O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QO‘MITASI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ICHKI ISHLAR VAZIRLIGINING
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ICHKI ISHLAR VAZIRLIGINING
Qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Bojxona chegarasidan olib o‘tilayotgan avtotransport vositalarini bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi, Ichki ishlar vazirligining 2013-yil 8-noyabrdagi 01-02/12-28, 35-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2156-1, 19.12.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 51-son, 679-modda)
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 19-noyabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2156]
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi “Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi va Ichki ishlar vazirligi qaror qiladilar:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024-yil 22-apreldagi 117-son hamda Ichki ishlar vazirligining 2024-yil 17-apreldagi 13-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2156-5, 01.05.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.05.2024-y., 10/24/2156-5/0316-son)
Oldingi tahrirga qarang.
1. Bojxona chegarasidan olib o‘tilayotgan avtotransport vositalarini bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi, Ichki ishlar vazirligining 2013-yil 8-noyabrdagi 01-02/12-28, 35-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2156-1, 19.12.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 51-son, 679-modda)
2. Mazkur qaror kuchga kirgan kundan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasining 2004-yil 24-noyabrdagi 9 va 01-02/12-39-son “O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kirilayotgan transport vositalarini rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1430, 2004-yil 14-dekabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-yil, 50-son, 504-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Davlat bojxona qo‘mitasi raisi S. NOSIROV
Toshkent sh.,
2010-yil 28-oktabr,
01-02/12-8-son
Ichki ishlar vaziri B. MATLYUBOV
Toshkent sh.,
2010-yil 28-oktabr,
20-son
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi, Ichki ishlar vazirligining 2010-yil 28-oktabrdagi 01-02/12-8, 20-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Bojxona chegarasidan olib o‘tilayotgan avtotransport vositalarini bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida
nizom
(nizom nomi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi, Ichki ishlar vazirligining 2013-yil 8-noyabrdagi 01-02/12-28, 35-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2156-1, 19.12.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 51-son, 679-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Nizom bojxona chegarasidan olib o‘tilayotgan avtotransport vositalarini bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazish tartibini belgilaydi.
(muqadddima O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024-yil 22-apreldagi 117-son hamda Ichki ishlar vazirligining 2024-yil 17-apreldagi 13-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2156-5, 01.05.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.05.2024-y., 10/24/2156-5/0316-son)
I. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Avtotransport vositalari bojxona chegarasidan olib o‘tilayotganda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmalari va “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi (keyingi o‘rinlarda davlat bojxona xizmatining hududiy organlari deb yuritiladi) bojxona postlarida bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkaziladi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024-yil 22-apreldagi 117-son hamda Ichki ishlar vazirligining 2024-yil 17-apreldagi 13-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2156-5, 01.05.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.05.2024-y., 10/24/2156-5/0316-son)
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
Oldingi tahrirga qarang.
avtotransport vositalari — yo‘lovchilar, bagaj, yuklar tashishga hamda maxsus ishlarni bajarishga mo‘ljallangan avtomobillar, shatakchi avtomobillar, tirkama va yarim tirkamalar hamda mototransport vositalari;
tovar sifatida olib kirilayotgan avtotransport vositalari — xorijiy davlatlarning ro‘yxatga olish idoralarida ro‘yxatdan chiqarilgan yoki ro‘yxatida bo‘lmagan va O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilayotgan avtotransport vositalari;
xorijiy avtotransport vositalari — xorijiy davlatlarning ro‘yxatga olish idoralarida ro‘yxatda turgan va O‘zbekiston Respublikasi hududiga:
Oldingi tahrirga qarang.
chet el fuqarolari va O‘zbekiston Respublikasi hududida yashash joyiga ega bo‘lmagan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning shaxsiy ehtiyojlarini qondirish;
(2-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2026-yil 14-yanvardagi 320-son hamda Ichki ishlar vazirligining 2026-yil 12-yanvardagi 2-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2156-7, 19.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.01.2026-y., 10/26/2156-7/0057-son)
yuklar va yo‘lovchilarni xalqaro tashish maqsadlarida vaqtincha olib kiriladigan avtotransport vositalari;
Oldingi tahrirga qarang.
avtotransport vositasining egasi — avtotransport vositasining mulkdori yoki qonunchilik hujjatlarida belgilangan asoslar va doirada avtotransport vositasiga egalik qiluvchi yoki undan foydalanuvchi yoxud uni tasarruf etuvchi fuqaro yoki yuridik shaxs;
(2-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2021-yil 1-maydagi 01-02/12-27-son va Ichki ishlar vazirligining 2021-yil 30-apreldagi 12-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2156-4, 24.05.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.05.2021-y., 10/21/2156-4/0485-son)
Oldingi tahrirga qarang.
kirish (chiqish) bojxona posti — o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasi hududiy boshqarmasining bevosita rahbarligi ostida amalga oshiruvchi va uning tarkibiga kiruvchi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasining o‘tish punktida joylashgan bojxona organi;
(2-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024-yil 22-apreldagi 117-son hamda Ichki ishlar vazirligining 2024-yil 17-apreldagi 13-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2156-5, 01.05.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.05.2024-y., 10/24/2156-5/0316-son)
Oldingi tahrirga qarang.
tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti (keyingi o‘rinlarda “TIF bojxona posti” deb yuritiladi) — o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasi hududiy boshqarmasining bevosita rahbarligi ostida amalga oshiruvchi va uning tarkibiga kiruvchi, tovarlar va transport vositalarini tegishli bojxona rejimlariga bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazuvchi bojxona organi;
(2-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024-yil 22-apreldagi 117-son hamda Ichki ishlar vazirligining 2024-yil 17-apreldagi 13-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2156-5, 01.05.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.05.2024-y., 10/24/2156-5/0316-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi va Ichki ishlar vazirligining 2017-yil 30-yanvardagi 01-02/12-2, 1-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2156-2, 15.02.2017-y.) asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2017-y., 7-son, 102-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi va Ichki ishlar vazirligining 2017-yil 30-yanvardagi 01-02/12-2, 1-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2156-2, 15.02.2017-y.) asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2017-y., 7-son, 102-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
“Avto” YAAAT — O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasining “Avto” yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi.
(2-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024-yil 22-apreldagi 117-son hamda Ichki ishlar vazirligining 2024-yil 17-apreldagi 13-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2156-5, 01.05.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.05.2024-y., 10/24/2156-5/0316-son)
Oldingi tahrirga qarang.
tovar sifatida olib chiqilayotgan avtotransport vositalari — O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining (keyingi o‘rinlarda DYHXX deb yuritiladi) hududiy organlarida ro‘yxatdan chiqarilgan yoki ro‘yxatida bo‘lmagan xorijiy davlatga olib chiqilayotgan avtotransport vositalari;
tovar sifatida tranzit olib o‘tilayotgan avtotransport vositalari — xorijiy davlatlarning ro‘yxatga olish idoralarida ro‘yxatdan chiqarilgan yoki ro‘yxatida bo‘lmagan xorijiy davlatga O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit olib o‘tilayotgan avtotransport vositalari;
O‘zbekiston Respublikasi avtotransport vositalari — DYHXXning hududiy organlarida ro‘yxatda turgan va xorijiy davlatlar hududiga:
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va O‘zbekiston Respublikasi hududida yashash joyiga ega bo‘lgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning shaxsiy ehtiyojlarini qondirish;
(2-bandning o‘n to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2026-yil 14-yanvardagi 320-son hamda Ichki ishlar vazirligining 2026-yil 12-yanvardagi 2-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2156-7, 19.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.01.2026-y., 10/26/2156-7/0057-son)
yuklar va yo‘lovchilarni xalqaro tashish maqsadlarida vaqtincha olib chiqiladigan avtotransport vositalari.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi, Ichki ishlar vazirligining 2013-yil 8-noyabrdagi 01-02/12-28, 35-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2156-1, 19.12.2013-y.) asosan xatboshilar bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2013-y., 51-son, 679-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
21. Mazkur Nizom talablari quyidagilarga tatbiq qilinmaydi:
anklavlarda ro‘yxatga olingan shaxslar tomonidan aynan shu yerda foydalanish maqsadida olib kirilayotgan/chiqilayotgan avtotransport vositalariga;
O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan boshqa davlatlarning obyektlarida faoliyat ko‘rsatuvchi shaxslar boshqaruvidagi avtotransport vositalariga;
xorijiy davlat hududida joylashgan O‘zbekiston Respublikasining obyektlarida faoliyat ko‘rsatuvchi shaxslar boshqaruvidagi avtotransport vositalariga;
Oldingi tahrirga qarang.
xorijiy davlatlar diplomatik va konsullik vakolatxonalarining hamda ularga tenglashtirilgan vakolatxonalarning O‘zbekiston Respublikasi hududida normal faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash uchun mo‘ljallangan, shuningdek ushbu vakolatxonalarning diplomatik agentlari hamda ma’muriy-texnik xodimlari hamda O‘zbekiston Respublikasi hududida yashash joyiga ega bo‘lmagan ularning oila a’zolari tomonidan shaxsiy foydalanish uchun olib kelinadigan avtotransport vositalariga.
(21-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2026-yil 14-yanvardagi 320-son hamda Ichki ishlar vazirligining 2026-yil 12-yanvardagi 2-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2156-7, 19.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.01.2026-y., 10/26/2156-7/0057-son)
Oldingi tahrirga qarang.
II. Bojxona chegarasidan olib o‘tilayotgan xorijiy avtotransport vositasining bojxona rasmiylashtiruvi va nazorati
3. Xorijiy avtotransport vositasi O‘zbekiston Respublikasiga kirishida kirish bojxona posti xodimi tomonidan mazkur Nizomning 1-ilovasida keltirilgan shaklda “Avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish to‘g‘risida majburiyatnoma” rasmiylashtiriladi.
4. Xorijiy avtotransport vositasining kirish va chiqish bojxona postlari oralig‘ida tirkamasi yoki yarim tirkamasi almashtirilmaydigan hollarda, unga mazkur Nizomning 1-ilovasida keltirilgan shaklda “Avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish to‘g‘risida majburiyatnoma” rasmiylashtiriladi.
Tirkamasi yoki yarim tirkamasi almashtiriladigan hollarda xorijiy avtotransport vositasining yuk tortgichiga mazkur Nizomning 2-ilovasida, tirkamasiga yoki yarim tirkamasiga mazkur Nizomning 3-ilovasida keltirilgan shaklda “Avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish to‘g‘risida majburiyatnoma” rasmiylashtiriladi.
5. “Avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish to‘g‘risida majburiyatnoma” avtotransport vositasi bojxona bojlari va soliqlardan to‘liq ozod etilgan muddatga rasmiylashtiriladi.
6. “Avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish to‘g‘risida majburiyatnoma”ni rasmiylashtirish uchun xorijiy avtotransport vositasining egasi (haydovchisi) tomonidan taqdim etilgan fuqarolik pasporti, avtotransport vositasini qayd etish guvohnomasi va og‘zaki ma’lumotlar asos bo‘ladi.
Oldingi tahrirga qarang.
7. “Avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish to‘g‘risida majburiyatnoma” “Avto” YAAAT dasturi orqali kirish bojxona posti xodimi tomonidan davlat, rus va ingliz tillaridan birida chop etiladi hamda xorijiy avtotransport vositasining egasiga (haydovchisiga) beriladi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2020-yil 14-sentabrdagi 01-02/12-14-son va Ichki ishlar vazirligining 2020-yil 10-sentabrdagi 66-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2156-3, 26.10.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.10.2020-y., 10/20/2156-3/1426-son — 2021-yil 27-yanvardan kuchga kiradi)
8. Xorijiy avtotransport vositasining egasi (haydovchisi) “Avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish to‘g‘risida majburiyatnoma”da aks ettirilgan ma’lumotlarni tekshirib chiqadi, to‘g‘riligini o‘z imzosi bilan tasdiqlaydi va avtotransport vositasini belgilangan muddatda O‘zbekiston Respublikasidan qaytarib olib chiqib ketish majburiyatini oladi.
9. Kirish bojxona posti xodimi o‘z imzosi va shaxsiy muhrini qo‘yish orqali “Avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish to‘g‘risida majburiyatnoma”ni rasmiylashtiradi.
10. O‘zbekiston Respublikasi hududida xorijiy avtotransport vositasidan foydalanishda uning egasi (haydovchisi) doimiy ravishda o‘zi bilan birga “Avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish to‘g‘risida majburiyatnoma”ni olib yurishi shart.
11. Xorijiy avtotransport vositasi O‘zbekiston Respublikasidan qaytarib olib chiqilishida uning egasi (haydovchisi) tomonidan chiqish bojxona postiga “Avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish to‘g‘risida majburiyatnoma” taqdim etiladi.
12. Chiqish bojxona posti xodimi o‘z imzosi va shaxsiy muhrini qo‘yish orqali “Avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish to‘g‘risida majburiyatnoma”ni nazoratdan yechadi.
Oldingi tahrirga qarang.
121. Vaqtincha olib kirish muddati tugashidan oldin O‘zbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketayotgan haydovchi bojxona organiga avtotransport vositasini vaqtincha saqlash uchun yozma yoki elektron tarzda murojaat qilgan taqdirda, ushbu avtotransport vositasi bojxona organi tomonidan belgilanadigan joylarda vaqtincha saqlash davri uchun mazkur Nizomning 16-bandida ko‘rsatilgan yig‘im to‘lanmaydi, bundan avtotransport vositasini saqlash bilan bog‘liq harajatlar mustasno hisoblanadi.
(121-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2020-yil 14-sentabrdagi 01-02/12-14-son va Ichki ishlar vazirligining 2020-yil 10-sentabrdagi 66-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2156-3, 26.10.2020-y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.10.2020-y., 10/20/2156-3/1426-son — 2021-yil 27-yanvardan kuchga kiradi)
13. Xorijiy avtotransport vositasiga mazkur Nizomning 1-ilovasida keltirilgan shaklda “Avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish to‘g‘risida majburiyatnoma” rasmiylashtirilib, uning tirkamasi yoki yarim tirkamasi respublika hududida almashtiriladigan hollarda “Avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish to‘g‘risida majburiyatnoma” TIF bojxona postida nazoratdan yechilib, mazkur Nizomning 2 va 3-ilovalarida keltirilgan shaklda yangi “Avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish to‘g‘risida majburiyatnoma” rasmiylashtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
14. Avval rasmiylashtirilgan va nazoratda qolib ketgan “Avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish to‘g‘risida majburiyatnoma”si mavjud bo‘lgan shaxsga masalaga oydinlik kiritilgunga qadar yangi “Avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish to‘g‘risida majburiyatnoma” rasmiylashtirilmaydi va nazoratdan yechilmaydi.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi va Ichki ishlar vazirligining 2017-yil 30-yanvardagi 01-02/12-2, 1-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2156-2, 15.02.2017-y.) tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 7-son, 102-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
15. Xorijiy avtotransport vositasining bojxona hududida turishining umumiy muddati kalendar yil mobaynida jami to‘qson kalendar kundan oshmasligi lozim, xalqaro yuk va yo‘lovchi tashishda qo‘llaniladigan avtotransport vositasi bundan mustasno. Mazkur Nizomning 16-bandida ko‘rsatilgan yig‘imni to‘lagan holda xorijiy avtotransport vositasini ushbu muddatdan ortiqroq muddatga vaqtincha olib kirishga yo‘l qo‘yiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu bandning birinchi qismida ko‘rsatilgan muddatni hisoblash transport vositasini vaqtincha olib kirish rasmiylashtirilgan kundan e’tiboran boshlanadi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024-yil 22-apreldagi 117-son hamda Ichki ishlar vazirligining 2024-yil 17-apreldagi 13-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2156-5, 01.05.2024-y.) asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldrilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.05.2024-y., 10/24/2156-5/0316-son)
Xalqaro yuk va yo‘lovchi tashishda qo‘llaniladigan xorijiy avtotransport vositasi O‘zbekiston Respublikasi hududida transport operatsiyalarini amalga oshirish muddatida, lekin olib kirilgan sanadan e’tiboran to‘qson kalendar kundan ko‘p bo‘lmagan muddatga bojxona bojlari va soliqlardan to‘liq ozod qilgan holda bo‘lishi mumkin.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi va Ichki ishlar vazirligining 2017-yil 30-yanvardagi 01-02/12-2, 1-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2156-2, 15.02.2017-y.) tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 7-son, 102-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
16. Bojxona bojlari va soliqlardan to‘liq ozod etilgan muddat o‘tgandan so‘ng xorijiy avtotransport vositasini bir kalendar yil davomida to‘qson kalendar kundan ortiq muddatga vaqtinchalik olib kirganlik uchun olib chiqib ketish muddatining o‘tkazib yuborilgan har kuni uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari miqdorida yig‘imni to‘lash sharti bilan yo‘l qo‘yiladi.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024-yil 22-apreldagi 117-son hamda Ichki ishlar vazirligining 2024-yil 17-apreldagi 13-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2156-5, 01.05.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.05.2024-y., 10/24/2156-5/0316-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
17. Vaqtincha olib kirish muddati tugashidan oldin ushbu muddatni uzaytirish uchun xorijiy avtotransport vositasining haydovchisi belgilangan muddat tugashidan avval O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasining mazkur xorijiy avtotransport vositasi turgan joydagi bojxona postlaridan biriga muddatni uzaytirishni so‘rab murojaat qilishi yoki elektron tarzda masofadan to‘lovlarni amalga oshirgan holda real vaqt rejimida avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish muddatini uzaytirishi lozim.
(17-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024-yil 22-apreldagi 117-son hamda Ichki ishlar vazirligining 2024-yil 17-apreldagi 13-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2156-5, 01.05.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.05.2024-y., 10/24/2156-5/0316-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(17-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024-yil 22-apreldagi 117-son hamda Ichki ishlar vazirligining 2024-yil 17-apreldagi 13-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2156-5, 01.05.2024-y.) asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.05.2024-y., 10/24/2156-5/0316-son)
Tegishli bojxona posti vaqtincha olib kirish muddatini yig‘im qancha muddat uchun to‘langan bo‘lsa, shuncha muddatga uzaytiradi va “Avto” YAAATda avval kiritilgan muddatni o‘zgartiradi.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2020-yil 14-sentabrdagi 01-02/12-14-son va Ichki ishlar vazirligining 2020-yil 10-sentabrdagi 66-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2156-3, 26.10.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.10.2020-y., 10/20/2156-3/1426-son — 2021-yil 27-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
18. Xorijiy avtotransport vositasining haydovchisi mazkur Nizomning 17-bandida belgilangan tartibda vaqtincha olib kirish muddatini uzaytirish bo‘yicha murojaat qilmasa, unga nisbatan qonunchilikda belgilangan choralar ko‘rilishi bilan bir qatorda ushbu Nizomning 16-bandida ko‘rsatilgan yig‘im undiriladi, xalqaro yuk va yo‘lovchi tashishda qo‘llaniladigan avtotransport vositasi bundan mustasno.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi va Ichki ishlar vazirligining 2017-yil 30-yanvardagi 01-02/12-2, 1-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2156-2, 15.02.2017-y.) tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 7-son, 102-modda)
19. Yig‘im:
Oldingi tahrirga qarang.
(19-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2021-yil 1-maydagi 01-02/12-27-son va Ichki ishlar vazirligining 2021-yil 30-apreldagi 12-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2156-4, 24.05.2021-y.) asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.05.2021-y., 10/21/2156-4/0485-son)
Oldingi tahrirga qarang.
milliy valyuta — so‘mda to‘lanadi;
(19-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2021-yil 1-maydagi 01-02/12-27-son va Ichki ishlar vazirligining 2021-yil 30-apreldagi 12-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2156-4, 24.05.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.05.2021-y., 10/21/2156-4/0485-son)
Oldingi tahrirga qarang.
bojxona posti tomonidan undiriladi yoki haydovchi tomonidan elektron tarzda masofadan real vaqt rejimida to‘lanadi;
bank orqali to‘langanda bank kvitansiyasi asosida kirim qilinadi.
(19-bandning to‘rtinchi va beshinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2020-yil 14-sentabrdagi 01-02/12-14-son va Ichki ishlar vazirligining 2020-yil 10-sentabrdagi 66-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2156-3, 26.10.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.10.2020-y., 10/20/2156-3/1426-son — 2021-yil 27-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
20. Xorijiy avtotransport vositasini olib chiqish muddatini buzganlik uchun tegishli chora ko‘rilib, yig‘im to‘liq undirilgunga qadar avtotransport vositasi davlat bojxona xizmatining hududiy organi yoki bojxona posti tomonidan belgilanadigan joylarda vaqtincha saqlanishi lozim.
Yig‘im quyidagi hollarda to‘lanmaydi:
bojxona organlari tomonidan belgilanadigan joylarda vaqtincha saqlash davri uchun;
agar vaqtincha olib kirilgan avtotransport vositasi xatlangan, musodara qilingan, avariya yoki yengib bo‘lmas kuch ta’siri oqibatida foydalanish uchun yaroqsiz holga kelib qolgan va bu vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan bo‘lsa.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi va Ichki ishlar vazirligining 2017-yil 30-yanvardagi 01-02/12-2, 1-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2156-2, 15.02.2017-y.) tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 7-son, 102-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
21. Belgilangan qaytarib olib chiqish muddatidan 5 kundan ortiq vaqt o‘tgan va respublika hududidan qaytarib olib chiqilmagan xorijiy avtotransport vositalari to‘g‘risida “Avto” YAAATda elektron ma’lumotlar avtomatik tarzda shakllanadi va DYHXXga real vaqt rejimida yuboriladi.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2020-yil 14-sentabrdagi 01-02/12-14-son va Ichki ishlar vazirligining 2020-yil 10-sentabrdagi 66-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2156-3, 26.10.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.10.2020-y., 10/20/2156-3/1426-son — 2021-yil 27-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2020-yil 14-sentabrdagi 01-02/12-14-son va Ichki ishlar vazirligining 2020-yil 10-sentabrdagi 66-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2156-3, 26.10.2020-y.) asosan 2021-yil 27-yanvardan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.10.2020-y., 10/20/2156-3/1426-son)
Oldingi tahrirga qarang.
23. DYHXXning hududiy organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasi ma’lumotlari asosida respublika hududidan qaytarib olib chiqilmagan xorijiy avtotransport vositalari aniqlangan taqdirda ular bo‘yicha qonunchilik hujjatlarida belgilangan choralarni ko‘rish uchun uch ish kuni mobaynida davlat bojxona xizmatining hududiy organlarini xabardor qiladilar.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024-yil 22-apreldagi 117-son hamda Ichki ishlar vazirligining 2024-yil 17-apreldagi 13-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2156-5, 01.05.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.05.2024-y., 10/24/2156-5/0316-son)
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 31-avgustdagi 683-son qarori bilan tasdiqlangan Avtomototransport vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ularga ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarini berish tartibini takomillashtirish to‘g‘risidagi nizom.
24. O‘zbekiston Respublikasi hududida “Avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish to‘g‘risida majburiyatnoma” asosida harakatlanayotgan xorijiy avtotransport vositasi O‘zbekiston Respublikasining vakolatli idoralari tomonidan musodara qilingan hollarda, unga rasmiylashtirilgan “Avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish to‘g‘risida majburiyatnoma” vakolatli organlarning tegishli qarori asosida rasmiylashtirgan bojxona posti tomonidan nazoratdan yechiladi.
25. O‘zbekiston Respublikasi hududida “Avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish to‘g‘risida majburiyatnoma” asosida harakatlanayotgan xorijiy avtotransport vositasi yengib bo‘lmas kuch yoki yo‘l-transport hodisasi yuz berishi natijasida foydalanishga mutlaqo yaroqsiz holga kelganda, unga rasmiylashtirilgan “Avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish to‘g‘risida majburiyatnoma” vakolatli organlarning tegishli hujjatlari asosida majburiyatnoma rasmiylashtirgan bojxona posti tomonidan nazoratdan yechiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
26. O‘zbekiston Respublikasi hududida “Avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish to‘g‘risida majburiyatnoma” asosida harakatlanayotgan xorijiy avtotransport vositasi “erkin muomalaga chiqarish (import)”, “vaqtincha olib kirish” yoxud boshqa bojxona rejimiga rasmiylashtirilganda, unga rasmiylashtirilgan “Avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish to‘g‘risida majburiyatnoma” bojxona yuk deklaratsiyasini (keyingi o‘rinlarda BYD deb yuritiladi) rasmiylashtirgan TIF bojxona posti tomonidan nazoratdan yechiladi.
(26-band O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 19-martdagi 241-son hamda Ichki ishlar vazirligining 2025-yil 17-martdagi 10-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2156-6, 01.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.04.2025-y., 10/25/2156-6/0292-son)
Oldingi tahrirga qarang.
27. Agar “Avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish to‘g‘risida majburiyatnoma” yo‘qolgan yoki yaroqsiz holga kelganda dublikat olish uchun avtotransport vositasi egasi (haydovchisi) avtotransport vositasi joylashgan hududdagi bojxona postlariga mazkur Nizomning 6-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar bilan murojaat qiladi.
(27-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2020-yil 14-sentabrdagi 01-02/12-14-son va Ichki ishlar vazirligining 2020-yil 10-sentabrdagi 66-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2156-3, 26.10.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.10.2020-y., 10/20/2156-3/1426-son — 2021-yil 27-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
28. Bojxona postlari tomonidan “Avto” YAAATdan foydalangan holda oldingi “Avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish to‘g‘risida majburiyatnoma”ga yozilgan tegishli ma’lumotlar va avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish muddati tekshiriladi. Avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish muddati o‘tib ketganligi aniqlangan taqdirda, bojxona postining mansabdor shaxsi tomonidan qonunchilik hujjatlari asosida tegishli choralar ko‘riladi.
(28-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2021-yil 1-maydagi 01-02/12-27-son va Ichki ishlar vazirligining 2021-yil 30-apreldagi 12-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2156-4, 24.05.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.05.2021-y., 10/21/2156-4/0485-son)
Oldingi tahrirga qarang.
29. Ko‘rib chiqish yakuni bo‘yicha bir ish kuni mobaynida bojxona postlari tomonidan “Avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish to‘g‘risida majburiyatnoma” dublikati beriladi. “Avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish to‘g‘risida majburiyatnoma”ning yuqori o‘ng burchagiga “Dublikat” deb yoziladi va bojxona posti boshlig‘i yoki uning o‘rinbosari imzosi va post muhri bilan tasdiqlanadi.
(29-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2020-yil 14-sentabrdagi 01-02/12-14-son va Ichki ishlar vazirligining 2020-yil 10-sentabrdagi 66-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2156-3, 26.10.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.10.2020-y., 10/20/2156-3/1426-son — 2021-yil 27-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
(III bob O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi va Ichki ishlar vazirligining 2017-yil 30-yanvardagi 01-02/12-2, 1-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2156-2, 15.02.2017-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 7-son, 102-modda)
IV. Bojxona chegarasidan tovar sifatida olib o‘tilayotgan avtotransport vositasining bojxona rasmiylashtiruvi va nazorati
Oldingi tahrirga qarang.
50. Tovar sifatida O‘zbekiston Respublikasiga olib kirilayotgan va tranzit olib o‘tilayotgan avtotransport vositasiga “Avtotransport vositasini qaytarib olib chiqish to‘g‘risida majburiyatnoma” rasmiylashtirilmaydi. Uning TIF yoki chiqish bojxona postiga bojxona nazorati ostida yetkazib berilishini nazorat qilish uchun kirish bojxona postida tovarni yetkazib berishning nazorat hujjati rasmiylashtiriladi.
(50-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi va Ichki ishlar vazirligining 2017-yil 30-yanvardagi 01-02/12-2, 1-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2156-2, 15.02.2017-y.) tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 7-son, 102-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(51-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2020-yil 14-sentabrdagi 01-02/12-14-son va Ichki ishlar vazirligining 2020-yil 10-sentabrdagi 66-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2156-3, 26.10.2020-y.) asosan 2021-yil 27-yanvardan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.10.2020-y., 10/20/2156-3/1426-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
52. Tovar sifatida olib kirilgan avtotransport vositasi “erkin muomalaga chiqarish (import)” yoki “vaqtincha olib kirish” bojxona rejimiga rasmiylashtirilgandan so‘ng, TIF bojxona posti tomonidan ushbu Nizomning 5-ilovasiga muvofiq Davlat bojxona xizmatining hududiy organi tomonidan DYHXXning hududiy organlariga elektron tarzda taqdim qilinadigan ma’lumotlar (keyingi o‘rinlarda elektron ma’lumotlar deb yuritiladi) Bojxona qo‘mitasining elektron bazasi orqali shakllantiriladi va DYHXXga real vaqt rejimida yuboriladi.
(52-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 19-martdagi 241-son hamda Ichki ishlar vazirligining 2025-yil 17-martdagi 10-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2156-6, 01.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.04.2025-y., 10/25/2156-6/0292-son)
DYHXXning hududiy organlarida ro‘yxatga olinmaydigan avtotransport vositalariga elektron ma’lumotlar yuborilmaydi.
(52-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi va Ichki ishlar vazirligining 2017-yil 30-yanvardagi 01-02/12-2, 1-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2156-2, 15.02.2017-y.) tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 7-son, 102-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(53-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi va Ichki ishlar vazirligining 2017-yil 30-yanvardagi 01-02/12-2, 1-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2156-2, 15.02.2017-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 7-son, 102-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
54. Avtotransport vositasini O‘zbekiston Respublikasi hududiga “erkin muomalaga chiqarish (import)” yoki “vaqtincha olib kirish” bojxona rejimlariga rasmiylashtirgan shaxslar BYD rasmiylashtirilgan kundan so‘ng 10 kun muddat ichida avtotransport vositasini DYHXXning hududiy organlarida ro‘yxatdan o‘tkazishlari shart.
(54-band O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 19-martdagi 241-son hamda Ichki ishlar vazirligining 2025-yil 17-martdagi 10-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2156-6, 01.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.04.2025-y., 10/25/2156-6/0292-son)
Oldingi tahrirga qarang.
55. Ro‘yxatdan o‘tkazishda, avtotransport vositasining turi, rusumi, markasi davlat bojxona xizmatining hududiy organi tomonidan shakllantirilgan elektron ma’lumotlarda qanday bayon etilgan bo‘lsa, aynan shu nom bilan qayd etilishi lozim.
(55-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi va Ichki ishlar vazirligining 2017-yil 30-yanvardagi 01-02/12-2, 1-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2156-2, 15.02.2017-y.) tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 7-son, 102-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
56. O‘zbekiston Respublikasidan tovar sifatida olib chiqilayotgan avtotransport vositasiga elektron ma’lumotlar yuborilmaydi hamda DYHXXning hududiy organlarida ro‘yxatdan chiqarish uchun asos BYD hisoblanadi.
(56-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi va Ichki ishlar vazirligining 2017-yil 30-yanvardagi 01-02/12-2, 1-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2156-2, 15.02.2017-y.) tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 7-son, 102-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
57. Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan tovar sifatida olib kirilayotgan avtotransport vositalarini DYHXXning hududiy organlarida ro‘yxatdan o‘tkazish uchun asos elektron ma’lumotlar hamda BYD hisoblanadi.
Vakolatli idoralar tomonidan musodara qilingan avtotransport vositalarini DYHXXning hududiy organlarida ro‘yxatdan o‘tkazish uchun Davlat bojxona xizmatining hududiy organi tomonidan DYHXXning hududiy organlariga elektron tarzda taqdim qilinadigan ma’lumotlar va BYD talab etilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
“Erkin muomalaga chiqarish (import)” bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan avtotransport vositalari uchun shakllantirilgan elektron ma’lumotlar 3 yil davomida, “vaqtincha olib kirish” bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan avtotransport vositalari uchun shakllantirilgan elektron ma’lumotlar esa vaqtincha olib kirish muddati tugagandan so‘ng 3 yil davomida bojxona organlarining ma’lumotlar bazasida saqlanadi.
(57-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 19-martdagi 241-son hamda Ichki ishlar vazirligining 2025-yil 17-martdagi 10-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2156-6, 01.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.04.2025-y., 10/25/2156-6/0292-son)
DYHXXning hududiy organlarida avtotransport vositalarini qayd etish va boshqa o‘zgartirishlar kiritish uchun asos bo‘lib xizmat qilgan hujjatlar (ma’lumotlar) to‘plami 5 yil davomida saqlanadi.
“Vaqtincha olib kirish” bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan avtotransport vositalarini o‘zga shaxsga foydalanishga, egalik qilishga berish yoki o‘zgacha ravishda o‘tkazish elektron ma’lumotlar qayta rasmiylashtirilgandan so‘ng amalga oshiriladi.
(57-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi va Ichki ishlar vazirligining 2017-yil 30-yanvardagi 01-02/12-2, 1-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2156-2, 15.02.2017-y.) tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 7-son, 102-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(58-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi va Ichki ishlar vazirligining 2017-yil 30-yanvardagi 01-02/12-2, 1-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2156-2, 15.02.2017-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 7-son, 102-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(59-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi va Ichki ishlar vazirligining 2017-yil 30-yanvardagi 01-02/12-2, 1-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2156-2, 15.02.2017-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 7-son, 102-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
571. Bojxona to‘lovlaridan imtiyoz qo‘llanilgan holda “erkin muomalaga chiqarish (import)” bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan avtotransport vositasini 3 yil davomida qayta jihozlash bojxona yuk deklaratsiyasida ko‘rsatib o‘tilgan tashqi iqtisodiy faoliyat tovarlar nomenklaturasi kodi o‘zgarishiga olib kelsa, bojxona rasmiylashtiruvi vaqtida bojxona to‘lovlaridan berilgan imtiyozlar to‘langan taqdirda ushbu avtotransport vositasini qayta jihozlashga ruxsat beriladi, bundan avtotransport vositasini yoqilg‘i turini o‘zgartirish bilan bog‘liq qayta jihozlash holatlari mustasno hisoblanadi.
(571-band O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 19-martdagi 241-son hamda Ichki ishlar vazirligining 2025-yil 17-martdagi 10-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2156-6, 01.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.04.2025-y., 10/25/2156-6/0292-son)
60. Davlat bojxona xizmatining hududiy organlari DYHXXning hududiy organlari bilan har chorak yakuni bo‘yicha erkin muomalaga chiqarilgan hamda vaqtincha olib kirilgan avtotransport vositalari bo‘yicha ma’lumotlarni solishtiradilar.
Oldingi tahrirga qarang.
(61-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi va Ichki ishlar vazirligining 2017-yil 30-yanvardagi 01-02/12-2, 1-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2156-2, 15.02.2017-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 7-son, 102-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(62-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi va Ichki ishlar vazirligining 2017-yil 30-yanvardagi 01-02/12-2, 1-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2156-2, 15.02.2017-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 7-son, 102-modda)
63. Davlat bojxona xizmatining hududiy organi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotda ko‘rsatilgan avtotransport vositasi DYHXXning hududiy organlarida ro‘yxatga olinmaganligi aniqlangan taqdirda DYHXXning hududiy organlari tomonidan ushbu avtotransport vositasini qidirib topish choralari ko‘riladi.
64. Davlat bojxona xizmatining hududiy organi tomonidan taqdim etilgan ro‘yxatda ko‘rsatilmagan, lekin DYHXXning hududiy organlarida ro‘yxatga olingan xorijdan olib kelingan avtotransport vositalari aniqlangan taqdirda, ushbu avtotransport vositasini respublika hududiga qonuniy olib kirilganligiga aniqlik kiritish maqsadida avtotransport vositasi va uning egasi haqida ma’lumotlar DYHXXning hududiy organlari tomonidan davlat bojxona xizmatining hududiy organlariga taqdim etiladi.
65. Mazkur bob talablari chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan tovar sifatida olib kirilayotgan avtotransport vositasi uchun ham tatbiq etiladi.
V. Yakuniy qoida
Oldingi tahrirga qarang.
66. Mazkur Nizom talablarini buzishda aybdor shaxslar O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladilar.
(66-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2021-yil 1-maydagi 01-02/12-27-son va Ichki ishlar vazirligining 2021-yil 30-apreldagi 12-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2156-4, 24.05.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.05.2021-y., 10/21/2156-4/0485-son)
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 22722-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
(VI — VIII-boblar O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi, Ichki ishlar vazirligining 2013-yil 8-noyabrdagi 01-02/12-28, 35-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2156-1, 19.12.2013-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2013-y., 51-son, 679-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2021-yil 1-maydagi 01-02/12-27-son va Ichki ishlar vazirligining 2021-yil 30-apreldagi 12-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2021-yil 1-maydagi 01-02/12-27-son va Ichki ishlar vazirligining 2021-yil 30-apreldagi 12-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2156-4, 24.05.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.05.2021-y., 10/21/2156-4/0485-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2021-yil 1-maydagi 01-02/12-27-son va Ichki ishlar vazirligining 2021-yil 30-apreldagi 12-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2021-yil 1-maydagi 01-02/12-27-son va Ichki ishlar vazirligining 2021-yil 30-apreldagi 12-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2156-4, 24.05.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.05.2021-y., 10/21/2156-4/0485-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2021-yil 1-maydagi 01-02/12-27-son va Ichki ishlar vazirligining 2021-yil 30-apreldagi 12-son qaroriga
3-ILOVA
3-ILOVA
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2021-yil 1-maydagi 01-02/12-27-son va Ichki ishlar vazirligining 2021-yil 30-apreldagi 12-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2156-4, 24.05.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.05.2021-y., 10/21/2156-4/0485-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi va Ichki ishlar vazirligining 2017-yil 30-yanvardagi 01-02/12-2, 1-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2156-2, 15.02.2017-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 7-son, 102-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Bojxona chegarasidan olib o‘tilayotgan avtotransport vositalarini bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizomga
5-ILOVA
5-ILOVA
Davlat bojxona xizmatining hududiy organi tomonidan DYHXXning hududiy organlariga elektron tarzda taqdim qilinadigan
ma’lumotlar
1. Bojxona organi nomi.
2. BYD raqami va sanasi.
3. Avtotransport vositasi rasmiylashtirilgan bojxona rejimining nomi.
4. Avtotransport to‘g‘risida ma’lumot:
turi, rusumi;
ishlab chiqarilgan yili;
kuzov raqami;
dvigatel raqami;
shassi raqami.
5. Avtotransport vositasi egasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar:
Oldingi tahrirga qarang.
jismoniy shaxs uchun — uning familiyasi, ismi, otasining ismi va yashash joyining manzili, telefon raqami hamda shaxsini tasdiqlovchi hujjat haqidagi ma’lumotlar;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2026-yil 14-yanvardagi 320-son hamda Ichki ishlar vazirligining 2026-yil 12-yanvardagi 2-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2156-7, 19.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.01.2026-y., 10/26/2156-7/0057-son)
yuridik shaxs uchun — uning qisqacha nomi va joylashgan yeri (yuridik manzili), telefon raqami hamda elektron pochta manzili (mavjud bo‘lsa).
6. Avtotransport vositasi vaqtincha olib kirilganda vaqtincha olib kirishning yakuniy muddati.
(5-ilova O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi va Ichki ishlar vazirligining 2017-yil 30-yanvardagi 01-02/12-2, 1-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2156-2, 15.02.2017-y.) tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 7-son, 102-modda)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 47-son, 439-modda; 2013-y., 51-son, 679-modda; 2017-y., 7-son, 102-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.10.2020-y., 10/20/2156-3/1426-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.05.2021-y., 10/21/2156-4/0485-son; 02.05.2024-y., 10/24/2156-5/0316-son; 01.04.2025-y., 10/25/2156-6/0292-son; 20.01.2026-y., 10/26/2156-7/0057-son)