toggle_night_mode
Hujjat 18.11.2026 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
“Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2012-yil 29-fevralda qabul qilingan
Senat tomonidan 2012-yil 23-martda maʼqullangan
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 25-mayda qabul qilingan “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi 69-II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-yil, № 5-6, 140-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 3, 119-modda, № 9, 494-modda, № 10, 536-modda; 2007-yil, № 12, 608-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 12, 472-modda; 2010-yil, № 9, 336-modda, № 12, 465-modda; 2011-yil, № 4, 104-modda, № 9, 248-modda) oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlansin (ilova qilinadi).
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
3-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
 LexUZ sharhi
Ushbu Qonun “Xalq soʻzi” gazetasining 2012-yil 3-maydagi 86 (5506)-sonida eʼlon qilingan.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2012-yil 2-may,
OʻRQ-328-son
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida
(yangi tahriri)
1-bob. Umumiy qoidalar
1-modda. Ushbu Qonunning asosiy vazifalari
Ushbu Qonunning asosiy vazifalari fuqarolarning tadbirkorlik faoliyatida erkin ishtirok etishi va undan manfaatdor boʻlishi uchun kafolatlar hamda sharoitlar yaratishdan, ularning ishchanlik faolligini oshirishdan, shuningdek tadbirkorlik faoliyati subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishdan iborat.
Oldingi tahrirga qarang.
2-modda. Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisidagi qonunchilik
(2-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
(2-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasining “Oilaviy tadbirkorlik toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Notijorat tashkilotlarga nisbatan ushbu Qonun ular faoliyatining oʻz xususiyatiga koʻra tadbirkorlikdan iborat boʻlgan qismiga tatbiq etiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Nodavlat notijorat tashkilotlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 31-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar boʻlgan tadbirkorlik faoliyati subyektlari huquqlarining kafolatlari va ushbu huquqlarni himoya qilish choralari bilan bogʻliq munosabatlar chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ushbu huquqlarni himoya qilish choralari toʻgʻrisidagi qonunchilik bilan ham tartibga solinadi.
(2-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Oldingi tahrirga qarang.
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
(2-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
3-modda. Tadbirkorlik faoliyati tushunchasi
Oldingi tahrirga qarang.
Tadbirkorlik faoliyati (tadbirkorlik) tadbirkorlik faoliyati subyektlari tomonidan qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladigan, oʻzi tavakkal qilib va oʻz mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda) olishga qaratilgan tashabbuskorlik faoliyatidir.
(3-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
31-modda. Tadbirkorlik faoliyati erkinligi kafolatlarining asosiy prinsiplari
Tadbirkorlik faoliyati erkinligi kafolatlarining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
qonuniylik;
tadbirkorlikning erkinligi;
tadbirkorlik subyektlarining tengligi;
ishonchning himoya qilinishi;
korrupsiyadan xolilik;
xususiy mulkning daxlsizligi;
tadbirkorlikka oid qonunchilikning barqarorligi va aniqligi.
32-modda. Qonuniylik prinsipi
Davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari tadbirkorlikni davlat tomonidan tartibga solishda, tadbirkorlik subyektlari tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotganda Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, ushbu Qonunga va boshqa qonunchilik hujjatlariga rioya etishi shart.
33-modda. Tadbirkorlikning erkinligi prinsipi
Har kim tadbirkorlik bilan Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida va uning tashqarisida erkin shugʻullanish, shuningdek oʻz mol-mulkidan har qanday qonuniy tadbirkorlik faoliyati uchun foydalanish huquqiga ega.
Tadbirkorlik subyektlari qonunchilikka muvofiq har qanday faoliyatni amalga oshirishga va oʻz faoliyati yoʻnalishlarini mustaqil ravishda tanlashga haqli.
34-modda. Tadbirkorlik subyektlarining tengligi prinsipi
Tadbirkorlik subyektlari oʻzining mulkchilik va tashkiliy-huquqiy shaklidan hamda boshqa har qanday holatlardan qatʼi nazar, qonun va sud oldida tengdir.
35-modda. Ishonchning himoya qilinishi prinsipi
Vijdonan harakat qiluvchi tadbirkorlik subyektlarining davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari tomonidan qabul qilingan hujjatga boʻlgan ishonchi qonunchilikka asosan qoʻriqlanadi.
Davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari tadbirkorlik subyektlarining yuzaga kelgan amaliyot bilan bogʻliq qonuniy kutilgan natijalarini hurmat qilishi shart. Yuzaga kelgan amaliyotning oʻzgartirilishi, bekor qilinishi jamoat manfaatlari bilan oqlangan boʻlishi, umumiy xususiyatga ega va barqaror boʻlishi kerak.
36-modda. Korrupsiyadan xolilik prinsipi
Tadbirkorlikni amalga oshirish va davlat tomonidan tartibga solish jarayoni korrupsiyaning har qanday koʻrinishlaridan, shu jumladan manfaatlar toʻqnashuvidan va huquqning tanlab qoʻllanilishidan xoli boʻlishi kerak.
Tadbirkorlikni davlat tomonidan tartibga solish jarayonida tadbirkorlik subyektlarining davlat organlari bilan munosabatlarida inson omilining korrupsiya holatini keltirib chiqarishi mumkin boʻlgan toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalarini cheklashga qaratilgan tizimli choralar qoʻrilishi kerak.
37-modda. Xususiy mulkning daxlsizligi prinsipi
Tadbirkorlik subyektlarining mulki daxlsizdir va u davlat himoyasidadir. Tadbirkorlik subyektlari oʻz mol-mulkidan qonunda nazarda tutilgan hollardan va tartibdan tashqari hamda sudning qaroriga asoslanmagan holda mahrum etilishi mumkin emas.
38-modda. Tadbirkorlikka oid qonunchilikning barqarorligi va aniqligi prinsipi
Tadbirkorlik subyektlarining oʻz huquqlarini va qonuniy manfaatlarini amalga oshirishida huquqiy muhitning izchil, barqaror va oldindan bashorat qilinadigan boʻlishi taʼminlanadi.
Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish tartib-taomilining murakkablashtirilishini va tadbirkorlik subyektlarining zimmasiga yangi majburiyatlar yuklatilishini nazarda tutadigan, shuningdek ularning javobgarligiga oid yangi choralarni belgilaydigan qonunchilik hujjatlarini ishlab chiqishda:
mazkur hujjatlarning asossiz ravishda tez-tez oʻzgartirilishiga yoʻl qoʻyilmasligi;
tadbirkorlik subyektlari oʻz faoliyatini rejalashtirishda va amalga oshirishda barqaror huquqiy muhit bilan taʼminlanishi;
normalar oʻxshash huquqiy vaziyatlarda bir xil, izchil va adolatli tarzda qoʻllanilishi;
huquqiy aniqlik va asoslanganlik talablariga qatʼiy rioya etilishi kerak.
(31 — 38-moddalar Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 17-avgustdagi OʻRQ-1168-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2026-y., 03/26/1168/0851-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 18-noyabr)
4-modda. Tadbirkorlik faoliyati subyektlari
Tadbirkorlik faoliyati subyektlari (tadbirkorlik subyektlari) belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtgan hamda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik va jismoniy shaxslardir.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat organlari (qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno), ularning mansabdor shaxslari, shuningdek tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishi qonunchilikda man etilgan boshqa shaxslar tadbirkorlik faoliyati subyektlari boʻlishi mumkin emas.
(4-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 3-sentabrdagi 414-sonli “Budjet tashkilotlarini mablagʻ bilan taʼminlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan budjet tashkilotlari faoliyat turi boʻyicha tovarlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotish, ular tomonidan vaqtincha foydalanilmayotgan binolarni va davlatning boshqa mol-mulkini boshqa tashkilotlarga ijaraga berish orqali qoʻshimcha daromadlar olishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
5-modda. Tadbirkorlik subyektlarining toifalari
Tadbirkorlik subyektlari kalendar yil davomidagi jami daromadining miqdoriga qarab quyidagi toifalarga boʻlinadi:
kichik tadbirkorlik subyektlari;
oʻrta tadbirkorlik subyektlari;
yirik tadbirkorlik subyektlari.
Kichik tadbirkorlik subyektlari toifalariga:
yakka tartibdagi tadbirkorlar;
mikrofirmalar — taʼsischilari (ishtirokchilari) jismoniy shaxslar boʻlgan va kalendar yil davomidagi jami daromadi bir milliard soʻmgacha boʻlgan tadbirkorlik subyektlari;
kichik korxonalar — kalendar yil davomidagi jami daromadi bir milliard soʻmdan oʻn milliard soʻmgacha boʻlgan va (yoki) ushbu qismning uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan taʼsischilari (ishtirokchilari) tarkibida yuridik shaxslar mavjud boʻlgan tadbirkorlik subyektlari kiradi.
Oʻrta tadbirkorlik subyektlari toifasiga kalendar yil davomidagi jami daromadi oʻn milliard soʻmdan yuz milliard soʻmgacha boʻlgan tadbirkorlik subyektlari kiradi.
Yirik tadbirkorlik subyektlari toifasiga kalendar yil davomidagi jami daromadi yuz milliard soʻm va undan yuqori boʻlgan tadbirkorlik subyektlari kiradi.
Tadbirkorlik subyektlarini ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan toifalarga ajratish ularni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va rasmiy statistika maʼlumotlarini shakllantirish maqsadida amalga oshiriladi.
(5-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 17-avgustdagi OʻRQ-1168-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2026-y., 03/26/1168/0851-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 18-noyabr)
6-modda. Yakka tartibdagi tadbirkorlik
Yakka tartibdagi tadbirkorlik jismoniy shaxs (yakka tartibdagi tadbirkor) tomonidan tadbirkorlik faoliyatini yuridik shaxs tashkil etmagan holda amalga oshirishdir.
Oldingi tahrirga qarang.
Yakka tartibdagi tadbirkorlik yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan mustaqil, mulk huquqi asosida oʻziga tegishli boʻlgan mol-mulk negizida, shuningdek mol-mulkka egalik qilish va (yoki) undan foydalanishga yoʻl qoʻyadigan oʻzga ashyoviy huquq asosida amalga oshiriladi.
(6-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi OʻRQ-391-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Yakka tartibdagi tadbirkor Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda xodimlarni yollashga haqli.
(6-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi OʻRQ-391-sonli Qonuniga asosan uchinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 707-sonli “Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan yollangan xodimlarni davlat soliq xizmati organlarida hisobga qoʻyish hamda soliq solinadigan daromadlar va chegiriladigan xarajatlar hisobini yuritishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori.
Oldingi tahrirga qarang.
Hunarmandchilik faoliyatini amalga oshirayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar tovarlar tayyorlash (ishlar bajarish, xizmatlar koʻrsatish) uchun shogirdlarni ularga tegishlicha haq toʻlagan holda jalb etishga haqlidir.
(6-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-653-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2020-y., 03/20/653/1592-son)
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 29-iyuldagi 216-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Yuridik shaxs tashkil etmasdan oilaviy tadbirkorlikni va hunarmandchilik faoliyatini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
Yakka tartibdagi tadbirkor oʻz nomidan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanadi, huquq va majburiyatlarni oladi hamda amalga oshiradi. Jismoniy shaxs oʻz tadbirkorlik faoliyati bilan bogʻliq bitimlar tuzayotganida, yakka tartibdagi tadbirkor sifatida harakat qilayotganligini, agar bu bitimlarni tuzish vaziyatining oʻzidan aniq anglashilmasa, koʻrsatishi kerak. Bunday eslatmaning mavjud emasligi yakka tartibdagi tadbirkorni oʻz majburiyatlari boʻyicha zimmasidagi javobgarlikdan ozod etmaydi.
Yakka tartibdagi tadbirkor oʻz faoliyatini amalga oshirayotganda shaxsiy ish hujjatlari blankalaridan, muhr, shtamplardan foydalanishga haqli, ularning matnlari mazkur shaxs yakka tartibdagi tadbirkor ekanligi haqida dalolat berishi lozim.
Yakka tartibdagi tadbirkorlikni amalga oshirish uchun er-xotindan biri er-xotinning umumiy birgalikdagi mol-mulkidan foydalanadigan hollarda, agar qonunda, nikoh shartnomasida yoxud er-xotin oʻrtasidagi oʻzga kelishuvda boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, erning (xotinning) roziligi talab qilinadi.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 225-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 24-moddasi
7-modda. Jismoniy shaxslarning yuridik shaxs tashkil etmagan holda birgalikdagi tadbirkorlik faoliyati
Jismoniy shaxslar yuridik shaxs tashkil etmagan holda birgalikdagi tadbirkorlik faoliyatini oilaviy tadbirkorlik, oddiy shirkat va dehqon xoʻjaligi shakllarida amalga oshirishi mumkin.
Jismoniy shaxslar yakka tartibdagi tadbirkorlar sifatida davlat roʻyxatidan oʻtganidan keyingina birgalikdagi tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun tuziladigan oddiy shirkat shartnomasining taraflari boʻlishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Oilaviy tadbirkorlikning amalga oshirilishi, oddiy shirkat va dehqon xoʻjaligi tuzilishi, faoliyat koʻrsatishi hamda faoliyatining tugatilishi bilan bogʻliq munosabatlar qonunchilik bilan tartibga solinadi.
(7-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Oilaviy tadbirkorlik toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 53-bobi (“Oddiy shirkat”) va Oʻzbekiston Respublikasining “Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Qonuni.
8-modda. Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining huquqlari
Tadbirkorlik faoliyati subyektlari:
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikda taqiqlanmagan har qanday faoliyatni amalga oshirishga;
(8-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
yuridik shaxs boʻlgan boshqa tadbirkorlik subyektlarining muassislari (ishtirokchilari) boʻlishga;
mulk huquqi asosida oʻziga tegishli boʻlgan mol-mulkka egalik qilishga, undan foydalanish va uni tasarruf etishga;
oʻz faoliyati yoʻnalishlarini, tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilarni va oʻz tovarlarining (ishlarining, xizmatlarining) isteʼmolchilarini mustaqil ravishda tanlashga;
tadbirkorlikdan cheklanmagan miqdorda daromad (foyda) olishga, bundan tovarlar (ishlar, xizmatlar) bozorida ustun mavqeni egallab turgan tadbirkorlik faoliyati subyektlari mustasno;
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-maydagi 256-son “Tovar va moliya bozorlarida monopoliyaga qarshi tartibga solishga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash tugʻrisida”gi qarori.
Oldingi tahrirga qarang.
oʻz tovarlarini (ishlarini, xizmatlarini), ishlab chiqarish chiqindilarini bozor konyunkturasidan kelib chiqib, mustaqil ravishda belgilanadigan narxlar va tariflar boʻyicha yoki shartnoma asosida realizatsiya qilishga, qonunchilikda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
(8-modda birinchi qismining yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 722-son “Narxlari davlat tomonidan tartibga solinishi lozim boʻlgan tovarlar narxlarining (tariflarining) shakllanishi hamda qoʻllanilishini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori.
barcha ishlab chiqarish xarajatlarining oʻrni qoplanib, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar toʻlanganidan keyin qolgan daromadni (foydani) erkin tasarruf etishga, sud tartibidagi majburiy undiruv hollari bundan mustasno;
kreditlar olishga, boshqa yuridik va jismoniy shaxslarning pul mablagʻlarini hamda oʻzga mol-mulkini shartnoma shartlari asosida jalb etishga, shu jumladan binolarni, inshootlarni, uskunalarni va oʻzga mol-mulkni olishga va (yoki) tekin, ijaraga (lizingga) olishga hamda ularni tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga yoʻnaltirishga;
tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishga haqli.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Tashqi iqtisodiy faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Oldingi tahrirga qarang.
Tadbirkorlik faoliyati subyektlari qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
(8-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
9-modda. Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining majburiyatlari
Tadbirkorlik faoliyati subyektlari:
oʻzlari tuzgan shartnomalardan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarishi;
soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlashi;
Oldingi tahrirga qarang.
mehnat shartnomasi (kontrakt) boʻyicha ishlayotgan shaxslarning mehnat haqini qonunchilikda Mehnatga haq toʻlash yagona tarif setkasining birinchi razryadi boʻyicha belgilangan miqdordan oz boʻlmagan miqdorda belgilashi, ular bilan oʻz vaqtida hisob-kitob qilishi, shuningdek ish beruvchi sifatida oʻz fuqarolik javobgarligini sugʻurta qilishi;
(9-modda birinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-sentabrdagi 775-sonli “Mehnatga haq toʻlash yagona tarif setkasini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarori.
Oldingi tahrirga qarang.
mehnatni muhofaza qilish hamda xavfsizlik texnikasi, ekologiya, sanitariya va gigiyena sohasidagi qonunchilik va normativ hujjatlar talablariga rioya etishi;
raqobat toʻgʻrisidagi va isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish haqidagi qonunchilik talablariga rioya etishi;
(9-modda birinchi qismining beshinchi va oltinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Raqobat toʻgʻrisida” va “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi qonunlari.
realizatsiya qilinadigan mahsulot va xizmatlar uchun sertifikatlarga ega boʻlishi;
joylashgan yeri (pochta manzili) va boshqa rekvizitlari oʻzgarganligi toʻgʻrisida tegishli davlat organlarini oʻz vaqtida xabardor qilishi;
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-son qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizomga 7-ilova – “Roʻyxatdan oʻtkazish maʼlumotlarining davlat roʻyxatidan oʻtkazish (qayta roʻyxatdan oʻtkazish) shart boʻlgan oʻzgartirishlari va qoʻshimchalarining roʻyxati”ning 5-satri.
Oldingi tahrirga qarang.
buxgalteriya hisobini va tezkor hisobni qonunchilik talablariga muvofiq yuritishi;
(9-modda birinchi qismining toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 17-avgustdagi OʻRQ-1168-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2026-y., 03/26/1168/0851-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 18-noyabr)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida” va “Rasmiy statistika toʻgʻrisida”gi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasining 2025-yil 28-noyabrdagi 6-mb-son “Statistika hisoboti shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 3723, 11.12.2025-y.).
oʻz faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotlarni tegishli davlat organlariga belgilangan tartibda va muddatlarda taqdim etishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
(9-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
10-modda. Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining birlashmalari
Tadbirkorlik subyektlari oʻz faoliyatlarini muvofiqlashtirish, shuningdek oʻz huquqlari va manfaatlarini ifoda etish hamda himoya qilish maqsadida notijorat tashkilotlar boʻlgan uyushmalarga (ittifoqlarga) va boshqa birlashmalarga birlashishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi toʻgʻrisida” (yangi tahriri)gi Qonuni.
Oldingi tahrirga qarang.
Tadbirkorlik faoliyati subyektlari birlashmalarining tashkil etilishi, faoliyat koʻrsatishi, qayta tashkil etilishi va tugatilishi bilan bogʻliq munosabatlar qonunchilik bilan tartibga solinadi.
(10-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 77-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining “Nodavlat notijorat tashkilotlari toʻgʻrisida”gi Qonuni
11-modda. Tadbirkorlik faoliyati subyekti huquqlarining ustuvorligi
Oldingi tahrirga qarang.
Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining davlat organlari, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar, shuningdek banklar bilan oʻzaro munosabatlarida tadbirkorlik faoliyati subyekti huquqlarining ustuvorligi prinsipi amal qilib, unga muvofiq qonunchilikda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq holda yuzaga keladigan barcha bartaraf etib boʻlmaydigan ziddiyatlar va noaniqliklar tadbirkorlik faoliyati subyektining foydasiga talqin etiladi.
(11-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
12-modda. Insofsiz raqobatga yoʻl qoʻyilmasligi
Oldingi tahrirga qarang.
Tadbirkorlik subyektlarining tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda afzalliklar olishga qaratilgan, qonunchilikka, ish muomalasi odatlariga zid boʻlgan va boshqa tadbirkorlik subyektlari boʻlgan raqobatchilarga zarar yetkazadigan yoki zarar yetkazishi mumkin boʻlgan yoxud ularning ishchanlik obroʻsiga putur yetkazadigan yoki putur yetkazishi mumkin boʻlgan harakatlariga yoʻl qoʻyilmaydi.
(12-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonuni.
2-bob. Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish asoslari
13-modda. Tadbirkorlik faoliyati subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish
Oldingi tahrirga qarang.
Tadbirkorlik faoliyati subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tegishli davlat organi tomonidan “bir darcha” prinsipi boʻyicha va, qoida tariqasida, xabardor qilish asosida, qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 28-oktabrdagi PQ–2646-sonli “Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarori, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-son qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organlar ariza beruvchini tadbirkorlik faoliyati subyekti sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazishni uni tashkil etish maqsadga muvofiq emas degan vajlar bilan rad etishga yoki unga qonunchilikda nazarda tutilmagan qoʻshimcha talablarni belgilashga haqli emas.
(13-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 28-oktabrdagi PQ–2646-sonli “Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarori, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-son qarori bilan tasdiqlangan “Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizom”.
Ariza beruvchini tadbirkorlik faoliyati subyekti sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etganlik, shuningdek davlat roʻyxatidan oʻtkazish muddatlarini buzganlik ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning qarori, shuningdek mazkur organ mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) sud tomonidan qonunga xilof deb topilgan taqdirda, ular ariza beruvchiga roʻyxatdan oʻtkazishni rad etganlik yoki roʻyxatdan oʻtkazish muddatini buzganlik tufayli yetkazilgan zararning oʻrnini qoplaydi va maʼnaviy zarar uchun kompensatsiya toʻlaydi.
14-modda. Tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlarini litsenziyalash
Oldingi tahrirga qarang.
Tadbirkorlik faoliyatining litsenziyalanishi lozim boʻlgan turlari qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
(14-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlarini litsenziyalash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonunining 11-moddasi, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisida yagona nizom.
15-modda. Tadbirkorlik faoliyatining mulkiy asosi
Tadbirkorlik faoliyati tadbirkorlik subyektlarining oʻz mol-mulki va (yoki) jalb etilgan mol-mulk asosida amalga oshirilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Tadbirkorlik subyektlarining tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishiga asos va vosita boʻlgan mol-mulk, shu jumladan mulkiy huquqlar qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda huquqlarning belgilanishi, oʻzgartirilishi va bekor boʻlishi bilan bogʻliq oldi-sotdi, garov, ijara va boshqa bitimlar obyekti boʻlishi mumkin.
(15-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
16-modda. Tadbirkorlik faoliyati subyektlarini kreditlash va sugʻurta qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Tadbirkorlik faoliyati subyektlarini kreditlash qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 744 — 748-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Tadbirkorlik faoliyati subyektiga kreditlar berilayotganda banklar, boshqa kredit yoki sugʻurta tashkilotlari kafolat beruvchi boʻlishi mumkin. Toʻlovga qobiliyatli yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qonunchilikda belgilangan tartibda kafil boʻlishi mumkin.
(16-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 292 — 298-moddalari.
Tadbirkorlik faoliyati subyekti kredit shartnomalari boʻyicha majburiyatlar bajarilishini taʼminlash vositasi sifatida oʻz mol-mulkidan, shu jumladan ashyolari va mulkiy huquqlaridan, qonunda belgilangan hollar bundan mustasno, shuningdek oʻzi olgan kreditni toʻlay olmaslik xavfini sugʻurta qilish polisidan foydalanishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 292 — 298 va 744 — 748-moddalari.
Oldingi tahrirga qarang.
Tadbirkorlik subyektlari qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda imtiyozli kreditlanish huquqiga ega.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-yanvardagi PQ-39-sonli “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida aholining biznes tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlashni yangi bosqichga olib chiqishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PQ-55-sonli “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholining daromad manbaini kengaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori.
Tadbirkorlik faoliyati subyektlarini sugʻurta qilish qonunchilikda va shartnomada belgilangan tartibda sugʻurta tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi.
(16-moddaning toʻrtinchi va beshinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 52-bobi (“Sugʻurta”) va Oʻzbekiston Respublikasining “Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Oldingi tahrirga qarang.
17-modda. Hisob va hisobot
Tadbirkorlik faoliyati subyektlari hisob va hisobotni qonunchilikka muvofiq yuritadi. Hisobotlar faqat axborot tizimlari orqali elektron shaklda taqdim etiladi. Tadbirkorlik subyektlarining elektron shaklda taqdim etilgan hisoboti tadbirkorlik subyektining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi. Davlat tadbirkorlik subyektlari tomonidan elektron shaklda hisob yuritilishi uchun dasturiy taʼminotni imtiyozli shartlarda yoki bepul taqdim etadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 8-bobi, Oʻzbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2013-yil 16-iyuldagi 70-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan Buxgalteriya hisobining milliy standarti (20-sonli BHMS) “Kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan buxgalteriya hisobini yuritishning soddalashtirilgan tartibi” (roʻyxat raqami 2501, 14.08.2013-y.).
Kichik tadbirkorlik subyektlari faqat statistika organlariga va davlat soliq xizmati organlariga, yakka tartibdagi tadbirkorlar esa, davlat soliq xizmati organlariga belgilangan shakllarda hisobot taqdim etadi.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining (yangi tahriri) 8-bobi (“Soliq hisoboti”), Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 23-fevraldagi 65-sonli “Kichik biznes korxonalarining hisobot berishini qisqartirish va tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori, Buxgalteriya hisobining milliy standarti (20-sonli BHMS) “Kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan buxgalteriya hisobini yuritishning soddalashtirilgan tartibi” (roʻyxat raqami 2501, 14.08.2013-y.).
Tadbirkorlik subyektlari tomonidan davlat organlariga taqdim etiladigan hisobot va statistika maʼlumotlarining yagona roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi. Bunda yagona roʻyxatga kiritilmagan hisobotlarni va statistika maʼlumotlarini tadbirkorlik subyektlaridan talab qilish taqiqlanadi.
Davlat organlari tadbirkorlik subyektlari tomonidan avval taqdim etilgan hisobotni va statistika maʼlumotlarini qayta talab qilishga haqli emas. Bunda hisobot va statistika maʼlumotlari davlat organlari oʻrtasida elektron axborot tizimlari orqali almashilishi lozim.
(17-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 17-avgustdagi OʻRQ-1168-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2026-y., 03/26/1168/0851-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 18-noyabr)
 LexUZ sharhi
Shuningdek, qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 16-iyuldagi PF-4453-sonli “Statistik, soliq, moliyaviy hisobotlarni, litsenziyalanadigan faoliyat turlarini va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan qisqartirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni.
3-bob. Tadbirkorlik faoliyati subyektlari huquqlarining kafolatlari
18-modda. Tadbirkorlik faoliyati erkinligining konstitutsiyaviy kafolatlari
Davlat iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik erkinligini, barcha mulk shakllarining teng huquqliligi va huquqiy jihatdan bab-baravar muhofaza etilishini kafolatlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Tadbirkorlik subyektlari qonunchilikka muvofiq har qanday faoliyatni amalga oshirishga va oʻz faoliyati yoʻnalishlarini mustaqil ravishda tanlashga haqli.
(18-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 20-sentabrdagi OʻRQ-963-sonli Qonuniga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.09.2024-y., 03/24/963/0735-son)
Xususiy mulk boshqa mulk shakllari qatori daxlsizdir va davlat tomonidan himoya qilinadi.
Tadbirkorlik subyekti mulk huquqi asosida oʻziga tegishli boʻlgan mol-mulkka oʻz xohishiga koʻra egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Tadbirkorlik subyektlari tovarlari, xizmatlari, mehnat resurslari va moliyaviy mablagʻlarining Oʻzbekiston Respublikasi hududida erkin harakatlanishi, ushbu subyektlar davlat roʻyxatidan oʻtgan hududdan qatʼi nazar, kafolatlanadi. Tadbirkorlik subyektlari tovarlari, xizmatlari, mehnat resurslari va moliyaviy mablagʻlarining hududiy prinsip boʻyicha erkin harakatlanishini cheklashga, toʻxtatib turishga va taqiqlashga yoʻl qoʻyilmaydi.
(18-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 29-avgustdagi OʻRQ-950-sonli Qonuniga asosan toʻrtinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.08.2024-y., 03/24/950/0672-son)
Tadbirkorlik subyektlarining oʻz huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilishi, davlat organlarining, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining, boshqa tashkilotlarning qonunga xilof qarorlari, ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
181-modda. Tadbirkorlik faoliyati subyektlari uchun noqulay boʻlgan qonunchilikdagi oʻzgartishlardan kafolatlar
Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish tartib-taomilining murakkablashtirilishini va tadbirkorlik faoliyati subyektlari zimmasiga yangi majburiyatlar yuklatilishini nazarda tutadigan, shuningdek ularning javobgarligiga oid yangi choralarni belgilaydigan qonunchilik hujjatlari rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kamida uch oydan keyin kuchga kiradi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan qonunchilik hujjatlarida ularning (yoki ular qismlarining) kuchga kirish muddati koʻrsatilishi kerak.
(181-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
182-modda. Tadbirkorlik subyektlarining oʻz huquqlariga va qonuniy manfaatlariga daxldor normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining ishlab chiqilishida ishtirok etishi kafolatlari
Tadbirkorlik subyektlari zimmasiga yangi majburiyat, talab, taqiq, javobgarlik yoki boshqa cheklovlar yuklatilishini nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va tartibga solish taʼsirini baholash hisoboti bevosita tadbirkorlik subyektlarining hamda ular birlashmalarining ishtirokida muhokama qilinadi.
Tadbirkorlik subyektlari zimmasiga yangi majburiyat, talab, taqiq, javobgarlik yoki boshqa cheklovlar yuklatilishini nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari tartibga solish taʼsiri boʻyicha baholashdan oʻtkaziladi. Bunda ushbu hujjatlarning qabul qilinishiga normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari boʻyicha tartibga solish taʼsirini baholash natijalari yuzasidan xulosa beruvchi organlarning xulosalari mavjud boʻlgan taqdirda yoʻl qoʻyiladi.
Tadbirkorlik subyektlarining huquqlariga va qonuniy manfaatlariga daxldor normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari tegishli loyihani ishlab chiquvchi tomonidan Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga jamoatchilik muhokamasi uchun joylashtirilishi kerak, bundan davlat sirlarini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi loyihalar mustasno.
Tadbirkorlik subyektlarining huquqlariga va qonuniy manfaatlariga daxldor normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ularning huquqiy ekspertizasi oʻtkazilishidan oldin Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha jamoatchilik kengashi muhokamasidan oʻtkazilishi kerak.
(182-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 17-avgustdagi OʻRQ-1168-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2026-y., 03/26/1168/0851-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 18-noyabr)
Oldingi tahrirga qarang.
19-modda. Tadbirkorlik subyektlarining qonunchilikda man etilmagan har qanday faoliyatni amalga oshirish erkinligi kafolatlari
(19-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Tadbirkorlik subyektlari qonunchilikda man etilmagan har qanday faoliyatni amalga oshirishga haqli.
(19-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Yuridik shaxs boʻlgan tadbirkorlik faoliyati subyektlarining muassislari taʼsis hujjatlarida faoliyatning faqat asosiy turlarini sanab oʻtishga haqli. Yuridik shaxs boʻlgan tadbirkorlik faoliyati subyektlari taʼsis hujjatlarida koʻrsatilmagan faoliyat turi bilan ham shugʻullanishi mumkin.
Yakka tartibdagi tadbirkorlar shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat turlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-yanvardagi 6-sonli qarori bilan tasdiqlangan Yakka tartibdagi tadbirkorlar shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat turlari roʻyxati.
20-modda. Tadbirkorlik subyektlarining oʻz tovarlari (ishlari, xizmatlari) va daromadlarini (foydasini) tasarruf etish erkinligi kafolatlari
Tadbirkorlik faoliyati subyektlari oʻzlari ishlab chiqaradigan tovarlarning (bajaradigan ishlarning, koʻrsatadigan xizmatlarning) va ularni realizatsiya qilishdan olingan daromadlarning (foydaning) mulkdoridir.
Tadbirkorlik faoliyati subyektlari barcha ishlab chiqarish xarajatlarining oʻrni qoplanib, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar toʻlanganidan keyin qolgan daromadni (foydani) oʻz xohishiga koʻra tasarruf etadi, bundan sud tartibidagi majburiy undiruv hollari mustasno.
21-modda. Pul mablagʻlarini tasarruf etish kafolatlari
Tadbirkorlik faoliyati subyektlari oʻz pul mablagʻlarini mustaqil ravishda tasarruf etadi.
Bank yoki boshqa kredit tashkiloti tadbirkorlik faoliyati subyektlarining bank hisobvaragʻida (hisobvaraqda) mavjud boʻlgan pul mablagʻlaridan, hisobvaraqqa talablar qoʻyilganda mablagʻlarning mavjud boʻlishini hamda tadbirkorlik faoliyati subyektlarining ushbu mablagʻlarni hisobvaraqda turgan summalar doirasida moneliksiz tasarruf etish huquqini kafolatlagan holda foydalanishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Agar qonunda yoki shartnomada boshqacha muddatlar nazarda tutilgan boʻlmasa, bank yoki boshqa kredit tashkiloti tadbirkorlik faoliyati subyektining hisobvaragʻiga kelib tushgan pul mablagʻlarini tegishli toʻlov hujjati bankka kelib tushgan kunning ertasidan kechiktirmasdan mazkur hisobvaraqqa kiritib qoʻyishi, tadbirkorlik faoliyati subyektining topshirigʻiga koʻra hisobvaraqdan pul mablagʻlarini berishi yoki oʻtkazishi shart. Hisobvaraq boʻyicha operatsiyalarning belgilangan muddatlari buzilgan taqdirda, bank yoki boshqa kredit tashkiloti tadbirkorlik faoliyati subyektiga qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda va muddatlarda foizlar toʻlaydi.
(21-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 327 va 778-moddalari.
Agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, bank yoki boshqa kredit tashkiloti hisobvaraqda turgan pul mablagʻlaridan foydalanganligi uchun tadbirkorlik faoliyati subyektiga foizlar toʻlaydi, foizlarning summasi uning hisobvaragʻiga kiritib qoʻyiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 781-moddasi.
Davlat organlari, banklar yoki boshqa kredit tashkilotlari tadbirkorlik faoliyati subyektlarining pul mablagʻlaridan foydalanish yoʻnalishlarini belgilab berish va nazorat qilishga hamda pul mablagʻlarini oʻz xohishiga koʻra tasarruf etish huquqlariga nisbatan qonunda yoki shartnomada nazarda tutilmagan boshqa cheklovlar belgilashga haqli emas.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 773-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining ularga xizmat koʻrsatayotgan banklardagi hisobvaraqlarida turgan mablagʻlari qonunchilikda belgilangan tartibda naqd pul mablagʻlari tarzida olinishi mumkin.
(21-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 24-fevraldagi 7/14-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida banklar tomonidan naqd pul muomalasiga doir ishlarni tashkil etish toʻgʻrisidagi Yoʻriqnomaning 30 – 37-bandlari (roʻyxat raqami 3003, 01.05.2018-y.).
Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining bank hisobvaraqlarida pul mablagʻlari bor-yoʻqligi haqida maʼlumot talab qilib olish, shuningdek bunday maʼlumotlarning banklar tomonidan taqdim etilishi taqiqlanadi, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Bank siri toʻgʻrisida”gi Qonunining 8 — 11 moddalari.
22-modda. Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining tashqi iqtisodiy faoliyat erkinligi kafolatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Tadbirkorlik faoliyati subyektlari qonunchilikka muvofiq tashqi iqtisodiy faoliyatni mustaqil amalga oshiradi.
(22-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Tashqi iqtisodiy faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Oldingi tahrirga qarang.
Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi valyuta hisobvaraqlarini ochish va tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish uchun asos boʻladi.
(22-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 17-avgustdagi OʻRQ-1168-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2026-y., 03/26/1168/0851-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 18-noyabr)
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-son qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizom.
23-modda. Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlari kafolatlari
Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining mulki daxlsizdir va qonun bilan muhofaza qilinadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzbekiston Respublikasida mulkchilik toʻgʻrisida”gi Qonunining 32, 33-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 166-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 60, 61-moddalari va Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 170 — 173-moddalari.
Tadbirkorlik faoliyati subyekti mulk huquqi asosida oʻziga tegishli boʻlgan mol-mulkka nisbatan qonunga zid boʻlmagan har qanday harakatlarni bajarishga haqli. Bunda tadbirkorlik faoliyati subyektining oʻz mulkdorlik huquqlarini amalga oshirishi boshqa shaxslarning huquqlarini buzmasligi va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlariga putur yetkazmasligi kerak. Tadbirkorlik faoliyati subyekti qonunda nazarda tutilgan hollarda, shartlarda va doirada boshqa shaxslar uning mol-mulkidan cheklangan tarzda foydalanishiga yoʻl qoʻyishi shart.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 172-173-moddalari.
Tadbirkorlik faoliyati subyektidan mulkni olib qoʻyishga, uning boshqa ashyoviy huquqlarini bekor qilishga, shuningdek ularni cheklashga yoʻl qoʻyilmaydi, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzbekiston Respublikasida mulkchilik toʻgʻrisida”gi Qonunining 34-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 199-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining 29, 36, 42-moddalari va Oʻzbekiston Respublikasi “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish toʻgʻrisida”gi Qonunining 25, 26-moddalari.
Tadbirkorlik faoliyati subyekti boshqa shaxsning qonunga xilof egaligida boʻlgan oʻz mol-mulkini talab qilib olishga, shuningdek oʻz mulk huquqining har qanday buzilishi, garchi bunday huquqbuzarlik egalik qilishdan mahrum etish bilan bogʻliq boʻlmasa ham, bartaraf etilishini talab qilishga haqli.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 228 va 231-moddalari.
Oldingi tahrirga qarang.
Mulk huquqini bekor qiladigan qonunchilik hujjati qabul qilingan taqdirda, ushbu hujjatni qabul qilish natijasida mol-mulkning mulkdori boʻlgan tadbirkorlik subyektiga yetkazilgan zararning oʻrni, shu jumladan mol-mulkning qiymati davlat tomonidan qoplanadi. Zararning oʻrnini qoplash bilan bogʻliq nizolar sud tomonidan hal qilinadi. Mulk huquqi bekor qilinganda olib qoʻyilayotgan mol- mulkning qiymati, agar qonunchilikda boshqacha qoida belgilangan boʻlmasa, mulk huquqi bekor qilingan paytdagi holatga koʻra baholovchi tashkilot tomonidan belgilanadi.
(23-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 205-moddasi.
Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining ashyoviy huquqlari qonunda nazarda tutilgan tartibda himoya qilinadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 19-bobi (“Mulk huquqini va boshqa ashyoviy huquqlarni himoya qilish”).
Oldingi tahrirga qarang.
231-modda. Tadbirkorlik subyektlarining energiya manbalariga ulanish va ulardan belgilangan tartibda foydalanish kafolatlari
Tadbirkorlik subyektlari qonunchilikda belgilangan tartibda energiya manbalariga ulanish va ulardan foydalanish huquqiga ega.
Energetika korxonalari tadbirkorlik subyektlarining energiya manbalariga boʻlgan ehtiyojlarini xavfsiz, ishonchli, barqaror va uzluksiz ravishda taʼminlashi shart.
Oʻzbekiston Respublikasida tadbirkorlik subyektlarining energiya manbalari taʼminotini vaqtincha toʻxtatib turish yoki cheklash jamoat manfaatlarini himoya qilish maqsadida, shu jumladan avariya vaziyatlari yuzaga kelganda energiya tizimining muvozanatini saqlab turish yoki energiya taʼminoti tizimiga texnik xizmat koʻrsatish uchun amalga oshirilishi mumkin.
(231-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 17-avgustdagi OʻRQ-1168-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2026-y., 03/26/1168/0851-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 18-noyabr)
Oldingi tahrirga qarang.
24-modda. Tadbirkorlik subyektlarining yer va suvdan foydalanish huquqi hamda xususiylashtirish natijalarining kafolatlari
Tadbirkorlik subyektlari qonunchilikda belgilangan tartibda yer uchastkalariga ega boʻlishi mumkin.
Tadbirkorlik subyektlarining yer uchastkasini jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyishga faqat olib qoʻyilayotgan yer uchastkasida joylashgan koʻchmas mulk obyektlarining bozor qiymati, yer uchastkasiga boʻlgan huquqning bozor qiymati, koʻp yillik dov-daraxtlarning bozor qiymati, koʻchish, shu jumladan boshqa koʻchmas mulk obyektini vaqtinchalik ijaraga olish bilan bogʻliq xarajatlarning, yer uchastkasidan va unda joylashgan koʻchmas mulk obyektlaridan foydalanishdan olinishi mumkin boʻlgan boy berilgan foydaning (bunda yer uchastkasi va unda joylashgan koʻchmas mulk obyektlari boʻshatib qoʻyilgan paytdan eʼtiboran avvalgi faoliyatni tiklashga qadar boʻlgan, biroq bir yildan ortiq boʻlmagan muddatdagi foyda yoki mavsumiy hosildan olinishi mumkin boʻlgan foyda hisobga olinadi) oʻrni, huquq egasining qonunchilikda yoki kelishuvda nazarda tutilgan boshqa xarajatlarining va zararlarning oʻrni qonunchilikda belgilangan hollarda va tartibda toʻla hajmda qoplanganidan keyin yoʻl qoʻyiladi.
Xususiylashtirish natijalarini, shu jumladan obyektlarning qiymatini baholash hamda baholashga oid hisobotning ishonchliligini ekspertizadan oʻtkazish natijalarini qayta koʻrib chiqish, haqiqiy emas deb topish va bekor qilish masalalari yuzasidan davlat organlari, shu jumladan nazorat qiluvchi, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va sudlar tomonidan tashabbus bilan chiqish xususiy mulkning daxlsizligini buzish deb baholanadi hamda bunday ishlar koʻrib chiqish uchun qabul qilinmaydi.
Tadbirkorlik subyektlari qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasida nazarda tutilgan ixtisoslashuvga muvofiq oʻz faoliyati yoʻnalishlarini, ishlab chiqarish tuzilmasi va hajmlarini mustaqil ravishda belgilaydi.
Qonunchilikda belgilangan tartibda muhofaza zonalari belgilanishi munosabati bilan tadbirkorlik subyektlarining huquqlari cheklanganda ularga yetkazilgan zararning oʻrni (shu jumladan boy berilgan foyda) toʻla hajmda qoplanadi.
Tadbirkorlik subyektlarining suvdan foydalanish huquqi ajratilgan suv olish kvotasi va kutilayotgan suv taʼminoti hajmidan kelib chiqqan holda, ajratilgan suv olish limiti doirasida amalga oshiriladi.
Suvdan foydalanuvchilarning huquqlari qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda aholining sogʻligʻini saqlash, atrof-muhitni muhofaza qilish, milliy xavfsizlikni taʼminlash maqsadida, shuningdek suv tanqisligida, tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarda cheklanishi mumkin.
(24-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 17-avgustdagi OʻRQ-1168-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2026-y., 03/26/1168/0851-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 18-noyabr)
Oldingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 17-avgustdagi OʻRQ-1168-sonli Qonuniga asosan 25-moddaning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2026-yil 18-noyabr — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2026-y., 03/26/1168/0851-son)
26-modda. Tadbirkorlik subyektlarining qimmatli qogʻozlar bozoriga, xom ashyo, tovarlar va xizmatlar bozorlariga erkin kirish kafolatlari
Tadbirkorlik faoliyati subyektlari qimmatli qogʻozlar bozoriga, xom ashyo, tovarlar va xizmatlar bozorlariga erkin kirishda, shuningdek davlat ehtiyojlari uchun tovarlarning ayrim turlarini yetkazib berishda qatnashishda, ishlar bajarish va xizmatlar koʻrsatishda teng imkoniyatlarga ega. Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining qimmatli qogʻozlar bozoriga, xom ashyo, tovarlar va xizmatlar bozorlariga kirishi davlat organlari, shuningdek ularning mansabdor shaxslari tomonidan biron-bir tarzda cheklanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Davlat organlari davlat ehtiyojlari uchun tovarlarni ishlab chiqarish (ishlarni bajarish, xizmatlarni koʻrsatish) va yetkazib berishga doir buyurtmalarni tadbirkorlik faoliyati subyektlari oʻrtasida joylashtirish choralarini koʻradi. Davlat xaridlari boʻyicha tanlovlar oʻtkazishda boshqa teng sharoitlarda kichik tadbirkorlik subyektlariga afzallik beriladi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tadbirkorlik faoliyati subyektlarining qimmatli qogʻozlar bozoriga, xom ashyo, ayrim tovarlar va xizmatlar bozorlariga kirishiga doir boshqa alohida shartlar belgilanishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Oldingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 17-avgustdagi OʻRQ-1168-sonli Qonuniga asosan 27-moddaning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2026-yil 18-noyabr — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2026-y., 03/26/1168/0851-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 17-avgustdagi OʻRQ-1168-sonli Qonuniga asosan 28-moddaning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2026-yil 18-noyabr — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2026-y., 03/26/1168/0851-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 17-avgustdagi OʻRQ-1168-sonli Qonuniga asosan 29-moddaning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2026-yil 18-noyabr — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2026-y., 03/26/1168/0851-son)
30-modda. Tadbirkorlik subyektlarining axborotdan foydalanish kafolatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat organlari, ularning mansabdor shaxslari tadbirkorlik faoliyati subyektlariga mazkur subyektlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor qonunchilik hujjatlari, hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishish imkoniyatini taʼminlashi shart. Axborotdan foydalanish qonunchilik hujjatlarini va tegishli materiallarni ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan Internet jahon axborot tarmogʻi orqali davlat organlarining rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilish va tarqatish yoʻli bilan taʼminlanadi.
(30-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Vazirliklar va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilingan, tadbirkorlik faoliyati subyektlari bilan oʻzaro munosabatlar masalalarini tartibga soladigan, ularning rasmiy veb-saytlarida Internet jahon axborot tarmogʻi orqali eʼlon qilinmagan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlarning talablarini buzganlik uchun tadbirkorlik faoliyati subyektlariga nisbatan javobgarlik choralari qoʻllanilmaydi.
(30-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 28-noyabrdagi OʻRQ-880-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)
Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor axborot bepul taqdim etiladi, boshqa axborotni taqdim etganlik uchun esa belgilangan tartibda haq undirilishi mumkin.
Davlat statistika organlari hamma erkin foydalanishi mumkin boʻlgan statistika axboroti muntazam eʼlon qilib borilishini taʼminlaydi.
Tadbirkorlik subyektlariga yangi korxonalar qurish uchun berilayotgan yer uchastkalarining, shuningdek realizatsiya qilish hamda ijaraga berish uchun taklif etilayotgan qurilishi tugallanmagan obyektlarning, boʻsh yotgan va samarasiz foydalanilayotgan binolar va inshootlarning roʻyxati tegishli davlat organlari tomonidan ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan Internet jahon axborot tarmogʻi orqali oʻz rasmiy veb-saytlarida muntazam ravishda eʼlon qilib borilishi taʼminlanadi.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Elektron hukumat toʻgʻrisida”gi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-sentabrdagi 728-son qaroribilan tasdiqlangan“Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali toʻgʻrisida nizomva Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 23-avgustdagi 181-sonli “Davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda yuridik va jismoniy shaxslar bilan oʻzaro hamkorligini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori.
Oldingi tahrirga qarang.
301-modda. Tadbirkorlik faoliyati subyektlariga berilgan imtiyozlar va preferensiyalarni qoʻllashning kafolatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Qonunchilikda belgilangan soliq, bojxona imtiyozlarining, moliyaviy va boshqa turdagi imtiyozlarning (davlat tomonidan moddiy shakldagi qoʻllab-quvvatlash chorasining) hamda preferensiyalarning (davlat tomonidan nomoddiy shakldagi qoʻllab-quvvatlash chorasining) tadbirkorlik subyektlariga nisbatan toʻliq hajmda qoʻllanilishi davlat tomonidan kafolatlanadi.
Tadbirkorlik subyektlariga qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda beriladigan imtiyozlar va preferensiyalardan foydalanishni davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari tomonidan asossiz ravishda rad etish, ulardan foydalanishga toʻsqinlik qilish taqiqlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan maxsus platformada tadbirkorlik subyektlariga taqdim etiladigan imtiyozlar va preferensiyalarning turlari, muddatlari hamda tartibini oʻz ichiga olgan alohida reyestr yuritiladi.
Tadbirkorlik subyektlari uchun imtiyozlar va preferensiyalarning reyestrini shakllantirish hamda doimiy ravishda yangilab borish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Tadbirkorlik subyektlariga davlat tomonidan beriladigan imtiyozlar va preferensiyalar individual tarzda emas, balki iqtisodiyot tarmoqlari, sohalar yoki hududlar kesimida belgilanadi. Bunda imtiyozlar va preferensiyalar barcha tadbirkorlik subyektlariga nisbatan teng shart-sharoitlarda, ochiq hamda shaffof mexanizmlar asosida tatbiq etilishi kerak.
(301-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 17-avgustdagi OʻRQ-1168-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2026-y., 03/26/1168/0851-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 18-noyabr)
31-modda. Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining murojaatlarini koʻrib chiqish kafolatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Tadbirkorlik faoliyati subyektlari davlat organlariga yoki xoʻjalik boshqaruvi organlariga arizalar, takliflar va shikoyatlar bilan murojaat etish huquqiga ega.
Davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari tadbirkorlik subyektlarining murojaatlarini qonunchilikda belgilangan tartibda va muddatlarda xolisona, toʻliq hamda asosli tarzda koʻrib chiqishi shart.
Tadbirkorlik subyektlari tomonidan arizalar, shikoyatlar yoki takliflar berilganligi uchun ularni taʼqib qilishga yoʻl qoʻyilmaydi. Bunday hollar aniqlangan taqdirda, tegishli shaxslar belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
(31-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 17-avgustdagi OʻRQ-1168-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2026-y., 03/26/1168/0851-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 18-noyabr)
32-modda. Tadbirkorlik faoliyati subyektlari mol-mulki natsionalizatsiya, musodara va rekvizitsiya qilinmasligining kafolatlari
Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining mol-mulki natsionalizatsiya va musodara qilinmaydi, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining mol-mulki rekvizitsiya qilinmaydi, bundan tabiiy ofatlar, avariyalar, epidemiyalar, epizootiyalar va favqulodda xususiyatdagi boshqa holatlar mustasno boʻlib, bunda mulkdorga rekvizitsiya qilinayotgan mol-mulkning qiymati toʻlanadi. Rekvizitsiya qilish toʻgʻrisidagi qaror qonunchilikda belgilangan tartibda va shartlarda davlat organlari tomonidan qabul qilinadi.
(32-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 203-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi 289-moddasi.
Tadbirkorlik faoliyati subyektlari natsionalizatsiya, musodara va rekvizitsiya qilish toʻgʻrisidagi qaror ustidan sud tartibida shikoyat qilishga haqli.
33-modda. Firma nomidan, tovar belgisidan (xizmat koʻrsatish belgisidan) foydalanish kafolatlari
Yuridik shaxs boʻlgan tadbirkorlik faoliyati subyekti firma nomiga boʻlgan huquqqa ega, bu nomni uning oʻzi mustaqil ravishda belgilaydi va oʻz taʼsis hujjatlarida koʻrsatadi.
Taʼsis hujjatlarida koʻrsatilgan firma nomiga boʻlgan huquq tadbirkorlik faoliyati subyekti davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran yuzaga keladi.
Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining ilgari roʻyxatdan oʻtkazilgan firma nomi bilan adashtirib yuborish darajasida bir xil yoki oʻxshash boʻlgan, tegishli tadbirkorlik subyektlarini aynan bir deb hisoblashga olib kelishi mumkin boʻlgan firma nomi roʻyxatdan oʻtkazilishi mumkin emas.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1098–1101-moddalari va Oʻzbekiston Respublikasining “Firma nomlari toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Tovar belgisidan (xizmat koʻrsatish belgisidan) foydalanish huquqi uning roʻyxatdan oʻtkazilganligiga asoslanib beriladi. Tovar belgisi (xizmat koʻrsatish belgisi) yuridik yoki jismoniy shaxs boʻlgan tadbirkorlik faoliyati subyekti nomiga roʻyxatdan oʻtkazilishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1102—1111-moddalari va Oʻzbekiston Respublikasining “Tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Firma nomidan, tovar belgisidan (xizmat koʻrsatish belgisidan) foydalanish, ularga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritishga boʻlgan mutlaq huquq ushbu nomning (belgining) egasiga tegishli boʻladi.
Firma nomi, tovar belgisi (xizmat koʻrsatish belgisi) nashr etilganda, omma oldida ijro etilganda yoki ulardan oʻzgacha tarzda foydalanilganda firma nomining, tovar belgisining (xizmat koʻrsatish belgisining) oʻziga ham, ularning belgilariga ham biror-bir oʻzgartishlar kiritishga faqat ular egasining roziligi bilan yoʻl qoʻyiladi.
Firma nomi, tovar belgisi (xizmat koʻrsatish belgisi) daxlsizligiga boʻlgan huquq firma nomining, tovar belgisining (xizmat koʻrsatish belgisining) egasiga tegishlidir.
Oldingi tahrirga qarang.
Firma nomidan, tovar belgisidan (xizmat koʻrsatish belgisidan) foydalanish huquqi ularning egasi tomonidan boshqa shaxsga qonunchilikka muvofiq ular oʻrtasida tuzilgan litsenziya shartnomasi yoki kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasi asosida berilishi mumkin.
(33-moddaning sakkizinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 50-bobi (“Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi (franshizing)”), Oʻzbekiston Respublikasi “Firma nomlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 8-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi “Tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 30-moddasi.
34-modda. Tadbirkorlik faoliyatiga aralashmaslik kafolatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat organlari, boshqa tashkilotlar hamda ularning mansabdor shaxslari tadbirkorlik faoliyati subyektlarining qonunchilikka muvofiq amalga oshirayotgan faoliyatiga aralashishga haqli emas.
Agar davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari tadbirkorlik faoliyati subyektlarining faoliyatida qonunchilik buzilganligini aniqlasa, ular oʻz vakolatlari doirasida va muayyan qoidabuzarlikni bartaraf etish bilan bevosita bogʻliq chora-tadbirlarni koʻrishi mumkin. Davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari qoidabuzarlik mavjudligi faktidan tadbirkorlik faoliyati subyektlarining oʻzga qonuniy faoliyatiga aralashish yoki bunday faoliyatni cheklash uchun asos sifatida foydalanishi mumkin emas.
(34-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish toʻgʻrisida”gi Qonunning 18-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat organlariga, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga va boshqa tashkilotlarga, shuningdek ularning mansabdor shaxslariga:
bitimlar tuzish, foydani taqsimlash, ijroiya organi rahbarini va uning aʼzolarini saylash (tayinlash) masalalari boʻyicha hamda tadbirkorlik faoliyati subyektlarining boshqaruv organlari vakolatiga taalluqli boʻlgan boshqa masalalar boʻyicha qarorlar qabul qilish, tadbirkorlik faoliyati subyektlariga koʻrsatmalar va boshqa farmoyishlar berish, bundan qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno;
Oldingi tahrirga qarang.
tadbirkorlik subyektlaridan hujjatlarga muhr bosishni talab qilish yoki hujjatlarni muhr bilan tasdiqlash toʻgʻrisida talab qoʻyish;
(34-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 20-martdagi OʻRQ-531-sonli Qonuniga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son)
tadbirkorlik faoliyati subyektlarining oʻz vakolatlari doirasida tadbirkorlik tavakkalchiligi sharoitlarida qabul qilingan, zarar koʻrilishiga olib kelgan qarorlar uchun ularning boshqaruv organlari aʼzolariga nisbatan javobgarlik choralarini koʻrish taqiqlanadi.
(34-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-396-sonli Qonuniga asosan uchinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda)
Davlat organlarining, boshqa tashkilotlarning va ular mansabdor shaxslarining banklar faoliyatiga, shu jumladan banklarning filiallari rahbar xodimlarini tayinlashga aralashishi, bank mablagʻlari hisobidan turli xil toʻlovlar va badallar talab qilishi taqiqlanadi. Huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlarning banklar kredit portfeli va aktivlarini shakllantirish bilan bogʻliq tadbirkorlik tavakkalchiliklarini boshqarish yuzasidan banklar faoliyatiga aralashishi taqiqlanadi.
 LexUZ sharhi
Shuningdek, qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 21-martdagi PF-2564-sonli “Bank tizimini yanada erkinlashtirish va isloh qilish borasidagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmonining 10-bandi.
Davlat organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari dehqon va fermer xoʻjaliklarining tadbirkorlik faoliyatiga, shu jumladan ushbu xoʻjaliklarning agrotexnika usullarini, yetishtiriladigan mahsulot turini tanlashiga, bu mahsulotning bahosini hamda realizatsiya qilish yoʻnalishini belgilashiga aralashishga haqli emas, davlat ehtiyojlari uchun moʻljallangan xaridlar bundan mustasno.
4-bob. Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining huquqlarini himoya qilish
35-modda. Tadbirkorlik faoliyati subyektining ishchanlik obroʻsini himoya qilish
Tadbirkorlik faoliyati subyekti oʻz ishchanlik obroʻsiga putur yetkazadigan maʼlumotlarga, agar bunday maʼlumotlarni tarqatgan shaxs ularning haqiqatga toʻgʻri kelishini isbotlay olmasa, raddiya berilishini sud tartibida talab qilishga haqli.
Agar tadbirkorlik faoliyati subyektining ishchanlik obroʻsiga putur yetkazadigan maʼlumotlar ommaviy axborot vositalarida tarqatilgan boʻlsa, bu maʼlumotlarga raddiya ayni shu ommaviy axborot vositalarida berilishi lozim. Agar bunday maʼlumotlar tashkilotdan olingan hujjatda mavjud boʻlsa, bunday hujjat almashtirilishi yoki chaqirib olinishi kerak. Boshqa hollarda raddiya berish tartibi sud tomonidan belgilanadi.
Tadbirkorlik faoliyati subyekti oʻz ishchanlik obroʻsiga putur yetkazadigan maʼlumotlar tarqatilganda, bunday maʼlumotlarga raddiya berilishi bilan bir qatorda ularning tarqatilishi oqibatida yetkazilgan zararning oʻrni qoplanishini va maʼnaviy zarar kompensatsiya qilinishini talab etishga haqli.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 100-moddasi.
36-modda. Intellektual faoliyat natijalarini himoya qilish
Tadbirkorlik faoliyati subyektining intellektual faoliyatning obyektiv ifodalangan natijalariga hamda uni individuallashtirish vositalariga (firma nomi, tovar belgisi, xizmat koʻrsatish belgisi va hokazoga) boʻlgan mutlaq huquqi qonun bilan muhofaza etiladi va davlat tomonidan himoya qilinadi.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 65-bobi (“Fuqarolik muomalasi qatnashchilari, tovarlar, ishlar va xizmatlarni shaxsiylashtirish vositalari”), Oʻzbekiston Respublikasining “Firma nomlari toʻgʻrisida” va “Tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʻgʻrisida”gi qonunlari.
Mutlaq huquqlar obyektlari boʻlgan intellektual faoliyat natijalaridan va individuallashtirish vositalaridan uchinchi shaxslar faqat huquq egasining roziligi bilan foydalanishi mumkin.
37-modda. Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining tijorat sirini va oshkor etilmagan axborotini muhofaza qilish
Tijorat siri boʻlgan, uchinchi shaxslarga maʼlum boʻlmagan axborot (oshkor etilmagan axborot) uchinchi shaxslarga maʼlum boʻlmaganligi sababli haqiqiy yoki potensial tijorat qiymatiga ega boʻlgan, qonun yoʻli bilan undan erkin foydalanish mumkin boʻlmagan hamda axborot egasi uning maxfiyligini saqlashga doir choralar koʻrgan taqdirda, muhofaza qilinadi.
Oshkor etilmagan axborotni undan qonunga xilof ravishda foydalanishdan muhofaza qilish huquqi ushbu axborotga nisbatan biron-bir rasmiyatchilikni bajarishdan (uni davlat roʻyxatidan oʻtkazishdan, guvohnomalar olishdan va hokazodan) qatʼi nazar vujudga keladi.
Oshkor etilmagan axborotni muhofaza qilish qoidalari qonunga muvofiq xizmat yoki tijorat siri boʻla olmaydigan maʼlumotlarga (yuridik shaxslar toʻgʻrisidagi, mol- mulkka boʻlgan huquqlar hamda mol-mulk xususida tuzilib, davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi kerak boʻlgan bitimlar haqidagi maʼlumotlarga, davlat statistika hisoboti tariqasida taqdim etilishi kerak boʻlgan maʼlumotlarga va boshqalarga) nisbatan tatbiq etilmaydi.
Oshkor etilmagan axborotni qonuniy asoslarsiz olgan yoki tarqatgan yoxud undan foydalanayotgan shaxs axborotdan qonunga xilof ravishda foydalanganlik oqibatida bu axborotning qonuniy egasiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplashi shart.
Oshkor etilmagan axborot mazmunini tashkil etuvchi maʼlumotlarni mustaqil ravishda va qonuniy tarzda olgan shaxs bu maʼlumotlardan, tegishli oshkor etilmagan axborot egasining huquqlaridan qatʼi nazar, foydalanishga haqli va bunday foydalanganlik uchun uning oldida javob bermaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 64-bobi (“Oshkor etilmagan axborotni noqonuniy foydalanishdan muhofaza qilish”).
38-modda. Tadbirkorlik faoliyati subyektiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash
Tadbirkorlik faoliyati subyektiga yetkazilgan zararning oʻrni, shu jumladan boy berilgan foyda bu zararni yetkazgan shaxs tomonidan toʻla hajmda qoplanishi kerak. Zarar yetkazuvchi boʻlmagan shaxs zimmasiga qonunga binoan zararning oʻrnini qoplash majburiyati yuklatilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat organlarining, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining qonunga xilof qarorlari yoki ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi), shu jumladan davlat organi yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi tomonidan qonunchilikka muvofiq boʻlmagan hujjat qabul qilinishi natijasida tadbirkorlik faoliyati subyektiga yetkazilgan zararlarning oʻrni davlat tomonidan yoxud fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi tomonidan sudning qarori asosida qoplanishi kerak. Davlat organlarining, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining mansabdor shaxslari aybi bilan yetkazilgan zararlarning oʻrnini qoplash sud qarori bilan mazkur mansabdor shaxslar zimmasiga yuklatilishi mumkin.
(38-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 15, 990-moddalari.
39-modda. Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirishlarni cheklash
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakilni tekshiruvlar toʻgʻrisida xabardor qilish hamda tekshiruv boshlanganidan keyin xabardor qilish tartibida oʻtkaziladigan tekshiruvlarni tashabbus qilish uchun quyidagilar asos boʻladi:
“Xavfni tahlil qilish” elektron tizimining natijalari;
aniq fakt va hollar boʻyicha fuqarolarning hayotiga va (yoki) sogʻligʻiga, jamoat xavfsizligiga, atrof-muhitga, jismoniy va yuridik shaxslarning hamda davlatning manfaatlariga zarar yetkazilishi xavfining oldini olish yoki bartaraf etish uchun jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari, davlat organlari va tashkilotlarining maʼlumotlari, ommaviy axborot vositalaridan va boshqa axborot manbalaridan olingan maʼlumotlar.
“Xavfni tahlil qilish” elektron tizimining natijalari va qonunchilik buzilishlari toʻgʻrisida boshqa davlat organlari tomonidan taqdim etilgan axborot asosida tadbirkorlik subyektlari faoliyatining tekshiruvlarini oʻtkazish tashabbusi qonunchilik buzilishlarining oldini olish va ularni bartaraf etish yuzasidan tadbirkorlik subyektlari uchun profilaktika tadbirlari oʻtkazilganidan keyin amalga oshiriladi, bundan soliq bazasini yashirish (kamaytirib koʻrsatish) holatlari boʻyicha oʻtkaziladigan soliq tekshiruvlari mustasno.
“Xavfni tahlil qilish” elektron tizimida tadbirkorlik subyektlarining faoliyatida huquqbuzarlikning sodir etilishi xavfi past, oʻrta va yuqori darajalarga tasniflanadi.
Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini nazorat qilishga vakolatli organlar va ularning nazorat sohalari roʻyxati qonunchilik hujjatlarida tasdiqlanadi. Tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini nazorat qilishga doir tadbirlarning nazorat qilishga vakolatli organlar va ularning nazorat sohalari roʻyxatiga kiritilmagan organlar hamda tashkilotlar tomonidan oʻtkazilishi taqiqlanadi.
Nazorat qiluvchi organlar tomonidan ularning nazorat sohalari roʻyxatiga kiritilmagan tekshiruvlarni, shuningdek boshqa organlar va tashkilotlar tomonidan tadbirkorlik subyektlarining faoliyatiga doir tekshiruvlarni oʻtkazish qonunga xilof deb hisoblanadi.
Tekshiruv Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda attestasiyadan oʻtgan va tekshiruvlarni oʻtkazish uchun ruxsat berilganligi toʻgʻrisida maxsus guvohnoma olgan nazorat qiluvchi organlarning mansabdor shaxslari tomonidan oʻtkaziladi.
Nazorat qiluvchi organlarning mansabdor shaxslari tomonidan tadbirkorlik subyekti faoliyatini tekshirishga xizmat guvohnomasi, tekshiruvlarni oʻtkazish uchun ruxsat berilganligi toʻgʻrisidagi maxsus guvohnoma va qonunda nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlgan taqdirda yoʻl qoʻyiladi.
Nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga doir tekshiruvlarni va profilaktika tadbirlarini oʻtkazish tartibi qonun bilan belgilanadi.
(39-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 17-avgustdagi OʻRQ-1168-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2026-y., 03/26/1168/0851-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 18-noyabr)
Oldingi tahrirga qarang.
40-modda. Moliyaviy sanksiyalarning qoʻllanilmasligi va summalari kamaytirilishi
Oldingi tahrirga qarang.
Tadbirkorlik subyektlari nazorat qiluvchi organlarning tekshiruvlar natijalari boʻyicha koʻrsatmalarini bajargan, shuningdek yetkazilgan zararning oʻrnini belgilangan muddatlarda va toʻla hajmda ixtiyoriy ravishda qoplagan, shu jumladan penya toʻlagan taqdirda, ularga nisbatan moliyaviy sanksiyalar qoʻllanilmaydi. Mazkur norma soliqqa oid huquqbuzarliklar sababli moliyaviy sanksiyalarni qoʻllash hollariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Nazorat qiluvchi organlarning moliyaviy sanksiya qoʻllash toʻgʻrisidagi qarori tadbirkorlik subyektlarining tanloviga koʻra quyidagi shakllardan biri orqali ixtiyoriy ravishda ijro etilishi mumkin:
nazorat qiluvchi organlarning moliyaviy sanksiya qoʻllash toʻgʻrisidagi qarori topshirilgan kundan eʼtiboran bir oy muddatda jarima miqdorining ellik foizini ixtiyoriy ravishda toʻlash sharti bilan jarimaning qolgan qismini toʻlashdan ozod etish;
jarima summasini olti oy davomida teng miqdorlarda boʻlib-boʻlib toʻlash. Bunda tadbirkorlik subyektlari nazorat qiluvchi organlarning moliyaviy sanksiya qoʻllash toʻgʻrisidagi qarori topshirilgan kundan eʼtiboran bir oy davomida jarima miqdorining kamida oltidan bir qismidan iborat dastlabki toʻlovni toʻlagan taqdirda, jarimani boʻlib-boʻlib toʻlash tartibi avtomatik ravishda amal qiladi.
(40-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 17-avgustdagi OʻRQ-1168-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2026-y., 03/26/1168/0851-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 18-noyabr)
Oldingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 17-avgustdagi OʻRQ-1168-sonli Qonuniga asosan 41-moddaning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2026-yil 18-noyabr — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2026-y., 03/26/1168/0851-son)
Oldingi tahrirga qarang.
42-modda. Tadbirkorlik subyektlariga nisbatan huquqiy taʼsir choralarini qoʻllash
Oldingi tahrirga qarang.
Qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda tadbirkorlik subyektlariga nisbatan huquqiy taʼsir choralari qoʻllaniladi. Bunda tadbirkorlik subyektlariga nisbatan quyidagi huquqiy taʼsir choralari faqat sud tartibida qoʻllaniladi:
faoliyatni tugatish;
atrof-muhitga zararli taʼsir koʻrsatayotgan obyektlar faoliyatini tugatish va (yoki) qayta ixtisoslashtirish;
faoliyatni toʻxtatib turish, bundan nazorat qiluvchi organlar tomonidan faoliyatni Inson hayoti va sogʻligʻiga yuqori xavf soluvchi omillar reyestriga kiritilgan omillar asosida oʻn ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatga toʻxtatib turish hollari mustasno;
faoliyatni cheklash va taqiqlash, bundan favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va sogʻligʻi uchun boshqa haqiqiy xavf yuzaga kelishining oldini olish bilan bogʻliq holda faoliyatni oʻn ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatga cheklash hollari hamda qonunda nazarda tutilgan boshqa hollar mustasno;
moliyaviy sanksiyalarni qoʻllash, bundan soliqlarni va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlash muddatini oʻtkazib yuborganlik uchun penyalarni hisoblash, shuningdek sodir etilgan huquqbuzarlikdagi aybiga iqror boʻlish va moliyaviy sanksiyalar summalarini ixtiyoriy ravishda toʻlash hollari mustasno;
banklardagi hisobvaraqlar boʻyicha operasiyalarni toʻxtatib turish, bundan qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno;
huquqbuzarlik predmetlarini davlat daromadiga oʻtkazish;
tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bilan shugʻullanish uchun berilgan litsenziyalarning (ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarning) amal qilishini oʻn kundan ortiq, lekin olti oydan koʻp boʻlmagan muddatga toʻxtatib turish yoki xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatning (harakatning) amal qilishini tugatish va litsenziyalarni (ruxsatnomalarni) bekor qilish, bundan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan beriladigan litsenziyalar (ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar) mustasno.
(42-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 17-avgustdagi OʻRQ-1168-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2026-y., 03/26/1168/0851-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 18-noyabr)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksining 27-bobi, Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi “Ekologik nazorat toʻgʻrisida”gi Qonunining 22-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-son “Qonunchilikdagi huquqiy boʻshliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish toʻgʻrisida”gi Farmoni.
Oldingi tahrirga qarang.
Tadbirkorlik subyektlariga nisbatan qoʻllaniladigan huquqiy taʼsir choralari majburiy talablar buzilishining xususiyatiga, qonun bilan qoʻriqlanadigan moddiy va nomoddiy obyektlarga yetkazilgan yoki yetkazilishi mumkin boʻlgan ziyonga (zararga) mutanosib boʻlishi kerak.
(42-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 17-avgustdagi OʻRQ-1168-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2026-y., 03/26/1168/0851-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 18-noyabr)
Favqulodda holat sharoitida tadbirkorlik faoliyati subyektlarining faoliyatini cheklash, toʻxtatib turish “Favqulodda holat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
(42-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 2-martdagi OʻRQ-756-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2022-y., 03/22/756/0180-son)
Oldingi tahrirga qarang.
421-modda. Tadbirkorlik subyektining faoliyatini toʻxtatib turish va qayta tiklash
Tadbirkorlik subyektining faoliyati quyidagi hollarda toʻxtatib turilishi mumkin:
oʻzining arizasiga asosan;
oʻn ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatga — nazorat qiluvchi organlar tomonidan;
oʻn ish kunidan ortiq, lekin olti oydan koʻp boʻlmagan muddatga — sud tomonidan.
Nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatini toʻxtatib turishga faqat Inson hayoti va sogʻligʻiga yuqori xavf soluvchi omillar reyestriga kiritilgan omillar asosida oʻn ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatga yoʻl qoʻyiladi, bundan tadbirkorlik subyektlari faoliyatini sud tartibida hamda qonunda belgilanadigan asoslar boʻyicha toʻxtatib turish hollari mustasno.
Tadbirkorlik subyekti oʻzining faoliyatini toʻxtatib turish yoki qayta tiklash toʻgʻrisida oʻz faoliyatini toʻxtatguniga yoki qayta tiklaguniga qadar roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga yoki Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyishning avtomatlashtirilgan tizimi orqali ariza beradi. Bunda xodimlarni yollash yoʻli bilan faoliyatini amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektining har bir yollangan xodimiga oid maʼlumotlar soliq organiga “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi orqali avtomatik tarzda yuboriladi.
Tadbirkorlik subyektining faoliyati toʻxtatib turilganligi yoki qayta tiklanganligi toʻgʻrisidagi arizani olgan roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ navbatdagi ish kuni tugaguniga qadar soliq organlariga tadbirkorlik subyektining faoliyati toʻxtatib turilganligi yoki qayta tiklanganligi haqida Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyishning avtomatlashtirilgan tizimi orqali axborot taqdim etadi.
Tadbirkorlik subyektining faoliyatini toʻxtatib turish soliq va statistika hisobotlarini taqdim etishni, oʻziga va har bir xodimiga nisbatan soliq hisoblashni toʻxtatib turish uchun asos boʻladi.
Tadbirkorlik subyektining faoliyatini oʻz arizasiga asosan toʻxtatib turish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
422-modda. Tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablarning yagona reyestri
Tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablarning yagona reyestri (bundan buyon matnda Majburiy talablar reyestri deb yuritiladi) tadbirkorlik subyektlariga nisbatan qoʻyiladigan talablarni, ushbu talablarning amal qilish muddatlarini, davlat nazoratini amalga oshirishga doir talablarni, majburiy talablarga muvofiqlikni tasdiqlash uchun zarur boʻlgan hujjatlarni, shuningdek ushbu talablarga rioya etmaganlik uchun javobgarlik choralarini hamda sohaga oid boshqa tegishli axborotni oʻz ichiga olgan ochiq maʼlumotlar bazasi hisoblanadi.
Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun normativ-huquqiy hujjatlar va normativ-texnik hujjatlar bilan belgilangan barcha majburiy talablar ularni qayta koʻrib chiqish muddati koʻrsatilgan holda, davlat tomonidan Majburiy talablar reyestriga kiritiladi.
Majburiy talablar reyestriga maʼlumotlar tegishli sohadagi vakolatli davlat organlari va tashkilotlari tomonidan kiritiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Majburiy talablar reyestrining operatori hisoblanadi, uning yuritilishini uslubiy jihatdan taʼminlaydi, shuningdek davlat organlari va tashkilotlarining ushbu sohadagi faoliyatini muvofiqlashtiradi.
Tadbirkorlik subyektlari Majburiy talablar reyestriga kiritilmagan talablarni bajarmaganlik uchun javobgarlikka tortilmaydi.
Majburiy talablar reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Majburiy talablar reyestrida nazarda tutilgan talablar buzilgan taqdirda tadbirkorlik subyekti Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq javobgar boʻladi.
(421 va 422-moddalar Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 17-avgustdagi OʻRQ-1168-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2026-y., 03/26/1168/0851-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 18-noyabr)
5-bob. Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 5-oktabrdagi PF-4848-sonli “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini taʼminlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni.
Oldingi tahrirga qarang.
43-modda. Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash sohasidagi vakolatlari
(43-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 17-avgustdagi OʻRQ-1168-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2026-y., 03/26/1168/0851-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 18-noyabr)
Oldingi tahrirga qarang.
Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari oʻz vakolatlari doirasida:
(43-modda birinchi qismining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 17-avgustdagi OʻRQ-1168-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2026-y., 03/26/1168/0851-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 18-noyabr)
tadbirkorlikni rivojlantirish davlat dasturlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishi va tadbirkorlik faoliyatining rivojlantirilishi ustidan monitoringni amalga oshiradi, mavjud muammolarni oʻrganadi hamda tadbirkorlikning huquqiy kafolatlarini mustahkamlashga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritadi;
(43-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
tadbirkorlik faoliyati subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlaydi;
tadbirkorlik faoliyati subyektlariga moliyaviy, moddiy-texnik va axborot resurslaridan foydalanishda koʻmaklashadi;
tadbirkorlik faoliyati subyektlariga oʻz tovarlarini (ishlarini, xizmatlarini) tashqi va ichki bozorlarda realizatsiya qilishda, shu jumladan tadbirkorlik faoliyati subyektlarini davlat xaridlarini amalga oshirish jarayoniga faol jalb etish hamda ularning mahsulotini oʻtkazish boʻyicha ixtisoslashtirilgan tashkilotlar tashkil etish yoʻli bilan koʻmaklashadi;
tadbirkorlik faoliyati subyektlari oʻrtasida axborot va tushuntirish ishlarini, konsalting, lizing, sugʻurta va boshqa xizmatlar tizimi rivojlantirilishini tashkil etadi;
kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishda tadbirkorlik faoliyati subyektlariga koʻmaklashadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari qonunchilikka muvofiq tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash sohasida boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(43-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 17-avgustdagi OʻRQ-1168-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2026-y., 03/26/1168/0851-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 18-noyabr)
44-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash sohasidagi vakolatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari oʻz vakolatlari doirasida:
tadbirkorlikni rivojlantirishga oid hududiy dasturlarni tasdiqlaydi va ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
tadbirkorlik subyektlari faoliyatini himoya qilishning qoʻshimcha kafolatlari va choralarini belgilaydi.
(44-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 17-avgustdagi OʻRQ-1168-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2026-y., 03/26/1168/0851-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 18-noyabr)
Oldingi tahrirga qarang.
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari oʻz vakolatlari doirasida:
tadbirkorlikni rivojlantirishga oid hududiy dasturni ishlab chiqadi va mahalliy davlat hokimiyati vakillik organiga tasdiqlash uchun kiritadi hamda uning amalga oshirilishini taʼminlaydi;
tadbirkorlikni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshiradi.
(44-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 17-avgustdagi OʻRQ-1168-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2026-y., 03/26/1168/0851-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 18-noyabr)
Oldingi tahrirga qarang.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonunchilikka muvofiq tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash sohasida boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(44-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Oldingi tahrirga qarang.
45-modda. Tadbirkorlikni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning asosiy turlari va vositalari
Tadbirkorlikni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning asosiy turlari quyidagilardan iborat:
moliyaviy va mulkiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash;
infratuzilmaviy jihatdan qoʻllab-quvvatlash;
tadbirkorlik faoliyati uchun kadrlar tayyorlashni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash.
Tadbirkorlikni moliyaviy va mulkiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash quyidagilar vositasida amalga oshiriladi:
davlat subsidiyalarini berish;
iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni grantlar asosida moliyalashtirish;
imtiyozli kreditlar ajratilishini taʼminlash;
coliq va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha imtiyozlar taqdim etish.
Bunda tovarlar savdosi sohasida quyidagi moliyaviy va mulkiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash choralarini taqdim etish taqiqlanadi:
eksport natijalariga bogʻlangan qoʻllab-quvvatlash choralarini;
import qilingan tovarlar oʻrniga mahalliy tovarlardan foydalanish talabiga bogʻlangan qoʻllab-quvvatlash choralarini.
Tadbirkorlikni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash ijtimoiy tadbirkorlik subyektlarining maʼlumotlari, tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi, Masʼuliyatli biznes yurituvchi tadbirkorlik subyektlarining reyestridagi maʼlumotlar asosida hamda tumanlar va shaharlarning toifasidan kelib chiqib taqdim etilishi mumkin.
Tadbirkorlikni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa turlarda ham amalga oshirilishi mumkin.
(45-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 17-avgustdagi OʻRQ-1168-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2026-y., 03/26/1168/0851-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 18-noyabr)
Oldingi tahrirga qarang.
451-modda. Tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha davlat subsidiyalari
Tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha davlat subsidiyalari yashil texnologiyalarni joriy etish, ijtimoiy tadbirkorlikni ragʻbatlantirish, turizm sohasini rivojlantirish, taʼlimni va sogʻliqni saqlashni qoʻllab-quvvatlash, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish, yashirin iqtisodiyotni qisqartirishga doir ragʻbatlantiruvchi mexanizmlarni joriy etish maqsadida hamda qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa maqsadlarda berilishi mumkin.
452-modda. Tadbirkorlik loyihalarini davlat grantlari asosida moliyalashtirish
Iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni, shu jumladan ijtimoiy tadbirkorlik faoliyati loyihalarini, innovatsion hamda novatorlik gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida tadbirkorlik subyektlariga pul mablagʻlari va moddiy resurslar tarzida davlat grantlari berilishi mumkin.
Davlat grantlari respublika budjeti mablagʻlari va qonunchilikka muvofiq boshqa manbalar hisobidan berilishi mumkin.
Davlat grantlarini ajratish tartibi va shartlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
453-modda. Tadbirkorlik subyektlariga imtiyozli kreditlar ajratilishini taʼminlash
Tadbirkorlik subyektlariga imtiyozli kreditlar ajratilishini taʼminlash boʻyicha davlat tomonidan quyidagi choralar amalga oshirilishi mumkin:
tijorat banklarining kreditlar boʻyicha foiz stavkasining tegishli qismini qoplash uchun kompensatsiya taqdim etish;
imtiyozli foizli kreditlar ajratish maqsadida tijorat banklariga moliyaviy resurslarni joylashtirish (kredit liniyalarini ochish);
xalqaro moliya institutlaridan davlat kafolati ostida imtiyozli kreditlar jalb etish;
garovsiz ajratilgan kreditlar boʻyicha kredit tavakkalchiligini taqsimlashda ishtirok etish;
qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa choralar.
454-modda. Soliq va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha imtiyozlar taqdim etish
Tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida qonunlar bilan soliq va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha imtiyozlar taqdim etilishi mumkin.
Soliq imtiyozlari Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi bilan hamda ushbu Kodeksda belgilangan hollarda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari bilan taqdim etiladi.
Bojxona boji va bojxona yigʻimlari boʻyicha imtiyozlar Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga muvofiq beriladi.
455-modda. Tadbirkorlik subyektlarini infratuzilmaviy jihatdan qoʻllab-quvvatlash
Tadbirkorlik subyektlarini infratuzilmaviy jihatdan qoʻllab-quvvatlash tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish va rivojlantirish uchun umumiy shart-sharoitlarni taʼminlash, shu jumladan tadbirkorlikni tashkil etishga koʻmaklashish, yordam berish, huquq, marketing, muhandislik va menejment sohasida axborot taqdim etish, moddiy, texnik va boshqa resurslarni taqdim etish orqali amalga oshiriladi.
(451 — 455-moddalar Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 17-avgustdagi OʻRQ-1168-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2026-y., 03/26/1168/0851-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 18-noyabr)
Oldingi tahrirga qarang.
46-modda. Tadbirkorlikni rivojlantirish boʻyicha maxsus jamgʻarmalar
Tadbirkorlik subyektlarining tashabbuslarini davlat tomonidan moliyaviy jihatdan qoʻllab-quvvatlash tadbirkorlikni rivojlantirish boʻyicha maxsus jamgʻarmalar (bundan buyon matnda maxsus jamgʻarma deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Maxsus jamgʻarmalarning asosiy maqsadi tadbirkorlikni moliyaviy jihatdan va nomoliyaviy qoʻllab-quvvatlash orqali tadbirkorlikni sifatli rivojlantirishga koʻmaklashishdan iborat.
(46-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 17-avgustdagi OʻRQ-1168-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2026-y., 03/26/1168/0851-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 18-noyabr)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 75-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining “Jamoat fondlari toʻgʻrisida” va “Nodavlat notijorat tashkilotlari toʻgʻrisida”gi qonunlari.
Oldingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 17-avgustdagi OʻRQ-1168-sonli Qonuniga asosan 47-moddaning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2026-yil 18-noyabr — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2026-y., 03/26/1168/0851-son)
48-modda. Tadbirkorlik faoliyati uchun kadrlar tayyorlashni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash
Davlat tadbirkorlik faoliyati subyektlari kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimi rivojlantirilishini taʼminlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Qishloq joylardagi tadbirkorlik faoliyati subyektlari kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni amalga oshiruvchi tashkilotlar qonunchilikda belgilangan tartibda imtiyozlardan foydalanadi.
(48-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
481-modda. Ijtimoiy tadbirkorlikni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash
Tadbirkorlik subyektlarining ijtimoiy, ekologik muammolarni hal etishga yoki ularning oqibatlarini yumshatishga qaratilgan faoliyati ijtimoiy tadbirkorlik deb eʼtirof etiladi.
Ijtimoiy tadbirkorlikni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
imtiyozlar va preferensiyalar berish;
ijtimoiy loyihalarga doir xarajatlarni subsidiyalash;
davlat ijtimoiy buyurtmasini joylashtirish;
moliyaviy jihatdan qoʻllab-quvvatlash;
xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
maslahat berish, uslubiy yordam koʻrsatish va axborot jihatidan qoʻllab-quvvatlash.
Ijtimoiy tadbirkorlikni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash ijtimoiy tadbirkorlik subyektlariga nisbatan amalga oshiriladi. Ijtimoiy tadbirkorlik subyektlari deb eʼtirof etish mezonlari, ularni qoʻllab-quvvatlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Ijtimoiy tadbirkorlik bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlariga imtiyozlar va preferensiyalar berish soliq, bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlarni qoʻllash, soddalashtirilgan moliyaviy hisobotlarni va soliq hisobotlarini taqdim etish, davlat koʻchmas mulk obyektlarini imtiyozli asosda ijaraga berish, davlat buyurtmachilariga toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha ijtimoiy tovarlarni (xizmatlarni) realizasiya qilish, ijtimoiy tovarlarni (xizmatlarni) Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetidan toʻliq yoki qisman moliyalashtiriladigan reklama beruvchilar tomonidan reklama uchun ajratiladigan tegishli hajmda bepul reklama qilish va boshqa usullar orqali amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan ijtimoiy loyihalarni moliyalashtirish uchun davlat subsidiyalari belgilanishi mumkin. Subsidiyalash ijtimoiy tadbirkorlik faoliyati va ijtimoiy loyihaning hajmi, u amalga oshirilayotgan hududning shart-sharoitlari, kutilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy samara va yangi ish oʻrinlarining yaratilishi mezonlari asosida amalga oshiriladi. Davlat subsidiyalari ajratiladigan ijtimoiy tadbirkorlik subyektlari tanlovlar oʻtkazish orqali vakolatli davlat organi tomonidan aniqlanadi. Ijtimoiy loyihalarni davlat subsidiyalari orqali moliyalashtirish uchun tanlovlar oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Davlat organlari ijtimoiy tadbirkorlik subyektlariga budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan davlat ijtimoiy buyurtmasini berishi mumkin. Ijtimoiy tadbirkorlik subyektlariga davlat ijtimoiy buyurtmasini berish tartibi qonunchilikda belgilanadi.
482-modda. Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi
Qonunchilik talablariga rioya etgan holda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlarini aniqlash va qoʻshimcha ragʻbatlantirish maqsadida Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi yuritiladi.
Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini aniqlash va yuritish tartibi, ularni ragʻbatlantirish choralari qonunchilikda belgilanadi.
483-modda. Masʼuliyatli biznes yuritish
Qonunchilikka rioya etish bilan bir qatorda barqaror rivojlanishga hissa qoʻshgan hamda oʻz faoliyatining inson huquqlariga, atrof-muhitga va jamoat manfaatlariga nisbatan salbiy taʼsirining oldini olish, bunday taʼsirni kamaytirish, zarur hollarda uni bartaraf etish uchun choralar koʻrgan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish masʼuliyatli biznes yuritish deb eʼtirof etiladi.
Tadbirkorlik subyekti tomonidan masʼuliyatli biznes yuritishning asosiy mezonlari quyidagilardan iborat:
inson huquqlariga rioya etish;
mehnatga va ishlab chiqarishga oid munosabatlar sohasida har qanday qonunga xilof amaliyotga yoʻl qoʻymaslik;
atrof-muhitni, oʻz xodimlarining va aholining sogʻligʻini muhofaza qilish, atrof-muhitga salbiy taʼsir koʻrsatilishining oldini olish hamda uni bartaraf etish;
korrupsiyaga qarshi samarali choralarni joriy etish hamda korrupsiya holatlariga yoʻl qoʻymaslik;
faoliyatni insofli biznes, marketing va reklama qoidalariga muvofiq tashkil etish, shuningdek oʻzi taqdim etayotgan tovarlar va xizmatlarning sifatini hamda ishonchliligini taʼminlash boʻyicha choralar koʻrish;
oʻz faoliyati toʻgʻrisidagi axborotni oshkor etishda shaffoflikni va hisobdorlikni taʼminlash;
mahalliy va milliy innovasion salohiyatni rivojlantirishga hissa qoʻshish;
raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilikka va axloqiy boshqaruv prinsiplariga rioya etish;
soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etish.
Masʼuliyatli biznes yurituvchi tadbirkorlik subyektlari qonunchilikda belgilangan tartibda grantlar, soliq imtiyozlari, davlat xaridlarida ustuvorlik berish hamda boshqa choralar orqali davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlanadi.
Masʼuliyatli biznes yurituvchi tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash choralari qonunchilikda belgilanadi.
Qonunchilikda belgilangan vakolatli organ tomonidan Masʼuliyatli biznes yurituvchi tadbirkorlik subyektlarining reyestri yuritiladi. Masʼuliyatli biznes yurituvchi tadbirkorlik subyektlarining reyestri hamma tanishib chiqishi uchun ochiq hisoblanadi.
Tegishli mezonlarga javob bermaydigan tadbirkorlik subyektlari Masʼuliyatli biznes yurituvchi tadbirkorlik subyektlarining reyestridan chiqariladi va ularni qoʻllab-quvvatlash choralari toʻxtatiladi.
Masʼuliyatli biznes yurituvchi tadbirkorlik subyektlarining reyestrini yuritish va ularni qoʻllab-quvvatlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
484-modda. Tuman va shaharning toifasi asosida qoʻllab-quvvatlash
Tuman va shaharning toifasidan kelib chiqqan holda, qonunchilikda tadbirkorlik subyektlari uchun soliq imtiyozlari, subsidiyalar va ushbu subyektlarni qoʻllab-quvvatlashning boshqa choralari nazarda tutilishi mumkin.
Tadbirkorlik faoliyatini tuman va shaharning toifasidan kelib chiqqan holda qoʻllab-quvvatlash choralari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi.
(481 — 484-moddalar Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 17-avgustdagi OʻRQ-1168-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2026-y., 03/26/1168/0851-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 18-noyabr)
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
49-modda. Tadbirkorlik faoliyati subyektini tugatish (uning faoliyatini tugatish)
Oldingi tahrirga qarang.
Yuridik shaxs boʻlgan tadbirkorlik faoliyati subyektini tugatish uning muassislarining (ishtirokchilarining) yoki taʼsis hujjatlari bilan tegishli vakolat berilgan yuridik shaxs organining qaroriga yoxud sudning yoki roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning qaroriga koʻra amalga oshiriladi.
(49-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 11-dekabrdagi OʻRQ-592-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.12.2019-y., 03/19/592/4144-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Tadbirkorlik faoliyati subyekti tugatilayotganida boʻshatilayotgan xodimlarga qonunchilikka muvofiq ularning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi kafolatlanadi.
(49-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi va Oʻzbekiston Respublikasi “Aholi bandligi toʻgʻrisida”gi Qonun.
Oldingi tahrirga qarang.
Jismoniy shaxs boʻlgan tadbirkorlik subyektining faoliyatini tugatish uning qaroriga yoki sudning yoxud roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning qaroriga koʻra amalga oshiriladi.
(49-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1104-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 03/25/1104/1213-son)
Tadbirkorlik subyekti uning tugatilishi (faoliyati tugatilishi) haqidagi yozuv roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning tegishli davlat reyestriga kiritilganidan keyin tugatilgan (faoliyati tugatilgan) hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Tadbirkorlik subyektini tugatish (uning faoliyatini tugatish) qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(49-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 53—57-moddalari, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-avgustdagi 704-son qarori bilan tasdiqlangan “Tadbirkorlik subyektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini toʻxtatish tartibi toʻgʻrisida nizom” hamda “Moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan tadbirkorlik subyektlarini davlat reyestridan chiqarish tartibi toʻgʻrisida nizom”.
50-modda. Davlat organlari va boshqa organlarning qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish
Tadbirkorlik subyektlari davlat organlari va boshqa organlarning qonunga xilof qarorlari, ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof harakatlari (harakatsizligi) ustidan oʻz xohishiga koʻra boʻysunuv tartibida yuqori turuvchi organga yoki mansabdor shaxsga yoxud bevosita sudga shikoyat qilish huquqiga ega.
Boʻysunuv tartibida yuqori turuvchi organga yoki mansabdor shaxsga shikoyat berilganligi shunday shikoyatni sudga berish huquqini istisno etmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 17-avgustdagi OʻRQ-1168-sonli Qonuniga asosan 50-modda uchinchi qismining chiqarilish sanasi — 2026-yil 18-noyabr — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2026-y., 03/26/1168/0851-son)
Tadbirkorlik subyektlari davlat organlari va boshqa organlarning qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilganligi toʻgʻrisida sudga murojaat qilganida davlat boji toʻlashdan ozod etiladi.
51-modda. Nizolarni hal etish
Oldingi tahrirga qarang.
Tadbirkorlik subyektlarining faoliyati sohasidagi nizolar qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda hal etiladi.
(51-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
52-modda. Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
(52-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining XVI1 bobi, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining XIII1 bobi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 18-son, 201-modda; 2013-y., 18-son, 233-modda, 41-son, 543-modda; 2014-y., 49-son, 579-modda, 50-son, 588-modda; 2015-y., 33-son, 439-modda, 52-son, 645-modda; 2016-y., 52-son, 598-modda; 2017-y., 1-son, 1-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2018-y., 03/18/506/2356-son; 16.01.2019-y., 03/19/516/2484-son, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-y., 2-son, 47-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son, 12.12.2019-y., 03/19/592/4144-son; 08.01.2020-y., 03/20/601/0025-son, 09.11.2020-y., 03/20/646/1488-son, 04.12.2020-y., 03/20/653/1592-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 03.03.2022-y., 03/22/756/0180-son; 30.06.2022-y., 03/22/782/0576-son; 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son; 30.08.2024-y., 03/24/950/0672-son; 21.09.2024-y., 03/24/963/0735-son; 24.10.2024-y., 03/24/981/0841-son; 25.12.2025-y., 03/25/1104/1213-son; 17.08.2026-y., 03/26/1168/0851-son)