Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.11.2025 21.09.2005 yildagi PQ-186-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori, 21.09.2005 yildagi PQ-186-son
Date of entry into force
21.09.2005
Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.11.2025
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori

TADBIRKORLIK FAOLIYATI YURITISH UCHUN RUXSATNOMA TURLARINI QISQARTIRISH VA ULARNI BERISH TARTIB-QOIDALARINI SODDALASHTIRISH TO‘G‘RISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli “Qonunchilikdagi huquqiy bo‘shliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tadbirkorlik subyektlari uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish, qonun hujjatlarini unifikatsiya qilish, ma’muriy sarf-xarajatlarni tobora kamaytirish, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnoma turlarini qisqartirish va ularni berish tartib-qoidalarini soddalashtirish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. 2005-yilning 1-oktabridan boshlab quyidagilar belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlarida belgilangan faoliyat turlari bilan shug‘ullanish uchun litsenziyalar kamida 5 yil muddatga beriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-ilovaga* muvofiq faoliyat turlarini amalga oshirish uchun litsenziyalar cheklanmagan muddatga beriladi, shu bilan birga tegishli faoliyat turlarini amalga oshirish uchun avval berilgan litsenziyalar cheklanmagan muddatga berilgan deb hisoblanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-ilovada* ko‘rsatilgan faoliyat turlariga litsenziya berish vazifalari tegishli davlat boshqaruv organlari zimmasiga yuklatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 2-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziya beruvchi organlar o‘rnatilgan tartibda tadbirkorlik subyektlari tomonidan litsenziya talablariga rioya etilishi ustidan qattiq nazoratni ta’minlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi, Monopoliyadan chiqarish davlat qo‘mitasi va Savdo-sanoat palatasining 2005-yil 1-oktabrdan boshlab 3-ilovaga* muvofiq tadbirkorlik faoliyatini yuritishda bir-birini takrorlaydigan va ortiqcha ruxsatnomalar berish tartib-qoidalarini bekor qilish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 3-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Belgilab qo‘yilsinki, tadbirkorlik subyektlari joylardagi davlat boshqaruvi va davlat hokimiyati organlari tomonidan rasmiylashtiriladigan va beriladigan ruxsatnomalar (qarorlar, kelishuv va xulosalar)ni olishi zarur bo‘lgan harakatlar hamda faoliyat turlari ro‘yxati faqat qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Joylardagi davlat boshqaruvi va davlat hokimiyati organlarining tadbirkorlik subyektlari tomonidan ayrim harakatlarni bajarish yoki faoliyatni amalga oshirish uchun ruxsatnomalar joriy etish va ruxsatnoma berish tartib-qoidalarini o‘rnatish maqsadida qaror qabul qilishi taqiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur organlarning mansabdor shaxslari qarorning ushbu bandi buzilgan taqdirda shaxsan javobgar bo‘lishlari to‘g‘risida qat’iy ogohlantirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Vazirlar Mahkamasi uch oy muddatda joriy etilgan tartibda “Ruxsatnomalar berish tartib-qoidalari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasini:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
murojaat asosida ruxsatnomalar berishni amaliyotga tadbiq etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tadbirkorlik subyektlari ruxsatnoma olishi zarur bo‘lgan harakatlar va faoliyat turlarining muayyan ro‘yxatini belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ruxsatnomalar berish jarayonining soddalashtirilgan, aniq va asosli mexanizmlari, “bir darchaga” tamoyilidan ustuvor foydalanish, ruxsatnomalar berishga to‘lanadigan haq miqdorini ularni rasmiylashtirish xarajatlari bilan cheklash ko‘zda tutilgan holda tayyorlab, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari V.A. Golishev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2005-yil 21-sentabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-186-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 37-38-son, 285-modda; 2006-y., 3-son, 12-modda; 2008-y., 44-45-son, 440-modda; 2010-y., 14-15-son, 105-modda; 2012-y., 40-son, 466-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.07.2018-y., 06/18/5483/1594-son, 11.01.2019-y., 06/19/5624/2471-son; 20.03.2020-y., 06/20/5971/0348-son)