O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli “Qonunchilikdagi huquqiy bo‘shliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Mamlakatimizda 9-may umumxalq bayrami — Xotira va Qadrlash kuni o‘tkazilishi, shuningdek, Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lganlarning xotirasini abadiylashtirish, bugun xam saflarimizda turib Vatan obro‘-e’tiborini yuksaltirishga, yoshlarni ma’naviy-axlokiy jixatdan tarbiyalashga xissa qo‘shayotgan faxriylarni e’zozlash xamda fashizm ustidan kozonilgan galabaning 73 yilligi nishonlanishi munosabati bilan urush qatnashchilari va nogironlarini moddiy rag‘batlantirish maksadida:
1. Ikkinchi jaxon urushi qatnashchilari va nogironlariga 5 000 000 (besh million) so‘m miqdorida biryo‘la pul mukofoti belgilansin.
2. Mazkur Farmonni bajarish bilan bog‘lik sarf-xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshirilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati Moliya vazirligi va Markaziy bank bilan birgalikda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga ushbu pul mukofotining tantanali va bayramona vaziyatda topshirilishini ta’minlasinlar.
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Xotin-kizlar ko‘mitasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, “Nuroniy” jamg‘armasi va “Mahalla” xayriya jamoat fondi, boshia nodavlat notijorat tashkilotlari bilan birgalikda Vatanimiz ozodligi va sha’ni-sharafi himoyachilariga bag‘ishlangan maxsus uchrashuvlar va ma’rifiy-badiiy kechalar o‘tkazsinlar.
5. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 16-aprel,
PF-5417-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.04.2018-y., 06/20/5417/0998-son)