toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.08.2024
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Yangi meva-sabzavot mahsulotlari, kartoshka, poliz mahsulotlari va uzum xarid qilish yuzasidan davlat buyurtmasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli “Ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning barqarorligini taʼminlash, sifati va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Meva-sabzavot, kartoshka va poliz mahsulotlarini xarid qilish va ulardan foydalanish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 12-apreldagi PQ-2520-son qarorini bajarish yuzasidan, shuningdek yangi meva-sabzavot mahsulotlari, kartoshka, poliz mahsulotlari va uzum xarid qilish yuzasidan davlat buyurtmasini shakllantirish va bajarishning samarali mexanizmini joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Yangi meva-sabzavot mahsulotlari, kartoshka, poliz mahsulotlari va uzum xarid qilish yuzasidan davlat buyurtmasi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. “Oʻzbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi, “Oʻzsharobsanoat” AJ, “Oʻzbekoziqovqatzaxira” uyushmasi, “Oʻzagroeksport” AJ ixtisoslashtirilgan tashqi savdo kompaniyasi ichki va tashqi bozorlar konyunkturasining chuqur marketing tadqiqotlari natijalarini hisobga olgan holda har yili 1-avgustgacha boʻlgan muddatda kelgusi yil uchun davlat buyurtmasiga binoan asosiy turlari boʻyicha yangi meva-sabzavot mahsulotlari, kartoshka, poliz mahsulotlari va uzum xarid qilishga ehtiyojning prognoz hajmlari ishlab chiqilishini taʼminlasinlar.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-iyuldagi 539-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2018-y., 09/18/539/1519-son)
3. “Oʻzbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi, “Oʻzagroeksport” AJ ixtisoslashtirilgan tashqi savdo kompaniyasi:
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi hamda Adliya vazirligi bilan kelishgan holda oʻn kun muddatda — davlat buyurtmasi doirasida yangi meva-sabzavot mahsulotlari, kartoshka, poliz mahsulotlari va uzum xarid qilishga doir namunaviy kontraktatsiya shartnomalari, ularda xarid qilinadigan mahsulotlar hajmlarini va turlarini, yetkazib berish jadvallarini, narxlarni shakllantirishning bozor shartlarini, hisob-kitoblar tizimini, tomonlarning javobgarligi choralarini va nizolarni hal qilish tartibini nazarda tutgan holda, ishlab chiqilishini va tasdiqlanishini;
har yili Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasi tugagan kundan boshlab bir hafta muddatda — yangi meva-sabzavot mahsulotlari, kartoshka, poliz mahsulotlari va uzum xarid qilish hamda ulardan foydalanish yuzasidan davlat buyurtmasi balansini ishlab chiqish uchun zarur boʻlgan barcha materiallarning Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga taqdim etilishini taʼminlasinlar.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi har yili Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasi tugagan kundan boshlab 20 kundan kechikmay kelgusi yil uchun yangi meva-sabzavot mahsulotlari, kartoshka, poliz mahsulotlari va uzum xarid qilish hamda ulardan foydalanish yuzasidan davlat buyurtmasi balansini ishlab chiqsinlar va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
5. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari bilan birgalikda qishloq xoʻjaligi ekinlarini viloyatlar, tumanlar va fermer xoʻjaliklari boʻyicha joylashtirishda meva-sabzavot mahsulotlari, kartoshka, poliz mahsulotlari va uzum xarid qilish hamda ulardan foydalanish yuzasidan davlat buyurtmasi balansi parametrlarini hisobga olsinlar.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
6. “Oʻzbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi, “Oʻzsharobsanoat” AJ, “Oʻzbekoziqovqatzaxira” uyushmasi, “Oʻzagroeksport” AJ ixtisoslashtirilgan tashqi savdo kompaniyasi rahbarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyat hokimlari zimmasiga meva-sabzavot mahsulotlari, kartoshka, poliz mahsulotlari va uzum xarid qilish hamda ulardan foydalanish boʻyicha davlat buyurtmasi bajarilishi yuzasidan shaxsiy masʼuliyat yuklansin.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-iyuldagi 539-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2018-y., 09/18/539/1519-son)
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda isteʼmol tovarlari masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2016-yil 15-iyun,
206-son
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 15-iyundagi 206-son qaroriga
ILOVA
Yangi meva-sabzavot mahsulotlari, kartoshka, poliz mahsulotlari va uzum xarid qilish yuzasidan davlat buyurtmasi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Meva-sabzavot, kartoshka va poliz mahsulotlarini xarid qilish va ulardan foydalanish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 12-apreldagi PQ-2520-son qaroriga muvofiq yangi meva-sabzavot mahsulotlari, kartoshka va poliz mahsulotlari va uzum (keyingi oʻrinlarda meva-sabzavot mahsulotlari deb ataladi) xarid qilish va ulardan foydalanish yuzasidan davlat buyurtmasini shakllantirish hamda bajarish tartibi va mexanizmini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
yangi meva-sabzavot mahsulotlari, kartoshka, poliz mahsulotlari va uzum xarid qilish hamda ulardan foydalanish yuzasidan davlat buyurtmasi (keyingi oʻrinlarda davlat buyurtmasi deb ataladi) — keyinchalik sanoat yoʻli bilan qayta ishlash, qish-bahor davriga gʻamlash, shuningdek eksport qilish uchun fermer va dehqon xoʻjaliklari oʻrtasida meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirish hajmlarini joylashtirish va ulardan foydalanish;
yetkazib beruvchilar — fermer va dehqon xoʻjaliklari;
buyurtmachilar — Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzsharobsanoat” AJning qayta ishlash korxonalari, “Oʻzbekoziqovqatzaxira” uyushmasining tayyorlash va saqlash uchun gʻamlash boʻyicha korxonalari, “Oʻzagroeksport” AJning ixtisoslashtirilgan tashqi savdo kompaniyalarining tashkilotlari — eksport qiluvchilar.
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-dekabrdagi 766-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.12.2021-y., 09/21/766/1182-son)
II. Davlat buyurtmasining mazmuni, tarkibi, uni shakllantirish va tasdiqlash tartibi
3. Davlat buyurtmasi keyinchalik foydalanish maqsadlariga qarab:
a) quvvati davlat statistika hisoboti maʼlumotlari asosida hisobga olinadigan ishlab chiqarishning texnologik sikli xususiyatlarini hisobga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzsharobsanoat” AJning qayta ishlash korxonalari quvvatlaridan toʻliq foydalanishni nazarda tutgan holda keyinchalik sanoat yoʻli bilan qayta ishlash, shu jumladan quritilgan meva-sabzavot mahsulotlari ishlab chiqarish uchun;
(3-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-dekabrdagi 766-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.12.2021-y., 09/21/766/1182-son)
b) mintaqalardagi aholi sonini va saqlash uchun mavjud sigʻimlarni hisobga olgan holda meva-sabzavot mahsulotlarini qish-bahor davriga gʻamlash uchun;
v) ichki va tashqi bozorlar konyunkturasini, respublika boʻyicha eksport qilishning prognoz koʻrsatkichlarini hisobga olgan holda eksport qilish uchun ehtiyoj hajmlarini oʻz ichiga oladi.
4. Davlat buyurtmasi kalendar yilga shakllantiriladi va yetkazib beruvchilar tomonidan yetishtiriladigan meva-sabzavot mahsulotlari hajmlarining bir qismini tashkil etadi hamda mahsulotlarni yetishtirish va davlat buyurtmasidan ortiqcha ichki va tashqi bozorlarda sotishda ularni cheklamaydi.
5. Meva-sabzavot mahsulotlarini xarid qilish yuzasidan davlat buyurtmasini oʻz vaqtida shakllantirish va bajarish uchun:
keyinchalik sanoat yoʻli bilan qayta ishlash yuzasidan — Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzsharobsanoat” AJ;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-dekabrdagi 766-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.12.2021-y., 09/21/766/1182-son)
qish-bahor davriga gʻamlash yuzasidan — “Oʻzbekoziqovqatzaxira” uyushmasi;
eksportga yetkazib berish yuzasidan — “Oʻzagroeksport” AJ ixtisoslashtirilgan tashqi savdo kompaniyasi masʼul hisoblanadilar.
6. Buyurtmachilar davlat buyurtmasi boʻyicha mahsulotlarga ehtiyojning hisoblab chiqilgan hajmlari yuzasidan ishonchli va toʻlaqonli axborot taqdim etilishi uchun javob beradilar. Davlat buyurtmasi hajmlari hisob-kitoblarini tayyorlashda buyurtmachilar davlat statistika organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining foydalanish mumkin boʻlgan barcha maʼlumotlaridan, tashqi bozorlarning holati toʻgʻrisidagi tahliliy axborotdan, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligidan olingan axborotdan, shuningdek ichki va tashqi bozorlar konyunkturasining chuqur marketing tadqiqotlaridan foydalanadilar.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 25-iyundagi 393-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2021-y., 09/21/393/0596-son)
7. Yangi meva-sabzavot mahsulotlarini xarid qilish va ulardan foydalanish yuzasidan davlat buyurtmasi balansini ishlab chiqish va bajarilishi monitoringini olib borish ilovaga muvofiq sxemaga binoan amalga oshiriladi.
8. Tasdiqlanadigan balansga kiritish uchun davlat buyurtmasi koʻrsatkichlari har yili oʻtkaziladigan Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasining natijalariga koʻra aniqlanadi va keyinchalik viloyatlar, tumanlar va fermer xoʻjaliklari boʻyicha davlat buyurtmasi yuzasidan qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirish boʻyicha qarorlar qabul qilish uchun asos boʻlib xizmat qiladi.
Davlat buyurtmasini bajarish uchun mintaqada va (yoki) tumanda yetishtiriladigan meva-sabzavot mahsulotlari hajmi yetarli boʻlmagan taqdirda boshqa mintaqalardan va (yoki) tumanlardan ortiqcha yetishtirilgan hajmni jalb etishga yoʻl qoʻyiladi.
III. Kontraktatsiya shartnomalari tuzish va mahsulot hajmlarini moliyalashtirish
9. Davlat buyurtmasi doirasida meva-sabzavot mahsulotlari xarid qilish, shu jumladan Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasiga tayyorgarlik koʻrish davrida, shuningdek yarmarkalar oraligʻidagi davrda yetkazib beruvchilar bilan tuziladigan kontraktatsiya shartnomalari asosida amalga oshiriladi.
Kontraktatsiya shartnomalarini roʻyxatdan oʻtkazish Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 4-sentabrdagi 383-son qarori bilan tasdiqlangan Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilari bilan tayyorlov, xizmat koʻrsatish tashkilotlari oʻrtasida shartnomalar tuzish, ularni roʻyxatdan oʻtkazish, bajarish, shuningdek ularning bajarilishi monitoringini olib borish tartibi toʻgʻrisidagi nizom talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
10. Davlat buyurtmasi doirasida mahsulotlarni xarid qilishga kontraktatsiya shartnomalarini tuzish namunaviy shakl boʻyicha amalga oshiriladi hamda xarid qilinadigan mahsulotlarning hajmlari va turlarini, yetkazib berish jadvallarini, narx belgilashning bozor shart-sharoitlarini, hisob-kitoblar tizimini, taraflarning javobgarligi choralarini va nizolarni hal etish tartibini majburiy tartibda nazarda tutadi.
Oʻzaro kelishuvga koʻra, kontraktatsiya shartnomasining oʻziga xosligini hisobga olib taraflar unga namunaviy kontraktatsiya shartnomasida nazarda tutilmagan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqiga ega.
11. Davlat buyurtmasi doirasida meva-sabzavot mahsulotlarini xarid qilish bozor sharoitlarida kafolatlangan kontraktatsiyaga ega boʻlishi va kontraktatsiya shartnomasi qiymatining kamida 40 foizi miqdorida avans toʻlovi bilan taʼminlanishi kerak.
Oldindan haq toʻlash va yetkazib beruvchilar bilan buyurtmachilar oʻrtasidagi oʻzaro hisob-kitoblar kontraktatsiya shartnomasida va qonunchilikda belgilangan tartibda, shaklda va muddatlarda amalga oshiriladi.
(11-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
12. Buyurtmachilar tuzilgan kontraktatsiya shartnomalari boʻyicha davlat buyurtmasiga:
oʻz aylanma mablagʻlari;
tijorat banklarining kreditlari;
(12-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-yanvardagi 30-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2020-y., 09/20/30/0061-son — 2020-yil 18-apreldan kuchga kiradi)
qonunchilikka muvofiq meva-sabzavot mahsulotlari eksportiga fyuchers kontraktlaridan oldindan haq toʻlash hisobiga avans toʻlaydilar.
(12-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
13. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va “Oʻzagroeksport” AJ ixtisoslashtirilgan tashqi savdo kompaniyasi har yili Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasi tamom boʻlgan kundan boshlab bir hafta muddatda yangi meva-sabzavot mahsulotlari, kartoshka, poliz mahsulotlari va uzum xarid qilish hamda ulardan foydalanish yuzasidan davlat buyurtmasi balansini ishlab chiqishni taʼminlash uchun barcha zarur materiallarni Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligiga taqdim etadilar, davlat buyurtmasi balansi keyinchalik belgilangan tartibda tasdiqlanadi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-dekabrdagi 766-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.12.2021-y., 09/21/766/1182-son)
IV. Davlat buyurtmasi bajarilishini tashkil etish va uning monitoringini olib borish
14. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzbekoziqovqatzaxira” uyushmasi, “Oʻzagroeksport” AJ ixtisoslashtirilgan tashqi savdo kompaniyasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda:
(14-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-dekabrdagi 766-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.12.2021-y., 09/21/766/1182-son)
meva-sabzavot mahsulotlarini qabul qilish, dastlabki qayta ishlash, saqlash va tashish boʻyicha zarur logistika infratuzilmasini tashkil etadilar;
meva-sabzavot mahsulotlarini oʻrab-joylash uchun plastik, karton oʻrash-joylash materiallari ishlab chiqarilishini tashkil etadilar;
meva-sabzavot mahsulotlarini qabul qiladilar, transportda tashiydilar, navlarga ajratadilar, kalibrlaydilar, oʻrab-joylaydilar, saqlaydilar, qayta ishlaydilar va ichki va tashqi bozorlarga yetkazib beradilar. Meva-sabzavot mahsulotlari yetkazib beruvchilar tomonidan tashilganda transportda tashish xarajatlari buyurtmachilar tomonidan qoplanadi.
15. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, viloyatlar va tumanlar hokimliklarining hududlarni kompleks rivojlantirish yigʻma boshqarmalari va boʻlimlari:
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzsharobsanoat” AJ, “Oʻzbekoziqovqatzaxira” uyushmasi, “Oʻzagroeksport” AJ ixtisoslashtirilgan tashqi savdo kompaniyasi bilan birgalikda kontraktatsiya shartnomalari bajarilishi monitoringini olib boradilar;
(15-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-dekabrdagi 766-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.12.2021-y., 09/21/766/1182-son)
har oyda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga hamda Qishloq xoʻjaligi vazirligiga monitoring natijalari boʻyicha axborot kiritadilar.
(15-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Yangi meva-sabzavot mahsulotlari, kartoshka, poliz mahsulotlari va uzum xarid qilish yuzasidan davlat buyurtmasi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Yangi meva-sabzavot mahsulotlarini xarid qilish va ulardan foydalanish yuzasidan davlat buyurtmasi balansini ishlab chiqish va bajarilishi monitoringini olib borish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

I bosqich

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

“Oʻzsharobsanoat” AJ,

“Oʻzbekoziqovqatzaxira” uyushmasi,

“Oʻzagroeksport” AJ,

qayta ishlash korxonalari, tayyorlovchilar, eksport qiluvchi korxonalar

Kish-bahor davriga gʻamlash uchun qayta ishlash korxonalari, tayyorlovchilar, shuningdek eksport qiluvchi korxonalar ehtiyojlarini oʻrganish. Ehtiyojlarni viloyat hokimliklarining hududlarni kompleks rivojlantirish yigʻma boshqarmalariga taqdim etish.

Har yili 1-iyulgacha


II bosqich

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

“Oʻzbekoziqovqatzaxira” uyushmasi,

“Oʻzagroeksport” AJ,

Davlat statistika qoʻmitasi,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

viloyat hokimliklarining hududlarni kompleks rivojlantirish yigʻma boshqarmalari

Quyidagilardan:

qayta ishlash korxonalarining ishlab turgan quvvatlaridan:

hududlar aholisi sonini hisobga olgan holda ichki isteʼmol bozorida narxlar barqarorligini saqlab turish uchun zarur boʻlgan gʻamlash hajmlar”dan;

tashki sotish bozorlari talab va takliflaridan, shuningdek tuzilgan eksport kontraktlaridan kelib chiqqan xolda, taqdim etilgan materiallar asosida meva-sabzavot mahsulotlariga ehtiyojni birgalikda ishlab chiqish. kelishish va shakllantirish.

Har yili 20-iyulgacha


III bosqich

Viloyat hokimliklarining hududlarni kompleks rivojlantirish yigʻma boshqarmalari,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

“Oʻzsharobsanoat” AJ,

“Oʻzbekoziqovqatzaxira” uyushmasi,

“Oʻzagroeksport” AJ

Meva-sabzavot mahsulotlariga davlat buyurtmasining dastlabki hajmlarini turlari, miqdori va yetkazib berish muddatlari boʻyicha Iqtisodiyot vazirligiga taqdim etish.

Har yili 1-avgustgacha


IV bosqich

Iqtisodiyot vazirligi,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

Takliflarni umumlashtirish xamda meva-sabzavot mahsulotlarini xarid qilish va ulardan foydalanish yuzasidan davlat buyurtmasi dastlabki balansi koʻrsatkichlarini buyurtmachilarga yuborish.

Har yili 15-avgustgacha


V bosqich

Iqtisodiyot vazirligi

Meva-sabzavot mahsulotlarini xarid qilish va ulardan foydalanish yuzasidan davlat buyurtmasi dastlabki balansini buyurtmachilarga, Qishloq xoʻjaligi vazirligiga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga. viloyatlar hokimliklariga Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasini oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish uchun yuborish.

Har yili 15-avgustgacha


VI bosqich

Iqtisodiyot vazirligi,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

Davlat buyurtmasi balansi hajmlarini Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari bilan meva-sabzavot tegishli turlarini yetishtirish imkoniyatlari yuzasidan kelishish.

Har yili 20-avgustgacha


VII bosqich

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari

Meva-sabzavot mahsulotlarini xarid qilish va ulardan foydalanish yuzasidan davlat buyurtmasi dastlabki balansi hajmlarini tuman hokimliklariga, fermer va dehqon xoʻjaliklariga, agrofirmalarga va meva-sabzavot mahsulotlarining boshqa yetishtiruvchilariga yetkazish.

Har yili 20-avgustgacha


VIII bosqich

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

“Oʻzsharobsanoat” AJ,

“Oʻzbekoziqovqatzaxira” uyushmasi,

“Oʻzagroeksport” AJ,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari

Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasini oʻtkazish, Meva-sabzavot mahsulotlarini yoʻnalishlar boʻyicha, shu jumladan qayta ishlash, gʻamlash va eksport qilish uchun xarid qilish yuzasidan kontraktatsiya shartnomalari tuzish.

Har yili yarmarka oʻtkazish davrida


IX bosqich

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

“Oʻzagroeksport” AJ,

“Oʻzsharobsanoat” AJ,

“Oʻzbekoziqovqatzaxira” uyushmasi

Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasi yakunlari boʻyicha materiallarni umumlashtirish xamda meva-sabzavot mahsulotlarini xarid qilish va ulardan foydalanish yuzasidan davlat buyurtmasini ishlab chiqish uchun Iqtisodiyot vazirligiga taqdim etish.

Har yili yarmarka tugagan kundan boshlab bir hafta muddatda


X bosqich

Iqtisodiyot vazirligi,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

Kelgusi kalendar yil uchun meva-sabzavot mahsulotlarini xarid qilish va ulardan foydalanish yuzasidan davlat buyurtmasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Xar yili yarmarka tugagan kundan boshlab 20 kundan kechikmay


XI bosqich

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

“Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari

Meva-sabzavot mahsulotlarini xarid qilish va ulardan foydalanish yuzasidan davlat buyurtmasi parametrlaridan kelib chiqqan xolda qishloq xoʻjaligi ekinlarini viloyatlar, tumanlar va fermer xoʻjaliklari boʻyicha joylashtirish.

Har yili balans tasdiqlangandan keyin


XII bosqich

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

“Oʻzsharobsanoat” AJ qayta ishlash korxonalari,

“Oʻzbekoziqovqatzaxira” uyushmasi tayyorlov korxonalari.

“Oʻzagroeksport” AJ hududiy filiallari

Meva-sabzavot mahsulotlarini xarid qilish va ulardan foydalanish yuzasidan davlat buyurtmasini bajarish boʻyicha tuzilgan kontraktatsiya shartnomalari va eksport kontraktlarining bajarilishi toʻgʻrisida tuman hokimliklarining hududlarni kompleks rivojlantirish yigʻma boʻlimlariga axborot taqdim etish.

Har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 3-sanasigacha


XIII bosqich

Tuman hokimliklarining hududlarni kompleks rivojlantirish yigʻma boʻlimlari

Meva-sabzavot mahsulotlarini xarid qilish va ulardan foydalanish yuzasidan davlat buyurtmasi parametrlarining bajarilishi toʻgʻrisidagi materiallarni umumlashtirish va viloyat hokimliklarining hududlarni kompleks rivojlantirish yigʻma boshqarmalariga taqdim etish.

Har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 5-sanasigacha


XIV bosqich

Viloyat hokimliklarining hududlarni kompleks rivojlantirish yigʻma boshqarmalari

Meva-sabzavot mahsulotlarini xarid qilish va ulardan foydalanish yuzasidan davlat buyurtmasi parametrlarining bajarilishi toʻgʻrisidagi materiallarni umumlashtirish va Iqtisodiyot vazirligiga taqdim etish.

Har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 6-sanasigacha


XV bosqich

Iqtisodiyot vazirligi

Meva-sabzavot mahsulotlarini xarid qilish va ulardan foydalanish yuzasidan davlat buyurtmasi parametrlarining bajarilishi toʻgʻrisidagi materiallarni umumlashtirish va Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish.

Har chorakda hisobot oyidan keyingi oyning 7-sanasigacha

(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-dekabrdagi 766-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.12.2021-y., 09/21/766/1182-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 24-son, 291-modda; 2017-y., 29-son, 693-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2017-y., 09/17/1021/0465-son, 16.07.2018-y., 09/18/539/1519-son; 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son; 17.01.2020-y., 09/20/30/0061-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2021-y., 09/21/393/0596-son, 22.12.2021-y., 09/21/766/1182-son, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)