toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.08.2024
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirilayotganda bojxona bojlaridan ozod qilinadigan naslli mahsulotlar, texnologik va yordamchi asbob-uskunalar, kombikorm va qoʻshimcha yem ishlab chiqarish uchun komponentlar, shuningdek payvandtag, koʻchatlar va tomchilatib sugʻorish tizimi uchun asbob-uskunalar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2016-yil 12-apreldagi 110-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritish haqida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli “Ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning barqarorligini taʼminlash, sifati va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2016 — 2020-yillar davrida qishloq xoʻjaligini qayta shakllantirish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 29-dekabrdagi PQ-2460-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirilayotganda bojxona bojlaridan ozod qilinadigan naslli mahsulotlar, texnologik va yordamchi asbob-uskunalar, kombikorm va qoʻshimcha yem ishlab chiqarish uchun komponentlar, shuningdek payvandtag, koʻchatlar va tomchilatib sugʻorish tizimi uchun asbob-uskunalar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2016-yil 12-apreldagi 110-son qaroriga ilova*ga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi hamda “Oʻzstandart” agentligining ushbu qarorga ilovada koʻrsatilgan tomchilatib sugʻorish uskunasi Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmasligi toʻgʻrisidagi xulosasi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Davlat bojxona qoʻmitasi bilan birgalikda Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 12-apreldagi 110-son qarori bilan tasdiqlangan roʻyxatga muvofiq olib kirilayotgan naslli mahsulotlar, texnologik va yordamchi asbob-uskunalar, kombikorm va qoʻshimcha yem ishlab chiqarish uchun komponentlar, shuningdek payvandtag, koʻchatlar va tomchilatib sugʻorish tizimi uchun asbob-uskunalardan maqsadli foydalanilishi yuzasidan qatʼiy nazorat oʻrnatsin.
Belgilab qoʻyilsinki, Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 12-apreldagi 110-son qarori bilan tasdiqlangan roʻyxatga muvofiq olib kirilayotgan naslli mahsulotlar, texnologik va yordamchi asbob-uskunalar, kombikorm va qoʻshimcha yem ishlab chiqarish uchun komponentlar, shuningdek payvandtag, koʻchatlar va tomchilatib sugʻorish tizimi uchun asbob-uskunalardan maqsadli foydalanilmagan taqdirda, bojxona imtiyozlari berilishi munosabati bilan toʻlanmagan bojxona toʻlovlari summasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan moliyaviy jarimalar qoʻllangan holda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga olib qoʻyiladi.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari – qishloq va suv xoʻjaligi vaziri Z.T. Mirzayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 26-yanvar,
60-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.01.2018-y., 09/18/60/0632-son)