O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MATBUOT VA OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI XODIMLARI KUNINI BELGILASH TO‘G‘RISIDA
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli “Qonunchilikdagi huquqiy bo‘shliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Matbuot va ommaviy axborot vositalarining davlat istiqlol g‘oyalarini targ‘ib etish, yangi demokratik jamiyat qurishda, aholini Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash borasidagi xizmatlarini e’tirof qilgan holda, shuningdek jurnalistlar jamoalari, adiblar, olimlar va keng jamoatchilikning ko‘plab takliflarini inobatga olib:
1. Respublika Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni etib 27-iyun belgilansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 82-moddasiga muvofiq ushbu masala O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashiga kiritilsin.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1993-yil 24-iyun,
PF-613-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 7-son, 276-modda)