Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.11.2025 06.04.2009 yildagi PQ-1090-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori, 06.04.2009 yildagi PQ-1090-son
Date of entry into force
06.04.2009
Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.11.2025
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TIJORAT BANKLARI DEPOZITLARIGA AHOLI VA XOʻJALIK SUBYEKTLARI BOʻSH PUL MABLAGʻLARINI JALB ETISHNI YANADA RAGʻBATLANTIRISH QOʻSHIMCHA CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli “Qonunchilikdagi huquqiy boʻshliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tijorat banklari depozitlariga aholi va xoʻjalik subyektlari boʻsh pul mablagʻlarini jalb etishni yanada ragʻbatlantirish, pul mablagʻlarini bank aylanmasiga yoʻnaltirish, naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimini kengaytirish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligining tijorat banklari bilan birgalikda ishlab chiqqan Tijorat banklari depozitlariga aholi va xoʻjalik subyektlari boʻsh pul mablagʻlarini jalb etishni yanada ragʻbatlantirish qoʻshimcha chora-tadbirlari kompleksi ilovaga muvofiq maʼqullansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur qaror ilovasida koʻrsatilgan Kompleks chora-tadbirlarni belgilangan muddatlarda bajarilishi yuzasidan shaxsiy javobgarlik Markaziy bank, tijorat banklari va boshqa tuzilmalar rahbarlari zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, tijorat banklari mijozning birinchi talabiga binoan banklarning barcha filiallari tomonidan aholi omonatlari boʻyicha naqd pul mablagʻlari berilishini taʼminlash yuzasidan qatʼiy nazoratni oʻrnatsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aholiga ularning depozit hisobraqamlaridan naqd pul mablagʻlari berilishining belgilangan tartibi buzilgan holatlarda, tijorat banklari va ularning hududiy boʻlinmalari hamda filiallari rahbarlarini egallab turgan lavozimlaridan ozod etishgacha boʻlgan qatʼiy choralar koʻrilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining “Plastik kartochkalar asosida hisob-kitob qilish tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2004-yil 24-sentabrdagi 445-son qaroriga muvofiq plastik kartochkalar yordamida toʻlovlarni qabul qilish boʻyicha terminallar bilan jihozlanishi kerak boʻlgan chakana savdo va pullik xizmatlar sohasi obyektlari roʻyxatini qayta koʻrib chiqsin hamda kengaytirsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent shahri, viloyat va tuman markazlari, viloyatlarga qarashli shaharlardagi savdo hamda toʻlov xizmatlari sohasi obyektlarini bosqichma-bosqich toʻlov terminallari bilan jihozlash jadvalini tasdiqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilansinki, mazkur roʻyxatga kiritilgan savdo va xizmat koʻrsatish sohasi korxonalari tomonidan toʻlov terminallari bilan jihozlash hamda ulardan foydalanish talablariga rioya etilmaganligi nazorat-kassa mashinalarini oʻrnatish hamda foydalanish tartibi, savdo va xizmat koʻrsatish qoidalarini buzishga tenglashtiriladi, shuningdek ular zimmasiga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlik yuklanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tuman hokimliklari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
savdo va xizmat koʻrsatish obyektlarida toʻlovlarni plastik kartochkalar orqali qabul qilish boʻyicha hisob-kitob terminallarining mavjudligi hamda ulardan majburiy ravishda foydalanish ustidan qattiq nazorat oʻrnatsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
savdo va nazorat-kassa mashinalaridan foydalanish hamda hisob-kitob terminallaridan foydalanish qoidalari buzilishi, shuningdek plastik kartochkalardan foydalangan holda toʻlovlarni qabul qilishdan noqonuniy boʻyin tovlash holatlari aniqlangan taqdirda aybdor shaxslarga nisbatan qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlik choralari qoʻllasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
savdo va xizmat koʻrsatish korxonalar tomonidan toʻlovlarni plastik kartochkalar orqali amalga oshirishda hisob-kitob terminallaridan foydalanish masalalari boʻyicha tezkor ravishda chora koʻrish uchun xizmat koʻrsatuvchi tijorat banki bilan birgalikda har bir mintaqada mijozlarning arizalarini, shu jumladan “ishonch telefonlari” orqali murojaatlari koʻrib chiqilishini hamda kelib tushadigan murojaatlarning zudlik bilan tekshirilishini tashkil etsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi bir oy muddatda tovarlar hamda xizmatlarni chek bermasdan sotish, nazorat-kassa mashinalari va hisob-kitob terminallaridan foydalanishning belgilangan tartibini buzganligi uchun chakana savdo subyektlari javobgarligini jinoiy javobgarlikkacha qatʼiy kuchaytirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki hamda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2009-yil 6-aprel,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-1090-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 6-apreldagi PQ-1090-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tijorat banklari depozitlariga aholi va xoʻjalik subyektlari boʻsh pul mablagʻlarini jalb etishni yanada ragʻbatlantirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
QOʻSHIMCHA CHORA-TADBIRLARI KOMPLEKSI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Chora-tadbirlar nomlanishi

Amalga oshirish shakli

Ijro muddati

Masʼul ijrochilar

I. Uzoq muddatli omonatlar hajmini koʻpaytirish va naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimini yanada rivojlantirish

(2009-yilda bank depozitlari hajmini kamida 50 foizga oshirish)

1.

2009-yilda quyidagilar boʻyicha minimal foiz stavkalari darajasini oʻrnatish:

yuridik shaxslarning 6 oydan ortiq muddatli depozitlariga — Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalashtirish stavkasidan 75 foizdan kam boʻlmagan miqdorda;

aholining 1 yildan ortiq muddatli depozitlariga — Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalashtirish stavkasidan 150 foizdan kam boʻlmagan miqdorda ;

jismoniy shaxslarning plastik kartalaridagi mablagʻlarga — Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalashtirish stavkasidan kam boʻlmagan miqdorda.

Respublika bank kengashining qarori

2009-yil 1-maygacha

Markaziy bank, tijorat banklari

2.

Bank muassasalari tarmoqlarini yanada kengaytirish:

2009-yilda qoʻshimcha ravishda 340 ta yangi mini banklar va kassalar ochish, shu jumladan 250 ta — qishloq joylarda, ularning umumiy sonini 3900 taga yetkazgan holda, xususan, 2300 ta — qishloq joylarda;

Chora-tadbirlar kompleksi

2009-yil davomida

Markaziy bank, tijorat banklari, Banklar assotsiatsiyasi

2009 — 2015-yillar mobaynida aholisi soni 500 tadan koʻp boʻlgan barcha aholi punktlarida mini-banklar faoliyat koʻrsatishini taʼminlagan holda qishloq joylarda mini-banklar tizimini kengaytirish;

Tijorat banklari kengashlari qarorlari

Jadvalga muvofiq

Mini-banklar va jamgʻarma kassalar zarur hollarda ishdan tashqari vaqtda (18:00 dan 21:00 gacha) va dam olish kunlari faoliyat koʻrsatishini taʼminlash.

Normativ hujjatlarga oʻzgartirishlar kiritish

2009-yil 1-iyungacha

3.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi 16 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun egasining nomi yozilgan uzoq muddatli (bir yildan ortiq muddatga) omonat jamgʻarmalarini joriy etish:

ota-onalar tomonidan bolalar uchun Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalashtirish stavkasidan kam boʻlmagan miqdorda foizlarni qoʻshib hisoblagan holda egasining nomi yozilgan omonat jamgʻarmalarni ochish hamda bola 16 yoshga toʻlganda omonatni qaytarib olish sharti bilan ularni kapitallashtirish;

bolalar uchun omonat jamgʻarmasini ochgan jismoniy shaxslar — ota-onalarga ular tomonidan kredit summasining kamida 25 foizi miqdorda omonat jamgʻarilgan taqdirda imtiyozli taʼlim kreditini olishga ustunlik huquqini berish.

Banklar kengashlarining qarori

2009-yil 1-iyul

Tijorat banklari

4.

Yangidan tashkil etilgan “Qishloq qurilish bank” ATBda quyidagilarni nazarda tutuvchi uzoq muddatli (bir yildan ortiq muddatli) qurilish-uy-joy omonat jamgʻarmasini joriy qilish:

jismoniy shaxs tomonidan Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalashtirish stavkasidan kam boʻlmagan miqdorda foizlarni qoʻshib hisoblagan holda uy-joy qurish uchun maqsadli omonat jamgʻarmalarini ochishni;

maqsadli omonat jamgʻarmani ochgan jismoniy shaxsga omonatchi tomonidan kredit summasining kamida 25 foizi jamgʻarilgan taqdirda, uy-joy qurish uchun imtiyozli kreditni olishga ustunlik huquqini berish.

“Qishloq qurilish bank” ATB Kengashi qarori

2009-yil 1-iyul

“Qishloq qurilish bank” ATB

5.

Xalq banki tomonidan quyidagi shartlarda tarqatiladigan maqsadli pul-buyum yutuqli lotereyalarni chiqarish:

yutuq fondi chiqarilgan lotereyalar hajmining kamida 70 foizi;

yutuq sifatida mahalliy ishlab chiqaruvchilarning isteʼmol tovarlarini oʻynash;

Xalq banki tomonidan taʼsis etish orqali aholi oʻrtasida tarqatish.

Xalq banki Kengashi qarori

2009-yil 1-iyulgacha

Xalq banki, Moliya vazirligi

6.

Xalq banki huzurida jismoniy shaxslar uchun amalga oshiriladigan pul oʻtkazmalarining tezkorligi, ishonchliligi va qulayligini taʼminlaydigan plastik kartalarda foydalangan holda “Uz-toʻ1ov” milliy toʻlov tizimini tashkil etish.

Chora-tadbirlar kompleksi

2009-yil 1-iyulgacha

Xalq banki

7.

Aholi uchun qoʻyish muddati yakuniga yetgandan soʻng qoʻshimcha bonus foizlari toʻlanadigan yutuqli omonatlarning yangi turlarini joriy qilish:

milliy valyutadagi depozitlar boʻyicha — yillik 20 foizgacha;

chet el valyutasidagi depozitlar boʻyicha — yillik 10 foizgacha, shuningdek, “VIZA”, “Master-kard” xalqaro valyuta plastik kartalarini bepul taqdim qilish.

Tijorat banklari kengashlari qarori

Doimiy

Tijorat banklari

8.

Banklar tomonidan omonatchilarga ularning talabnomasiga koʻra bir chet el valyutasini boshqasiga naqd pulsiz almashtirib berish xizmatini taqdim qilgan holda turli valyutadagi (dollar, yevro, funt steriling) omonatlarni joriy qilish.

Tijorat banklari kengashlari qarori

2009-yil 1-maygacha

Tijorat banklari

9.

Tijorat bankining har bir filialida kamida bir shtat birligida plastik kartochkalar boʻyicha mutaxassis shtatini joriy etish va uning asosiy majburiyatlari etib quyidagilarni belgilash:

savdo va xizmat koʻrsatish shoxobchalarida toʻlovlarni qabul qilish terminallarining uzluksiz ishlashini monitoring qilish;

savdo va xizmat koʻrsatish korxonalarining plastik kartalar boʻyicha ularning hisob-raqamiga tushgan savdo tushumlarini oʻz vaqtida oʻtkazib berilishini nazorat qilish;

mijozlarga plastik kartalarni ishlatish masalalari yuzasidan maslahatlar berish va ulardan foydalanishda yuzaga keladigan nosozliklarni bartaraf etishni tashkil qilish;

toʻlov terminallarini oʻrnatish yuzasidan savdo va xizmat koʻrsatish subyektlarini topish va ular bilan muzokaralar oʻtkazish.

Tijorat banklari boshqaruvlari qarori

2009-yil 1-iyulgacha

Tijorat banklari

10.

Hisob egalariga real vaqt rejimida mobil va elektron aloqa tizimlari (Internet va “SMS” — banking) orqali bank hisob-raqamlarini boshqarish va maʼlumot olish imkonini beruvchi zamonaviy dasturiy mahsulotlar va texnologiyalarni joriy etish.

Chora-tadbirlar

Doimiy

Tijorat banklari, OʻzAAA

II. Plastik kartalar orqali toʻlovlarni qabul qilish terminallarini qoʻllashni yanada kengaytirish va chakana savdoning huquqiy asoslarini takomillashtirish

11.

Tijorat banklari tomonidan savdo va xizmat koʻrsatish korxonalarning foiz stavkasi boʻyicha aylanma mablagʻini toʻldirish uchun Markaziy bank qayta moliyalashtirish stavkasining 80 foizidan oshmaydigan miqdorda va kelgusida ularni naqd pul tushumida qaytarish sharti bilan kreditlar berish.

Tijorat banklari kengashlari qarori

Doimiy

Tijorat banklari

12.

2009-yilda savdo va xizmat koʻrsatish shoxobchalarida 12,5 mingta terminal oʻrnatish va ularning umumiy sonini 40 ming donaga yetkazish orqali plastik kartalardan foydalangan holda toʻlovlarni qabul qilish terminallari tarmogʻini yanada kengaytirish.

Kompleks chora-tadbirlar

2009-yil davomida

Tijorat banklari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlari Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

13.

Muomaladagi plastik kartalar miqdorini 5 mln donaga yetkazish.

Kompleks chora-tadbirlar

2009-yil davomida

Tijorat banklari

14.

Aholi zich joylashgan tumanlarga supermarketlar va univermaglarni joylashtirish orqali ularning tarmogʻini kengaytirish hamda ularda plastik kartalar orqali toʻlovlarni qabul qilish terminallarini qoʻllashni majburiy qilish.

Hukumat qarori loyihasi

2009-yil 1-maygacha

Iqtisodiyot vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlari Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

15.

Ishlab chiqarilishi faqat yuridik shaxs shaklidagi tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshiriladigan isteʼmol tovarlari va xizmatlari roʻyxatini tartibga solish.

Hukumat qarori loyihasi

2009-yil 1-iyulgacha

Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi

III. Uzoq muddatli omonatlarni jalb qilishni ragʻbatlantirish va bank xizmatlarini kengaytirish boʻyicha reklama tadbirlari

16.

Ommaviy axborot vositalarida banklarda omonatlarni joylashtirishning jozibador shartlari toʻgʻrisida keng yoritish, jumladan:

depozitlarga joylashtirilgan mablagʻlarning toʻliq qaytarilishi davlat tomonidan taʼminlanishi;

tijorat banklaridagi omonatlardan olingan daromadlar hamda tijorat banklari aksiyalari boʻyicha dividendlar soliqqa tortishdan ozod qilinishi;

depozit muddati yakunlangach omonatchining birinchi talabi bilan depozit summasi naqd pulda, shu jumladan xorijiy valyutada toʻlab berilishi.

Reklama tadbirlari, maqolalar, koʻrsatuvlar

Doimiy

Tijorat banklari, OʻzMTRK, Matbuot va axborot agentligi

17.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 31-oktabrdagi “Aholining omonatlarini jalb qilish boʻyicha respublika tijorat banklari oʻrtasida tanlov oʻtkazish toʻgʻrisida”gi PQ-994-son qaroriga muvofiq tijorat banklarining aholi omonatlarini jalb qilish boʻyicha faoliyatini yanada ragʻbatlantirish.

Chora-tadbirlar

Har yili

Markaziy bank, Banklar assotsiatsiyasi, tijorat banklari

18.

Hamkorlikni kengaytirish, bank xizmatlarining yangi turlari va yoʻnalishlarini joriy qilish maqsadida aholi oʻrtasida doimiy ravishda soʻrovnomalar oʻtkazish, joylarda davra suhbatlari va seminarlar oʻtkazish.

Chora-tadbirlar

Har yili

Banklar assotsiatsiyasi, tijorat banklari, Markaziy bank

19.

Bank tomonidan taklif etilayotgan xizmatlar, omonatlar turlari va foiz stavkalari, aholi va kichik biznes subyektlariga plastik kartalar va boshqa xizmatlar boʻyicha taqdim etilayotgan sharoitlar toʻgʻrisida har oyda axborotlar eʼlon qilib borish.

Chora-tadbirlar

Har yili

Banklar assotsiatsiyasi, tijorat banklari, Markaziy bank

20.

Respublikaning hududlarida “Biznes uchun omonatlar va kreditlar” mavzusida koʻrgazma-seminarlar oʻtkazish hamda aholi va tadbirkorlik subyektlariga bepul maslahatlar va maʼlumotlar taqdim qilish.

Seminarlar oʻtkazish reja-jadvalini tasdiqlash

2009-yil 1-maygacha

Banklar assotsiatsiyasi, tijorat banklari, Markaziy bank, SSP, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlari Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

21.

Savdo va servis korxonalari, kommunal xoʻjaliklar, boshqa korxonalar va muassasalar rahbarlari ishtirokida tovarlar va xizmatlarni xarid qilishda plastik kartalardan foydalanish hamda oylik maoshlarni unga oʻtkazishdagi mavjud imtiyozlar va afzalliklarni tushuntirish maqsadida turkum seminarlar oʻtkazish.

Seminarlar oʻtkazish reja-jadvalini tasdiqlash

2009-yil II chorak

Banklar assotsiatsiyasi, tijorat banklari, Markaziy bank, SSP, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlari Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 15-son, 181-modda; 2013-y., 20-son, 250-modda)