toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Yakka tartibdagi tadbirkorlar shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat turlari roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 707-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/707/1088-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati amalga oshirilishini tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 707-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/707/1088-son)
Oldingi tahrirga qarang.
1. Yakka tartibdagi tadbirkorlar shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat turlari roʻyxati 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Faoliyatning ushbu turlarini amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda xodimlarni yollash huquqiga ega.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 707-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/707/1088-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 507 — 513 moddalari.
2. Belgilansinki, jismoniy shaxslar 2011-yil 1-apreldan boshlab ushbu qaror bilan tasdiqlangan Roʻyxatga kiritilmagan faoliyat turlarini amalga oshirishi mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Davlat xizmatlari markazlari faoliyat turlari boʻyicha yakka tartibdagi tadbirkorlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishda ushbu qaror bilan tasdiqlangan Roʻyxatga qatʼiy amal qilsinlar.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 707-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/707/1088-son)
Oldingi tahrirga qarang.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi, yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatining tahlilini hisobga olgan holda, zarur hollarda Vazirlar Mahkamasiga mazkur qaror bilan tasdiqlangan Roʻyxatni kengaytirish yoki undan faoliyat turlarini chiqarib tashlash boʻyicha takliflar kiritsinlar.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 707-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/707/1088-son)
5. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Adliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsinlar;
idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 7-yanvar,
6-son
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-yanvardagi 6-son qaroriga
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Yakka tartibdagi tadbirkorlar shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat turlari
roʻyxati
(1-ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 707-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/707/1088-son)
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Faoliyat turining nomi

I.

Chakana savdo:

1.

Oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari bilan chakana savdo qilish (qurilish materiallari, sement, shifer, yogʻoch va yogʻoch mahsulotlari, alkogolli va tamaki mahsulotlari, neft mahsulotlarining barcha turlari, qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlar yoxud bunday materiallar qoʻllanilgan buyumlar, audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlar, yangi import avtomobillar, farmatsevtika tovarlarini sotish bundan mustasno)

2.

Koʻchma savdo obyektlarida aralash chakana savdo qilish (vaqtincha joylashgan va mavsumiy yoki maqsadli xususiyatga ega boʻlgan, shuningdek, ish kuni tamom boʻlgandan keyin obyektni demontaj qilinishi va koʻchirilishini talab etuvchi obyektlarda)

3.

Dehqon bozorlarida qishloq xoʻjaligi mahsulotlari bilan chakana savdo qilish

4.

Gazetalar, jurnallar va kitob mahsulotlari bilan chakana savdo qilish

5.

Tovarlarni import qilish va ular bilan chakana savdo qilish (qurilish materiallari, sement, shifer, yogʻoch va yogʻoch mahsulotlari, oʻsimlik moyi, alkogolli va tamaki mahsulotlari, neft mahsulotlarining barcha turlari, qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlar yoxud bunday materiallar qoʻllanilgan buyumlar, audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlar, yangi import avtomobillar va farmatsevtika tovarlarini sotish bundan mustasno)

II.

Qonun hujjatlarida belgilangan roʻyxat boʻyicha hunarmandchilik faoliyati.

III.

Maishiy xizmatlar, II boʻlimda nazarda tutilganlaridan tashqari:

6.

Sartaroshlik xizmatlari, manikyur, pedikyur, kosmetolog xizmatlari va shunga oʻxshash boshqa xizmatlar

7.

Kir yuvish, quruq va kimyoviy tozalashni tashkil etish, shuningdek, dazmollash xizmatlari

8.

Gilam va gilam buyumlarini taʼmirlash va tozalash

9.

Tikuv, moʻyna, charm va trikotaj buyumlarni, bosh kiyimlarni va toʻqimachilik galantereyasidan tikilgan buyumlarni taʼmirlash, aholining yakka tartibdagi buyurtmalari boʻyicha tikuv va trikotaj buyumlarini, bosh kiyimlarini va toʻqimachilik galantereyasidan buyumlarni tikish, shu jumladan deraza va eshik pardalarini tikish, kashtachilik

10.

Hayvonlar terilari, moʻyna, toʻqimachilik, charm buyumlar va boshqa buyumlarni oshlash va boʻyash

11.

Aholining yakka tartibdagi buyurtmalari boʻyicha poyabzal tikish, poyabzalni taʼmirlash, boʻyash va tozalash

12.

Attorlik buyumlarini tayyorlash va taʼmirlash

13.

Bijuteriya va jevaklarni tayyorlash va taʼmirlash

14.

Kalitlar tayyorlash

15.

Metall va tunuka buyumlar tayyorlash va taʼmirlash

16.

Gulchambarlar (shu jumladan, motam gulchambarlari), sunʼiy gullar, ikebana, gul marjonlarini tayyorlash

17.

Toʻsiqlar, haykallar, metalldan yasalgan gulchambarlarni tayyorlash va taʼmirlash

18.

Yogʻochdan eshik, deraza va boshqa buyumlar tayyorlash

19.

Inventarni (xoʻjalik, sport, baliqchilik va hokazo) taʼmirlash va tayyorlash

20.

Kesuvchi buyumlar va asboblarni charxlash

21.

Tayyor mebelni yigʻish, taʼmirlash va drapirovka qilish

22.

Musiqa asboblarini taʼmirlash va sozlash

23.

Yakka buyurtma boʻyicha qimmatbaho metallardan va toshlardan zargarlik buyumlarini yasash, shuningdek, zargarlik buyumlarini taʼmirlash

24.

Optika, soatlarni taʼmirlash va metall, plastmassa, sopol, fayans, tosh, kartondan mahsulotlarda oʻymakorlik ishlari (qavariq yozuvlar va tasvirlar tushirish)

25.

Radioelektron apparatlar, maishiy mashinalar, maishiy priborlar, ofis mashinalari va hisoblash texnikasini taʼmirlash, oʻrnatish va ularga texnik xizmat koʻrsatish

26.

Transport vositalarini taʼmirlash va ularga texnik xizmat koʻrsatish, shu jumladan, transport vositalariga texnik xizmat koʻrsatish xizmatlarining boshqa turlari (akustik tizimlar va qoʻriqlash signalizatsiyalarini taʼmirlash va oʻrnatish, polirovkalash, kuzovga himoya va bezak qoplamalarini qoplash xizmatlari)

27.

Sanitariya-texnika xizmatlari va payvandlash ishlari

28.

Shisha va oynalarni kesish, shishaga badiiy ishlov berish

29.

Binolarga oyna oʻrnatish xizmatlari

30.

Jamoat hojatxonalari xizmatlari

31.

Hammom va sauna xizmatlari

32.

Turar joylarni yigʻishtirish xizmatlari

33.

Hovlilar va bogʻlarga qarash xizmatlari, shuningdek, koʻkalamzorlashtirish ishlari

34.

Bogʻlar, polizlar va dov-daraxtlarni zararkunandalar va kasalliklardan himoya qilish

35.

Video va fotosuratga olish xizmatlari

36.

Xoʻjalik mollari va uy-roʻzgʻor buyumlarini (mebel, idish-tovoqlar, xoʻjalik, sport, baliqchilik anjomlari, maishiy texnika, priborlar
va boshqalarni) ijaraga berish

37.

Oilaviy mehmon uylari va xostellarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tashkil etish

IV

Faoliyatning boshqa turlari:

38.

Qadoqlash uskunalaridan foydalanmagan holda uy sharoitida milliy shirinliklar, qandolat mahsulotlari, qurtni tayyorlash va sotish

39.

Milliy non va patir tayyorlash va sotish

40.

Popkorn, frezerda muzqaymoq, salqin ichimliklar, ayron va goʻja tayyorlash va quyib sotish

41.

Salatlar va tuzlamalar tayyorlash va sotish, shuningdek uy sharoitida donalab sotiladigan taomlarning ayrim turlarini tayyorlash va oʻtirish joylari tashkil etmasdan yoki mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarori bilan ajratilgan maxsus joylarda sotish

42.

Oʻlchov vositalari tayyorlash va ularni prokatga berish

43.

Aholi uchun turar va noturar joylarni taʼmirlash boʻyicha xizmatlar

44.

Repetitorlik xizmatlari

45.

Tarjima xizmatlari, tahrir xizmatlari

46.

Bolalarning oʻyinchoq avtomatlari bilan bogʻliq xizmatlar

47.

Axborotning kriptografik himoyasi vositalarini loyihalash, yaratish, ishlab chiqarish, sotish, taʼmirlash va ulardan foydalanish

48.

Dizayn boʻyicha xizmatlar (grafik, interyer, mebel va hokazolar), shuningdek, chizmachilik-grafika ishlari, shuningdek, rassomlik sanʼati

49.

Kompyuter dasturlarini ishlab chiqish xizmatlari, kompyuter oʻyinlarini tashkil etish, shuningdek, kompyuter yordamida matnlarni terish va bosib chiqarish xizmatlari, matndan nusxa olish va koʻpaytirish bilan bogʻliq xizmatlar

50.

Tashrif qogʻozlari va taklifnoma biletlarini tayyorlash va bosish

51.

Muqovalash ishlari

52.

Reklamani ishlab chiqish va joylashtirish

53.

Sugʻurta agentlari tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar

54.

Konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish

55.

Tantanali marosimlarni tashkil etish xizmatlari (toʻy, yubiley, tugʻilgan kun va hokazolar)

56.

Koʻylak va kostumlarni, shuningdek, ularga aksessuarlarni prokatga berish

57.

Ijtimoiy xizmatlar (bolalar, bemorlar va keksa kishilarga qarash xizmatlari)

58.

Jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish faoliyati (sheyping, aerobika, sport seksiyalari, salomatlik guruhlari), trenerlik xizmatlari

59.

Toʻgaraklar tashkil etish va yuritish

60.

Davlat-xususiy sheriklikning oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini moddiy-texnik va uslubiy jihatdan taʼminlash shakli asosida tashkil etilgan oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyati

601.

Davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etilgan nogironligi boʻlgan bolalar uchun kunduzgi parvarish xizmati

61.

Tulumni shishirish xizmatlari (taksidermik ishlar)

62.

Tegirmonlarda donni maydalash (tozalash) xizmatlari

63.

Mol soʻyish xizmatlari

64.

Uy hayvonlariga qarash xizmatlari

65.

Veterinariya faoliyati

66.

Yuklarni avtomobil transportida tashish

67.

Yoʻlovchilar va yuklarni daryo transportida tashish

68.

Oʻsimlik, hayvonlar va minerallardan tayyorlangan dorivor xom ashyoni yetishtirish, yigʻishtirish, tayyorlash va sotish

69.

Gullar va dekorativ daraxtlar yetishtirish va sotish (shu jumladan bonsay sanʼati)

70.

Akvarium baliqlari, dekorativ qushlar va boshqa hayvonlarni koʻpaytirish va sotish

71.

Shisha idishlar, metall parcha va chiqindilarini hamda boshqa ikkilamchi xomashyoni qabul qilish (xarid qilish) xizmatlari)

72.

Rieltorlik faoliyati

73.

Jismoniy va yuridik shaxslarga maxsus va qishloq xoʻjaligi texnikasidan foydalangan holda xizmatlar koʻrsatish

74.

Tashkilotlar uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlari tayyorlash boʻyicha xizmatlar

75.

Ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va texnologik ishlar uchun pudrat shartnomasi boʻyicha ishlarni bajarish

76.

Matritsali printerlar va alfavit-raqam bosma qurilmalar uchun boʻyovchi tasmalarni tayyorlash va qayta ishlash

77.

Qogʻozlar va skorosshivatellar uchun konvertlar, papkalar tayyorlash

78.

Telekommunikatsiyalar operatorlariga, provayderlariga vositachilik xizmatlari koʻrsatish (abonentlar yoki xizmatlar koʻrsatuvchilarga maʼlumot-axborot xizmati koʻrsatish, xizmat koʻrsatuvchilarning xizmatlari uchun toʻlovlarni qabul qilish)

79.

Paxta (ilgari isteʼmolda boʻlgan) va jun tozalash hamda titish xizmatlari

80.

Turistik faoliyat — turagentlik va ekskursiya xizmatlari, shuningdek, gidlar (gid-tarjimonlar), ekskursiya yetakchilari va yoʻriqchi-yoʻl boshlovchilar xizmatlari

81.

Duradgorlik ishlari (aholi buyurtmalari boʻyicha duradgorlik ishlarini amalga oshirish)

82.

Metallni taʼmirlash ishlari (uy sharoitida metalldan tayyorlangan maishiy buyumlarni taʼmirlash (kalitlarning dublikatlarini tayyorlash, soyabonlarni taʼmirlash, boshqa maishiy metall buyumlarni oddiy taʼmirlash)

83.

Yogʻoch meʼmorchiligi (bolalar maydonchalari va park zonalari uchun yogʻochdan yasalgan qurilmalar, haykallar)

84.

Gazlamalarga naqshlar solish (gazlamalar va kiyim ashyolarini qoʻlda boʻyash, gazlamalarga,shu jumladan trafaretli bosma va qoʻlda rasm chizish usuli bilan rasmlar solish)

85.

Qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish

86.

Turistlarga uy-joyni ijaraga berish

87.

Davlat xizmatlari koʻrsatishda agent sifatida ishtirok etish

88.

Koʻp kvartirali uyni boshqarish (malaka (attestatsiya) sertifikatiga ega boʻlganlar)

89.

Kadastr muhandislari tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar

90.

Patent vakili sifatida faoliyatni amalga oshirish

91.

maʼrifiy faoliyatni amalga oshirish

92.

Energiya auditorlik xizmatlari

93.

Koʻchat yetishtirish faoliyatini amalga oshirish

Izoh. Agar yakka tadbirkor faoliyatning asosiy turiga nisbatan yordamchi hisoblangan faoliyatni amalga oshirsa, qatʼiy belgilangan soliq faoliyatning bir turi uchun toʻlanadi.
Ushbu roʻyxatga kiritilgan faoliyat turlari yuridik shaxs shaklidagi tadbirkorlik subyektlari tomonidan ham amalga oshirilishi mumkin.
Ushbu roʻyxat doirasida oʻz faoliyatini amalga oshiradigan yakka tartibdagi tadbirkorlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shugʻullanishlari mumkin.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-apreldagi 175-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2026-y., 09/26/175/0373-son)
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-yanvardagi 6-son qaroriga
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari
1. Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bilan shugʻullanishni tartibga solish toʻgʻrisida” 2002-yil 4-iyundagi 197-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 6-son, 30-modda).
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2002-yil 22-oktabrdagi 363-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 10-son, 60-modda).
3. Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bilan shugʻullanishni tartibga solish toʻgʻrisida” 2002-yil 4-iyundagi 197-son qaroriga qoʻshimchalar kiritish haqida” 2002-yil 5-noyabrdagi 380-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 11-son, 66-modda).
4. Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik subyektlari — faqat yuridik shaxslar tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladigan faoliyatning ayrim turlari roʻyxatiga qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida” 2003-yil 11-martdagi 129-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 3-son, 23-modda).
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasining 2005-yilgi Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida” 2004-yil 28-dekabrdagi 610-son qaroriga 32-ilovaning 8-bandi.
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Avtomobil transportida yoʻlovchilar tashish sohasidagi tadbirkorlik faoliyatining alohida turlarini amalga oshirishni tartibga solish toʻgʻrisida” 2006-yil 9-martdagi PQ-303-son qarori)” 2006-yil 29-maydagi 98-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 5-son, 38-modda) ilovaning 3-bandi.
7. Vazirlar Mahkamasining “Tamaki xom ashyosini fermentlash va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 7-sentabrdagi 190-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 9-son, 65-modda) 3-ilovaning 2-bandi.
8. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Chigit yetkazib berish mexanizmini hamda oʻsimlik yogʻi va yogʻ-moy mahsulotlari sotishni tartibga solish toʻgʻrisida” 2006-yil 31-maydagi PQ-360-son qarori)” 2007-yil 27-fevraldagi 42-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 2-3-son, 12-modda) ilovaning 4-bandi.
9. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilishni yanada tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 16-martdagi PQ-605-son qarori)” 2007-yil 27-apreldagi 85-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 4-son, 21-modda) ilovaning 4-bandi.
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2024-y., 09/24/266/0329-son)
11. Vazirlar Mahkamasining “Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda faqat yuridik shaxs shaklida tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshiriladigan faoliyatning ayrim turlari roʻyxatiga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish va ichki bozorni toʻldirish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2009-yil 26-yanvardagi PQ-1047-son qarori)” 2009-yil 7-martdagi 58-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 3-son, 16-modda).
12. Vazirlar Mahkamasining “Isteʼmol tovarlari (xizmatlar)ning ayrim turlarini ishlab chiqarish va sotishni tartibga solish toʻgʻrisida” 2009-yil 9-iyuldagi 190-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 7-son, 55-modda) ilovaning 1-bandi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 1-2-son, 8-modda; 2011-y., 14-son, 137-modda, 40-son, 414-modda; , 2012-y., 8-9-son, 85-modda; 12-son, 130-modda; 2014-y., 12-son, 138-modda, 31-son, 380-modda, 48-son, 568-modda; 2015-y., 31-son, 411-modda; 2016-y., 52-son, 601-modda; 2017-y., 18-son, 325-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/40/0609-son, 24.05.2018-y., 09/18/384/1266-son, 01.08.2018-y., 09/18/595/1598-son, 08.08.2018-y., 09/18/631/1638-son, 23.10.2018-y., 09/18/850/2085-son; 12.02.2019-y., 09/19/112/2597-son; 10.07.2020-y., 09/20/433/1140-son; 19.04.2021-y., 09/21/221/0350-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2021-y., 07/21/5144/0548-son, 23.11.2021-y., 09/21/707/1088-son; 13.05.2022-y., 09/22/255/0412-son; 24.08.2023-y., 09/23/411/0649-son; 07.05.2024-y., 09/24/266/0329-son; 04.09.2024-y., 09/24/535/0679-son; 11.02.2025-y., 09/25/76/0124-son; 01.03.2025-y., 09/25/126/0205-son; 27.10.2025-y., 09/25/673/0980-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son; 17.04.2026-y., 09/26/175/0373-son)