Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 21.04.2016
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
Qarori
“Bojxona ombori” bojxona rejimi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 27-fevralda 1318-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2016-yil 29-fevraldagi 01-02/15-08-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan qabul qilingan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2774, 06.04.2016-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 25, 26-moddalariga muvofiq va Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 20-noyabrdagi “Bojxona ombori, erkin ombor va boj olinmaydigan savdo doʻkoni faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” gi 523-sonli qaroriga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
1. “Bojxona ombori” bojxona rejimi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olinganidan soʻng oʻn kun muddat oʻtgach kuchga kiritilsin.
3. Ushbu qaror kuchga kirishi bilan “Bojxona ombori” bojxona rejimi toʻgʻrisidagi nizom oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin. (1999-yil 27-iyul, roʻyxat raqami 780-son — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 1999-yil, 9-son).
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish rais oʻrinbosari S. Nasirov zimmasiga yuklansin.
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2004-yil 20-yanvar,
01-02/12-3-son
Davlat bojxona qoʻmitasining
2004-yil 20-yanvarda 01-02/12-3-sonli qarori bilan
TASDIQLANGAN
“Bojxona ombori” bojxona rejimi toʻgʻrisidagi
NIZOM
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 2-son, 36-modda) va Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 20-noyabrdagi 523-son “Bojxona ombori, erkin ombor va boj olinmaydigan savdo doʻkoni faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 22-son, 224-modda) muvofiq, tovarlarni bojxona ombori rejimiga joylashtirishda, bojxona omborida saqlashda va chiqarishda bojxona operatsiyalarini amalga oshirish hamda bojxona toʻlovlarini toʻlash tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2013-yil 26-avgustdagi 01-02/12-22-sonli qarori (roʻyxat raqami 1318-2, 27.09.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 39-son, 524-modda)
I. Umumiy qoidalar
1. Bojxona ombori shunday rejimki, bunda olib kirilgan tovarlar saqlash davrida import boji, soliqlar va iqtisodiy siyosat choralari qoʻllanilmasdan bojxona nazorati ostida saqlanadi, eksport rejimida olib chiqishga moʻljallangan tovarlar esa bojxona nazorati ostida Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 26-moddasida nazarda tutilgan imtiyozlar berilgan holda saqlanadi.
2. Tovarlar va transport vositalari bojxona omboriga yoki bojxona ombori maqomiga ega boʻlmagan binolar va (yoki) ochiq maydonchalarga saqlash uchun topshirilguniga qadar ushbu tovarlar va transport vositalari hamda bojxona toʻlovlarini toʻlash uchun javobgar tashuvchi hisoblanadi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2015-yil 28-apreldagi 01-02/12-18-sonli qarori (roʻyxat raqami 1318-4, 21.05.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 20-son, 266-modda)
II. Tovarlarni bojxona omboriga joylashtirish
3. Bojxona omboridan bojxona ombori va vaqtincha saqlash rejimlariga joylashtirilgan tovarlarni saqlash uchun foydalaniladi.
Bojxona organlari tomonidan taʼsis etilgan bojxona omborida bojxona organlari tomonidan olib qoʻyilgan tovarlarni saqlashga yoʻl qoʻyiladi.
Bojxona omborlariga quyidagi tovarlar joylashtirilishi mumkin emas:
Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish va undan olib chiqish taqiqlangan tovarlar;
bojxona ombori rejimiga bayon etilgan kuni belgilangan, yaroqlilik, foydalanish va saqlash muddati oʻtgan hamda tez buziluvchan tovarlar.
4. Boshqa tovarlarga zarar yetkazishi mumkin boʻlgan yoki alohida shart-sharoitlarda saqlanishi talab etiladigan tovarlar, shunday tovarlarni saqlash sharoitlariga mos ravishda jihozlangan ixtisoslashtirilgan bojxona omborlariga joylashtirilishi lozim.
5. Tovarlar bojxona omboriga bojxona organi mansabdor shaxslari ishtirokida yoki ularning xabardorligida joylashtiriladi.
6. Bojxona ombori rejimiga joylashtiriladigan tovarlar, mazkur Nizomning 1-ilovasida keltirilgan xususiyatlarni inobatga olgan holda Bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga (roʻyxat raqami 834, 1999-yil 3-noyabr) muvofiq elektron yoki bojxona yuk deklaratsiyasining (bundan buyon matnda BYuD deb yuritiladi) belgilangan qogʻoz blankasida yozma shaklda deklaratsiyalanishi lozim.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2015-yil 28-apreldagi 01-02/12-18-sonli qarori (roʻyxat raqami 1318-4, 21.05.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 20-son, 266-modda)
7. BYuD bilan bojxona organiga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
tovarlarning yuk va tovar kuzatish hujjatlari (yuk xatlari, konosamentlar, spetsifikatsiyalar, hisob-fakturalar, invoyslar);
bojxona rasmiylashtiruvi va nazoratini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan boshqa hujjatlar (bojxona koʻrigi va qayta ortish dalolatnomalari, ekspertiza xulosalari).
Sertifikatlanadigan tovarlarni bojxona omboriga yoki bojxona ombori maqomiga ega boʻlmagan binolar va (yoki) ochiq maydonchalarga joylashtirishda saqlash muddati uchun sertifikat taqdim etilishi talab etilmaydi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2015-yil 28-apreldagi 01-02/12-18-sonli qarori (roʻyxat raqami 1318-4, 21.05.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 20-son, 266-modda)
8. Oʻsimlik va hayvonlardan olingan mahsulotlar Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirishda tegishli davlat organlari tomonidan fitosanitariya va veterinariya nazoratidan oʻtkazilmagan boʻlsa, bunday nazoratdan bojxona omboriga joylashtirishda oʻtkaziladi.
9. Bojxona omboriga joylashtirilgan va unda saqlanayotgan tovarlarni belgilangan tartibda begonalashtirish va ularga nisbatan egalik, foydalanish yoki tasarruf etish huquqini boshqa shaxslarga oʻtkazish mumkin.
Tovarlarni bojxona omboriga joylashtirgan shaxs ushbu tovarlarni begonalashtirish, ularga nisbatan egalik, foydalanish yoki tasarruf etish huquqini boshqa shaxsga berish toʻgʻrisida oldindan bojxona postiga xabarnoma berib, quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
bojxona omborida saqlanayotgan tovarlar (nomi, miqdori, bojxona qiymati, bojxona ombori rejimiga rasmiylashtirilgan bojxona deklaratsiyasi raqami);
tovarlarni begonalashtirish, ularga nisbatan egalik, foydalanish yoki tasarruf etish huquqini boshqa shaxsga berishga asos boʻlayotgan hujjatlar;
tovarlarga nisbatan mulkiy huquqni egallayotgan shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumot (tashkiliy-huquqiy shakli koʻrsatilgan holda tashkilotning nomi).
10. Quyidagi hujjatlar BYuD rasmiylashtiriladigan bojxona postiga taqdim etilgan taqdirda, oʻz tashqi oʻlchamlari (gabaritlari) va xususiyatlaridan kelib chiqib, bojxona omboriga joylashtirish imkoniyati boʻlmagan tovarlar bojxona ombori rejimida bojxona ombori maqomiga ega boʻlmagan binolar va (yoki) ochiq maydonchalarga joylashtiriladi:
(10-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2015-yil 28-apreldagi 01-02/12-18-sonli qarori (roʻyxat raqami 1318-4, 21.05.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 20-son, 266-modda)
tovarlarning nomi va miqdori, ularni saqlash uchun moʻljallangan joy (aniq manzili) va saqlash uchun javobgar shaxslar (mansabi, familiyasi, ismi, otasining ismi) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar aks ettirilgan xat;
tovarlarning yuk va tovar kuzatuv hujjatlari (yuk xati, konosament, spetsifikatsiya, hisob-faktura, invoys va hokazo);
BYuD;
(10-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2015-yil 28-apreldagi 01-02/12-18-sonli qarori (roʻyxat raqami 1318-4, 21.05.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 20-son, 266-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 111-moddasiga muvofiq bojxona toʻlovlari toʻlanishi taʼminlanganligini tasdiqlovchi hujjat (harbiy yuklar, insonparvarlik yordami, texnikaviy koʻmak sifatida va Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari boʻyicha xalqaro, chet el hukumati moliya tashkilotlari tomonidan berilgan qarz (kredit) mablagʻlari, shuningdek grantlar hisobiga olib kelinayotgan tovarlar va Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasi, xorijiy valyuta, qimmatbaho qogʻozlar bundan mustasno);
tovarlar saqlanadigan joyning chizmasi va fotosuratlari.
Tovarlar saqlanishi moʻljallangan binolar va (yoki) ochiq maydonchalar saqlanayotgan tovarlar va transport vositalariga nisbatan bojxona nazorati amalga oshirilishi, tovarlar va transport vositalari saqlanishi taʼminlanadigan tarzda joylashtirilgan boʻlishi, jihozlanishi va asbob-uskunalar bilan taʼminlanishi kerak hamda quyidagilarni istisno etishi lozim:
tovarlar saqlanayotgan hududga va tovarlarga begona shaxslarning (ombor xodimlari boʻlmagan, tovarlarga nisbatan vakolatlarga ega boʻlmagan shaxslarning) yaqinlashishi;
tovarlarning bojxona nazoratidan tashqariga tushirilishi va olib qoʻyilishi.
Bojxona rejimidagi tovarlarni saqlash uchun moʻljallangan bojxona ombori maqomiga ega boʻlmagan binolar va (yoki) ochiq maydonchalarga, ushbu Nizom bilan bojxona omborlariga qoʻyilgan talab va qoidalar tatbiq etiladi, mazkur Nizomning V va VIII boblari talab va qoidalari bundan mustasno.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2013-yil 26-avgustdagi 01-02/12-22-sonli qarori (roʻyxat raqami 1318-2, 27.09.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 39-son, 524-modda)
III. Bojxona ombori rejimidagi tovarlar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalar
11. Bojxona omborida saqlanayotgan tovarlarning saqlanishini taʼminlash boʻyicha ularning holatini oʻzgartirmaslik, oʻrovini buzmaslik va bosilgan qiyoslash vositalarini oʻzgartirmaslik shartlari bajarilgan taqdirda quyidagi operatsiyalarni amalga oshirishga yoʻl qoʻyiladi:
tozalash, shamollatish, quritish (shu jumladan, issiqlik oqimini hosil qilish bilan);
saqlashning maqbul temperatura rejimini hosil qilish (sovutish, muzlatish, isitish);
himoya oʻroviga joylashtirish, himoya moyi va konservantlar surtish;
zanglashdan himoya qilish uchun boʻyash, saqlash qoplamalarini kiritish;
tashishdan oldin chirishga qarshi boʻyoq bilan qoplash;
oʻlchash, tekshirish, tortish;
bojxona ombori hududida joyini oʻzgartirish.
12. Bojxona omboriga joylashtirilgan tovarlar bilan 11-bandda koʻrsatilgan operatsiyalardan tashqari sotishga va tashishga tayyorlash boʻyicha quyidagi operatsiyalarni amalga oshirish mumkin:
turkumlarga boʻlish va joʻnatmalarni shakllantirish;
saralash, oʻrash, qayta oʻrash, markalash;
ortish, tushirish, qayta ortish;
komplektlash yoki ish holatiga keltirish bilan bogʻliq boʻlgan oddiy operatsiyalar;
tovarlarni namoyish qilish stendlariga joylashtirish va testdan oʻtkazish.
13. 12-bandda koʻrsatilgan operatsiyalar bojxona organini xabardor qilgan holda bojxona ombori egasi ishtirokida oʻtkaziladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2013-yil 26-avgustdagi 01-02/12-22-sonli qarori (roʻyxat raqami 1318-2, 27.09.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 39-son, 524-modda)
14. 11 va 12-bandlarda koʻrsatilgan operatsiyalar tovarga nisbatan vakolatga ega boʻlgan shaxslar va ularning vakillari tomonidan bojxona ombori hududida, tovarlarni bojxona ombori rejimida bojxona omboriga amalda joylashtirmasdan rasmiylashtirilgan holda esa bojxona nazorati zonasi hududida amalga oshiriladi.
15. Tovarlar bilan oʻtkaziladigan barcha operatsiyalar bunday tovarlarning TIF TN boʻyicha raqam kodini oʻninchi belgisi darajasida klassifikatsiyalanishining oʻzgarishi bilan bogʻliq boʻlgan xususiyatlarini (sifatini) oʻzgartirmasligi lozim.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2012-yil 24-avgustdagi 01-02/12-23-sonli qarori (roʻyxat raqami 1318-1, 27.09.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 39-son, 459-modda)
IV. Bojxona toʻlovlarini toʻlash
16. Tovarlarni bojxona ombori rejimiga joylashtirishda qonunchilikka muvofiq bojxona yigʻimlari undiriladi.
17. Agar tovarlarni amalda chetga olib chiqish vaqtida toʻlovlardan ozod qilish yoki toʻlangan summani qaytarish nazarda tutilgan boʻlsa, bojxona ombori rejimiga joylashtirilgan va eksport rejimiga koʻra olib chiqishga moʻljallangan tovarlar bojdan, soliqlardan ozod qilinadi yoxud toʻlangan summalar qaytariladi. Bu tovarlar bojxona ombori rejimiga joylashtirilgan kundan boshlab uch oydan kechikmay olib chiqilishi lozim.
Tovarlar belgilangan muddatlarda amalda olib chiqilmagan taqdirda boj, soliqlar, shuningdek ularning foizlari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda toʻlanadi.
18. Bojxona ombori rejimiga joylashtirilgan tovarlar tegishli bojxona rejimiga rasmiylashtirilmasdan boshqa shaxsga berib yuborilgan yoki yoʻqotilgan hollarda, hamda agarda tovarlar faqat halokat yoki yengib boʻlmas kuch taʼsiri oqibatida yoʻq boʻlgan, qaytarib boʻlmaydigan holda qoʻldan ketgan yoxud kamomad, tabiiy eskirish yoki normal saqlash sharoitida kamayish tufayli yuzaga kelgan boʻlmasa, ombor egasi tovarlar erkin muomalaga chiqarilgan holda toʻlanishi lozim boʻlgan bojxona toʻlovlarini toʻlashi lozim.
(18-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2013-yil 26-avgustdagi 01-02/12-22-sonli qarori (roʻyxat raqami 1318-2, 27.09.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 39-son, 524-modda)
Bunday tovarlarga nisbatan bojxona ombori rejimiga muvofiq bojxona deklaratsiyasi qabul qilingan kuni amalda boʻlgan bojlar, soliqlar stavkalari qoʻllaniladi.
19. Bojxona ombori egasining bojxona toʻlovlarini toʻlash uchun javobgarligi tovarlarni bojxona omboriga rasmiylashtirilgan ombor hujjatlari (hisobga olish kitobi, bojxona hisob hujjati) boʻyicha saqlash uchun qabul qilingan vaqtdan boshlanadi.
V. Bojxona omborida saqlanayotgan tovarlar hisobi va hisobot
20. Omborga joylashtirilayotgan tovarlarni ombor egasi quyidagi ombor hujjatlarida roʻyxatga olishi lozim:
1) hisobga olish kitobida (2-ilova);
2) Bojxona hisob hujjatida (bojxona hisob hujjati sifatida bojxona deklaratsiyasidan foydalanish mumkin).
Ombor egasi tovarlarning avtomatlashtirilgan hisobini yuritishi lozim. Bojxona organi muayyan hisob programma kompleksidan foydalanish talablarini belgilashga haqli.
21. Bojxona omboridagi tovarlarning hisob hujjatlari besh yil saqlanishi lozim.
22. Ombor egasi har chorakda bojxona omborida saqlanayotgan tovarlar va saqlash muddatlari toʻgʻrisida bojxona organiga 3-ilovada keltirilgan shaklda hisobot taqdim etishi shart.
(22-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2012-yil 24-avgustdagi 01-02/12-23-sonli qarori (roʻyxat raqami 1318-1, 27.09.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 39-son, 459-modda)
Bojxona organi yetarli asoslar boʻlgan taqdirda ombor egasidan omborda saqlanayotgan tovarlar toʻgʻrisida maʼlumot talab qilishga haqli. Bunday maʼlumot bojxona organi boshligʻi yoki uning oʻrinbosarining yozma talabnomasi yetkazilgandan keyin uch kun muddat ichida taqdim etilishi lozim.
23. Bojxona organi yopiq turdagi bojxona ombori egasi uchun omborda saqlanayotgan tovarlar toʻgʻrisida soddalashtirilgan hisobot taqdim etish tartibini belgilashi mumkin.
24. Bojxona organi omborda va bojxona ombori maqomiga ega boʻlmagan binolar va (yoki) ochiq maydonchalarda saqlanayotgan tovarlarni inventarizatsiyalashga haqli.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2015-yil 28-apreldagi 01-02/12-18-sonli qarori (roʻyxat raqami 1318-4, 21.05.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 20-son, 266-modda)
VI. Tovarlarni saqlash muddatlari
25. Tovarlar bojxona ombori rejimida uch yil mobaynida turishi mumkin. Ushbu muddat ayrim shaxslar uchun bojxona organi tomonidan cheklanishi mumkin. Tovarlarni saqlashning cheklangan muddati bir yildan kam boʻlmasligi kerak (saqlash, isteʼmol qilish va sotishga yaroqlilik muddatlari cheklangan tovarlar bundan mustasno). Saqlashning aniq muddatlari belgilangan meʼyorlarda tovarlarni saqlashga joylashtiruvchi shaxs tomonidan ombor egasi bilan birgalikda aniqlanadi.
Saqlash, isteʼmol qilish va sotishga yaroqlilik muddatlari cheklangan tovarlar belgilangan muddat oʻtishidan oltmish kun oldin boshqa bojxona rejimiga rasmiylashtirilishi va bojxona omboridan olib chiqib ketilishi lozim.
26. Tovarlarni bojxona ombori rejimida saqlash muddatlari qonun hujjatlari bilan belgilangan muddatlar doirasida bojxona omboriga tovar joylashtirgan shaxsning yozma soʻrovnomasi boʻyicha bojxona posti tomonidan uzaytiriladi. Soʻrovnoma belgilangan muddat oʻtishidan oʻn kun oldin berilishi lozim.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2013-yil 26-avgustdagi 01-02/12-22-sonli qarori (roʻyxat raqami 1318-2, 27.09.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 39-son, 524-modda)
261. “Bojxona ombori” bojxona rejimi quyidagi hollarda yakunlangan hisoblanadi:
tovar va transport vositalari boshqa bojxona rejimiga rasmiylashtirilganda;
tovar va transport vositalari halokat oqibatida yoki yengib boʻlmas kuch taʼsirida yoʻq boʻlganida;
tovar va transport vositalari tergov va/yoki surishtiruv organlarining qaroriga asosan olib qoʻyilgan taqdirda;
tovar va transport vositalari sud qaroriga asosan yoʻq qilinganda yoki davlat daromadiga oʻtkazilganda.
(261-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2014-yil 4-fevraldagi 01-02/12-04-sonli qarori (roʻyxat raqami 1318-3, 14.02.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 7-son, 77-modda)
VII. Tovarlarni ombordan chiqarish
27. Bojxona ombori rejimida turishning belgilangan muddati tugagunga qadar tovarni boshqa bojxona rejimiga joylashtirish soʻralishi kerak. Bunday tovarning tanlangan rejimga bojxona rasmiylashtiruvi toʻliq yoki qismlar bilan amalga oshirilishi mumkin.
28. Boshqa rejimga soʻralgan tovarlar tanlangan rejimga muvofiq rasmiylashtirilgandan 3 kun muddatda ombordan amalda olib chiqib ketilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2013-yil 26-avgustdagi 01-02/12-22-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1318-2, 27.09.2013-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2013-y., 39-son, 524-modda)
30. Bojxona ombori rejimiga muvofiq tovarlarni saqlash muddati tugagunga qadar, biroq belgilangan kundan 15 kun oldin bojxona posti boshligʻi yoxud uning vazifasini bajaruvchi tovarning qonuniy egasiga erkin shakldagi bildirish xatini beradi. Bildirish xati koʻrsatilgan shaxsga shaxsan imzo orqali topshiriladi yoki pochta orqali yuboriladi.
31. Belgilangan muddat tugagunga qadar bojxona ombori rejimida saqlanayotgan tovarlarni boshqa rejimga joylashtirish soʻralmasa, muddat oʻtgandan soʻng ikkinchi kuni bojxona postining vakolatli mansabdor shaxsi tomonidan belgilangan shakldagi bojxona qonunchiligi buzilganligi toʻgʻrisida bayonnoma tuziladi.
32. Belgilangan muddat tugagandan soʻng boshqa rejimga soʻralmagan tovarlar vaqtincha saqlash rejimiga joylashtiriladi.
33. Tovarlarning bojxona rejimini oʻzgartirmagan holda bir bojxona omboridan boshqa bojxona omboriga oʻtkazishga yoʻl qoʻyiladi. Bunday tovarlarni amalda olib oʻtish bojxona nazorati ostida tovarlarni yetkazib berish tartibiga muvofiq amalga oshiriladi.
Bunda tovarlarni saqlash muddati bojxona omboriga eng avvalgi joylashtirilgan sanadan hisoblanadi va bojxona omborida turish muddati toʻxtatilmaydi.
34. Tovarlarni bir bojxona omboridan boshqa bojxona omboriga olib oʻtish yuklarni bojxona nazorati ostida tashishga oid qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2013-yil 26-avgustdagi 01-02/12-22-sonli qarori (roʻyxat raqami 1318-2, 27.09.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 39-son, 524-modda)
35. Bojxona ombori rejimida saqlanayotgan va bir bojxona omboridan boshqa bojxona omboriga olib oʻtilayotgan tovarlarni bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazishda yukni yetkazib berish nazorat kitobchasidan foydalaniladi.
Tovarlarning bojxona koʻrigi amalga oshirilgandan soʻng va keyinchalik saqlanadigan bojxona omboriga amalda joylashtirilgandan soʻng, ushbu ombor joylashgan hududda faoliyat koʻrsatuvchi bojxona posti xodimi BYuDning 49-katagiga qoʻshimcha ravishda tovarlar joylashtirilgan bojxona omborining litsenziya raqami va sanasini koʻrsatadi.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2015-yil 28-apreldagi 01-02/12-18-sonli qarori (roʻyxat raqami 1318-4, 21.05.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 20-son, 266-modda)
VIII. Bojxona organi bilan ombor egasining oʻzaro munosabatlari
36. Ombor egasi ombor, unda saqlanayotgan tovarlar turidan va omborning faoliyat koʻrsatishi bilan bevosita aloqador boshqa omillardan kelib chiqqan holda bojxona omboridan foydalanish tartib-qoidasini tasdiqlaydi.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2013-yil 26-avgustdagi 01-02/12-22-sonli qarori (roʻyxat raqami 1318-2, 27.09.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 39-son, 524-modda)
37. Tartib-qoidalarda quyidagilar belgilanadi:
bojxona ombori, shu jumladan bojxona organi xodimlari uchun binolar jihozlanishiga bojxona organining talablari;
omborning ish rejimi;
tovarlar hisob shakllari;
ombor egasi tomonidan bojxona omborida saqlanayotgan tovarlar toʻgʻrisida hisobot taqdim etish shakllari va muddatlari;
bojxona ombori ishini taʼminlovchi, unda saqlanayotgan tovarlar bilan yuk va boshqa operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslarning bojxona omboriga kirish-chiqish tartiblari;
bojxona ombori faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan boshqa talablar va shartlar.
38. Koʻrsatib oʻtilgan tartib-qoidalar mazkur Nizomga va bojxonaga oid qonun hujjatlariga zid boʻlmasligi lozim.
IX. Yakuniy qoidalar
39. Tovarlarni bojxona ombori rejimiga muvofiq bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazuvchi bojxona organi bojxona omboriga joylashtirilgan tovarlar va bunda bajariladigan bojxona operatsiyalari toʻgʻrisida bojxona statistikasini yuritish maqsadlarida yuqori bojxona organiga Oʻzbekiston Respublikasi DBQsi belgilagan tartibda hisobot taqdim etadi.
40. Bojxona ombori bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlardan foydalanish va tasarruf etish tartibini buzgan yoxud ushbu rejimni qoʻllash shartlarini bajarmagan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq javobgar boʻladi.
“Bojxona ombori” bojxona rejimi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
“Bojxona ombori” bojxona rejimiga tovarlarni joylashtirishda bojxona yuk deklaratsiyasining ayrim ustunlarini toʻldirishning xususiyatlari
Bojxona ombori bojxona rejimiga tovarlarni joylashtirishda deklarant bojxona yuk deklaratsiyasining quyidagi ustunlarini toʻldiradi:
1, 2, 3, 5, 6, 8, 12, 13, 14, 15, 15a, 18, 19, 21, 22, 23, 25, 26, 28, 29, 31, 32, 33, 35, 36, 37, 38, 40, 41, 42, 44, 45, 46, 47, 49, 50, 53, 54, V va S.
(1-ilovaning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2014-yil 4-fevraldagi 01-02/12-04-sonli qarori (roʻyxat raqami 1318-3, 14.02.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 7-son, 77-modda)
Bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan 7, 44 (boshqa hujjatlar va maʼlumotlar koʻrsatiladigan qismiga bojxona koʻrigi dalolatnomasi raqami va sanasi kiritiladi), D ustuni va bojxona yuk deklaratsiyasi qoʻshimcha varagʻining A ustuni toʻldiriladi.
(1-ilovaning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2014-yil 4-fevraldagi 01-02/12-04-sonli qarori (roʻyxat raqami 1318-3, 14.02.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 7-son, 77-modda)
Eksport bojxona rejimiga muvofiq olib chiqib ketish uchun moʻljallangan tovarlarni bojxona omboriga joylashtirishda koʻrsatib oʻtilgan ustunlardan 15 va 15a toʻldirilmasdan, 17 va 17a ustunlar toʻldiriladi.
1, 44, 49 va S — ustunlarni toʻldirish quyidagi xususiyatlarga ega:
1-ustun. “Deklaratsiya turi”
Ustunning birinchi boʻlinmasida bojxona omboriga Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga olib kelinadigan tovarlarni joylashtirishda “IM” koʻrsatiladi, Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududidan olib chiqib ketish uchun moʻljallangan tovarlarni joylashtirishda esa “EK” koʻrsatiladi.
Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasidan tovarlar olib oʻtish jarayoni klassifikatoriga binoan ustunning ikkinchi boʻlinmasida bojxona ombori rejimining belgisi — “74” koʻrsatiladi.
Ustunning uchinchi boʻlinmasi toʻldirilmaydi.
44-ustun. “Qoʻshimcha axborot/taqdim etiladigan hujjatlar”
Ustunda rekvizitlarning har biri yangi satrdan boshlanadi va ulardan har birining oldida tartib raqami koʻrsatiladi:
2-tovar-transport hujjatlari, schyot-faktura, invoys, Xalqaro yoʻllarda tashish (XYT) kitobchasining raqami;
4-tovarlarni bojxona omboriga joylashtirayotgan shaxs bilan bojxona ombor egasi oʻrtasidagi shartnomaning raqami va sanasi.
8 — bojxona rasmiylashtiruvi uchun zarur boʻlgan boshqa hujjat va maʼlumotlar (bojxona toʻlovlarini kechiktirib toʻlash, garov shartnomasi, bojxona qonunchiligini buzish bayonnomasi, bojxona koʻrigi dalolatnomasi, tovar bojxona ombori maqomiga ega boʻlmagan binolar va (yoki) ochiq maydonchalarga joylashtirilganda — bojxona toʻlovlari toʻlanishi taʼminlanganligini tasdiqlovchi hujjat nomi, raqami, sanasi hamda summasi va boshqalar).
(1-ilovaning oʻn toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2014-yil 4-fevraldagi 01-02/12-04-sonli qarori (roʻyxat raqami 1318-3, 14.02.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 7-son, 77-modda)
49-ustun. “Ombor nomi”
Ustunda bojxona omborini taʼsis etish uchun litsenziyaning raqami va berilgan sanasi koʻrsatiladi.
Agar tovar bojxona ombori litsenziyasiga ega boʻlmagan joyga joylashtirilsa, mazkur ustun toʻldirilmaydi.
“S-ustun”
(S-ustun nomi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2015-yil 28-apreldagi 01-02/12-18-sonli qarori (roʻyxat raqami 1318-4, 21.05.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 20-son, 266-modda)
Ustunning 2-tartib raqamida tovarning Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilgan sana koʻrsatiladi. Olib kirish sanasi Oʻzbekiston Respublikasi chegarasini kesib oʻtishdagi chegara bojxona posti tomonidan tovar kuzatuv hujjatlariga qoʻyilgan shtampda koʻrsatilgan sana orqali yoki Yukni yetkazib berish kitobchasi yoxud Xalqaro yoʻllarda tashish (XYT) kitobchasi rasmiylashtirilgan sana orqali aniqlanadi.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2013-yil 26-avgustdagi 01-02/12-22-sonli qarori (roʻyxat raqami 1318-2, 27.09.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 39-son, 524-modda)
Bojxona ombori bojxona rejimi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Bojxona omboriga joylashtirilgan tovarlarni hisobga olish kitobining shakli

Omborga joylashtirish‎‎‎‎

Ombordan chiqarish‎‎

Qoldiq‎

№‎

Joylash-tirilgan sana‎

BYuD raqami‎

Tovarni joylashtiruvchi shaxs‎

Tovar nomi‎

Joylar soni va vazni‎

Chiqaril-gan sana‎

BYuD raqami ‎

Rejim kodi‎

Joylar soni va vazni‎

Joylar soni va vazni‎

1.‎

2.‎

3.‎

4.‎

*Izoh: Kitob oldindan tikilgan, varaqlari raqamlangan va bojxona organi xodimining imzosi va shaxsiy muhri bilan tasdiqlangan boʻlishi lozim.
(izoh Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2014-yil 4-fevraldagi 01-02/12-04-sonli qarori (roʻyxat raqami 1318-3, 14.02.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 7-son, 77-modda)
Bojxona ombori bojxona rejimi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
___________ bojxona omboriga joylashtirilgan tovarlar va ularning harakati toʻgʻrisidagi hisobot __________ dan _____________ gacha

Litsenziya №___________________ sanasi _________‎‎

Bojxona ombori manzili:___________________________(shahar,tuman, koʻcha, uy №) tel.________‎‎

Omborga joylashtirishda‎‎

Ombordan chiqarishda‎‎

Ombordagi qoldiq‎‎‎

№‎

Joylashtirilgan sana‎

BYuD raqami (ustun 7) ‎

Rejim kodi (ustun 1) ‎

Yuk oluvchi nomi (ustun 8) ‎

Tovar nomi (ustun 31) ‎

Joylar soni‎

Tovar vazni (ustun 35) ‎

BYuD raqami (ustun 7) ‎‎

Rejim kodi (ustun 1) ‎‎

Joy-lar soni‎‎

Tovar vazni (ustun 35) ‎‎

Joylar soni‎‎‎

Tovar vazni

1.‎

2.‎

3.‎

4.‎

Rahbar
‎Bosh hisobchi
‎Ombor mudiri ‎‎‎
imzolar va __________
‎korxona __________
‎muhri __________‎‎

Tekshirdi: __________ bojxona posti xodimi ___________ imzo va shaxsiy muhr
*Izoh: Hisobot muhrlangan holda BYuD toʻldirish boʻyicha belgilangan talablarga muvofiq tayyorlanadi.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2014-yil 4-fevraldagi 01-02/12-04-sonli qarori (roʻyxat raqami 1318-3, 14.02.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 7-son, 77-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 8-son, 103-modda; 2012-y., 39-son, 459-modda; 2013-y., 39-son, 524-modda; 2014-y., 7-son, 77-modda; 2015-y., 20-son, 266-modda)