahosini chiqarishning asosiy usulidir (bundan buyon matnda asosiy usul deb yuritiladi). Nizolarni hal etishda sudlar Qonunning <a href="/acts/-46631#-47898">18-moddasida</a> nazarda tutilgan asosiy usulni qoʻllash uchun shartlar va uni qoʻllash mumkin boʻlmagan cheklovlar mavjudligi yoki mavjud emasligini aniqlashi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1950953" id="-1950953">3. Qonunning <a href="/acts/-46631#-47889">17-moddasida</a> tovarlarning bojxona qiymatini aniqlash usullarini birin-ketin qoʻllash tartibida nazarda tutilganiga koʻra asosiy usuldan foydalanish imkoni boʻlmaganida, har bir keyingi usul qoʻllaniladi, agar oldingi usuldan foydalanish yoʻli bilan bojxona qiymatini aniqlab boʻlmasa. Shu munosabat bilan bojxona organi sudga oldingi usullarni qoʻllash imkoni yoʻqligini asoslantirishga majbur. Shuni hisobga olish kerakki, har qanday ketma-ketlikda qoʻllanilishi mumkin boʻlgan qiymatlarni chegirib tashlash va qoʻshish asosidagi bojxona usullari bundan mustasno hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1950960" id="-1950960">4. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, Qonun 18-moddasining <a href="/acts/-46631#-47912">uchinchi qismiga</a> muvofiq tovarning bojxona qiymatini aniqlash uchun asosiy usuldan foydalanish mumkin emas, basharti:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1950961" id="-1950961">xaridorning baholanayotgan tovarga boʻlgan huquqlari cheklangan boʻlsa, qonun hujjatlarida belgilangan cheklovlar va tovar bahosiga jiddiy taʼsir qilmaydigan cheklovlar bundan mustasno;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1950963" id="-1950963">tovarni sotish va bitim qiymati taʼsirini hisobga olish mumkin boʻlmagan shartlarga rioya etilishiga bogʻliq boʻlsa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1950964" id="-1950964">bojxona qiymatini eʼlon qilish vaqtida deklarant foydalangan maʼlumotlar hujjatlar bilan tasdiqlanmagan boʻlsa yoki ular notoʻgʻri boʻlsa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1950966" id="-1950966">bitim qatnashchilari bir-biriga bogʻliq shaxslar boʻlsa, ularning oʻzaro bogʻliqligi bitim bahosiga taʼsir etmagan va bu narsa deklarant tomonidan isbot qilingan hollar bundan istisno.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1950968" id="-1950968">Bunda ushbu roʻyxat tugal hisoblanishi eʼtiborga olinishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1950970" id="-1950970">5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2000-yil 22-fevralda 899-son bilan roʻyxatga olingan “Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kiriladigan tovarlarning bojxona qiymatini maʼlum qilish va tekshirish <a href="/acts/-817391">Qoidalari</a>” I boʻlimining 3-bandiga muvofiq olib kiriladigan tovarlarning bojxona qiymatini aniqlash Qonunning <a href="/acts/-46631#-47898">18—23-moddalari</a> va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1998-yil 13-yanvarda 390-son bilan roʻyxatga olingan “Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kelinadigan tovarlarning bojxona qiymatini belgilash boʻyicha <a href="/acts/-1094428">Yoʻriqnoma</a>”da belgilangan usullar boʻyicha deklarant tomonidan amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1950971" id="-1950971">Olib kirilayotgan tovarlarni bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirayotgan bojxona organi deklarant tomonidan bojxona qiymati toʻgʻri aniqlanganligi, shu jumladan deklarant tomonidan usulning toʻgʻri tanlanganligi va uni qoʻllash mumkinligi, shuningdek deklarant tomonidan taqdim qilingan hujjatlarning (majburiy va qoʻshimcha) toʻliqligi (komplektligi) hamda ularning belgilangan talablarga muvofiqligi ustidan nazorat olib boradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1950973" id="-1950973">6. Bojxona qiymatini aniqlash deklarant tomonidan bojxona qiymatini maʼlum qilish va bojxona organi tomonidan uni tekshirishdan iborat.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1950975" id="-1950975">Qonunning <a href="/acts/-46631#-47868">13-moddasiga</a> va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1998-yil 13-yanvarda 390-son bilan roʻyxatga olingan “Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kelinadigan tovarlarning bojxona qiymatini belgilash boʻyicha <a href="/acts/-1094428">Yoʻriqnoma</a>”ning 9.3-bandiga koʻra import qiluvchi (deklarant) bojxona organining qaroridan norozi boʻlgan holda uning ustidan yuqori turuvchi bojxona organlariga, shuningdek sudga shikoyat qilish huquqiga egadir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1950976" id="-1950976">7. Import qiluvchi (deklarant) tomonidan bojxona organining deklarant tanlagan bojxona qiymatini aniqlashda asosiy usuldan foydalanib boʻlmasligi toʻgʻrisidagi qarorlari (harakatlari, harakatsizliklari) ustidan berilgan shikoyatlarni koʻrishda sudlar Qonunning <a href="/acts/-46631#-47898">18-moddasida</a> belgilangan bitim bahosi hujjatlar bilan tasdiqlangan va toʻgʻri boʻlishi haqidagi shartlarga rioya qilmaslik deganda:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1950977" id="-1950977">qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yozma shaklda tuzilgan hamda vakolatli organlarda hisobga qoʻyilgan tashqi iqtisodiy kontrakt (shartnoma)ning mavjud emasligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1950978" id="-1950978">tovarning son jihatidan aniqlanganlik tavsifiga taalluqli baho toʻgʻrisidagi maʼlumotning mavjud emasligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1950979" id="-1950979">uni yetkazib berish va toʻlov shartlari toʻgʻrisidagi maʼlumotning mavjud emasligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1950980" id="-1950980">koʻrsatilgan maʼlumotlarning notoʻgʻriligi haqidagi dalillarning mavjudligini nazarda tutishlari kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1950981" id="-1950981">8. Deklarantning bojxona qiymatini aniqlashda qoʻllagan usuli bojxona organi tomonidan qabul qilinmaganligi toʻgʻrisidagi nizolarni hal etishda taqdim etilgan maʼlumotlarning notoʻgʻriligini isbotlovchi dalillar mavjud boʻlganida, sudlar taqdim etilgan dalillarni boshqa hujjatlar bilan bir qatorda oʻrganishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1950982" id="-1950982">Taqdim etilgan maʼlumotlarning notoʻgʻriligi deganda deklarant tomonidan taqdim etilgan hujjatlar (maʼlumotlar)ning aniq emasligi, ikki xil maʼnoni anglatishi, qarama-qarshiliklar va boshqa holatlarning mavjudligi tushuniladi. Shuningdek, deklarant tomonidan koʻrsatilgan maʼlumotlar notoʻgʻriligining dalili sifatida bojxona organida deklaratsiya qilinayotgan tovarga, uni yetkazib berish shartlari toʻgʻrisida, import (eksport) amalga oshirilayotgan tovar shartlariga muvofiq bitim toʻgʻrisida hujjatli tasdiqlangan boshqa axborotning mavjudligi boʻlishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1950983" id="-1950983">Bojxona organi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilgan oʻxshash va bir xil turdagi tovarlar xususidagi bitimlar boʻyicha bojxona organlarining maʼlumotlar bazasida mavjud boʻlgan narx toʻgʻrisidagi maʼlumotdan bitim narxining sezilarli darajada farq qilishini tasdiqlovchi dalillar taqdim etilgan holda, sudlar ushbu dalillarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga tovarni yetkazib berish hajmi, toʻlov va yetkazib berish shartlari, olib kirish sanasini hisobga olib baholashlari kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1950984" id="-1950984">9. Koʻrsatilgan belgilarning mavjudligida deklarant bojxona organining talabiga binoan maʼlum qilingan bojxona qiymatini tasdiqlash uchun zarur maʼlumotlarni taqdim etishga majbur. Shu bilan bir vaqtda deklarant taqdim qilingan maʼlumotlarning toʻgʻriligini hamda tovarning bojxona qiymatini aniqlashda u tomondan tanlangan usulning toʻgʻri qoʻllanilganligini, shu jumladan tovarni ishlab chiqarish, olib oʻtish va sotishga aloqador shaxslar va boshqa shaxslardan olingan hujjatlar va maʼlumotlarni taqdim etish yoʻli bilan isbotlashga haqlidir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1950986" id="-1950986">10. Agar deklarant tomonidan bojxona organi talab qilgan maʼlumotlar taqdim etilmagan yoxud maʼlum qilingan maʼlumotlar bojxona qiymatini yetarlicha asoslantirmaydigan boʻlsa, va shu munosabat bilan bojxona organi tomonidan tovarning bojxona qiymatini aniqlashda deklarant foydalangan usulni qoʻllash mumkin emasligi haqida qaror qabul qilinganda, shuningdek bojxona organining boshqa usul asosida tovarning bojxona qiymatini aniqlash toʻgʻrisidagi taklifi deklarant tomonidan rad etilganda, bojxona organi deklaratsiya qilinayotgan tovarning bojxona qiymatini Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1998-yil 13-yanvarda 390-son bilan roʻyxatga olingan “Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kelinadigan tovarlarning bojxona qiymatini belgilash boʻyicha <a href="/acts/-1094428">Yoʻriqnoma</a>”da nazarda tutilgan tartibda deklarantni bu haqda tegishli ravishda xabardor qilgan holda mustaqil aniqlash huquqiga ega.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1950987" id="-1950987">11. Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksi (bundan buyon matnda XPK deb yuritiladi) 55-moddasining <a href="/acts/-185986?ONDATE=01.01.1998 00#-209453">birinchi qismiga</a> muvofiq nizolashilayotgan davlat organi hujjatining qonuniyligini isbotlash majburiyati hujjatni qabul qilgan organ zimmasiga yuklanganligi sababli, bojxona organi tovarning bojxona qiymatini aniqlashda deklarant tomonidan taklif etilgan usulni qoʻllash imkoniyatini istisno etadigan asoslarning mavjudligini isbotlashga majbur.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1950988" id="-1950988">Bojxona organi tomonidan taqdim qilingan dalillar ishdagi barcha dalillar bilan birga baholanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1950989" id="-1950989">Deklarant tomonidan maʼlum qilingan bojxona qiymatini asoslantiradigan maʼlumotlarni, mazkur hujjatlarni taqdim etishda obyektiv toʻsiqlar mavjud boʻlmaganda, taqdim etishni rad etilishi, tovarning bojxona qiymatini aniqlashda asosiy usulni qoʻllamaslikka olib keladigan ushbu holatni hujjatli isbotlash va toʻgʻriligi shartlarining bajarilmaganligi deb baholanishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1950990" id="-1950990">12. Sudlar bojxona organlari bilan nizolarni hal etishda import qiluvchidan ustavni, korxonani davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi guvohnomani, shuningdek bojxona yuk deklaratsiyalarini (bundan buyon matnda BYuD deb yuritiladi) va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2000-yil 22-fevralda 899-son bilan roʻyxatga olingan “Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kelinadigan tovarlarning bojxona qiymatini maʼlum qilish va nazorat qilish <a href="/acts/-817391">Qoidalari</a>” II boʻlimining 5 va 6-bandlarida nazarda tutilgan boshqa hujjatlarni taqdim etishni taklif qilishlari lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1950991" id="-1950991">13. Sudlar BK 93-moddasining <a href="/acts/-184746#-186715">ikkinchi qismiga</a> muvofiq BYuD qabul qilinganligi rasmiylashtirilgan paytdan boshlab u yuridik ahamiyatga molik faktlardan dalolat beruvchi hujjatga aylanishini nazarda tutishlari lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1950993" id="-1950993">Sudlar shuni hisobga olishlari kerakki, tovarlar va transport vositalarini BYuDdan foydalangan holda deklaratsiya qilish tartibi va shakli eksport va erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimlariga qoʻyilgan tovarlar toʻgʻrisidagi, bojxona maqsadlari uchun va BYuDda aks ettirilishi lozim boʻlgan maʼlumotlar roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1999-yil 3-noyabrda 834-son bilan roʻyxatga olingan “Bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻgʻrisida”gi <a href="/acts/-813120">Yoʻriqnomada</a> belgilangan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1950994" id="-1950994">Tovarlar va transport vositalarini bojxona chegarasi orqali olib oʻtishda va BKda nazarda tutilgan boshqa hollarda BKning <a href="/acts/-184746#-186767">103-moddasiga</a> asosan bojxona toʻlovlari toʻlanilishiga eʼtibor qaratish lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1950996" id="-1950996">14. Oʻzbekiston Respublikasi hududida Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksida (bundan buyon matnda SK deb yuritiladi) nazarda tutilgan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar amal qiladi. SK 23-moddasining <a href="/acts/-1286558#-1286977">toʻrtinchi qismiga</a> muvofiq bojxona toʻlovlari boshqa majburiy toʻlovlar jumlasiga kirib, ular umumbelgilangan soliqlar hisoblanadi.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1950997" id="-1950997"></div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2341846" id="-2341846"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2341847" id="-2341847">14.1. Sudlar BKning 113-moddasining <a href="/acts/-184746#-2162821">birinchi qismida </a>belgilangan bojxona toʻlovlarini bir yilda qaytarish muddati daʼvo muddati hisoblanmasligiga, balki toʻlovchilarning bojxona organlariga ortiqcha toʻlangan yoki undirilgan bojxona toʻlovlari summalarini qaytarish (boʻlgʻusi toʻlovlar hisobiga oʻtkazish) toʻgʻrisidagi arizalar bilan murojaat qilish muddati ekanligini hisobga olishlari kerak.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-2341848" id="-2341848">(14.1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2013-yil 5-dekabrdagi 255-sonli <a href="/acts/-2338570?ONDATE=05.12.2013 00#-2338788">qarori</a> tahririda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1951007" id="-1951007">Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2000-yil 14-iyulda 947-son bilan roʻyxatga olingan “Ortiqcha toʻlangan yoki undirilgan bojxona toʻlovlarini qaytarish toʻgʻrisida”gi <a href="/acts/-823263">Yoʻriqnomaning</a> 2.1-bandiga koʻra toʻlovchi ortiqcha toʻlangan yoki undirilgan bojxona toʻlovlari summalarini qaytarish yoki ular toʻlangan yoxud undirilgan paytdan boshlab bir yil ichida boʻlgʻusi toʻlovlar hisobiga oʻtkazish toʻgʻrisida bojxona organiga murojaat etishi mumkin.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2341849" id="-2341849"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2341852" id="-2341852">Agar toʻlovchi sudga daʼvo arizasi berilgunga qadar pul mablagʻlarini qaytarish (hisobga oʻtkazish) toʻgʻrisidagi ariza bilan bojxona organlariga bir yil ichida murojaat qilmagan boʻlsa, ish boʻyicha ish yuritish XPK 86-moddasining <a href="/acts/-185986#-209602">8-bandiga</a> asosan tugatiladi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-2341858" id="-2341858">(14.1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2013-yil 5-dekabrdagi 255-sonli<a href="/acts/-2338570?ONDATE=05.12.2013 00#-2338790"> qarori</a> tahririda)</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2341863" id="-2341863"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2341865" id="-2341865">14.2 BK 113-moddasining <a href="/acts/-184746#-186824">uchinchi qismiga</a> hamda yuqorida koʻrsatilgan <a href="/acts/-823263">Yoʻriqnomaning</a> 1.2-bandiga koʻra bojxona toʻlovlari qaytarilganda ular uchun foizlar toʻlanmaydi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-2341867" id="-2341867">(14.2-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2013-yil 5-dekabrdagi 255-sonli<a href="/acts/-2338570?ONDATE=05.12.2013 00#-2338792"> qarori</a> tahririda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1951011" id="-1951011">14.3 Pul mablagʻlarini qaytarish masalasini hal etishda sudlar bojxona toʻlovlari summalari faqat ularni toʻlagan yoki akseptsiz tartibda pul mablagʻlari hisobidan chiqarilgan toʻlovchilarga qaytarilishini nazarda tutuvchi qayd etilgan Yoʻriqnomaga asoslanishlari lozim. Bunda toʻlovchining roziligisiz pul mablagʻlari uchinchi shaxslarga qaytarilishiga yoʻl qoʻyilmasligi inobatga olinishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1951013" id="-1951013">Pul mablagʻlarini qaytarish bojxona organining depozit hisobvaragʻidan amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1951015" id="-1951015">15. SK 69-moddasining <a href="/acts/-1286558#-1288794">oltinchi qismiga</a> muvofiq bojxona organlari tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali olib oʻtilishi munosabati bilan toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha budjetga hamda davlat maqsadli jamgʻarmalariga tushumlar hisobini Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan belgilangan tartibda yuritiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1951017" id="-1951017">Shu munosabat bilan, bojxona organiga nisbatan soʻzsiz tartibda asossiz undirilgan pul mablagʻlarini qaytarish toʻgʻrisidagi daʼvo berilganda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va (yoki) uning hududiy organlarini ikkinchi javobgar sifatida jalb qilish lozim. </div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1951020" id="-1951020"></div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2341869" id="-2341869"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2341870" id="-2341870">16. Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar tomonidan oʻz ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun import qilingan mol-mulk uchun toʻlangan bojxona bojini qaytarish bilan bogʻliq nizolarni hal etishda sudlar mahsulotning oʻz ehtiyojlari uchun import qiladigan mahsulot toifasiga kiritilishi holati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 16-maydagi 136-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar tomonidan oʻz ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun olib kelinayotgan mol-mulkni aniqlash tartibi toʻgʻrisida”gi <a href="/acts/-1798725#-2131656">nizomga</a> muvofiq beriladigan sertifikat bilan tasdiqlangan boʻlishini eʼtiborga olishlari lozim.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-2341872" id="-2341872">(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2013-yil 5-dekabrdagi 255-sonli <a href="/acts/-2338570?ONDATE=05.12.2013 00#-2338793">qarori</a> tahririda)</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2341878" id="-2341878"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2341880" id="-2341880">16.1 Bunda “Chet el investitsiyalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 12-moddasining <a href="/acts/-32450#-33452">oltinchi qismiga</a> koʻra, ustav fondida chet el investitsiyalarining ulushi kamida 33 foiz boʻlgan chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar tomonidan ular davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran ikki yil davomida oʻz ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun Oʻzbekiston Respublikasiga olib kiriladigan mol-mulk boj undirishdan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ozod qilinishi inobatga olinishi lozim.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-2341883" id="-2341883">(16.1-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2013-yil 5-dekabrdagi 255-sonli <a href="/acts/-2338570?ONDATE=05.12.2013 00#-2338795">qarori</a> tahririda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1951024" id="-1951024">16.2 Sudlar toʻlangan bojxona bojini xorijiy investorlar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga qaytarish toʻgʻrisidagi nizolarni hal etishda import qilinadigan mol-mulklar qachon 2008-yil 7-apreldagi “Bojxona imtiyozlarining qoʻllanilish tartibini takomillashtirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi <a href="/acts/-1334353">Qonunining</a> kuchga kiritilguniga qadar yoki kuchga kirganidan keyin olib kirilganligini aniqlashlari lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1951026" id="-1951026">16.3 Shuningdek nazarda tutish lozimki, Qonun 33-moddasi birinchi qismining <a href="/acts/-46631#-2109854">oʻn uchinchi xatboshisida </a>va “Chet el investitsiyalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 12-moddasining <a href="/acts/-32450#-1337983">oltinchi qismida</a> nazarda tutilgan bojxona boji toʻlovi boʻyicha imtiyoz yuridik shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasiga olib kiriladigan isteʼmol tovarlariga nisbatan tatbiq etilmaydi, mehmonxona xizmatlari koʻrsatish uchun olib kiriladigan isteʼmol tovarlari bundan mustasno (Qonun 33-moddasining <a href="/acts/-46631#-1750595">uchinchi qismi</a>).</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1951028" id="-1951028">16.4 Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan isteʼmol tovarlarining roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi hamda Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1951031" id="-1951031">17. “Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining <a href="/acts/-35333#-35367">3-moddasini</a> qoʻllash bilan bogʻliq nizolarni hal etishda investitsiyalash shart-sharoitining yomonlashganligini tasdiqlovchi dalillarni talab qilib olish, mazkur Qonun, shuningdek “Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 3-moddasi toʻrtinchi qismida belgilangan kafolatlarni qoʻllash tartibi toʻgʻrisida”gi <a href="/acts/-1137157#-1137238">Nizom</a> (Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 2-avgustdagi 180-son qaroriga 1-ilova)da nazarda tutilgan bunday yomonlashish alomatlarining mavjudligini aniqlash lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1951033" id="-1951033">Sudlar inobatga olishlari kerakki, quyidagilarni nazarda tutgan holda qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining yangi qonun hujjatlarini qabul qilish investitsiyalash shart-sharoitlarini yomonlashtirish hisoblanadi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1951035" id="-1951035">chet ellik investorga toʻlanadigan, dividend tarzida olinadigan daromadlarga soliq miqdorining (stavkalarining) koʻpaytirilishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1951037" id="-1951037">chet ellik investorning Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga oʻtkaziladigan daromadini (foydasini) oʻz mamlakatiga qaytarish tartib-taomilini murakkablashtiruvchi yoki ularning miqdorini kamaytiruvchi qoʻshimcha talablarning joriy etilishi, bundan chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonaning toʻlovga qobiliyatsizligi va bankrotligi yoki kredit beruvchilarning huquqlarini himoya qilish, chet ellik investor - jismoniy shaxs sodir etgan jinoyat yoki maʼmuriy huquqbuzarlik hollarida yoxud sud yoki hakamlikning hal qiluv qaroriga muvofiq mablagʻlarni oʻz mamlakatiga qaytarishni toʻxtatib turishning boshqa zarurati boʻlganda vakolatli davlat organi tomonidan chet ellik investorning mablagʻlarini qonun hujjatlarini kamsitmaydigan tarzda qoʻllash sharoitida oʻz mamlakatiga qaytarishni toʻxtatib turish hollari mustasno;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1951039" id="-1951039">investitsiyalashni amalga oshirish hajmlariga nisbatan miqdoriy cheklashlarning va investitsiyalar miqdori boʻyicha boshqa qoʻshimcha talablarning, shu jumladan chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarda chet el investitsiyalarining eng kam mikdorini koʻpaytirish tarzida, joriy etilishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1951040" id="-1951040">chet ellik investorning korxonalar ustav fondlarida (ustav kapitallarida) ulush bilan ishtirok etishi boʻyicha cheklashlarning joriy etilishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1951042" id="-1951042">chet ellik investorlarning - jismoniy shaxslarning vizalarini rasmiylashtirish va uzaytirish borasida qoʻshimcha tartib-taomillarning, shuningdek chet el investitsiyalarini amalga oshirish boʻyicha boshqa qoʻshimcha talablarning joriy etilishi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1951044" id="-1951044">Bunda ushbu roʻyxat tugal hisoblanishi inobatga olinishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1951046" id="-1951046">18. Bojxona nizolari maʼmuriy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqqanligi sababli ular boʻyicha kelishuv bitimlari tuzilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2341889" id="-2341889"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2341910" id="-2341910">19. Sudlar BKning <a href="/acts/-184746#-186817">112-moddasiga</a> asosan inkasso topshiriqnomalari qoʻyilganda bojxona organi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2013-yil 3-iyunda 2465-son bilan roʻyxatga olingan “Oʻzbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar toʻgʻrisida”gi Nizomning 61-bandi <a href="/acts/-2179973#-2288371">ikkinchi xatboshisiga</a> muvofiq toʻlov maqsadlarida soʻzsiz tartibda undirilishiga asos boʻlgan hujjatning (BYuD, tekshirish dalolatnomasi, bojxona organi xulosasi) raqami va sanasini koʻrsatishi majburligini inobatga olishlari kerak</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-2341923" id="-2341923">(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2013-yil 5-dekabrdagi 255-sonli <a href="/acts/-2338570?ONDATE=05.12.2013 00#-2338797">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2821069" id="-2821069"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2821070" id="-2821070">19.1. “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 7-moddasi beshinchi qismining <a href="/acts/-67566#-67716">uchinchi xatboshisiga </a>koʻra bojxona haqidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash maqsadida banklar va boshqa moliya-kredit tashkilotlari kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati berilgan, oʻz muddatida toʻlanmagan bojxona toʻlovlari va bunday toʻlovlarni toʻlash muddati oʻtkazib yuborilganligi uchun penya summalarini xoʻjalik yurituvchi subyektlardan soʻzsiz tartibda undirib olish toʻgʻrisidagi bojxona organlarining farmoyishlarini (inkasso topshiriqlarini) bajaradilar. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2821071" id="-2821071">Shu munosabat bilan sudlar bojxona organlarining inkasso topshiriqnomalarini ijro etilishi mumkin emas deb topish toʻgʻrisidagi daʼvo arizalarini koʻrayotganda mazkur inkasso topshiriqnomalari haqiqatdan ham “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 7-moddasi beshinchi qismining <a href="/acts/-67566#-67716">uchinchi xatboshisida </a>nazarda tutilgan summalarni undirish maqsadida qoʻyilganligini aniqlashlari kerak. </div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-2821077" id="-2821077">(19.1-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2015-yil 30-sentabrdagi 286-sonli <a href="/acts/-2795976?ONDATE=30.09.2015 00#-2796051">qaroriga </a>asosan kiritilgan)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1951050" id="-1951050">20. Oʻzbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyatining Tovar nomenklaturasi (bundan buyon matnda TIF TN deb yuritiladi) boʻyicha yuridik klassifikatsiyalash yoki qayta klassifikatsiyalashdan kelib chiqadigan bojxona nizolarini hal etishda TIF TN interpretatsiyasining asosiy qoidalariga qatʼiy rioya etilishiga eʼtibor qaratish, ushbu masalalar boʻyicha tushuntirishlar va xulosalar berish uchun zarur boʻlganda mutaxassislarni jalb etish, tovarlarni qayta klassifikatsiyalash sabablarini, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning huquqlari va manfaatlari qaysi aybdor mansabdor shaxslarning harakatlari (harakatsizligi) bilan buzilganligini sudlar aniqlashlari lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1951052" id="-1951052">Shu munosabat bilan mazkur nizolarni toʻgʻri hal etish uchun zarur boʻlganda sudlar “Oʻzbekekspertiza” OAJ, “Oʻzstandart” agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasini nizoning predmetiga mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxslar sifatida ishda ishtirok etishga jalb qilishi, ulardan yuzaga kelgan masalalar boʻyicha yozma xulosalar (fikrnomalar) olishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1951054" id="-1951054">21. Texnologik jihozlar, butlovchi va ehtiyot qismlarni olib kirish bilan bogʻliq nizolarni hal etishda sudlar Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi hamda Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxatga koʻra tegishli bojxona toʻlovlari boʻyicha qonun hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyozlar berilishini inobatga olishlari kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1951056" id="-1951056">21.1 Bunday nizolarni hal etishda sudlar olib kirilgan jihozning yangi yoki yangi emasligi masalasiga aniqlik kiritishlari kerak. Bunda erkin muomala bojxona rejimiga bojxona rasmiylashtirish paytida ishlab chiqarilgan yili uch yildan oshmagan texnologik jihoz yangi texnologik jihoz deb tan olinishini hisobga olish kerak. Daʼvogar tomonidan erkin muomala bojxona rejimiga bojxona rasmiylashtirish paytida ishlab chiqarilgan yili uch yildan oshgan jihozning olib kirilganligi holatining aniqlanishi, daʼvoni qanoatlantirishni rad etish uchun asos boʻladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1951058" id="-1951058">21.2 Olib kirilayotgan texnologik jihozlarning butlovchi va ehtiyot qismlariga nisbatan qoʻshilgan qiymat soligʻi hamda import bojxona boji toʻlovi boʻyicha imtiyozlar ushbu jihozni yetkazib berish kontrakti (shartnomasi)ga muvofiq yangi texnologik jihoz bilan komplektda olib kiriladigan va ushbu jihozning ajralmas qismi hisoblangan butlovchi va ehtiyot qismlarigagina tatbiq etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1951059" id="-1951059">21.3 Bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar tatbiq etiladigan texnologik jihoz olib kirilayotganda BYuDning “Preferensiyalar” nomli 36-ustunida bojxona toʻlovlarini toʻlashdan ozod qilinishining tegishli kodlari koʻrsatiladi.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2006423" id="-2006423"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2006424" id="-2006424">21.4 Mazkur toifadagi nizolarni hal etishda SK 211-moddasining <a href="/acts/-1286558#-1580478">7-bandi</a>, Qonunning 33-moddasi birinchi qismining <a href="/acts/-46631#-1750591">oʻn toʻqqizinchi xatboshisi</a>, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlashni ragʻbatlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2007-yil 14-martdagi PF—3860-son <a href="/acts/-1143044">Farmoni</a>, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 11-iyunda 1688-son bilan roʻyxatga olingan “Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlash, ishlab chiqarishni yangi qurilish shaklida kengaytirish, ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun foydalaniladigan binolar va inshootlarni rekonstruksiya qilishni amalga oshiruvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan imtiyozlarni qoʻllash tartibi toʻgʻrisida”gi <a href="/acts/-1220922#-1221010">Nizomga</a> asoslanish lozim.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-2006425" id="-2006425">(21.4-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2011-yil 1-dekabrdagi 235-sonli <a href="/acts/-2004825?ONDATE=01.12.2011 00#-2004853">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1951062" id="-1951062">22. Qonuniylik buzilgan har bir holat boʻyicha sudlar mansabdor shaxslarning javobgarligi masalalarini hal etib, huquqbuzarlikni keltirib chiqargan sabablar va sharoitlarni puxta oʻrganib, xususiy ajrimlar chiqarish yoʻli bilan ularni bartaraf etish choralarini koʻrishlari lozim. </div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-1951063" id="-1951063">Raisi D.MIRZAKARIMOV</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-1951067" id="-1951067">Oliy xoʻjalik sudi Plenumining kotibi, sudya S. NUMANOVA </div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-1951068" id="-1951068">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-1951069" id="-1951069">2009-yil 24-aprel.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-1951070" id="-1951070">197-son</div></div></div>
                
            </div>
        </section>
        
    </div>
    
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script> 
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        //$('html,body').animate({
        //    scrollTop: $(window).scrollTop() - 75
        //});
    }
</script>
<script>     
    //function scrollToElement(selector, time, verticalOffset) {
    //    time = typeof (time) != 'undefined' ? time : 1000;
    //    verticalOffset = typeof (verticalOffset) != 'undefined' ? verticalOffset : 0;
    //    element = $(selector);
    //    offset = element.offset();
    //    offsetTop = offset.top + verticalOffset;
    //    $('html, body').animate({
    //        scrollTop: offsetTop
    //    }, time);
    //}

    //jQuery.fn.extend({
    //    scrollToMe: function () {
    //        var x = jQuery(this).offset().top - 100;
    //        jQuery('html,body').animate({ scrollTop: x }, 500);
    //    }
    //});

    //function opentInAct(id) {
    //    $("#" + id).scrollToMe();
    //}

    $(document).ready(function () {
        $("#theDefCssID TABLE TD").css('display', '');
    });
</script>
<style>
    #divCont > DIV {
        margin-left: -2px;
        margin-right: -2px;
        padding-left: 2px;
        padding-right: 2px;
    }

    TD.fTD {
        width: 22px;
    }

    .OFFICIAL_SOUR_TEXT {
        display: none;
    }

    /*.document_view_body*/ header {
        clear: both;
        float: left;
        height: 36px;
        width: 100%;
        background-color: #2263a9;
    }

        /*.document_view_body header .logo {
            float: left;
            padding: 0 12px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu {
            float: none;
        }*/

        /*nav.main_menu {
        float: left;
        padding-left: 22px;
        position: relative;
        z-index: 9;
    }*/

        /*nav.main_menu > div {
            float: left;
            height: 34px;
            margin-top: 1px;
            width: 21px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu > ul {
        float: none;
        font-family: helvatica;
        font-size: 11px;
    }*/

        /*nav.main_menu > ul {
        float: left;
        font-size: 16px;
    }*/

        /*nav ul, nav ol {
        list-style: none outside none;
        margin: 0;
        padding: 0;
    }*/

        /*ul, ol {
        margin: 1em 0;
        padding: 0 0 0 40px;
    }*/


        /*.document_view_body header .logo a {
        display: block;
        width: 100%;
    }*/


        /*.document_view_body*/ header .logo a span {
            background: url("/images/bg/doc_v_logo.png") no-repeat scroll center center transparent;
            display: block;
            height: 36px;
            width: 85px;
        }

    /*.hover-popup {
        display: none;
        border: 1px solid #969696;
        border-radius: 5px;
        -moz-border-radius: 5px;
        -webkit-border-radius: 5px;
        -o-border-radius: 5px;
        -ms-border-radius: 5px;
        position: absolute;
        behavior: url(css/PIE.htc);
        box-shadow: 2px 2px 6px -2px #555;
        padding: 7px;
        background: #fdffde;
        bottom: 28px;
        left: 10px;
        max-width: 500px;
        text-overflow: ellipsis;
        white-space: nowrap;
        color: #000;
        overflow: hidden;
    }*/

    /*.pre-loader {
        text-align: center;
        width: 100%;
        padding-bottom: 0 !important;
    }*/

    /*.actondate {
        width: 385px;
        height: 46px;
        background-color: White;
        z-index: 2000;
        font-family: Arial;
        font-size: 14px;
        font-weight: bold;
        opacity: 0.7;
        padding-top: 10px;
        text-align: center;
        top: 37px;
    }*/
</style>
