Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalla institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 3-fevraldagi PF-4944-son
Farmoniga hamda Vazirlar Mahkamasining “Shaharlar, posyolkalar, qishloqlar va ovullarning mahallalarini tuzish, birlashtirish, boʻlish va tugatish, shuningdek ularning chegaralarini belgilash va oʻzgartirish, ularga nom berish va ularning nomini oʻzgartirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2014-yil 4-martdagi 48-son
qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, istisno hollarda, 500 nafardan kam aholi, lekin kamida 100 oila yashaydigan borish qiyin boʻlgan va togʻli tumanlarda ham tashkil etilishi mumkinligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Bolali oilalarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1996-yil 10-dekabrdagi 437-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1996-y., 12-son, 35-modda) 2-bandi
uchinchi xatboshisining ikkinchi jumlasi chiqarib tashlansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ushbu qaror talablari tegishli tumanlar budjetlarining 2018-yil uchun tasdiqlangan parametrlari doirasida bajarilishini, 2019-yildan boshlab ular budjetlarini shakllantirishda ushbu qaror talablari inobatga olinishini taʼminlasin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi raisining birinchi oʻrinbosari Sh.S. Javlonov zimmasiga yuklansin.