Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 09.02.2018
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QIShLOQ VA SUV XO‘JALIGI VAZIRLIGI HUZURIDAGI DAVLAT VETERINARIYA BOSh BOShQARMASI
BUYRUG‘I
DAVLAT VETERINARIYA NAZORATI OSTIDAGI YuKLARNI EKSPORTI, IMPORTI HAMDA TRANZITIDA VETERINARIYA HUJJATLARINI RASMIYLAShTIRISh VA ULARNI TAShISh QOIDALARINI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 22-yanvarda 1302-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qo‘mitasining 2018-yil 29-yanvardagi 20-sonli ““Davlat veterinariya nazorati ostidagi yuklarni eksporti, importi hamda tranzitida veterinariya hujjatlarini rasmiylashtirish va ularni tashish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyruqni, shuningdek unga o‘zgartirishlarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 1302-3, 08.02.2018-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasining “Veterinariya to‘g‘risida”gi Qonunining 6 va 18-moddalari, Veterinariya sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi Bitim 4-moddasiga muvofiq hamda Xalqaro epizootik byuroning Xalqaro veterinariya kodeksida belgilangan qoidalar asosida ishlarni yuritish maqsadida, buyuraman:
1. Davlat veterinariya nazorati ostidagi yuklarni eksporti, importi hamda tranzitida veterinariya hujjatlarini rasmiylashtirish va ularni tashish qoidalari ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Davlat veterinariya bosh boshqarmasi boshlig‘i M. Ro‘zimuradov
Toshkent sh.,
2003-yil 25-iyul,
4-a-son
(O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 3-son, 38-modda; 2008-y., 28-son, 273-modda; 2013-y., 4-son, 49-modda)