1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.27.00 Qimor va garov o‘yinlar (lotereyalar, totalizatorlar);
2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.26.00.00 Zayomlar. Lotereyalar;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.06.00 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash. Ruxsat berish (shuningdek, 02.08.06.00ga qarang) / 09.01.06.02 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash tartibi]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash]
Lotereyalar tashkil etish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 16-avgustdagi 176-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 33-34-son, 344-modda)
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli “Ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning barqarorligini ta’minlash, sifati va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
“Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Lotereyalar tashkil etish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 16-avgustdagi 176-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 33-34-son, 344-modda)
2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Lotereyalar, totalizator va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlar tashkil etish faoliyati bilan shug‘ullanish huquqiga litsenziyalar berish yuzasidan xulosalar tayyorlash bo‘yicha ekspert komissiyasi tarkibi va uning to‘g‘risidagi nizomni ikki hafta muddatda tasdiqlasin.
3. Belgilab qo‘yilsinki, mazkur qaror kuchga kirgunga qadar berilgan litsenziyalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 15-noyabrdagi 396-son qaroriga muvofiq belgilangan muddatlarda qayta rasmiylashtirilgan taqdirda ularning amal qilish muddati tugagungacha haqiqiy hisoblanadi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi:
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 15-noyabrdagi 396-son qaroriga muvofiq litsenziyalarni qayta rasmiylashtirishda yuridik shaxs-litsenziatlarning mazkur qaror talablariga muvofiqligini ham hisobga olsin;
lotereyalar tashkil etish shartlarini faqat litsenziyalari mazkur qaror talablariga muvofiq qayta rasmiylashtirilgan yoki berilgan yuridik shaxslar uchun tasdiqlasin;
(4-bandning uchinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 16-avgustdagi 176-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 33-34-son, 344-modda)
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi hamda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan birgalikda belgilangan tartibda litsenziya olmagan yoki ularni qayta rasmiylashtirmagan yuridik shaxslarning lotereyalar tashkil etish faoliyatiga yo‘l qo‘ymaslik chora-tadbirlarini ko‘rsin.
(4-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-iyundagi 402-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.06.2021-y., 09/21/402/0618-son)
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘. SULTONOV
Toshkent sh.,
2003-yil 16-iyul,
314-son
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 16-iyuldagi 314-son qaroriga ILOVA
Lotereyalar tashkil etish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida
(nizom nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 16-avgustdagi 176-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 33-34-son, 344-modda)
Nizom
I.Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom lotereyalar tashkil etish faoliyatini litsenziyalash tartibini belgilaydi.
Muayyan tovarlar va xizmatlar iste’molchilari o‘rtasida sotuvlarni rag‘batlantirish maqsadida, o‘yinda qatnashganlik uchun qo‘shimcha haq undirilmasdan o‘tkaziladigan pul-buyum yutuqlari o‘yinlari litsenziyalanmaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 16-avgustdagi 176-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 33-34-son, 344-modda)
2. Lotereyalar tashkil etish faoliyatini litsenziyalash O‘zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi (keyingi o‘rinlarda litsenziyalovchi organ deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.
(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)
Litsenziyalar berish to‘g‘risidagi hujjatlarni ko‘rib chiqish (ularning amal qilish muddatini uzaytirish) va ular yuzasidan xulosalar tayyorlash uchun litsenziyalovchi organda ekspert komissiyasi tuziladi. Ekspert komissiyasi tarkibi va uning to‘g‘risidagi nizom litsenziyalovchi organ tomonidan tasdiqlanadi. Ekspert komissiyasi majlislari yigirma kunda kamida bir marta o‘tkaziladi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 16-avgustdagi 176-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 33-34-son, 344-modda)
4. Lotereyalar tashkil etish faoliyatini amalga oshirishga namunaviy (oddiy) litsenziyalar beriladi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 16-avgustdagi 176-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 33-34-son, 344-modda)
5. Lotereyalar tashkil etish faoliyatini amalga oshirish huquqiga litsenziya 5 yil muddatga beriladi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 16-avgustdagi 176-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 33-34-son, 344-modda)
II. Litsenziya talablari va shartlari
6. Lotereyalar tashkil etish faoliyatini amalga oshirishda quyidagilar litsenziya talablari va shartlari hisoblanadi:
a) lotereyalar tashkil etish sohasidagi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga, litsenziyalovchi organning normativ-huquqiy hujjatlariga majburiy rioya etish;
(6-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
b) litsenziatning o‘z mablag‘lari (sarmoyasi) yetarli bo‘lishini va ularning hamda boshqa moliyaviy ko‘rsatkichlarining quyidagi normativlar va talablarga muvofiq bo‘lishini ta’minlash:
litsenziat ustav fondining shakllantirilgan miqdori lotereyalar tashkil etish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar uchun 200 mln so‘mdan kam bo‘lmasligi kerak, shundan ellik foizi pul mablag‘lari bilan shakllantiriladi. Bunda lotereyalar tashkil etish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish huquqi uchun litsenziya olish to‘g‘risida ariza berilgan vaqtda litsenziya talabgorining ustav fondi ko‘rsatib o‘tilgan eng kam miqdorda to‘liq shakllantirilgan bo‘lishi kerak. Lotereyalar tashkil etish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiradigan yuridik shaxslar ustav fondini shakllantirish uchun kreditga, garov ostida olingan mablag‘lardan hamda boshqa jalb qilingan mablag‘lardan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.
chiqarilayotgan va muomaladagi o‘yin biletlari hajmi faoliyatning birinchi yili mobaynida — litsenziat o‘z sarmoyasining besh baravaridan, faoliyatning ikkinchi yili mobaynida – o‘n baravaridan va faoliyatning keyingi yillarida – yigirma besh baravaridan ortiq bo‘lmasligi kerak. Litsenziatning o‘z sarmoyasi miqdori yetarli bo‘lmagan taqdirda lotereyalar mo‘ljallanayotgan hajmda faqat moliya tashkilotlarining zarur miqdorlarda ta’minlash kafolati mavjud bo‘lganda o‘tkazilishi mumkin;
budjet va davlat maqsadli fondlariga muddati o‘tkazib yuborilgan majburiy to‘lovlarning, xodimlarga ish haqi bo‘yicha qarzlarning, shuningdek moliya tashkilotlari kreditlari bo‘yicha muddati o‘tkazib yuborilgan to‘lovlarning mavjud emasligi;
v) litsenziat rahbarining oliy ma’lumotga (iqtisodiy, yuridik, matematik yoxud axborot texnologiyalari ixtisosliklaridan biri bo‘yicha) hamda tegishli ixtisoslik bo‘yicha kamida ikki yil ish stajiga ega bo‘lishi.
Quyidagi shaxslar litsenziatning rahbari va bosh buxgalteri bo‘lishi mumkin emas:
yakka holda ijro etuvchi organ funksiyalarini bajargan, kollegial ijro etuvchi organ tarkibiga kirgan, lotereyalar tashkil etish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirgan yuridik shaxsning, ushbu shaxslarning aybi bilan yo‘l qo‘yilgan litsenziya talablari va shartlari buzilganligi uchun ko‘rsatib o‘tilgan yuridik shaxsda faoliyatning tegishli turini amalga oshirishga berilgan litsenziyalarning amal qilishi to‘xtatilgan paytda, agar bunday to‘xtash paytidan boshlab uch yildan kam vaqt o‘tgan bo‘lsa, muassislari yoki bosh buxgalterlari bo‘lgan shaxslar;
iqtisodiyot sohasidagi jinoyat uchun yoki boshqaruv tartibiga qarshi jinoyat uchun olib tashlanmagan sudlanganlikka ega bo‘lgan shaxslar;
yuridik shaxs bankrot deb e’tirof etilgan paytda va e’tirof etilgan paytdan boshlab ikki yil o‘tmagan bo‘lsa, yakka holda ijro etuvchi organ funksiyalarini bajargan yoki kollegial ijro etuvchi organ tarkibiga kirgan shaxslar;
g) litsenziat shtatida lotereyalar tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha maxsus kurslarda o‘qiganligi to‘g‘risidagi sertifikatga ega bo‘lgan, ular uchun litsenziat asosiy ish joyi hisoblangan kamida ikki nafar mutaxassisning bo‘lishi. Litsenziatda sertifikatga ega bo‘lgan mutaxassislar soni ikki nafardan kam bo‘lib qolgan taqdirda litsenziat ikki oy muddatda mutaxassislar sonini belgilangan miqdorgacha tiklash chora-tadbirlarini ko‘rishi kerak;
d) o‘yinlarni faqat yutuqli biletlarni tasodifiy tanlab olish jarayoniga inson omilining biron-bir ta’sirini to‘liq istisno qiluvchi texnologiyalar va jihozlarni qo‘llagan holda o‘tkazish;
e) litsenziyalovchi organ tomonidan tasdiqlangan lotereyalar o‘tkazish shartlariga rioya etish, lotereyalarni tayyorlash, saqlash va tarqatish, o‘yinlarni o‘tkazish, shuningdek yutuqlarni berish (to‘lash) tartibidan qandaydir chetga chiqilishini istisno qilish.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 16-avgustdagi 176-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 33-34-son, 344-modda)
7. Lotereyalar, totalizator yoki tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlar tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha maxsus kurslarda o‘qiganligi to‘g‘risidagi sertifikatlar berish litsenziyalovchi organ tomonidan tasdiqlanadigan dastur bo‘yicha o‘tkaziladigan maxsus kurslarda o‘qigandan va malaka imtihoni topshirilgandan keyin amalga oshiriladi. Malaka imtihoni kurslar tashkilotchisi va litsenziyalovchi organ vakillaridan iborat tarkibdagi komissiya tomonidan qabul qilinadi. Lotereyalar tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha mutaxassislarni o‘qitish lotereyalar, totalizator yoki tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlar tashkilotchilari birlashmalari, respublika oliy o‘quv yurtlari, shuningdek litsenziyalovchi organ bilan kelishgan holda, qonunchilikda belgilangan tartibda o‘qitish sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi boshqa shaxslar tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
III. Litsenziya olish uchun taqdim etiladigan hujjatlar
8. Litsenziya olish uchun litsenziya talabgori litsenziyalovchi organga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning joylashgan joyi (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bankdagi hisob raqami, yuridik shaxs amalga oshirishni mo‘ljallayotgan faoliyatning litsenziyalanadigan turi (lotereyalar o‘tkazish shakli ko‘rsatilgan holda) ko‘rsatilgan holdagi litsenziya berish to‘g‘risidagi ariza;
(8-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 16-avgustdagi 176-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 33-34-son, 344-modda)
yuridik shaxsning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi;
(8-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
litsenziya talabgori arizasining litsenziyalovchi organ tomonidan ko‘rib chiqilganligi uchun litsenziya talabgorining yig‘im to‘laganligini tasdiqlovchi hujjat;
litsenziya talabgori rahbari va bosh buxgalterining mehnat daftarchalari nusxalari;
litsenziya talabgorining moliyaviy ko‘rsatkichlari uchun belgilangan normativlar hisob-kitobi;
litsenziya talabgori tashkil etishni mo‘ljallayotgan lotereya o‘tkazish shartlarining litsenziya talabgori rahbari tomonidan imzolangan loyihasi.
(8-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 10-avgustdagi 661-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2019-y., 09/19/661/3571-son)
9. Litsenziya talabgoridan mazkur Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlarning taqdim etilishini talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
10. Hujjatlar litsenziya talabgori tomonidan litsenziyalovchi organga bevosita yoxud ularning olinganligi to‘g‘risidagi bildirishnoma bilan pochta aloqa vositasi orqali yetkazib beriladi.
Hujjatlar litsenziyalovchi organ ekspert komissiyasining mas’ul kotibi tomonidan ro‘yxat bo‘yicha qabul qilinadi, ro‘yxatning nusxasi litsenziyalovchi organ tomonidan hujjatlar qabul qilib olingan sana to‘g‘risida belgi qo‘yilgan holda ariza beruvchiga yuboriladi (topshiriladi). Ekspert komissiyasi mas’ul kotibi joyida bo‘lmaganligi sababli hujjatlarni qabul qilishning rad etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Ekspert komissiyasi mas’ul kotibi vaqtincha bo‘lmagan taqdirda uning funksiyalarini litsenziyalovchi organ tomonidan belgilangan tartibda belgilanadigan shaxs bajaradi.
11. Ishonchli bo‘lmagan yoki buzilgan ma’lumotlar taqdim etilganligi uchun litsenziya talabgori O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq javob beradi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
IV. Arizani ko‘rib chiqish va litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilish
12. Litsenziya talabgorining litsenziya berish to‘g‘risidagi arizasining ko‘rib chiqilganligi uchun qonunchilikda belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida yig‘im undiriladi. Litsenziya talabgori arizasining ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im summasi litsenziyalovchi organning hisob raqamiga o‘tkaziladi. Litsenziya talabgori berilgan arizadan voz kechgan taqdirda to‘langan yig‘im summasi qaytarilmaydi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
13. Lotereyalar tashkil etish faoliyatini litsenziyalash ushbu Nizomga ilova qilinayotgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Litsenziyalovchi organ litsenziya talabgorining arizasi barcha zarur hujjatlar bilan olingan kundan boshlab o‘ttiz kundan ortiq bo‘lmagan muddatda litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 16-avgustdagi 176-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 33-34-son, 344-modda)
14. Litsenziya talabgorining barcha zarur hujjatlar bilan arizasi ular qabul qilib olingan kunda ko‘rib chiqish uchun ekspert komissiyasiga kiritiladi.
Ekspert komissiyasi yigirma kundan ortiq bo‘lmagan muddatda taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqadi va ular yuzasidan litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida ekspert xulosasi tayyorlaydi.
Litsenziyalovchi organ ekspert komissiyasi xulosasi asosida o‘n kun muddatda litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Litsenziyalovchi organ litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga muvofiqligini aniqlash uchun o‘z mablag‘lari hisobiga:
joylarga chiqib litsenziya talabgorida faoliyatning litsenziyalanadigan turini amalga oshirish uchun mavjud shart-sharoitlarni baholashga;
tegishli xulosalar tayyorlash uchun ekspertlarni shartnoma asosida jalb qilishga haqlidir.
15. Litsenziyalovchi organ litsenziya talabgorini qabul qilingan qaror to‘g‘risida tegishli qaror qabul qilingandan keyin uch kun muddatda xabardor qiladi.
Litsenziya berishga qaror qilinganligi to‘g‘risidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga bank hisob raqami rekvizitlari, davlat boji to‘lash muddati ko‘rsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi).
16. Litsenziyalovchi organ hamda litsenziatning o‘zaro huquq va majburiyatlarini belgilovchi litsenziya bitimida quyidagilar bo‘lishi kerak:
bitimni imzolagan shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi;
tomonlarning rekvizitlari;
amalga oshirilishiga litsenziya berilayotgan faoliyat turining nomi;
litsenziatga qo‘yiladigan litsenziya talablari va shartlari;
litsenziyaning amal qilish muddati;
litsenziya bitimi talablari va shartlari buzilganligi uchun tomonlarning javobgarligi;
litsenziya bitimi talablari va shartlari bajarilishini litsenziyalovchi organ tomonidan nazorat qilish tartibi;
litsenziyalanadigan faoliyat turini amalga oshirish xususiyatlariga taalluqli boshqa shartlar.
Litsenziya bitimi ikki nusxada — litsenziat va litsenziyalovchi organ uchun bir nusxadan tuziladi.
17. Litsenziyalar maxsus blankalarda rasmiylashtiriladi. Litsenziya blankasi namunasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 20-dekabrdagi 488-son qaroriga muvofiq litsenziyalovchi organ tomonidan tasdiqlanadi.
Litsenziyalar blankalari qat’iy hisobda turadigan hujjatlar hisoblanadi, hisobga olish seriyasiga, tartib raqamiga va himoyalanganlik darajasiga ega bo‘ladi. Litsenziyalar blankalari litsenziyalovchi organ buyurtmasi bo‘yicha “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasida bosmaxona usulida tayyorlanadi. Litsenziyalovchi organda litsenziya blankalarining hisobga olinishi, saqlanishi va maqsadli foydalanilishi uchun mas’ul shaxs belgilanadi.
Litsenziyalar litsenziya talabgori tomonidan davlat boji to‘langanini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgandan va u litsenziya bitimini imzolagandan keyin ikki kun muddatda rasmiylashtiriladi va beriladi.
18. Agar litsenziat litsenziya berish to‘g‘risida qaror qabul qilinganligi haqidagi bildirishnoma yuborilgan (topshirilgan) vaqtdan boshlab uch oy mobaynida litsenziyalovchi organga litsenziya berilganligi uchun davlat boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etmasa yoxud litsenziya bitimini imzolamasa, litsenziyalovchi organ litsenziyani bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qilishga haqlidir.
19. Litsenziya berish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha rad etilishi mumkin.
Litsenziya talabgori litsenziyalovchi organning litsenziya berish rad etilishi to‘g‘risidagi qarori, shuningdek litsenziyalovchi organ mansabdor shaxsining xatti-harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga egadir.
(19-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
20. Litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda rad etish to‘g‘risidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga rad etishning aniq sabablari va litsenziya talabgori ko‘rsatib o‘tilgan sabablarni bartaraf etib hujjatlarni takroran ko‘rib chiqishga taqdim etishi uchun yetarli bo‘lgan muddat ko‘rsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi). Litsenziya berishni rad etish haqidagi xabarnomada ko‘rsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur bo‘lgan vaqtga mutanosib bo‘lishi kerak
(20-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
Litsenziya talabgori tomonidan litsenziya berishni rad etish uchun asos bo‘lgan sabablar bartaraf etilgan taqdirda, hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish litsenziya talabgorining arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda olingan kundan boshlab o‘n kundan ortiq bo‘lmagan muddatda litsenziyalovchi organ tomonidan amalga oshiriladi.
Ayni vaqtda qayta taqdim etilgan hujjatlar ular qabul qilingan kunda ko‘rib chiqish uchun ekspert komissiyasiga kiritiladi.
Ekspert komissiyasi olti kundan ortiq bo‘lmagan muddatda taqdim etilgan hujjatlarni qayta ko‘rib chiqadi va ular bo‘yicha litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida ekspert xulosasi tayyorlaydi.
Litsenziyalovchi organ ekspert komissiyasi xulosasi asosida to‘rt kun muddatda litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Litsenziya talabgori arizalarining qayta ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im undirilmaydi.
Litsenziya talabgorining arizasini qayta ko‘rib chiqishda ilgari litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi bildirishnomada ko‘rsatilmagan yangi asoslar bo‘yicha litsenziya berishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi bildirishnomada ko‘rsatilgan muddat o‘tgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi.
(20-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan oltinchi, yettinchi va sakkizinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
V. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish, uning amal qilish muddatini uzaytirish, dublikat berish
21. Litsenziat o‘zgartirilgan, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) o‘zgargan taqdirda, litsenziat yoki uning huquqiy vorisi qayta ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin bir oy muddatda litsenziyalovchi organga ko‘rsatib o‘tilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza berishi shart.
Yangidan vujudga kelgan yuridik shaxsni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sanasida lotereyalar tashkil etish faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lgan litsenziatlar qo‘shib yuborilgan taqdirda, litsenziyani ushbu bandning birinchi xatboshida nazarda tutilgan tartibda qayta rasmiylashtirishga yo‘l qo‘yiladi.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-oktabrdagi 884-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2018-y., 09/18/884/2128-son)
22. Litsenziat litsenziya qayta rasmiylashtirilgunga qadar unda ko‘rsatilgan faoliyatni ilgari berilgan litsenziya asosida amalga oshiradi.
23. Litsenziyalovchi organ litsenziyani qayta rasmiylashtirishda litsenziyalar reyestriga tegishli o‘zgartirishlar kiritadi. Litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish litsenziyalovchi organ tomonidan, tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza olingan kundan boshlab besh kun mobaynida amalga oshiriladi.
Litsenziyani qayta rasmiylashtirishda litsenziya talabgorining litsenziya berish to‘g‘risidagi arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun to‘lanadigan summaning yarmi miqdorida yig‘im undiriladi. Yig‘im summasi litsenziyalovchi organ hisob raqamiga o‘tkaziladi.
24. Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish litsenziatning arizasiga ko‘ra amalga oshiriladi.
Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi ariza litsenziyalovchi organga litsenziyaning amal qilish muddati o‘tgunga qadar ikki oydan kechikmay berilishi kerak.
Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish yoki uni uzaytirishni rad etish to‘g‘risidagi qaror litsenziya berish uchun nazarda tutilgan tartibda qabul qilinadi.
25. Amal qilish muddati o‘tmagan yo‘qolgan yoki yaroqsiz holga kelgan litsenziya o‘rniga litsenziatning arizasiga ko‘ra dublikat berilishi mumkin. Bunda litsenziat yo‘qolgan yoki yaroqsiz bo‘lib qolgan litsenziyaning haqiqiy emasligi to‘g‘risida ommaviy axborot vositalarida e’lon berishi, shuningdek e’lonni litsenziyalovchi organga taqdim etishi shart.
Litsenziya dublikati berishda litsenziya talabgorining litsenziya berish to‘g‘risidagi arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun to‘lanadigan summaning yarmi miqdorida yig‘im undiriladi. Yig‘im summasi litsenziyalovchi organ hisob raqamiga o‘tkaziladi.
VI. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish
26. Litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazorat litsenziyalovchi organ tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(26-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
27. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda litsenziyalovchi organ o‘z vakolatlari doirasida:
litsenziat tomonidan litsenziya talablari va litsenziya bitimlari shartlariga rioya etilishini qonunchilikda belgilangan tartibda rejali tekshirish;
(27-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
litsenziya talablari va shartlari litsenziat tomonidan buzilganligidan dalolat beruvchi hollar mavjud bo‘lgan taqdirda litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini qonunda belgilangan tartibda rejadan tashqari tekshirish;
litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish chog‘ida paydo bo‘ladigan masalalar yuzasidan zarur axborotni litsenziatdan so‘rash va olish;
tekshirishlar natijalari asosida, litsenziya talablari va shartlarining litsenziat tomonidan aniq buzilishlarini ko‘rsatgan holda dalolatnomalar (ma’lumotnomalar) tuzish;
litsenziatga aniqlangan buzilishlarni bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar chiqarish, bunday buzilishlarni bartaraf etish muddatlarini belgilash;
litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish, to‘xtatish yoki litsenziyani bekor qilish to‘g‘risida qonunchilikda belgilangan tartibda qaror chiqarish yoki sudga murojaat qilish;
(27-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan faoliyatni litsenziyasiz amalga oshirishning aniqlangan hollari to‘g‘risidagi materiallarni qonunchilikda nazarda tutilgan chora-tadbirlar ko‘rish uchun belgilangan tartibda soliq organlariga yuborish.
(27-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
28. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirishda litsenziyalovchi organning tekshiruvchi xodimlari tomonidan ikki nusxada dalolatnoma tuziladi, ularning bittasi litsenziatga beriladi, ikkinchi nusxasi litsenziyalovchi organda qoladi.
VII. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish, to‘xtatish, litsenziyani bekor qilish
29. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish va to‘xtatish, litsenziyani bekor qilish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining tegishli ravishda 22—24-moddalarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda amalga oshiriladi.
(29-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
30. Litsenziyalovchi organning litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish yoki to‘xtatish, litsenziyani bekor qilish to‘g‘risidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Sud tomonidan litsenziyalovchi organ qarorining asossiz ekanligi e’tirof etilgan taqdirda, litsenziyalovchi organ litsenziat oldida litsenziat ko‘rgan zarar miqdorida javob beradi.
VIII. Litsenziyalar reyestri
31. Litsenziyalovchi organ litsenziyalar reyestrini yuritadi.
yuridik shaxsning nomi, uning tashkiliy-huquqiy shakli, pochta manzili, telefoni;
litsenziyalarning berilgan sanasi va tartib raqami;
litsenziyalarning amal qilish muddati;
litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish, ularning amal qilish muddatini to‘xtatib turish va tiklashning asoslari va sanasi;
litsenziyalarning amal qilishini to‘xtatish asoslari va sanasi;
litsenziyalarni bekor qilishning asoslari va sanasi;
dublikat berish asoslari va sanasi.
32. Litsenziyalarning reyestrlarida mavjud bo‘lgan ma’lumotlar litsenziyalovchi organning veb-saytiga joylashtiriladi va tanishib chiqish uchun ochiq bo‘ladi.
(32-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.18.00.00 Davlat boji / 07.18.04.00 Davlat bojini to‘lash tartibi]
IX. Litsenziya berilganligi uchun davlat boji
33. Lotereyalar tashkil etish faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berilganligi va uning amal qilish muddati uzaytirilganligi uchun “Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan miqdorda davlat boji undiriladi.
(33-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-iyundagi 384-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.06.2020-y., 09/20/384/0770-son)
Davlat boji respublika budjetiga o‘tkaziladi.
(33-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 16-avgustdagi 176-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 33-34-son, 344-modda)
34. Litsenziya talabgori (litsenziat) litsenziya berilganligi uchun davlat bojini to‘lab, litsenziyalovchi organ tomonidan qaror qabul qilinganligi haqidagi bildirishnoma yuborilgandan (topshirilgandan) keyin uch oy mobaynida litsenziya bitimini imzolamagan hollarda, litsenziyani bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qilingandan keyin davlat bojining to‘langan summasi qaytarilishi kerak.
Lotereyalar tashkil etish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomga ILOVA
Lotereyalar tashkil etish faoliyatini litsenziyalash sxemasi
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Litsenziya talabgori — yuridik shaxs
1. Lotereyalar tashkil etish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi Nizomda nazarda tutilgan ro‘yxatga muvofiq litsenziya olish uchun zarur hujjatlarni tayyorlaydi.
2. Kapital bozorini rivojlantirish agentligi (litsenziyalovchi organ) ekspert komissiyasiga hujjatlarni bevosita yoxud ularning olinganligi to‘g‘risida bildirishnoma bilan pochta aloqasi orqali taqdim etadi.
Litsenziya talabgori xohishiga ko‘ra
2-bosqich
Kapital bozorini rivojlantirish agentligi — litsenziyalovchi organ
1. Kapital bozorini rivojlantirish agentligi ekspert komissiyasi mas’ul kotibi hujjatlarni ro‘yxat bo‘yicha qabul qiladi, uning nusxasi hujjatlarni qabul qilish sanasi ko‘rsatilgan holda ariza beruvchiga yuboriladi (topshiriladi).
2. Hujjatlar ko‘rib chiqish uchun ekspert komissiyasiga kiritiladi.
3. Qayta taqdim etilgan hujjatlar ko‘rib chiqish uchun ekspert komissiyasiga kiritiladi.
Hujjatlarni qabul qilish kunida
3-bosqich
Kapital bozorini rivojlantirish agentligi ekspert komissiyasi
1. Hujjatlarni ko‘rib chiqadi, lotereyalar tashkil etish bo‘yicha litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida ekspert xulosasi tayyorlaydi.
2. Litsenziya berishni rad etish uchun asos bo‘lgan sabablar litsenziya talabgori tomonidan bartaraf etilgandan keyin qayta taqdim etilganda hujjatlarni ko‘rib chiqadi.
1) — ariza olingandan kundan boshlab 20 kundan ortiq bo‘lmagan muddatda,
2) — hujjatlar qayta taqdim etilgandan keyin 6 kun mobaynida
4-bosqich
Kapital bozorini rivojlantirish agentligi — litsenziyalovchi organ
1. Kapital bozorini rivojlantirish agentligi ekspert komissiyasi xulosasi asosida litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
2. Litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda litsenziya talabgoriga rad etishning aniq sabablari va litsenziya talabgori ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etib hujjatlarni qayta taqdim etishi uchun yetarli bo‘lgan muddat ko‘rsatilgan bildirishnoma yuboriladi (topshiriladi).
3. Litsenziya talabgorini qabul qilingan qaror to‘g‘risida yozma ravishda xabardor qiladi. Litsenziya berish to‘g‘risida qabul qilingan qaror bilan litsenziya talabgoriga imzolash uchun litsenziya bitimi yuboriladi.
4. Reyestrga tegishli yozuvni yozib qo‘yadi.
1) — 10 kun mobaynida (qayta ko‘rib chiqishda 4 kun mobaynida) 2), 3) — tegishli qaror qabul qilingandan keyin 3 kun mobaynida;
4) — litsenziya berish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kunda
5-bosqich
Litsenziat
Kapital bozorini rivojlantirish agentligiga litsenziya berilganligi uchun davlat boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etadi hamda litsenziya bitimini imzolaydi. Ushbu shartlar bajarilmagan taqdirda Kapital bozorini rivojlantirish agentligi litsenziyani bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qilishiga haqlidir.
— litsenziya talabgoriga litsenziya berish to‘g‘risida qaror qabul qilinganligi haqidagi bildirishnoma yuborilgan vaqtdan boshlab uch oydan kechikmay
Litsenziya tapabgori
1. Litsenziya berishni rad etish uchun asos bo‘lgan sabablar bartaraf etilgan taqdirda hujjatlarni qayta taqdim etish huquqiga ega.
2. Litsenziya talabgorlarining arizalari qayta ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im undirilmaydi.
3. Litsenziya berish rad etilganligi to‘g‘risidagi bildirishnomada ko‘rsatilgan muddat o‘tgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi.
— litsenziya berishni rad etilganligi to‘g‘risidagi bildirishnomada ko‘rsatilgan muddatda
6-bosqich
Kapital bozorini rivojlantirish agentligi — litsenziyalovchi organ
1. Litsenziat tomonidan davlat boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgan hamda litsenziya bitimi imzolangan taqdirda tegishli litsenziya blankalarini rasmiylashtiradi.
2. Litsenziatga rasmiylashtirilgan litsenziyani beradi.
— litsenziya bitimi imzolangandan va davlat boji to‘langandan keyin ikki kun muddatda
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y., 14-son, 113-modda; 2006-y., 20-21-son, 181-modda, 27-son, 250-modda; 46-47-son, 458-modda; 2007-y., 33-34-son, 344-modda; 2012-y., 6-son, 57-modda, 44-son, 507-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2018-y., 09/18/884/2128-son; 11.08.2019-y., 09/19/661/3571-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son; 16.06.2020-y., 09/20/384/0770-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.06.2021-y., 09/21/402/0618-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)