Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.11.2025 18.05.2020 yildagi PF-5996-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 18.05.2020 yildagi PF-5996-son
Date of entry into force
19.05.2020
Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.11.2025
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmoni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koronavirus pandemiyasi davrida aholi va tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli “Qonunchilikdagi huquqiy bo‘shliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koronavirus pandemiyasi davrida iqtisodiy o‘sish va investitsiyaviy faollikni rag‘batlantirish, ishlab chiqarish sur’atlarini tiklash, aholi bandligini oshirish, daromadlarini ko‘paytirish va tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar 2020-yilning 1-iyunidan 1-sentabrigacha bo‘lgan davrda mol-mulk solig‘i va yer solig‘ini to‘lashdan ozod qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kichik tadbirkorlik subyektlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bozorlar va savdo komplekslari, kinoteatrlar, umumiy ovqatlanish korxonalari, jamoat transporti korxonalari, sport-sog‘lomlashtirish muassasalari, shuningdek, yo‘lovchi tashish, maishiy xizmatlar ko‘rsatish, binolarni, shu jumladan banketlar o‘tkazish uchun ijaraga berish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilansinki, 2020-yilda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar uchun yer solig‘ini to‘lash muddati 2020-yil 1-sentabrdan 2020-yil 1-dekabrga ko‘chiriladi va ushbu bandda nazarda tutilgan imtiyozlar ularga nisbatan tatbiq etilmaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi PF-6098-sonli Farmoniga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 06/20/6098/1432-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Kichik tadbirkorlik subyektlariga quyidagi summalarni hisobdan chiqarish ko‘rinishida davlat tomonidan qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlash taqdim etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-martdagi PF-5969-son va 2020-yil 3-apreldagi PF-5978-son farmonlariga asosan foizsiz kechiktirish (bo‘lib bo‘lib to‘lash) berilgan, 2020-yil aprel va may oylari uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan mol-mulk solig‘i va yer solig‘i summalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2020-yil 15-may holatiga yer solig‘i va mol mulk solig‘i bo‘yicha 2020-yil 1-yanvardan boshlab hosil bo‘lgan penya va jarimalar summalari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Tadbirkorlik subyektlariga tovarlar (ishlar, xizmatlar) import qilishda qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lash bo‘yicha 120 kun muddatgacha kechiktirish olish huquqi berilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxona organlariga murojaat qilgan kungacha bir yildan kam bo‘lmagan davrda tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirayotgan mikrofirma va kichik korxonalarga tovarlarni (iste’mol tovarlaridan tashqari) olib kirishda undiriladigan bojxona boji va aksiz solig‘ini to‘lash muddatini 2020-yil 1-iyulgacha kechiktirishni qo‘llash huquqi, keyinchalik kechiktirilgan summani 120 kun mobaynida teng ulushlarda to‘lash sharti bilan berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Belgilansinki, 2020-yilning 1-mayidan 1-iyuligacha bo‘lgan davrda mikrofirma va kichik korxonalarga (aksizosti tovarlar ishlab chiqaruvchilar, davlat korxonalari va ustav jamg‘armasida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori bo‘lgan yuridik shaxslar bundan mustasno) ijtimoiy soliq stavkasi 12 foizdan 1 foizgacha kamaytiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Mikrofirma va kichik korxonalarda 2020-yil 15-may holatiga soliqlar, penyalar va soliq qonunchiligini buzganlik uchun hisoblangan jarimalar bo‘yicha mavjud bo‘lgan qarzdorlikni undirish 2020-yil 1-sentabrgacha to‘xtatilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat soliq xizmati organlari 2020-yil 15-may holatiga mikrofirma va kichik korxonalarning bankdagi hisobvaraqlaridan pul mablag‘larini hisobdan chiqarish va o‘tkazish bo‘yicha inkasso topshiriqnomalarini chaqirib olsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mikrofirma va kichik korxonalarga 2020-yil 15-may holatiga soliq majburiyatlarini bajarish bo‘yicha ijro etilmagan to‘lov topshiriqnomalarini qaytarib olish huquqi berilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-martdagi PF-6186-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.03.2021-y., 06/21/6186/0200-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. 14 yoshgacha bolalari bo‘lgan oilalarga nafaqa, bola ikki yoshga to‘lgunga qadar bola parvarishi bo‘yicha nafaqa va moddiy yordam oluvchilar soni 2020-yil 1-iyundan boshlab qo‘shimcha 10 foizga oshirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) tomonidan quyidagi foiz xarajatlarini qoplashga kompensatsiya berish tarzida tadbirkorlikni davlat tomonidan qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlash choralari joriy etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tadbirkorlik subyektlariga Markaziy bank asosiy stavkasining 1,75 baravaridan oshmagan miqdordagi foiz stavkasi bilan milliy valyutada beriladigan investitsiyaviy kreditlar bo‘yicha, Jamg‘arma to‘g‘risidagi nizom talablarini hisobga olgan holda kredit shartnomasi amal qilishining birinchi yili davomida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2020-yil 1-oktabrga qadar tadbirkorlik subyektlariga aylanma mablag‘larini to‘ldirish uchun milliy valyutada 500 million so‘mgacha beriladigan kreditlar bo‘yicha Jamg‘arma to‘g‘risidagi nizom talablarini hisobga olgan holda kredit shartnomasi amal qilish muddati davomida 10 foizlik punkt miqdorida.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil koronavirus pandemiyasi davrida taqdim etilgan imtiyozlar va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash choralarining to‘liq va o‘z vaqtida qo‘llanilishi ustidan monitoring o‘rnatsin va qonun buzganlik uchun javobgarlik choralarini qo‘llash bo‘yicha takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari, shuningdek, budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga (zaruriyat bo‘lganda) soliq imtiyozlari berilishi va ijtimoiy nafaqa oluvchilar sonining oshishi natijasida olinmay qolinadigan daromadlar munosabati bilan Moliya vazirligi huzuridagi Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi hisobidan subsidiyalar ajratsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2020-yil 18-may,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PF-5996-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.05.2020-y., 06/20/5996/0597-son, 31.10.2020-y., 06/20/6098/1432-son; 11.03.2021-y., 06/21/6186/0200-son)