Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 30.06.2020
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QOʻMITASI
“OʻZBEKENERGO” DAVLAT AKSIONERLIK KOMPANIYASINING
Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BOJXONA HUDUDI ELEKTR UZATISh TARMOQLARI ORQALI OLIB OʻTILADIGAN ELEKTR ENERGIYASINING BOJXONA NAZORATI VA RASMIYLAShTIRUVINI AMALGA OShIRISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 17-dekabrda 1433-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va Energetika vazirligining 2020-yil 15-iyundagi 01-02/12-25, 01-05-4-3201-sonli ““Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan elektr uzatish tarmoqlari orqali oʻtkazilayotgan elektr energiyasini bojxona nazorati va bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1433-3, 30.06.2020-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6 moddasiga asosan va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 9-fevraldagi 73-f-sonli farmoyishi ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va “Oʻzbekenergo” Davlat aksionerlik kompaniyasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan elektr uzatish tarmoqlari orqali oʻtkazilayotgan elektroenergiyani bojxona nazorati va bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiritilsin.
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi B. MATLYUBOV
Toshkent sh.,
2004-yil 15-noyabr,
01-02/12-21-son
“Oʻzbekenergo” Davlat aksionerlik kompaniyasi boshqaruvi raisi E. ShOISMATOV
Toshkent sh.,
2004-yil 15-noyabr,
ESh-01-21/247-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 50-son, 509-modda)