1-ILOVA
2-ILOVA
T/r | Normativ-huquqiy hujjat | Aniqlangan muammolar | Normativ-huquqiy hujjatni takomillashtirish yo‘nalishlari | Ijro muddati | Mas’ul ijrochilar |
O‘zbekiston Respublikasining qonunlari | |||||
1. | “Noshirlik faoliyati to‘g‘risida”gi Qonun | Mazkur Qonunning 20-moddasiga ko‘ra, noshirlik faoliyatini amalga oshirish talablari va shartlaridan biri sifatida noshirlik faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilikka, mazkur sohadagi texnik va boshqa talablarga rioya etish belgilangan. | Qonunda noshirlik faoliyatiga qo‘yiladigan talablarning chegarasini belgilash. | 2026-yil mart | Adliya vazirligi (A. Tashkulov) |
2. | “Firma nomlari to‘g‘risida”gi Qonun | Qonunning 121-moddasiga ko‘ra firma nomidan qonunga xilof ravishda foydalanish yuridik shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. Jarimalar miqdorlari huquqbuzarliklarning har bir turi bo‘yicha alohida belgilanadi. | Jarima miqdori qilmishning ijtimoiy xavflilik xususiyati va darajasidan kelib chiqib aniqlanishini belgilash. | 2026-yil mart | Adliya vazirligi (A. Tashkulov) |
3. | “Advokatura to‘g‘risida”gi Qonun | Qonunning 16-moddasiga ko‘ra, advokatning sha’ni va qadr-qimmatiga dog‘ tushiradigan hamda advokaturaning obro‘sini tushiradigan qilmish sodir etilganda advokatlik litsenziyasining amal qilishi tugatiladi. | Advokat tomonidan sodir etilgan qilmishni “advokatning sha’ni va qadr-qimmatiga dog‘ tushiradigan hamda advokaturaning obro‘sini tushiradigan qilmish” deb topish mezonlariga aniqlik kiritish. | 2026-yil iyun | Adliya vazirligi (A. Tashkulov) |
4. | “Notariat to‘g‘risida”gi Qonun | Qonunning 153-moddasiga ko‘ra, notarius tomonidan notariat to‘g‘risidagi qonunchilik talablari, Notariuslarning kasb etikasi qoidalari, notarial harakatlarning siri va notarius qasamyodi muntazam ravishda yoki notariusning sha’ni va qadr-qimmatiga dog‘ tushiradigan hamda notariatning obro‘sini tushiradigan qilmish sodir etilganda litsenziyasining amal qilishi tugatiladi. | Notarius tomonidan sodir etilgan qilmishni “notariusning sha’ni va qadr-qimmatiga dog‘ tushiradigan hamda advokaturaning obro‘sini tushiradigan qilmish” deb topish mezonlariga aniqlik kiritish. | 2026-yil iyun | Adliya vazirligi (A. Tashkulov) |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari | |||||
5. | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 18-maydagi “Advokatura instituti samaradorligini tubdan oshirish va advokatlarning mustaqilligini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5441-son Farmoni | Farmonning 1-bandiga asosan, advokat tomonidan advokatura to‘g‘risidagi qonun hujjatlari, Advokatning kasb etikasi qoidalari talablari, advokatlik siri va advokat qasamyodi muntazam ravishda yoki bir marta qo‘pol ravishda buzilganda, advokatning sha’ni va qadr-qimmatiga dog‘ tushiradigan hamda advokaturaning obro‘sini tushiradigan qilmish sodir etilganda, shuningdek, litsenziyasining amal qilishi to‘xtatib turilgan shaxs litsenziyaning amal qilishi to‘xtatib turilishiga olib kelgan holatlarni litsenziyaning amal qilishi to‘xtatib turilgan muddatlarda bartaraf etmaganda, litsenziyaning amal qilishini tugatish Oliy malaka komissiyasi xulosasiga asosan Adliya vazirligining murojaati bo‘yicha faqat sud tomonidan amalga oshiriladi. | Advokat tomonidan sodir etilgan qilmishni “advokatning sha’ni va qadr-qimmatiga dog‘ tushiradigan hamda advokaturaning obro‘sini tushiradigan qilmish” deb topish mezonlarini aniqlashtirish. | 2026-yil iyun | Adliya vazirligi (A. Tashkulov) |
6. | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-maydagi “Muzeylarda xizmatlar sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-261-son qarori | Qarorining 14-bandida har yili kamida 2 ta madaniy meros sohasidagi tashkilot, shu jumladan, muzey hamda 100 nafar mutaxassisga Madaniy meros jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan Xalqaro muzeylar kengashiga (ICOM), Yodgorliklar va diqqatga sazovor joylarni muhofaza qilish xalqaro kengashiga (IKOMOS) a’zolik badalini to‘lab berish amaliyoti joriy etilishi belgilangan. | Xalqaro muzeylar kengashiga (ICOM), Yodgorliklar va diqqatga sazovor joylarni muhofaza qilish xalqaro kengashiga (IKOMOS) a’zolik badalini to‘lab berish uchun madaniy meros sohasida tashkilotlarni tanlab olish tartibi va asoslarini belgilash. | 2026-yil fevral | Madaniy meros agentligi (B. Abdikarimov) |
7. | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 4-noyabrdagi “Jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlarni tayyorlash hamda ilmiy tadqiqotlar tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 414-son qarori | Qarorning 2-bandiga ko‘ra, iqtidorli (qoida tariqasida, a’lo baholarga bitirgan) bitiruvchilarning bitiruv oldi amaliyoti ularni milliy terma jamoalarning xorijda o‘tkaziladigan o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlari hamda xalqaro musobaqalar jarayoniga jalb etish orqali tashkil etiladi. | Iqtidorli bitiruvchini saralash bilan bog‘liq mezonlar va tartibni aniq belgilash. | 2026-yil fevral | Sport vazirligi (A. Ikramov) |
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari | |||||
8. | Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 7-iyundagi “Xorijiy yuridik va jismoniy shaxslarga Toshkent shahrida yer uchastkalarini ijaraga berish to‘g‘risida” 346-son qarori | Ushbu qarorda yer ajratish tartibi, muddati bo‘yicha Yer kodeksiga qarama-qarshi normalar belgilangan bo‘lib, bugungi kunda amalda Yer kodeksi normalari qo‘llanilmoqda. | Mazkur qarorni Yer kodeksi asosida to‘liq qayta ko‘rib chiqish. | 2026-yil fevral | Qishloq xo‘jaligi vazirligi (I. Abdurahmonov) |
9. | Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-yanvardagi “Oliy ta’lim muassasalariga pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 20-son qarori | Oliy ta’lim muassasalariga pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 4-bandiga ko‘ra, bir muddat tamom bo‘lgandan keyin kafedra mudiri lavozimini egallab turgan va fan doktori ilmiy darajasini olmagan dotsent (fan nomzodi, tegishli mutaxassislik bo‘yicha xorijiy mamlakatlarning falsafa doktori (Ph.D) yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalari) faqat istisno hollarda oliy ta’lim muassasasi rektorining taqdimnomasiga binoan va bo‘ysunishi bo‘yicha tegishli vazirlik yoki idoraning ruxsati bilan kafedra mudiri lavozimini egallash uchun tanlovda yana ishtirok etishi mumkin. | Nizomda bir muddat tamom bo‘lgandan keyin kafedra mudiri lavozimini egallab turgan va fan doktori ilmiy darajasini olmagan dotsent oliy ta’lim muassasasi rektorining taqdimnomasiga binoan va bo‘ysunishi bo‘yicha tegishli vazirlik yoki idoraning ruxsati bilan kafedra mudiri lavozimini egallash uchun tanlovda yana ishtirok etishi mumkinligi yuzasidan istisno holatlar doirasini aniq belgilash. | 2026-yil fevral | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov) |
10. | Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 19-yanvardagi “Adabiyot va san’at asarlaridan foydalanganlikning ayrim turlari uchun mualliflik haqining eng kam stavkalari to‘g‘risida”gi 10-son qarori | Asarlar ommaviy ijro etilganligi uchun mualliflik haqining eng kam stavkalari to‘g‘risidagi nizomning 7-bandiga ko‘ra, asar kamida ikki aktga ega bo‘lsa, ko‘p aktli deb e’tirof etiladi. Aktlar soni belgilanmagan asar Madaniyat vazirligining xulosasi bo‘yicha ko‘p aktli asar deb e’tirof etilishi mumkin. | Aktlar soni belgilanmagan asarlarni ko‘p aktli asar deb topish uchun mezonlarni belgilash. | 2026-yil fevral | Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov) |
11. | Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 1-avgustdagi “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 165-son qarori | O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari xodimlari mehnatiga haq to‘lash to‘g‘risida nizomning 9-bandiga ko‘ra, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining yuqori kasb mahoratiga ega bo‘lgan va o‘quv-tarbiya jarayoni sifatini oshirishga aniq shaxsiy hissa qo‘shayotgan o‘qituvchilari va ishlab chiqarish ta’limi ustalari mehnatini moddiy taqdirlash va rag‘batlantirish maqsadida ular uchun Direktor jamg‘armasidan to‘lanadigan, tegishli lavozim yoki malaka toifasidagi o‘qituvchi, ishlab chiqarish ta’limi ustasi bazaviy tarif stavkasining 40 foizigacha miqdordagi har oylik ustamalar belgilanadi. | Ta’limi muassasalarining o‘qituvchilari va ishlab chiqarish ta’limi ustalarini yuqori kasb mahoratiga ega bo‘lgan va o‘quv-tarbiya jarayoni sifatini oshirishga aniq shaxsiy hissa qo‘shayotgan deb topish mezonlarini belgilash. | 2026-yil mart | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov) |
12. | Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 12-apreldagi 68-son qarori bilan tasdiqlangan Muzeylarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish tartibi to‘g‘risidagi nizom | Muzeylarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 9-bandiga ko‘ra: muzeylarni tashkil etish uchun quyidagi shartlar talab etiladi: … muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini saqlash hamda ommaga namoyish etish talablariga javob beradigan moddiy-texnika bazaning, shu jumladan, bino (xona yoki xonalar), zarur ko‘rgazma jihozlari, muhofaza vositalari hamda yong‘inga qarshi vositalar mavjudligi; muzey faoliyatini ta’minlash uchun zarur moliyaviy mablag‘lar mavjudligi. | Nizomda muzeylarni tashkil etishga qo‘yilgan talablarni shaffoflashtirishga, xususan, “ommaga namoyish talablariga javob beradigan” hamda “zarur moliyaviy mablag‘lar” degan jumlalarga aniqlik kiritish. | 2026-yil fevral | Madaniy meros agentligi (B. Abdikarimov), Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov) |
13. | Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-avgustdagi 695-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat buyurtmasi asosida ishlab chiqariladigan kino mahsulotlari uchun tanlov tashkil etish va uni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom | Qaror bilan tasdiqlangan Davlat buyurtmasi asosida ishlab chiqariladigan kino mahsulotlari uchun tanlov tashkil etish va uni o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizomda davlat buyurtmachisi tushunchasiga “O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti va boshqa davlat maqsadli jamg‘armalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan donor mamlakatlar, xalqaro, xorijiy tashkilotlar bilan tuzilgan shartnomalar doirasida taqdim etiladigan xorijiy grantlar hamda O‘zbekiston Respublikasining kafolati ostida jalb etiladigan xorijiy kreditlar hisobidan moliyalashtiriladigan kino mahsulotlari” sifatida ta’rif berilgan. | “Davlat buyurtmachisi” tushunchasiga ta’rif qayta ko‘rib chiqilib, unda buyurtmachi sifatida tegishli davlat organ(lar)ini belgilash masalasi ko‘rib chiqilishi zarur. | 2026-yil mart | Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov) |
14. | Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-avgustdagi 702-son qarori bilan tasdiqlangan “Mehribonlik” uylari va bolalar shaharchalari pedagog xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom | Nizomning 27-bandida pedagog xodimlar attestatsiya jarayoniga uzrli sabablarsiz kelmagan bo‘lsa, u attestatsiyadan o‘tmagan hisoblanishi belgilangan. | Pedagog xodimlar attestatsiya jarayoniga kelmaganligining uzrli sabab deb topish doirasini belgilash. | 2026-yil yanvar | Ijtimoiy himoya milliy agentligi (M. Olloyorov), Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (E. Karimova) |
15. | Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 30-apreldagi “Yosh oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi 124-son qarori | Qarorning 5-bandiga asosan, kvartiralar umumiy qiymatining 75 foizidan ortiq bo‘lmagan miqdordagi ipoteka kreditlari ehtiyojmand yosh oilalarga hududiy komissiyalarning tavsiyalari asosida uy-joy qiymatining kamida 25 foizi miqdoridagi dastlabki badal ariza beruvchilar tomonidan maxsus hisob raqamiga o‘tkazilgandan keyin 15 yil muddatga, Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasidan ko‘p bo‘lmagan foiz stavkasi bo‘yicha uch yillik imtiyozli davr bilan beriladi. | Ehtiyojmand yosh oilalarga tavsiya berish tartib-taomillarini aniq belgilash. | 2026-yil fevral | Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi (Z. Maxkamova), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov) |
16. | Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 10-avgustdagi “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimini yanada takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 242-son qarori | O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi rahbar va pedagog kadrlarining malakasini oshirish hamda ularni qayta tayyorlash to‘g‘risidagi nizomning 45-bandiga ko‘ra, kasbiy qayta tayyorlash kurslarining uzrli sabablarsiz 30 akademik soatdan ko‘p mashg‘ulotlarda qatnashmagan, shuningdek, belgilangan yuklamani bajarmagan va pedagogik qayta tayyorlash kursi dasturini o‘zlashtirmagan tinglovchilari belgilangan tartibda tinglovchilar safidan chiqariladi. | Kasbiy qayta tayyorlash kurslarida qatnashmaslikning uzrli sabablar sifatida e’tirof etilishi mumkin bo‘lgan holatlar doirasini belgilash. | 2026-yil mart | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov) |
17. | Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 24-fevraldagi “Oliy ta’lim muassasasining eng yaxshi pedagogi” tanlovi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 32-son qarori | 1. “Oliy ta’lim muassasasining eng yaxshi pedagogi” tanlovi to‘g‘risidagi nizomning 37-bandiga ko‘ra, zarur holatlarda, Tashkiliy qo‘mita hujjatlarni topshirish va Tanlov komissiyasining ish bosqichlari muddatini o‘zgartirish huquqiga ega. 2. “Oliy ta’lim muassasasining eng yaxshi pedagogi” tanlovi to‘g‘risida nizomda tanlov komissiyalari qarori ustidan shikoyat qilish tartibi mavjud emas. | 1. Tanlov komissiyasining ish bosqichlari muddatini o‘zgartirish uchun asos bo‘luvchi holatlar doirasini belgilash. 2. Tanlov komissiyalari qarori ustidan shikoyat qilish tartibini belgilash. | 2026-yil mart | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov) |
18. | Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 2-martdagi “Magistratura to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 36-son qarori | Magistratura to‘g‘risidagi nizomda magistrlik dissertatsiyasining rasmiy himoyasi natijalaridan norozi bo‘lganda shikoyat qilish tartibi mavjud emas. | Magistrlik dissertatsiyasining rasmiy himoyasi natijalari ustidan shikoyat qilish tartibini belgilash. | 2026-yil aprel | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov) |
19. | Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 15-sentabrdagi “Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi 266-son qarori | Qaror bilan tasdiqlangan Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish qoidalarining 19-bandi to‘rtinchi xatboshisiga ko‘ra, tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish shartnomasining amal qilishi qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa holatlarda ham muddatidan oldin to‘xtatilishi mumkin. | Shartnomani muddatidan oldin bekor qilish asoslarini belgilash. | 2026-yil aprel | Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (D. Li) |
20. | Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-iyundagi “Elektron tijoratda bitimlarni amalga oshirish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 185-son qarori | Qarorning 2-bandiga ko‘ra, elektron tijorat orqali realizatsiya qilingan tovarlarni sotuvchiga va yetkazib beruvchiga shaxsiy mulk, ijara va boshqa foydalanish huquqiga asosan tegishli bo‘lgan avtomobil transportida O‘zbekiston hududi bo‘ylab yetkazib berishda shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro avtomobilda yo‘lovchilar va yuk tashishlarni amalga oshirish uchun litsenziya olish talab qilinmaydi, qonunchilikda belgilangan holatlar bundan mustasno. | Elektron tijorat orqali realizatsiya qilingan tovarlarni sotuvchiga va yetkazib beruvchiga shaxsiy mulk, ijara va boshqa foydalanish huquqiga asosan tegishli bo‘lgan avtomobil transportida O‘zbekiston hududi bo‘ylab yetkazib berishda shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro avtomobilda yo‘lovchilar va yuk tashishlarni amalga oshirishda litsenziya talab qilinadigan holatlar doirasini qat’iy belgilash. | 2026-yil mart | Transport vazirligi (I. Maxkamov) |
21. | Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 304-son qarori | 1. Oliy ta’limdan keyingi ta’lim to‘g‘risida nizomning 10-bandi birinchi xatboshisiga ko‘ra, tizimida ilmiy va ta’lim tashkilotlari bo‘lgan vazirlik, idora va tashkilotlar murojaat tushgan va barcha zarur hujjatlar taqdim etilgan sanadan boshlab bir oy muddatda oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutini ochish yoki ochishni rad etish to‘g‘risida kollegial organ qarorini qabul qiladilar deb belgilangan. Biroq, “oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutini ochish yoki ochishni rad etish to‘g‘risida” kollegial organ qabul qiladigan qarorning asoslari ko‘rsatib o‘tilmagan. 2. Oliy ta’limdan keyingi ta’lim to‘g‘risida nizomning 32-bandiga ko‘ra, tegishli hujjatlar mavjud bo‘lgan taqdirda stajyor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura va doktoranturada o‘qish muddati uzoq vaqt kasal bo‘lish, homiladorlik va tug‘ish ta’tilida bo‘lish davriga, shuningdek harbiy yig‘inlarga chaqirilish munosabati bilan uzaytirilishi mumkin. 3. Oliy ta’limdan keyingi ta’lim to‘g‘risida nizomning 32-bandida “uzoq vaqt” kasal bo‘lishning chegarasi belgilanmagan. | 1. Tizimida ilmiy va ta’lim tashkilotlari bo‘lgan vazirlik, idora va tashkilotlar oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutini ochish yoki ochishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilish asoslarini belgilash. 2. Nizomning 32-bandida ko‘rsatilgan holatlarda o‘qish muddati uzaytirilishini qat’iy belgilash. 3. “Uzoq vaqt” kasal bo‘lishning aniq chegarasini belgilash. | 2026-yil aprel | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov) |
22. | Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 26-sentabrdagi 767-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademik litseylari to‘g‘risidagi nizom | Mazkur nizomning 273-bandiga asosan o‘quvchilar bir semestr mobaynida uzrli sabablarsiz 72 soat va undan ko‘p mashg‘ulotlarda qatnashmaganda o‘qishdan chetlashtirilishi mumkin. | O‘quvchi tomonidan dars qoldirish holatining uzrli sabablari doirasini belgilash. | 2026-yil mart | Ichki ishlar vazirligi (A. Tashpulatov) |
23. | Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi “O‘zbekiston yoshlar ittifoqining faol a’zolariga oliy ta’lim muassasalariga kirishda imtiyozlar berish to‘g‘risida”gi 914-son qarori | 1. O‘zbekiston yoshlar ittifoqining faol a’zolariga oliy ta’lim muassasalariga imtiyozli qabul qilish bo‘yicha tavsiyanomalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 3-bandiga ko‘ra, Yoshlar ittifoqi tizimida ikki yillik mehnat stajiga ega bo‘lgan fidoyi yoshlar tavsiyanomaga ega bo‘lishi mumkin. 2. Nizomning 15-bandiga ko‘ra, tanlovda nomzodning Yoshlar ittifoqi tizimida erishgan yutuqlari, tizim rivojiga qo‘shgan hissasi, shuningdek, uning tabiiy yetakchilik qobiliyati va fidoyiligiga alohida e’tibor qaratiladi. | 1. Tavsiyanomaga ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan yoshlarni fidoyi bo‘lishiga oid talabni chiqarib tashlash. 2. Tanlovda tavsiyanoma berish uchun mezonlarni to‘liq qayta ko‘rib chiqish va ularni aniqlash imkoniyati bo‘lgan obyektiv mezonlarni belgilash. | 2026-yil mart | Yoshlar ishlari agentligi (A. Sa’dullayev) |
24. | Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-noyabrdagi “Oliy ta’lim muassasasida sirtqi (maxsus sirtqi) va kechki (smenali) ta’limni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi 930-son qarori | 1. Oliy ta’lim muassasasida sirtqi (maxsus sirtqi) ta’limni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 26-bandiga ko‘ra, uzrli sabablar (kasallik, tabiiy ofat, xizmat safari, og‘ir oilaviy ahvol va boshqalar) tufayli muayyan kursdagi fanlarni belgilangan muddatlarda o‘zlashtira olmagan talabalarga muddati qo‘yilgan shaxsiy jadval beriladi. 2. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-noyabrdagi 930-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasasida kechki (smenali) ta’limni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 25-bandiga ko‘ra, uzrli sabablar (kasallik, tabiiy ofat, xizmat safari, og‘ir oilaviy ahvol va boshqalar) tufayli muayyan kursdagi fanlarni belgilangan muddatlarda o‘zlashtira olmagan talabalarga muddati qo‘yilgan shaxsiy jadval beriladi. Shaxsiy jadval tegishli prorektor tomonidan tasdiqlanadi, undagi muddat navbatdagi o‘quv yiliga o‘tmasligi lozim. | Uzrli sabablar doirasini qat’iy bayon qilish yoki uni aniqlash mezonlarini belgilash. | 2026-yil may | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov) |
25. | Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-apreldagi “Milliy madaniyatimiz rivojiga katta hissa qo‘shgan san’atkorlarni hamda o‘zbek san’atini dunyo sahnalarida muvaffaqiyatli namoyish etib kelayotgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 271-son qarori | 1. Mazkur qaror bilan tasdiqlangan Nizomning 6-bandiga ko‘ra, mukofotlashga tavsiya etilayotgan nomzodlarni tanlab olish mezonlari belgilangan bo‘lib, ushbu bandda nazarda tutilgan mezonlar asosida mukofotlashga tavsiya etilayotgan nomzodlarni tanlab olish, har bir nomzodning mukofotlashga munosibligi Respublika komissiyasi va hududiy komissiyalar tomonidan haqqoniy va xolisona baholangan holda hal etilishi belgilangan. 2. Mazkur qaror bilan tasdiqlangan Nizomning 12-bandi ikkinchi xatboshiga ko‘ra, respublikaning biror viloyatidan munosib nomzod tavsiya etilmagan taqdirda ushbu hududga ajratilgan o‘rin Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va boshqa viloyatlarga berilishi mumkin. | 1. Respublika komissiyasi qarorlari ustidan shikoyat yoki apellyatsiya taqdim etish tartibini belgilash. 2. O‘zbekiston Respublikasining biror viloyatidan munosib nomzod tavsiya etilmagan taqdirda ushbu hududga ajratilgan o‘rinni qayta taqsimlash tartibini belgilash. | 2026-yil aprel | Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov) |
26. | Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasida boshqaruv kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 599-son qarori | 1. O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasiga tinglovchilarni qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 11-bandiga ko‘ra, tavsiya etilayotgan nomzodlarning Akademiya ta’lim va ilmiy-tadqiqot dasturlarini to‘liq va sifatli o‘zlashtirishini ta’minlash maqsadida ingliz tilini yetarli darajada egallagan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan erkin foydalana oladigan hamda keng umumkasbiy bilim va dunyoqarashga, yuksak ma’naviy sifatlarga ega bo‘lishlari talab etiladi. 2. O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasiga tinglovchilarni qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 37-bandiga ko‘ra, qayta tayyorlash kurslari dasturlari bo‘yicha o‘qitiladigan nomzodlarga quyidagi talablar qo‘yiladi: ... yuqori ma’naviy-ma’rifiy va odob-axloq sifatlari; yuqori ishchanligi, mehnatsevarligi, uyushqoqligi, mas’uliyatligi; ... | O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasiga tavsiya etilayotgan nomzodlarga nisbatan obyektiv jihatdan aniqlash mumkin bo‘lgan mezonlarni belgilash. | 2026-yil may | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov) |
27. | Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 17-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Advokatura instituti samaradorligini tubdan oshirish va advokatlarning mustaqilligini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 12-maydagi PF-5441-son Farmonini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 675-son qarori | 1. Ushbu qaror bilan tasdiqlangan Yuridik maslahat xizmatlarini ko‘rsatuvchi tijorat tashkilotlarining reyestrini yuritish tartibi to‘g‘risida nizomning 7-bandiga ko‘ra, yuridik maslahatchilar tashkiloti reyestrda hisobga olishni amalga oshirish uchun arizaga yuridik maslahatchilar pasportlarining nusxalari, mehnat daftarchalari nusxalari ilova qilinadi. Biroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-martdagi PF-6191-son Farmoni bilan shaxsni tasdiqlovchi hujjatning nusxasi, mehnat daftarchalari va ularning nusxalari, ish stajini tasdiqlovchi arxiv ma’lumotnomalarini davlat organlari, xo‘jalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat tashkilotlari va muassasalari tomonidan aholidan, shu jumladan, tadbirkorlik subyektlaridan talab qilish bekor qilingan. | 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-martdagi PF-6191-son Farmoni talablariga muvofiqlashtirish. | 2026-yil may | Adliya vazirligi (A. Tashkulov) |
28. | Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-yanvardagi “Ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktablari hamda maktab-internatlarning faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 9-son qarori | 1. Mazkur qaror bilan tasdiqlangan Nizomning 33-bandiga ko‘ra, ijodiy sinov 2 bosqichda amalga oshirilishi hamda birinchi bosqichda muayyan kasb bo‘yicha o‘quvchining nazariy bilimlarini aniqlash maqsadida savol-javoblar shaklida o‘tkazilishi belgilangan. Bunda har bir o‘quvchiga sohaga oid nazariy savol beriladi va 30 balli mezon asosida baholanadi. 2. Mazkur qaror bilan tasdiqlangan Nizomning 30-bandiga ko‘ra, o‘quvchilar komissiya tomonidan shakllantirilgan ro‘yxat asosida ijodiy sinovlarga kiritilishi, bunda uzrsiz sabablarga ko‘ra ijodiy sinovlarga kelmagan o‘quvchilar uchun qo‘shimcha sinovlar o‘tkazilmasligi belgilangan. 3. Qarorning 3-ilovasi bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tizimidagi ixtisoslashtirilgan san’at maktablari hamda maktab-internatlar to‘g‘risidagi nizomda Komissiya tomonidan qo‘yilgan ijodiy sinov ballari bo‘yicha e’tirozlar bo‘lganda shikoyat qilish tartibi belgilanmagan. | 1. Ijodiy sinovning birinchi bosqichida tanlov o‘tkazish tartibini hamda baholash mezonlarini ishlab chiqish. 2. Ijodiy sinovga kelinmaganda qanday holatlar uzrli holat deb topilishiga aniqlik kiritish. 3. O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tizimidagi ixtisoslashtirilgan san’at maktablari hamda maktab-internatlar uchun o‘tkaziladigan ijodiy sinov jarayonida Komissiya tomonidan qo‘yilgan ijodiy sinov ballari bo‘yicha e’tirozlar bo‘lganda shikoyat qilish tartibini ishlab chiqish. | 2026-yil aprel | Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov) |
29. | Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 20-fevraldagi “O‘zbekiston davlat konservatoriyasi huzurida Musiqa sohasi pedagoglarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 149-son qarori | 1. Mazkur qaror bilan tasdiqlangan Nizomning 53-bandiga ko‘ra, musiqa sohasi pedagog va mutaxassislari malaka oshirish kurslariga uzrli sabablarga ko‘ra o‘z vaqtida kelmagan bo‘lsa, ularga o‘qishning tegishli yo‘nalishi bo‘yicha navbatdagi malaka oshirish kurslarida o‘qishga ruxsat beriladi. 2. Nizomning 66-bandiga ko‘ra, tinglovchi quyidagi holatlarda tinglovchilar safidan chetlashtirilishi mumkin: ... o‘quv intizomini va Markazning ichki tartib-qoidalarini buzganligi uchun; o‘quv mashg‘ulotlarini uzrli sabablarsiz 18 akademik soatdan ortiq qoldirganligi sababli; ... | Uzrli sabablar hamda o‘quv intizomini buzish deb topiladigan holatlar doirasini aniq belgilash. | 2026-yil may | Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov) |
30. | Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-fevraldagi “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari va akademik litseylar bitiruvchilarini rag‘batlantirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 154-son qarori | Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari va akademik litseylarning iqtidorli bitiruvchilarini oltin va kumush medallar bilan taqdirlash tartibi to‘g‘risidagi nizomning 5-bandiga ko‘ra, namunali xulq-atvorga ega hamda jamoat ishlarida faol bitiruvchilar ro‘yxati ta’lim muassasasi direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari va amaliyotchi psixologi tomonidan tegishli o‘quv yilining yakunida ta’lim muassasasining Pedagogik kengashiga kiritiladi. Bitiruvchilarning namunali xulq-atvori ularning maktabning ichki tartib va odob-axloq qoidalariga doim rioya etishi, maktab formasiga rioya etishi, kattalarga hurmatda, kichiklarga izzatda bo‘lishi bilan asoslanadi. | Nomzodlarni obyektiv jihatdan aniqlash imkonini bermaydigan, korrupsiyaviy omillarni keltirib chiqaradigan mezonlarni chiqarib tashlash. | 2026-yil aprel | Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (E. Karimova) |
31. | Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 8-maydagi “Ommaviy ijroga mo‘ljallangan dramatik, musiqali va musiqali-dramatik asarlar yaratganligi uchun mualliflik haqini to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 385-son qarori | 1. Qaror bilan tasdiqlangan Ommaviy ijroga mo‘ljallangan dramatik, musiqali va musiqali-dramatik asarlar yaratganligi uchun mualliflik haqini to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomning 16-bandiga ko‘ra, ommaviy ijro uchun dramatik, musiqali va musiqali-dramatik asarlar yaratganligi uchun mualliflik haqi to‘lash bo‘yicha barcha asarlar arizaga asosan mualliflarining pasport nusxasi, STIR, shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisob varaqasi, mutaxassislarning (san’atshunos, teatrshunos, musiqashunos) taqrizlari hamda davlat teatrlari va konsert-tomosha muassasalarining ma’lumotnomalarini ilova qilgan holda Ishchi organga taqdim etiladi. Ishchi guruh tomonidan zarur hollarda muallifdan qo‘shimcha hujjatlar talab etilishi mumkin. 2. Qaror bilan tasdiqlangan Ommaviy ijroga mo‘ljallangan dramatik, musiqali va musiqali-dramatik asarlar yaratganligi uchun mualliflik haqini to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomda Ishchi guruh tomonidan qabul qilingan qarorlar ustidan shikoyat qilish va uni ko‘rib chiqish mexanizmlari mavjud emas. | 1. Ishchi guruh tomonidan talab etiladigan barcha hujjatlar ro‘yxatini qat’iy belgilash. 2. Ishchi guruh tomonidan qabul qilingan qarorlar ustidan shikoyat qilish va uni ko‘rib chiqish mexanizmlarini belgilab berish. | 2026-yil may | Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov) |
32. | Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-yanvardagi “Oliy ta’lim muassasalari talabalariga to‘lanadigan stipendiyalar miqdorlarini belgilash hamda stipendiyalar tayinlash va to‘lash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 59-son qarori | 1. Oliy ta’lim muassasalari talabalariga stipendiyalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomning 19-bandiga asosan, o‘quv semestri yakuni bo‘yicha fanlarni o‘zlashtirayotgan, alohida qobiliyat va iqtidor egasi bo‘lgan, jamoat ishlarida faol, shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida ta’lim olayotgan barcha talabalar belgilangan stipendiyalarga nisbatan qo‘shimcha ravishda Jamg‘arma mablag‘lari hisobiga 50 foizgacha miqdorda rag‘batlantirilishi mumkin. 2. Oliy ta’lim muassasalari talabalariga stipendiyalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomning 20-bandi birinchi xatboshisiga asosan, Jamg‘arma mablag‘lari hisobiga oliy ta’lim muassasasida davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida ta’lim olayotgan alohida iqtidorga ega, xalqaro, respublika va oliy ta’lim miqyosida o‘tkazilgan fan olimpiadalari va sport musobaqalari g‘oliblari, shuningdek, oliy ta’lim muassasasi kengashi tomonidan belgilangan mezonlarga muvofiq alohida hollarda (kasalligi yoki oila a’zolarining vafoti kabi) talabalarga bazaviy stipendiyaga nisbatan 10 baravargacha miqdorda bo‘lgan bir martalik rag‘batlantirish yoki moddiy yordam to‘lovi berilishi mumkin. | Rag‘batlantirish yoki moddiy yordam to‘lovi berilishi uchun nomzodlarga nisbatan obyektiv jihatdan aniqlash mumkin bo‘lgan mezonlarni belgilash hamda “alohida hollar” doirasini aniqlashtirish. | 2026-yil iyun | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov) |
33. | Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 5-apreldagi “Kambag‘al va ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish tizimini takomillashtirish hamda mehnat organlari faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 183-son qarori | 1. Ishsiz va ish qidirayotgan shaxslarni kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirishni tashkil etish tartibi to‘g‘risida nizomning 40-bandiga ko‘ra, o‘quv mashg‘ulotlariga sababsiz qatnashmayotgan, o‘zlashtirmayotgan yoki mehnat va jamoat tartibini buzayotgan shaxslarning o‘qishni davom ettirishlari to‘g‘risidagi masala o‘quv tashkilotining rahbariyati va mahalliy mehnat organlari vakillari bilan birgalikda hal qilinadi. 2. Surunkasiga va sababsiz o‘quv mashg‘ulotlariga qatnashmayotgan yoki jamoat tartibini buzganligi, jinoyat sodir qilganligi tufayli hibsga olingan shaxslarga stipendiyalar to‘lash mahalliy mehnat organi va o‘quv muassasasi qabul qilgan qaror asosida to‘xtatib qo‘yiladi. | Jamoat tartibini buzish deb topiladigan holatlar doirasini hamda surunkasiga o‘quv mashg‘ulotini qoldirishning aniq chegarasini belgilash. | 2026-yil may | Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi (B. Zaxidov) |
34. | Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-oktabrdagi “Ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablarga malakali o‘qituvchi-pedagoglarni jalb qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 646-son qarori | Ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablarda ta’lim berish uchun boshqa hududlardan o‘qituvchi-pedagoglarni jalb etish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 17-bandiga asosan Ishchi guruh murojaat etgan o‘qituvchi-pedagoglar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni o‘rganib chiqishadi. Belgilangan talablarga mos kelgan hamda vakant soatlar bo‘yicha bir o‘ringa ikki va undan ortiq nomzodlar bo‘lgan taqdirda, ular kasbiy bilim va ko‘nikmalar, pedagogik mahorat hamda psixologik qobiliyat yo‘nalishida Ishchi guruh tomonidan suhbatdan o‘tkaziladi. | O‘qituvchi-pedagoglarni saralashning aniq mezonlarini belgilash. | 2026-yil may | Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (E. Karimova) |
35. | Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-sentabrdagi “Shaharsozlik va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohalari mutaxassislarini sertifikatlash tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi 460-son qarori | Qaror bilan tasdiqlangan Nizomning 3-bobida test sinovi jarayonini o‘tkazish tartibi belgilangan. Biroq, Nizomda test sinovidan o‘ta olmagan talabgorlarning test natijasi yuzasidan shikoyat qilish tartibi mavjud emas. | Nizomda test sinovi natijalari yuzasidan shikoyat qilish va shikoyat natijalarini ko‘rib chiqish mexanizmlari belgilanadi. | 2026-yil iyun | Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi (Sh. Xidoyatov) |
3-ILOVA
T/r | Kollizion norma aniqlangan normativ-huquqiy hujjatlar | Kollizion normalar mazmuni | Amalga oshirish mexanizmi | Ijro muddati | Mas’ul ijrochi |
1. | Soliq kodeksining 408-moddasida o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar mehnat stajini hisoblab chiqarish uchun yiliga bazaviy hisoblash miqdorining kamida bir baravari miqdorida ijtimoiy soliq to‘lashi belgilangan. Biroq, “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi Qonunning 36-moddasida o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida amalda ishlab berilgan vaqtdan qat’i nazar, bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda ijtimoiy soliq to‘lashi ko‘rsatib o‘tilgan. Bunda yuqoridagi qonun hujjatlarida o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar tomonidan to‘lanadigan ijtimoiy soliqning miqdorida noaniqlik mavjud. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi. Loyihada Soliq kodeksi va “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi Qonun moddalari o‘rtasidagi ziddiyat bartaraf etilishini nazarda tutish. | 2026-yil mart | Soliq qo‘mitasi (F. Pulatov), Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi (B. Zaxidov) | |
2. | Iqtisodiy protsessual kodeks va “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonun. | Iqtisodiy protsessual kodeksning 217-moddasida tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bilan shug‘ullanish uchun litsenziyalarning (ruxsatnomalarning) amal qilishini o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lgan muddatga to‘xtatib turish yoki ularning amal qilishini tugatish va litsenziyalarni (ruxsatnomalarni) bekor qilish huquqiy ta’sir chorasi sifatida belgilangan. Biroq, “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonunning 32-moddasiga binoan litsenziyaning yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini o‘n kungacha muddatga to‘xtatib turish vakolatli organ tomonidan, o‘n kundan ortiq, lekin olti oydan ko‘p bo‘lmagan muddatga esa — sud tomonidan amalga oshiriladi. Bunda yuqoridagi qonun hujjatlari mazmuniga ko‘ra: sud tomonidan litsenziyalarning (ruxsatnomalarning) amal qilishini to‘xtatib qo‘yishning muddati ikki xil belgilangan; Iqtisodiy protsessual kodeksda litsenziyalarning (ruxsatnomalarning) amal qilishini to‘xtatib qo‘yishning eng ko‘p muddati belgilanmagan. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi. Loyihada Iqtisodiy protsessual kodeks va “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonun normalari o‘rtasidagi ziddiyatlar bartaraf etilishini nazarda tutish. | 2026-yil fevral | Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil (J. Urunov) |
3. | Bojxona kodeksi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-apreldagi “Tadbirkorlik muhitini yaxshilash va xususiy sektorni rivojlantirish orqali barqaror iqtisodiy o‘sish uchun shart-sharoitlar yaratish borasidagi navbatdagi islohotlar to‘g‘risida”gi PF-101-son Farmoni. | Bojxona kodeksining 296-moddasida ushbu Kodeksga, boshqa qonunlarga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlariga binoan yuridik va jismoniy shaxslarga tarif imtiyozlari, qo‘shilgan qiymat solig‘ini, aksiz solig‘ini va bojxona yig‘imlarini to‘lash bo‘yicha imtiyozlar, tarif preferensiyalari berilishi mumkinligi belgilangan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-apreldagi “Tadbirkorlik muhitini yaxshilash va xususiy sektorni rivojlantirish orqali barqaror iqtisodiy o‘sish uchun shart-sharoitlar yaratish borasidagi navbatdagi islohotlar to‘g‘risida”gi PF-101-son Farmonida bojxona bojlari bo‘yicha imtiyozlar faqatgina O‘zbekiston Respublikasi qonunlari bilan berilishi nazarda tutilgan. Bunda, bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar berishda yuqoridagi qonunchilik hujjatlaridagi normalarning o‘rnatilishi ikki xil amaliyot shakllanishiga sabab bo‘ladi. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi. Loyihada Bojxona kodeksi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-apreldagi “Tadbirkorlik muhitini yaxshilash va xususiy sektorni rivojlantirish orqali barqaror iqtisodiy o‘sish uchun shart-sharoitlar yaratish borasidagi navbatdagi islohotlar to‘g‘risida”gi PF-101-son Farmoni talablari o‘rtasidagi ziddiyat bartaraf etilishini nazarda tutish. | 2026-yil mart | Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov) |
5. | “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risida”gi Qonun va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-iyundagi “Ko‘p kvartirali uy-joylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-5152-son qarori. | “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risida”gi Qonunning 29-moddasi: Agar ko‘p kvartirali uyni boshqarish shartnomasida boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, boshqaruvchi tashkilot yoki boshqaruvchi oldingi yil uchun shartnomaning bajarilganligi to‘g‘risida har yili umumiy yig‘ilishda hisobot berishi shart. Biroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-iyundagi “Ko‘p kvartirali uy-joylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-5152-son qarorining 7-bandi “v” kichik bandiga asosan, boshqaruvchi har yarim yilda majburiy badallarning tushumi va ko‘p kvartirali uy-joyni boshqarish bo‘yicha xarajatlar to‘g‘risida mulkdorlarga hisobot berib boradi. Yuqoridagi qonunchilik hujjatlarida boshqaruvchi tashkilotchi tomonidan hisobot berish davriyligiga oid normalar turlicha o‘rnatilganligi huquqni qo‘llash amaliyotida turli muammolar keltirib chiqaradi. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi. Loyihada “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risida”gi Qonun va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-iyundagi “Ko‘p kvartirali uy-joylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-5152-son qarori normalari o‘rtasidagi ziddiyat bartaraf etilishini nazarda tutish. | 2026-yil fevral | Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi (Sh. Xidoyatov) |
6. | Soliq kodeksining 75-moddasi beshinchi qismiga asosan ayrim soliqlar bo‘yicha soliq imtiyozlari, qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz solig‘i solinadigan mahsulotlar ishlab chiqarilganda va (yoki) realizatsiya qilinganda aksiz solig‘i yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqdan va foydali qazilmalarni qazib olganlik uchun maxsus renta solig‘idan tashqari, ushbu moddaning oltinchi qismi qoidalarini hisobga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari bilan faqat belgilangan soliq stavkasini kamaytirish, lekin ko‘pi bilan 50 foizga kamaytirish tarzida va ko‘pi bilan uch yil muddatga berilishi mumkin. Bojxona kodeksining 296-moddasiga ko‘ra ushbu Kodeksga, boshqa qonunlarga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlariga binoan yuridik va jismoniy shaxslarga tarif imtiyozlari, qo‘shilgan qiymat solig‘ini, aksiz solig‘ini va bojxona yig‘imlarini to‘lash bo‘yicha imtiyozlar, tarif preferensiyalari berilishi mumkin. Bunda Soliq kodeksida Prezident qarorlari bilan qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha imtiyoz berilmasligi, Bojxona kodeksida Prezident qarorlari bilan qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lash bo‘yicha imtiyozlar berilishi mumkinligi ko‘rsatilgan. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi. Loyihada Soliq kodeksi va Bojxona kodeksi normalari o‘rtasidagi ziddiyat bartaraf etilishini nazarda tutish. | 2026-yil aprel | Soliq qo‘mitasi (F. Pulatov) | |
7. | Yer kodeksi va Vazirlar Mahkamasining “Yer uchastkalarini jamoat ehtiyojlari uchun doimiy foydalanishga ajratishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida” 2021-yil 27-avgustdagi 543-son qarori. | Yer kodeksining 20-moddasiga asosan, yer uchastkalari viloyat va Toshkent shahar hokimining qaroriga asosan davlat organlariga, muassasalariga va korxonalariga, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga jamoat ehtiyojlari uchun doimiy foydalanishga beriladi. Yerlardan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga muvofiq: ... o‘rmon fondi yerlari; ... foydalanishga berilishi mumkin. O‘z o‘rnida, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 543-son “Yer uchastkalarini jamoat ehtiyojlari uchun doimiy foydalanishga ajratishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan Yer uchastkalarini jamoat ehtiyojlari uchun doimiy foydalanishga ajratishning ma’muriy reglamentiga ko‘ra, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan va o‘rmon fondi yerlari toifasidagi yer uchastkalari jamoat ehtiyojlari uchun ajratilmaydi. Bunda, o‘rmon fondi yerlarining jamoat ehtiyojlari uchun doimiy foydalanishga berilishi mumkinligi Yer kodeksida belgilangan bo‘lsada, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi “Yer uchastkalarini jamoat ehtiyojlari uchun doimiy foydalanishga ajratishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 543-son qarorida ushbu qoidaga zid mazmundagi norma belgilangan. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi. Loyihada Yer kodeksi va Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 543-son “Yer uchastkalarini jamoat ehtiyojlari uchun doimiy foydalanishga ajratishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori normalari o‘rtasidagi ziddiyat bartaraf etilishini nazarda tutish. | 2026-yil fevral | Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi (A. Abduxakimov) |
8. | “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonun va Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi “Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida”gi 80-son qarori. | “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonunning 6-moddasiga asosan davlat boji stavkalarining miqdorlari ushbu Qonun ilovasiga muvofiq belgilanadi. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi yagona nizomga 10-ilova Affinaj faoliyatini litsenziyalash pasportining 7-bandiga asosan litsenziya berilganligi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari miqdorida davlat boji undiriladi. Bunda yuqoridagi Qonunda affinaj faoliyati uchun litsenziya berganlik uchun davlat boji nazarda tutilmagan. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi. Loyihada “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonun va Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-son qarori normalari o‘rtasidagi ziddiyat bartaraf etilishini nazarda tutish. | 2026-yil aprel | Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov) |
9. | “Davlat boji to‘g‘risida”gi va “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi qonunlar. | “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonunning 5-moddasiga asosan davlat boji quyidagilardan undiriladi: .... 14) faoliyatning ayrim turlarini amalga oshirishga doir litsenziyalar va ruxsatnomalar berganlik uchun. Biroq, “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonunning 17-moddasiga binoan litsenziya berganlik, uning amal qilish muddatini uzaytirganlik va uni o‘zgartirganlik uchun davlat boji undiriladi. Bunda “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonunda litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirganlik va uni o‘zgartirganlik uchun davlat boji undirilishi nazarda tutilmagan. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi. Loyihada “Davlat boji to‘g‘risida”gi va “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi qonunlar normalar o‘rtasidagi ziddiyat bartaraf etilishini nazarda tutish. | 2026-yil may | Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov) |
10. | “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonun va Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi “Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida”gi 80-son qarori. | “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonunning 5-moddasiga asosan faoliyatning ayrim turlarini amalga oshirishga doir litsenziyalar va ruxsatnomalar berganlik uchun davlat boji undiriladi. O‘z o‘rnida, “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonunning 1-ilovasiga muvofiq Xususiy bandlik agentliklarining O‘zbekiston Respublikasidan tashqaridagi ishni qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirish bo‘yicha faoliyati litsenziyalanadi. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi yagona nizomga 17-ilova xususiy bandlik agentliklarining O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida ish qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirish bo‘yicha faoliyatini litsenziyalash pasportining 7-bandiga asosan litsenziya berilganligi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari miqdorida davlat boji undiriladi. Bunda “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonunda xususiy bandlik agentliklarining O‘zbekiston Respublikasidan tashqaridagi ishni qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirish bo‘yicha faoliyati uchun davlat boji undirilishi nazarda tutilmagan. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi. Loyihada “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonun va Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi “Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida”gi 80-son qarori normalari o‘rtasidagi ziddiyat bartaraf etilishini nazarda tutish. | 2026-yil mart | Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi (B. Musayev), Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi (B. Zaxidov) |
11. | “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonun va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 7-maydagi “Ijtimoiy himoyaga doir qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi PF-75-son Farmoni. | “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonunning 6-moddasiga asosan davlat boji stavkalarining miqdorlari ushbu Qonun ilovasiga muvofiq belgilanadi. Davlat boji stavkalarining miqdorlariga asosan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini, shuningdek, chet el fuqarolarini va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni yashash joyi yoki turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazganlik uchun BHMning 2 foizi miqdorida davlat boji undiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 7-maydagi “Ijtimoiy himoyaga doir qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi PF-75-son Farmoniga asosan yangi tug‘ilgan bolalarni otasi yoki onasining doimiy yashash joyiga doimiy ro‘yxatga qo‘yishda davlat boji undirilmaydi. Bunda yuqoridagi Farmondagi norma “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonunda o‘z aksini topmagan. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi. Loyihada “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonun va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 7-maydagi “Ijtimoiy himoyaga doir qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi PF-75-son Farmoni normalari o‘rtasidagi ziddiyat bartaraf etilishini nazarda tutish. | 2026-yil mart | Ichki ishlar vazirligi (A. Tashpulatov) |
12. | Mehnat kodeksi va Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-fevraldagi “Oliy ta’lim muassasalariga pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 20-son qarori. | Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-fevraldagi 20-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasalariga pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomda ushbu oliy ta’lim muassasasida ishlamaydigan va pedagog xodimlar lavozimga tanlovdan o‘tgan shaxslar bilan belgilangan tartibda mehnat shartnomalari tuziladi, mehnat shartnomalari asosida ularni 5 yil muddatga ishga qabul qilish to‘g‘risida buyruq chiqarilishi belgilangan. O‘z o‘rnida, Mehnat kodeksining 113-moddasida xodim bilan muddatli mehnat shartnomasi tuzilishi mumkin bo‘lgan hollar belgilangan bo‘lib, yuqoridagi Hukumat qaroridagi holat mazkur moddada belgilangan talablarga javob bermaydi. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi. Loyihada Mehnat kodeksi va Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-fevraldagi “Oliy ta’lim muassasalariga pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 20-son qarori normalari o‘rtasidagi ziddiyat bartaraf etilishini nazarda tutish. | 2026-yil mart | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov) |
13. | Yer kodeksi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-avgustdagi “Mulk huquqining daxlsizligini ishonchli himoya qilish, mulkiy munosabatlarga asossiz aralashuvga yo‘l qo‘ymaslik, xususiy mulkning kapitallashuv darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-198-son Farmoni. | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-avgustdagi “Mulk huquqining daxlsizligini ishonchli himoya qilish, mulkiy munosabatlarga asossiz aralashuvga yo‘l qo‘ymaslik, xususiy mulkning kapitallashuv darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-198-son Farmoniga asosan, yer uchastkasidan ixtiyoriy voz kechilganda unga bo‘lgan huquqning bekor qilinishini Vazirlar Mahkamasi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarori bilan rasmiylashtirish tartibi bekor qilingan. Bunda yer uchastkasidan ixtiyoriy voz kechish to‘g‘risida notarial tasdiqlangan ariza ushbu yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarni bekor qilish uchun asos bo‘lib hisoblanadi. O‘z o‘rnida, Yer kodeksining 36-moddasiga asosan, butun yer uchastkasiga yoki uning bir qismiga egalik qilish huquqi yoxud undan doimiy yoki muddatli foydalanish huquqi, shuningdek, yer uchastkasini ijaraga olish huquqi quyidagi hollarda bekor qilinadi: 1) yer uchastkasidan ixtiyoriy voz kechilganda; .... Yer uchastkasiga egalik qilish huquqini yoki yer uchastkasidan doimiy yoxud vaqtincha foydalanish huquqini ushbu modda birinchi qismining 1, 2, 3 va 5-bandlarida ko‘rsatilgan hollarda tugatish yerdan foydalanish hamda uni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi organlarning taqdimnomasiga ko‘ra, huquqlar tugatilishining asosli ekanligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida tegishincha viloyatlar, Toshkent shahar hokimlarining qarorlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan amalga oshiriladi. Bunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-avgustdagi “Mulk huquqining daxlsizligini ishonchli himoya qilish, mulkiy munosabatlarga asossiz aralashuvga yo‘l qo‘ymaslik, xususiy mulkning kapitallashuv darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-198-son Farmoniga muvofiq bekor qilingan tartib Yer kodeksida o‘z aksini topmagan. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi. Loyihada Yer kodeksi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-avgustdagi “Mulk huquqining daxlsizligini ishonchli himoya qilish, mulkiy munosabatlarga asossiz aralashuvga yo‘l qo‘ymaslik, xususiy mulkning kapitallashuv darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-198-son Farmoni normalari o‘rtasidagi ziddiyat bartaraf etilishini nazarda tutish. | 2026-yil aprel | Qishloq xo‘jaligi vazirligi (I. Abduraxmonov), Adliya vazirligi (A. Tashkulov) |
14. | “Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida”gi Qonun va Telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish qoidalari (ro‘yxat raqami 3275, 2020-yil 30-iyun). | “Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida”gi Qonunning 24-moddasiga asosan, favqulodda holatlarda telekommunikatsiya tarmoqlari va vositalaridan foydalanish paytida operatorlar va provayderlar ko‘rgan zararlar davlat budjeti hisobidan qoplanadi. Telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish qoidalarining (ro‘yxat raqami 3275, 2020-yil 30-iyun) 8-bandiga ko‘ra, eshittiruvchi, operator va provayderlar tomonidan favqulodda vaziyatlarda telekommunikatsiya tarmoqlari va vositalaridan foydalanish paytida ularga yetkazilgan zararlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanadi. Bunda yuqoridagi idoraviy normativ-huquqiy hujjatda operator va provayderlar bilan bir qatorda eshittiruvchilarga yetkazilgan zarar ham belgilangan tartibda qoplanishi nazarda tutilgan. Biroq, “Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida”gi Qonunda faqatgina operator va provayderlarga yetkazilgan zararni qoplashga oid norma nazarda tutilgan. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi. Loyihada “Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida”gi Qonun va Telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish qoidalari (ro‘yxat raqami 3275, 2020-yil 30-iyun) normalari o‘rtasidagi ziddiyat bartaraf etilishini nazarda tutish. | 2026-yil aprel | Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov) |
15. | “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-dekabrdagi “Davlat oliy ta’lim muassasalarining akademik va tashkiliy-boshqaruv mustaqilligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-60-son qarori. | “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun bilan ta’lim muassasalarining pedagog va boshqa xodimlarni ishga qabul qilish tartibini belgilash hamda oliy ta’lim muassasalari rektorlarini lavozimga tayinlash Vazirlar Mahkamasining vakolatiga kiritilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-dekabrdagi “Davlat oliy ta’lim muassasalarining akademik va tashkiliy-boshqaruv mustaqilligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-60-son qarori bilan moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy ta’lim muassasalariga pedagog va boshqa xodimlarni ishga qabul qilish tartibini belgilash vakolati berilgan. Shuningdek, mazkur qaror bilan moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy ta’lim muassasalari rektori va prorektorlari muassasalarning Kuzatuv kengashi tomonidan lavozimga tayinlanishi va lavozimidan ozod etilishi belgilangan. Bunda “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunda Hukumat vakolatlariga kiritilgan masalalar yuqoridagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tegishli oliy ta’lim muassasalari va ularning Kuzatuv kengashlariga berilgan. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi. Loyihada “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-dekabrdagi “Davlat oliy ta’lim muassasalarining akademik va tashkiliy-boshqaruv mustaqilligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-60-son qarori normalari o‘rtasidagi ziddiyat bartaraf etilishini nazarda tutish. | 2026-yil may | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov) |
4-ILOVA
T/r | Normativ-huquqiy hujjat | Aniqlangan muammolar | Normativ-huquqiy hujjatni takomillashtirish yo‘nalishlari | Ijro muddati | Mas’ul ijrochilar |
1. | Xorijiy davlat hududida vafot etgan shaxsni O‘zbekiston Respublikasi hududida dafn etishda ko‘maklashish tartibi haqida nizom (ro‘yxat raqami 2269, 2011-yil 27-sentabr) | 1. Nizomning 12-bandiga ko‘ra, alohida hollarda konsullik muassasasi rahbari “O‘zbekiston havo yo‘llari” AJga vafot etgan shaxsning jasadini (saqlanib qolgan tana qismlarini) yoki xokini O‘zbekiston Respublikasiga bepul yoki imtiyozli tarif bo‘yicha transportda tashish imkoniyatini topish taklifi bilan murojaat qilishi mumkin. 2. Nizomning 42-bandiga ko‘ra, ayrim hollarda, hayotlik chog‘idagi xohishiga yoki vasiyatnomasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida vafot etgan chet el fuqarolarini olib kelish va O‘zbekiston Respublikasi hududida ko‘mishga ruxsat beriladi. | Idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasi. Loyihada quyidagilarni nazarda tutish: 1) vafot etgan shaxsning jasadini (saqlanib qolgan tana qismlarini) yoki xokini O‘zbekiston Respublikasiga bepul yoki imtiyozli tarif bo‘yicha transportda tashish imkoniyatini topish taklifi bilan murojaat qilish mumkin bo‘lgan holatlar doirasini belgilash; 2) ruxsat beriladigan holatlar doirasi yoki murojaatni rad etish asoslarini belgilash. | 2026-yil aprel | Tashqi ishlar vazirligi (B. Saidov) |
2. | O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida yakuniy davlat attestatsiyasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat raqami 2011, 2009-yil 6-oktabr) | Ushbu Nizomda Yakuniy attestatsiya sinovlarida olgan bahosiga e’tiroz bildirgan o‘quvchilarning arizasini ko‘rib chiqish uchun ta’lim muassasasi direktori buyrug‘i bilan apellyatsiya komissiyasi tuzilishi belgilangan. Biroq, apellyatsiya komissiyasining tarkibi necha kishidan iborat bo‘lishi, kimlardan shakllantirilishi, apellyatsiya komissiya tomonidan qanday qarorlar qabul qilinishi hamda qaror qabul qilish asoslari belgilab berilmagan. Bu esa ma’muriy tartib-taomillarning mavjud emasligi yoki to‘liq emasligi bilan bog‘liq korrupsiyaviy omil hisoblanadi. | Idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasi. Loyihada apellyatsiyani o‘tkazish tartib taomillarini to‘liq belgilashni nazarda tutish. | 2026-yil mart | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov) |
3. | 5 — 11-sinf o‘quvchilarining bilimlari sifatini nazorat qilishning reyting tizimi to‘g‘risida nizom (ro‘yxat raqami 2117, 2010-yil 25-iyun) | Ushbu nizomning 5-bandi “v” kichik bandiga ko‘ra, o‘quvchilarning bilimlari, ko‘nikma va malakalarini baholashda haqqoniylik, ishonchlilik va qulay shaklda baholash prinsiplariga rioya etilishini ta’minlash reyting tizimining vazifalaridan biri hisoblanadi. | Idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasi. Loyihada o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini baholash prinsiplarini qayta ko‘rib chiqish. | 2026-yil mart | Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (E. Karimova) |
4. | Yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan, to‘liq davlat ta’minotida bo‘lmagan o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari bitiruvchilarini “Mahalla” xayriya jamoat fondi tomonidan tanlab olish hamda ularga nafaqa to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat raqami 2779, 2016-yil 18-aprel) | Nizomning 10-bandiga ko‘ra, arizalarni ko‘rib chiqish uchun tuzilgan komissiya mazkur Nizomning 9-bandida ko‘rsatilgan holatlarni o‘rganish natijalariga ko‘ra bitiruvchining nafaqa olishga muhtoj yoki muhtoj emasligi haqida qaror qabul qiladi. | Idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasi. Loyihada bitiruvchilarning ehtiyojmandligini aniqlaydigan aniq mezonlarni belgilash. | 2026-yil aprel | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov), Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (E. Karimova) Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi (B. Zaxidov) |
5. | Ijodkor yoshlar respublika tanlovlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat raqami 2887, 2017-yil 26-may) | Mazkur Nizomning 9-bandiga asosan, tanlovning birinchi bosqichida o‘z ta’lim muassasalaridagi hisobot konsertlarida eng katta e’tibor qozongan, ikkinchi bosqichda I, II, III o‘rinlarni egallagan, uchinchi — yakunlovchi bosqichda esa tanlovga tavsiya etilgan har qaysi ixtisoslik (nominatsiya) bo‘yicha faqat I o‘rinni egallagan o‘quvchilar ishtirok etadi. | Idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasi. Loyihada aniq baholash mezonlarini ishlab chiqish. | 2026-yil mart | Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov) |
6. | Oliy ta’lim muassasalarining budjetdan tashqari mablag‘lari (to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish uchun tushumlarning faqat to‘lov-kontrakt miqdorining oshirilgan qismi) hisobidan akademik litseylar uchun o‘quv-laboratoriya asbob-uskunalari, sarflash materiallari, kompyuter texnikasi, darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarni sotib olish hamda akademik litseylarning o‘qituvchi va o‘quvchilarini moddiy qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat raqami 2992, 2018-yil 5-aprel) | Ushbu Nizomning 16-bandida akademik litseylarning bilimli, odobli, mustaqil fikrga ega bo‘lgan va ijobiy fazilatlarni o‘zida mujassam etgan o‘quvchilari, ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar oliy ta’lim muassasasi tomonidan ajratilgan mablag‘lar hisobidan moddiy rag‘batlantirilishi belgilangan. Ushbu mezonlar to‘liq shaxsiy qarash va qadriyatlarga asoslangan bo‘lib, ularga obyektiv baho berish imkonsiz. Bu holatda huquqni qo‘llovchi o‘zining shaxsiy qarashlaridan kelib chiqib, xulq-atvorini yaxshi deb ham yomon deb topishi ham, topmasligi ham mumkin. Bundan tashqari, “alohida” holatlar doirasi belgilanmagan. | Idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasi. Loyihada nomzodlarga nisbatan obyektiv jihatdan aniqlash mumkin bo‘lgan mezonlarni belgilashni nazarda tutish. | 2026-yil may | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov) |
7. | Davlat ilmiy dasturlari doirasida yaratilgan intellektual mulk huquqlari (patentlar)ni xorijda ro‘yxatdan o‘tkazish va qo‘llab-quvvatlash xarajatlarini to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat raqami 3034, 2018-yil 5-iyul) | Mazkur Nizomning 4-bandi oltinchi xatboshisida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzurida Innovatsion rivojlanish agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) dastlabki ro‘yxatni shakllantirishda davlat ilmiy dasturlari doirasida yaratilgan intellektual mulk huquqlari (patentlar)ni xorijda ro‘yxatdan o‘tkazishdan va qo‘llab-quvvatlashdan kutilayotgan ijtimoiy muammolar yechimini ta’minlashi va boshqa natijalarga amal qilishi nazarda tutilgan. Mazkur normadagi “boshqa natijalarga” amal qilishi noaniq hisoblanadi. Agentlik dastlabki ro‘yxatni shakllantirishda davlat ilmiy dasturlari doirasida yaratilgan intellektual mulk huquqlari (patentlar)ni xorijda ro‘yxatdan o‘tkazishdan va qo‘llab-quvvatlashdan kutilayotgan natijalarga amal qilishning aniq chegarasi belgilab berilmagan. Mazkur holat esa noaniq va asossiz havolalar keltirilganligi bilan bog‘liq korrupsiyaviy omil hisoblanadi. | Idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasi. Loyihada mazkur normalarda davlat ilmiy dasturlari doirasida yaratilgan intellektual mulk huquqlari (patentlar)ni xorijda ro‘yxatdan o‘tkazishdan va qo‘llab-quvvatlashdan kutilayotgan natijalarga amal qilishning to‘liq doirasini belgilash. | 2026-yil may | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov) |
8. | Patologik-anatomik tadqiqotlar o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat raqami 3138, 2019-yil 22-fevral) | Ushbu Nizoming 9-bandiga ko‘ra, laboratoriyaning mas’ul xodimi topshirilgan kesmadan 10 kundan ko‘p bo‘lmagan muddatda mikropreparat tayyorlaydi. Agar topshirilgan kesmadan mikropreparat tayyorlash 10 kundan ko‘p bo‘lgan muddatni talab qilsa, u holda mikropreparatni tayyorlayotgan mas’ul xodim patologoanatomni bu haqda xabardor qilishi zarur. Mazkur normada mikropreparat tayyorlash 10 kundan ko‘p bo‘lgan muddatni talab qilsa, u holda mikropreparatni tayyorlayotgan mas’ul xodim patologoanatomni bu haqda xabardor qilishi tartibi hamda mikropreparatni tayyorlashga talab qilinadigan qo‘shimcha muddat belgilanmagan. Mazkur holat esa ma’muriy tartib taomillarning to‘liq emasligi hamda vaqt chegaralarining aniq belgilanmaganligi bilan bog‘liq korrupsiyaviy omil hisoblanadi. | Idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasi. Loyihada mikropreparat tayyorlash uchun 10 kundan ortiq muddat talab qilinishi haqida patologoanatomni xabardor qilish (yozma, elektron yoki og‘zaki) tartibi hamda mikropreparatni tayyorlashga qo‘shimcha qancha muddat talab qilinishini belgilash. | 2026-yil mart | Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Xudayarov) |
5-ILOVA
T/r | Chora-tadbirlar nomi | Amalga oshirish mexanizmi | Ijro muddati | Mas’ul ijrochilar |
1. | Olis hududlarni malakali kadrlar bilan ta’minlash hamda davlat tomonidan manzilli qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish maqsadida olis va chekka hududlarni aniqlash mezonlarini ishlab chiqish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi. Loyihada quyidagilarni nazarda tutish: olis va chekka hududlar ro‘yxatini shakllantirishning aniq mezonlarini belgilash; olis va chekka hududlar ro‘yxatini tasdiqlash va ularga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish vakolatini Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga berish hamda ro‘yxatni Hukumat qarori bilan tasdiqlash amaliyotini bekor qilish. | 2026-yil iyun | Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov) Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (E. Karimova) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
2. | Olis va chekka hududlarga boshqa hududlardan kelib ishlaydigan shaxslarga rag‘batlantirish choralarini qo‘llash tartibini ishlab chiqish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi. Loyihada quyidagilarni nazarda tutish: oliy ma’lumotli mutaxassis hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va (yoki) viloyat hokimligi o‘rtasida belgilangan imtiyozlardan foydalanish bo‘yicha shartnoma imzolash va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining va (yoki) viloyat hokimining mas’ul o‘rinbosari tomonidan imzolangan tavsiyanoma berish tartibini bekor qilish; oliy ma’lumotli mutaxassisni ishga qabul qilish jarayonlarini (ariza topshirish, arizani ko‘rib chiqish, mehnat shartnomasini imzolash, ishga qabul qilish to‘g‘risidagi buyruqni chiqarish va mutaxassisga taqdim etish) to‘liq raqamlashtirish; boshqa hududdan kelib ishlaydigan oliy ma’lumotli mutaxassislarga qo‘shimcha rag‘batlantirish choralarini (misol uchun, bir yilda bir marotaba doimiy yashash joyiga borib kelish uchun transport xarajatlari kompensatsiyasi) belgilash. | 2026-yil iyun | Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (E. Karimova) Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Xudayarov) |
3. | Ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlar va ular bo‘yicha tuzilgan bitimlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari narxini maqbullashtirish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi. Loyihada ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlar va ular bo‘yicha tuzilgan bitimlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda garov xatini elektron rasmiylashtirish uchun ko‘rsatilgan davlat xizmatlari narxini 2 baravarga kamaytirishni nazarda tutish. | 2026-yil yanvar | Kadastr agentligi (T. Abdullayev), Markaziy bank (T. Ishmetov), Adliya vazirligi (A. Tashkulov) |
Jismoniy shaxslar tomonidan chegara bojxona postlari orqali notijorat maqsadlarda olib kirilayotgan bojxona to‘lovlari undirilmaydigan ayrim tovarlarni olib o‘tishning minimal miqdor normalarini kengaytirish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi. Loyihada jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy ehtiyoji uchun notijorat maqsadlarda respublikaga olib kiriladigan tovarlarni bojsiz olib kirish normalarini aholi ehtiyojlarini inobatga olgan holda oshirishni nazarda tutish. | 2026-yil mart | Bojxona qo‘mitasi (A. Mavlonov) | |
5. | Soliq imtiyozlaridan foydalanishda byurokratik tartib-taomillarni soddalashtirish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi. Loyihada nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi muqobil hujjatlar (vaqtinchalik inventarizatsiya hujjati) asosida soliq imtiyozini qo‘llashni nazarda tutish. | 2026-yil mart | Soliq qo‘mitasi (F. Pulatov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov) |
6. | Tadbirkorlik subyektlari tomonidan soliq munosabatlariga oid ma’lumotlarni soliq organlariga taqdim etish jarayonlarini soddalashtirish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi. Loyihada tadbirkorlik subyektlari tomonidan aktivlarni hisobga olish va hisobdan chiqarish hamda o‘z ustav kapitalini shakllantirish va kamaytirish bilan bog‘liq barcha operatsiyalarni “E-aktiv” avtomatlashtirilgan axborot tizimida aks ettirish majburiyatini bekor qilishni nazarda tutish. | 2026-yil fevral | Soliq qo‘mitasi (F. Pulatov), Savdo-sanoat palatasi (D. Vaxabov) |
7. | O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan (import qilinadigan) tovarlarni o‘xshashi respublikada ishlab chiqarilmaydigan deb topishga oid munosabatlarni tartibga solish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi. Loyihada bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar qo‘llagan holda O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan (import qilinadigan) tovarlarni o‘xshashi respublikada ishlab chiqarilmaydigan deb topish mezonlari va tartibini ishlab chiqishni nazarda tutish. | 2026-yil mart | Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov) |
8. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi. Loyihada quyidagilarni nazarda tutish: litsenziya berishda har bir ta’lim oluvchi uchun ajratiladigan umumiy maydon o‘lchamini hisoblashda yer yuzasini hisoblashda ko‘p qavatli binolarning yuqori qavatlari inobatga olinishini belgilash; ta’lim tashkilotida ma’naviyat va ma’rifat xonasi hamda yoshlar yetakchisi xonasi bo‘lishi, ta’lim tashkilotining har bir qavatida xo‘jalik xonasi bo‘lishi; o‘quv dasturlari va rejalarida jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha yo‘nalish va modullar mavjud bo‘lmagan ta’lim muassasalari ham stadion (o‘yin maydoni)ga ega bo‘lishiga oid talablarni bekor qilish. | 2026-yil mart | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov), Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (E. Karimova) |