toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Mehnatga haq toʻlash yagona tarif setkasini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mehnatga haq toʻlash, pensiyalar va boshqa toʻlovlar miqdorlarini aniqlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2019-yil 21-may PF-5723-son Farmonining ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori Mehnatga haq toʻlash boʻyicha yagona tarif setkasining asosi etib qabul qilinsin va Mehnatga haq toʻlash boʻyicha yagona tarif setkasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Xodimlar mehnatiga haq toʻlashni tashkil etish asosi sifatida Mehnatga haq toʻlash boʻyicha yagona tarif setkasidan foydalanuvchi tashkilotlar mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoridan kelib chiqib, qoʻllanilayotgan tarif koeffitsiyentlari oʻz vaqtida qayta hisoblab chiqilishini taʼminlasin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida” 2018-yil 13-oktabrdagi PF-5553-son Farmoniga muvofiq ishlab chiqiladigan davlat boshqaruvi organlari, budjet va davlat tashkilotlarining mehnatga haq toʻlash tizimini tubdan takomillashtirish konsepsiyasi loyihasida quyidagilarni nazarda tutsin:
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari xodimlari mehnatiga toʻlanadigan haq miqdorini va ularni moddiy ragʻbatlantirishning boshqa turlarini aniqlashga yagona uslubiy yondashuvni;
ayrim vazirlik va idoralar uchun tarif stavkalariga oshib boruvchi koeffitsiyentlar, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlarining mehnatga haq toʻlash boʻyicha guruhlari belgilanishi natijasida vazirliklar va idoralar, shu jumladan ularning hududiy boʻlinmalari oʻrtasida mehnatga haq toʻlashda ayni vaqtda mavjud boʻlgan tabaqalashuvni bekor qilishni;
moddiy ragʻbatlantirish miqdorlarining xodim faoliyati samaradorligining muhim koʻrsatkichlariga, uning bilim va koʻnikmalariga, bajaradigan mehnat funksiyalarining murakkabligi va javobgarligi darajasiga bevosita bogʻliqligini belgilash.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
6. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 16-sentabr,
775-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-sentabrdagi 775-son qaroriga
1-ILOVA
Mehnatga haq toʻlash yagona tarif setkasi

Mehnatga haq toʻlash razryadlari

Tarif koeffitsiyentlari

1

1,000

2

1,053

3

1,106

4

1,158

5

1,269

6

1,384

7

1,505

8

1,630

9

1,755

10

1,883

11

2,014

12

2,148

13

2,284

14

2,421

15

2,561

16

2,704

17

2,847

18

2,993

19

3,141

20

3,292

21

3,444

22

3,597

Oldingi tahrirga qarang.
Izoh. Tarif stavkasi miqdorini (lavozim maoshini) belgilash uchun tarif koeffitsiyenti mehnatga haq toʻlashning qonunchilikda belgilangan eng kam miqdoriga koʻpaytiriladi.
(izoh qismi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-sentabrdagi 775-son qaroriga
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritiladigan
oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2005-yil 21-dekabrdagi 276-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-yil, 12-son, 64-modda):
Oldingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-dekabrdagi PQ-455-sonli qaroriga asosan 1-band “a” kichik bandining chiqarilish sanasi 2025-yil 1-yanvar — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 07/24/455/1092-son)
b) 2-ilovaning 3-bandidagi “eng kam oylik miqdorini” soʻzlari “mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorini” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Obodonlashtirish xodimlarini moddiy ragʻbatlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2009-yil 1-apreldagi 91-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009-yil, 4-son, 24-modda):
a) 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Shahar va tuman obodonlashtirish boshqarmalari xodimlari mehnatiga haq
toʻlashning tarmoq tarif setkasi

Lavozimlar nomi

Birinchi guruh

Nukus shahri va viloyat markazlari — shaharlar obodonlashtirish boshqarmalari

Ikkinchi guruh
Shaharlar va tumanlar obodonlashtirish boshqarmalari

Boshqaruv xodimlari va muhandis-texnik xodimlar

Boshqarma boshligʻi

2,577

2,416

Boshqarma boshligʻi oʻrinbosari

2,416

x

Bosh muhandis

2,416

2,26

Boʻlim (kadrlar boʻlimidan tashqari), xizmatlar, uchastka boshligʻi

2,106

1,956

Bosh buxgalter

2,26

1,956

Bosh iqtisodchi, bosh agronom, bosh mexanik, landshaft boʻyicha bosh dizayner

2,106

x

Kadrlar boʻlimi boshligʻi

1,805

1,661

Yetakchi mutaxassislar: muhandis (barcha mutaxassisliklar boʻyicha), agronom, iqtisodchi, buxgalter, mexanik, landshaft boʻyicha muhandis, vertikal rejalashtirish va yoʻl qoplamalari boʻyicha loyihalovchi, dendrolog, ishlab chiquvchi dizayner, loyihalovchi elektrik, suv taʼminoti boʻyicha loyihalovchi

1,805

x

Mutaxassislar: muhandislar va texniklar (barcha mutaxassisliklar boʻyicha), arxitektor, agronom, iqtisodchi, buxgalter, mexanik, dispetcher, bezatuvchi rassom, yuridik maslahatchi

1,661

1,661

Asosiy ishlab chiqarish xodimlari

Uchastka masteri

1,805

1,661 — 1,805

Brigadirlar

1,661

1,661

6-razryadli ishchilar: elektr-gaz payvandlovchi, elektr asbob-uskunalarini taʼmirlaydigan va ularga xizmat koʻrsatadigan elektr montyorlari, sozlovchi-mexanik, taʼmirlovchi chilangar, tokar

1,661

x

5-razryadli ishchilar: elektrik, elektr uskunalarini taʼmirlash va xizmat koʻrsatish elektromontyori, elektr-gaz payvandlovchi, gaz payvandlovchi, barcha turdagi chilangarlar (jumladan, avtotransport chilangarlari), nasos qurilmalari mashinisti, tokar, yuk va maxsus avtomobillar 1-klass haydovchilari, sozlovchi mexanik, traktorchi, buldozerchi, asfaltbetonchi

1,522

1,522

4-razryadli ishchilar: elektrik, elektr uskunalarini taʼmirlash va xizmat koʻrsatish elektromontyori, elektr-gaz payvandlovchi, gaz payvandlovchi, barcha turdagi chilangarlar (jumladan, avtotransport chilangarlari), tokar, oʻziyurar mexanizatsiyalashgan qurilma va transport yigʻishtirish mashinalari mashinisti (haydovchisi), stropalchi, nasos qurilmalari mashinisti, sozlovchi mexanik, traktorchi, buldozerchi, asfaltbetonchi, duradgor, yuk va maxsus avtomobillar 2-klass haydovchilari, koʻkalamzorlashtiruvchi (koʻkalamzorlashtirish xoʻjaligi ishchisi), qabriston nazoratchisi, irrigator

1,39

1,39

3-razryadli ishchilar: elektrik, elektr uskunalarini taʼmirlash va xizmat koʻrsatish elektromontyori, elektr-gaz payvandlovchi, gaz payvandlovchi, barcha turdagi chilangarlar (jumladan, avtotransport chilangarlari), oʻziyurar mexanizatsiyalashgan qurilma va transport yigʻishtirish mashinalari mashinisti (haydovchisi), stropalchi, nasos qurilmasi mashinisti, elektromotorlar motorchisi, sozlovchi mexanik, tokar, traktorchi, buldozerchi, asfaltbetonchi, duradgor, yuk va maxsus avtomobillar 3-klass haydovchilari, koʻkalamzorlashtiruvchi (koʻkalamzorlashtirish xoʻjaligi ishchisi), bogʻbon, irrigator (ariq va drenaj tizimini qurish va taʼmirlash ishchisi), mirob (ariq-drenaj tizimiga suv berishni tartibga soluvchi ishchi), tashqi bezak ishchisi, qabriston nazoratchisi, marosim xizmatlari ishchisi, hududlarni qoʻlda yigʻishtiruvchi farrosh, parklar va bogʻlardagi hojatxonalar farroshi, daydi hayvonlarni tutuvchi ishchilar

1,264

1,264

2-razryadli ishchilar: elektrik, elektr uskunalarini taʼmirlash va xizmat koʻrsatish elektromontyori, akkumulyatorchi, elektr-gaz payvandlovchi, gaz payvandlovchi, barcha turdagi chilangarlar (jumladan, avtotransport chilangarlari), oʻziyurar mexanizatsiyalashgan qurilma va transport yigʻishtirish mashinalari mashinisti (haydovchisi), stropalchi, nasos qurilmasi mashinisti, sozlovchi mexanik, elektromotorlar motorchisi, tokar, traktorchi, buldozerchi, asfaltbetonchi, duradgor, koʻkalamzorlashtiruvchi (koʻkalamzorlashtirish xoʻjaligi ishchisi), bogʻbon, irrigator (ariq va drenaj tizimini qurish va taʼmirlash ishchisi), mirob (ariq-drenaj tizimiga suv berishni tartibga soluvchi ishchi), tashqi bezak ishchisi, marosim xizmatlari ishchisi, hududlarni qoʻlda yigʻishtiruvchi farrosh, parklar va bogʻlardagi hojatxonalar farroshi, daydi hayvonlarni tutuvchi ishchilar

1,149

1,149

1-razryadli ishchilar: avtochilangar, akkumulyatorchi, elektr-gaz payvandlovchi, gaz payvandlovchi, elektromotorlar motorchisi, koʻkalamzorlashtiruvchi (koʻkalamzorlashtirish xoʻjaligi ishchisi), irrigator (ariq va drenaj tizimini qurish va taʼmirlash ishchisi), hududlarni qoʻlda yigʻishtiruvchi farrosh, qabriston qorovuli, daydi hayvonlarni tutuvchi ishchilar

1,044

1,044

Texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar

Kassir, ombor mudiri

1,112

1,011

Rahbarning kotibasi

1,218

x

Yengil avtomobil haydovchisi

1,0 — 1,011

x

Qorovul

1,0

1,0

Binoni yigʻishtiruvchi

1,0

1,0

Har xil ishlarni bajaruvchi ishchi

1,0

1,0

Izoh. Lavozimlar va kasblar (mutaxassisliklar) roʻyxati, shuningdek ishchilarning talab qilinadigan malaka razryadlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar moliya boshqarmalari bilan kelishgan holda boshqarma faoliyatining oʻziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib shtat jadvalida belgilanadi”;
b) 2-ilovaning 7-bandidagi “eng kam oylik ish haqi miqdoriga” soʻzlari “mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoriga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahrini obodonlashtirish ishlarini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2010-yil 11-noyabrdagi 251-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010-yil, 46-son, 414-modda):
a) 5-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasi hamda
Mustaqillik maydonini koʻkalamzorlashtirish, obodonlashtirish va saqlash
departamenti, shuningdek ixtisoslashtirilgan boshqarmalar xodimlari mehnatiga
haq toʻlash boʻyicha tarmoq
TARIF SETKASI

Lavozim va kasblar nomi

Tarif koeffitsiyenti

Boshqaruv xodimlari

1.

Obodonlashtirish bosh boshqarmasi (OBB) boshqaruvchisi

3,512

2.

Obodonlashtirish bosh boshqarmasi boshqaruvchisining birinchi oʻrinbosari

3,407

3.

Obodonlashtirish bosh boshqarmasi boshqaruvchisi oʻrinbosari

3,337

4.

Obodonlashtirish bosh boshqarmasi bosh buxgalteri, bosh iqtisodchisi

3,277

5.

OBB yoʻl-koʻprik xoʻjaligini mukammal taʼmirlash va ulardan foydalanish boʻyicha bosh mutaxassis (boʻlim boshligʻi), OBB ixtisoslashtirilgan boshqarmalari boshliqlari, Mustaqillik maydonini koʻkalamzorlashtirish, obodonlashtirish va saqlash departamenti direktori, landshaft boʻyicha bosh dizayner (guruh boshligʻi)

3,217

6.

OBB boʻlimlari boshliqlari (kadrlar boʻlimidan tashqari)

3,026

7.

Ixtisoslashtirilgan boshqarmalar va departament bosh muhandislari, boshliqlar oʻrinbosarlari

3,026

8.

OBB kadrlar boʻlimi boshligʻi, OBB yuridik maslahatchisi, OBB yetakchi mutaxassislari, OBB yetakchi buxgalterlari, landshaft boʻyicha bosh muhandis, vertikal rejalashtirish va yoʻl qoplamalari boʻyicha loyihalovchi, dendrolog, ishlab chiquvchi dizayner, loyihalovchi elektrik, suv taʼminoti boʻyicha loyihalovchi

2,855

9.

Ixtisoslashtirilgan boshqarmalar va departament bosh mutaxassislari, bosh agronomi, bosh buxgalterlari va reja-iqtisodiyot boʻlimlari boshliqlari

2,855

10.

Ixtisoslashtirilgan boshqarmalar va departament boʻlimlari boshliqlari, uchastka boshliqlari (kadrlar boʻlimi boshligʻidan tashqari)

2,685

11.

OBB umumiy boʻlimi boshligʻi, OBB mutaxassislari

2,517

12.

Ixtisoslashtirilgan boshqarmalar va departament kadrlar boʻlimi boshliqlari, bosh energetiklari, bosh mexaniklari, avtokolonnalar boshliqlari, yetakchi mutaxassislari

2,354

13.

Ixtisoslashtirilgan boshqarmalar va departament yuridik maslahatchilari, xizmatlar boshliqlari, 1-toifali buxgalterlari, 1-toifali muhandislari

2,194

14.

Ixtisoslashtirilgan boshqarmalar va departament mutaxassislari (muhandis, iqtisodchi, buxgalter, bezatuvchi, florodizayner, agronom va boshqalar), kadrlar boʻlimi inspektorlari, daydi hayvonlarni tutish boʻyicha ixtisoslashtirilgan mexanizatsiyalashgan otryad boshligʻi

2,037

15.

OBB inspektorlari

2,194

16.

Ixtisoslashtirilgan boshqarmalar va departamentning 2-toifali muhandisi, 2-toifali buxgalteri, elektromexanigi, mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi mutaxassisi, kadrlar boʻlimining 2-toifali inspektori

1,881

Ishlab chiqarish xodimlari

17.

Uchastka masteri, brigadir, katta dispetcher, katta master

1,881

18.

Avariya brigadasi ishchisi, ishchi-bezatuvchi, avtokran mashinistlari, nasos qurilmasi, ekskavator va kompressor mashinisti, shinalarni hisobga olish texnigi, elektr-gaz payvandlovchi, YOMM operatori, avtotransport nazoratchisi, veterinar vrach, ombor mudiri, haydovchi, taʼmirlovchi-chilangar, elektrik, koʻkalamzorlashtiruvchi ishchi, shox-shabba kesuvchi, shlangchi-purkovchi, maysa oʻruvchi (kichik mexanizatsiya ishchisi), yoʻl ishchisi, tokar, irrigator, avtotransport dispetcheri

1,730

19.

Avariya brigadasi ishchisi, avtokran mashinisti, nasos qurilmasi, ekskavator va kompressor mashinisti, avtotransportni taʼmirlovchi chilangar, avtoelektrik, motorchi, tokar, obodonlashtirish ishchisi, koʻkalamzorlashtirish ishchisi, maysa oʻruvchi, shlangchi-purkovchi, suvchi-chilangar, suv quvuri chilangari, yoʻl ishchisi, taʼmirlovchi-chilangar, traktorchi, elektromontyor, haydovchi, elektr-gaz payvandlovchi, eksponatlar saqlovchisi, irrigator, dispetcher, elektrik

1,586

20.

Avariya brigadasi ishchisi, obodonlashtirish ishchisi, haydovchi, avtobus haydovchisi, avtotransportni taʼmirlovchi chilangar, vulkanizator, akkumulyatorchi, payvandlovchi, daydi hayvonlarni tutish ishchisi, hayvonlar murdalarini yigʻuvchi, YOMMni quyuvchi, koʻkalamzorlashtirish ishchisi, suvchi-chilangar, taʼmirlovchi-chilangar, maysa oʻruvchi, agrotexnik, elektromontyor, qutqaruvchi, traktorchi, tokar, elektr-gaz payvandlovchi, elektrik, irrigator, nasos qurilmasi mashinisti

1,447

21.

Avariya brigadasi ishchisi, haydovchi, kanal tozalash va balchiq tortish operatori, tokar, avtotransportni taʼmirlash boʻyicha payvandlovchi-chilangar, elektromontyor, misgar, koʻkalamzorlashtirish ishchisi, suvchi-chilangar, yoʻl ishchisi, traktorchi, nasos qurilmasi mashinisti, yer kavlovchi, hudud farroshi, elektr-gaz payvandlovchi, taʼmirlovchi-chilangar, irrigator, yordamchi (qoʻshimcha) ishchi

1,316

22.

Yengil avtomobil (ishlab chiqarishga moʻljallangan) haydovchisi, hudud farroshi, suvchi-chilangar, taʼmirlovchi-chilangar, yordamchi (qoʻshimcha) ishchi, gidroinshootlar qoʻriqchisi, kanallar nazoratchisi, nasos qurilmasi mashinisti

1,196

Texnik xodimlar

23.

OBB dispetcheri

1,881

24.

Ombor mudiri, kassir, tibbiy hamshira, xoʻjalik mudiri, dam olish hududi mudiri

1,596 — 1,881

25.

Ish yurituvchi, dispetcher, kuryer, rahbar kotibi, mashinistka

1,447

Xizmat koʻrsatuvchi xodimlar

26.

Rahbarning yengil avtomobili haydovchisi

1,316

27.

Santexnik

1,196

28.

Qorovul, vaxtyor, tashkilot binolari va hududlari farroshi

1,0 — 1,053

Izoh. Tarif stavkasi miqdorini (lavozim maoshini) belgilash uchun tarif koeffitsiyenti mehnatga haq toʻlashning qonun hujjatlarida belgilangan eng kam miqdoriga koʻpaytiriladi”;
b) 5a-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Toshkent shahri tumanlari obodonlashtirish boshqarmalari va Fuqarolarga
xizmat koʻrsatish boshqarmasi xodimlari mehnatiga
haq toʻlash boʻyicha tarmoq
tarif setkasi

T/r

Lavozimlar nomi

Tarif koeffitsiyenti

Boshqaruv xodimlari va muhandis-texnik xodimlar

1.

Boshqarma boshligʻi

3,217

2.

Boshqarma boshligʻi oʻrinbosari

3,026

3.

Bosh muhandis

3,026

4.

Boʻlim (kadrlar boʻlimidan tashqari), xizmatlar, uchastka boshligʻi

2,685

5.

Bosh buxgalter

2,855

6.

Bosh iqtisodchi, bosh agronom, bosh mexanik, landshaft boʻyicha bosh dizayner

2,855

7.

Kadrlar boʻlimi boshligʻi

2,354

8.

Yetakchi mutaxassislar: muhandis (barcha mutaxassisliklar boʻyicha), agronom, iqtisodchi, buxgalter, mexanik, landshaft boʻyicha muhandis, vertikal rejalashtirish va yoʻl qoplamalari boʻyicha loyihalovchi, dendrolog, ishlab chiquvchi dizayner, loyihalovchi elektrik, suv taʼminoti boʻyicha loyihalovchi

2,354

9.

Mutaxassislar: muhandislar va texniklar (barcha mutaxassisliklar boʻyicha), arxitektor, agronom, iqtisodchi, buxgalter, mexanik, dispetcher, bezatuvchi rassom, yuridik maslahatchi

2,037

Asosiy ishlab chiqarish xodimlari

10.

Uchastka masteri, brigadir, katta dispetcher, katta master

1,881

12.

5-razryadli ishchilar: elektrik, elektr uskunalarini taʼmirlash va xizmat koʻrsatish elektromontyori, elektr-gaz payvandlovchi, gaz payvandlovchi, barcha turdagi chilangarlar (jumladan, avtotransport chilangarlari), nasos qurilmalari mashinisti, tokar, yuk va maxsus avtomobillar 1-klass haydovchilari, sozlovchi mexanik, traktorchi, buldozerchi, asfaltbetonchi.

1,730

13.

4-razryadli ishchilar: elektrik, elektr uskunalarini taʼmirlash va xizmat koʻrsatish elektromontyori, elektr-gaz payvandlovchi, gaz payvandlovchi, barcha turdagi chilangarlar (jumladan, avtotransport chilangarlari), tokar, oʻziyurar mexanizatsiyalashgan qurilma va transport yigʻishtirish mashinalari mashinisti (haydovchisi), stropalchi, nasos qurilmalari mashinisti, sozlovchi mexanik, traktorchi, buldozerchi, asfaltbetonchi, duradgor, yuk va maxsus avtomobillar 2-klass haydovchilari, koʻkalamzorlashtiruvchi (koʻkalamzorlashtirish xoʻjaligi ishchisi), qabriston nazoratchisi, irrigator.

1,586

14.

3-razryadli ishchilar: elektrik, elektr uskunalarini taʼmirlash va xizmat koʻrsatish elektromontyori, elektr-gaz payvandlovchi, gaz payvandlovchi, barcha turdagi chilangarlar (jumladan, avtotransport chilangarlari), oʻziyurar mexanizatsiyalashgan qurilma va transport yigʻishtirish mashinalari mashinisti (haydovchisi), stropalchi, nasos qurilmasi mashinisti, elektromotorlar motorchisi, sozlovchi mexanik, tokar, traktorchi, buldozerchi, asfaltbetonchi, duradgor, yuk va maxsus avtomobillar 3-klass haydovchilari, koʻkalamzorlashtiruvchi (koʻkalamzorlashtirish xoʻjaligi ishchisi), bogʻbon, irrigator (ariq va drenaj tizimini qurish va taʼmirlash ishchisi), mirob (ariq-drenaj tizimiga suv berishni tartibga soluvchi ishchi), tashqi bezak ishchisi, qabriston nazoratchisi, marosim xizmatlari ishchisi, hududlarni qoʻlda yigʻishtiruvchi farrosh, parklar va bogʻlardagi hojatxonalar farroshi, daydi hayvonlarni tutuvchi ishchilar.

1,447

15.

2-razryadli ishchilar: elektrik, elektr uskunalarini taʼmirlash va xizmat koʻrsatish elektromontyori, akkumulyatorchi, elektr-gaz payvandlovchi, gaz payvandlovchi, barcha turdagi chilangarlar (jumladan, avtotransport chilangarlari), oʻziyurar mexanizatsiyalashgan qurilma va transport yigʻishtirish mashinalari mashinisti (haydovchisi), stropalchi, nasos qurilmasi mashinisti, sozlovchi mexanik, elektromotorlar motorchisi, tokar, traktorchi, buldozerchi, asfaltbetonchi, duradgor, koʻkalamzorlashtiruvchi (koʻkalamzorlashtirish xoʻjaligi ishchisi), bogʻbon, irrigator (ariq va drenaj tizimini qurish va taʼmirlash ishchisi), mirob (ariq-drenaj tizimiga suv berishni tartibga soluvchi ishchi), tashqi bezak ishchisi, marosim xizmatlari ishchisi, hududlarni qoʻlda yigʻishtiruvchi farrosh, parklar va bogʻlardagi hojatxonalar farroshi, daydi hayvonlarni tutuvchi ishchilar.

1,316

16.

1-razryadli ishchilar: avtochilangar, akkumulyatorchi, elektr-gaz payvandlovchi, gaz payvandlovchi, elektromotorlar motorchisi, koʻkalamzorlashtiruvchi (koʻkalamzorlashtirish xoʻjaligi ishchisi), irrigator (ariq va drenaj tizimini qurish va taʼmirlash ishchisi), hududlarni qoʻlda yigʻishtiruvchi farrosh, qabriston qorovuli, daydi hayvonlarni tutuvchi ishchilar.

1,196

Texnik xodimlar

17.

Kassir

1,596 — 1,881

18.

Rahbar kotibasi

1,447

Xizmat koʻrsatuvchi xodimlar

19.

Ombor mudiri

1,596 — 1,881

20.

Yengil avtomobil haydovchisi

1,316

21.

Qorovul, binolar farroshi

1,0 — 1,053

Izoh: lavozimlar va kasblar (mutaxassisliklar) roʻyxati, shuningdek ishchilarning talab qilinadigan malaka razryadlari tumanlar obodonlashtirish boshqarmalari va Fuqarolarga xizmat koʻrsatish boshqarmasi faoliyati xususiyatlaridan kelib chiqqan holda Toshkent shahar hududiy moliya organlari bilan kelishilgan holda shtatlar jadvalida belgilanadi. Tarif stavkasi miqdorini (lavozim maoshini) belgilash uchun tarif koeffitsiyenti mehnatga haq toʻlashning qonun hujjatlarida belgilangan eng kam miqdoriga koʻpaytiriladi”.
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-sentabrdagi 775-son qaroriga
3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan qarorlari
roʻyxati
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2012-yil 11-yanvardagi 6-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-yil, 1-son, 2-modda) ilovaning 6-bandi.
2. Vazirlar Mahkamasining “Mehnatga haq toʻlashning yagona tarif setkasini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2009-yil 21-iyuldagi 206-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009-yil, 7-son, 57-modda).
3. Vazirlar Mahkamasining “Mehnatga haq toʻlash yagona tarif setkasiga oʻzgartirish kiritish haqida” 2019-yil 18-yanvardagi 47-son qarorining 1-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2019-yil, 1-son, 47-modda).
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.09.2019-y., 09/19/775/3755-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 30.12.2024-y., 07/24/455/1092-son)