O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QO‘MITASI RAISINING O‘RINBOSARI LAVOZIMINI KIRITISH TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli “Qonunchilikdagi huquqiy bo‘shliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Davlat soliq xizmati organlari zimmasiga qo‘shimcha vazifalar yuklatilishi munosabati bilan:
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisining o‘rinbosari lavozimi kiritilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi qo‘shimcha kiritilgan shtat birligi uchun budjet mablag‘lari ajratilishini nazarda tutsin va O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi xizmat avtomashinalari limitini qayta ko‘rib chiqsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 30-oktabrdagi PQ-1843-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2012-y., 45-son, 511-modda)
3. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi manfaatdor vazirliklar hamda idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R. Azimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 28-iyun,
PQ-661-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 25-26-son, 261-modda; 2012-y., 45-son, 511-modda)