Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
AYRIM RESPUBLIKA KOMISSIYALARINI TUGATISH TOʻGʻRISIDA
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli “Qonunchilikdagi huquqiy boʻshliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
1. Aholini omonatlardagi va davlat sugʻurtasi boʻyicha pul mablagʻlarini indeksatsiyalash Respublika komissiyasi tugatilsin.
Aholining pul jamgʻarmalarini indeksatsiyalash va toʻlash bilan bogʻliq masalalarni hal etish vazifasi hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish va budjetga toʻlovlar intizomini mustahkamlash Hukumat komissiyasining budjetga toʻlovlar intizomini mustahkamlash boʻyicha Kichik komissiyasi zimmasiga yuklansin.
2. Yagona yer soligʻi joriy etish bilan bogʻliq ishlarni muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika komissiyasi tugatilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzgeodezkadastr zimmasiga yerlarni kadastr jihatdan baholash borasidagi chora-tadbirlar amalga oshirilishini hisobga olgan holda yagona yer soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlash tizimini takomillashtirish boʻyicha ishlarni olib borish yuklatilsin.
3. “Aholining omonatlardagi va davlat sugʻurtasi boʻyicha pul mablagʻlarini indeksatsiyalash toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1995-yil 20-dekabrdagi PF-1327-son Farmonining 8-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 3-martdagi PF-1934-son Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 10-oktabrdagi PF-2086-son Farmonining 4-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2000-yil 19-sentabr,
PF-2714-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-y., 9-10-son, 270-modda)