toggle_night_mode
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MILLIY STATISTIKA QOʻMITASINING
QARORI
Statistika hisoboti shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 11-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3723]
Oʻzbekiston Respublikasining “Rasmiy statistika toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-fevraldagi PQ-75-son “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Statistika hisoboti shakllari 1 — 47-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktorining 2024-yil 15-oktabrdagi 10-mb-son “Statistika hisoboti shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 3575, 2024-yil 18-noyabr) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2024-y., 10/24/3575/0958-son) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
3. Mazkur qaror 2026-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.
Rais B. HAMRAYEV
Toshkent sh.,
2025-yil 28-noyabr,
6-mb-son
Investitsiya faoliyati, bino va inshootlarni foydalanishga topshirish toʻgʻrisida ___ yil uchun hisobot (1-ilova)
Jismoniy shaxslar tomonidan yakka tartibda qurilgan turar joylarni va noturar binolarni foydalanishga topshirish toʻgʻrisida ____ yil uchun hisobot (2-ilova)
Investitsiya faoliyati, bino va inshootlarni foydalanishga topshirish toʻgʻrisida hisobot (3-ilova)
Oʻzbekiston Respublikasiga chet eldan kiritilgan investitsiyalar va Oʻzbekiston Respublikasidan chet elga yoʻnaltirilgan investitsiyalar toʻgʻrisida hisobot (4-ilova)
Jismoniy shaxslar tomonidan obyektlar qurilishi toʻgʻrisidagi hisobot (5-ilova)
Dehqon bozorlari, savdo majmualari va ixtisoslashgan bozorlardagi savdo joylari toʻgʻrisida ____ yil uchun hisobot (6-ilova)
Mahsulotlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish chora-tadbirini amalga oshirish toʻgʻrisida hisobot (7-ilova)
Qora va rangli metall mahsulotlari resurs bazalarining hosil boʻlishi, ishlab chiqarilishi va sotilishi toʻgʻrisida hisobot (8-ilova)
Elektr energiya manbalari va taqsimoti toʻgʻrisida ____ yil uchun hisobot (9-ilova)
Elektr energiya manbalari va taqsimoti toʻgʻrisida ____ yil uchun hisobot (10-ilova)
Yoqilgʻi yetkazish va uning kelib tushish manbalari toʻgʻrisida ____ yil uchun hisobot (11-ilova)
Yoqilgʻi va energiya kelib tushishi, sarfi va qoldiqlari toʻgʻrisida ____ yil uchun hisobot (12-ilova)
Pilla xaridi toʻgʻrisidagi hisobot (13-ilova)
Qishloq xoʻjaligi faoliyati toʻgʻrisida ____ yil uchun hisobot (14-ilova)
Fermer xoʻjaligi faoliyati toʻgʻrisidagi hisobot (15-ilova)
Fermer xoʻjaligi faoliyati toʻgʻrisidagi hisobot (16-ilova)
Dehqon va tomorqa xoʻjaliklari faoliyati toʻgʻrisida hisobot (17-ilova)
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar boʻyicha ____ yil uchun hisobot (18-ilova)
Oʻrmon parvarishi ishlarini oʻtkazish toʻgʻrisida ____ yil uchun hisobot (19-ilova)
Ovchilik xoʻjaligi faoliyati toʻgʻrisida ____ yil uchun hisobot (20-ilova)
Elektron onlayn-auksionlar asosida ijaraga berilgan yer uchastkalarida tashkil etilgan dehqon xoʻjaliklarining qishloq xoʻjaligi faoliyati toʻgʻrisida hisobot (21-ilova)
Tumanlar va shaharlarning maʼmuriy-hududiy oʻzgarishlari toʻgʻrisida ____ yil uchun hisobot (22-ilova)
Mehnat hisoboti (23-ilova)
Kasb va lavozimlar boʻyicha xodimlarning ish haqi toʻgʻrisida____ yil aprel oyi uchun hisobot (24-ilova)
Koʻp kvartirali uylarni boshqarish organlari faoliyati toʻgʻrisida ____ yil uchun hisobot (25-ilova)
Uy-joy olish uchun turar joyga muhtojlar sifatida hisobda turgan va uy-joy olgan oilalar soni toʻgʻrisida ____ yil uchun hisobot (26-ilova)
Avtomobil, elektr (tramvay, metropoliten, trolleybus) transporti ishi toʻgʻrisida hisobot (27-ilova)
Umumiy foydalanilmaydigan temir yoʻl transporti toʻgʻrisida ____ yil uchun hisobot (28-ilova)
Umumiy foydalanishdagi havo transporti xizmatlari toʻgʻrisida ____ yil uchun hisobot (29-ilova)
Axborotlashtirish vositalari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish toʻgʻrisida ____ yil uchun hisobot (30-ilova)
____/____ oʻquv yili boshiga umumtaʼlim muassasasining hisoboti (31-ilova)
____/____ oʻquv yili boshiga oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalarining hisoboti (32-ilova)
____/____ oʻquv yili boshiga oliy taʼlim tashkilotlarining hisoboti (33-ilova)
Qoʻshimcha taʼlim tashkilotining hisoboti (34-ilova)
Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan va yetim bolalar uchun taʼlim internat turidagi tarbiya muassasasining ____ yil uchun hisoboti (35-ilova)
Hayvonot bogʻi, botanika bogʻi, madaniyat va istirohat bogʻi faoliyati toʻgʻrisida ____ yil uchun hisobot (36-ilova)
Tashrif buyuruvchilarga xizmat koʻrsatish va joylashtirish toʻgʻrisida ____ yil uchun hisobot (37-ilova)
Pensionerlar soni va ularga tayinlangan pensiyalar toʻgʻrisida hisobot (38-ilova)
Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni aniqlash va joylashtirish boʻyicha ____ yil uchun hisobot (39-ilova)
Nogironligi boʻlgan shaxslar va nogironlik sabablari toʻgʻrisida ____ yil uchun hisobot (40-ilova)
Aholiga tibbiy yordam koʻrsatuvchi muassasalar faoliyati toʻgʻrisida ____ yil uchun hisobot (41-ilova)
Nodavlat notijorat tashkilotning faoliyati toʻgʻrisida ____ yil uchun hisobot (42-ilova)
Notijorat tashkilotning faoliyati toʻgʻrisida ____ yil uchun hisobot (43-ilova)
Tashkilotning moliyaviy ahvoli toʻgʻrisida hisobot (44-ilova)
Asosiy vositalarning mavjudligi va harakati hamda boshqa nomoliyaviy aktivlar toʻgʻrisida ____ yil uchun hisobot (45-ilova)
Tashkilot xoʻjalik faoliyatining asosiy koʻrsatkichlari toʻgʻrisida ____ yil uchun hisobot (46-ilova)
Tashkilot faoliyati toʻgʻrisida hisobot (47-ilova)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2025 y., 10/25/3723/1153-son)