toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida
Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyish tartibini tubdan takomillashtirish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish asosida ularning davlat organlari bilan oʻzaro munosabatlarida bevosita muloqot qilmaydigan shakllaridan foydalanishni jadal ragʻbatlantirish maqsadida:
1. Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyish tartibini tubdan takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar kompleksi 1-ilovaga muvofiq maʼqullansin. Ushbu chora-tadbirlarda tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyishni avtomatlashtirilgan tizimini (keyingi oʻrinlarda — Tizim) bosqichma-bosqich ishlab chiqish va joriy etish, 2017-yil 1-apreldan boshlab tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat interaktiv xizmatlari yagona portaliga (keyingi oʻrinlarda — Yagona portal) integratsiyalashgan Internet tarmogʻidagi Tizim orqali kechayu-kunduz oʻtkazish va hisobga qoʻyish taʼminlansin.
Mazkur qarorning talablari banklar va kredit byurolari, ularning filiallari va vakolatxonalari, shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlariga tatbiq etilmaydi, ularning davlat roʻyxatidan oʻtishi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 25-maydagi 12/1-son qarori bilan tasdiqlangan Bank faoliyatiga ruxsat berish tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi nizom, Oʻzbekiston Respublikasi “Nodavlat notijorat tashkilotlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 4-bobi.
2. 2013 — 2020-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish Kompleks dasturini amalga oshirishni muvofiqlashtiruvchi Respublika komissiyasining yangi tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. 2013 — 2020-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish Kompleks dasturini amalga oshirishni muvofiqlashtiruvchi Respublika komissiyasi (A.N. Aripov):
chora-tadbirlar Kompleksida nazarda tutilgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy etish tadbirlarini oʻz vaqtida va sifatli bajarish boʻyicha vazirlik, idora, kompaniya, uyushmalar, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini muvofiqlashtirishni taʼminlasin;
chora-tadbirlar Kompleksida nazarda tutilgan tadbirlar amalga oshirilishini har chorakda oʻz yigʻilishlarida muhokama qilib borsin.
4. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi zimmasiga Tizimning toʻlaqonli va oʻz vaqtida texnik faoliyat yuritishi ustidan doimiy nazoratni taʼminlash;
roʻyxatga oluvchi va boshqa vakolatli organlarning mansabdor shaxslari zimmasiga — tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyishning qonun hujjatlarida belgilangan tartib va muddatlarini buzganligi, tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyishdan noqonuniy bosh tortishi yoki boʻyin tovlashi uchun shaxsiy javobgarlik;
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-son qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi zimmasiga — tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyishning tartib va muddatlariga rioya qilish ustidan nazorat yuklatilsin.
5. Belgilansinki,
davlat organlarining mansabdor shaxslari Tizimning faoliyat yuritishida nuqson va nosozliklarni aniqlagan vaqtdan boshlab uch ish soatida Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligini bu haqda xabardor etadilar;
Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Tizimning faoliyat yuritishida nuqson va nosozliklar haqida olingan maʼlumotlarni tahlil qiladi hamda zarur hollarda Tizimga tuzatishlar kiritadi;
Tizim faoliyatidagi nuqson va nosozliklar, ular aniqlangan paytdan boshlab uch ish kunida bartaraf etilishi kerak.
6. Tijorat banklari, Oʻzbekiston banklari uyushmasi, elektron toʻlovlar xizmatini koʻrsatadigan tashkilotlarga elektron toʻlovlarni amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasida mavjud boʻlgan elektron toʻlov tizimlari, Yagona portalda foydalanuvchining shaxsiy kabineti va “tadbirkorlik subyekti kabineti” bilan Internet tizimi orqali bank hisob raqamlarini boshqarish tizimini integratsiyalashuvini amalga oshirish tavsiya etilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi elektron toʻlovlar xizmatini koʻrsatadigan tashkilotlarga Oʻzbekiston Respublikasi banklarida ochilgan bank hisob raqamlaridan Internet tarmogʻi orqali hisob-kitoblar xizmatini koʻrsatish mexanizmini belgilangan tartibda amalga oshirishda yordam koʻrsatsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2013-yil 27-iyundagi PP-1989-sonli qarori:
3-ilovasi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
4-ilovaning:
9-bandi “Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
10-bandi “masalalari boʻyicha” soʻzlaridan keyin “yoshlar siyosati, madaniyat” soʻzlari bilan davom ettirilsin, keyingi oʻrinlar matn boʻyicha davom etib ketsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, vazirlik va idoralar ikki oy muddatda ushbu qarorga oʻzining normativ-huquqiy hujjatlarini muvofiqlashtirsin.
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2016-yil 28-oktabr,
PQ-2646-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 28-oktabrdagi PQ-2646-son qaroriga
1-ILOVA
Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyish tartibini tubdan takomillashtirish boʻyicha
CHORA-TADBIRLAR KOMPLEKSI

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Masʼul ijrochilar

I. Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyishning yangi tartibini muvaffaqiyatli joriy etishni taʼminlash maqsadida qonunchilik va normativ-huquqiy bazani takomillashtirish

1.

“Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyish tartibini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarorini amalga oshirish boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish.

Quyidagilarni tasdiqlash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi:

Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyish tartibi toʻgʻrisida nizom;

Tadbirkorlik subyektlarining yagona davlat reyestrini yuritish tartibi toʻgʻrisida nizom;

Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyishda roʻyxatga oluvchi va boshqa vakolatli organlarning hamkorlik qilish tartibi.

2016-yil

noyabr

Adliya vazirligi, SSP,

Moliya vazirligi,

Iqtisodiyot vazirligi,

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, manfaatdorvazirlik va idoralar

2.

Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga, shu jumladan quyidagilarni nazarda tutgan holda oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish hamda ayrimlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi:

muhr va shtamp eskizlari, fotokartochka, pasport nusxasi, roʻyxatga olish (ruxsat berish) tartib-taomillaridan oʻtish kartochkasi, yakka tartibdagi tadbirkorning yashash joyi boʻyicha fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organining tasdiqlovchi maʼlumotnomasi, mumkin boʻlgan firma nomi band qilib qoʻyilganligini tasdiqlovchi noyob login va parol, hozirgi zamon talablariga javob bermaydigan boshqa hujjatlar va (yoki) maʼlumotlarni roʻyxatga oluvchi organga taqdim etish boʻyicha kichik tadbirkorlik subyektlariga qoʻyilgan talablarni bekor qilish;

xorijiy investitsiyalarga ega korxonalarni va chet el kapitali ishtirokidagi boshqa korxonalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishda taʼsis hujjatlarini notarial tasdiqlash, yuridik shaxs roʻyxatdan oʻtgan joy boʻyicha savdo reyestridan xorijiy taʼsischi haqida koʻchirmani yoki ushbu yuridik shaxs faoliyatini tasdiqlovchi boshqa hujjatlarni roʻyxatga oluvchi organga taqdim etish boʻyicha talablarni bekor qilish;

tovarlarni olib kirish (import qilish) bilan bogʻliq tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaxslarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tadbirkorlik subyektlariga “bir darcha” tamoyili boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatuvchi yagona markazlar tomonidan amalga oshirilishini nazarda tutuvchi tartib oʻrnatish;

tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish Internet tarmogʻi orqali amalga oshirilganda, davlat bojlari stavkasini amaldagiga nisbatan ikki baravar pasaytirish.

2016-yil

noyabr

Adliya vazirligi, SSP,

Moliya vazirligi,

Iqtisodiyot vazirligi,

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, manfaatdorvazirlik va idoralar

II. Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyishning avtomatlashtirilgan tizimini yaratish boʻyicha tashkiliy va tayyorgarlik tadbirlari

3.

Maʼlumotlar bazalarini, billing modulini va Tizimning dasturiy taʼminotini yaratish uchun ishlab chiquvchini aniqlash.

Kelishuv boʻyicha avval tuzilgan shartnomaning summasini oʻzgartirmagan holda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 14-dekabrdagi 358-son qarorini amalga oshirish doirasida “Yagona darcha” markazlarida ariza beruvchilar bilan oʻzaro munosabatlarni hamda davlat bojlari va yigʻimlari summasini hisobga olishning yagona billing tizimi”ni boshqarish tizimi yaratilishi uchun masʼul boʻlgan ijrochini Tizimni ishlab chiquvchi (keyingi oʻrinlarda — tizim integratori) etib belgilash.

2016-yil

noyabr

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,

SSP

4.

Qogʻozdagi hujjatlar va maʼlumotlarning elektron shaklga (raqamli format) oʻtkazilishini taʼminlash, keyinchalik bu hujjatlarni tizim integratoriga berish va ulardan foydalanish imkoniyatini yaratish boʻyicha namunali tarmoq grafigini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Roʻyxatga olingan taʼsis hujjatlarini, ularga oʻzgartishlarni (qoʻshimchalarni) va, eng avvalo, ishlab turgan tadbirkorlik subyektlariga berilgan davlat roʻyxatidan oʻtkazilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomalarni bosqichma-bosqich elektron shaklga oʻtkazgan holda namunali tarmoq grafigini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2016-yil

noyabr

SSP, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi, DSQ, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tizim integratori

Roʻyxatga olingan taʼsis hujjatlari, ularga oʻzgartishlar (qoʻshimchalar) va davlat roʻyxatidan oʻtkazilganlik toʻgʻrisida berilgan guvohnomalarning tegishli roʻyxatga oluvchi organlar elektron raqamli imzosi bilan belgilangan tartibda imzolangan elektron fayllarini Tizim amalda joriy etiladigan sanagacha tizim integratoriga berish.

2016-yil

dekabr

Davlat xizmatlarini koʻrsatuvchi vazirliklar, idoralar va tashkilotlarga roʻyxatga olingan taʼsis hujjatlari, ularga oʻzgartishlar (qoʻshimchalar) va davlat roʻyxatidan oʻtkazilganlik toʻgʻrisida berilgan guvohnomalarning elektron fayllaridagi zarur maʼlumotlardan yagona nuqta orqali foydalanish imkoniyatini berish, bunda axborot xavfsizligini va maʼlumotlardan cheksiz, kechayu kunduz foydalanish imkoniyatini taʼminlash.

2017-yilning

I choragi

5.

Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tizimida Tizimni boshqarish, texnik jihatdan samarali ishlatish va qoʻllab-quvvatlashni dolzarb holatda taʼminlash boʻyicha guruh tashkil etish.

Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tizimida Tizimni boshqarish, texnik jihatdan samarali ishlatish va qoʻllab-quvvatlashni dolzarb holatda taʼminlash boʻyicha guruh tashkil etish toʻgʻrisida tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlash, guruh vazifalari va funksiyalarini belgilash, shu jumladan roʻyxatga oluvchi organlarni aloqa vositalari va AKT bilan texnik qoʻllab-quvvatlash.

2017-yilning

I choragi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi,

Iqtisodiyot vazirligi,

SSP

6.

Toʻlanadigan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar muddatlari va (yoki) miqdorlarini buzganlik uchun penya yozilishini istisno etish maqsadida tadbirkorlik subyektiningasosiy faoliyat turi kodi va (yoki) xodimlarning cheklangan oʻrtacha yillik soni oʻzgarganligi u toʻlaydigan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar muddatlari va (yoki) miqdorlarining oʻzgarishiga olib kelishi sababli buhaqda moliyaviy, soliq, statistik yoki boshqa hisobot taqdim etilgan sanadan boshlab bir oy muddatda Internet tarmogʻi orqali xabardor qilish tartibini takomillashtirish.

Moliyaviy, soliq, statistik yoki boshqa hisobotlar tadbirkorlik subyekti toʻlaydigan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar muddatlari va (yoki) miqdorlarining oʻzgarishiga olib kelishi sababli ushbu hisobotlar taqdim etilgan sanadan boshlab bir oy muddatda tadbirkorlik subyektini Yagona portalda “Tadbirkorlik subyektining shaxsiy kabineti” orqali yoki u boʻlmagan taqdirda pochta aloqasi orqali xabardor qilish mexanizmini takomillashtirish.

2017-yilning

I choragi

DSQ,

Davlat statistika qoʻmitasi,

SSP

7.

Oʻzbekiston Respublikasi soliq toʻlovchilarning identifikatsiya raqamlari yagona reyestridagi maʼlumotlarni tadbirkorlik subyektlarining joriy etilayotgan noyob identifikatoriga muvofiqlashtirish uchun jismoniy shaxslar boʻlgan soliq toʻlovchilarning avval berilgan identifikatsiya raqamlari (STIR) tartibini takomillashtirish.

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining identifikatsiya raqamidan (shaxsiy kodidan):

tadbirkorlik subyektining noyob identifikatori;

soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR) sifatida foydalaniladigan tartib oʻrnatish.

Chet el fuqarolari, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar va yuridik shaxslar uchun noyob identifikator sifatida avval belgilangan tartibga koʻra beriladigan STIRdan foydalaniladi.

Axborot resurslari va dasturiy-apparat komplekslaridagi jismoniy shaxslar boʻlgan soliq toʻlovchilarning avval belgilangan tartib boʻyicha berilgan identifikatsiya raqamlari (STIR) maʼlumotlarini jismoniy shaxs boʻlgan soliq toʻlovchining identifikatsiya raqamiga oʻzgartirish orqali axborot resurslari va dasturiy-apparat komplekslarini joriy etilayotgan noyob identifikatorga bosqichma-bosqich muvofiqlashtirish yuzasidan texnik choralar koʻrish.

2016 2018-yillar

DSQ,

tegishli vazirlik va idoralar

Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 31-maydagi 200-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini aniqlash tartibiga va Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 11-martdagi 130-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida soliq toʻlovchilarning identifikatsiya raqamlarini berish va qoʻllash tizimi toʻgʻrisidagi nizomga tegishli oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish.

2018-yilning

II choragi

DSQ, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, IIV, Davlat personallashtirish markazi

8.

Noyob identifikatorga ega tadbirkorlik subyektlarining (yuridik shaxslarning, yakka tartibdagi tadbirkorlarning) yagona davlat reyestrini shakllantirish va Elektron shakl tizimiga integratsiyalash.

Yuridik shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar, dehqon xoʻjaliklari va yuridik shaxs boʻlmagan oilaviy tadbirkorlik subyektlari, shuningdek, tijorat faoliyati uchun moʻljallangan tovarlar olib kiradigan yakka tartibdagi tadbirkorlarning davlat reyestrlarida mavjud boʻlgan, roʻyxatga oluvchi organlar tomonidan qogʻozda yuritiladigan maʼlumotlarini elektron shaklga oʻtkazish.

Keyinchalik birlashtirish va elektron shaklda shakllantirish uchun tadbirkorlik subyektlarining yagona davlat reyestrida tegishli maʼlumotlarni elektron shaklda tizim integratoriga oʻtkazish.

2016-yilning

IV choragi

davomida

Adliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, DSQ, SSP, tizim integratori

III. Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyish avtomatlashtirilgan tizimining tegishli maʼlumotlar bazalarini yaratish

9.

Elektron shaklda yaratilishi va Tizim bilan integratsiya qilinishi lozim boʻlgan idoraviy axborot resurslarining maʼlumotlarini (axborot tuzilishi va turini) hamda maʼlumotlar bazalarining yagona formatlarini aniqlash va joriy etish.

Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyishda tegishli manfaatdor organlar va idoralar oʻrtasida almashish uchun axborotning (maʼlumotlarning) tartibli tuzilgan toʻplamini yaratish maqsadida idoraviy axborot resurslari va maʼlumotlar bazalaridagi axborotlar, shuningdek, almashiladigan elektron fayllarning tuzilishi va turi boʻyichayagona (majburiy) standartni belgilash.

Idoraviy axborot tizimlarini, resurslar va maʼlumotlar bazalarini takomillashtirishni, shuningdek, ularning Tizim bilan oʻzaro integratsiyasini taʼminlash uchun manfaatdor vazirliklar va idoralarga tegishli axborot yoʻllash.

2016-yil

noyabr

SSP, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, tizim integratori, vazirlik va idoralar

10.

Ariza beruvchilarni Tizimda tasniflash uchun maqbul boʻlgan maʼlumotlar bilan taʼminlaydigan maʼlumotnomalar va klassifikatorlarni Tizimga joylashtirish (yangilarini ishlab chiqish va amaldagilarini takomillashtirish, shuningdek, tegishli texnik-iqtisodiy va ijtimoiy axborotni kodlash orqali).

Maʼlumotlarning yagona formatlari asosida axborot tuzilishi va turi asosida yangi idoraviy axborot resurslari hamda maʼlumotlar bazalarini ularning oʻzaro va Tizim oʻrtasida integratsiyasini taʼminlagan holda ishlab chiqish, mavjudlarini takomillashtirish orqali Tizimning umumiy maʼlumotnomasini yaratish, bu maʼlumotnomada quyidagilarni nazarda tutish:

idoralararo axborot hamkorligi va maʼlumotlar almashinuviga doir standartga muvofiq tegishli vazirliklar va idoralar tomonidan Tizimda maʼlumotlar va axborotni avtomatik yangilash;

hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyish uchun ularni tayyorlashda ariza beruvchilar tomonidan tanlanadigan maʼlumotlarni Tizimda kodlash.

2016-yilning

IV choragi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, tizim integratori, Davlat statistika qoʻmitasi, “Davergeodezkadastr” qoʻmitasi,

DSQ, SSP, Moliya vazirligi, vazirlik va idoralar

11.

Roʻyxatga oluvchi va boshqa vakolatli organlarning, shuningdek, tadbirkorlik subyektlarini hisobga qoʻyuvchi davlat organlarining elektron maʼlumotlar bazasini yaratish va Tizim bilan integratsiyalash.

Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidanoʻtkazish va hisobga qoʻyish,litsenziyalar hamda ruxsat berish xususiyatiga ega hujjatlar berish bilan shugʻullanadiganroʻyxatdan oʻtkazuvchi hamda boshqa vakolatli organlarningdavlat roʻyxatiga olishdagi vakolatlari, funksiya va vazifalari batafsil tavsiflanganroʻyxati keltirilgan elektron maʼlumotlar bazasini yaratish.

2016-yilning

IV choragi

Adliya vazirligi, SSP, tizim integratori

12.

Pasport maʼlumotlari mavjud boʻlgan idoraviy axborot resursining elektron shaklini yaratish va Tizim bilan integratsiyalash.

Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan axborot (pasport koʻchirma nusxasi va fotosurat) taqdim etishga doir talablarni istisno etish maqsadida jismoniy shaxslar markaziy maʼlumot bazalarining va “Elektron hukumat” tizimi foydalanuvchilarini identifikatsiyalashning yagona axborot tizimining Tizim bilan integratsiyasini taʼminlash.Bunda yakka tartibdagi tadbirkorning shaxsiy maʼlumotlari aholi reyestri axborot tizimida toʻgʻri kiritilganligi avtomatik tasdiqlangandan keyin Tizimning pasport maʼlumotlariga ega tegishli maʼlumotlar bazasida roʻyxatga olinishi nazarda tutiladi, axborot xavfsizligi va vakolatli organlarning qonun hujjatlarida belgilangan oʻz vakolati doirasida zarur maʼlumotlardan foydalanish imkoniyati hisobga olinadi.

2016-yilning

IV choragi

Davlat personallashtirish markazi, IIV,

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,

SSP,

tizim integratori

13.

Tijorat tashkilotlarining barcha tashkiliy-huquqiy shakllari uchun namunaviy taʼsis hujjatlarining interaktiv maʼlumotlar bazasini elektron shaklda yaratish va Tizim bilan integratsiyalash.

Taʼsis hujjatlarini interaktiv rasmiylashtirish imkoniyatini taʼminlash maqsadida tijorat tashkilotlari taʼsis hujjatlarining barcha namunaviy shakllarini qonun hujjatlariga muvofiq davlat tilida va rus tilida ishlab chiqish va tasdiqlash.

2016-yil

noyabr

SSP, Adliya vazirligi, tizim integratori

Taʼsis hujjatlarining namunaviy shakllari belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlash.

2016-yilning

IV choragi

Adliya vazirligi

14.

Davlat bojlarining, yigʻimlarining stavkalari haqidagi maʼlumotlar, shuningdek, ularni undiruvchi roʻyxatga oluvchi organlarning hisobvaraqlari toʻgʻrisida axborotlarni oʻzida jamlaganelektron shakldagiidoraviy axborot resursini yaratish va Tizim bilan integratsiyalash.

Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyish uchuntoʻlanadigan davlat bojlari va yigʻimlari stavkalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻzida aks ettirgan elektron maʼlumotlar bazasini ishlab chiqish, shuningdek, uni Tizimga joylashtirish, ular qonun hujjatlariga muvofiq oʻzgartirilganda oʻz vaqtida yangilab borish.

2016-yilning

III choragi

davlat bojlari va yigʻimlarini undiruvchi vazirlik va idoralar, Moliya vazirligi, DSQ, SSP, tizim integratori

Davlat bojlari va yigʻimlarini Internet tarmogʻi orqali toʻlash imkoniyatini taʼminlash, shu jumladan tushayotgan mablagʻlarni tegishli budjetlar va fondlarga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda taqsimlash va hisobga olish jarayonini avtomatlashtirish.

Tizimni boshqarish, texnik jihatdan samarali ishlatish va dolzarb holatda saqlashni taʼminlovchi guruh ishini taʼminlash bilan bogʻliq xarajatlarni, shuningdek, Tizim billingi modulini saqlab turish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish hamda Vazirlar Mahkamasiga kelishilgan takliflarni kiritish.

2016-yilning

IV choragi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, SSP,

Adliya vazirligi,

Iqtisodiyot vazirligi,

Moliya vazirligi,

Markaziy bank, DSQ

15.

Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registrini Tizim bilan integratsiyalash.

Roʻyxatga oluvchi organ va statistika organi oʻrtasida maʼlumotlar almashinuvi, shuningdek,tadbirkorlik subyektlarini statistika organlarida hisobga qoʻyish mexanizmini takomillashtirish uchun tegishli registrning Tizim bilan integratsiyasini taʼminlash.

2016-yilning

IV choragi

Davlat statistika qoʻmitasi, SSP, tizim integratori

16.

Soliq toʻlovchilarning yagona davlat reyestrini takomillashtirish va Tizim bilan integratsiyalash.

Tadbirkorlik subyektlarini davlat soliq xizmati organlarida hisobga qoʻyish jarayonini avtomatlashtirish, soliq toʻlovchilarning berilgan identifikatsiya raqamlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni almashish uchun tegishli reyestrning Tizim bilan integratsiyasini taʼminlash.

2016-yilning

IV choragi

DSQ, SSP, tizim integratori

17.

Geografik obyektlar nomlari davlat reyestri maʼlumotlar bazasini Tizimga joylashtirish.

Maʼmuriy-hududiy birliklar (viloyatlar, tumanlar, shaharlar, posyolkalar, qishloqlar, ovullar), aholi punktlari va ularning tarkibiy qismlari (mahallalar, prospektlar, koʻchalar, maydonlar, xiyobonlar, skverlar), ularga oʻxshash obyektlarning qonun hujjatlarida belgilangan nomlarini ariza beruvchilar tanlashi va aks ettirishi uchun sharoit yaratish maqsadida Geografik obyektlar nomlari davlat reyestrida mavjud maʼlumotlarni shakllantirish va tizim integratoriga berilishini taʼminlash.

2016-yilning

IV choragi

“Davergeodezkadastr” qoʻmitasi,

SSP, tizim integratori

Keyinchalik Tizimda tegishli maʼlumotlarni yangilab borish va dolzarb holatda saqlash.

doimiy ravishda

“Davergeodezkadastr” qoʻmitasi

18.

Emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarish yagona davlat reyestrini Tizim bilan integratsiyalash.

Yangi tashkil etilgan, qayta tashkil etilgan va tugatilgan aksiyadorlik jamiyatlari toʻgʻrisidagi axborotlar almashinuvini taʼminlash uchun Emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarish yagona davlat reyestrining elektron shaklini yaratish va uni Tizim bilan integratsiyalash.

2017-yilning

I choragi

Davlat raqobat qoʻmitasi,

SSP, tizim integratori

19.

Xoʻjalik yurituvchi subyektlarni tashkil etish, qoʻshib yuborish va qoʻshib olish uchun berilgan dastlabki rozilik toʻgʻrisidagi idoraviy axborot resursining elektron shaklini yaratish va Tizim bilan integratsiyalash.

Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va qayta roʻyxatga olishda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda monopoliyaga qarshi organning dastlabki roziligi mavjudligini (mavjud emasligini) avtomatik tarzda tekshirish imkonini beradigan maʼlumotlar bazasini yaratish va tizim bilan integratsiyalash.

2017-yilning

I choragi

Davlat raqobat qoʻmitasi,

SSP, tizim integratori

20.

Bank hisobvaraqlarini ochish uchun zarur maʼlumotlar mavjud boʻlgan idoraviy axborot resursining elektron shaklini yaratish va Tizim bilan integratsiyalash.

Hisobvaraqlar ochiq uchun zarur hujjatlarda (davlat roʻyxatidan oʻtkazilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma, tijorat tashkilotlarining taʼsis hujjatlari) mavjud maʼlumotlardan tijorat banklariga elektron raqamli imzo yordamida (ariza beruvchining ishtirokisiz) oʻz vakolati doirasida foydalanish imkonini beradigan elektron maʼlumotlar bazasini yaratish va Tizim bilan integratsiyalash.

2017-yilning

I choragi

Banklar assotsiatsiyasi, tijorat banklari, SSP, tizim integratori

21.

Ustav fondida taʼsischilar ulushi haqidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan idoraviy axborot resursining elektron shaklini yaratish va Tizim bilan integratsiyalash.

Quyidagi hollarni avtomatik tarzda aniqlash uchun tegishli axborotlarnioʻzida mujassamlashtirgan maʼlumotlar bazasini yaratish va Tizim bilan integratsiyalash:

xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar uchun xorijiy investitsiyalar ulushi miqdorining qonun hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiq kelmasligi;

xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonaning taʼsischilari orasida xorijiy yuridik shaxsning yoʻqligi;

bozorlarning ustav fondiga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan miqdorlarda taʼsischilar mablagʻlari kiritilishi taʼminlanmaganligi.

2017-yilning

I choragi

Adliya vazirligi,

Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Banklar assotsiatsiyasi, tijorat banklari, SSP, tizim integratori

22.

Ustav fondini shakllantirish toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan idoraviy axborot resursining elektron shaklini yaratish va Tizim bilan integratsiyalash.

Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan miqdorda va muddatlarda ustav fondi shakllanganligini, shuningdek, davlat soliq xizmati organlariga taqdim etiladigan hisobotlar va maʼlumotlar boʻyicha aniqlanadigan taʼsischilarning qarzdorligi borligini kuzatish imkonini beruvchi elektron maʼlumotlar bazasini yaratish va Tizim bilan birlashtirish.

2017-yilning

I choragi

DSQ, Moliya vazirligi,

Davlat raqobat qoʻmitasi,

SSP, tizim integratori

23.

“Uzkart”, “Upay” banklararo chakana savdo tizimini va boshqa elektron toʻlov tizimlarini Tizim bilan integratsiyalash.

Amaldagi tegishli elektron toʻlov tizimlarining Tizim billing moduli bilan integratsiyasini taʼminlash, bunda:

tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyish uchun davlat bojlari va yigʻimlarini Internet tarmogʻi orqali toʻlash;

tadbirkorlik subyektlarini va roʻyxatga oluvchi organlarni oʻzaro hisob-kitoblar holati haqida Tizim orqali real vaqt rejimida xabardor qilish;

xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar, protsessing markazlari va banklar uchun ariza beruvchilar toʻlovlarni amalga oshirishda ularni identifikatsiyalash imkoniyatini nazarda tutish.

2016-yilning

IV choragi

2017-yilning

I choragi

Banklar assotsiatsiyasi,

SSP, vazirliklar, idoralar, tashkilotlar,

tizim integratori

24.

Shtempel-oʻymakorlik korxonalariga tayyorlangan muhrlar va shtamplar haqidagi maʼlumotlarni tadbirkorlik subyektlarining yagona davlat reyestriga kiritish imkonini beruvchi axborot resursining elektron shaklini yaratish va Tizim bilan birlashtirish.

Shtempel-oʻymakorlik korxonalariga tayyorlangan muhrlar va shtamplar haqidagi maʼlumotlarni tadbirkorlik subyektlarining yagona davlat reyestriga kiritish uchun mazkur reyestrdan cheklangan shaklda foydalanish imkoniyatini beruvchi elektron maʼlumotlar bazasini yaratish.

Quyidagilarni taʼminlash:

2017-yilning

I choragi

OʻzMAA, SSP,

tizim integratori

qogʻoz shaklda yuritiladigan, muhrlar va shtamplarni hisobga olish daftarchalarida mavjud maʼlumotlarni roʻyxatga oluvchi organlar tomonidan elektron formatga oʻtkazish;

2016-yilning

IV choragi

Adliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, SSP, tizim integratori

vakolatli organlarga tegishli maʼlumotlardan foydalanish imkoniyatini bergan holda maʼlumotlarni umumlashtirish va Tizimning maʼlumotlar bazasiga integratsiyalash hamda keyinchalik roʻyxatga oluvchi organlar tomonidan muhrlar va shtamplar daftarchasini yuritishni bekor qilish.

Poligrafiya faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarning litsenziya bitimiga tegishli oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish.

2017-yil

yanvar

OʻzMAA

25.

Tashkilotning ustav fondiga xorijiy taʼsischi tomonidan kiritilgan intellektual mulk hissasini baholash haqidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan idoraviy axborot resursining elektron shaklini yaratish va Tizim bilan integratsiyalash.

Ariza beruvchilar va baholash tashkilotiga korxonaning (tashkilotning) ustav fondiga xorijiy taʼsischi tomonidan kiritilgan intellektual mulkni baholash toʻgʻrisida belgilangan tartibda tayyorlangan hisobotni taqdim etish imkonini beruvchi elektron maʼlumotlar bazasini yaratish.

Baholash faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarning litsenziya bitimiga tegishli oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish.

2017-yilning

I choragi

Davlat raqobat qoʻmitasi, SSP, tizim integratori

26.

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga joylashtiriladigan, yuridik shaxsni qayta tashkil etish toʻgʻrisida xabarlar chop etilganligi haqida maʼlumotlar keltirilgan idoraviy axborot resursining elektron shaklini yaratish va Tizim bilan integratsiyalash.

Kreditorlarni bemalol tanishtirish uchun yuridik shaxsni qayta tashkil etish toʻgʻrisida axborot keltirilgan maʼlumotlar bazasini yaratish va Tizim bilan integratsiyalash.

Quyidagilarni taʼminlash:

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining maxsus boʻlimiga yuridik shaxslar tomonidan tegishli eʼlonlar joylashtirilishiga qarab ularni avtomatik tarzda bepul yangilash imkoniyatini;

bosma ommaviy axborot vositalarida tegishli maʼlumotlarni majburiy eʼlon qilish tartibini bekor qilishni.

2017-yilning

I choragi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, SSP, tizim integratori

27.

Borish qiyin boʻlgan va togʻli tumanlar haqida maʼlumotlar bazasini yaratish va Tizimga kiritish.

Respublikaning borish qiyin boʻlgan va togʻli tumanlari haqidagi axborotlar keltirilgan maʼlumotlar bazasini yaratish va ushbu tumanlarda tadbirkorlik subyektlari ochishda toʻlanadigan davlat bojlari miqdorlarini aniqlash imkoniyatini taʼminlash uchun uni Tizimga joylashtirish.

2017-yil

fevral

“Davergeodezkadastr” qoʻmitasi,

SSP, tizim integratori

28.

Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari boʻlgan yuridik shaxslar ishtirokida xorijda tashkil etilgan tashkilotlar reyestrining elektron shaklini yaratish va Tizim bilan integratsiyalash.

Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi tomonidan qogʻoz shaklida yuritiladigan tegishli reyestrlardagi maʼlumotlarni elektron formatga oʻtkazish.

Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari boʻlgan yuridik shaxslar ishtirokida xorijda tashkil etilgan tashkilotlar hisobini yuritish uchun tegishli maʼlumotlarni almashish imkoniyatini taʼminlab, yagona reyestr yaratish va Tizim bilan integratsiyalash uchun maʼlumotlarni yagona axborot resursiga jamlash.

2017-yilning

I choragi

Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, SSP, tizim integratori

29.

Tizimning dasturiy-apparat majmuini va maʼlumotlar bazasini tegishli server uskunasiga oʻrnatish, keyinchalik ularni tashkil etil?digan maʼlumotlarni saqlash va qayta ishlash markazlariga (“Data-sentr”ga) joylashtirish.

Tizimning dasturiy-apparat majmuini va maʼlumotlar bazasini tegishli server uskunasiga oʻrnatish, shu jumladan Tizim maʼlumotlari zaxirasini yaratish hamda Tizimni Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga oʻtkazib berish uchun keyinchalik ularni tashkil etiladigan maʼlumotlarni saqlash va qayta ishlash markazlariga (“Data-sentr”ga) joylashtirish.

2017-yilning

I choragi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,

Adliya vazirligi,

SSP, tizim integratori,

Moliya vazirligi

IV. Joriy etilayotgan tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazishning yangi mexanizmini keng yoritish, manfaatdor vazirliklar va idoralar masʼul xodimlarining malakasini oshirish

30.

Respublika va hududiy tele- va radiokanallarda, bosma OAVda seminarlar, davra suhbatlari, shuningdek, maxsus maqolalar va koʻrsatuvlar turkumini tashkil etish hamda oʻtkazish.

Tadbirkorlik subyektlarini Internet tarmogʻi orqali davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyishning yangi tartibini keng yoritish boʻyicha seminarlar, davra suhbatlari oʻtkazish, shuningdek,maqolalar, tele- va radioeshittirishlar turkumini tashkil etish boʻyicha tegishli jadvallar ishlab chiqish hamda tasdiqlash.

Ishlab chiqish — 2017-yil fevral;

amalga oshirish

— 2017-yil aprel

SSP, Adliya vazirligi,

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

31.

Aholi va tadbirkorlik subyektlarini tanishtirish uchun Tizim bilan ishlash qoidalari haqida uslubiy qoʻllanma chop etish.

Tadbirkorlik subyektlarini Internet tarmogʻi orqali davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyish tartibini, shuningdek, Tizimdan foydalanish qoidalarini tushuntirib beruvchi oʻquv qoʻllanmalari, uslubiy koʻrsatmalar chop etish.

Oʻquv qoʻllanmalarini Yagona portalga va roʻyxatga oluvchi organlarning Internet tarmogʻidagi veb-saytlariga hamma foydalanishi uchun joylashtirish.

2017-yilning

I choragi

Adliya vazirligi, SSP,

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

32.

Masʼul xodimlarni Tizim bilan ishlashga oʻqitish va malakasini oshirish.

Tizimga joylashtirilgan axborotning xavfsizligini taʼminlagan holda Tizim bilan ishlashning amaliy koʻnikmalarini mustahkamlash maqsadida birinchi navbatda roʻyxatga oluvchi organlarning masʼul xodimlari uchun tegishli kurslar oʻtkazish jadvalini ishlab chiqish hamda tasdiqlash.

Manfaatdor vazirliklar, idoralar, tijorat banklari, baholash tashkilotlari va boshqa tashkilotlar xodimlarini Tizim bilan ishlash boʻyicha amaliy koʻnikmalarga oʻqitish yuzasidan amaliy seminarlar oʻtkazish.

2017-yil yanvardan boshlab muntazam ravishda

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,

Adliya vazirligi,

SSP, vazirlik va idoralar, tizim integratori

 LexUZ sharhi
1-ilova norasmiy tarjima.
Izoh. Adliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Savdo-sanoat palatasi va tizim integratorining qoʻshma qarorlari asosida davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartib-taomillarini takomillashtirish va soddalashtirish uchun idoraviy axborot resurslari va maʼlumotlar bazalari birlashtirilishi, alohida ajratilishi, shuningdek, yangilari yaratilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 28-oktabrdagi PQ-2646-son qaroriga
2-ILOVA
2013 — 2020-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish kompleks dasturini amalga oshirishni muvofiqlashtiruvchi Respublika komissiyasining
TARKIBI
Oldingi tahrirga qarang.

A.N. Aripov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, komissiya raisi

M.I. Atayev

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibining oʻrinbosari, komissiya raisining oʻrinbosari

S.M. Xodjayev

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi apparati shuʼbasi mudiri

lavozimi boʻyicha

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi masʼul xodimi

X.M. Mirzaxidov

Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri

G.K. Saidova

Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot vaziri

M.M. Ikramov

Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri

R.S. Qosimov

Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri

U.I. Inoyatov

Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vaziri

A.V. Alimov

Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri

A.A. Axmedbayev

Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri

Z.A. Dusanov

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi raisi

B.R. Parpiyev

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi

B.E.Turayev

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi raisi

D.A. Xidoyatov

Oʻzbekiston Respublikasi xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi

S.A. Arabov

Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi raisi

B.I. Zakirov

qurilish vazirining birinchi oʻrinbosari

A.D. Xadjayev

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi

A.S. Sultanov

“Oʻzbekneftgaz” MXK boshqaruvi raisi

F.I. Salomov

“Oʻzbekenergo” AJ boshqaruvi raisi

K.O. Azimov

“Oʻzavtosanoat” AK raisining oʻrinbosari

S.S. Xodjayev

Markaziy bank raisining birinchi oʻrinbosari

T.N. Guskova

Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining birinchi oʻrinbosari

A.N. Fayzullayev

Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi oʻrinbosari

Kim Nam Sok

axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining oʻrinbosari AKT boʻyicha konsultant

N.S. Traxodjayev

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi direktori

I.R. Maxkamov

“Oʻzkommunxizmat” agentligi bosh direktori

F.T. Umarxodjayev

Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi boshligʻi

Sh.X. Shermatov

Toshkent shahridagi Inxa universiteti rektori

T.Z. Teshabayev

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori

Sh.X. Xabibullayev

“Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi direktori

Z.M. Raxmatullayev

Axborot xavfsizligini taʼminlash markazi direktori

kelishuv boʻyicha

Davlat xavfsizlik xizmati vakili

A.E. Shayxov

Savdo-sanoat palatasi raisi

I.Z. Abdullayev

Axborot texnologiyalari korxona va tashkilotlari assotsiatsiyasi ijrochi direktori

Lavozimiga koʻra

Vazirlar Mahkamasining Elektron hukumat, telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish va axborot xavfsizligini taʼminlash masalalari axborot-tahlil departamenti mudiri, komissiya kotibi.

Izoh. Komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga tegishli lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar kiritiladi.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-avgustdagi PF-5526-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2018-y., 06/20/5526/0983-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 45-son, 522-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2018-y., 06/18/5329/0846-son, 07.06.2018-y., 06/18/5456/1316-son, 31.07.2018-y., 06/18/5483/1594-son)