

<!DOCTYPE html>

<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>

</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />

    <style type="text/css">
        /*.contents-caption DIV {
            float: right;
        }*/

        /*.mobilnav TD {
            height: 32px;
        }*/

        /*.mobilnav {
            border: 0px;
            padding: 0;
            background: url('/image/h-menu.gif') repeat-x scroll left top transparent;
        }*/

        body {
            margin: 0;
        }

        td {
            min-height: 22px;
        }

        /*#userComments {
            position: fixed;
            top: 0;
            left: 200px;
            width: 279px;
            height: 18px;
            background-color: Black;
            color: White;
            z-index: 2000;
            padding: 3px;
            display: none;
        }*/

        /*#fancybox_div {
            display: none;
        }*/

        /*#divContextRasporka {
            width: 270px;
        }*/

        /*#tddivContext {
            background-color: White;
        }*/

        /*#backButton {
            color: White;
            font-weight: bold;
            text-decoration: none;
        }*/

        /*#divCont {
            padding-top: 35px;
        }*/

        /*.main_menu ul .checkboxArea, .main_menu ul .checkboxAreaChecked {
            padding-top: 12px;
        }*/

        /*#item3 > ul > li {
            white-space: nowrap;
        }*/

        /*header > nav > ul > li > a {
            font-family: Arial;
            font-size: 11px;
        }*/

        /*#actContent a {
            font-size: 14px;
            font-family: Arial;
        }*/

        /*#selected_div {
            height: 250px;
            overflow: auto;
            padding: 6px 1px 1px 9px;
        }*/

        /*.enter_submit {
            background: url("/images/bg/search_button_bg.jpg") repeat-x scroll 0 0 transparent;
            border: 1px solid #7190EE;
            border-radius: 6px 6px 6px 6px;
            float: right;
            margin-right: 2px;
            cursor: pointer;
        }*/

        /*.enter_submit > div {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_left.png") no-repeat scroll 4px 7px transparent;
                float: left;
                width: 100%;
                cursor: pointer;
            }*/

        /*.enter_submit input[type="button"] {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_right.png") no-repeat scroll right 7px transparent;
                border: medium none;
                border-radius: 6px 6px 6px 6px;
                color: #FFFFFF;
                float: left;
                font-size: 12px;
                font-weight: bold;
                height: 21px;
                margin-left: 22px;
                margin-right: 4px;
                padding: 0 22px 3px 0;
                cursor: pointer;
            }*/

        .show_context {
            background-color: #FFFF00;
            color: inherit;
        }
    </style>
    <style id="tree_style" type="text/css">
        #divAct a, #divAct DIV, #divAct font, div#theDefCssID table td, th {
            font-size: 12pt;
        }
    </style>

    <script type="text/javascript" charset="utf-8">
        //window.onbeforeunload = function () {
        //    //document.getElementById("main_container").innerHTML = "";
        //    //window.body.style.background = "red";  //css("background", "red");
        //    //window.scrollTo(0, 0);
        //}

        window.onload = function () {
            setTimeout(function () { scrolPage(); }, 100);
        }

        function scrolPage() {
            var hash = location.hash.toString();
            if (hash.length > 2) {
                var elem = document.getElementById(location.hash.toString().substring(1));
                if (elem === null || elem === undefined) {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
                }
                else {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = elem.offsetTop - 10;
                }
            }
            else {
                document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
            }
        }
    </script>
</head>
<body>
    
    <a href="#DynContent" id="DynContentBtn"></a>
    <div style="display: none;">
        <div id="DynContent" style="width: 350px;">
            <table>
                <tr>
                    <td><span id="dynText"></span></td>
                </tr>
            </table>
        </div>
    </div>
    <div id="headcont">
        
        <header style="z-index: 2000;" id="headermenu">
            <div class='logo' style="padding: 0px 0px 0px 8px">
                <a href='/'><span></span></a>
            </div>
        </header>
        
    </div>
    <div id='main_container'>
        
        <section class='main_text'>
            <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
                <tr>
                    <td style="width: 50%">
                        
                            <div class="act_warning">
                                Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 06.06.2016
                            </div>
                        
                        
                        
                    </td>
                    <td style="width: 50%; text-align: right">
                        
                        
                    </td>
                </tr>
            </table>
            <div id="divAct" style="margin: 0px; padding: 0px 5px 0px 5px; background: white;">
                
                <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-979770" id="onLBC-979770">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC8865"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.05.00 Havo transporti / 09.15.05.07 Havo transportining xavfsizligi;</span></div><div id="LBC7504"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.02.00 Yoʻl harakati xavfsizligi. Parvozlar xavfsizligi]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-979770" id="onLS-979770">[<b>TSZ:</b><div id="LS3743"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Iqtisodiyot / Transport. Yoʻl xoʻjaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi]</span></div></div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-979772" id="-979772">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-979773" id="-979773">qarori</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-979774" id="-979774">OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MXX-MXXB AVIATSIYA XAVFSIZLIGI BOʻLINMALARI TOMONIDAN QOʻLDA OLIB YuRILADIGAN YuKNI, BAGAJNI KOʻZDAN KEChIRISh VA YOʻLOVChILARNI, FUQARO KEMALARI EKIPAJI AʼZOLARINI, AEROPORTLAR XODIMLARI VA BOShQA MANSABDOR ShAXSLARNI ShAXSAN TEKShIRIB ChIQIShNI AMALGA OShIRISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI YOʻRIQNOMANI TASDIQLASh HAQIDA</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-979775" id="-979775"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif" /> LexUZ sharhi</div><div name="-2975762" id="-2975762">Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-iyundagi 183-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasida aviatsiya xavfsizligi koʻzdan kechiruvini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi <a href="/acts/-2971699?ONDATE=06.06.2016 00#-2971967">qaroriga </a>asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-979778" id="-979778">Oʻzbekiston Respublikasi aeroportlarida aviatsiya xavfsizligini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-979779" id="-979779">Ilova qilinayotgan Oʻzbekiston Respublikasi MXX-MXXB aviatsiya xavfsizligi boʻlinmalari tomonidan “Qoʻlda olib yuriladigan yukni, ekipaji aʼzolarini, aeroportlar xodimlari va boshqa mansabdor shaxslarni shaxsan tekshirib chiqishni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida”gi <a href="/acts/-979770#-989558">yoʻriqnoma</a> tasdiqlansin.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-979786" id="-979786">Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-979787" id="-979787">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-979788" id="-979788">1997-yil 29-aprel,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-979789" id="-979789">219-son</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-989558" id="-989558"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-989559" id="-989559">Vazirlar Mahkamasining <br />1997-yil 29-apreldagi <br />219-son <a href="/acts/-979770">qarori</a> bilan<br />TASDIQLANGAN</div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-989561" id="-989561">Oʻzbekiston Respublikasi MXX-MXXB aviatsiya xavfsizligi boʻlinmalari tomonidan qoʻlda olib yuriladigan yukni, bagajni koʻzdan kechirish va yoʻlovchilarni, fuqaro havo kemalari ekipaji aʼzolarini, aeroportlar xodimlari va boshqa mansabdor shaxslarni shaxsan tekshirib chiqishni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-989563" id="-989563"><strong>YOʻRIQNOMA</strong></div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-989564" id="-989564"></div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-1053257" id="-1053257"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053095" id="-1053095">1.1. Mazkur qoʻlda olib yuriladigan yukni, bagajni koʻzdan kechirish va fuqaro havo kemalari shaxsan tekshirib chiqishni amalga oshirish va aviatsiyada tashish taqiqlangan moddalar, yuklarni va buyumlarni olib qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma IKAO (dok.8973/3) normalariga, Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 3-oktabrdagi 348-45-son qaroriga, Oʻzbekiston Respublikasi Havo <a href="/acts/-55594">kodeksiga </a>muvofiq ishlab chiqilgan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053097" id="-1053097">Yoʻriqnoma havo kemalariga chiqishdan oldin ichki va xalqaro yoʻllardagi aeroportlarda yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatishning umumiy texnologik jarayonida tekshirib chiqish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish tartibini tartibga soladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053098" id="-1053098">Quyidagilar ushbu faoliyatning bosh tamoyillari hisoblanadi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053099" id="-1053099">aeroportlarda istisnosiz barcha yoʻlovchilarni, ekipaj aʼzolarini, aeroportlarning xodimlarini va boshqa mansabdor shaxslarni tekshirib chiqishni amalga oshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053100" id="-1053100">yoʻlovchilardan va boshqa toifadagi shaxslardan aviatsiyada tashish taqiqlangan xavfli moddalar va buyumlarni (qaytarib berish yoki qaytarib bermasdan) majburiy olib qoʻyish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053101" id="-1053101">qonun buzuvchilarni maʼmuriy yoki jismoniy javobgarlikka tortishning qaytarib boʻlmasligini tekshirib chiqishda qonuniylikka qatʼiy rioya qilish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053102" id="-1053102">1.2. Havo kemasi kimga qarashliligidan qatʼi nazar, ham ichki, ham xalqaro yoʻllarda avia xavfsizligi uchun qoʻlda olib yuriladigan yukni, bagajni koʻzdan kechirish va shaxsan tekshirib chiqish aeroportda parvozlarning xavfsizligini, yoʻlovchilar va ekipaj aʼzolarining hayoti va salomatligini saqlashni taʼminlash, fuqaro havo kemalarini boʻlishi mumkin boʻlgan egallab olishlarning va olib qochishlarning va jinoyatchi elementlar tomonidan fuqaro aviatsiyasi faoliyatiga noqonuniy aralashuvning boshqa hodisalarining oldini olish, shuningdek, qurollar, oʻq-dorilar, portlatish qurilmalari, portlovchi, zaharlovchi, yengil alanga oluvchi moddalarni va boshqa xavfli yuklarni noqonuniy tashishlarni bartaraf etish maqsadida amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053103" id="-1053103">1.3. Shaxsan tekshirib chiqish fuqaro havo kemalarida tashish taqiqlangan qurilmalar yoki moddalarni topib olish uchun zarur boʻlgan doirada amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053104" id="-1053104">1.4. Shaxsan tekshirib chiqish shaxsan tekshirib chiqish xonasida tekshirilayotgan yoʻlovchi bilan faqat bir jinsli shaxslar tomonidan amalga oshiriladi. Bir vaqtning oʻzida bir necha yoʻlovchini shaxsan tekshirib chiqishga ruxsat etilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053105" id="-1053105">1.5. Shaxsan tekshirib chiqish aviatsiya xavfsizligi boʻlinmasining kamida 2 xodimi tarkibida amalga oshiriladi. Shaxsiy tekshirib chiqishni yakka boshchilikda amalga oshirish qatiy taqiqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053106" id="-1053106">1.6. Yurak faoliyatini yaxshilovchi apparatlari boʻlgan yoʻlovchilar texnik vositalar qoʻllanmasdan shaxsan tekshirib chiqiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053107" id="-1053107">1.7. Tibbiy punktdagi yoʻlovchilar va ularni kuzatuvchi shaxslar maxsus ajratilgan tezkor nazoratchi tomonidan tekshirib chiqiladi, bunday shaxslar bilan tekshirib chiqishni oʻtkazish uchun javobgarlik, shuningdek, tekshirib chiqilgandan soʻng ularning begona kishilar bilan aloqasini istisno qilish tibbiy punkt xodimiga yuklanadi, bu haqda ularga tilxat orqali eʼlon qilinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053108" id="-1053108">1.8. Yoʻlovchini shaxsan tekshirib chiqish buning uchun maxsus jihozlangan xonalarda majburiy tartibda quyidagi hollarda amalga oshiriladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053109" id="-1053109">aniq qatnovni bajarayotgan yoki belgilangan yoʻnalishda ketayotgan havo kemasini egallab olishga tayyorgarlik koʻrilayotganligi toʻgʻrisida xabar kelganda;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053110" id="-1053110">yoʻlovchida tashish taqiqlangan oʻq otuvchi yoki sovuq qurol, portlatish qurilmalari, portlovchi va boshqa xil xavfli moddalar va buyumlar borligi haqida maʼlumotlar tushganda;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053111" id="-1053111">yoʻlovchining qoʻlda olib yuriladigan yukida ilovaga muvofiq tashish taqiqlangan oʻq otuvchi yoki sovuq qurol, portlatish qurilmalari, portlovchi va boshqa xil xavfli moddalar va buyumlar aniqlanganda;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053112" id="-1053112">yoʻlovchining shubhali xulqi va xatti-harakatlari, uning qilishi mumkin boʻlgan jinoiy niyatlari yoki unda tashish taqiqlangan yoki shubha uygʻotuvchi buyumlar borligi haqida guvohlik beruvchi belgilarni MXX xodimlari va fuqaro aviatsiyasi xodimlari tomonidan shaxsiy kuzatish yoʻli bilan aniqlanganda.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053113" id="-1053113">1.9. Kemalarni egallab olish (olib qochish) maqsadida ushbu kemalar ekipajlari aʼzolariga va yoʻlovchilarga zoʻravonlik qilish vositalari sifatida foydalanilishi yoki favqulodda hodisaga sabab boʻlishi mumkin boʻlgan qurilmalari yoki moddalari bor shaxslarning fuqaro kemalari bortiga kirib olishga urinishlarining oʻz vaqtida oldini olish va bartaraf etish tekshirib chiqishning asosiy vazifasi hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053114" id="-1053114">1.10. Qoʻlda olib yuriladigan yukni, bagajni koʻzdan kechirish va yoʻlovchilarni shaxsan tekshirib chiqish chiptalar roʻyxatdan oʻtkazilgandan soʻng, xalqaro qatnovlarga xizmat koʻrsatuvchi aeroportlarda esa yoʻlovchilar bojxona va chegara nazoratidan oʻtganlaridan soʻng amalga oshiriladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053115" id="-1053115">1.11. Qoʻlda olib yuriladigan yuk va bagaj yoʻlovchida boʻlganda ularni tekshirib chiqish uning ishtirokida amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053116" id="-1053116">1.12. Bagajni ochib koʻrish zaruriyati bilan bogʻliq holda bagajni yoʻlovchi yoʻqligida tekshirib chiqish Oʻzbekiston Respublikasi MXX aviatsiya xavfsizligi boʻlinmasi boshligʻining, uning oʻrinbosarlarining va tekshirib chiqish smenalarining boshliqlari, tashishni uyushtirish xizmatlarining boshliqlari va ushbu xizmatlar smenalari boshliqlarining sababi koʻrsatilgan yozma holdagi, chegara va bojxona nazorati amalga oshiriladigan aeroportlarda esa chegara qoʻshinlari nazorat-tekshiruv punktlari boʻlimi boshliqlari va bojxona nazorati postlari boshliqlarining ham sababi koʻrsatilgan yozma holdagi qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053117" id="-1053117">Koʻrsatib oʻtilgan mansabdor shaxslar boʻlmaganlarida tekshirib chiqishni amalga oshirish haqidagi qaror belgilangan tartibda ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar tomonidan qabul qilinishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053118" id="-1053118">Mazkur bandda nazarda tutilgan hollarda bagajni tekshirib chiqish protokol tuzilgan holda, ikki guvoh ishtirokida amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053119" id="-1053119">1.13. “VIP” zallarida xizmat koʻrsatiladigan yoʻlovchilar va rasmiy delegatsiyalar aviatsiya xavfsizligi nazoratidan ushbu zallarning tekshirib chiqish punktlarida oʻtadilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053120" id="-1053120">Vena konvensiyasiga muvofiq diplomatik immunitetga ega boʻlgan yoʻlovchilar ham, agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bilan boshqacha qoidalar nazarda tutilmagan boʻlsa, aviatsiya xavfsizligi nazoratidan oʻtadilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053121" id="-1053121">Mazkur tartib Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit bilan ketayotgan diplomatik xodimlarga, shuningdek, ular boʻladigan davlatda - Oʻzbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan diplomatik agentlar, maʼmuriy-texnik xodim aʼzolari va ularning oila aʼzolariga, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari hisoblanmaydigan vakolatxonalarning xizmat koʻrsatuvchi xodimi aʼzolariga ham joriy etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053122" id="-1053122">Diplomatik pochtalar, konsullik valizlari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq ularga tenglashtirilgan xorijiy vakolatxonalar va xalqaro tashkilotlarning boshqa xil xat-xabarlari tekshirib chiqilmaydi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-1053267" id="-1053267">2. Tekshirib chiqishni amalga oshirish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053269" id="-1053269">2.1. Tekshirib chiqish aeroportlarning maxsus jihozlangan nazorat zonalari (tekshirish punktlari)da amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053270" id="-1053270">2.2. Qoʻlda olib yuriladigan yukni, bagajni koʻzdan kechirish va yoʻlovchilarni shaxsan tekshirib chiqish, qatnovlarga tijorat xizmati koʻrsatish vaqtining belgilangan normalari doirasida amalga oshirilishi kerak. Favqulodda hollarda barcha yoʻlovchilar majburiy tartibda aviatsiya xavfsizligi nazoratidan oʻtishlari uchun tekshirib chiqish vaqti uzaytirilishiga (barcha yoʻlovchilar chiqib olishlariga) ruxsat etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053271" id="-1053271">2.3. Shaxsiy tekshirib chiqishdan yoki qoʻlda olib yuriladigan yukni va bagajni koʻzdan kechirish uchun berishdan bosh tortgan yoʻlovchilar samolyotga chiqarilmaydilar. Ushbu yoʻlovchilarning shaxsini aniqlash va tekshirib chiqishdan bosh tortish sabablarini aniqlash uchun choralar koʻriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053272" id="-1053272">2.4. Parvozdagi havo kemasida tekshirib chiqish, yoʻlovchining roziligidan qatʼi nazar, zaruratga qarab havo kemasi komandirining qaroriga koʻra amalga oshirilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053273" id="-1053273">Yoʻlovchilar chiqarilib yoki yuklar ortilib boʻlingandan soʻng va yoʻlovchilarni yoki yuklarni tushirish maqsadida ushbu eshiklardan xohlangani ochilish paytiga qadar, ushbu kemaning barcha tashqi eshiklari yopilgan paytdan boshlab havo kemasi parvozda hisoblanadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-1053275" id="-1053275">3. Tashkiliy-texnik chora-tadbirlar va yoʻlovchilarni nazoratdan oʻtkazish zonalariga nisbatan talablar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053276" id="-1053276">3.1. Tekshirib chiqish boʻyicha umumiy tashkiliy-texnik chora-tadbirlar quyidagilarni nazarda tutadi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053277" id="-1053277">qurollar, oʻq-dorilar, portlatish qurilmalari, portlovchi, zaharlovchi, yengil alanga oluvchi va boshqa xavfli moddalar va buyumlarning noqonuniy olib ketilayotganini oʻz vaqtida aniqlash va bartaraf etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053278" id="-1053278">yoʻlovchilarni tekshirib chiqishni amalga oshirish qoidalarida nazarda tutilgan ularning huquqlari va majburiyatlari toʻgʻrisida, tekshirib chiqishdan oʻtishning maqsadi va tartibi haqida, fuqaro havo kemalarida yoʻlovchilar tomonidan tashish taqiqlangan moddalar va buyumlar toʻgʻrisida va ularni noqonuniy tashiganlik uchun javobgarlik haqida xabardor qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053279" id="-1053279">qoʻlda olib yuriladigan yukni, bagajni sinchkovlik bilan koʻzdan kechirish va maxsus texnik vositalarni qoʻllagan holda yoʻlovchilarni shaxsan tekshirib chiqish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053280" id="-1053280">tekshirib chiqishda maxsus texnik vositalar (statsionar va qoʻl metall izlovchilar, rentgen televizion apparatlar va boshqa vositalar)ni jihozlash va ulardan samarali foydalanish, ularni soz holda saqlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053281" id="-1053281">tekshirib chiqishdan oʻtgan va havo kemasiga chiqishga ruxsat etilgan yoʻlovchilarning tekshirib chiqishdan oʻtmagan yoʻlovchilar, kuzatib qoluvchilar, mazkur qatnov yoʻlovchilariga xizmat koʻrsatish bilan band boʻlmagan aeroport xodimlari bilan aloqa qilishlariga yoʻl qoʻymaslik;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053282" id="-1053282">aeroport va aerovokzal hududida yoʻlovchilarning xatti-harakatlarini kuzatish, kutish (toʻplanish) zallarini, galereyalarni qurollar, oʻq-dorilar, portlash xavfi boʻlgan va yengil alangalanadigan moddalar va buyumlarni aniqlash maqsadida muntazam ravishda tekshirib borish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053283" id="-1053283">3.2. Yoʻlovchilarni havo kemasiga chiqarishdan oldin qoʻlda olib yuriladigan yukni, bagajni koʻzdan kechirish va ularni shaxsan tekshirib chiqish uchun aerovokzallar binolarida yoki maxsus ajratilgan xonalar (pavilonlar)da yoʻlovchilarni nazoratdan oʻtkazuvchi yopiq zonalar jihozlab qoʻyiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053284" id="-1053284">Nazorat zonalari, joʻnatilayotgan yoʻlovchilar va qatnovlar soniga qarab, bir yoki bir necha tekshirib chiqish joylaridan iborat boʻladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053285" id="-1053285">Kirish joylari tepasiga “Yoʻlovchilarni maxsus nazoratdan oʻtkazish zonasi”, “Tekshirib chiqish joyi” degan koʻrsatkichlar osib qoʻyiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053287" id="-1053287">3.3. Tekshirib chiqish joyi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053288" id="-1053288">yoʻlovchilarni va ularning qoʻlda olib yuriladigan yukni nazorat qilish uchun tekshirib chiqish chogʻida qoʻllaniladigan texnik vositalar bilan jihozlangan xonalardan iborat boʻladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053289" id="-1053289">Koʻrsatib oʻtilgan xonaning maydoni kamida 40 kv.m. boʻlishi kerak; yoʻlovchilarni shaxsan tekshirib chiqish uchun xonalar (kabinalar)dan;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053290" id="-1053290">yoʻlovchilarning perronga erkin chiqishlari va qaytib nazorat xonasiga kirishlarini istisno qiluvchi tekshirib chiqishdan oʻtgan yoʻlovchilar uchun kutish (toʻplanish) zallaridan iborat boʻladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053291" id="-1053291">3.4. Aeroportlardagi nazorat zonalari va tekshirib chiqish joylari, shuningdek, tekshirib chiqishda qoʻllaniladigan texnik vositalarning soni aerovokzallar(aeroport) qancha yoʻlovchi sigʻdira olishini hisobga olgan holda belgilangan normalar bilan aniqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053292" id="-1053292">3.5. Yoʻlovchilarni nazoratdan oʻtkazish zonalari (tekshirib chiqish joylari) uchun tegishli hujjatlar talablariga javob beruvchi maydonlar ajratiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053293" id="-1053293">3.6. Yoʻlovchilarni nazoratdan oʻtkazish zonalari (tekshirib chiqish joylari)da tekshirib chiqish guruhlari shaxsiy tarkibiga normal ish sharoitlarini taʼminlovchi temperatura rejimi va tekshirib chiqishda qoʻllaniladigan texnik vositalar yilning har qanday vaqtida ishchi holatda saqlab turiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053294" id="-1053294">3.7. Yoʻlovchilarni nazoratdan oʻtkazish zonalari (tekshirib chiqish joylari)ni toʻsish va ularga oʻtish (kirish va chiqish) joylari shunday jihozlanishi kerakki, bu yerda yashovchi va boshqa begona shaxslar tekshirib chiqishdan oʻtgan yoʻlovchilar bilan aloqada boʻla olmasinlar, shuningdek, tekshirib chiqish jarayonini kuzata olmasinlar va uni oʻrgana olmasinlar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053295" id="-1053295">3.8. Yoʻlovchilarni nazorat qilish zonalari (tekshirib chiqish joylari) elektr soatlari, radio va telefon aloqalari bilan jihozlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053297" id="-1053297">3.9. Nazorat qilish zonalari xonalari sanitariya-gigiyena normalariga rioya qilingan holda saqlanishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053298" id="-1053298">3.10. Nazorat qilish zonalari (tekshirib chiqish joylari)ga faqat aviachiptalarni va yoʻlovchilarning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etgan holda qatnovni roʻyxatdan oʻtkazish uchun eʼlon qilingan yoʻlovchilar, yoʻlovchilarni kutish (toʻplanish) zonalaridan havo kemasiga yetkazib keluvchi xodimlar, texnik xizmat koʻrsatish guruhlari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi MXX-MXXB va aviakorxonalarning rahbarlari qoʻyiladi. Nazorat qilish zonasi (tekshirib chiqish joylari)dan oʻtish va u yerda begona shaxslarning, shu jumladan, tekshirib chiqish ishi bilan bogʻliq boʻlmagan avia korxonalar ekipaji aʼzolarining va boshqa xodimlarning boʻlishi qatʼiy man etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053299" id="-1053299">Nazorat qilish zonasi orqali begona kishilarning oʻtishini istisno qilish uchun javobgarlik tekshirib chiqish smenasining boshligʻi zimmasiga yuklanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053300" id="-1053300">3.11. Tekshirib chiqish texnik vositalarning sozligini tekshirish, sozlash va tartibga keltirish aviakorxonalarning samolyotlarni elektrotexnik jihatdan taʼminlash bazalari boshliqlari va Oʻzbekiston Respublikasi MXX-MXXB tezkor nazoratchilari smena boshligʻi zimmasiga yuklanadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-1053302" id="-1053302">4. Tekshirib chiqish guruhlari tuzilmasi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053303" id="-1053303">4.1. Tekshirib chiqish boʻlinmasi uchun ajratiladigan tezkor nazoratchilar soni har bir aniq aeroport uchun belgilanadi va yoʻlovchilarning prognoz qilinadigan oqimini, qatnovlar jadvalini, havo kemalari turlarini va yoʻlovchilardan tashqari boshqa shaxslarni tekshirish zarurligini hisobga olishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053304" id="-1053304">Tekshirib chiqish guruhi aeroportning ish sharoitlariga qarab smenalardan iborat boʻlishi mumkin. Smenalar tarkibi ishlab turgan tekshirib chiqish joylari soni bilan belgilanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053306" id="-1053306">Har bir tekshirib chiqish joyiga tekshirib chiqish boʻyicha tezkor nazoratchilarning zarur soni ajratiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053307" id="-1053307">4.2. Tekshirib chiqish davrida tezkor nazoratchilarning navbatchi smenasi tekshirib chiqish texnologiyasi bilan belgilanadigan normativlarga muvofiq toʻliq butlanishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053308" id="-1053308">Qatnovlar orasida tekshirib chiqishdan boʻsh vaqt boʻlgan taqdirda boʻlinma rahbarining qarori bilan tezkor nazoratchilar aerovokzallarda va aeroportlarning perronlarida yoʻlovchilar oqimi orasida xatti-harakatida shubhali belgilar mavjud boʻlgan shaxslarni aniqlash, umumiy foydalanish joylarida qoldirilgan qurol-yarogʻ, oʻq-dorilar, portlovchi va zaharlovchi moddalarni, shuningdek, egasiz bagaj va qoʻlda olib yuriladigan yuklarni aniqlash ishlarini olib boradilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053310" id="-1053310">4.3. Tekshirib chiqish boʻlinmasining tezkor nazoratchilari xizmat vazifalarini maxsus kiyim-boshda bajaradilar va koʻkrak belgisini yoki “tarxetka” yorligini taqib yuradilar.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-1053311" id="-1053311">5. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati boʻlinmasi tezkor nazoratchilarining huquq va majburiyatlari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053313" id="-1053313">5.1. Tekshirib chiqish boʻlinmalarining tezkor nazoratchilari quyidagi huquqlarga ega boʻladilar:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053315" id="-1053315">yoʻlovchilardan havo transportida tashish qoidalarini soʻzsiz bajarishni talab qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053316" id="-1053316">qoʻlda olib yuriladigan yukni, bagajni koʻzdan kechirish, yoʻlovchilarni shaxsan tekshirib chiqish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053317" id="-1053317">tekshirish jarayonida aviatashishlarda taqiqlangan moddalar va buyumlarni yoʻlovchilardan olib qoʻyish, nusxasi aviayoʻlovchining qoʻliga beriladigan olib qoʻyish bayonnomasi tuzish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053318" id="-1053318">tekshirib chiqish texnologiyasini takomillashtirish va koʻzdan kechirishda qoʻllaniladigan texnik vositalardan foydalanish masalasida tekshirib chiqish samaradorligini oshirishga qaratilgan takliflar kiritish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053319" id="-1053319">5.2. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatining tekshirib chiqish boʻlinmalari tezkor nazoratchilari quyidagilarga majburdir:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053320" id="-1053320">mazkur Yoʻriqnomaning qoʻlda olib yuriladigan yukni, bagajni koʻzdan kechirish va fuqaro havo kemalari yoʻlovchilarini shaxsan tekshirib chiqish talablarini, Oʻzbekiston Respublikasining parvozlarning xavfsizligini taʼminlashga, yoʻlovchilarning hamda havo kemalari ekipajlari aʼzolarining hayoti va sogʻligini muhofaza qilishga qaratilgan qonun hujjatlarini qatʼiy bilish va bajarish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053321" id="-1053321">tekshirib chiqish chogʻida qoʻllaniladigan texnik vositalarning asosiy tavsiflarini va ulardan foydalanish qoidalarini bilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053322" id="-1053322">tekshirib chiqish jarayonida yoʻlovchilarda va ularning qoʻlda olib yuriladigan yuklaridagi fuqaro havo kemalarida tashish taqiqlangan moddalar va buyumlarni aniqlash boʻyicha operatsiyani ustalik bilan amalga oshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053324" id="-1053324">yoʻlovchilarga nisbatan eʼtiborli va xushmuomala boʻlish hamda ularning qadr-qimmatini pastga uruvchi harakatlarga yoʻl qoʻymaslik;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053325" id="-1053325">fuqarolarga ularda mavjud boʻlishi ehtimol tutilgan fuqaro havo kemalarida tashish taqiqlangan moddalar va buyumlarni koʻrsatishni taklif etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053327" id="-1053327">tekshirib chiqish bahonasi sababi bilan qatnovlarning asossiz toʻxtatilishiga yoʻl qoʻymaslik;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053328" id="-1053328">havo transportida tashish qoidalari buzilishining oldini olish chora-tadbirlarini koʻrish, qoidani buzganlarga nisbatan materiallarni belgilangan tartibda rasmiylashtirish va maʼmuriy taʼsir chorasi koʻrish uchun aviakorxona rahbarlariga, jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan esa materiallarni Oʻzbekiston Respublikasi MXX-MXXBga va ichki ishlar organlariga taqdim etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053329" id="-1053329">qoʻlda olib yuriladigan yukni tekshirib chiqishga taqdim etishdan va shaxsan tekshirishdan bosh tortgan yoʻlovchilarni parvozlarga qoʻymaslik, ularning shaxslarini va tekshirishdan bosh tortish sabablarini aniqlash chora-tadbirlarini koʻrish, zarurat boʻlganda bunday shaxslarni ichki ishlar organlariga topshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053330" id="-1053330">sergak boʻlish, tekshirib chiqishdan oʻtmagan yoʻlovchilarning va begona shaxslarning, shu jumladan, aviakorxonaning mazkur qatnovga xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq boʻlmagan xodimlarining nazorat (tekshirish joyi) zonasi orqali aerodromga chiqishlari (oʻtishlari)ga yoʻl qoʻymaslik.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053331" id="-1053331">Havo kemasi bortiga yoʻlovchilar tomonidan parvozlarning xavfsizligi uchun xavf tugʻdiruvchi xavfli moddalar va buyumlar olib oʻtilishi natijasida xizmat majburiyatlarining vijdonan bajarilmaganligi uchun operativ nazoratchilar intizomiy tartibda javob beradilar, xizmat mavqeini suisteʼmol qilganligi va bunda sovuqqonlik qilganligi uchun esa Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat <a href="/acts/-111453">kodeksiga </a>muvofiq jinoiy javobgarlikka tortiladilar.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-1053333" id="-1053333">6. Fuqaro aviatsiyasi yoʻlovchilari uchun maxsus axborot</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053334" id="-1053334">6.1. Barcha aeroportlar, aerovokzallar va agentliklarda yoʻlovchilarni qoʻlda olib yuriladigan yuk va bagajni tashishda ularga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisida xabardor qiladilar. Buning uchun koʻrinadigan joylarda chiroqli tablolar oʻrnatiladi, plakatlar osib qoʻyiladi, eslatmalar tarqatiladi, ichki radiotranslyatsiya tarmogʻi orqali matnlar oʻqib eshittiriladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-1053335" id="-1053335">7. Tekshirib chiqishni amalga oshirish tartibi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053336" id="-1053336">7.1. Aeroportlarning nazorat zonalarida (tekshirish joylarida) qoʻlda olib yuriladigan yukni, topshirilmagan bagajni koʻzdan kechirish va yoʻlovchilarni shaxsan tekshirib chiqish, asosan, maxsus texnik vositalarni qoʻllagan holda, quyidagi izchillikda amalga oshiriladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053337" id="-1053337">— yoʻlovchi chipta roʻyxatdan oʻtkazilgandan soʻng nazorat zonasi (tekshirish joyi)ga yuboriladi, bu yerda aviachipta yoʻlovchi shaxsini tasdiqlovchi hujjat maʼlumotlari bilan solishtiriladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053338" id="-1053338">— yoʻlovchi tekshirish joyiga yoʻl oladi, bu yerda unga unda mavjud boʻlgan fuqaro havo kemasida tashish taqiqlangan metall buyumlar va moddalar, shuningdek, begona shaxslarning olib oʻtish uchun unga bergan buyumlari (posilkalar, tugunlar, paketlar va shunga oʻxshashlar)ni koʻrsatish taklif etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053339" id="-1053339">Aviatsiya xavfsizligini nazorat qilish binosiga yoʻlovchilarni qoʻyish tekshirib chiqishda qoʻllaniladigan texnik vositalar oldida yoʻlovchilarning toʻplanib qolishlarini istisno etuvchi tartibda amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053340" id="-1053340">Yoʻlovchida yoki uning qoʻlda olib yuriladigan yukida fuqaro havo kemalarida tashish taqiqlangan moddalar va buyumlar aniqlangan taqdirda tegishli bayonnoma tuzilgan holda ular olib qoʻyiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053341" id="-1053341">Musodara qilingan moddalar va buyumlarning xavflilik darajasiga qarab yoʻlovchini parvozga qoʻyish yoki uni ichki ishlar organlariga topshirish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053342" id="-1053342">Bunday yoʻlovchi parvozga qoʻyilgan taqdirda, uning bagajini tekshirib chiqish zarurligi toʻgʻrisidagi masala hal etiladi. Kechiktirib boʻlmaydigan hollarda bagajni tekshirish Yoʻriqnomaning <a href="/acts/-979770#-1053116">1.12-bandi </a>talablariga rioya etilgan holda, yoʻlovchi yoʻqligida amalga oshirilishi mumkin va u bayonnoma tuzib rasmiylashtiriladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053343" id="-1053343">yoʻlovchiga qoʻlda olib yuriladigan yuk qaytariladi, aviachiptaga tekshirish amalga oshirilganligi haqida belgi qoʻyiladi, shundan soʻng yoʻlovchi uchishni kutish (toʻplanish) zonasiga yoʻl oladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053344" id="-1053344">Belgi (shtamp bosish, komposter qilish va boshqalar) aviachiptaning old tomonida va koreshokda roʻyxatdan oʻtkazish tartib raqami yoniga yoki uchish taloniga qoʻyiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053345" id="-1053345">Qoʻlda olib yuriladigan yukni va yoʻlovchining qoʻlidagi boshqa buyumlarni tekshirib chiqish (nogabarit buyumlar va ustki kiyimdan tashqari) rentgen-televizion introskop yordamida amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053346" id="-1053346">Nogabarit buyumlar, yoʻlovchining qoʻlidagi ustki kiyim va ichida nima borligini introskop ekranining tasviri boʻyicha aniqlash mumkin boʻlmagan qoʻlda olib yuriladigan yuk qoʻlda tekshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053347" id="-1053347">Tekshirib chiqish chogʻida portlatuvchi qurilmalar, oʻq otar va sovuq qurollarni hamda tashish taqiqlangan boshqa moddalar va buyumlarni havo kemasiga olib oʻtishda foydalanilishi mumkin boʻlgan termos, radiopriyomnik, magnitofon, musiqa asbobi, hisoblash mashinasi, katta hajmli oʻyinchoqlar, soyabonlar, hassa, kitoblar va boshqalarga alohida eʼtibor beriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053348" id="-1053348">7.2. Texnik vositalar yordamida tekshirib chiqish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053349" id="-1053349">yoʻlovchiga uning kiyimidagi metall buyumlar (portsigar, kalitlar, folgali pachkadagi sigaretlar, koʻp miqdordagi tangalar va boshqalar)ni maxsus idishga qoʻyish va statsionar metall izlovchi ramkasidan oʻtish taklif etiladi. Agar bunda yoʻlovchining kiyimida metall buyumlar borligi toʻgʻrisida signal berilsa, ular qayerdaligini aniqlash uchun qoʻl metall izlovchi qoʻllaniladi, bunday asbob boʻlmagan taqdirda yoʻlovchi shaxsan tekshirib chiqiladi. Tashqi tomoni chiqib turgan, biroq qaraganda yoʻlovchining kiyimida koʻrinmaydigan hamda metall izlovchi nazariga tushmaydigan buyumlar navbatchining talabi bilan tekshirish uchun koʻrsatiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053445" id="-1053445">7.3. Havo kemasi trapida yoʻlovchilar (shu jumladan, tranzit bilan uchuvchi yoʻlovchilar)ning tekshirishdan oʻtganligi toʻgʻrisida aviachiptalarda belgi bor - yoʻqligini uchish boʻyicha navbatchilar va tezkor nazoratchi amalga oshiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053446" id="-1053446">7.4. Havo kemasini egallab olishga tayyorgarlik koʻrilayotganligi yoki fuqaro aviatsiyasi faoliyatiga gʻayriqonuniy aralashishning boshqa harakati haqida xabar olingan taqdirda aviakorxonalar, MXX organlari rahbarlari tekshirib chiqish guruhlarini kuchaytiradilar hamda yoʻlovchilarni tekshirib chiqishni oʻz shaxsiy nazoratlari ostiga oladilar, shuningdek, favqulodda holatlarning oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar kompleksi koʻrilishini taʼminlaydilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053450" id="-1053450">7.5. Kutish (toʻplanish) zonasidan havo kemasiga chiqishgacha boʻlgan yoʻlda yoʻlovchilarni nazorat qilish tezkor nazoratchilarning kuchi bilan amalga oshiriladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-1053452" id="-1053452">8. Tekshirib chiqishni amalga oshirish muddatlari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053453" id="-1053453">8.1. Tekshirib chiqish jarayoni uchib ketayotgan yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish vaqtidan oshib ketmasligi hamda bajarilayotgan qatnovlar jadvaliga taʼsir koʻrsatmasligi kerak. Tekshirib chiqish vaqtining belgilangan normalarini, shu jumladan, tranzit va kechikib uchayotgan qatnovlarni, uning sifatini pasaytirish hisobiga qisqartirishga yoʻl qoʻyilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053455" id="-1053455">8.2. Texnik vositalar bilan jihozlangan tekshirib chiqish joyining oʻtkazish qobiliyati uning texnik maʼlumotlariga koʻra belgilanadi. Tekshirib chiqish aviayoʻlovchilarni roʻyxatdan oʻtkazish bilan bir vaqtda boshlanadi va oʻtkaziladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-1053472" id="-1053472">9. Kuzatib ketilayotgan maxsus yuklarni, maxsus pochtani, soqchilar olib ketayotgan shaxslarni, maxsus topshiriqlarni bajarayotgan harbiy xizmatchilarni, oʻqchi-sportchilarni, ovchilarni va geologlarni tekshirib chiqish tartibi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053474" id="-1053474">9.1. Fuqaro havo kemalarida tashilayotgan maxsus yuklar, maxsus pochta va rasmiy xat-xabarlar hamda Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralarining ularni kuzatib borayotgan qurolli xodimlari, shuningdek, feldyeger va maxsus aloqaning ularni kuzatib borayotgan xodimlari, konsullik valizlari va ularga tenglashtirilgan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari asosida, xorijiy muassasalar va xalqaro tashkilotlarning diplomatik maqomga ega boʻlgan yoʻlovchilar kuzatib borayotgan boshqa rasmiy xat-xabarlari tekshirib chiqilmaydi va ushlab qolinmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053494" id="-1053494">Izoh: Qurollangan xodimlar tomonidan kuzatib borilayotgan havo kemasi bortidagi maxsus yuklar va pochtani roʻyxatdan oʻtkazish, keltirish, joylashtirish hamda sport delegatsiyalari (komandalar)ni, soqchilarni, qurol-yarogʻ, oʻq-dorilarni tashish, shuningdek, qurollangan xodimlarni va soqchilar kuzatuvidagi shaxslarni samolyotga chiqarish Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati va aviakompaniya tomonidan chiqarilgan koʻrsatmalar va yoʻriqnomalar talablariga muvofiq amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053496" id="-1053496">Maxsus yuklar va pochta joʻnatmalari orasida fuqaro havo kemalarida tashish taqiqlangan buyumlar va moddalar boʻlmasligi kerak. Ushbu qoidalarni buzganlik uchun yukni joʻnatuvchi belgilangan tartibda javob beradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053498" id="-1053498">9.2. Maxsus yuk va pochtani kuzatib borayotgan xodimlardan, maxsus topshiriqni bajarayotgan harbiy xizmatchilardan xizmat safari guvohnomasi (yozma koʻrsatma) bor boʻlgan taqdirda qurol-yarogʻ, oʻq-dorilar va maxsus vositalar (gazli ballonchalar, qoʻlkishanlar va boshqalar) tekshirib chiqish paytida parvoz davomida olib qoʻyiladi va mazkur Yoʻriqnomaning <a href="/acts/-979770#-1053507">9.4-bandiga </a>muvofiq tashiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053500" id="-1053500">Soqchilar kuzatuvi ostidagi shaxslarni kuzatib borayotgan soqchilar (harbiy naryad)ning shaxsiy tarkibidan qurol-yarogʻ, oʻq-dorilar va maxsus vositalar tekshirib chiqish paytida olib qoʻyilmaydi, bu haqda havo kemasi komandiri xabardor qilinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053503" id="-1053503">Maxsus yuklarni, maxsus pochtani va rasmiy xat-xabarlarni respublika ichki va davlatlararo (Oʻzbekiston Respublikasining davlatlararo bitimlariga muvofiq) yoʻnalishlar boʻyicha kuzatib borayotgan feldyegerlik xizmati zobitlari va maxsus aloqa xodimlaridan tabel qurol-yarogʻ va oʻq-dorilar tekshirib chiqish paytida va parvoz davomida olib qoʻyilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053505" id="-1053505">9.3. Soqchilar (harbiy naryad) shaxsiy tarkibi, qurol saqlash va olib yurish huquqiga ega boʻlgan, biroq maxsus yuklarni, maxsus pochtani yoki soqchilar kuzatuvi ostidagi shaxslarni kuzatib borish bilan bogʻliq boʻlmagan ayrim shaxslar umumiy asoslarda tekshirishdan oʻtadilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053507" id="-1053507">9.4. Mazkur Yoʻriqnomaning<a href="/acts/-979770#-1053505"> 9.3-bandida </a>koʻrsatilgan soqchilar (harbiy naryad) shaxsiy tarkibining, oʻqchi sport delegatsiyalari (komandalari) aʼzolarining qurol-yarogʻi tekshirilmaydi va bagaj boʻlinmalarida oʻralgan va tamgʻalangan holda tashiladi, ajratib qoʻyilgan bagaj boʻlinmalariga ega boʻlmagan havo kemalarida esa havo kemasi komandiri tomonidan belgilangan joylarda tashiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053509" id="-1053509">Fuqaro aviatsiyasi va boshqa idoralar boʻlimlari shaxsiy tarkibining xizmat vazifalarini bajarishi uchun moʻljallangan oʻqotar qurollar shu tartibda tashiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053512" id="-1053512">9.5. Mazkur Yoʻriqnomaning <a href="/acts/-979770#-1053505">9.3-bandida </a>koʻrsatilgan alohida shaxslardan sportchi-merganlar va qurollarni saqlash va olib yurish huquqiga ega boʻlgan boshqa shaxslar (geologlar, ovchilar va boshqalar)dan qurollar, oʻq-dorilar, ov pichoqlari va raketniklar tashish uchun tekshirib chiqish guruhlarining tezkor nazoratchilari tomonidan qabul qilinadi hamda uchish davrida ekipajga topshiriladi. Oʻqotar qurollar oʻqsizlantirilgan boʻlishi, oʻqlangan magazinlar esa alohida saqlanishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053515" id="-1053515">Tashishga qabul qilingan buyumlar uch nusxadagi bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi yoki tekshirib chiqish kartasiga yoʻlovchining familiyasi, qurolning turi yoki koʻrinishi va qurollanganligi koʻrsatilgan holda yozib qoʻyiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053517" id="-1053517">Birinchi nusxasi qurolni qabul qilgan ekipaj aʼzosining imzosi bilan tashishni tashkil etuvchi xizmatning ilova etuvchi vedomostiga qoʻshib qoʻyiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053519" id="-1053519">Ikkinchi nusxasi uchib kelish aeroportida qurolni unga qaytarish toʻgʻrisida yoʻlovchining imzosi bilan uchish hujjatlariga qoʻshib qoʻyiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053520" id="-1053520">Uchinchi nusxasi uchish aeroportida yoʻlovchiga beriladi. Blankalar boʻlmagan taqdirda tashishga qabul qilingan qurol toʻgʻrisida, istisno tariqasida, bort jurnaliga yoki tekshirib chiqish kartasiga yozib qoʻyishga yoʻl qoʻyiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053527" id="-1053527">9.6. Joʻnash aeroportlarida sud va tergov organlarining buyurtmanomalari boʻyicha sudlanganlar, hibsga olinganlarni ularni mehnat-axloq tuzatish muassasalari orasida tashishda havo kemalariga chiqarish yoʻlovchilarni umumiy chiqarishgacha amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053529" id="-1053529">Koʻrsatilgan kontingent buyumlarini shaxsan tekshirib chiqish, oldindan, ushbu qatnov yoʻlovchilarini tekshirib chiqish amalga oshirilgunga qadar oʻtkaziladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053531" id="-1053531">9.7. Qoʻlda olib yuriladigan yuk sifatida tashiladigan maishiy maqsaddagi radio elektron apparatlar, kinofotoapparatlar va durbinlar umumiy asoslarda tekshirib chiqiladi. Xizmat safariga yoʻl olgan nashriyotlar, radio va televideniya fotomuxbirlariga kinofotoapparatlarni uchish vaqtida ulardan foydalanish huquqisiz oʻzlari bilan olib yurishga rusxat etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053532" id="-1053532">Kinofotoapparatlar texnik vositalar qoʻllanmasdan tekshiruvdan oʻtkaziladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-1053534" id="-1053534">10. Ekipaj aʼzolarini tekshirib chiqish tartibi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053536" id="-1053536">10.1 Ekipaj aʼzolarini tekshirib chiqish mazkur Yoʻriqnomaga asosan umumiy asoslarda oʻtkaziladi.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1053542" id="-1053542"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-1053545" id="-1053545">ILOVA</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-1053547" id="-1053547"></div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-1053548" id="-1053548">Fuqaro havo kemalarida yoʻlovchilarning tashishlari taqiqlangan xavfli moddalar va buyumlar </div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1053549" id="-1053549"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053550" id="-1053550">1. Yoʻlovchilar va ekipaj ustidan zoʻravonlik yoki qoʻrqitish vositasi boʻlishi mumkin boʻlgan buyumlarni havo kemasi bortiga olib kirish taqiqlanadi, havo kemasi bortiga odamlarning zaharlanishi va dimiqtirishi yoki bortda yongʻin chiqishiga sabab boʻlishi mumkin boʻlgan moddalarni olib kirish ham taqiqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053551" id="-1053551">2. Xavfli moddalar va buyumlar roʻyxati:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053552" id="-1053552">a) barcha turdagi oʻqotar va sovuq qurollar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053553" id="-1053553">— toʻpponchalar, revolverlar, miltiqlar, karabinlar va boshqa sovuq qurollar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053554" id="-1053554">— shashkalar, shamshirlar, katta xanjarlar, egri qilichlar, dudamalar, qilichlar, qilichsimon nayzalar, shtiklar, xanjarlar, kortiklar, stiletlar, harbiy, desant, fin pichoqlari, otiladigan lezviyali, kulfli yopiladigan katta xanjarlar va boshqalar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053555" id="-1053555">b) portlovchi moddalar va ulardan yasalgan narsalar, portlash vositalari:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053556" id="-1053556">— har qanday oʻramda va har qanday miqdordagi har xil ov poroxlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053557" id="-1053557">— ov kapsula (piston)lari va detonator-kapsulalar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053558" id="-1053558">— pirotexnika vositalari: signal va yoritish raketalari, shamolning yoʻnalishini aniqlash shashkalari, tutun hosil qiluvchi patronlar, portlatish gugurtlari, bengal mushaklari, temir yoʻl petardalari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053559" id="-1053559">— dinamit, trotil, ammonal, kuchli portlovchi moddalar va boshqa portlovchi moddalar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053560" id="-1053560">v) siqilgan va suyultirilgan gazlar:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053561" id="-1053561">— maishiy foydalanish uchun gazlar (butan-propan) va boshqa gazlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053562" id="-1053562">g) yengil alangalanuvchi suyuqliklar:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053563" id="-1053563">— atseton,</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053564" id="-1053564">— benzin,</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053565" id="-1053565">— neft mahsulotlari namunalari,</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053567" id="-1053567">— metanol,</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053568" id="-1053568">— metalatsetat (metil efiri).</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053569" id="-1053569">— tormoz suyuqligi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053570" id="-1053570">— serouglerod,</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053571" id="-1053571">— efirlar,</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053572" id="-1053572">— boshqa barcha yengil alangalanuvchi quyuqliklar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053573" id="-1053573">d) yonuvchi qattiq moddalar:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053575" id="-1053575">suv taʼsirida issiqlik va issiq gazlar ajratuvchi moddalar, bunda oʻz-oʻzidan yonish va yongʻin vujudga kelishi mumkin: kaliy. natriy, metall kalsiy va ularning qotishmalari, fosforitli kalsiy va boshqalar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053576" id="-1053576">— yonuvchi kattir; moddalar toifasiga kiruvchi oq, sariq va qizil fosfor va boshqa moddalar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053577" id="-1053577">— organik peroksidlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053578" id="-1053578">— donalangan yoki parchalangan, quruq yoki nam, tarkibida 25 dan kam suv yoki erituvchi boʻlgan kolloid nitrotsellyulozasi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053581" id="-1053581">— tarkibida 30 dan kam erituvchi yoki suv boʻlgan quruq yoki nam nitrotsellyuloza;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053583" id="-1053583">e) zaharli yoki zaharlovchi moddalar:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053585" id="-1053585">— har qanday idishga solingan, suyuq yoki qattiq holdagi har qanday zaharli, kuchli taʼsir qiluvchi va zaharlovchi moddalar:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053587" id="-1053587">— brutsin,</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053592" id="-1053592">— nikotin,</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053594" id="-1053594">— strixnin,</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053596" id="-1053596">— tetragidrofurfuril spirti,</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053597" id="-1053597">— antifriz,</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053599" id="-1053599">— etilenglikol,</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053601" id="-1053601">— simob,</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053603" id="-1053603">— tsianid kislotaning barcha tuzlari va tsianit preparatlari,</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053605" id="-1053605">— siklon, tsianplav, margimush angidrid va boshqa kuchli taʼsir qiluvchi zaharli yoki zaharlovchi moddalar:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053607" id="-1053607">j) achishtiruvchi va korroziyalantiruvchi moddalar:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053609" id="-1053609">— kuchli va noorganik kislotalar: xlorid, sulfat, azot va boshqa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053610" id="-1053610">— ftorist-vodorodli ( shishani oʻyish kuchiga ega boʻlgan) kislota va boshqa kuchli kislotalar va korroziyalantiruvchi moddalar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053612" id="-1053612">z) yuqorida nomlari keltirilgan moddalar va buyumlar belgilari ostiga tushadigan, ularni tashish xavfsizligi shubha uygʻotuvchi hamda kuydirish, portlatish uchun foydalanilishi mumkin boʻlgan yoki havo kemalari yoʻlovchilari va ekipaj aʼzolari hayotiga xavf soluvchi boshqa barcha moddalar va yuklar, buyumlar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053615" id="-1053615">Yoʻlovchilar va ekipajga hujum qilish quroli sifatida foydalanilishi mumkin boʻlgan buyumlar (boltalar, muz kesuvchi asboblar, suv osti ovi uchun qurollar, oʻtkirlangan metall uchli troslar, xavfli ustaralar, baʼzi kasbga oid asboblar va hokazo) faqat yukxonada tashiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053617" id="-1053617">Yoʻlovchilarning An-2, L-410, AN-24 va boshqa ajratilgan yuk boʻlimlariga ega boʻlmagan samolyotlarning yukxonalarida tashiladigan yuklariga faqat bort yoʻl boshlovchisining ruxsati bilan va nazorati ostida oʻtish mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053621" id="-1053621">3. Fuqaro havo kemalarida ehtiyot choralari bilan tekshirib chiqishda olib qoʻyilmaydigan quyidagi moddalar va maishiy maqsaddagi buyumlarni qoʻlda olib yuriladigan yukda tashishga ruxsat etiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053622" id="-1053622">3.1. Sirka (bir yoʻlovchiga koʻpi bilan 0,5 litr); 40 va undan yuqori darajali quvvatdagi spirt-aroq mahsulotlari (bir yoʻlovchiga koʻpi bilan zavodda idishga solingan bir litr).</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053623" id="-1053623">Aerozol idishlardagi tirnoq uchun laklar va soch uchun suyuqliklar, shuningdek, spirt-lak asosiga ega boʻlgan havoni xushboʻylantiruvchi suyuqliklar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053624" id="-1053624">Yuqorida sanalgan barcha suyuqliklar buzilmagan standart idishlarda boʻlishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053625" id="-1053625">3.2. Yoʻlovchilar havo kemasi bortida suyuqlik boʻlgan idishning qopqogʻini chiqarish yoki ochish qatʼiy man etilishi toʻgʻrisida ogohlantiriladilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053626" id="-1053626">3.3. Xizmat maqsadlarida spirt tashuvchi shaxslarga uni zich yopilgan holda va plomba raqami koʻrsatilgan korxona (tashkilot) maʼlumotnomasi bilan tasdiqlanadigan plombalangan metall idishlarda tashish ruxsat etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053627" id="-1053627">3.4. Gazli yondirgichlar va yondirgichlar uchun gaz ballonchalari (bir yoʻlovchiga koʻpi bilan 2 balloncha).</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053628" id="-1053628">3.5. Buklama (fiksatorsiz) yoʻl pichoqlari va qalamtaroshlar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053629" id="-1053629">3.6. Tibbiy termometrlar (daraja oʻlchovchi) (bir yoʻlovchiga bittadan ortiq emas).</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053630" id="-1053630">3.7. Standart gʻiloflardagi simob tonometrlari (bir yoʻlovchiga bittadan ortiq emas).</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053631" id="-1053631">3.8. Joʻnatuvchining plombasi ostida maxsus zich; yopilgan konteynerlarga joylangan simob barometrlari va manometrlari.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053633" id="-1053633">3.9. Xavfli moddalar va buyumlarni tashish qoidalarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar jinoiy javobgarlikka tortiladilar, bu aviabilet, qoʻlda olib yuriladigan yukni va bagajni roʻyxatdan oʻtkazish vaqtidan boshlab kuchga kiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053634" id="-1053634">4. Tashish taqiqlangan moddalar va buyumlarni olib qoʻyish tartibi, saqlash, sotish yoki yoʻq qilish muddatlari.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053635" id="-1053635">4.1. Yoʻlovchida yoki qoʻlda olib yuriladigan yukda (bagajda) tekshirib chiqish chogʻida havo transportida tashish taqiqlangan moddalar va buyumlar topilsa, ular olib qoʻyiladi. Olib qoʻyilgan har bir holat dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi va jurnalda roʻyxatdan oʻtkaziladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053637" id="-1053637">Dalolatnomani rasmiylashtirish va roʻyxatdan oʻtkazish uchun tekshirib chiqish guruhning rahbari javobgar boʻladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053638" id="-1053638">4.2. Erkin sotuvda boʻlgan, biroq fuqaro havo kemalarida tashish taqiqlangan moddalar va buyumlar (gazli ballonlar, yonib ketish xavfi boʻlgan laklar, boʻyoqlar, buyumlar va h. k.) kuzatuvchilarga beriladi yoki dalolatnoma boʻyicha saqlashga topshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053640" id="-1053640">Olib qoʻyilgan moddalar va buyumlarni saqlash uchun aeroportlarda (shahar aerovokzallarida) maxsus binolar yoki temir shkaflar ajratiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053641" id="-1053641">Agar koʻrsatilgan moddalar va buyumlar ikki oy mobaynida ularning egalari yoki ular topshirigʻiga binoan boshqa shaxslar tomonidan (shartlashuvga koʻra) talab qilib olinmasa, ular Oʻzbekiston Respublikasi MXX xoʻjalik xizmatlariga dalolatnoma boʻyicha texnik maqsadlarda foydalanish uchun beriladi yoki belgilangan tartibda yoʻq qilinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053643" id="-1053643">4.3. Tekshirib chiqish chogʻida tayyorlash, olib yurish yoki saqlash uchun jinoiy yoki maʼmuriy javobgarlik koʻzda tutilgan moddalar va buyumlar (portlovchi moddalar, portlatish qurilmalari, oʻqotar qirqma qurollar, narkotik, zaharli, zaharlovchi moddalar va h. k.) topilgan yoʻlovchi qatnovdan olinadi va materiallar (dalolatnoma va olib qoʻyilgan moddalar va buyumlar) bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi MXX yoki ichki ishlar organlariga uni javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi masalani hal etish uchun topshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053644" id="-1053644">4.4. Tekshirib chiqish chogʻida yoʻlovchilardan olib qoʻyilgan portlovchi moddalar, ulardan yasalgan turli buyumlar, portlatish vositalari, oʻq otar qurollar, oʻq-dorilar, portlovchi paketlar, signal va yoritish raketalari, zaharli, zaharlovchi, radioaktiv va narkotik moddalar va shu kabilar Oʻzbekiston Respublikasi MXX Moddiy-texnika va xoʻjalik taʼminoti bosh boshqarmasiga topshiriladi. Portlash xavfi boʻlgan, zaharli, zaharlovchi va radoaktiv moddalarga nisbatan qatʼiy ehtiyotkorlikka rioya etilishi lozim, ulardan yasalgan buyumlarni mustaqil boʻlaklarga ajratish yoki zararsizlantirish qatʼiy man etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053645" id="-1053645">Oʻzbekiston Respublikasi MXX organi rahbari (navbatchi) yoʻlovchilardan yuqorida sanab oʻtilgan xavfli moddalar yoki buyumlar olib qoʻyilgan hollarda zudlik bilan tegishli mutaxassisni chaqiradi, u ularni saqlash mumkinligi, yoʻqotish zarurligi yoki boshqa tashkilotlarga yuborilishi toʻgʻrisida xulosa beradi. Portlatuvchi qurilmalar aviakorxona tomonidan maxsus ajratilgan xavfsiz zonada saqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053646" id="-1053646">4.5. Xalqaro qatnovlarning yoʻlovchilarini tekshirib chiqishda topilgan ekipaj va yoʻlovchilar ustidan zoʻravonlik va qoʻrqitish vositasi sifatida fondalanilishi mumkin boʻlgan, biroq xalqaro havo yoʻllari va bojxona organlari qoidalari bilan tashishga ruxsat etilgan moddalar va buyumlar tashishga qabul qilinadi va moʻljallangan aeroportga borilgach, ularni egalariga topshirish uchun ekipajga beriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053647" id="-1053647">4.6. Havo kemalari tomonidan samolyotga chiqish vaqtida kelmagan yoʻlovchilarning bagajlari va qoʻlda olib yuriladigan yukini tashish qatʼiy man etiladi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1053648" id="-1053648">Bunday hollarda aviakorxonalarning mansabdor shaxslari yoʻlovchilarning uchib ketish va ularning havo kemasiga chiqishini rasmiylashtirishning namunaviy texnologiyasiga amal qiladilar.</div></div></div>
                
            </div>
        </section>
        
    </div>
    
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script> 
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        //$('html,body').animate({
        //    scrollTop: $(window).scrollTop() - 75
        //});
    }
</script>
<script>     
    //function scrollToElement(selector, time, verticalOffset) {
    //    time = typeof (time) != 'undefined' ? time : 1000;
    //    verticalOffset = typeof (verticalOffset) != 'undefined' ? verticalOffset : 0;
    //    element = $(selector);
    //    offset = element.offset();
    //    offsetTop = offset.top + verticalOffset;
    //    $('html, body').animate({
    //        scrollTop: offsetTop
    //    }, time);
    //}

    //jQuery.fn.extend({
    //    scrollToMe: function () {
    //        var x = jQuery(this).offset().top - 100;
    //        jQuery('html,body').animate({ scrollTop: x }, 500);
    //    }
    //});

    //function opentInAct(id) {
    //    $("#" + id).scrollToMe();
    //}

    $(document).ready(function () {
        $("#theDefCssID TABLE TD").css('display', '');
    });
</script>
<style>
    #divCont > DIV {
        margin-left: -2px;
        margin-right: -2px;
        padding-left: 2px;
        padding-right: 2px;
    }

    TD.fTD {
        width: 22px;
    }

    .OFFICIAL_SOUR_TEXT {
        display: none;
    }

    /*.document_view_body*/ header {
        clear: both;
        float: left;
        height: 36px;
        width: 100%;
        background-color: #2263a9;
    }

        /*.document_view_body header .logo {
            float: left;
            padding: 0 12px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu {
            float: none;
        }*/

        /*nav.main_menu {
        float: left;
        padding-left: 22px;
        position: relative;
        z-index: 9;
    }*/

        /*nav.main_menu > div {
            float: left;
            height: 34px;
            margin-top: 1px;
            width: 21px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu > ul {
        float: none;
        font-family: helvatica;
        font-size: 11px;
    }*/

        /*nav.main_menu > ul {
        float: left;
        font-size: 16px;
    }*/

        /*nav ul, nav ol {
        list-style: none outside none;
        margin: 0;
        padding: 0;
    }*/

        /*ul, ol {
        margin: 1em 0;
        padding: 0 0 0 40px;
    }*/


        /*.document_view_body header .logo a {
        display: block;
        width: 100%;
    }*/


        /*.document_view_body*/ header .logo a span {
            background: url("/images/bg/doc_v_logo.png") no-repeat scroll center center transparent;
            display: block;
            height: 36px;
            width: 85px;
        }

    /*.hover-popup {
        display: none;
        border: 1px solid #969696;
        border-radius: 5px;
        -moz-border-radius: 5px;
        -webkit-border-radius: 5px;
        -o-border-radius: 5px;
        -ms-border-radius: 5px;
        position: absolute;
        behavior: url(css/PIE.htc);
        box-shadow: 2px 2px 6px -2px #555;
        padding: 7px;
        background: #fdffde;
        bottom: 28px;
        left: 10px;
        max-width: 500px;
        text-overflow: ellipsis;
        white-space: nowrap;
        color: #000;
        overflow: hidden;
    }*/

    /*.pre-loader {
        text-align: center;
        width: 100%;
        padding-bottom: 0 !important;
    }*/

    /*.actondate {
        width: 385px;
        height: 46px;
        background-color: White;
        z-index: 2000;
        font-family: Arial;
        font-size: 14px;
        font-weight: bold;
        opacity: 0.7;
        padding-top: 10px;
        text-align: center;
        top: 37px;
    }*/
</style>
