Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 04.03.2021
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining
Qarori
AVTOMOBIL YOʻLLARI ORQALI TAShILADIGAN TOVARLARNING BOJXONA KUZATUVI TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2003-yil 27-sentabrda 1278-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2021-yil 6-fevraldagi 01-02/12-07-sonli va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2021-yil 30-yanvardagi 3-sonli ““Avtomobil yoʻllari orqali tashiladigan tovarlarning bojxona kuzatuvi tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1278-5, 04.03.2021-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 103, 105-moddalari (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi axborotnomasi, 2-son, 36-modda), Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunini 6-moddasi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi axborotnomasi, 5-6-son, 102-modda) “Tranzit rejimi toʻgʻrisida”gi Tartib (Adliya vazirligi tomonidan 1998-yil 23-dekabrda 577-raqam bilan oʻtgan), “Avtomobil transportida tovarlarni bojxona nazorati ostida yetkazib berish toʻgʻrisida”gi Tartib (Adliya vazirligi tomonidan 2000-yil 19-yanvarda 875-raqam bilan roʻyxatdan oʻtgan), Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 30-apreldagi 204-sonli va 1999-yil 31-dekabrdagi 552-sonli qarorlariga muvofiq, Davlat bojxona qoʻmitasi va Ichki ishlar vazirligi qaror qiladi:
1. Avtomobil yoʻllari orqali tashiladigan tovarlarning bojxona kuzatuvi tartibi toʻgʻrisida Nizom* ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
* Ilova rus tilida berilgan.
2. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtgan paytidan boshlab, oʻn kundan keyin amalga kiritilsin.
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2003-yil 4-sentabr,
01-02/12-35-son
Ichki ishlar vaziri Z. ALMATOV
Toshkent sh.,
2003-yil 4-sentabr,
5-son