15.10.2021 yildagi 646-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 15.10.2021 yildagi 646-son
Date of entry into force
16.10.2021
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablarga malakali oʻqituvchi-pedagoglarni jalb qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida” 2021-yil 3-fevraldagi PF-6155-son Farmoni hamda “Olis hududlardagi budjet tashkilotlariga malakali mutaxassislarni jalb qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 11-yanvardagi PQ-4940-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablarda taʼlim berishni yaxshilash uchun boshqa hududlardan tajribali mutaxassislarni jalb etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Olis hududlardagi budjet tashkilotlariga malakali mutaxassislarni jalb qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 11-yanvardagi PQ-4940-son qarorida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 2021-yil 1-martdan boshlab taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablarda dars berish uchun boshqa hududlardan jalb qilingan oliy va birinchi toifaga ega oʻqituvchi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga maxsus ustamalar joriy qilinganligi, bunda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir maʼmuriy-hududiy birliklar doirasida boshqa tuman va shaharlardan kelib faoliyat yuritayotgan oʻqituvchi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga 50 foiz;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boshqa maʼmuriy-hududiy birlikdan kelib faoliyat yuritayotgan oʻqituvchi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga 100 foiz maxsus ustamalar toʻlanishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablarda dars berish uchun boshqa hududda kamida bir yil ishlagan oliy va birinchi toifaga ega oʻqituvchi-pedagoglar jalb qilinishi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablar roʻyxati Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan aniqlanishi;
(1-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-oktabrdagi 662-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2025-y., 09/25/662/0964-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) boshqa hududlardan jalb qilingan oliy va birinchi toifaga ega oʻqituvchi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga maxsus ustamalar ular borgan maktab taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablar roʻyxatidan chiqarilgan yildan keyingi yil uchun ham toʻlanishi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) umumtaʼlim fanlaridan biri boʻyicha xalqaro tan olingan sertifikatga yoki Vazirlar Mahkamasining “Umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini baholashning milliy test tizimini joriy etish toʻgʻrisida” 2020-yil 12-oktabrdagi 646-son qaroriga muvofiq umumtaʼlim fanlarini bilish darajasi toʻgʻrisidagi sertifikatga ega boʻlgan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pedagogika yoʻnalishidagi oliy taʼlim muassasa (fakultet)larining 2021-yil va undan keyingi yillardagi bitiruvchilari bir maʼmuriy-hududiy birlik doirasida boshqa tuman va shaharlardan kelib, taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablarda mehnat faoliyatini amalga oshirganda, ularning bazaviy tarif stavkalariga 50 foiz va boshqa maʼmuriy-hududiy birlikdan kelib mehnat faoliyatini amalga oshirganda, ularning bazaviy tarif stavkalariga 100 foiz maxsus ustamalar toʻlanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-fevraldagi 130-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 09/25/130/0199-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-iyundagi 471-son qarori bilan tasdiqlangan Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida boshqa hududlardan kelib faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarga maxsus ustama belgilanadigan hududlar roʻyxatidagi hududlarda joylashgan va taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablarga boshqa hududlardan jalb etiladigan oʻqituvchi-pedagoglarga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Olis hududlardagi budjet tashkilotlariga malakali mutaxassislarni jalb qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 11-yanvardagi PQ-4940-son qarori hamda Vazirlar Mahkamasining “Olis hududlarda joylashgan umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarning mehnatini yanada ragʻbatlantirish toʻgʻrisida” 2019-yil 7-iyundagi 471-son qarorida belgilangan qoʻshimcha ustamalar va kompensatsiyalar toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablarda taʼlim berish uchun boshqa hududlardan oʻqituvchi-pedagoglarni jalb etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi har yili 1-martga qadar taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablarni aniqlash va ularning roʻyxatini shakllantirish tartibi;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-oktabrdagi 662-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2025-y., 09/25/662/0964-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablarda dars berishi uchun boshqa hududlardan oʻqituvchi-pedagoglarni jalb etish sxemasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablarga boshqa hududlardan jalb etiladigan oʻqituvchi-pedagoglarga qoʻyiladigan talablar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boshqa hududlardan jalb qilingan oʻqituvchi-pedagoglarni ishga qabul qilish, ularning faoliyatini muvofiqlashtirish va mehnatiga qoʻshimcha haq toʻlash tartibi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari B.A. Musayev va Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vaziri Sh.X. Shermatov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2021-yil 15-oktabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
646-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-oktabrdagi 646-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablarda taʼlim berish uchun boshqa hududlardan oʻqituvchi-pedagoglarni jalb etish tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Nizom taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablarda taʼlim berish uchun boshqa hududlardan oʻqituvchi-pedagoglarni jalb etish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablar — Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik) shakllantiriladigan roʻyxatga kiritilgan umumtaʼlim maktablari;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-oktabrdagi 662-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2025-y., 09/25/662/0964-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boshqa hududlardan jalb etiladigan oʻqituvchi-pedagoglar (keyingi oʻrinlarda — oʻqituvchi-pedagoglar) — taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablarga mehnat shartnomasi asosida bir maʼmuriy-hududiy birlik doirasidagi boshqa tuman (shahar)dan yoki boshqa maʼmuriy-hududiy birlikdan (boshqa viloyatlar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Toshkent shahri) faoliyat yuritishlari uchun jalb etilgan oliy va birinchi toifali pedagoglar;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektron platforma — taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablar toʻgʻrisida maʼlumotlar hamda ularga boshqa hududlardan jalb etilgan oʻqituvchi-pedagoglar roʻyxati aks ettirilgan internet jahon axborot tarmogʻi orqali foydalanish imkoniyati yaratilgan, Vazirlik tomonidan ishlab chiqiladigan elektron tizim.
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.08.2022-y., 09/22/425/0712-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Ushbu Nizom talablari Vazirlik tizimidagi umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga (keyingi oʻrinlarda — maktablar) nisbatan tatbiq etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.08.2022-y., 09/22/425/0712-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablarda taʼlim berish uchun boshqa hududlardan oʻqituvchi-pedagoglarni jalb etish mazkur Nizomning ilovasida belgilangan sxema asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablar roʻyxatini shakllantirish va eʼlon qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablar roʻyxatini shakllantirish mezonlari (keyingi oʻrinlarda — baholash mezonlari) Vazirlik tomonidan ishlab chiqiladi hamda tasdiqlanadi.
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-oktabrdagi 662-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2025-y., 09/25/662/0964-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maktab bitiruvchilarining davlat oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish imtihonidagi (oʻrtacha ball) natijalari;
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-oktabrdagi 662-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2025-y., 09/25/662/0964-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-oktabrdagi 662-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2025-y., 09/25/662/0964-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Zamonaviy maktablar”ga qoʻyilgan talablar asosida baholash natijalari inobatga olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablar roʻyxatini shakllantirish mezonlari har bir oʻquv yili uchun takomillashtirilgan holda yangidan ishlab chiqiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-oktabrdagi 662-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2025-y., 09/25/662/0964-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda — hududiy boshqarmalar) har yili 1-fevralga qadar tasdiqlangan mezonlar asosida taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablar roʻyxatiga kiritiladigan maktablar toʻgʻrisida Vazirlikka taklif kiritadi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-oktabrdagi 662-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2025-y., 09/25/662/0964-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Vazirlik har yili 1-martga qadar taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablar roʻyxatini shakllantiradi hamda belgilangan tartibda tasdiqlaydi.
(9-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-oktabrdagi 662-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2025-y., 09/25/662/0964-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablarning roʻyxati tasdiqlangan kundan boshlab 10 kun ichida Vazirlikning rasmiy veb-sayti hamda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida eʼlon qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Elektron platformada maʼlumotlarni shakllantirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Elektron platformani uzluksiz ishlatish, moliyalashtirish, texnik jihatdan qoʻllab-quvvatlash va maʼlumotlarni yangilab borishni muvofiqlashtirish Vazirlik tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlari har yili 15-mayga qadar elektron platformaga taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablar toʻgʻrisida quyidagi maʼlumotlarni kiritadi:
(11-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-oktabrdagi 662-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2025-y., 09/25/662/0964-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maktab joylashgan hudud (tuman/shahar), uning manzili, telefon raqami;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maktabning quvvati, taʼlim berish tili, oʻquvchilar va sinflar soni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pedagoglar soni, sifat tarkibi va mavjud fanlar boʻyicha ajratiladigan vakant dars soatlari.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlari maʼlumotlarning toʻgʻriligi va haqqoniyligiga javobgar hisoblanadi.
(11-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-oktabrdagi 662-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2025-y., 09/25/662/0964-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlari tomonidan maʼlumotlarning oʻz vaqtida va toʻgʻri kiritilishi hududiy boshqarmalar tomonidan nazorat qilinadi.
(11-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-oktabrdagi 662-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2025-y., 09/25/662/0964-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Boshqa hududlardan oʻqituvchi-pedagoglarni jalb etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Oʻqituvchi-pedagoglar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli fan yoʻnalishi boʻyicha oliy maʼlumotga ega boʻlishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dars berayotgan fani boʻyicha birinchi yoki oliy malaka toifasiga ega boʻlishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boshqa hududda kamida bir yil pedagogik faoliyat yuritgan boʻlishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
amalda faoliyat yuritayotgan maktab taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablar roʻyxatida mavjud boʻlmasligi talab etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Boshqa hududlardagi taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablarda dars berish istagini bildirgan oʻqituvchi-pedagoglar elektron platformaga kiritilgan taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablarning birini tanlab, koʻrsatilgan vakant soatlar boʻyicha 15-maydan 25-iyulga qadar umumtaʼlim maktabi direktoriga toʻgʻridan-toʻgʻri murojaat qiladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.08.2022-y., 09/22/425/0712-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Oʻqituvchi-pedagoglar taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktab direktoriga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mutaxassisligi, dars beradigan fanini koʻrsatgan holda direktor nomiga ariza;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
doimiy yashash manzili (hudud, tuman/shahar nomi), telefon raqami koʻrsatilgan maʼlumotnoma — obyektivka;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy yoki birinchi malaka toifasiga ega ekanligini tasdiqlovchi sertifikat nusxasi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.08.2022-y., 09/22/425/0712-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.08.2022-y., 09/22/425/0712-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablarda dars berish istagini bildirgan oʻqituvchi-pedagoglarni saralash boʻyicha Ishchi guruh (keyingi oʻrinlarda — Ishchi guruh) tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishchi guruh tarkibiga maktab direktori, direktorning oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosari, kadrlar boʻyicha menejer (inspektor), psixolog, maktab kasaba uyushmasi vakili kiritiladi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.08.2022-y., 09/22/425/0712-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Ishchi guruh murojaat etgan oʻqituvchi-pedagoglar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni oʻrganib chiqadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilangan talablarga mos kelgan hamda vakant soatlar boʻyicha bir oʻringa ikki va undan ortiq nomzodlar boʻlgan taqdirda, ular kasbiy bilim va koʻnikmalar, pedagogik mahorat hamda psixologik qobiliyat yoʻnalishida Ishchi guruh tomonidan suhbatdan oʻtkaziladi. Bunda suhbat quyidagi mezonlar asosida 100 ballik tizim asosida baholanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Baholash mezoni

Baholash mezoni boʻyicha maksimal ball

Koʻrsatkichlar boʻyicha qoʻyiladigan ball

Koʻrsatkichlar

Kasbiy bilim va koʻnikmalar

40

10

Fan boʻyicha nazariy va amaliy bilimlar, eng soʻnggi ilmiy yangiliklardan xabardorligi

(toʻliq javob 10 ball, qisman javob 5 ball, notoʻgʻri javob 0 ball)

10

Darsni rejalashtirish va tashkil etish koʻnikmasi

(toʻliq javob 10 ball, qisman javob 5 ball, notoʻgʻri javob 0 ball)

10

Davlat taʼlim standartlari hamda baholash mezonlarini bilish

(toʻliq javob 10 ball, qisman javob 5 ball, notoʻgʻri javob 0 ball)

10

Taʼlim platformalari va multimedia vositalaridan foydalana olish

(toʻliq javob 10 ball, qisman javob 5 ball, notoʻgʻri javob 0 ball)

Pedagogik mahorat

30

10

Interaktiv va zamonaviy oʻqitish metodlaridan foydalanish

(toʻliq javob 10 ball, qisman javob 5 ball, notoʻgʻri javob 0 ball)

10

Boʻsh va iqtidorli oʻquvchilar bilan ishlash koʻnikmasi

(toʻliq javob 10 ball, qisman javob 5 ball, notoʻgʻri javob 0 ball)

5

Inklyuziv taʼlimga yondashuv

(toʻliq javob 5 ball, qisman javob 2 ball, notoʻgʻri javob 0 ball)

5

Taʼlimga oid meʼyoriy hujjatlarni bilishi

(toʻliq javob 5 ball, qisman javob 2 ball, notoʻgʻri javob 0 ball)

Psixologik qobiliyat

30

10

Muloqot madaniyati va nutq ravonligi

(toʻliq javob 10 ball, qisman javob 5 ball, notoʻgʻri javob 0 ball)

10

Stress holatida ishlash qobiliyati (toʻliq javob 10 ball, qisman javob 5 ball, notoʻgʻri javob 0 ball)

5

Konflikt vaziyatlarini tahlil qilish va hal etish koʻnikmasi

(toʻliq javob 5 ball, qisman javob 2 ball, notoʻgʻri javob 0 ball)

5

Jamoada ishlash qobiliyati

(toʻliq javob 5 ball, qisman javob 2 ball, notoʻgʻri javob 0 ball)

Maksimal ball

100

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Saralash onlayn tarzda ham amalga oshirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suhbat jarayonida nomzodlar har bir ishchi guruh aʼzosi tomonidan mustaqil ravishda baholanadi va yakuniy ball ishchi guruh aʼzolari tomonidan qoʻyilgan ballarning oʻrtacha arifmetik qiymati asosida aniqlanadi hamda suhbat natijalari bayonnoma shaklida rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suhbat natijalariga koʻra eng yuqori ball toʻplagan nomzod tegishli vakant soat uchun ishga olinadigan oʻqituvchi sifatida tanlab olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suhbat natijalariga koʻra nomzodlarning ballari teng boʻlgan taqdirda, ularni tanlab olish quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
amaldagi malaka toifasi darajasi yuqoriligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pedagogik ish staji yuqoriligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dars oʻtadigan fani boʻyicha ustama belgilashda qoʻllaniladigan milliy va xalqaro tan olingan sertifikatga egaligi va sertifikatning darajasi yuqoriligi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishchi guruh aʼzosi nomzod bilan oʻzaro yaqin qarindosh boʻlgan taqdirda, mazkur nomzodni baholash jarayonida ishtirok etmaydi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-avgustdagi 456-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2026-y., 09/26/456/0870-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktabda dars berish uchun murojaat qilgan va saralashdan muvaffaqiyatli oʻtgan oʻqituvchi-pedagoglar roʻyxati har yili 10-avgustga qadar Vazirlikning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Boshqa hududlardan jalb etilgan pedagoglarni ishga qabul qilish va faoliyatini muvofiqlashtirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Saralashdan muvaffaqiyatli oʻtgan oʻqituvchi-pedagoglar ishga qabul qilish boʻyicha har yili 25-avgustga qadar maktab direktoriga yozma ariza bilan murojaat qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maktab direktori saralashdan muvaffaqiyatli oʻtgan oʻqituvchi-pedagoglarni qonunchilikda belgilangan tartibda vakant lavozimga yangi oʻquv yilining birinchi kunidan boshlab ishga qabul qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25-avgustga qadar yozma ariza bilan murojaat qilmagan oʻqituvchi-pedagoglar bilan mehnat shartnomasi rasmiylashtirilmaydi, vakant joyga maktab direktori tomonidan belgilangan tartibda boshqa xodim ishga olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Boshqa hududdan kelgan oʻqituvchi-pedagoglarga tarifikatsiya roʻyxatini shakllantirish mezonlaridan kelib chiqqan holda, kamida 1 stavka miqdorida dars soati va oʻquv yuklamalari ajratiladi. Oʻquv rejasida umumtaʼlim fani boʻyicha ajratilgan soatlar 1 stavkadan kam boʻlgan taqdirda, mazkur fanga ajratilgan jami oʻquv soatlari va oʻquv yuklamalari beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Oʻqituvchi-pedagoglarning pedagogik faoliyati muntazam ravishda tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tomonidan muvofiqlashtiriladi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-oktabrdagi 662-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2025-y., 09/25/662/0964-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Oʻqituvchi-pedagoglar boshqa hududlardan kelib ikki oʻquv yili davomida faoliyat yuritayotgan maktab taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablar roʻyxatidan chiqarilmasa, ularga belgilangan boshqa hududlardan jalb etilganligi uchun toʻlanadigan maxsus ustamalarni toʻlash toʻxtatiladi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-avgustdagi 456-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2026-y., 09/26/456/0870-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Boshqa hududlardan jalb etilgan oʻqituvchi-pedagoglarga qoʻshimcha haq toʻlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablarda dars berish uchun boshqa hududlardan jalb qilingan oliy va birinchi toifaga ega oʻqituvchi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga maxsus ustamalar belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir maʼmuriy-hududiy birlik doirasida boshqa tuman va shaharlardan kelib faoliyat yuritayotgan oʻqituvchi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga 50 foiz miqdorida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boshqa maʼmuriy-hududiy birlikdan — boshqa viloyatlar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Toshkent shahridan kelib faoliyat yuritayotgan oʻqituvchi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga 100 foiz miqdorida maxsus ustamalar toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Boshqa hududlardan jalb qilingan oliy va birinchi toifaga ega oʻqituvchi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga maxsus ustamalar ular borgan maktab taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablar roʻyxatidan chiqarilgan yildan keyingi oʻquv yili uchun ham toʻlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablarga boshqa hududlardan jalb etilgan oʻqituvchi-pedagoglarning amalda ishlagan maktabning Ishchi guruhi tomonidan oʻrnak koʻrsatgan xodimlarini ragʻbatlantirishning direktor jamgʻarmasidan belgilangan ustama miqdori (foizi) bir oʻquv yili davomida saqlanadi va keyingi oʻquv yilida ushbu maktabning Ishchi guruhi tomonidan Vazirlar Mahkamasining “Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining oʻrnak koʻrsatgan xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2019-yil 30-sentabrdagi 823-son qarorida belgilangan tartibda qayta koʻrib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari boshqa hududdan taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablarga jalb etilgan oʻqituvchi-pedagoglarga munosib sharoitlar yaratish uchun ularni borgan hududda uy-joyi boʻlmagan taqdirda, tegishli tuman (shahar) hokimliklari tomonidan faoliyat olib borgan davriga, biroq 2 yildan ortiq boʻlmagan muddat davomida xizmat uy-joylari yoki tuman (shahar)lar mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida har oylik pul kompensatsiyasi berilishini taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Vazirlik taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablarga jalb etilgan oʻqituvchi-pedagoglarning faoliyatini ommaviy axborot vositalarida hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali keng jamoatchilikka tanishtirib boradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Ushbu Nizom talablarini buzishda aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablarda taʼlim berishi uchun boshqa hududlardan oʻqituvchi-pedagoglarni jalb etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablarda taʼlim berishi uchun boshqa hududlardan oʻqituvchi-pedagoglarni jalb etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Hududiy maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari

Tasdiqlangan mezonlar asosida taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablar roʻyxatiga kiritiladigan maktablar yuzasidan Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga taklif kiritadi.

Har yili 1-fevralga qadar

2-bosqich

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

1. Taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablar roʻyxatini shakllantiradi va tasdiqlaydi.

Har yili 1-martga qadar

2. Taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablar roʻyxatini Vazirlikning rasmiy veb-sayti hamda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida eʼlon qiladi.

Roʻyxat tasdiqlangandan soʻng 10 kun ichida

3-bosqich

Tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi

Elektron platformaga taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablar toʻgʻrisida, shu jumladan, ulardagi ajratiladigan vakant dars soatlari haqidagi maʼlumotlarni kiritadi.

Har yili 15-mayga qadar

4-bosqich

Oʻqituvchi-pedagoglar

Oʻqituvchi-pedagoglar elektron platformaga kiritilgan taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablarning birini tanlab, koʻrsatilgan manzilning axborot maʼlumotlari asosida maktab direktoriga toʻgʻridan-toʻgʻri murojaat etadi.

Har yili 15-maydan 25-iyulga qadar

5-bosqich

Umumtaʼlim maktabi

1. Taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablarda oʻqituvchi-pedagoglarni saralash boʻyicha ishchi guruh tuziladi.

2. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining buyrugʻi bilan tasdiqlangan suhbat oʻtkazish tartibi va mezonlari asosida belgilangan talablarga mos kelgan hamda vakant soatlar boʻyicha bir oʻringa ikki va undan ortiq nomzodlar bilan kasbiy bilim va koʻnikmalar, pedagogik mahorat hamda psixologik qobiliyat yoʻnalishida suhbat oʻtkaziladi.

Har yili 1-avgustga qadar

3. Saralashdan muvaffaqiyatli oʻtgan oʻqituvchi-pedagoglar toʻgʻrisida maʼlumotlarni elektron platformaga kiritadi.

Har yili 5-avgustga qadar

6-bosqich

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

Saralashdan oʻtgan oʻqituvchi-pedagoglar roʻyxatini Xalq taʼlimi vazirligining rasmiy veb-saytida eʼlon qiladi.

Har yili 10-avgustga qadar

7-bosqich

Umumtaʼlim maktabi direktori

Saralashdan oʻtgan oʻqituvchi-pedagoglar bilan yangi oʻquv yilining birinchi kunidan boshlab ishga qabul qilish boʻyicha muddatli mehnat shartnomasi tuzadi va qonunchilikda belgilangan tartibda buyruqni rasmiylashtiradi.

Har yili yangi oʻquv yilining birinchi kuniga qadar

(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-oktabrdagi 662-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2025-y., 09/25/662/0964-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-oktabrdagi 646-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Vazirlar Mahkamasining “Umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini baholashning milliy test tizimini joriy etish toʻgʻrisida” 2020-yil 12-oktabrdagi 646-son qarori quyidagi mazmundagi 21-band bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“21. Milliy sertifikatning tegishli darajasiga ega matematika fani oʻqituvchilariga (Ixtisoslashtirilgan maktablarning matematika fani oʻqituvchilaridan tashqari) ular faoliyat olib borayotgan davlat taʼlim muassasasining joylashuviga qarab, bazaviy tarif stavkasiga nisbatan shahar hududida joylashgan maktablarda 25 foiz, qishloq hududida joylashgan maktablarda 50 foizgacha har oylik ustama haq toʻlanadi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 823-son qarori bilan tasdiqlangan Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining oʻrnak koʻrsatgan xodimlarini ragʻbatlantirishning direktor jamgʻarmasini tashkil etish va uning mablagʻlaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom quyidagi mazmundagi 241-band bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“241. Taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga boshqa hududlardan jalb etilgan oliy va birinchi toifaga ega oʻqituvchi-pedagoglarning amalda ishlagan umumtaʼlim muassasasining direktor jamgʻarmasidan belgilangan ustama haq (foiz)lari saqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur ustamalar bir oʻquv yili davomida saqlanadi va keyingi oʻquv yilida taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining Ishchi guruhi tomonidan qayta koʻrib chiqiladi.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 275-son qarori bilan tasdiqlangan Xalq taʼlimi xodimlari mehnatiga haq toʻlash toʻgʻrisidagi nizomning 8-bandidagi “4-kursida” soʻzlari “4-kursida, pedagogika yoʻnalishlarida kunduzgi, kechki, sirtqi boʻlimlarining 3-kursida” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.10.2021-y., 09/21/646/0963-son; 03.08.2022-y., 09/22/425/0712-son; 01.03.2025-y., 09/25/130/0199-son; 22.10.2025-y., 09/25/662/0964-son; 25.08.2026-y., 09/26/456/0870-son)