

<!DOCTYPE html>
<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>
	
</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />
    <script src="/assets/js/jquery.min.js"></script>

    <style type="text/css">
        body, html {
            height: 100%
        }

        body {
            margin: 0;
            padding: 0;
            background-color: #fff;
            font-family: Ubuntu;
            font-family: Montserrat
        }

        /* .OFFICIAL_SOUR_TEXT, .PUBLICATION_ORIGIN {
            display: none;
        }*/

        .act_warning {
            color: red;
        }

        .night-mode {
            -webkit-filter: grayscale(100%) !important;
            filter: grayscale(100%) !important;
        }

        #divCont > div {
            /*overflow-y:  auto;*/
            overflow-x: auto;
            max-width: calc(100vw - 4px);
        }

        /*.TABLE_STD .BY_DEFAULT {
            overflow-y: auto;
            max-height: 80vh;
        }*/
    </style>
    <script>
        function toggle_night_mode() {
            $("body").toggleClass("night-mode")
        }
    </script>
</head>
<body>
    <a href="#" onclick="toggle_night_mode()" style="display: none;">toggle_night_mode</a>
    <div id="page">
        <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
            <tr>
                <td style="width: 50%">
                    
                    
                    
                </td>
                <td style="width: 50%" align="right">
                    
                    
                </td>
            </tr>
        </table>
        <div id="divBody" style="padding: 2px;">
            <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-2512338" id="onLBC-2512338">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC22298"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.02.00 Majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash / 03.10.02.02 Garov]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-2512338" id="onLS-2512338">[<b>TSZ:</b><div id="LS3716"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Umumiy masalalar]</span></div></div></div><div class="UNOFFIAL"><label id="s17882"></label><div name="-7674644" id="-7674644">Norasmiy tarjima</div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-2513827" id="-2513827">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-2513828" id="-2513828">qarori</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-2513830" id="-2513830">Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasining harbiylashtirilgan kon-qutqaruv qismi toʻgʻrisida”gi va “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasining ochiq neft va gaz favvoralarining oldini olish hamda ularni bartaraf etish boʻyicha oʻzbekiston harbiylashtirilgan qismi toʻgʻrisida”gi nizomlarni tasdiqlash haqida</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-4301574" id="-4301574">(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-martdagi 195-sonli <a href="/mact/4229722">qarori </a>tahririda).</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2513831" id="-2513831"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2513832" id="-2513832">“Yer osti boyliklari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining <a href="/mact/-77871#-79239">41-moddasiga</a> muvofiq, togʻ-qutqaruv qismlari hamda ochiq neft va gaz favvoralarining oldini olish hamda ularni bartaraf etish xizmatlari faoliyatini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7674916" id="-7674916">1. “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasining Ochiq neft va gaz favvoralarining oldini olish hamda ularni bartaraf etish boʻyicha Oʻzbekiston harbiylashtirilgan qismi toʻgʻrisida”gi nizomi <a href="/mact/-2512338#-7674649">2-ilovaga</a> muvofiq tasdiqlansin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7674917" id="-7674917">2. “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi, “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda mazkur qaror bilan tasdiqlangan nizomlar talablarini amalga oshirish boʻyicha Amaliy harakatlar dasturini ishlab chiqsin hamda Vazirlar Mahkamasining geologiya, YOEK, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari kompleksi bilan kelishgan holda tasdiqlasin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7674918" id="-7674918">3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlari 3-ilovaga<a href="/mact/-2512338#-7674921">*</a> muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.</div></div><div class="FOOTNOTE"><div name="-7674921" id="-7674921">* 3-ilova <a href="/mact/2512334#2512758">rus tilidagi</a> matnda berilgan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7674928" id="-7674928">4. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7674929" id="-7674929">5. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Gʻ.I. Ibragimov zimmasiga yuklansin.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-2513833" id="-2513833">Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-2513834" id="-2513834">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-2513835" id="-2513835">2014-yil 4-dekabr,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-2513836" id="-2513836">332-son</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-7674649" id="-7674649"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-7674654" id="-7674654">Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 4-dekabrdagi 332-son <a href="/mact/-2512338">qaroriga</a><br />2-ILOVA</div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-7674657" id="-7674657">“Oʻzbekneftegaz” MXK ga karashli Ochiq neft va gaz favvoralarini oldini olish va bartaraf qilish boʻyicha harbiylashtirilgan qismi toʻgʻrisida”gi</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-7674658" id="-7674658">NIZOM</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-7674660" id="-7674660"></div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-7674662" id="-7674662">I. Umumiy qoidalar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7674663" id="-7674663">1. Ushbu nizom “Oʻzbekneftegaz” Milliy Xolding Kompaniyasi (kelgusida “Oʻzbekneftegaz” MXK) (hozirda “Oʻzbekneftegaz” AJ)ga qarashli Ochiq neft va gaz favvoralarini oldini olish va bartaraf qilish boʻyicha Harbiylashtirilgan qism (keyin matnlarda OʻzHQ)ning asosiy vazifalari, ishlarni tashkil etish tartibi va faoliyatini belgilab beradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7674664" id="-7674664">2. “Oʻzbekneftegaz” MXKning OʻzHQ maxsus harbiylashtirilgan davlat xizmati hisoblanib, yer qaʼridan foydalanuvchilarga ochiq neft va gaz favvoralarini oldini olish va bartaraf etish ishlarini olib borishda, shuningdek xavfli ishlab chiqarish obyektlarida gaz xavfsizligi holatini nazorat qilishda xizmat qilish uchun chaqirilgan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7674665" id="-7674665">OʻzHQ xodimlari attestatsiyadan oʻtadilar, OʻzHQ avariya-qutqaruv tashkiloti sifatida attestatsiya qilinishi va qonunchilikda oʻrnatilgan tartibda roʻyxatdan oʻtgan boʻlishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7674666" id="-7674666">OʻzHQ “Oʻzbekneftegaz” MXKning tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7674667" id="-7674667">3. OʻzHQ oʻziga yuklatilgan asosiy vazifalarni bajarish uchun doimiy jangovar shay holatda boʻlishi, hamda xizmat koʻrsatilayotgan korxonalarga koʻrsatiladigan yordam oʻz vaqtida va samarali boʻlishi uchun hududiy jihatdan yaqin joylashgan boʻlishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7674668" id="-7674668">4. OʻzHQ oʻzining faoliyatida, Oʻzbekiston Respublikasi <a href="/mact/-20596">Konstitutsiyasi</a> va Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti farmonlari, qarorlari hamda farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlariga, mazkur nizomga, “Oʻzbekneftegaz” MXK buyruq va farmoyishlariga, hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga asosan ish olib borishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7674669" id="-7674669">5. OʻzHQ oʻz faoliyatini quyidagi tamoyillardan kelib chiqqan holda olib boradi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7674670" id="-7674670">avariya va neft va gaz quduqlarida ochiq favvoralarni sodir boʻlishiga holatlariga doimiy shay holatda boʻlishi, tezkor choralar koʻrishi va ularni bartaraf etish ishlarini olib borishga tayyor boʻlishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7674671" id="-7674671">xavfga tayyor boʻlishi hamda avariya-qutqaruv ishlarida va zaruriy hollarda xavfsizligini taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7674672" id="-7674672">insonparvarlik va rahmdillikka tayangan holda avariya holatlarida insonlar hayoti va sogʻligʻini saqlab qolish majburiyatini bajarish.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-7674673" id="-7674673">II. OʻzHQning vazifa va funksiyalari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7674674" id="-7674674">6. OʻzHQning asosiy vazifalari boʻlib xizmat koʻrsatiladigan obyektlarida quduqlarni burgʻulash jarayonida yoki taʼmirlash ishlarini olib borayotganda, atrof muhit va qazilma boyliklariga zararli taʼsir qiluvchi ochiq neft va gaz favvoralarini bartaraf qilishda tezkor choralar koʻrish, quduqlardagi portlash va yonishga xavfli quduqlarda maxsus asboblar va uskunalar zarur boʻlgan xollarda avariya-taʼmirlash ishlarini olib borish, neft va gaz favvoralarini oldini olish maqsadida profilaktik ishlarni olib borish, tabiiy resurslarni saqlab qolish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7674675" id="-7674675">7. Oʻziga yuklatilgan vazifalarga asosan OʻzHQ quyidagi funksiyalarni bajaradi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7674676" id="-7674676">xizmat koʻrsatiladigan obyektlarda ochiq favvoralar, neft-gaz otqinlari holatlarida insonlarni qutqarish va evakuatsiya qilish ishlarini olib boradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7674677" id="-7674677">ochiq favvoralarni bartaraf qilish va avariyaviy qayta tiklash ishlarni olib borishda, gazga va yongʻinga xavfli hududlarda, maxsus nafas yoʻllarini himoyalovchi apparatlarda, maxsus texnika va apparaturalarda olib boriladigan ishlarni bajaradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7674678" id="-7674678">reja boʻyicha nafas oluvchi apparatlarda bajariladigan gazga xavfli ishlarni bajaradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7674679" id="-7674679">xizmat koʻrsatiladigan obyektlarda boʻlishi mumkin boʻlgan avariyalarni oldini olish maqsadida favvora va gaz xavfsizligi talablari bajarilishi boʻyicha profilaktik tadbirlarni amalga oshiradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7674680" id="-7674680">xizmat koʻrsatiladigan xavfli ishlab chiqarish obyektlaridagi ishlab chiqarish, favvora va gaz xavfsizligi boʻyicha vakolatli organlar bilan hamkorlik qiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7674681" id="-7674681">kutilmagan holatlar sodir boʻlganda tegishli tashkilotlar va tezkor xizmatlar bilan hamkorlikda ishlaydi (OʻzHQ bilan oʻzaro aloqa sxemasi ilova<a href="/mact/-2512338#-7674682">*</a> qilingan);</div></div><div class="FOOTNOTE"><div name="-7674682" id="-7674682">* ilova <a href="/mact/2512334#2512747">rus tilidagi</a> matnda berilgan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7674712" id="-7674712">quduqlarni burgʻulash, mukammal taʼmirlash, sinash va ishlatishda masʼuliyati yuqori boʻlgan alohida texnologik jarayonlarni va texnologik reglament rejalarini kelishadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7674714" id="-7674714">xizmat koʻrsatilayotgan xavfli ishlab chiqarish obyektlarida alohida olib boriladigan ishlarga oʻrnatilgan tartibda hujjatlarni beradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7674716" id="-7674716">sodir boʻlishi mumkin boʻlgan avariyalarni aniqlash maqsadida xizmat koʻrsatayotgan xavfli ishlab chiqarish obyektlarida sanoat, favvora va gaz xavfsizligi boʻyicha maʼlumotlar tahlil qilish maqsadida toʻplaydi, umumlashtiradi va roʻyxatga oladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7674717" id="-7674717">ochiq favvoralardagi otqinlarda havo tarkibidagi zaharli va portlashga xavfli boʻlgan bugʻ va gaz konsentratsiyasini aniqlash maqsadida tahlillar oʻtkazadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7674719" id="-7674719">xavfli ishlab chiqarish obyektlarida sanoat, favvora va gaz xavfsizligi boʻyicha oʻrnatilgan meʼyoriy talablarning bajarilishi ustidan nazorat qiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7674721" id="-7674721">xizmat koʻrsatiladigan obyektlarda avariyani bartaraf etish rejasini tuzishda va kelishishda ishtirok etadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7674723" id="-7674723">OʻzHQ xodimlarini professional tayyorlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7674725" id="-7674725">xizmat koʻrsatadigan obyektlardagi ishchi va muhandis texnik xodimlarni avariya va noxush hodisalarni vujudga kelishi oldindan aniqlash va boshlangʻich bosqichida harakatlari boʻyicha oʻqitadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7674726" id="-7674726">neft va gaz favvoralarini hamda avariyalarni bartaraf qilish uchun zarur boʻladigan nostandart uskuna va moslamalarni ishlab chiqish boʻyicha tajriba-konstruktorlik ishlarini olib boradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7674728" id="-7674728">ajratuvchi nafas oluvchi apparatlar, nazorat uskunalari va boshqa turdagi maxsus moslamalarga texnik xizmat koʻrsatadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-7674730" id="-7674730">III. OʻzHQ huquqlari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7674732" id="-7674732">8. OʻzHQ xodimlariga oʻz faoliyati doirasida quyidagi huquqlar beriladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7674734" id="-7674734">xizmat koʻrsatayotgan obyektlarda avariya yoki baxtsiz hodisalar sodir boʻlishi xavfi tugʻilganda ishlab chiqarish ishlarini toʻxtatish yoki taʼqiqlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7674735" id="-7674735">tashkilot rahbarlari va sanoat xavfsizligi sohasidagi vakolatli organlarga xizmat koʻrsatayotgan obyektlarda aniqlangan favvora va gaz xavfsizligi boʻyicha talablarning buzilishi haqida maʼlumotlarni yuborish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7674737" id="-7674737">favvora va gaz xavfsizligi talablari buzilishi oqibatida vujudga kelgan avariya va noxush hodisalarni kelib chiqish oqibatlarini aniqlash komissiyasi ishlarida qatnashish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7674739" id="-7674739">xizmat koʻrsatuvchi obyektlar hududiga avariyalarni bartaraf etish ishlarini bajarish uchun hech qanday toʻsiqlarsiz kirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7674741" id="-7674741">avariyani favqulodda holatlarda bartaraf etish uchun ketayotgan transport vositasi toʻsiqlarsiz oʻtish, birinchi navbatda yoqilgʻi moylovchi materiallar bilan taʼminlash hamda birinchi navbatda texnik xizmat koʻrsatish stansiyalarida taʼmirlash ishlarini bajarish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7674743" id="-7674743">xizmat koʻrsatuvchi obyektlarda avariyani bartaraf etish va maxsus ishlarni bajarish uchun javobgar shaxsdan tegishli maslahatlar olish va mutaxassislarni jalb qilgan holda ishni yakunlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7674745" id="-7674745">xizmat koʻrsatuvchi obyektlar hisobidan sanitariya va texnik talablarga javob beruvchi xizmat binosi bilan taʼminlash.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-7674774" id="-7674774">IV. OʻzHQ faoliyatini tashkil etish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7674792" id="-7674792">9. OʻzHQ tarkibida tezkor, tezkor-profilaktik harbiylashtirilgan boʻlinmalar, kadrlarni tayyorlash oʻquv markazi, tajriba-konstruktorlik byurosi, tibbiy taʼminlovchi guruhi hamda yordamchi boʻlinmalari mavjud.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7674794" id="-7674794">10. Harbiylashtirilgan boʻlinma OʻzHQ tarkibidagi ishchilarning mehnat munosabatlari, zarur mehnat shartnomalari, maxsus ustavlar va nizomlar orqali tartibga solinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7674796" id="-7674796">OʻzHQ xodimlari tomonidan insonlarni qutqarish va avariyani bartaraf qilish bilan bogʻlik xizmatlar majburiyatlarini astoydil bajarish xamda xizmat majburiyati imzolanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7674798" id="-7674798">11. Oddiy va oʻrta boshliqlar tarkibi, asosan burgʻulash va neft gazni qazib chiqarish sohasida ishlovchi malakali mutaxassislar jismonan sogʻlom hamda ajratuvchi nafas oluvchi apparatlar va termohimoyalovchi kiyimlarda ishlash bilan bogʻlik ogʻir ishlarda ishlashga loyiq ishchilardan tuziladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7674800" id="-7674800">Katta va yuqori boshliqlar tarkibi, maxsus oliy maʼlumotli va neft va gaz sanoatida boshqaruv tajribasiga ega shaxslardan tuziladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7674802" id="-7674802">Harbiylashtirilgan boʻlinmalarda xodimlarni malakaviy tanlash talablari “Oʻzbekneftegaz” MXK tomonidan tasdiqlangan va “Sanoatgeokontexnazorat” Davlat inspeksiyasi (hozirda Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi) bilan kelishilgan Nizom boʻyicha amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7674804" id="-7674804">OʻzHQ boʻlinmalarining joylashishi va xodimlar soni OʻzHQ rahbarlari tomonidan xizmat koʻrsatuvchi obyektlar bilan kelishilgan holda aniqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7674806" id="-7674806">12. OʻzHQ boʻlinmalaridagi harbiylashtirilgan xizmatni oʻtash “Oʻzbekneftegaz” MXK tomonidan tasdiqlangan “Sanoatgeokontexnazorat” bilan kelishgan holda OʻzHQ ichki xizmat ustavi boʻyicha amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7674807" id="-7674807">13. Harbiylashtirilgan tarkibidagi intizomiy javobgarlik masalalari “Oʻzbekneftegaz” MXK, “Sanoatgeokontexnazorat” Davlat inspeksiyasi bilan kelishilgan holda tasdiqlangan “OʻzHQ intizom ustavi” boʻyicha belgilanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7674809" id="-7674809">14. Boʻlinmalardagi xizmatni oʻtashda komandirlar buyruqlari va farmoyishlari asosida, avariya holatlarida insonlarni qutqarish boʻlinma avariya — qutqaruv ishlari boʻyicha xatarli topshiriqlarni bajarishdan iborat.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7674811" id="-7674811">15. Avariyani bartaraf qilish uchun doimiy tayyor boʻlish maqsadida xar bir tezkor boʻlinmada kechayu kunduz navbatchilik tashkil etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7674813" id="-7674813">16. Murakkab va doimiy avariyalarni bartaraf qilishda boʻlinma shaxsiy tarkibi maxsus ish rejimiga oʻtkazilishi mumkin (avariyani bartaraf qilish muddatlarini qisqartirish maqsadida OʻzHQ shaxsiy tarkibiga kazarma holati eʼlon qilinishi va kechayu-kunduz ishlarni tashkil qilinishi mumkin).</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7674814" id="-7674814">17. Ochiq neft va gaz favvoralarini bartaraf etish ishlarini tashkil etish va xavfsiz olib borish “Sanoatgeokontexnazorat” Davlat inspeksiyasi tomonidan tasdiqlangan neft va gaz quduqlaridagi otqinlar va favvoralarni bartaraf qilish ishlarini tashkil qilish va xavfsiz olib borish yoʻriqnomasi boʻyicha amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7674816" id="-7674816">18. Jangchilar va komandirlarning kasbiy tayyorgarligi OʻzHQning kadrlar tayyorlash oʻquv markazida OʻzHQga yuklatilgan barcha ishlarni tashkil etish va bajarishni taʼminlovchi maxsus dasturlar asosida olib boriladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-7674818" id="-7674818">V. OʻzHQni moliyalashtirish va taʼminot</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7674820" id="-7674820">19. Shaxsiy tarkib xizmat vazifalarini bajarish vaqtida maxsus formada boʻlishi va ajralib turuvchi belgiga ega boʻlgan uniformada boʻlishi, maxsus kiyim boshda va oyoq kiyimda boʻlishi, shuningdek shaxsiy himoya vositalarida boʻlishi kerak, bular qism tomonidan taʼminlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7674823" id="-7674823">Forma, uniforma, maxsus kiyimlar va himoya vositalarini kiyish talablari “Oʻzbekneftegaz” MXK tomonidan tasdiqlangan OʻzHQ moddiy taʼminoti va texnik standartlari nizomi boʻyicha belgilanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7674824" id="-7674824">20. OʻzNQ boʻlinmalarini apparatlar, maxsus himoya vositalari, anjomlar, moslamalar, zaxira materiallar, tegishli avtotransport bilan MXK tomonidan tasdiqlangan taʼminot tabeli boʻyicha barchasi xizmat koʻrsatilayotgan obyektlar hisobidan taʼminlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7674826" id="-7674826">21. OʻzHQ shaxsiy tarkibi, uskunalari, moslamalari va avtotransporti asosiy vazifalariga tegishli boʻlmagan hollarda ishga jalb qilish faqatgina “Oʻzbekneftegaz” MXK boshqaruvi ruxsati bilan amalga oshirilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7674828" id="-7674828">22. Barcha avariyani bartaraf etish xarajatlari obyekt egasi tomonidan amalga oshiriladi, shu bilan bir qatorda;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7674830" id="-7674830">avariya sodir boʻlgan joyga OʻzHQ shaxsiy tarkibi, maxsus uskunalar, harbiy texnika va barcha avariyani bartaraf etish uchun muhim boʻlgan moslamalar va uskunalarni olib borish va olib qaytishini taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7674831" id="-7674831">zarur boʻlgan avtotransport va maxsus texnika, uskunalar va kimyoviy reagentlar va boshqa materiallar bilan taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7674832" id="-7674832">uch martalik ovqatlanish, yashash, maxsus kiyim aloqa va tibbiy xizmat boʻyicha OʻzHQ shaxsiy tarkibini taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7674834" id="-7674834">zarur boʻlgan hollarda nostandart uskunalar va moslamalarni tayyorlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7674836" id="-7674836">Yongʻin xavfsizligi, quduqlarni zararsizlantirish, geofizik va boshqa maxsus xizmatlar va texnik moslamalarni avariya xarakteri va talabga muvofiq jalb etish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7674838" id="-7674838">23. OʻzHQni moliyalashtirish “Oʻzbekneftegaz” MXK, chet el kompaniyalari burgʻulash, qidiruv, qayta ishlash, xavfli ishlab chiqarish obyektlariga ega boʻlgan va Oʻzbekiston qonunchiligiga zid kelmaydigan faoliyat yurutuvchi tashkilotlar bilan tuzilgan shartnoma boʻyicha koʻrsatiladigan xizmat hisobidan amalga oshiriladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-7674840" id="-7674840">VI. Tugatish va qayta tashkil etish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7674842" id="-7674842">24. OʻzHQni tugatish va qayta tashkil etish Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda amalga oshiriladi.</div></div></div>
        </div>
    </div>
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script>
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        if (window.location.hash) {
            var y = $(window.location.hash).offset().top - 3;
            window.scrollTo(0, y);
        }
    }
</script>
