1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.19.00.00 Bank tizimi / 07.19.02.00 Tijorat banklari. Xususiy banklar. Xorijiy banklar;
2.21.00.00.00 O‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari;
2.Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
VAZIRLAR MAHKAMASINING “MIKROKREDITBANK” AKSIYADORLIK-TIJORAT BANKI FAOLIYATINI TASHKIL ETISH VA UNING MODDIY-TEXNIKA BAZASINI MUSTAHKAMLASH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA” 2006-YIL 6-MAYDAGI 78-SON QARORIGA O‘ZGARTIRISH VA QO‘SHIMCHALAR KIRITISH HAQIDA (O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “MIKROKREDITBANK” AKSIYADORLIK-TIJORAT BANKINING TADBIRKORLIK SUBYEKTLARINI QO‘LLAB-QUVVATLASH BORASIDAGI FAOLIYATINI YANADA KENGAYTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA” 2008-YIL 10-NOYABRDAGI PF-4051-SON FARMONI)
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli “Ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning barqarorligini ta’minlash, sifati va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankining tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi faoliyatini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2008-yil 10-noyabrdagi PF-4051-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki faoliyatini tashkil etish va uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 6-maydagi 78-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 5-son, 28-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Bank ustaviga ushbu qarordan kelib chiquvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalarni belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2008-yil 17-dekabr,
273-son
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 17-dekabrdagi 273-son qaroriga ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki faoliyatini tashkil etish va uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 6-maydagi 78-son qaroriga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
ilova nomidagi “Vaqtinchalik” so‘zi chiqarib tashlansin;
3-bandning birinchi xatboshidagi “5 foiz” so‘zlari “3 foiz” so‘zlari bilan almashtirilsin;
4-banddagi “stavkasidan” so‘zi “stavkasining 50 foizidan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
5-banddagi “Markaziy bank qayta moliyalashtirish stavkasining 50 foizidan yuqori bo‘lmagan” so‘zlari “yiliga 5 foiz daromad” so‘zlari bilan almashtirilsin;
7-banddagi “Vaqtinchalik” so‘zi chiqarib tashlansin.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 51-son, 501-modda)