Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.11.2025 14.01.2012 yildagi PQ-1687-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori, 14.01.2012 yildagi PQ-1687-son
Date of entry into force
14.01.2012
Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.11.2025
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2012-YILDA QISHLOQ JOYLARDA NAMUNAVIY LOYIHALAR BOʻYICHA YAKKA TARTIBDAGI UY-JOYLARNI QURISH DASTURI TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli “Qonunchilikdagi huquqiy boʻshliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq aholi punktlarining arxitekturaviy-rejalashtirish qiyofasini yanada yaxshilash, qishloq aholisining turmush darajasi va sifatini yakka tartibdagi uy-joylarni takomillashtirilgan namunaviy loyihalar boʻyicha qurish koʻlamini kengaytirish hisobiga oshirish, qishloqda tashqi muhandislik va transport kommunikatsiyalari, ijtimoiy va bozor infratuzilmasi obyektlarini jadal rivojlantirish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, “Qishloq qurilish bank” OATB, “Qishloq qurilish invest” IK tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda ishlab chiqilgan 2012-yilda qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy-joylar, tashqi muhandislik va transport kommunikatsiyalari, ijtimoiy va bozor infratuzilmasi obyektlarini qurish Dasturi maʼqullansin, unda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Qishloq qurilish bank” OATB va Osiyo taraqqiyot bankining imtiyozli ipoteka kreditlarini jalb qilgan holda 2012-yilda “tayyor holda topshirish” shartlari asosida namunaviy loyihalar boʻyicha qishloq joylarda yakka tartibdagi uy-joylarni qurish 1-ilovaga* muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2012-yilda 2-ilovaga* muvofiq yakka tartibdagi uy-joy qishloq massivlarida tashqi muhandislik va transport kommunikatsiyalari obyektlarini qurish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 2-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2012-yilda 3-ilovaga* muvofiq yakka tartibdagi uy-joy qishloq massivlarida ijtimoiy va bozor infratuzilmasi obyektlarini qurish asosiy parametrlari nazarda tutiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 3-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OTB tomonidan maʼqullangan “Qishloq joylarda uy-joy qurilishini rivojlantirish” koʻp transhli Dasturini moliyalash toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi bilan Osiyo taraqqiyot banki oʻrtasida tuzilgan umumiy miqdori 500 mln dollarlik bitimga muvofiq, 2012-yilda “Qishloq qurilish bank” OATB orqali qayta moliyalashtiriladigan 160,0 mln AQSH dollari miqdoridagi birinchi transh qarzi beriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 27-dekabrdagi PQ-1668-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yilgi Investitsiya dasturida namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy-joy qishloq massivlarida suv taʼminoti obyektlari va taʼlim muassasalari qurilishi uchun respublika budjeti mablagʻlari hisobidan kapital qoʻyilmalarning limitlari nazarda tutilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi “Qishloq qurilish bank” OATB, “Qishloq qurilish invest” IK, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va Adliya vazirligi bilan hamkorlikda oʻn kun muddatda “tayyor holda topshirish” shartlarida namunaviy loyihalar boʻyicha qishloq joylarda yakka tartibdagi uy-joylarni qurish uchun pudrat tashkilotlarini belgilash boʻyicha tanlov savdolari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, “Qishloq qurilish invest” IK bilan hamkorlikda bir oy muddatda 2012-yilda “tayyor holda topshirish” shartlarida namunaviy loyihalar boʻyicha qishloq joylarda yakka tartibdagi uy-joylarni qurish uchun pudrat tashkilotlarini belgilash boʻyicha tanlov savdolari oʻtkazilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloq aholisi — yakka tartibda imorat quruvchilarning “Qishloq qurilish invest” IK bilan — buyurtmachi vazifasini bajarishga va “Qishloq qurilish bank” OATB bilan — ipoteka kreditini berishga qisqa muddatlarda shartnomalar tuzib boʻlishlari ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Qishloq qurilish bank” OATB, “Qishloq qurilish invest” IK bilan hamkorlikda bir hafta muddatda savdo tanlovlarini oʻtkazish yakunlari boʻyicha “tayyor holda topshirish” shartlarida namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy-joylarni qurish uchun buyurtmachi bilan pudrat tashkilotlari oʻrtasida shartnomalar tuzilishini taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichki avtomobil yoʻllarining qurilishini moliyalashtirishni, shuningdek yakka tartibdagi uy-joy qishloq massivlarida bozor infratuzilmasi obyektlari qurilishini tashkil etishni mazkur qarorning 2 va 3-ilovalarida maʼqullangan parametrlariga muvofiq taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq “Qishloq qurilish invest” IKning gʻisht zavodlari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan imtiyozli narxlarda koʻmir bilan taʼminlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining “Qishloq qurilish invest” IK bilan tuziladigan shartnomalariga koʻra namunaviy loyihalar boʻyicha qishloq joylarda yakka tartibdagi uy-joylarni qurish uchun “Oʻzsanoatmashimpeks” DATK tomonidan respublikada ishlab chiqarilmaydigan yogʻoch-taxta va tomga yopiladigan metall tunukalarni 4-ilovaga* muvofiq hajmlarda import boʻyicha olib kelish taklifi qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 4-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. “Oʻzsanoatmashimpeks” DATK 2013-yilning 1-yanvarigacha 4-ilovaga muvofiq olib kelinadigan tomga yopiladigan metall tunukalar uchun bojxona toʻlovlaridan (bojxona yigʻimlaridan tashqari), shuningdek ular “Qishloq qurilish invest” IKga sotilganida importga olib kelingan yogʻoch-taxta materiallari va tomga yopiladigan metall tunukalar qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlashdan ozod etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi ushbu qarorni amalga oshirish doirasida olib kelinadigan yogʻoch-taxta va tomga yopiladigan metall tunukalarning maqsadli ishlatilishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilab qoʻyilsinki, olib kelinadigan yogʻoch-taxta va tomga yopiladigan metall tunukalar maqsadga nomuvofiq ravishda ishlatilgan taqdirda boʻshaydigan mablagʻlar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan jarima sanksiyalari qoʻllanilgan holda davlat budjetiga undirib olinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 4-yanvardagi PQ-1902-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2013-y., 2-son, 17-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq joylarda uy-joy qurilishi koʻlamini kengaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2009-yil 3-avgustdagi PQ-1167-son qarorining 5-bandi quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“suv taʼminoti obyektlarini qurish respublika budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi va uchinchi xatboshilar tegishli ravishda uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2012-yil 14-yanvar,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-1687-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 3-4-son, 29-modda; 2013-y., 2-son, 17-modda)