Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Isteʼmolchilar huquqlari himoya qilinishini taʼminlash, sertifikatlanmagan, saqlash muddati oʻtib ketgan, isteʼmol qilish uchun yaroqsiz boʻlgan oziq-ovqat mahsulotlari sotilishining oldini olish, aholi salomatligiga zarar yetkazilishiga yoʻl qoʻymaslik, shuningdek oziq-ovqat tovarlari savdosini tashkil etishda tartib oʻrnatish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar koʻrish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Belgilab qoʻyilsinki, 1998-yil 10-sentabrdan boshlab, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan un, qand-shakar, mol yogʻi, margarin, quruq sut, bolalar oziq-ovqati, choy, makaron va qandolatchilik mahsulotlari, goʻsht, baliq va meva-sabzavot konservalari, pishloq, kolbasa mahsulotlari, alkogolsiz ichimliklar bilan chakana savdo qilish, zarur asbob-uskunalar bilan jihozlangan, muvofiqlik va sifat sertifikatlari, tayyorlangan sanasi va yaroqlilik muddatlari, narxnomalar, tovarlarni saqlash va sotish uchun sanitariya shart-sharoitlari, amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan boshqa talablar mavjud boʻlishini nazarda tutuvchi savdo qoidalariga albatta rioya qilingan holda faqat turgʻun savdo korxonalari orqali amalga oshiriladi.
Bunda aholiga oʻsimlik yogʻi, alkogol va tamaki mahsulotlarini sotish faqat yuridik shaxs shaklidagi chakana savdo tashkilotlari tomonidan nazorat-kassa apparatlari va toʻlovlarni bank plastik kartochkalaridan qabul qilish terminallari bilan jihozlangan turgʻun savdo shoxobchalari orqali amalga oshiriladi.
2. Mazkur qarorning
1-bandi bajarilishini taʼminlash uchun javobgarlik Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasiga va Ichki ishlar vazirligiga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklariga yuklansin. Ushbu qarorning
1-bandi bajarilishi toʻgʻrisida 1998-yil 1-noyabrda maʼlumot berilsin.
Mazkur qarorning
1-bandida koʻrsatib oʻtilgan shartlarga rioya qilinmaganda, shuningdek, tovarlar savdo qoidalari buzilgan holda sotilganda, ushbu tovarlar savdosi toʻxtatiladi, uning sotuvchilariga nisbatan amaldagi qonunlarga muvofiq qattiq maʼmuriy javobgarlik, qonunchilikda belgilangan tartibda tovarni olib qoʻyib keyinchalik uni musodara qilishgacha boʻlgan jazo choralari qoʻllaniladi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oziq-ovqat mahsulotlarining ayrim turlarini sotishni tartibga solish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1997-yil 29-iyuldagi 373-son qarorining
1-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosari M. 3. Usmonov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari zimmasiga yuklansin.