Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.11.2025 27.09.2006 yildagi PQ-475-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori, 27.09.2006 yildagi PQ-475-son
Date of entry into force
27.09.2006
Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.11.2025
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
QIMMATLI QOGʻOZLAR BOZORINI YANADA RIVOJLANTIRISH
CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli “Qonunchilikdagi huquqiy boʻshliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qimmatli qogʻozlar bozorini yanada rivojlantirish, uning oshkoraligi va barqaror faoliyatini taʼminlash, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq etish, xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan investitsiyalar jalb etilishini faollashtirish, aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruvni takomillashtirish hamda aksiyadorlarning huquqlari himoya qilinishini taʼminlash maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi aksiyadorlik kompaniyalari hamda fond tuzilmalari bilan birgalikda ishlab chiqqan 2006-2007-yillarda qimmatli qogʻozlar bozorini rivojlantirish dasturi ilovaga* muvofiq maʼqullansin, unda quyidagi chora-tadbirlar nazarda tutiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
korxonalarni toʻliq davlat tasarrufidan chiqarish va yangi aksiyadorlik jamiyatlari tuzish hisobiga qimmatli qogʻozlar birlamchi bozorini yanada rivojlantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qimmatli qogʻozlar ikkilamchi bozori miqyoslarini jadal rivojlantirish va kengaytirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fond bozorining zamonaviy infratuzilmasini shakllantirish va uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qimmatli qogʻozlar bozori uchun kadrlar tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil qilishni yaxshilash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi ijro etuvchi vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Dasturdagi chora-tadbirlar belgilangan muddatlarda soʻzsiz bajarilishini taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-martdagi PF-5968-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2020-y., 06/20/5968/0331-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
obligatsiyalar chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kunga auditor tashkilotining xulosasi bilan tasdiqlangan oʻz shaxsiy kapitali miqdori doirasida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
keyingi uch yil ichida rentabellik, toʻlov qobiliyati, moliyaviy barqarorlik va likvidlik jihatidan ijobiy koʻrsatkichlarga ega boʻlgan, auditor tashkilotining xulosalari bilan tasdiqlangan, shuningdek mustaqil reyting bahosini olgan OAJlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
emitentlar tomonidan investorlarga tegishli mablagʻlarni toʻlash boʻyicha toʻlov agentlari vazifasini bajaruvchi tijorat banklarining ishtirokida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Quyidagilar belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aksiyadorlik jamiyatining har yilgi biznes-rejasi kelgusi moliya yilining 1-dekabridan kechiktirmay kuzatuvchi kengash majlisida maʼqullanishi lozim;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aksiyadorlik jamiyatlarining kuzatuvchi kengashlari qonunda belgilangan korporativ boshqaruv normalariga rioya etish boʻyicha aksiyadorlarning umumiy yigʻilishlarida har yili hisobot beradilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aktivlarining balans qiymati 1 mlrd soʻmdan koʻp boʻlgan korxonalarda, aktivlarining balans qiymati bazaviy hisoblash miqdorining yuz ming karrasidan koʻproq boʻlgan aksiyadorlik jamiyatlarida esa ichki audit xizmatlari tashkil etiladi, mazkur xizmatlar kuzatuv kengashlari tomonidan tayinlanadi va ularga hisobot beradi;
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-dekabrdagi PF-5894-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-yanvardagi PF-5620-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.01.2019-y., 06/19/5620/2501-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-apreldagi PF-101-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2022-y., 06/22/101/0288-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-iyundagi PF-5755-sonli Farmoniga asosan 2019-yil 1-oktabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va Markaziy banki bilan birgalikda 2007-yilning 1-yanvarigacha Oʻzbekiston Respublikasining “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Qonuni loyihasini ishlab chiqsin hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin, unda qimmatli qogʻozlar bozori boʻyicha amaldagi qonun hujjatlarining qoidalarini xalqaro standartlarga muvofiq unifikatsiyalash va takomillashtirish nazarda tutilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Davlat mulki qoʻmitasi, Moliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vazirliklar va idoralarning normativ hujjatlari mazkur qarorga muvofiqlashtirilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2006-yil 27-sentabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-475-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 39-son, 387-modda, 51-52-son, 507-modda; 2009-y., 41-son, 441-modda; 2013-y., 36-son, 477-modda; 2015-y., 51-son, 633-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.01.2019-y., 06/19/5620/2501-son; 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son; 19.03.2020-y., 06/20/5968/0331-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2022-y., 06/22/101/0288-son)