O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HISOB PALATASINI TASHKIL ETISH TO‘G‘RISIDA” O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING 2002-YIL 21-IYUNDAGI PF-3093-SONLI FARMONIGA O‘ZGARTISH VA QO‘SHIMCHALAR KIRITISH TO‘G‘RISIDA”
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli “Qonunchilikdagi huquqiy bo‘shliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining faoliyatini samarali tashkil etish, uning zimmasiga yuklatilgan asosiy vazifalar va funksiyalar so‘zsiz amalga oshirilishini ta’minlash, respublikaning markaziy iqtisodiy organlari bilan bahamjihat harakat darajasini oshirish maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 4-apreldagi PF-3592-son farmoni bilan o‘z kuchini yo‘qotdi — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 14-son, 101-modda)
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasini tashkil etish to‘g‘risida” 2002-yil 21-iyundagi PF-3093-sonli Farmoni 3-bandining ikkinchi xatboshi va mazkur Farmonning 1-ilovasi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi o‘rinbosari V.A.Golishev zimmasiga yuklatilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2005-yil 6-yanvar
PF-3536-son