Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.11.2025 04.02.2015 yildagi PF-4702-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 04.02.2015 yildagi PF-4702-son
Date of entry into force
06.02.2015
Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.11.2025
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmoni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligini tashkil etish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli “Qonunchilikdagi huquqiy boʻshliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish, mamlakat iqtisodiyoti tarmoqlari va sohalarida zamonaviy axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini, “elektron hukumat” tizimi hamda axborot tizimlarini jadal tatbiq etish, telekommunikatsiya infratuzilmasini va maʼlumotlarni uzatish tarmoqlarini modernizatsiya qilish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi negizida Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tashkil qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasining barcha majburiyatlari va shartnomalari, shu jumladan, xalqaro shartnomalari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-fevraldagi PF-5349-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.02.2018-y., 06/18/5349/0792-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Quyidagilar belgilab qoʻyilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining oʻz vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari vazirliklar, idoralar, kompaniyalar, uyushmalar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek xoʻjalik yurituvchi subyektlar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vazirliklar, idoralar, kompaniyalar va uyushmalarning, mahalliy ijroiya hokimiyati organlarining rahbarlari va ularning raqamlashtirish boʻyicha oʻrinbosarlari (Chief Digital Officer) axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish boʻyicha kompleks dasturlarning oʻz vaqtida va toʻla-toʻkis amalga oshirilishi, “elektron hukumat” xizmatlari va axborot tizimlari joriy etilishi uchun shaxsan javobgar boʻladilar;
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-fevraldagi PF-28-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.02.2024-y., 06/24/28/0099-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
iqtisodiyot tarmoqlari va sohalariga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hamda interaktiv davlat xizmatlari tatbiq etilishi darajasi, samaradorligi va sifatiga baho berish natijalari vazirliklar, idoralar, kompaniyalar, uyushmalar, yirik korxonalar va birlashmalar, mahalliy ijroiya hokimiyati organlari rahbarlari va ularning raqamlashtirish boʻyicha oʻrinbosarlari (Chief Digital Officer)ning egallab turgan lavozimlariga munosib ekanliklarini koʻrib chiqish uchun asos boʻlib hisoblanadi.
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-fevraldagi PF-28-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.02.2024-y., 06/24/28/0099-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi faoliyatini tashkil qilish toʻgʻrisidagi qarori loyihasini oʻrnatilgan tartibda tasdiqlash uchun kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2012-yil 16-oktabrdagi PF-4475-sonli Farmoni oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin, 4, 5 va 8-bandlari bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2015-yil 4-fevral,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PF-4702-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 5-son, 52-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.02.2018-y., 06/18/5349/0792-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.08.2022-y., 06/22/194/0766-son; 06.02.2024-y., 06/24/28/0099-son)