toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.08.2024
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Mahalliy nooziq-ovqat iste’mol tovarlari ishlab chiqarish kengaytirilishini rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli “Ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning barqarorligini ta’minlash, sifati va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Raqobatbardosh yuqori sifatli nooziq-ovqat iste’mol tovarlari ishlab chiqarishni ko‘paytirish va turlarini kengaytirishni rag‘batlantirish, ichki iste’mol bozorini ular bilan yanada to‘liqroq boyitish, tayyor nooziq-ovqat tovarlari ishlab chiqaruvchi yangi mahalliy korxonalarni tashkil etish hamda mavjudlarini modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash, buning asosida aholi bandligini ta’minlash, insonlarning daromadlari va farovonlik darajasini oshirish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tomonidan manfaatdor xo‘jalik birlashmalari va korxonalar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda ishlab chiqilgan 2009 — 2011-yillarda 1-ilovaga muvofiq maqsadli parametrlarga erishishni nazarda tutgan holda nooziq-ovqat iste’mol tovarlari ishlab chiqarish hajmlarini ko‘paytirish va turlarini kengaytirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ma’qullansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, “O‘zbekyengilsanoat” kompaniyasi, “O‘zbekcharmpoyabzali” va “O‘zeltexsanoat” uyushmalari hamda boshqa manfaatdor idoralar, xo‘jalik birlashmalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ishtirokida:
ikki oy muddatda 2009 — 2011-yillarda nooziq-ovqat iste’mol tovarlari ishlab chiqarishni rivojlantirishning tarmoq va mintaqaviy dasturlarini ishlab chiqsin hamda tasdiqlasin;
nooziq-ovqat iste’mol tovarlari ishlab chiqarish bo‘yicha yangi tashkil etilayotgan korxonalar faoliyati uchun qulay sharoitlar yaratish, jumladan yangi moddiy-texnika bazasini barpo etish va mavjud bazani modernizatsiyalash yuzasidan binolar va yer uchastkalari ajratish, barcha zarur hujjatlar kadastr bo‘yicha rasmiylashtirilishi, qurilish va kapital rekonstruksiya qilishga ruxsatnomalar berish kabi va boshqa ishlarni ta’minlasin.
3. 2018-yil 1-yanvargacha bo‘lgan davrda 2-ilovaga muvofiq nooziq-ovqat iste’mol tovarlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalarga quyidagi ko‘rinishda soliq va bojxona imtiyozlari hamda preferensiyalari berilsin:
mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun foyda solig‘i va mulk solig‘i, yagona soliq to‘lovlari, Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy ajratmalar to‘lashdan ozod etish;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxatlar bo‘yicha import qilinadigan, shu jumladan vositachilik shartnomalari asosida olib kelinadigan, nooziq-ovqat iste’mol tovarlari ishlab chiqarishda foydalaniladigan asbob-uskunalar, butlovchi buyumlar, respublikada ishlab chiqarilmaydigan xom ashyo hamda materiallarni bojxona to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) ozod etish;
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 21-dekabrdagi PQ-2687-sonli qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016-y., 51-son, 584-modda)
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tasdiqlangan ro‘yxatiga kiritilmagan nooziq-ovqat iste’mol tovarlarini o‘zi uchun ishlab chiqarishda zarur bo‘lgan xom ashyo, materiallar va furnituralarni import qilishda bojxona deklaratsiyasi qabul qilingan kundan boshlab, bojxona to‘lovlarini (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) 60 kungacha bo‘lgan muddatga uzaytirish.
2-ilovaga muvofiq nooziq-ovqat iste’mol tovarlari ishlab chiqarishga ixtisoslashayotgan korxonalar jumlasiga sotuv umumiy hajmida ushbu tovarlarni ishlab chiqarishdan tushum ulushi hisobot davri yakunlari bo‘yicha kamida 60 foizini tashkil etadigan korxonalar kiradi.
(3-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 25-dekabrdagi PQ-1887-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 52-son, 587-modda)
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2014-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi 2013-yil 25-dekabrdagi PQ-2099-sonli qaroriga muvofiq 3-bandning amal qilish muddati 2016-yilning 1-yanvarigacha uzaytirilgan.
4. Belgilab qo‘yilsinki, ushbu qarorning 3-bandi ikkinchi xatboshida nazarda tutilgan imtiyozlar berilishi munosabati bilan bo‘shaydigan mablag‘lar yangi ishlab chiqarishlarni barpo etishga, shuningdek faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarni modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlashga, nooziq-ovqat iste’mol tovarlari ishlab chiqarishda zarur bo‘ladigan xom ashyo va materiallar xarid qilishga, kiritilgan investitsiyalarni qoplash, jumladan kreditlarni to‘lashga yo‘naltiriladi.
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 25-dekabrdagi PQ-2099-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 52-son, 690-modda)
Berilgan imtiyozlardan bo‘shaydigan mablag‘lar maqsadga nomuvofiq foydalanilgan taqdirda, ushbu mablag‘lar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan jarima sanksiyalarini hisobga olgan holda to‘liq hajmda davlat budjetiga o‘tkaziladi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi bir oy muddatda mazkur qarorda nazarda tutilgan soliq va bojxona imtiyozlarini qo‘llash, ularning berilishi munosabati bilan bo‘shaydigan mablag‘lardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 28-noyabrdagi PF-4058-son Farmoniga muvofiq tuzilgan Iqtisodiyotning real sektori bazaviy tarmoqlari korxonalarini qo‘llab-quvvatlash, ularning barqaror ishlashini ta’minlash va eksport salohiyatini oshirish chora-tadbirlari dasturi amalga oshirilishining monitoringi hamda nazorati bo‘yicha Ishchi guruhiga, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining ijobiy xulosasi bo‘lgan taqdirda, ichki iste’mol bozorida tarkib topgan konyunkturani hisobga olgan holda ushbu qarorning 2-ilovasiga kiritilgan nooziq-ovqat iste’mol tovarlarining tovar guruhlari ro‘yxatiga o‘zgartishlar kiritish huquqi berilsin.
Ishchi guruhi (R.S. Azimov) 1-ilovada, eng avvalo, 2-ilovada tasdiqlangan nooziq-ovqat tovarlariga istiqbolda bo‘ladigan talab-ehtiyojlarni o‘rganishga alohida e’tibor qaratsin, ushbu tovarlarga iste’molchilar tomonidan barqaror kafolatlangan buyurtmalar bo‘lgan taqdirdagina ishlab chiqarishni tashkil etishni nazarda tutsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-dekabrdagi PF-5893-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2019-y., 06/19/5893/4150-son)
7. “O‘zstandart” agentligi manfaatdor vazirlik va idoralar, xo‘jalik birlashmalari bilan birgalikda xalqaro talablarga muvofiq standartlarni ishlab chiqishda, nooziq-ovqat iste’mol tovarlari ishlab chiqaruvchi mahalliy korxonalarda sifatni boshqarish tizimlarini tezkor joriy etishda ko‘maklashsin, shuningdek ushbu korxonalarning standartlashtirish va sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish masalalariga mas’ul xodimlari o‘qitilishini tashkil etsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
9. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2009-yil 28-yanvar,
PQ-1050-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 28-yanvardagi PQ-1050-son qaroriga
1-ILOVA
2009 — 2011-yillarda nooziq-ovqat iste’mol tovarlarini ishlab chiqarish hajmlarining
MAQSADLI PARAMETRLARI

T/r

Mahsulot nomi

O‘lchov birligi

Yillar kesimida ishlab chiqarish hajmi

2009-yil

2010-yil

2011-yil

I. Nooziq-ovqat iste’mol tovarlariga kundalik ehtiyoj

1.

Tayyor matolar, jami

mln kv. m

55,3

115,8

179,8

shu jumladan:

1.1.

Shundan ip gazlamalar:

mln kv. m

54,1

97,0

137,8

ko‘ylakbop (erkaklar)

mln kv. m

3,0

10,0

20,0

ko‘ylakbop (ayollar)

mln kv. m

43,3

68,3

85,0

1.2.

Aralashma matolar

mln kv. m

8,0

21,0

1.3.

Shoyi matolar

mln kv. m

4,0

7,0

2.

Tayyor tikuvchilik buyumlari, jami

mln dona

12,5

21,0

30,9

2.1.

shu jumladan bolalar va o‘smirlar tikuvchilik buyumlari

mln dona

5,8

9,2

14,0

3.

Trikotaj buyumlar

mln dona

32,5

33,9

35,2

4.

Paypoq buyumlar

mln juft

10,0

25,0

43,4

5.

Bosh kiyimlar

mln dona

3,0

5,0

7,0

6.

Poyabzal, jami

mln juft

3,8

5,6

7,5

6.1.

shu jumladan bolalar poyabzali

mln juft

1,8

2,7

3,4

7.

Attorlik buyumlari, jami

mlrd so‘m

13,9

35,8

72,3

shu jumladan:

7.1.

To‘qimachilik attorlik buyumlari

mlrd so‘m

0,5

10,7

28,7

7.2.

Metall-attorlik buyumlari

mlrd so‘m

1,0

3,9

8,8

7.3.

Plastmassa-attorlik buyumlari

mlrd so‘m

4,0

9,7

18,6

7.4.

Charm-attorlik buyumlari

mlrd so‘m

8,4

11,5

16,2

8.

Parfyumeriya-kosmetika tovarlari

mlrd so‘m

50,1

76,0

109,5

9.

Xo‘jalik mollari va uy-ro‘zg‘or buyumlari

mlrd so‘m

24,7

42,9

84,5

10.

Madaniy-maishiy buyumlar

mlrd so‘m

7,1

10,1

13,1

II. Uzoq muddat foydalaniladigan nooziq-ovqat iste’mol tovarlari

11.

Televizorlar

ming dona

290,0

330,0

360,0

12.

Sovutkichlar va muzlatkichlar

ming dona

90,0

145,0

225,0

13.

Kir yuvish mashinalari

ming dona

30,0

45,0

60,0

14.

Konditsionerlar

ming dona

54,0

75,0

95,0

15.

Kompakt-disklar qurilmasi

ming dona

160,0

224,0

253,0

16.

Elektr dazmollar

ming dona

10,0

11,0

12,0

17.

Elektr choynaklar

ming dona

20,0

25,0

50,0

18.

Statsionar telefon apparatlari

ming dona

5,0

15,0

30,0

 LexUZ sharhi
1-ilova norasmiy tarjima.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 28-yanvardagi PQ-1050-son qaroriga
2-ILOVA
Ishlab chiqarilganda soliq va bojxona imtiyozlari taqdim etiladigan nooziq-ovqat iste’mol tovarlari guruhi
RO‘YXATI
1. Tayyor ip-gazlama matolari (chit va satindan tashqari)
2. Tayyor aralashma matolar
3. Tayyor shoyi matolar (atlasdan tashqari)
4. Poyabzal va uni ishlab chiqarish uchun materiallar
5. Tayyor tikuvchilik mahsulotlari, tayyor kiyimlar (tikuvchilik, trikotaj va charm buyumlar)
6. Bosh kiyimlar (milliy bosh kiyimlardan tashqari)
7. Paypoq mahsulotlari
8. To‘qimachilik-attorlik buyumlari
9. Metall-attorlik buyumlari
10. Plastmassa-attorlik buyumlari
11. Charm-attorlik buyumlari
12. Parfyumeriya-kosmetika tovarlari, sanitariya va shaxsiy gigiyena tovarlari
13. Metall idishlar va oshxona anjomlari
14. Elektr-yoritish jihozlari
15. Mebel uchun furnitura
 LexUZ sharhi
2-ilova norasmiy tarjima.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 5-son, 37-modda; 2011-y., 52-son, 561-modda; 2012-y., 52-son, 587-modda; 2013-y., 52-son, 690-modda; 2015-y., 52-son, 646-modda; 2016-y., 51-son, 584-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2019-y., 06/19/5893/4150-son)