toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.08.2024
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING BA’ZI FARMONLARIGA O‘ZGARTISH VA QO‘SHIMCHALAR KIRITISH TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli “Ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning barqarorligini ta’minlash, sifati va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ba’zi farmonlariga ilovaga muvofiq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2001-yil 19-iyun,
PF-2886-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2001-yil 19-iyundagi PF-2886-son Farmoniga
ILOVA
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING BA’ZI FARMONLARIGA KIRITILADIGAN O‘ZGARTISH VA QO‘SHIMCHALAR
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 30-avgustdagi PF-3305-son Farmoni bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 8-son, 120-modda)
3. “Xo‘jalik yurituvchi subyektlarni tekshirishni tashkil qilishni tartibga solish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 19-noyabrdagi PF-2114-son Farmonida:
a) 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Quyidagilar belgilab qo‘yilsin:
mulkchilik shaklidan qat’i nazar, xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining barcha tekshirishlarini o‘tkazish bir yo‘la kompleks tekshirishlar o‘tkazilishini nazarda tutgan holda faqat nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashining qaroriga binoan reja asosidagi tartibda nazorat organlari tomonidan yiliga ko‘pi bilan bir marta amalga oshiriladi;
mazkur subyektlarning faoliyatini muqobil tarzda tekshirishlarni o‘tkazish, tekshirishni tayinlash to‘g‘risidagi qaror asosida jinoiy ishlar bo‘yicha tergov davomida yoki faqat nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashining qarori bilangina nazorat organlari tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Xo‘jalik subyektlarida muqobil tekshirishlar o‘tkazilishiga faqat ularning tekshirilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyekt bilan o‘zaro munosabatlari doirasidagina yo‘l qo‘yiladi;
soliqlar, yig‘imlar va boshqa majburiy to‘lovlarni o‘z vaqtida va to‘la hajmda to‘lab turadigan, boshqa norma va qoidalarga rioya etadigan, auditorlarning har yillik tegishli xulosalariga ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirish nazorat organlari tomonidan har ikki yilda ko‘pi bilan bir marta amalga oshiriladi:
xo‘jalik yurituvchi subyektlarning faoliyati Prokuratura, Ichki ishlar vazirligi va Milliy xavfsizlik xizmati organlari tomonidan faqat qo‘zg‘atilgan jinoiy ish bo‘yicha tergov tartibida tekshiriladi. Bunda mazkur subyektlarning faqat qo‘zg‘atilgan jinoiy ish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyati tekshirilishi mumkin, bu haqda tekshirishni tayinlash to‘g‘risidagi qarorda ko‘rsatilishi lozim;
xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining har qanday tekshirishlarini o‘tkazish chog‘ida nazorat organlarining mansabdor shaxslari tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobiga qonunchilikda belgilangan tartibda yozib qo‘yadilar”;
b) 3-bandning ikkinchi xatboshidagi “moliya-xo‘jalik faoliyatini taftish qilish va” degan so‘zlar olib tashlansin;
v) 4-banddagi “Xo‘jalik yurituvchi hamda tadbirkorlik tuzilmalarining moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish, jumladan nazorat tariqasidagi tekshirishlar va taftishlarni o‘tkazish” degan so‘zlar o‘rniga “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini nazorat tariqasida tekshirish va muqobil tekshirishlarni o‘tkazish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
g) O‘zbekiston Respublikasi nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi to‘g‘risidagi Nizomda (2-ilova):
1.2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Kengash xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyati ustidan davlat nazoratini amalga oshirish sohasidagi markaziy muvofiqlashtiruvchi organ hisoblanadi. Kengash qarorlari xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirish doirasida davlat nazoratini amalga oshirishga vakil qilingan barcha organlar uchun majburiydir”;
2.2-bandda:
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirish masalalari bo‘yicha nazorat organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish”;
uchinchi xatboshidagi “moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish (taftish qilish)” degan so‘zlar o‘rniga “xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirish” degan so‘zlar yozilsin;
to‘rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“nazorat organlari faoliyatining takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaydigan tekshirishlar, shu jumladan kompleks tekshirishlarning” muvofiqlashtirilgan rejalarini ishlab chiqish”;
beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“tekshirishlar o‘tkazishning muvofiqlashtirilgan rejalariga rioya etilishi doirasida va Kengash bilan kelishilmagan holda rejadan tashqari tekshirishlar, muqobil tekshirishlar, nazorat tariqasidagi tekshirishlar o‘tkazilishiga yo‘l qo‘ymaslik borasida nazorat organlari faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish”;
2.3-bandda;
ikkinchi xatboshidagi “moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish (taftish qilish)ning” degan so‘zlar “xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirishning” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “(taftishlar)” so‘zi olib tashlansin.
3.1-bandda:
ikkinchi xatboshidagi “subyektlarni tekshirish va taftish qilish” so‘zlari “subyektlar faoliyatini tekshirish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “(taftishlar)” so‘zi olib tashlansin;
to‘rtinchi va beshinchi xatboshidagi “moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish va taftish qilishni” degan so‘zlar o‘rniga “tekshirishni” degan so‘z yozilsin;
4.2-bandning ikkinchi xatboshidagi “subyektlarning moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish va taftish qilishni” degan so‘zlar o‘rniga “subyektlar faoliyatini tekshirishni” degan so‘zlar yozilsin;
5.1-bandda:
ikkinchi va uchinchi xatboshidagi “(taftishlar)” so‘zi olib tashlansin;
to‘rtinchi xatboshidagi “moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirayotgan (taftish qilayotgan)” degan so‘zlar o‘rniga “faoliyatini tekshirayotgan” so‘zlari yozilsin;
beshinchi xatboshidagi “subyektlarning moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish hamda taftish qilishni” degan co‘zlar o‘rniga “subyektlar faoliyatini tekshirishni” degan so‘zlar yozilsin;
5.2-banddagi “subyektlarning moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish hamda taftish qilishni” degan so‘zlar o‘rniga “subyektlar faoliyatini tekshirishni” degan so‘zlar yozilsin;
5.6-banddagi “qo‘shimcha yoki” degan so‘zlar olib tashlansin;
5.7-banddagi “(taftish)” degan so‘z olib tashlansin.
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-y., 6-son, 122-modda; 2003-y., 8-son, 120-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)