toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.08.2024
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarni tekshirishni tashkil qilishni tartibga solish to‘g‘risida
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli “Ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning barqarorligini ta’minlash, sifati va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarni tekshirishni tashkil qilishni yanada tartibga solish, tekshirishlar sonini kamaytirish, turli nazorat organlari tomonidan amalga oshiriladigan tekshirishlarda parallelchilik va takrorlash faktlarini bartaraf etish, ularning korxonalar xo‘jalik faoliyatiga iqtisodiy zarar yetkazuvchi asossiz aralashuviga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida, shuningdek tadbirkorlarning qonuniy huquqlarini himoya qilish manfaatlarini ko‘zlab:
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 2412-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 101-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
1. Quyidagilar belgilab qo‘yilsin:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyuldagi PF-5490-sonli Farmoniga asosan 2018-yilning 1-sentabridan chiqariladi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2018-y., 06/18/5490/1584-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 25-apreldagi PF-5027-sonli Farmoniga asosan 2018-yilning 1-sentabridan chiqariladi — O‘R QHT, 2017-y., 18-son, 310-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyuldagi PF-5490-sonli Farmoniga asosan 2018-yilning 1-sentabridan chiqariladi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2018-y., 06/18/5490/1584-son)
(1-bandning ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 28-noyabrdagi 2005-y., PF-3694-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2005-y., 47-48-son, 352-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyuldagi PF-5490-sonli Farmoniga asosan 2018-yilning 1-sentabridan chiqariladi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2018-y., 06/18/5490/1584-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-iyuldagi PF-110-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.07.2023-y., 06/23/110/0506-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyuldagi PF-5490-sonli Farmoniga asosan 2018-yilning 1-sentabridan chiqariladi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2018-y., 06/18/5490/1584-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyuldagi PF-5490-sonli Farmoniga asosan 2018-yilning 1-sentabridan chiqariladi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2018-y., 06/18/5490/1584-son)
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 20-maydagi PF-4219-sonli Farmoniga asosan oltinchi-yettinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2010-y., 20-son, 150-modda)
xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining har qanday tekshirishlarini o‘tkazish chog‘ida nazorat organlarining mansabdor shaxslari tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobiga qonunchilikda belgilangan tartibda yozib qo‘yadilar.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2001-yil 19-iyundagi PF-2886-sonli Farmoni tahririda— Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 6-son, 122-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyuldagi PF-5490-sonli Farmoniga asosan 2018-yilning 1-sentabridan chiqariladi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2018-y., 06/18/5490/1584-son)
2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va uning joylardagi organlari zimmasiga budjet tashkilotlari va budjet tizimi budjetlarining mablag‘lari hisobidan tegishli ravishda moliyalashtiriladigan budjet mablag‘larini oluvchilarning moliya-xo‘jalik faoliyatini belgilangan tartibda tekshirish vazifasi yuklansin. Zarur hollarda ana shu tekshirishlarni amalga oshirish uchun soliq va boshqa nazorat organlari jalb qilinishi mumkin.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 8-iyuldagi PF-4631-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 29-son, 356-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-iyuldagi PF-110-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.07.2023-y., 06/23/110/0506-son)
4. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini nazorat tariqasida tekshirishni o‘tkazish borasida belgilangan tartibga rioya etilishi uchun shaxsiy javobgarlik soliq va moliya organlarining, O‘zbekiston Respublikasi Prokuraturasi, Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar vazirligi organlarining, shuningdek davlat nazoratini amalga oshirishga vakil qilingan boshqa organlarning rahbarlari zimmasiga yuklansin.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi PF-5456-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 06/18/5456/1316-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyuldagi PF-5490-sonli Farmoniga asosan 2018-yilning 1-sentabridan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2018-y., 06/18/5490/1584-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyuldagi PF-5490-sonli Farmoniga asosan 2018-yilning 1-sentabridan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2018-y., 06/18/5490/1584-son)
7. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyati ustidan davlat nazoratini amalga oshirishga vakil qilingan vazirliklar va idoralar:
ikki hafta muddatda moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirishga, shu jumladan nazorat tekshirishlari va taftishlar o‘tkazishga qo‘yiladigan mansabdor shaxslarning ro‘yxatini tasdiqlasinlar;
moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirishga, shu jumladan nazorat tekshirishlari va taftishlar o‘tkazishga qo‘yiladigan mansabdor shaxslar belgilangan tartibda attestatsiyadan va qayta attestatsiyadan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan qoidani tatbiq etsinlar. Bir oy muddatda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirishga, shu jumladan nazorat tekshirishlari va taftishlar o‘tkazishga qo‘yiladigan mansabdor shaxslar uchun maxsus guvohnomalar joriy qilinsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Prokuraturasi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirishga vakil qilingan vazirliklar va idoralar tomonidan tekshirishlarni tashkil qilishni tartibga solish va takomillashtirish to‘g‘risidagi qonunlar, farmonlar hamda boshqa qonun hujjatlari qanday ijro etilayotganligini nazorat qilishni ta’minlasin, nazorat organlari xodimlarining noqonuniy harakatlari xususida Respublika muvofiqlashtiruvchi kengashining taqdimnomalarini, shuningdek xo‘jalik yurituvchi subyektlarning shikoyatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqib, qonunda ko‘zda tutilgan choralarni ko‘rsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda bir hafta muddatda tekshirishlarni tashkil qilishni tartibga solish va takomillashtirish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzishda aybdor bo‘lgan mansabdor shaxslarning javobgarligi belgilanishini ko‘zda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksiga qo‘shimchalar haqida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Prokuraturasi huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organlar va nohukumat tashkilotlari bilan birga xo‘jalik yurituvchi subyektlar rahbarlarining huquqiy madaniyatini yuqori ko‘tarish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirsinlar, nazorat organlarining mansabdor shaxslari tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning huquqlarini buzish sabablarini muntazam tahlil etib, ularni tugatish choralarini ko‘rsinlar.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 11-sentabrdagi PF-5187-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 980-modda)
O‘zbekiston Respublikasi Davlat matbuot qo‘mitasi, “O‘zteleradio”, ommaviy axborot vositalari xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish ishlarini o‘tkazish qoidalarini, ularning huquq va majburiyatlarini keng tushuntirib bersinlar, shuningdek nazorat organlarining mansabdor shaxslari tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning huquqlarini buzish faktlarini yoritib borsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyuldagi PF-5490-sonli Farmoniga asosan 2018-yilning 1-sentabridan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2018-y., 06/18/5490/1584-son)
12. Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda mazkur Farmonni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida qaror qabul qilsin.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 19-noyabr,
PF-2114-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 10-11-son, 209-modda; 2001-y., 6-son, 122-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 47-48-son, 352-modda; 2009-y., 10-11-son, 105-modda; 2010-y., 20-son, 150-modda; 2011-y., 14-son, 133-modda; 2013-y., 13-son, 163-modda; 2014-y., 29-son, 356-modda; 2017-y., 18-son, 310-modda, 37-son, 980-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 06/18/5456/1316-son, 30.07.2018-y., 06/18/5490/1584-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.07.2023-y., 06/23/110/0506-son)