02.03.2015 yildagi 36-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 02.03.2015 yildagi 36-son
Date of entry into force
09.03.2015
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

Magistratura toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Taʼlim toʻgʻrisida” va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan oʻtkazish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2012-yil 24-iyuldagi PF-4456-son Farmoniga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimida magistratura faoliyatini yanada takomillashtirish, uning samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 10-sentabrdagi 190-son qaroriga muvofiq hamda oliy taʼlim muassasalarida magistrlar tayyorlash samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Magistratura toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, oliy taʼlim muassasalariga ega boʻlgan vazirliklar va idoralar, shuningdek oliy malakali kadrlar isteʼmolchilari boʻlgan boshqa tashkilotlar magistrlik dissertatsiyalariga rahbarlik qilish uchun yuqori malakali mutaxassislarni jalb etish va amaliyot, stajirovkalarni oʻtashlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish va magistrlik dissertatsiyalarining tajriba-sinov qismlari bajarilishini taʼminlash maqsadida oʻz saʼy-harakatlarini muvofiqlashtirsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2015-yil 2-mart,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36-son

Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 2-martdagi 36-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Magistratura toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nizom

I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.

1. Ushbu Nizom magistratura faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish, kadrlar tayyorlash sifati va ularning raqobatbardoshligini kuchaytirish maqsadida ishlab chiqilgan hamda oliy taʼlim muassasalarida magistrlar tayyorlashning asosiy qoidalari va tartibini, umumqabul qilingan xalqaro standartlarga binoan magistrlik dissertatsiyasi mazmuni va sifatiga qoʻyiladigan mezonlar va talablarni belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Nizomning amal qilishi:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabiga.
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻz faoliyatini yuritayotgan, oʻrnatilgan tartibda faoliyati xususiyatlari inobatga olinib, magistrlar tayyorlashni amalga oshirayotgan xalqaro va xorijiy oliy taʼlim muassasalariga tatbiq etilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent davlat yuridik universitetining magistraturasiga qabul qilish va oʻqitish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilgan holda Toshkent davlat yuridik universiteti tomonidan belgilanadi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-avgustdagi 638-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2018-y., 09/18/638/1690-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Magistratura aniq mutaxassislik boʻyicha bakalavriat negizida oʻqitish kamida ikki yil davom etadigan oliy taʼlimdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Magistratura dasturi yakunlanishi “magistr” darajasini beruvchi yakuniy davlat attestatsiyasi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarida magistrlar tayyorlashni tashkil etish ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxemaga binoan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Tegishli mutaxassisliklar boʻyicha magistrlarni tayyorlash davlat akkreditatsiyasidan oʻtgan oliy taʼlim muassasalarida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan belgilanadigan davlat granti va toʻlov-kontrakt asosidagi qabul kvotalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oliy taʼlim muassasalarida magistrlarni tayyorlashni muvofiqlashtirishni magistratura boʻlimlari amalga oshiradi, ular kafedralar va dekanatlar bilan birgalikda quyidagilarni:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
magistrlar tayyorlash boʻyicha oʻquv jarayonini tashkil etish va amalga oshirishga, ularga taqdim etilayotgan taʼlim va oʻqitish sifatini nazorat qilishga koʻmaklashishni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquv-izlanish va ilmiy-tadqiqot ishlari amalga oshirilishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy taʼlim muassasalari barcha boʻlinmalarining magistrlar tayyorlash boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilishni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
magistrlarni oʻqitish va ularning kelgusida ishga joylashishi ustidan muntazam monitoringni amalga oshirishni, magistrlar tayyorlash masalalarini tahlil qilish va ular yuzasidan muntazam ravishda hisobotlar tayyorlashni taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Magistratura mutaxassisliklari boʻyicha ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlim olish toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Magistrlar tayyorlashga qoʻyiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Aniq mutaxassislik boʻyicha magistrlar tayyorlashga qoʻyiladigan talablar oliy taʼlimni boshqarish boʻyicha vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanadigan magistratura mutaxassisliklari malaka talablari bilan belgilanadi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Magistr:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tanlangan mutaxassisligi boʻyicha ilmiy-tadqiqot, ilmiy-pedagogik va kasbiy faoliyatni mustaqil yuritishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kasbiy faoliyatda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy taʼlim muassasasidan keyingi taʼlimni magistrlik tayyorgarligiga muvofiq mutaxassislik boʻyicha katta ilmiy xodim-izlanuvchilar institutida davom ettirishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimida qoʻshimcha kasb taʼlimi olishga tayyorlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Magistr oʻz mutaxassisligi, ilmiy va ilmiy-pedagogik tayyorgarligiga muvofiq kasbiy faoliyatining quyidagi turlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilmiy-pedagogik;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilmiy-ijodiy;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilmiy-tadqiqot va tajriba;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyiha-konstruktorlik;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyiha-texnologik;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqarishda boshqaruv, shuningdek bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga muvofiq boshqa faoliyat turlari boʻyicha ham shugʻullanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Magistratura talabalarining huquq va majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Magistratura talabalari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼlim, fan, madaniyat, texnika, iqtisodiyotni, ijtimoiy va boshqa sohalarni rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalariga muvofiq bilimlarni olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy taʼlim muassasasi faoliyati bilan bogʻliq muhim masalalarni koʻrib chiqish va hal qilishda bevosita ishtirok etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy taʼlim muassasasi axborot-resurs markazlari xizmatlaridan, shu jumladan oʻquv-metodik va ilmiy adabiyotlardan, shuningdek oliy taʼlim muassasasining ustavida belgilangan tartibda boshqa turdagi xizmatlardan bepul foydalanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilmiy-tadqiqot ishlarida, konferensiyalar va simpoziumlarda ishtirok etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz ilmiy-tadqiqot ishlarini ilmiy nashrlarda chop etishga taqdim etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy taʼlim muassasasi Ilmiy kengashi tavsiyasiga muvofiq yetakchi xorijiy va respublika taʼlim (ilmiy) muassasalarida amaliyot oʻtash, stajirovkada boʻlish yoki magistrlik dissertatsiyasining tajriba-sinov qismlarini bajarish uchun ushbu muassasalar bilan tegishli kelishuvlar mavjud boʻlganda ularga yoʻllanma olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy taʼlim muassasasi rahbariyatining qarorlaridan norozi boʻlgan taqdirda tegishli idoralarga belgilangan tartibda shikoyat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
talabalar uchun qonunchilikda belgilangan tartib va miqdorlardagi stipendiya, Davlat stipendiyasi hamda oʻqishga yoʻllagan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan tayinlanadigan stipendiyalarni olish huquqiga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Magistratura talabasi qonunchilikda yoki oliy taʼlim muassasasi ustavida belgilangan boshqa huquqlarga ega boʻlishi mumkin.
(9-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Magistratura talabalarining majburiyatlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
magistraturaning tegishli mutaxassisligi boʻyicha oʻquv rejalari va dasturlarida nazarda tutilgan bilimlarni egallash va oʻzlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquv rejada nazarda tutilgan barcha turdagi topshiriqlarni belgilangan muddatlarda bajarish, shuningdek magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy taʼlim muassasasining ustavi talablariga va ichki tartib qoidalariga rioya etish.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Magistratura talabasiga qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklatilishi mumkin.
(10-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Magistraturada taʼlim jarayonini tashkil etish
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Magistraturada taʼlim jarayoni oliy taʼlimni boshqarish boʻyicha vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanadigan aniq magistratura mutaxassisligi oʻquv rejalari va dasturlariga muvofiq tashkil etiladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Oʻquv jarayonining xususiyatlari va oʻqitish muddatlari (3 yil) hisobga olingan holda tasarrufida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan ayrim magistratura mutaxassisliklari oʻquv rejalari va dasturlariga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 22-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2024-y., 09/24/439/0543-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Magistraturada taʼlim jarayonini tashkil etishga quyidagi talablar qoʻyiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy taʼlim muassasasining magistratura mutaxassisliklari boʻyicha ilmiy-pedagogik kadrlar bilan, shu jumladan kadrlar tayyorlash ixtisosligi va yoʻnalishiga mos keluvchi professorlar, dotsentlar bilan taʼminlanganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nazariy, laboratoriya mashgʻulotlarini oʻtkazish, ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, shu jumladan magistrlik dissertatsiyalariga qoʻyiladigan talablarga mos holda ularni tayyorlash uchun zarur oʻquv-metodik va moddiy-texnika bazaning mavjudligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquv rejalari va dasturlariga muvofiq tashkilotlarda magistratura talabalarining amaliyotlari, stajirovkasi va magistrlik dissertatsiyalarining tajriba-sinov qismlarini bajarishi uchun bu tashkilotlar bilan oliy taʼlim muassasasi (fakultet, kafedralar) oʻrtasida tuzilgan shartnomalar va kelishuvlarning mavjudligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
magistratura talabalarini tayyorlash jarayoniga Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi ilmiy muassasalari, tarmoq ilmiy-izlanuvchilik va loyiha muassasalarining yetakchi olimlari, shuningdek xorijiy olimlar, yuqori malakali, tajribali mutaxassislarning soatbay asosida jalb etilganligi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Magistratura talabasining oʻquv-metodik, ilmiy-tadqiqot, pedagogik ishlari, amaliyot, stajirovkani oʻtashi va magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash boʻyicha faoliyati ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq magistratura talabasining kalendar ish rejasiga binoan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Magistratura talabasining kalendar ish rejasi mazmuni ilmiy rahbar bilan birgalikda ishlab chiqiladi va oliy taʼlim muassasasining oʻquv ishlari boʻyicha prorektori (direktor oʻrinbosari) tomonidan tasdiqlanadi. Magistratura talabasi oʻzining kalendar ish rejasi bajarilishi boʻyicha har oyda kafedra yigʻilishida hisobot beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Har oʻquv semestri yakunida tegishli fakultet oʻquv-metodik kengashi yigʻilishida (magistratura boʻlimida) kafedra mudiri magistratura talabasining kalendar ish rejasi bajarilishi yuzasidan hisobot beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Magistraturada pedagogik faoliyatga jalb etiladigan oʻqituvchilarga qoʻyiladigan umumiy malaka talablari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Magistraturada pedagogik faoliyatga jalb etiladigan oʻqituvchi taʼlim jarayoni doirasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hamma turdagi oʻquv mashgʻulotlarini yuqori darajada oʻtadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquv, ilmiy va oʻquv-metodik ishlarni rejalashtiradi, tashkil etadi va nazorat qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilmiy-tadqiqot ishlariga va magistratura talabalarining magistrlik dissertatsiyalarini tayyorlash jarayoniga rahbarlik qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kafedra ixtisosligi boʻyicha ilmiy, ilmiy-tadqiqot seminarlarini tashkil etadi va ularda ishtirok etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
talabalar ilmiy seminarlarini boshqaradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kafedra pedagoglari tomonidan barcha turdagi oʻquv mashgʻulotlari sifatli oʻtkazilishi ustidan nazorat qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
magistraturaning tegishli mutaxassisligi boʻyicha namunaviy va ishchi oʻquv rejalari va dasturlarini ishlab chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kafedra ilmiy tadqiqotlari yoʻnalishlari doirasida tashkil etiladigan yigʻilishlar va konferensiyalarda, shu jumladan xalqaro konferensiyalarda ishtirok etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
magistratura talabalarining mustaqil ishlarini tashkil etadi va rejalashtiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
magistratura talabalari uchun darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalarni ishlab chiqish va nashrga tayyorlashda ishtirok etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
magistratura talabasining kalendar ish rejasi bajarilishini nazorat qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Magistraturada pedagogik faoliyatga jalb etiladigan oʻqituvchilarga quyidagi malaka talablari qoʻyiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fanni yuqori darajada bilish hamda uning nazariy asoslarini va muhim yutuqlarga erishish mumkin boʻlgan yoʻllarni koʻra bilish uquviga ega boʻlish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilmiy muammolarni ishlab chiqa olish, tadqiqotlar oʻtkaza olish va ularning natijalari boʻyicha chop etilgan ilmiy ishlarga ega boʻlish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
magistratura talabalarining individual xususiyatlari, shaxsiy sifatlari va dissertatsiyalari maqsadlarini hisobga olgan holda pedagogik faoliyat yoʻnalishlarini belgilash qobiliyatiga ega boʻlish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
magistratura talabalarining bilim va malakalarni egallab olishga imkoniyat beradigan innovatsion pedagogik texnologiyalarni qoʻllashga tayyor boʻlish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pedagogik holatlar tahlili asosida pedagogik vazifalarni shakllantirish va ularni hal etishning maqbul yechimlarini topish uquvi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
magistratura talabalarining kasbiy qobiliyatlarini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan innovatsion kurslar ishlab chiqish boʻyicha amaliy tajribaga ega boʻlish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maʼlumotlarni tizimlashtirish va izlash orqali oʻz bilimini takomillashtirish uchun doimiy oʻrganish, maʼlumotlarni elektron qayta ishlashda axborot-kommunikatsiya va multimediya texnologiyalaridan foydalanish mahoratiga ega boʻlish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Magistraturada pedagogik faoliyat yuritishga ilmiy unvon (ilmiy daraja)ga va kamida 3 yillik uzluksiz ilmiy-pedagogik (ilmiy) ish stajiga ega boʻlgan, shuningdek xorijiy mamlakatlarning falsafa doktori (Ph.D) yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajali shaxslar jalb qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VI. Mavzuni tanlash va ilmiy rahbarni tayinlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Magistrlik dissertatsiyasi oʻqish va oʻquv dasturlarini oʻzlashtirish jarayonida magistratura talabasi egallagan nazariy va amaliy bilimlari asosida bajarilgan ilmiy-tadqiqot ishlarining natijasi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Magistrlik dissertatsiyalarining mavzulari oliy taʼlim muassasalari kafedralarida kafedralarning professor-oʻqituvchilari tarkibi, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy muassasalari, tarmoq ilmiy-tadqiqot va loyihalash muassasalari xodimlari tomonidan shakllantiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Magistrlik dissertatsiyalarining mavzulari, qoidaga koʻra, dolzarb ilmiy-tadqiqot masalalariga yoki aniq amaliy vazifalarni hal etishga bagʻishlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Magistrlik dissertatsiyasiga ilmiy rahbarlik oliy taʼlim muassasalarida ishlaydigan professorlar, fan doktorlari, dotsentlar, fan nomzodlari, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy muassasalari olimlari, tashkilotlarning yuqori malakali va tajribali mutaxassislari, shuningdek belgilangan tartibda magistrlik, ilmiy darajalar yoki ilmiy unvonlarga ega boʻlgan xorijiy mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Magistratura talabasi oʻqiyotgan oliy taʼlim muassasasida ishlamaydigan xodimlardan unga ilmiy rahbar tayinlangan taqdirda, talabaga qoʻshimcha ravishda tegishli kafedra professor-oʻqituvchilari tarkibidan ilmiy maslahatchi tayinlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilangan talablarga muvofiq magistrlik dissertatsiyasini bajarish doirasida ilmiy rahbar bilan bir xil masʼuliyat ilmiy maslahatchiga ham yuklatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Magistratura talabasi oʻqiyotgan oliy taʼlim muassasasi xodimlari tarkibidan boʻlgan ilmiy rahbar va ilmiy maslahatchining magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash boʻyicha talabalar bilan ishlashi ularning oliy taʼlim muassasasida oʻquv yili shaxsiy ish rejasi bilan belgilanadigan oʻquv yuklamasiga kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Magistratura talabasi oʻqiyotgan oliy taʼlim muassasasida ishlamaydigan xodimlardan boʻlgan ilmiy rahbar mehnatiga haq toʻlash belgilangan tartibda mehnatga soatbay haq toʻlash shartlari boʻyicha bir oʻquv yiliga bir magistratura talabasi uchun 50 soatdan oshmagan hajmda, tegishli oliy taʼlim muassasasi xarajatlar smetasida bu maqsadlar uchun nazarda tutilgan mablagʻlar doirasida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Professor yoki fan doktori beshtagacha, shuningdek dotsent, fan nomzodi va mutaxassis uchtacha magistrlik dissertatsiyasiga rahbarlikni amalga oshirishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Kafedralar tomonidan taqdim etilgan va oliy taʼlim muassasasi yoki fakultet oʻquv-metodik kengashida muhokama qilingan magistratura talabalarining magistrlik dissertatsiyalari mavzulari va ularning ilmiy rahbarlari (ilmiy maslahatchilari) ilmiy ishlar boʻyicha prorektor (direktor oʻrinbosari) taqdimnomasiga asosan magistratura talabalari oʻqiyotgan birinchi oʻquv yilining birinchi ikki oyi ichida tegishli oliy taʼlim muassasasi rektori (direktori)ning buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Ilmiy rahbarning majburiyatlariga quyidagilar kiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tadqiqot mavzusi doirasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan masalalar boʻyicha tizimli ravishda yordam berish maqsadida maslahatlar jadvalini tuzish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tadqiqot usullarini tanlashda ishtirok etish va ularni tadqiqot ishida qoʻllashda magistratura talabasiga koʻmaklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
magistratura talabasining belgilangan kalendar ish rejasi boʻyicha ishlarning bajarilishini va magistrlik dissertatsiyasi oʻz vaqtida tayyorlanishini nazorat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dastlabki himoyagacha magistrlik dissertatsiyasiga xulosa berish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VII. Magistrlik dissertatsiyasining tuzilishi va uning mazmuniga qoʻyiladigan talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Magistrlik dissertatsiyasi quyidagi tarkibiy qismlardan iborat boʻlishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
titul varaq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikki tilda (oʻqitish tili va ingliz tilida) magistrlik dissertatsiyasining qisqacha annotatsiyasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mundarija;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kirish;

asosiy qism;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xulosa;

adabiyotlar roʻyxati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilovalar (mavjud boʻlsa).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Kirish quyidagilarni qisqacha oʻz ichiga olishi lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tadqiqot obyekti va predmeti;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tadqiqot maqsadi va vazifalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilmiy yangiligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tadqiqot mavzusi boʻyicha adabiyotlar sharhi (tahlili);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tadqiqotda qoʻllanilgan metodikaning tavsifi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ish tuzilmasining tavsifi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Magistrlik dissertatsiyasining asosiy qismi kamida uch bobdan iborat boʻlib, boblar hajm jihatidan oʻzaro mutanosib boʻlishi va quyidagilarni oʻz ichiga olishi lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tadqiqot mavzusiga taalluqli boshqa manbalarda keltirilgan nazariy, amaliy va empirik tadqiqotlar natijalarining tanqidiy tahlili;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tadqiqot metodikasi va ishning amaliy qismi bayoni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tadqiqot olib borilgan masalani hal etishda magistratura talabasining shaxsiy hissasi koʻrsatilgan holda tadqiqotning asosiy natijalari bayoni.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Magistrlik dissertatsiyasining xulosa qismida barcha boblarda qayd etilgan natijalarning ilmiy va amaliy ahamiyati, shuningdek ilmiy tadqiqot muammosini hal etish boʻyicha xulosalar yoritiladi. Xulosa qismi 4 sahifadan oshmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Magistrlik dissertatsiyasiga uning mazmunini bayon etish uchun bevosita zarur boʻlgan qoʻshimcha maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan materiallar ilova qilinishi mumkin. Ilova qismining hajmi magistrlik dissertatsiyasi umumiy hajmining uchdan bir qismidan oshmasligi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Magistrlik dissertatsiyasi ustida ishlayotgan magistratura talabasi kasb odob-axloqi qoidalariga rioya etishi (plagiat, maʼlumotlarni soxtalashtirish, shuningdek yolgʻon sitatalar keltirishga yoʻl qoʻymaslik) lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Dissertatsiya matni standart varaqda yozilgan boʻlib, unda quyidagi qoidalarga rioya etilgan boʻlishi lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qatorlar oraligʻi — 1,5 sm;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuqori va pastki hoshiya 2 sm, satr boshi: chap tomondan 3 sm, oʻng tomondan 2 sm;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xatboshilar orasidagi oraliq — 5 yoki 6 belgili.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Magistrlik dissertatsiyasi matnini Misrosoft Word matnli redaktorida Times New Roman shriftida yozish tavsiya etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Magistrlik dissertatsiyasining hajmi titul varaq, mundarija, adabiyotlar roʻyxati va ilovalardan tashqari 70 — 80 sahifa boʻlishi tavsiya etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Magistrlik dissertatsiyasi magistratura talabasi oʻqigan tilda (kafedra yoki magistratura boʻlimi tavsiyasiga muvofiq chet tilda) tayyorlanadi. Chet tilda tayyorlangan magistrlik dissertatsiyasiga davlat tilida yozilgan annotatsiya ilova etiladi. Bunday magistrlik dissertatsiyalarining dastlabki va rasmiy himoyalari tarjima bilan oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Magistratura mutaxassisligi xususiyati hisobga olingan holda magistrlik dissertatsiyasi tarkibiy qismlarining mazmuni va hajmi fakultet Oʻquv-metodik kengashining qarori bilan oʻzgartirilishi va koʻpaytirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VIII. Dastlabki va rasmiy himoyani oʻtkazish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Magistrlik dissertatsiyasining dastlabki himoyasi ilmiy rahbar (ilmiy maslahatchi) ishtirokida kafedra tomonidan tuzilgan komissiyada tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dastlabki himoyaga boshqa kafedralardan, shuningdek boshqa tashkilotlardan mutaxassislar taklif etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ilmiy maslahatchi tayinlangan holda dastlabki himoyaga qadar undan magistrlik dissertatsiyasiga xulosa olish ham talab etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Dastlabki himoyaga qadar magistratura talabasi ichki va tashqi hamda ilmiy rahbar taqrizlariga, shuningdek dissertatsiya mavzusiga doir kamida 2 ta ilmiy maqola yoki tezisga ega boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dastlabki himoya yakunlari kafedralar yigʻilishi bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Ichki va tashqi taqrizchilarni oliy taʼlim muassasasining tegishli kafedrasi tavsiya etadi va ularning roʻyxati ilmiy ishlar boʻyicha prorektor (direktor oʻrinbosari) tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Taqrizchi vazifalariga quyidagilar kiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
magistrlik dissertatsiyasining dolzarbligi, ilmiy yangiligi va tugallanganligi toʻgʻrisida xulosa taqdim etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dastlabki himoyadan kamida 3 kun oldin taqriz taqdim etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kasb odob-axloqi qoidalarining buzilishi holatlari (plagiat, maʼlumotlarni soxtalashtirish, yolgʻon sitata keltirish va boshqalar) aniqlangan taqdirda, ularni taqrizda koʻrsatish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. Magistrlik dissertatsiyasi belgilangan talablarga mos kelmagan holatlarda, magistratura talabasi tomonidan kasb odob-axloqi qoidalari (plagiat, maʼlumotlarni soxtalashtirish, yolgʻon sitata keltirish va boshqalar) buzilganligi aniqlangan taqdirda, shuningdek ushbu holatlarni qisqa muddatda tuzatish imkoniyati mavjud boʻlmaganda taqrizchi magistrlik dissertatsiyasini himoyaga qoʻyish maqsadga muvofiq emasligi toʻgʻrisida xulosa beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. Magistrlik dissertatsiyasini rasmiy himoya qilish kuni oliy taʼlim muassasasi rektori (direktori)ning buyrugʻi bilan tasdiqlangan jadval asosida belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42. Magistrlik dissertatsiyasining rasmiy himoyasi oliy taʼlim muassasasining Davlat yakuniy attestatsiya komissiyasi (keyingi oʻrinlarda Komissiya deb ataladi) tomonidan oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43. Magistratura talabasi magistrlik dissertatsiyasining rasmiy himoyasi taqdimot materiallari bilan bayon etilishi va 20 daqiqadan oshmasligi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
44. Rasmiy himoyada Komissiya aʼzolari magistratura talabasini quyidagi mezonlar asosida baholaydi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
magistrlik dissertatsiyasi tadqiqot mavzusining dolzarbligini va uning amaliyot bilan bogʻliqligini koʻrsatib bera olishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
magistratura talabasining tadqiqotga va vazifalarni hal etishga mustaqil yondashuvi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
foydalanilgan ilmiy adabiyotlar, ilmiy nashrlar, normativ-huquqiy hujjatlar, statistik maʼlumotlar, shuningdek xorijiy tillardagi adabiyotlar tanqidiy tahlilining toʻliqligi va chuqurligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tadqiqot usullari amaliyotda qoʻllanilganligining asoslanganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
olingan natijalar asosida ishlab chiqilgan tavsiyalarning amaliy ahamiyati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
magistratura talabasining magistrlik dissertatsiyasi doirasida oʻtkazilgan tadqiqotlar va olingan natijalarni rivojlantirish istiqbollarini koʻra bilish qobiliyati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
magistrlik dissertatsiyasining nazariy va amaliy qismlaridagi oʻzaro mantiqiy bogʻliqlikni kuzata bilish malakasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
45. “Qoniqarsiz” baho qoʻyilganda yoki magistrlik dissertatsiyasi rasmiy himoyaga qoʻyilmagan taqdirda magistratura talabasi keyingi 3 yil davomida uni qayta himoya qilish huquqiga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
451. Magistrlik dissertatsiyasini baholash natijasi boʻyicha olgan bahosidan norozi boʻlgan bitiruvchilar arizalarini koʻrib chiqish uchun oliy taʼlim tashkiloti rektorining (filial direktorining) buyrugʻi bilan apellyatsiya komissiyasi tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Apellyatsiya komissiyasi oliy taʼlim tashkilotining ilmiy-pedagogik kadrlari (apellyatsiya komissiyasi umumiy tarkibining 40 foizigacha), shuningdek, tegishli soha boʻyicha korxonalarning (tashkilotlarning) malakali mutaxassislari, turdosh oliy taʼlim tashkilotlarining tajribali professor-oʻqituvchilari va ilmiy xodimlari orasidan kamida 5 nafar aʼzodan iborat tarkibda tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Apellyatsiya komissiyasi tarkibiga joriy yilda komissiya ishida ishtirok etgan komissiya aʼzolari kiritilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
452. Magistrlik dissertatsiyasi himoyasida qoʻyilgan bahodan norozi boʻlgan bitiruvchilar himoya baholari eʼlon qilingan kundan boshlab 72 soat ichida apellyatsiya komissiyasiga murojaat qilish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
453. Apellyatsiya komissiyasi shikoyatni 24 soat ichida koʻrib chiqadi hamda natijasi boʻyicha quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shikoyatni asosli deb hisoblash hamda uni qanoatlantirish toʻgʻrisida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shikoyatni asossiz deb hisoblash hamda uni qanoatlantirishni rad etish toʻgʻrisida.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
454. Apellyatsiya komissiyasi qabul qilgan qarori nusxasini shu kunning oʻzida bitiruvchiga taqdim qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
455. Bitiruvchi Apellyatsiya komissiyasining shikoyatni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha qabul qilgan qarori yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilishi mumkin.
(451 — 455-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
46. Magistrlik dissertatsiyalari rasmiy himoyasi natijalari oliy taʼlim muassasasi Ilmiy kengashida muhokama etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
47. Himoya qilingan magistrlik dissertatsiyalari oliy taʼlim muassasasida 3 yil davomida saqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IX. Magistratura talabalari faoliyati monitoringi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
48. Magistratura talabasi faoliyati ustidan doimiy monitoring olib borish va magistraturada taʼlim jarayonini tashkil etish sifatini oshirish maqsadida oliy taʼlim muassasasi rektori (direktori) buyrugʻi bilan yetakchi oʻqituvchilar tarkibidan iborat, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy muassasalari olimlari, tashkilotlar-kadrlar isteʼmolchilari mutaxassislarini jalb etgan holda, Ishchi guruh tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
49. Magistratura talabasi faoliyati ustidan monitoring quyidagi koʻrsatkichlar asosida olib boriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) birinchi kursda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
magistratura talabasining kalendar ish rejasi belgilangan muddatlarda oʻz vaqtida bajarilishi;

bitta ilmiy maqola yoki respublika yoki xalqaro miqyosdagi ilmiy konferensiyada bitta tezis chop etganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilmiy seminarlarda ishtirok etganligi;

mutaxassislik boʻyicha oʻquv fanlarini oʻzlashtirish darajasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) ikkinchi kursda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
magistratura talabasining kalendar ish rejasi belgilangan muddatlarda oʻz vaqtida bajarilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkita ilmiy maqola yoki respublika yoki xalqaro miqyosdagi ilmiy konferensiyada ikkita tezis chop etganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
magistrlik dissertatsiyasi dastlabki himoyadan oʻtganligi, agar u monitoring davrida rejalashtirilgan boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilmiy seminarlarda ishtirok etganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mutaxassislik boʻyicha barcha oʻquv fanlarini oʻzlashtirish darajasi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
50. Taʼlim jarayonining xususiyatlari va oʻqish muddatlari (3 yil) hisobga olingan holda tasarrufida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi ayrim magistratura mutaxassisliklari monitoring koʻrsatkichlariga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishi mumkin.
(50-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 22-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2024-y., 09/24/439/0543-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
51. Monitoring jarayonida magistratura talabalari bilan suhbatlar oʻtkaziladi, tegishli taklif va tavsiyalar beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
52. Oʻquv yili oxirida Ishchi guruh monitoring yakunlari boʻyicha oliy taʼlim muassasasi Ilmiy kengashida hisobot taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
X. Yakunlovchi qoida
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
53. Nizoli masalalar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
(53-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Magistratura toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarida magistrlar tayyorlashni tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Magistratura toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Namuna

‎‎

‎‎OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
‎OLIY VA OʻRTA MAXSUS TAʼLIM VAZIRLIGI

‎‎_______________________________________________________________

‎‎(oliy taʼlim muassasasi nomi)

‎‎‎“TASDIQLAYMAN”
‎ “_____” magistratura boʻlimi boshligʻi
‎20 y. “_____”____________

‎‎______________________________________________
‎(magistratura talabasi F.I.O.)

‎‎______________________________ mutaxassisligi boʻyicha
‎20___– 20___ oʻquv yillari uchun

‎‎MAGISTRATURA TALABASINING KALENDAR ISH REJASI

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

‎‎Magistratura talabasining ushbu kalendar ish rejasi __________________________
‎ kafedrasining 20____ yil “_____”____________dagi yigʻilishida muhokama qilingan.

‎‎Kafedra mudiri:

____________________‎‎

_________________‎‎

(F.I.O.)‎‎

(imzo) ‎‎

‎‎Reja bilan tanishdim:
‎‎Magistratura talabasi

____________________‎‎ ‎‎

_________________‎‎

(F.I.O.)‎‎ ‎‎

(imzo) ‎‎ ‎‎

‎‎Ilmiy rahbar:

____________________‎‎ ‎‎ ‎‎

_________________‎‎

(F.I.O.)‎‎ ‎‎ ‎‎

(imzo) ‎‎ ‎‎ ‎‎

‎‎I. Magistratura talabasining oʻquv metodik, ilmiy tadqiqot, pedagogik
‎amaliyot boʻyicha kalendar ish rejasi‎
‎1. Oʻquv metodik ishlar

T/r‎ Tadbirlar nomi‎‎

Bajarish muddati‎‎

Natijalar: bajarilishi boʻyicha belgilar‎‎

1.‎

2.

‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎ ‎‎

‎‎2. Ilmiy tadqiqot ishlari

T/r‎‎

Tadbirlar nomi‎‎

Bajarish muddati

Natijalar: bajarilishi boʻyicha belgilar‎‎

1.‎

‎‎

‎‎

‎‎

2.‎

‎‎

‎‎

‎‎ ‎‎ ‎‎

3. Ilmiy pedagogik ishlari

T/r‎‎ ‎

Tadbirlar nomi‎‎

Bajarish muddati‎‎

Natijalar: bajarilishi boʻyicha belgilar‎‎

1.‎

‎‎

‎‎

‎‎

2.‎

‎‎

‎‎

‎‎

‎‎ ‎‎

‎‎4. Pedagogik amaliyot

T/r‎‎ ‎ ‎

Tadbirlar nomi‎

Bajarish muddati‎‎

Natijalar: bajarilishi boʻyicha belgilar‎‎

1.‎

‎‎

‎‎

‎‎

2.‎

‎‎

‎‎

‎‎ ‎‎ ‎‎

‎‎II. Magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash boʻyicha kalendar reja

T/r‎‎ ‎ ‎ ‎

Ishni bajarish bosqichlari va asosiy tadbirlarning mazmuni ‎‎

Bajarish muddati‎‎

Natijalar: bajarilishi boʻyicha belgilar‎‎

1. Tadqiqotni oʻtkazishga tayyorgarlik

1.‎

‎‎

‎‎

2.‎

‎‎

‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎ ‎‎

2. Ilmiy tadqiqot ishlarini rejalashtirish‎‎

1.‎

2.‎

‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎ ‎‎

‎‎3. Tadqiqotni amalga oshirish: materiallarni yigʻish va tahlil qilish
‎(yoki tajriba sinovlarini oʻtkazish)

1.‎

2.‎

‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎ ‎‎

4. Ilmiy tadqiqot ishlari natijalarini rasmiylashtirish‎‎

1.‎

2.

‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎ ‎‎

‎‎5. Magistrlik dissertatsiyasini himoyaga taqdim etish

1.‎

2.‎

‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎ ‎‎
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 9-son, 98-modda, 43-son, 549-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2018-y., 09/18/638/1690-son, 22.10.2019-y., 09/19/886/3941-son; 14.12.2020-y., 09/20/777/1620-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son, 16.11.2021-y., 09/21/682/1050-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 07.04.2023-y., 09/23/143/0199-son; 24.07.2024-y., 09/24/439/0543-son; 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)