1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.04.00 Ochiq va umumfoydalanishi mumkin boʻlgan axborot. Davlat axborot resurslari]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Axborot va axborotlashtirish. Elektron tijorat (hujjat aylanishi)]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“Elektron hukumat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonunini amalga oshirishni davom ettirish chora-tadbirlari haqida
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-sentabrdagi 728-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2017-y., 38-son, 1037-modda)
Internet tarmogʻida Oʻzbekiston Respublikasining Hukumat portali toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Davlat axborot tizimlarini tashkil etish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yagona integratorining Internet tarmogʻida Oʻzbekiston Respublikasi Hukumat portalini axborot bilan taʼminlash va rivojlantirish guruhining tashkiliy tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-noyabrdagi 925-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2017-y., 09/17/925/0299-son)
2. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bir oy muddatda “Oʻzinfokom” kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy qilish markazining Internet tarmogʻida Oʻzbekiston Respublikasi Hukumat portalini axborot bilan taʼminlash va rivojlantirish guruhini zarur moddiy-texnika bazasi bilan taʼminlasin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq baʼzi qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilsin.
5. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-sentabrdagi 728-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 38-son, 1037-modda)
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 3-iyundagi 188-son qaroriga 2-ILOVA
Internet tarmogʻida Oʻzbekiston Respublikasining Hukumat portali toʻgʻrisida
1. Ushbu Nizom Oʻzbekistonning ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy hayoti toʻgʻrisidagi axborotni tarqatish, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati, davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari (keyingi oʻrinlarda davlat organlari deb ataladi) faoliyatini keng yoritish, shuningdek davlat organlari faoliyatiga oid ochiq maʼlumotlarni eʼlon qilish, fuqarolarning qonun ijodkorligi faoliyatiga va davlat boshqaruviga jalb etilishi holatini hamda elektron davlat xizmatlari taqdim etilishini taʼminlash maqsadida Internet tarmogʻida Oʻzbekiston Respublikasining Hukumat portalini (keyingi oʻrinlarda Portal deb ataladi) va uning doirasida faoliyat yurituvchi boshqa axborot resurslarini (veb-saytlarni) yaratish, rivojlantirish, tizimli qoʻllab-quvvatlash va axborot bilan taʼminlash boʻyicha umumiy talablarni belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
2. Portal:
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining Internet tarmogʻidagi rasmiy davlat axborot resursi;
davlat organlarining, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslar oʻrtasidagi elektron-axborot hamkorligi infratuzilmasining tizim tashkil etuvchi elementi hisoblanadi.
II. Portalning maqsadlari
3. Quyidagilar Portalning asosiy maqsadlari hisoblanadi:
davlat axborot resurslarini shakllantirish va rivojlantirish, davlat organlari tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarga elektron davlat xizmatlari koʻrsatish uchun moʻljallangan ixtisoslashgan axborot tizimini yaratish;
tegishli axborot resurslarini yaratish va joylashtirish yoʻli bilan respublika aholisi hamda xalqaro jamoatchilikning Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati faoliyati toʻgʻrisida, respublikaning ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy hayotida amalga oshirilayotgan islohotlardan xabardorligini taʼminlash;
davlat organlarining yuridik va jismoniy shaxslar bilan oʻzaro hamkorligi samaradorligini oshirishga koʻmaklashish;
aholini ularning tegishli davlat organlari bilan oʻzaro hamkorlik qilish imkoniyatlari va tartibotlari toʻgʻrisida xabardor qilish;
axborotni ayirboshlash va tarqatish tezkorligi hamda davlat organlarining xabardorligi darajasining oʻsishi hisobiga davlat organlari faoliyatining sifati va samaradorligini oshirishga koʻmaklashish;
tashkilotlar faoliyati toʻgʻrisida axborot olish huquqi kafolatlarini taʼminlash;
ochiq maʼlumotlarni eʼlon qilish hisobiga davlat organlari ishlarining oshkoraligini taʼminlash;
normativ-huquqiy hujjatlarning jamoatchilik muhokamasida qatnashishi yoʻli bilan davlat boshqaruvida fuqarolarning ishtirokini taʼminlash;
axborotning idoralararo elektron almashinuvini unifikatsiyalash.
III. Portaldagi axborotning mazmuniga qoʻyiladigan talablar
4. Quyidagilar toʻgʻrisidagi axborotning mavjud va ishonchli boʻlishi Portaldagi axborotning mazmuniga qoʻyiladigan asosiy talablar hisoblanadi:
Oʻzbekistonning ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy hayoti toʻgʻrisida;
respublikaning davlat tuzilishi tarkibi, respublikaning davlat, ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy boshqaruv institutlari toʻgʻrisida;
davlat organlarining faoliyati, shuningdek tuzilmasi, vazifalari, funksiyalari, huquqlari va aloqalari toʻgʻrisida;
yuridik va jismoniy shaxslar uchun ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish yoki olish shartlari, shakllari, blankalari, tartibi va tartibotlari toʻgʻrisida;
koʻrsatiladigan elektron davlat xizmatlari toʻgʻrisida;
davlat organlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining joriy etilishi toʻgʻrisida;
mamlakatdagi muhim voqealar toʻgʻrisida, fotoarxiv, davlat organlarining turli tuzilmalaridan olingan tadbirlar haqidagi maʼlumotlarning qisqacha mazmuni;
davlat organlarining ochiq maʼlumotlari toʻgʻrisida;
aholi, tadbirkorlik subyektlari tomonidan muhokama etilishi va takliflar kiritilishi maqsadida joylashtirilgan ishlab chiqilayotgan (ishlab chiqilgan) normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida;
boshqa umumiy foydalaniladigan maʼlumotlar toʻgʻrisida.
IV. Portalni axborot bilan taʼminlashni tashkil etish tartibi
5. Quyidagilar Portalga joylashtirish uchun axborot manbalari hisoblanadi:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxatga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining matbuot xizmati, davlat organlarining axborot xizmatlari tomonidan taqdim etiladigan axborot;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-iyundagi 411-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son)
ommaviy axborot vositalaridan, shu jumladan elektron ommaviy axborot vositalaridan olinadigan axborot;
davlat organlarining Portalda majburiy eʼlon qilinishi kerak boʻlgan ochiq maʼlumotlari toʻplamlarining roʻyxatiga asosan axborot;
(5-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
6. Portalga joylashtirish uchun taqdim etilayotgan axborot tarkibida Oʻzbekiston Respublikasining davlat siri boʻlgan maʼlumotlar yoxud qonunchilikka muvofiq foydalanilishi cheklangan boshqa maʼlumotlar boʻlmasligi kerak.
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Davlat organlarining axborot materiallarini Portalda joylashtirishga ruxsatni rahbar yoki mansabdor shaxslar, davlat organining rahbarlari yoki oʻrnatilgan tartibda belgilanadigan boshqa vakolatli shaxs beradi.
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-sentabrdagi 728-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 38-son, 1037-modda)
7. Portalga joylashtirish uchun taqdim etilayotgan axborot dolzarb, ishonchli, yaxlit, mavzuli bloklar boʻyicha aniq tarkibga ega va taqsimlangan boʻlishi kerak.
8. Portaldagi axborot Oʻzbekiston Respublikasining davlat tilida taqdim etilishi kerak. Shu bilan birga, Portal axborotning rus, ingliz va boshqa tillardagi mazmunan bir xil yoki qisqartirilgan versiyalariga ega boʻlishi mumkin.
9. Portal ishlashiga texnik xizmat koʻrsatish Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Davlat axborot tizimlarini tashkil etish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yagona integratori tuzilmasida yaratilgan Internet tarmogʻida Oʻzbekiston Respublikasi Hukumat portalini axborot bilan taʼminlash va rivojlantirish guruhi (keyin oʻrinlarda Guruh deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi. Portal doirasida ishlaydigan axborot resurslari (veb-saytlar)ni texnik kuzatib borish va axborot bilan taʼminlash boʻyicha masʼul davlat organlari Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining qarori bilan belgilanadi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-noyabrdagi 925-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2017-y., 09/17/925/0299-son)
10. Quyidagilar Guruhning asosiy vazifalari va funksiyalari hisoblanadi:
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining matbuot xizmati hamda boshqa davlat organlari tomonidan muntazam ravishda taqdim etiladigan axborot materiallarini Portalda eʼlon qilish;
(10-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-iyundagi 411-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son)
Davlat axborot tizimlarini tashkil etish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yagona integratorining boshqa boʻlinmalari bilan uzviy hamkorlikda Portalning axborot xavfsizligini va uzluksiz faoliyat koʻrsatishini taʼminlash;
(10-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-noyabrdagi 925-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2017-y., 09/17/925/0299-son)
davlat organlariga ular oʻrtasida, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslar oʻrtasida elektron-axborot boʻyicha hamkorlikni rivojlantirish masalalarida koʻmaklashish;
Portal faoliyatini rivojlantirish va takomillashtirish, aholi va tadbirkorlik subyektlarining axborotga boʻlgan ehtiyojini qondirish maqsadida Portal vositasida koʻrsatiladigan elektron davlat xizmatlari roʻyxatini kengaytirish va sifatini oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish va kiritish;
davlat organlari ochiq maʼlumotlari toʻplamlarining roʻyxatini kengaytirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish va kiritish;
aholi, tadbirkorlik subyektlari tomonidan muhokama qilish va keyinchalik takliflar kiritish maqsadida joylashtirilgan ishlab chiqilayotgan (ishlab chiqilgan) normativ-huquqiy hujjatlar qismida Portal faoliyatini rivojlantirish va takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va kiritish;
Portal, davlat organlarining axborot resurslari, Portalni rivojlantirish va takomillashtirish istiqbollari toʻgʻrisida bosma materiallarni tayyorlash va ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilish, bu haqda telekoʻrsatuvlar va radioeshittirishlar tashkil etish;
Portalda yoritish maqsadida tadbirlarda (tashkilotlarning matbuot anjumanlari, brifinglari, ochiq hayʼat majlislari, oʻquv seminarlari va shu kabilarda) ishtirok etish;
Portal faoliyati toʻgʻrisida jamoatchilik, tadbirkorlik subyektlari vakillari va Internet tarmogʻining boshqa foydalanuvchilari fikr-mulohazalarini oʻrganish boʻyicha tahliliy ishlar olib borish;
Portal va uning doirasida ishlaydigan boshqa axborot resurslari (veb-saytlar)ga texnik xizmat koʻrsatish;
davlat organlari, shuningdek ommaviy axborot vositalari bilan axborot-maʼlumot ishlarini olib borish uchun Guruh faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha tahliliy, statistik va boshqa materiallar maʼlumotlarining tizimlashgan bankini yaratish.
Portalga interaktiv davlat xizmatlarini joriy etishda davlat organlariga metodologik va texnik yordam berish.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-sentabrdagi 728-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2017-y., 38-son, 1037-modda)
11. Guruh quyidagilarga majbur:
Oʻzbekistonning ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining faoliyati toʻgʻrisidagi davlat organlari tomonidan taqdim etiladigan axborotni qayta ishlash, tahlil qilish va yagona formatda umumlashtirish;
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining matbuot xizmati tomonidan taqdim etilgan axborotni davlat tilida, shuningdek, mavjud boʻlganda rus, ingliz va boshqa tillardagi mazmunan bir xil yoki qisqartirilgan versiyalarini bir kun muddatdan kechiktirmay Portalda joylashtirish;
(11-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-iyundagi 411-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son)
Portalda davlat organlarining axborot xizmatlari tomonidan qonunchilikning belgilangan talablariga muvofiq taqdim etiladigan axborot materiallarini joriy holatda joylashtirish;
(11-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
aholi va tadbirkorlik subyektlariga elektron xizmatlar koʻrsatish boʻyicha texnikaviy ishlarni amalga oshirish;
aholi va tadbirkorlik subyektlari tomonidan muhokama qilish maqsadida joylashtirilgan ishlab chiqilayotgan (ishlab chiqilgan) normativ-huquqiy hujjatlar qismida Portal faoliyatini takomillashtirish;
Portalda ularning ishlarini yoritish maqsadida tadbirlarda (davlat organlarining matbuot anjumanlari, brifinglari, ochiq hayʼat majlislari, oʻquv seminarlari va shu kabilar) muntazam ishtirok etish;
taqdim etilgan va shakllantirilgan axborotni uzatish, qayta ishlash, eʼlon qilish va saqlash jarayonida uning yaxlitligini saqlash;
Internet tarmogʻi foydalanuvchilari uchun Portaldan uzluksiz foydalanish imkoniyatini taʼminlash;
Portalni yanada rivojlantirish va takomillashtirish boʻyicha ushbu Nizomga zid boʻlmagan tadbirlarni, shu jumladan texnikaviy tadbirlarni amalga oshirish;
Internet tarmogʻi foydalanuvchilari tomonidan Portalning zarurligi va samaradorligi toʻgʻrisida jamoatchilik fikr-mulohazalarini oʻrganish asosida koʻrsatilayotgan elektron davlat xizmatlarini yaxshilash boʻyicha takliflarni shakllantirish;
Portal faoliyatini va koʻrsatilayotgan elektron davlat xizmatlarini har chorakda kamida bir marta ommaviy axborot vositalarida yoritish.
VI. Javobgarlik
12. Guruh axborotning Hukumat portalida va uning doirasida amal qiluvchi boshqa axborot resurslarida (veb-saytlarda) oʻz vaqtida joylashtirilishi, shuningdek ushbu Nizomda nazarda tutilgan vazifalarning bajarilishi uchun javobgar boʻladi.
13. Qonunchilikka muvofiq Portalda joylashtirish uchun taqdim etiladigan axborotning ishonchliligi, mazmuni va oʻz vaqtida taqdim etilishi uchun tegishli manbalari boʻlmish tashkilotlar javobgar boʻladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 3-iyundagi 188-son qaroriga 3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Davlat axborot tizimlarini tashkil etish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yagona integratorining Internet tarmogʻida Oʻzbekiston Respublikasi Hukumat portalini axborot bilan taʼminlash va rivojlantirish guruhining
TASHKILIY TUZILMASI
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-noyabrdagi 925-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2017-y., 09/17/925/0299-son)
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 3-iyundagi 188-son qaroriga 4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son)
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-sentabrdagi 690-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 36-son, 955-modda)
3. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 20-dekabrdagi 592-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 12-son, 109-modda) bilan tasdiqlangan Radiochastotalarni tanlov yoʻli bilan taqsimlash va teleradioeshittirish sohasida faoliyatni amalga oshirish huquqiga yakka tartibdagi litsenziyalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 6-bandning birinchi xatboshiga “ommaviy axborot vositalarida” soʻzlaridan keyin “shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining rasmiy veb-saytida” soʻzlari qoʻshilsin;
b) 9-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“Tanlovda qatnashish uchun buyurtmanomada litsenziya talabgorining elektron manzili koʻrsatilishi mumkin.
Tanlovda qatnashish toʻgʻrisidagi buyurtmanomada litsenziya talabgori elektron manzilining koʻrsatilishi uning arizasi yuzasidan qabul qilingan qaror toʻgʻrisidagi bildirishnomani axborot tizimi orqali elektron shaklda olishga roziligi hisoblanadi”;
v) 10-bandning “a” kichik bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
g) 12-banddagi “yoxud pochta aloqa vositasi orqali” soʻzlari “pochta aloqa vositasi orqali yoxud axborot tizimlari orqali elektron shaklda” soʻzlari bilan almashtirilsin;
d) 1-ilova 1-bosqichining “Tadbirlar” ustunining 2-bandidagi hamda 4-bosqichining “Tadbirlar” ustunining 3-bandidagi “ommaviy axborot vositalarida” soʻzlaridan keyin “shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining rasmiy veb-saytida” soʻzlari qoʻshilsin.
4. Vazirlar Mahkamasining “Axborotlashtirish sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish toʻgʻrisida” 2005-yil 22-noyabrdagi 256-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 11-son, 62-modda):
a) Davlat axborot resurslarini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
“15. Davlat axborot resurslari oʻzaro axborot-texnologik moslikni taʼminlashi va idoralararo elektron hamkorlikni taʼminlash maqsadida elektron hukumatning markaziy maʼlumotlar bazasi bilan integratsiyalash imkoniga ega boʻlishi zarur”;
“Bunda foydalanuvchini autentifikatsiya qilmasdan va hisobga olmasdan hamma foydalanishi mumkin boʻlgan davlat axborot resurslaridan erkin foydalanish imkoni beriladi, hamma foydalanadigan axborot resurslarida mavjud boʻlgan hamda foydalanuvchining oʻzining shaxsiy maʼlumotlari boʻlmagan jismoniy shaxslar toʻgʻrisida maʼlumotlar olishi va ulardan foydalanishi bundan mustasno”;
quyidagi mazmundagi 211-band qoʻshilsin:
“211. Elektron davlat xizmatlari koʻrsatishga jalb etilgan davlat axborot resurslari hamda elektron hukumatning markaziy maʼlumotlar bazalari bilan oʻzaro hamkorligi “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiya platformasi orqali amalga oshiriladi”;
“axborot olish huquqiga ega boʻlmagan shaxslarga axborot olish imkoni berilishi, shuningdek jismoniy shaxslarning shaxsiy maʼlumotlari mavjud boʻlgan axborotlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning tegishli jismoniy shaxslarning ruxsatisiz tarqatilishi”;
b) Davlat organlarining axborot tizimlarini yaratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
“3. Davlat organlarining axborot tizimlarini yaratishning maqsadi ular faoliyati samaradorligini, tezkorligini va oshkoraligini oshirish, ular tomonidan koʻrsatiladigan elektron davlat xizmatlari koʻrsatish spektrini kengaytirish va sifatini oshirish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllash hisobiga davlatning boshqa organlari, yuridik va jismoniy shaxslar bilan idoralararo elektron hamkorlikni tashkil etishdan iborat”;
“4. Davlat xizmatlari koʻrsatishda, davlat organlari boshqa funksiyalarini bajarishda zarur boʻlgan axborotlarni izlash, olish, qayta ishlash, turkumlashtirish va tarqatish jarayonlarini jadallashtirish va yengillashtirish, yangi ehtiyojlarni oʻz vaqtida qondirish hamda paydo boʻlayotgan imkoniyatlarni tezda baholash ishlarini davom ettirish, shuningdek davlat organining barcha tarkibiy boʻlinmalari faoliyati samaradorligini, boshqaruvchanligini oshirish, uni muvofiqlashtirish davlat axborot tizimidan foydalanishning asosiy maqsadi hisoblanadi”;
“idoralararo elektron hamkorlikni taʼminlash uchun “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiya platformasi bilan integratsiyalash imkoniyatini”;
quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi qoʻshilsin:
“elektron hukumatning yagona identifikatorlaridan foydalanish — elektron hukumatning qonun hujjatlarida belgilanadigan yagona identifikatorlari asosida elektron davlat xizmatlari koʻrsatuvchi davlat organlarining axborot tizimlarida axborotlar saqlanishini va qayta ishlanishini taʼminlash”;
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi qoʻshilsin:
“elektron davlat xizmatlari koʻrsatish uchun zarur axborotlar mavjud boʻlgan axborot tizimlari va axborot resurslarining uzluksiz faoliyatini taʼminlash”;
5. Vazirlar Mahkamasining “Davlat axborot resurslari hamda ularni shakllantirish, ulardan foydalanish va ularni qoʻllab-quvvatlash uchun masʼul boʻlgan davlat organlari roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2006-yil 20-fevraldagi 27-son qarori 2-bandining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 2-son, 11-modda) ikkinchi va uchinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“elektron davlat xizmatlarini koʻrsatishga jalb etilgan tegishli davlat axborot resurslarini shakllantirilishi, ulardan foydalanilishi, oʻz vaqtida qoʻllab-quvvatlanishi va yangilanishi hamda elektron hukumatning markaziy maʼlumotlar bazalari bilan integratsiyalashuvini taʼminlasinlar;
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga keyinchalik ularni roʻyxatga kiritish uchun yangidan tashkil etilgan davlat axborot resurslari boʻyicha muntazam ravishda axborot taqdim etsinlar”.
6. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 17-noyabrdagi 306-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 11-son, 89-modda) bilan tasdiqlangan Aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirishda fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinalarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ilovada:
birinchi xatboshidagi “turgʻun shoxobcha joylashgan joy boʻyicha” soʻzlaridan keyin “bevosita, pochta aloqasi vositasi orqali yoki elektron shaklda ularning olinganligi toʻgʻrisidagi bildirishnoma olingan holda” soʻzlari qoʻshilsin;
“51. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar xoʻjalik yurituvchi subyektning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
Roʻyxatdan oʻtkazish kartochkasini berish haqidagi arizada xoʻjalik yurituvchi subyekt elektron manzilining koʻrsatilishi uning arizasi yuzasidan qabul qilingan qaror toʻgʻrisida axborot tizimi orqali elektron shaklda xabarnoma olishga boʻlgan roziligi hisoblanadi”;
v) 11-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilariga “elektron shaklda” soʻzlaridan oldin “axborot tizimi orqali” soʻzlari qoʻshilsin;
“13. Agar davlat soliq xizmati organlari ushbu Tartibning 10-bandida nazarda tutilgan muddatda xoʻjalik yurituvchi subyektni nazorat-kassa mashinasining roʻyxatdan oʻtkazish kartochkasini berish rad etilganligidan xabardor qilmagan yoki nazorat-kassa mashinasining roʻyxatdan oʻtkazish kartochkasini bermagan taqdirda, xoʻjalik yurituvchi subyekt davlat soliq xizmati organlarini yozma ravishda xabardor qilib nazorat-kassa mashinasini qoʻllagan holda aholi bilan naqd pulli hisob-kitob qilib tovarlarni sotish, ishlarni bajarish, xizmatlar koʻrsatish huquqiga ega boʻladi.
Nazorat-kassa mashinasining roʻyxatdan oʻtkazish kartochkasi olingunga qadar taqdim etilgan hujjatlarning qabul qilingan sana toʻgʻrisida belgi qoʻyilgan roʻyxati va xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan davlat soliq xizmati organlariga yuborilgan yozma yoki axborot tizimi orqali elektron shakldagi bildirishnoma ruxsat beruvchi xususiyatga ega boʻlgan hujjatga tenglashtiriladi va nazorat-kassa mashinasini qoʻllagan holda aholi bilan naqd pulli hisob-kitob qilib tovarlarni sotish, ishlarni bajarish, xizmatlar koʻrsatish uchun asos hisoblanadi.
Bunda davlat soliq xizmati organlari xoʻjalik yurituvchi subyektning yozma yoki axborot tizimi orqali elektron shakldagi bildirishnomasi olingandan keyin besh ish kunidan kech boʻlmagan muddatda nazorat-kassa mashinasining roʻyxatdan oʻtkazish kartochkasini berishi shart”;
birinchi bosqichning “Tadbirlar” ustunining 2-bandiga “elektron shaklda” soʻzlaridan oldin “axborot tizimi orqali” soʻzlari qoʻshilsin;
uchinchi bosqich “Tadbirlar” ustunining 2-bandiga “yozma shaklda” soʻzlaridan keyin “yoki axborot tizimi orqali elektron shaklda” soʻzlari qoʻshilsin.
7. Vazirlar Mahkamasining “Interaktiv davlat xizmatlari koʻrsatishni hisobga olgan holda Internet tarmogʻida Oʻzbekiston Respublikasining Hukumat portali faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 30-dekabrdagi 378-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 12-son, 95-modda) 2-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“2. Yagona portal:
jismoniy va yuridik shaxslarning davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari xizmatlari va funksiyalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan foydalanishini;
jismoniy va yuridik shaxslarning elektron davlat xizmatlaridan foydalanishi uchun zarur boʻlgan arizalar shakllari, blankalar va boshqa hujjatlardan, shu jumladan elektron tarzda toʻldirish uchun foydalanishini;
ariza beruvchilar tomonidan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek boshqa tashkilotlar bilan teskari aloqani amalga oshirish imkoniyatini;
elektron davlat xizmatlaridan foydalanish uchun zarur boʻlgan arizalar va boshqa hujjatlarni elektron tarzda qabul qilishni;
jismoniy va yuridik shaxslarning Yagona portal faoliyati bilan bogʻliq soʻrovlari va murojaatlarini hisobga olish, shu jumladan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarning interaktiv davlat xizmatlari koʻrsatish sifati monitoringi olib borilishini taʼminlaydi”.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-iyundagi 373-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.06.2021-y., 09/21/373/0559-son)
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 1-maydagi 318-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.05.2018-y., 09/18/318/1108-son)
10. Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 13-maydagi 120-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 5-son, 37-modda) bilan tasdiqlangan Davlat xizmatlari, shakllari va blankalari yagona reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
“davlat xizmati — ariza beruvchilarning soʻrovlari boʻyicha davlat organlarining funksiyalari amalga oshirilishi boʻyicha davlat organlari tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar. Davlat xizmatini, agar qonun hujjatlariga muvofiq davlat xizmatlari koʻrsatish funksiyalari ularga yuklangan boʻlsa, boshqa tashkilotlar ham koʻrsatishi mumkin;
uchinchi xatboshidan “davlat xizmatlari koʻrsatish toʻgʻrisida” soʻzlari chiqarib tashlansin;
“davlat xizmati koʻrsatish reglamenti — elektron davlat xizmatlari koʻrsatish tartibini va unga qoʻyiladigan talablarni belgilaydigan normativ-huquqiy hujjat”;
b) 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Davlat xizmatlari, shakllar va blankalarning YAGONA REYESTRI
Davlat xizmatining noyob reyestr raqami
Davlat xizmatining nomi
Davlat xizmatini koʻrsatish natijasini beruvchi vakolatli organning nomi
Davlat
xizmati
koʻrsatilayotgan
ariza
beruvchilar
toifalari
Davlat
xizmati
koʻrsatish
shakli
(anʼanaviy va
elektron)
Davlat
xizmati
koʻrsatish
narxi
Davlat
xizmati
koʻrsatish
muddatlari
Davlat
xizmati
koʻrsatish
reglamenti
Davlat
xizmati
koʻrsatish uchun
talab
qilinadigan
hujjatlar
Axborot
hamkorligi
orqali
olinadigan
hujjatlar va
axborotlar
hamda
ularni
beradigan
davlat
organlari
Davlat
xizmati
koʻrsatish
natijasi
Davlat
xizmati
koʻrsatish
natijasida beriladigan
yoki davlat
xizmati
olish uchun
foydalaniladigan
shakllar
va blankalar
Davlat xizmatlari, shakllari va blankalari yagona reyestriga havola
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
Izoh. davlat xizmatlari, shakllar va blankalarning yagona reyestri davlat xizmatlari toʻgʻrisidagi boshqa maʼlumotlarni ham oʻz ichiga olishi mumkin”.
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 3-iyundagi 188-son qaroriga 5-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda yuridik va jismoniy shaxslar bilan oʻzaro hamkorligini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 23-avgustdagi 181-son qarori 1-bandining ikkinchi xatboshi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2007-yil, 8-son, 50-modda), shuningdek qarorga 1-ilova.
2. Vazirlar Mahkamasining “Internet tarmogʻida Oʻzbekiston Respublikasining Hukumat portalini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 17-dekabrdagi 259-son qarorining 1 va 2-bandlari (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2007-yil, 12-son, 71-modda), shuningdek qarorga 1 va 2-ilovalar.
3. Vazirlar Mahkamasining “Internet tarmogʻida Oʻzbekiston Respublikasining Hukumat portaliga axborotlarni taqdim etish va joylashtirish tartibi toʻgʻrisida” 2009-yil 21-apreldagi 116-son qaroriga 4-ilovaning 2-bandi.
4. Vazirlar Mahkamasining “Interaktiv davlat xizmatlari koʻrsatishni hisobga olgan holda Internet tarmogʻida Oʻzbekiston Respublikasining Hukumat portali faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 30-dekabrdagi 378-son qarori 1-bandining birinchi xatboshi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-yil, 12-son, 95-modda), shuningdek qarorga 1-ilova hamda 2-ilova 2-bandining “v” kichik bandi va 3-bandining “v” kichik bandi.
5. Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 15-avgustdagi 225-son qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar roʻyxatining 210-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013-yil, 8-son, 55-modda).
6. Vazirlar Mahkamasining “Davlat soliq xizmati organlari tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyektlarda soliq qarzdorligi yoʻqligi toʻgʻrisida xulosa berish tartibi haqidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2014-yil 27-yanvardagi 17-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014-yil, 1-son, 9-modda).
7. Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining “Interaktiv davlat xizmatlari koʻrsatishni hisobga olgan holda Internet tarmogʻida Oʻzbekiston Respublikasining Hukumat portali faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 30-dekabrdagi 378-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida” (Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida” 2014-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-378-son Qonuni)” 2015-yil 6-martdagi 50-son qaroriga ilovaning 3-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2015-yil, 3-son, 14-modda).
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2024-y., 09/24/266/0329-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 23-son, 269-modda; 2017-y., 36-son, 955-modda, 38-son, 1037-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2017-y., 09/17/925/0299-son, 01.05.2018-y., 09/18/318/1108-son, 25.08.2018-y., 09/18/680/1791-son, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son; 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.06.2021-y., 09/21/373/0559-son; 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 07.05.2024-y., 09/24/266/0329-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)