1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.04.00 Kichik va xususiy tadbirkorlik. Oilaviy tadbirkorlik;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.09.00 Tadbirkorlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.06.00 Fermer xoʻjaliklari. Klaster va issiqxona xoʻjaliklari;
4.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.07.00 Dehqon xoʻjaliklari (shaxsiy yordamchi xoʻjaliklar)]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash;
2.Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
KICHIK KORXONALAR, DEHQON VA FERMER XOʻJALIKLARINI MABLAGʻ BILAN TAʼMINLASH, MODDIY-TEXNIK TAʼMINLASH, ULARGA BOJXONA IMTIYOZLARI BERISH, BANK XIZMATLARI VA BOSHQA XIZMATLAR KOʻRSATISH BOʻYICHA QOʻSHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli “Ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning barqarorligini taʼminlash, sifati va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Kichik biznes, dehqon va fermer xoʻjaliklari tashkil etishni ragʻbatlantirishni kuchaytirish hamda bundan buyon jadal rivojlantirish, ularning moliyaviy, moddiy-texnika va xom ashyo resurslari olishini kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 17-yanvardagi 28-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 3-son, 31-modda)
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Savdo-sanoat palatasi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, tijorat banklari yangidan tashkil etilayotgan kichik biznes korxonalari, fermer va dehqon xoʻjaliklarini ularning dastlabki (boshlangʻich) sarmoyasini shakllantirishda har tomonlama qoʻllab-quvvatlasinlar.
(1-bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 26-dekabrdagi 1021-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2017-y., 09/17/1021/0465-son)
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 29-dekabrdagi 369-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2013-y., 1-son, 8-modda)
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.01.00 Umumiy masalalar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.01 Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilarini kreditlash (shuningdek, 09.14.17.05 ga qarang)]
mikrofirmalar, kichik korxonalar, dehqon (yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan) va fermer xoʻjaliklariga dastlabki (boshlangʻich) sarmoyani shakllantirish uchun kreditlar ular davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan keyin 6 oydan koʻp boʻlmagan davrda kredit olish uchun tegishli buyurtmanomalar bergan faqat yangidan ochilgan korxonalarga beriladi;
koʻrsatib oʻtilgan maqsadli kredit liniyalari hisobiga olingan dastlabki (boshlangʻich) sarmoya kichik biznes subyektlari, dehqon va fermer xoʻjaliklarining faoliyatini boshlash uchun aylanma mablagʻlarni shakllantirishga, investitsiya loyihasining texnik-iqtisodiy asoslanishi ishlab chiqilishiga, asbob-uskunalar olinishiga yoʻnaltirilishi mumkin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.05.00 Imtiyozli kreditlash]
2. Belgilab qoʻyilsinki, dastlabki (boshlangʻich) sarmoyani shakllantirish uchun kreditlar:
Markaziy bank qayta moliyalash stavkasining oltidan bir qismi miqdorida imtiyozli foiz stavkasi boʻyicha 3 yilgacha boʻlgan muddatga uzaytirish huquqisiz mikrofirmalar va dehqon (yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan) xoʻjaliklari uchun bazaviy hisoblash miqdorining 150 baravari miqdorigacha hamda kichik korxonalar va fermer xoʻjaliklari uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 300 baravari miqdorigacha;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
foizlar toʻlashni 12 oyga kechiktirish va asosiy qarzni kredit olingandan keyin 18—24 oy oʻtgach qaytarishni boshlash shartlarida beriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi, Dehqon va fermer xoʻjaliklari uyushmasi, “Biznes-fond” oʻn kun muddatda belgilangan tartibda Budjetdan tashqari jamgʻarmalarning kredit liniyalari hisobiga yakka tartibdagi tadbirkorlar, kichik va oʻrta biznes subyektlariga tijorat banklari tomonidan kredit berish tartibiga mazkur qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritsinlar.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 12-martdagi 121-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2004-y., 11-son, 127-modda)
4. Iqtisodiy sudlarga davlat bojini toʻlashni keyinchalik aybdor tomondan undirib olgan holda uni kechiktirib, kichik va oʻrta tadbirkorlik subyektlaridan qarzlarni undirish boʻyicha budjetdan tashqari jamgʻarmalarining daʼvolarini qabul qilish tavsiya etilsin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-yanvardagi 34-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/34/0605-son)
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.01.00 (Кучини йукотган) Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi / 07.10.01.04 (Кучини йукотган) Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi stavkasi / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari]
5. Dehqon va fermer xoʻjaliklarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasining kredit resurslarini kengaytirish maqsadida 2002-yil 1-yanvardan boshlab 2005-yil 31-dekabrigacha boʻlgan davrga Dehqon va fermer xoʻjaliklarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasining daromadlariga soliq stavkasi amaldagi stavkaning 50 foizi miqdorida belgilansin, boʻshab qolgan mablagʻlar kichik biznesni moliyaviy qoʻllab-quvvatlashga maqsadli yoʻnaltirilsin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 12-martdagi 121-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 11-son, 127-modda)
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.02.00.00 Bojxona tarifini tartibga solish / 10.02.07.00 Tarif imtiyozlari va prefensiyalar]
6. 2001-yil 1-oktabrdan boshlab moddiy ishlab chiqarish va xizmatlar koʻrsatish sohasining mikrofirmalari va kichik korxonalari, fermer xoʻjaliklari, shuningdek yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan dehqon xoʻjaliklarining oʻz ehtiyojlari uchun asbob-uskunalar, xom ashyo va moddiy resurslar importiga bojxona toʻlovlarini toʻlashi foiz undirilmagan holda 90 kun muddatga kechiktirilsin (bojxonada rasmiylashtirish uchun undiriladigan yigʻimlar bundan mustasno).
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi 777-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2020-y., 09/20/777/1620-son)
8. Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni ragʻbatlantirish boʻyicha respublika muvofiqlashtiruvchi Kengashi (R.S. Azimov) mazkur qarorning bajarilishini oʻrganib chiqsin va 2002-yilning I yarim yilligi yakunlari boʻyicha mikrofirmalar va kichik korxonalarning dastlabki (boshlangʻich) sarmoyasini shakllantirish uchun yoʻnaltiriladigan resurslarni koʻpaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar haqida takliflar kiritsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Adliya vazirligi Davlat matbuot qoʻmitasi, Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi, Dehqon va fermer xoʻjaliklari uyushmasi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2001-yil oxirigacha kichik va oʻrta biznes, xususiy tadbirkorlik, dehqon va fermer xoʻjaliklari sohasida qonun hujjatlari va normativ hujjatlar toʻplamlari qayta nashr etilishini taʼminlasinlar. Bunda kichik va oʻrta biznesni rivojlantirish ishida barcha masalalar mutlaqo muhim ahamiyatga ega ekanligidan va ikkinchi darajali vazifalar boʻlmasligidan kelib chiqib yangi toʻplamlarga yangidan qabul qilingan barcha qarorlar kiritilishi kerakligi nazarda tutilsin.
Koʻrsatib oʻtilgan toʻplamlarni tayyorlash va nashr etish uchun 1-ilovaga* muvofiq tarkibda maxsus komissiya tashkil etilsin.
* 1-ilova berilmaydi.
Qonun hujjatlari va normativ hujjatlarning qayta nashr etilgan toʻplamlari birinchi navbatda kichik va oʻrta biznes subyektlarga, dehqon va fermer xoʻjaliklariga hamda davlat huquqiy tizimi organlariga, xoʻjalik sudlariga va barcha nazorat organlariga yetkazib berilsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi kichik biznes sohasida tasdiqlanadigan, qabul qilinadigan va joriy etiladigan qonun hujjatlari hamda normativ-huquqiy hujjatlar ustidan doimiy monitoringni amaliyotga kiritsin.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 17-yanvardagi 28-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 3-son, 31-modda)
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 29-dekabrdagi 369-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2013-y., 1-son, 8-modda)
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari R.S. Azimov va Oʻ.Q. Ismoilov zimmasiga yuklansin.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 29-dekabrdagi 369-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2013-y., 1-son, 8-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 17-son, 126-modda; 2003-y., 4-son, 42-modda; 2004-y., 3-son, 31-modda, 11-son, 127-modda; 2005-y., 5-6-son, 34-modda; 2013-y., 1-son, 8-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2017-y., 09/17/1021/0465-son, 23.01.2018-y., 09/18/34/0605-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 14.12.2020-y., 09/20/777/1620-son)