Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 04.12.2020
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI boshqaruvi
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QOʻMITASINING
Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING NAQD MILLIY VALYUTASINI OLIB KIRISh VA OLIB ChIQISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 16-martda 1326-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi 2020-yil 20-noyabrdagi 22/2-son va Davlat bojxona qoʻmitasining 2020-yil 19-noyabrdagi 01-02/15-47-sonli ““Oʻzbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasini olib kirish va olib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirishlar va qoʻshimchani oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1326-3, 04.12.2020-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi Qonunining 19-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 25-fevraldagi 86-son “Oʻzbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasini olib kirish va olib chiqishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
1. “Oʻzbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasini olib kirish va olib chiqish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan sanadan 10 kun oʻtgach kuchga kiritilsin.
Markaziy banki boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2004-yil 1-mart,
249-V-son
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi B. MATLYUBOV
Toshkent sh.,
2004-yil 1-mart,
01-02/19-16-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2004-yil 1-martdagi 249-V, 01-02/19-16-son qarori bilan
“TASDIQLANGAN”
Oʻzbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasini olib kirish va olib chiqish tartibi toʻgʻrisida
Nizom
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi Qonunining 19-moddasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 25-fevraldagi 86-son “Oʻzbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasini olib kirish va olib chiqishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan hamda Oʻzbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasi — “soʻm”ni Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish va respublikadan tashqariga olib chiqish tartibini belgilaydi.
2. Mazkur Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
rezidentlar — Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari; Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashash joyiga ega boʻlgan chet ellik fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar;
norezidentlar — rezident tushunchasiga javob bermaydigan shaxslar;
Oʻzbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasi — qogʻoz va tanga pullar koʻrinishidagi Oʻzbekiston Respublikasining pul birligi — “soʻm”.
3. Oʻzbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasini Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish va respublikadan tashqariga olib chiqish bojxona qoidalariga rioya qilish sharti bilan va mazkur Nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
4. Mazkur Nizom qimmatbaho metallardan yasalgan, Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasi hisoblangan esdalik tangalarni Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish va respublikadan tashqariga olib chiqishga tatbiq etilmaydi.
5. Rezident va norezident jismoniy shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasini Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish va olib chiqishga Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan eng kam ish haqining 50 baravaridan oshmaydigan summa doirasida ruxsat beriladi.
6. Mazkur Nizomning 5-bandida koʻrsatilgan summadan ortiqcha Oʻzbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasini jismoniy shaxslar — rezidentlar tomonidan olib chiqishga Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Bosh boshqarmalarining (bundan buyon matnda Markaziy bank bosh boshqarmalari deb yuritiladi) olib chiqilayotgan jami summaga ruxsati bilan yoʻl qoʻyiladi.
7. Ruxsatnoma olish uchun jismoniy shaxslar — rezidentlar tomonidan Markaziy bankka quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
a) ariza, unda quyidagilar koʻrsatiladi:
jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi;
jismoniy shaxs yashayotgan manzil;
olib chiqilayotgan summa;
naqd milliy valyutadan respublika tashqarisida foydalanish maqsadlari;
b) pasport yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsning guvohnomasi va ularning nusxalari.
8. Jismoniy shaxslar — rezidentlarning arizalari Markaziy bank bosh boshqarmalariga kelib tushgan sanadan boshlab 10 kundan oshmagan muddat ichida koʻrib chiqiladi.
9. Markaziy bank bosh boshqarmalri tomonidan jismoniy shaxslar — rezidentlarga naqd milliy valyutani respublikadan tashqariga olib chiqish uchun ruxsatnoma berish sharti boʻlib mazkur Nizomning 7-bandida koʻrsatilgan hujjatlarning tegishli tarzda rasmiylashtirilganligi hamda ularda ishonchsiz yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlar mavjud emasligi hisoblanadi.
10. Jismoniy shaxs — rezident tomonidan mazkur Nizomning 7-bandida koʻrsatilgan shartlarga rioya qilinmagan taqdirda Markaziy bank bosh boshqarmalari tomonidan ruxsatnoma berish rad etilishi mumkin.
11. Taqdim etilgan hujjatlar mazkur Nizom talablariga muvofiq boʻlganda, Markaziy bank bosh boshqarmalari tomonidan ushbu Nizomning ilovasida keltirilgan 09006 shakl boʻyicha ruxsatnoma rasmiylashtiriladi.
09006 shakl ruxsatnoma qatʼiy hisobot blanki hisoblanib Markaziy bank bosh boshqarmalarining buyurtmanomasi boʻyicha “Davlat belgisi” DIChBda tayyorlanadi va zarur himoya darajalariga ega boʻladi. Bunda har bir blank yagona seriya va tartib raqamiga ega boʻlgan ikki nusxadan tashkil topadi.
Ruxsatnoma Markaziy bank bosh boshqarmalari boshliqlari tomonidan imzolanadi.
Ruxsatnoma ikki nusxada rasmiylashtiriladi, birinchi nusxasi jismoniy shaxs-rezidentga beriladi, ikkinchi nusxasi Markaziy bank bosh boshqarmalarida qoldiriladi.
Ruxsatnomaning rasmiylashtirilishi va berilishi uchun toʻlov undirilmaydi.
Ruxsatnoma arizada koʻrsatilgan summada naqd milliy valyutani bir marta Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish huquqini beradi va u faqat unda koʻrsatilgan muddat mobaynida amal qiladi.
12. Rezident va norezident yuridik shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasini olib kirish va olib chiqishga yoʻl qoʻyilmaydi, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining ruxsatnomasi boʻlganida tijorat banklar bundan mustasno.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va tijorat banklar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasi olib kirilishi va olib chiqilishida bojxona toʻlovlari undirilmaydi, bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlar bundan mustasno.
14. Jismoniy shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan eng kam ish haqining 50 baravaridan oshmaydigan naqd milliy valyutani olib kirish va olib chiqishda yozma deklaratsiyalash talab etilmaydi.
Jismoniy shaxslar — rezidentlar tomonidan belgilangandan ortiq summani olib chiqishda olib chiqilayotgan naqd milliy valyutaning jami summasi yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasida koʻrsatiladi.
15. Jismoniy shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasi belgilangan meʼyordan ortiqcha olib kirilganda TS-21 kvitansiyasi toʻldiriladi.
16. Bojxona nazorati paytida aniqlangan Oʻzbekiston Respublikasining qalbaki naqd milliy valyutasi oʻtkazilmaydi, ushlab qolinadi va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi.
17. Bojxona xizmatlarining mansabdor shaxslari fuqarolarni Oʻzbekiston Respublikasi hududida amal qiladigan bojxona qoidalari toʻgʻrisida belgilangan tartibda oldindan xabardor qilishlari shart.
Oʻzbekiston Respublikasi naqd milliy valyutasini olib kirish va olib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA

‎‎Shakl: 09006


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKINING
‎_________________________________________________
‎(Oʼzbekiston Respublikasi Markaziy bankining ‎Qoraqalpogʼiston Respublikasi,
‎viloyatlar va ‎Toshkent shahridagi Bosh boshqarmasi nomi)

‎‎_____ ____________-sonli RUXSATNOMA

‎‎20__yil “___”_________________

‎‎Xorijga jo'nab ketayotgan‎‎ _________________________________________________________________ga

‎‎(familiyasi, ismi va otasining ismi)

‎‎ushbu hujjat bo'yicha xorijga chiqish ruxsati bo'lgan pasporti __________________________________________________

‎‎________________________________________________________________________________________________
‎(pasport seriyasi va nomeri)

‎‎_____________________________________________________________________________________ ko'rsatilganda
‎(berilgan vaqti, kim tomonidan berilgan)

‎‎________________________________________________________________________________________________
‎(summasi raqam va soʼz bilan yozilsin)

‎‎miqdoridagi naqd milliy valyutani xorijga olib chiqishga ruxsat etiladi.
‎‎Ushbu ruxsatnoma bojxonaga topshirilishi shart.
‎‎Bosh boshqarma ‎boshlig'i

‎‎__________________(imzo)

‎‎‎__________________‎_______________________
M.O'.‎
‎‎QALBAKILASNTIRISN QONUNGA MUVOFIQ
‎TAʼQIB QILINADI
‎TUZATISN KIRITISN MUMKIN EMAS
‎‎BOSNQA SNAXSLARGA BERISN TAQIQLANADI

‎UCH OY DAVOMIDA HAQIQIYDIR.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Davlat bojxona qoʻmitasining 2015-yil 22-avgustdagi 249-V-1, 01-02/19-39-son (roʻyxat raqami 1326-1, 2015-yil 4-sentabr) va 2018-yil 27-yanvardagi 3/4, 01-02/19-11-son (roʻyxat raqami 1326-2, 2018-yil 12-mart) qarorlari bilan kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar bilan.