1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.02.00.00 Fuqarolar (jismoniy shaxslar) / 03.02.03.00 Fuqarolarning tadbirkorlik faoliyati (yakka tartibdagi tadbirkor);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.09.00 Tadbirkorlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida aholining biznes tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlashni yangi bosqichga olib chiqishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Aholining tadbirkorlik tashabbuslarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash, birinchi navbatda, mahallalarda kichik biznes va tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilash, yoshlar va xotin-qizlarni daromadli mehnat bilan band qilish borasidagi tadbirlarni tizimli ravishda davom ettirish maqsadida:
1. 2023-yilda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari (keyingi oʻrinlarda — dasturlar) doirasidagi loyihalarni moliyalashtirish uchun kamida 13 trillion soʻm yoʻnaltirilsin va ushbu resurslarning hududlar kesimidagi maqsadli parametrlari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Bunda, dasturlar doirasida 2,8 trillion soʻm kredit mablagʻlari AT Xalq banki, “Agrobank” ATB va “Mikrokreditbank” ATBning (keyingi oʻrinlarda — vakolatli banklar) oʻz resurslari hisobidan ajratiladi.
2. Belgilansinki, 2023-yil 1-fevraldan boshlab dasturlar doirasida:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.01.00 Umumiy masalalar]
kreditlar ustuvor ravishda dasturlar boʻyicha avval kreditlardan foydalanmagan aholi va tadbirkorlik subyektlariga ajratiladi;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.05.00 Imtiyozli kreditlash]
agrar tarmoqda oʻz biznesini tashkil etishga koʻmaklashish, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda dehqon xoʻjaliklarining ulushini oshirish maqsadida uzoq muddatga qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer maydonlarini ijaraga olib, belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtgan dehqon xoʻjaliklari va kichik tadbirkorlik subyektlariga 50 mln soʻmgacha garovsiz kredit beriladi;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.13.00 Kredit (shuningdek, 07.22.00.00, 07.23.00.00 larga qarang)]
tadbirkorlik subyektlarining mahallalarda, shu jumladan tashkil etilgan mikromarkazlarda ishlab chiqarishni, xizmat koʻrsatish sohasini va hunarmandchilikni hamda aholi bilan kooperatsiya va kasanachilikni kengaytirishga yoʻnaltirilgan loyihalari uchun hokim yordamchilarining tavsiyanomasi asosida ajratiladigan kreditlar miqdori amaldagi 225 million soʻmdan 300 million soʻmgacha oshiriladi. Bunda, tashabbuskor loyihada kamida oʻttiz foiz ulush bilan ishtirok etishi lozim;
dasturlar doirasida ilgari olgan kreditlaridan samarali foydalanib, tadbirkorligini yoʻlga qoʻygan va kredit toʻlovlarini oʻz vaqtida amalga oshirgan kichik tadbirkorlik subyektlariga faoliyatini yanada kengaytirishi uchun mazkur kreditlardan takroran foydalanishga ruxsat etiladi;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.05.00 Imtiyozli kreditlash]
imtiyozli kreditlardan foydalanib, daromad topishga qaratilgan faoliyat bilan shugʻullanayotgan fuqarolar qonunchilikda belgilangan yoʻnalishlar boʻyicha oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida tasniflanadi;
hokim yordamchisining tavsiyasiga koʻra kredit summasining 10 million soʻmgacha boʻlgan qismi (hunarmandlar uchun 20 million soʻmgacha) bank kartalariga oʻtkazib beriladi;
(2-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-apreldagi PQ-149-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.04.2024-y., 07/24/149/0262-son)
ajratilgan kreditlarni oʻz muddatida qaytarmagan fuqaro va tadbirkorlik subyektlariga dasturlar doirasida yangi kreditlar berilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
3. Belgilansinki:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.13.00 Kredit (shuningdek, 07.22.00.00, 07.23.00.00 larga qarang)]
dasturlar doirasida kreditlarni yillik 14 foiz stavkada ajratish tartibi saqlab qolinadi;
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-noyabrdagi PF-193-sonli Farmoniga asosan 2024-yil 1-martdan chiqariladi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.04.00 Kichik va xususiy tadbirkorlik. Oilaviy tadbirkorlik;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.07.00 Dehqon xoʻjaliklari (shaxsiy yordamchi xoʻjaliklar)]
Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan aholi tomorqalaridan samarali foydalanish yoʻnalishida tomorqa yer egalariga beriladigan mikrokreditlar miqdori 3 million soʻmgacha oshiriladi hamda ushbu mikrokreditlar Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlarining yagona elektron platformasi orqali ajratiladi;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.03.00 Respublika budjeti xarajatlari]
dasturlarni moliyalashtirish uchun Davlat budjeti, Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi hamda boshqa jamgʻarmalardan ajratilgan resurslarning 2023-2024-yillarda soʻndiriladigan qismi har oyda vakolatli banklarga dasturlar doirasidagi loyihalarni moliyalashtirish uchun yoʻnaltiriladi.
4. Markaziy bank, vakolatli banklar Personallashtirish agentligi, Ichki ishlar vazirligi, Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi bilan birgalikda 2023-yil 1-iyundan boshlab aholi va tadbirkorlik subyektlariga kredit ajratish jarayonida qarz oluvchini ID-kartadagi (biometrik pasportdagi) biometrik maʼlumotlar asosida identifikatsiya qilishni yoʻlga qoʻysin.
Personallashtirish agentligi, Ichki ishlar vazirligi vakolatli banklarga aholi va tadbirkorlik subyektlarini raqamli verifikatsiyalash uchun biometrik maʼlumotlardan foydalanishda amaliy yordam koʻrsatsin.
5. Belgilansinki:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari tijorat banklari bilan birgalikda dasturlar boʻyicha ajratilgan kreditlarning ularni soʻndirish grafigiga muvofiq belgilangan muddatlarda qaytarilishiga masʼul hisoblanadi va har oy yakuni bilan muammoli kreditlarni undirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarni muhokama qilib boradi;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.01.00 Umumiy masalalar]
hududlarda har oylik kreditlash hajmlari kreditlarni soʻndirish grafigining bajarilmagan qismiga mos ravishda kamaytiriladi.
(5-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-oktabrdagi PF-168-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan)
6. Quyidagilarga:
iqtisodiyot va moliya vazirining, Markaziy bank raisining hamda kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining oʻrinbosarlariga (dastur koordinatorlariga) — haqiqiy ehtiyojdan hamda moliyalashtirish taklif etilayotgan loyihalarning istiqboli va qoʻshimcha ish oʻrinlari yaratishga yoʻnaltirilganligidan kelib chiqqan holda, ajratilayotgan mablagʻlarni vakolatli banklar va viloyatlar kesimida tezkor qayta taqsimlash;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklariga hududiy oilaviy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash markazlari bilan birgalikda — dasturlar doirasida hududlarga ajratilgan mablagʻlarning yillik va oylik limitlarini tuman (shahar) va mahalla (ovul) kesimida taqsimlash, amalga oshirilayotgan loyihalarning istiqboli va qoʻshimcha ish oʻrinlari yaratishga yoʻnaltirilganligidan kelib chiqqan holda, mahallalar limitini har oyning oʻninchi sanasiga qadar qayta koʻrib chiqish vakolati berilsin.
7. Bosh vazir oʻrinbosari J. Qoʻchqorov Markaziy bank raisi M. Nurmuratov va vakolatli banklar bilan birgalikda 2023-yil 1-iyulga qadar dasturlar doirasida ajratiladigan kreditlar hajmini kamida yana 2 trln soʻmga oshirish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga taklif kiritsin.
8. Vazirlar Mahkamasi (J. Qoʻchqorov) bir oy muddatda mazkur qarordan kelib chiqqan holda dasturlar doirasida kredit ajratish tartibini takomillashtirishni nazarda tutuvchi qaror loyihasini ishlab chiqsin.
9. Hisob palatasi (B. Turabov) har chorakda dasturlar doirasidagi kreditlardan samarali foydalanilganligi va ularning maqsadli ajratilganligi boʻyicha oʻrganishlar oʻtkazgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritib borsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 31-yanvar,
PQ-39-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-yanvardagi PQ-39-son qaroriga 1-ILOVA
2023-yilda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasidagi loyihalarni moliyalashtirishning hududlar kesimidagi
MAQSADLI PARAMETRLARI
mlrd soʻm
T/r
Hududlar nomi
2023-yilda yoʻnaltiriladigan mablagʻlar
Shundan:
avval berilgan kreditlarning soʻndirilishi hisobidan
Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi hisobidan
vakolatli banklarning resurslari hisobidan
JAMI:
13 000
6 900
3 381
2 719
1.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
950
457
342
151
2.
Andijon viloyati
1 100
596
275
229
3.
Buxoro viloyati
1 150
570
324
256
4.
Jizzax viloyati
790
364
135
290
5.
Qashqadaryo viloyati
1 100
533
327
240
6.
Navoiy viloyati
780
396
204
180
7.
Namangan viloyati
950
641
159
150
8.
Samarqand viloyati
1 100
668
231
200
9.
Surxondaryo viloyati
1 091
572
278
241
10.
Sirdaryo viloyati
600
319
181
100
11.
Toshkent viloyati
1 060
494
356
209
12.
Fargʻona viloyati
1 100
636
214
249
13.
Xorazm viloyati
941
484
266
191
14.
Toshkent shahri
290
171
89
30
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-yanvardagi PQ-39-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-iyundagi “Har bir oila — tadbirkor” dasturini amalga oshirish toʻgʻrisida”gi PQ-3777-son qarorida:
ikkinchi xatboshidagi “jismoniy shaxslarga” soʻzlaridan keyin “hamda belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtgan kichik tadbirkorlik subyektlariga” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
b) 10-banddagi “225” raqami “300” raqami bilan almashtirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-iyuldagi “Aholi bandligini taʼminlash borasidagi ishlarni takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3856-son qarori 6-bandi “v” kichik bandining birinchi xatboshisidagi “225” raqami “300” raqami bilan almashtirilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-martdagi “Hududlarda aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4231-son qarorida:
a) 6-bandning birinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirining birinchi oʻrinbosari S.M. Xolxoʻjayev, moliya vazirining oʻrinbosari D.Sh. Sultanov, Markaziy bank raisining oʻrinbosari A.A. Kamalovlar” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirining, Markaziy bank raisining hamda kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining oʻrinbosarlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“jismoniy shaxslarga tovarlar (xizmatlar) fiskal belgili kassa cheki asosida yetkazib berilgan (xizmatlar koʻrsatilgan) va loyiha egasi undan qanoatlanish hosil qilganidan soʻng ajratiladi va mahsulot yetkazib beruvchi (xizmat koʻrsatuvchi)ning hisobraqamiga oʻtkazib beriladi”.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-noyabrdagi “Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi”gi PQ-4539-son qarori 9-bandining uchinchi xatboshisidagi “225” raqami “300” raqami bilan almashtirilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 13-oktabrdagi “Aholini tadbirkorlikka jalb qilish tizimini takomillashtirish va tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4862-son qarori 5-bandining ikkinchi xatboshisidagi “tashkil etish uchun” soʻzlaridan keyin “hamda belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtgan kichik tadbirkorlik subyektlariga” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-martdagi “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish davlat dasturlari doirasida amalga oshiriladigan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5041-son qarorida:
a) 2-bandning birinchi xatboshisidagi “Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirining birinchi oʻrinbosari S.M. Xolxoʻjayev, moliya vazirining oʻrinbosari Q.X. Taparov, Markaziy bank raisining oʻrinbosari A.A. Kamalov” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirining, Markaziy bank raisining hamda kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining oʻrinbosarlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“kredit oluvchi jismoniy shaxslarga tovarlar (xizmatlar) fiskal belgili kassa cheki asosida yetkazib berilgan (xizmatlar koʻrsatilgan) va loyiha egasi undan qanoatlanish hosil qilganidan soʻng kredit mablagʻlari mahsulot yetkazib beruvchi (xizmat koʻrsatuvchi)ning hisobraqamiga oʻtkazib beriladi”.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholining daromad manbaini kengaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-55-son qarorida:
“g) chorvachilikni rivojlantirish yoʻnalishida kreditlar kamida 10 boshdan 50 boshgacha chetdan keltirilgan yoki mahalliylashtirilgan (naslchilik xoʻjaliklarida yetishtirilgan) va chorva hayvonlarini identifikatsiyalash tizimida aks etgan chorva mollarini (qoramol, qoʻy, echki) boqish uchun ferma tashkil etishga beriladi. Bunda, kreditlar va xarid qilingan chorva mollari (qoramol, qoʻy, echki) toʻgʻrisida axborotlar “Online-mahalla” platformasidagi maʼlumotlar bazasiga majburiy tartibda kiritiladi”;
“dasturlar doirasida ilgari ajratilgan kredit mablagʻlari boʻyicha mavjud qarzdorligi toʻliq soʻndirilmagan (Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasidan ajratiladigan kreditlar hamda qarzdorlik belgilangan muddatlarda toʻliq soʻndirib kelinayotgan kreditlar bundan mustasno), shuningdek, avval ajratilgan kreditlardan maqsadsiz foydalangan qarz oluvchilarga ushbu dasturlar orqali yangi kredit ajratilishiga ruxsat etilmaydi”;
v) 10-bandning uchinchi xatboshisidagi “iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirining birinchi oʻrinbosari S.M. Xolxoʻjayev, Markaziy bank raisining oʻrinbosari A.A. Kamalov, moliya vazirining oʻrinbosari D.Sh. Sultanovga” soʻzlari “iqtisodiyot va moliya vazirining, Markaziy bank raisining hamda kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining oʻrinbosarlariga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.01.2023-y., 07/23/39/0060-son; 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son; 03.04.2024-y., 07/24/149/0262-son)